ar
Feedback
QASHQADARYO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI

QASHQADARYO VILOYATI SOLIQ BOSHQARMASI

الذهاب إلى القناة على Telegram

Soliq_sohasiga_oid_yangiliklar Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi rasmiy kanali. https://www.facebook.com/qashvsb Murojaat uchun @@Firdavsiy_soliq_pressa telefonlar: 📞75 225-10-82, 📞 91 460-38-34

إظهار المزيد
1 590
المشتركون
-124 ساعات
-27 أيام
+630 أيام

جاري تحميل البيانات...

سحابة العلامات
لا توجد بيانات
هل تواجه مشاكل؟ يرجى تحديث الصفحة أو الاتصال بمدير الدعم الخاص بنا.
الإشارات الواردة والصادرة
---
---
---
---
---
---
جذب المشتركين
يوليو '26
يوليو '26
+8
في 12 قنوات
يونيو '26
+46
في 17 قنوات
Get PRO
مايو '26
+76
في 20 قنوات
Get PRO
أبريل '26
+71
في 22 قنوات
Get PRO
مارس '26
+21
في 9 قنوات
Get PRO
فبراير '26
+14
في 7 قنوات
Get PRO
يناير '26
+9
في 2 قنوات
Get PRO
ديسمبر '25
+11
في 4 قنوات
Get PRO
نوفمبر '25
+11
في 9 قنوات
Get PRO
أكتوبر '25
+44
في 14 قنوات
Get PRO
سبتمبر '25
+358
في 19 قنوات
Get PRO
أغسطس '25
+41
في 19 قنوات
Get PRO
يوليو '25
+31
في 22 قنوات
Get PRO
يونيو '25
+48
في 22 قنوات
Get PRO
مايو '25
+1 064
في 21 قنوات
Get PRO
أبريل '25
+69
في 22 قنوات
Get PRO
مارس '25
+75
في 11 قنوات
Get PRO
فبراير '25
+19
في 9 قنوات
Get PRO
يناير '25
+87
في 29 قنوات
Get PRO
ديسمبر '24
+28
في 16 قنوات
Get PRO
نوفمبر '24
+40
في 16 قنوات
Get PRO
أكتوبر '24
+1 022
في 13 قنوات
Get PRO
سبتمبر '24
+108
في 30 قنوات
Get PRO
أغسطس '24
+36
في 13 قنوات
Get PRO
يوليو '24
+2 562
في 36 قنوات
Get PRO
يونيو '24
+16
في 3 قنوات
Get PRO
مايو '24
+36
في 6 قنوات
Get PRO
أبريل '24
+42
في 17 قنوات
Get PRO
مارس '24
+1 090
في 19 قنوات
Get PRO
فبراير '24
+56
في 3 قنوات
Get PRO
يناير '24
+115
في 11 قنوات
Get PRO
ديسمبر '23
+57
في 14 قنوات
Get PRO
نوفمبر '23
+23
في 11 قنوات
Get PRO
أكتوبر '23
+42
في 9 قنوات
Get PRO
سبتمبر '23
+154
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '23
+5
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '23
+5
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '23
+8
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '23
+1 024
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '23
+3
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '23
+9
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '23
+4
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '23
+10
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '22
+1 021
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '22
+88
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '22
+3
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '22
+26
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '22
+8
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '22
+3
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '22
+4
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '22
+16
في 0 قنوات
Get PRO
أبريل '22
+31
في 0 قنوات
Get PRO
مارس '22
+1 322
في 0 قنوات
Get PRO
فبراير '22
+119
في 0 قنوات
Get PRO
يناير '220
في 0 قنوات
Get PRO
ديسمبر '210
في 0 قنوات
Get PRO
نوفمبر '210
في 0 قنوات
Get PRO
أكتوبر '210
في 0 قنوات
Get PRO
سبتمبر '210
في 0 قنوات
Get PRO
أغسطس '210
في 0 قنوات
Get PRO
يوليو '210
في 0 قنوات
Get PRO
يونيو '210
في 0 قنوات
Get PRO
مايو '21
+196
في 0 قنوات
التاريخ
نمو المشتركين
الإشارات
القنوات
11 يوليو0
10 يوليو0
09 يوليو+2
08 يوليو+2
07 يوليو0
06 يوليو0
05 يوليو0
04 يوليو0
03 يوليو+3
02 يوليو+1
01 يوليو0
منشورات القناة
#rasmiy_munosabat Soliq qoʻmitasi bank