ch
Feedback
QASHQADARYO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI

QASHQADARYO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI

前往频道在 Telegram

Soliq_sohasiga_oid_yangiliklar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali. https://www.facebook.com/qashvsb Murojaat uchun @@Firdavsiy_soliq_pressa telefonlar: 📞75 225-10-82, 📞 91 460-38-34

显示更多
1 572
订阅者
-124 小时
-77
-1730
帖子存档
Soliq qoʻmitasining navbatdagi kasbiy oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri doirasida "Mustaqillik – millat gʻururi va taraqqiyo
+7
Soliq qoʻmitasining navbatdagi kasbiy oʻquv va maʼnaviy-maʼrifiy tadbiri doirasida "Mustaqillik – millat gʻururi va taraqqiyot timsoli" nomli madaniy-maʼrifiy kecha boʻlib oʻtdi. Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida tashkil etilgan ushbu tadbirda yosh va isteʼdodli xonanda Elyorbek Meliboyev oʻzining diltortar qoʻshiqlari bilan tizim xodimlariga koʻtarinki kayfiyat ulashdi. Vatanga muhabbat, tinchlik va hamjihatlik gʻoyalarini tarannum etgan kuy-qoʻshiqlar ishtirokchilar qalbida yurtga sadoqat, mustaqillik neʼmatiga shukronalik tuygʻularini yanada mustahkamladi. Bunday maʼnaviy-maʼrifiy va madaniy tadbirlar soliq organlari xodimlariga nafaqat xushkayfiyat va ijobiy ruh bagʻishlaydi, balki ularning maʼnaviy dunyoqarashini boyitish, jamoada oʻzaro ahillik va hamjihatlik muhitini mustahkamlash, Vatan taraqqiyoti yoʻlida yanada yuksak masʼuliyat va fidoyilik bilan mehnat qilishga ilhom bagʻishlaydi. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

#quyoshli_xonadon Quyosh panellari o‘rnatganlarga 330,8 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan 2026-yilning yanvar-iyun oylari
#quyoshli_xonadon Quyosh panellari o‘rnatganlarga 330,8 mlrd so‘mdan ziyod subsidiya berilgan 2026-yilning yanvar-iyun oylarida 68,6 ming nafar jismoniy shaxs elektr tarmoqlariga o‘tkazilgan quyosh energiyasi uchun 330 mlrd 822 mln so‘m davlat budjetidan subsidiya oldi. Subsidiyaning eng katta qismi quyidagi hududlarga to'g'ri kelmoqda: 📍Buxoro viloyati – 61,9 mlrd so‘m; 📍Xorazm viloyati – 60,5 mlrd so‘m; 📍Qashqadaryo viloyati – 37,3 mlrd so‘m. 📱Subsidiya qanday olinadi? 💳Subsidiyani “Soliq” mobil ilovasi "Keshbek va imtiyozlar" xizmatining “Quyoshli xonadon” bo‘limidagi “Kartaga pul o‘tkazish” oynasi orqali bank kartasiga o‘tkazib olish mumkin. 📎Eslatib o‘tamiz, 2023-yil 1-apreldan “Quyoshli xonadon” dasturi doirasida xonadoniga quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslarga quyosh paneli orqali ishlab chiqarilgan va yagona elektr energetika tizimiga uzatilgan elektr energiyasining har bir kilovatt soati uchun 1000 so‘mdan subsidiya ajratilishi belgilangan. __________ #солнечный_дом Установившим солнечные панели выдано более 330.8 млрд сумов субсидии За первое полугодие 2026 года 68,6 тысяч физических лиц получили субсидии из Государственного бюджета в размере 330 млрд 822 млн сумов за солнечную энергию, переданную в электрические сети. Наибольшая часть субсидий приходится на следующие регионы: 📍Бухарская область – 61,9 млрд сумов; 📍Хорезмская область – 60,5 млрд сумов; 📍Кашкадарьинская область – 37,3 млрд сумов. 📱Как получить субсидию? 💳Субсидию можно перевести на банковскую карту в мобильном приложении Soliq через услугу "Кешбэк и льготы", раздел "Солнечный дом" в окне "Перевод на карту". 📎Напоминаем, с 1 апреля 2023 года по программе "Солнечный дом" за каждый киловатт/час электрической энергии, произведенной на солнечных панелях, установленных на принадлежащих физическим лицам объектах, излишки от собственного потребления которой переданы в единую электроэнергетическую систему, выделяется по 1 000 сумов субсидии из Государственного бюджета. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#Mustaqillik Yurtimizda "Yagona Vatan, yagona xalq boʻlib, yangi hayot va kelajak yarataylik!" ezgu gʻoyasi ostida Oʻzbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligini keng nishonlashga hozirlik koʻrilmoqda. Mustaqillik bayrami arafasida Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi maʼmuriy binosi ham bayramona ruhda bezatildi. Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Telegram | Facebook

#quyoshli_xonadon Quyosh panellariga ega bo‘lganlar 330,8 mlrd so‘mdan ortiq subsidiya oldi ☀️ Quyosh panellarini o‘rnatgan jismoniy shaxslar o‘z ehtiyojidan ortiq ishlab chiqargan va umumiy elektr energetika tizimiga uzatgan har bir kVt·soat elektr energiyasi uchun 1 000 so‘mdan subsidiya olishlari mumkin. 2026-yilning 6 oyida 68,6 ming nafar jismoniy shaxs amaldagi dasturdan foydalandi va Davlat budjetidan 330 mlrd 822 mln so‘m subsidiya oldi. __________ #солнечный_дом Владельцы солнечных панелей получили более 330,8 млрд сумов субсидий ☀️ Физические лица, установившие солнечные панели, могут получать по 1 000 сумов субсидии за каждый кВт·ч электричества, переданный в общую электроэнергетическую систему после собственного потребления. За 6 месяцев 2026 года 68,6 тысяч физических лиц воспользовались действующей программой и получили субсидии из Государственного бюджета в размере 330 млрд 822 млн сумов. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#onlayn_seminar "Soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlarni soliq toʻlovchilarga yetkazish" mavzusida onlayn muloqot boshlandi. 🎞
#onlayn_seminar "Soliq qonunchiligidagi oʻzgarishlarni soliq toʻlovchilarga yetkazish" mavzusida onlayn muloqot boshlandi. 🎞Ushbu havola orqali ishtirok eting! _______ #онлайн_семинар Начался онлайн семинар «Доведение до налогоплательщиков изменений в налоговом законодательстве». 🎞Примите участие по ссылке Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

#imtiyoz #mol_mulk_yer_soligʻi Uyingizga quyosh panellari o‘rnatgan bo‘lsangiz, ushbu ma’lumot aynan siz uchun. Yashash xonadonida quvvati 1 kVtdan yuqori bo‘lgan qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan foydalanayotgan fuqarolar soliq imtiyozlaridan foydalanishlari mumkin. Bunda mol-mulk solig‘i summasi 2 BHMgacha, yer solig‘i summasi esa 1 BHMgacha chegiriladi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

📸 KUN FOTOSI Tizim kuchi — teng imkoniyatlarda. Soliq tizimida xotin-qizlarning bilim, mas'uliyat va tashabbusiga alohida e'
📸 KUN FOTOSI Tizim kuchi — teng imkoniyatlarda. Soliq tizimida xotin-qizlarning bilim, mas'uliyat va tashabbusiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Gender tengligini ta'minlash nafaqat adolat tamoyili, balki zamonaviy va samarali davlat xizmatini shakllantirishning muhim omilidir. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

🚨 DIQQAT! DIQQAT! 🤖Soliq tizimida yangi davr boshlandi! Soliq qo‘mitasi “AI SOLIQ” — sun’iy intellekt asosida ishlaydigan yangi avlod raqamli platformasini ishga tushirdi. ❓Bu nima beradi? ✅Soliq xizmatlari yanada tezkor; ✅Aqlli tavsiyalar va avtomatik yechimlar; ✅ Ortiqcha vaqt va qog‘ozbozlikka barham; ✅ Soliq to‘lovchilar uchun yanada qulay raqamli xizmatlar. 📌 “AI SOLIQ” qanday ishlaydi? Uning eng muhim afzalliklari nimalar? 👉 Bu haqda batafsil videoda! 🔔 Kanalimizga obuna bo‘ling va eng so‘nggi yangiliklarni birinchi bo‘lib biling! Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

📱Bolalar uchun xavfsiz raqamli muhitni ta’minlashda platforma sozlamalaridan qanday foydalanishni bilasizmi? Bugungi axborot
+1
📱Bolalar uchun xavfsiz raqamli muhitni ta’minlashda platforma sozlamalaridan qanday foydalanishni bilasizmi? Bugungi axborot oqimi sharoitida bolalarni zararli kontentdan himoya qilish faqat taqiqlar bilan cheklanmaydi. Eng samarali yo‘llardan biri — internet platformalarida mavjud xavfsizlik sozlamalaridan to‘g‘ri foydalanishdir. To‘g‘ri sozlangan funksiyalar bolalarning yoshiga mos bo‘lmagan kontentlarga duch kelish xavfini sezilarli darajada kamaytiradi.
🤩📷YouTube, Instagram kabi ommabop platformalarda bolalar xavfsizligini ta’minlashga yordam beradigan maxsus sozlamalar mavjud. Ularni faollashtirish orqali ota-onalar farzandlari uchun yanada ishonchli va nazorat qilinadigan raqamli muhitni yaratishi mumkin. Raqamli xavfsizlik bugungi kunning muhim talabi hisoblanadi. Shu sababli ota-onalar va foydalanuvchilar ushbu imkoniyatlardan xabardor bo‘lishi va ularni amaliyotda qo‘llashi zarur.
💡 Yuqorida mazkur platformalarda xavfsizlik sozlamalarini yoqish bo‘yicha qisqa va tushunarli yo‘riqnomalar keltirilgan.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!
Web-sayt| Aloqa nazorati| Facebook| Instagram‌‌|Youtube|LinkedIn

#matbuot_anjumani Ayni damda Soliq qo‘mitasida “AI SOLIQ – sun’iy intellekt asosidagi yangi avlod raqamli platformasi” mavzus
+2
#matbuot_anjumani Ayni damda Soliq qo‘mitasida AI SOLIQ – sun’iy intellekt asosidagi yangi avlod raqamli platformasi” mavzusida matbuot anjumani bo‘lib o‘tmoqda. Unda Soliq qo‘mitasi rahbariyati va mutaxassislari, OAV vakillari hamda blogerlar ishtirok etmoqda. ➡️ Jonli efir _____ #пресс_конференция В эти минуты в Налоговом комитете проходит пресс-конференция на тему "AI SOLIQ – цифровая платформа нового поколения на базе искусственного интеллекта". В ней принимают участие руководство и специалисты Налогового комитета, представители СМИ и блогеры. ➡️ Прямой эфир Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

📸 KUN FOTOSI Kelajak texnologiyalari — bugungi xizmat sifatida. Sun'iy intellekt yechimlari soliq ma'murchiligini yangi bosq
📸 KUN FOTOSI Kelajak texnologiyalari — bugungi xizmat sifatida. Sun'iy intellekt yechimlari soliq ma'murchiligini yangi bosqichga olib chiqmoqda. AI SOLIQ platformasi orqali tezkor tahlil, aniq tavsiyalar va zamonaviy xizmatlar soliq to‘lovchilarga yanada qulay va samarali xizmat ko‘rsatishga xizmat qilmoqda. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#obodonlashtirish Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov rahbarligida Qamashi tumanidagi "Quyi Yangi" mahalla fuqarolar yig‘inida "Dolzarb qirq kunlik" doirasida obodonlashtirish ishlari boshlandi. Dastlab, tuman hokimining o‘rinbosari, mutasaddi tashkilot vakillari, faollar ishtirokida mahalladagi ichki yo‘llarda amalga oshirilishi lozim boʻlgan ishlar belgilab olindi. Shuningdek, mahalladagi har bir xonadonga kirilib, olib borilishi lozim boʻlgan obodonlshtirish ishlari yuzasidan tushuntirish ishlari amalga oshirildi. Tadbirlar davomida ko‘chalardagi chiqindilar olib chiqilmoqda, begona o‘tlar tozalanmoqda, daraxtlarga shakl berilmoqda, xonadonlarning ta’mirtalab devorlari ta’mirlanib oqlanmoqda, ariqlar tozalanmoqda, yo‘l chetlari tekislanmoqda. Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Telegram | Facebook

Soliq qo‘mitasi AI SOLIQ’ni ishga tushirdi — sun’iy intellekt asosidagi yangi avlod soliq xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi
Soliq qo‘mitasi AI SOLIQ’ni ishga tushirdi — sun’iy intellekt asosidagi yangi avlod soliq xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi ai.soliq.uz portalini ishga tushirdi. Mazkur yagona raqamli platforma sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan yangi avlod soliq xizmatlarini birlashtiradi. Portal tadbirkorlar, buxgalterlar va korxona rahbarlariga o‘z tashkiloti faoliyatini bir necha soniya ichida intellektual tahlil qilish, elektron hisobvaraq-fakturalarning “qizil” toifaga tushish sabablarini aniqlash, soliq reytingi, soliq imtiyozlari hamda soliq hisobotlari bo‘yicha tushuntirishlar olish imkonini beradi. Barcha xizmatlar muloqot (chat) shaklida ishlaydi va foydalanuvchilarga sodda, tushunarli hamda amaliy javoblarni tezkor taqdim etadi. Soliq to‘lovchilar uchun mo‘ljallangan xizmatlardan tashqari, portalda ilk bor Soliq qo‘mitasining sun’iy intellekt yo‘nalishidagi barcha asosiy ishlanmalari jamlangan. Platformada amaliyotga joriy etilgan yechimlar bilan bir qatorda, soliq ma’muriyatchiligini raqamli transformatsiya qilishning texnologik asosi ham namoyish etilgan. Taqdim etilgan ishlanmalar qatoridan Soliq LLM milliy til modeli, nutq va matn generatsiyasi texnologiyalari, kompyuter ko‘rish (computer vision) hamda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) asosida ishlovchi mashinaviy o‘qitish (machine learning) yechimlari o‘rin olgan. Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari nafaqat biznes uchun mo‘ljallangan xizmatlarda, balki soliq organlarining barcha bo‘g‘inlari faoliyatida — mahalladagi xodimlardan tortib Soliq qo‘mitasi rahbariyatigacha keng qo‘llanilmoqda. Sun’iy intellekt ma’lumotlarni tahlil qilish, takrorlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish, boshqaruv qarorlari sifatini oshirish hamda xodimlar ish samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Sun’iy intellekt ekotizimini yaratish va rivojlantirish joriy yil boshida Prezidentimizning tashabbusi bilan tashkil etilgan Sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati natijasida amalga oshirilmoqda. Mazkur laboratoriya soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, fuqarolar va biznes uchun zamonaviy raqamli xizmatlarni yaratishga qaratilgan sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqish, joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha yagona markaz hisoblanadi. Soliq qo‘mitasi kelgusida ham sun’iy intellektning zamonaviy texnologiyalarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilar uchun intellektual xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirishni davom ettiradi. Ushbu chora-tadbirlarning asosiy maqsadi biznes va fuqarolarning soliq organlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada sodda va qulay tarzga keltirish, shuningdek, ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

Soliq qo‘mitasi AI SOLIQ’ni ishga tushirdi — sun’iy intellekt asosidagi yangi avlod soliq xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi
Soliq qo‘mitasi AI SOLIQ’ni ishga tushirdi — sun’iy intellekt asosidagi yangi avlod soliq xizmatlari O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi ai.soliq.uz portalini ishga tushirdi. Mazkur yagona raqamli platforma sun’iy intellekt texnologiyalari asosida yaratilgan yangi avlod soliq xizmatlarini birlashtiradi. Portal tadbirkorlar, buxgalterlar va korxona rahbarlariga o‘z tashkiloti faoliyatini bir necha soniya ichida intellektual tahlil qilish, elektron hisobvaraq-fakturalarning “qizil” toifaga tushish sabablarini aniqlash, soliq reytingi, soliq imtiyozlari hamda soliq hisobotlari bo‘yicha tushuntirishlar olish imkonini beradi. Barcha xizmatlar muloqot (chat) shaklida ishlaydi va foydalanuvchilarga sodda, tushunarli hamda amaliy javoblarni tezkor taqdim etadi. Soliq to‘lovchilar uchun mo‘ljallangan xizmatlardan tashqari, portalda ilk bor Soliq qo‘mitasining sun’iy intellekt yo‘nalishidagi barcha asosiy ishlanmalari jamlangan. Platformada amaliyotga joriy etilgan yechimlar bilan bir qatorda, soliq ma’muriyatchiligini raqamli transformatsiya qilishning texnologik asosi ham namoyish etilgan. Taqdim etilgan ishlanmalar qatoridan Soliq LLM milliy til modeli, nutq va matn generatsiyasi texnologiyalari, kompyuter ko‘rish (computer vision) hamda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) asosida ishlovchi mashinaviy o‘qitish (machine learning) yechimlari o‘rin olgan. Bugungi kunda sun’iy intellekt texnologiyalari nafaqat biznes uchun mo‘ljallangan xizmatlarda, balki soliq organlarining barcha bo‘g‘inlari faoliyatida — mahalladagi xodimlardan tortib Soliq qo‘mitasi rahbariyatigacha keng qo‘llanilmoqda. Sun’iy intellekt ma’lumotlarni tahlil qilish, takrorlanuvchi jarayonlarni avtomatlashtirish, boshqaruv qarorlari sifatini oshirish hamda xodimlar ish samaradorligini yuksaltirishga xizmat qilmoqda. Sun’iy intellekt ekotizimini yaratish va rivojlantirish joriy yil boshida Soliq qo‘mitasi raisi Farrux Pulatov tashabbusi bilan tashkil etilgan Sun’iy intellekt laboratoriyasi faoliyati natijasida amalga oshirilmoqda. Mazkur laboratoriya soliq ma’muriyatchiligini takomillashtirish, fuqarolar va biznes uchun zamonaviy raqamli xizmatlarni yaratishga qaratilgan sun’iy intellekt yechimlarini ishlab chiqish, joriy etish va rivojlantirish bo‘yicha yagona markaz hisoblanadi. Soliq qo‘mitasi kelgusida ham sun’iy intellektning zamonaviy texnologiyalarini keng joriy etish, soliq to‘lovchilar uchun intellektual xizmatlar ko‘lamini yanada kengaytirishni davom ettiradi. Ushbu chora-tadbirlarning asosiy maqsadi biznes va fuqarolarning soliq organlari bilan o‘zaro hamkorligini yanada sodda va qulay tarzga keltirish, shuningdek, ko‘rsatilayotgan soliq xizmatlari sifatini yangi bosqichga olib chiqishdan iborat. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

📸 KUN FOTOSI Tekshiruvdan — servisga. Bugungi soliq ma'muriyatchiligida ustuvor maqsad — tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash, mua
📸 KUN FOTOSI Tekshiruvdan — servisga. Bugungi soliq ma'muriyatchiligida ustuvor maqsad — tadbirkorni qo‘llab-quvvatlash, muammolarni joyida tinglash va ularning yechimini birgalikda topishdir. Muloqot va ishonch — sifatli xizmatning eng muhim mezonidir. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#QQS Yuqori reytingga ega klasterlar va to‘qimachilik korxonalari QQSni 2 kun ichida qaytarib olishlari mumkin Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

#korrupsiya Bugun uyimga yorugʻ yuz bilan qaytyapmanmi? Har kuni ishga otlanarkanmiz, yaxshi niyatlar bilan oʻz burchimiz va masʼuliyatimiz sari qadam qoʻyamiz. Ayniqsa, el xizmatida boʻlgan inson uchun har bir kun – bu halollik va imtihon maydonidir. Koʻpincha soliq xizmati haqida gap ketganda koʻpchilik quruq raqamlar va hisobotlarni tasavvur qiladi. Aslida, har bir soliq to‘lovchining murojaati ortida uning muammosi va umidi mujassam. Zero, mas'uliyat – xalqning davlatga bo‘lgan mustahkam ishonchi kafolati, halollik – farovon va xotirjam hayot garovi! Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

#soliq_oliy_maktabi Soliq oliy maktabi Bu zamonaviy ta'lim, xalqaro standartlar, kuchli amaliyot, professional ustozlar va haqiqiy kasbiy faoliyat sari ishonchli qadamdir. 📚 Soliq, audit, moliya, raqamli texnologiyalar va sun'iy intellekt yo'nalishlarida zamonaviy bilim; 🏛 Soliq organlari, banklar va yirik tashkilotlarda amaliyot; 🌍 Xalqaro sertifikatlarga tayyorgarlik; 🚀 Mehnat bozorida raqobatbardosh mutaxassis bo'lish imkoniyati. 🎓Bugungi tanlov ertangi kelajagingizni belgilaydi. Demak, kelajagingizni Soliq oliy maktabi bilan boshlang! Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads

📸 KUN FOTOSI Yaxshi natija — qulay mehnat sharoitidan boshlanadi. Soliq tizimida xodimlar uchun yaratilayotgan zamonaviy ish
📸 KUN FOTOSI Yaxshi natija — qulay mehnat sharoitidan boshlanadi. Soliq tizimida xodimlar uchun yaratilayotgan zamonaviy ish muhiti, raqamlashtirilgan jarayonlar va texnik imkoniyatlar mehnat unumdorligini oshirib, xizmatlar sifatini yangi bosqichga olib chiqmoqda. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

#interaktiv_xizmatlar "Yuridik shaxslar uchun soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma olish" Soliq organlariga bormasdan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar bo‘yicha soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risidagi ma’lumotnomani onlayn olishingiz mumkin.   Buning uchun my.soliq.uz portalidagi shaxsiy kabinetingizda: “Xizmatlar” → “Shaxsiy ma’lumotlar” → “Yuridik shaxslar uchun soliq qarzi mavjud yoki mavjud emasligi to‘g‘risida ma’lumotnoma” xizmati tanlanadi.   Mazkur xizmat bepul va real vaqt rejimida ko‘rsatiladi. 👆Batafsil videoda Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads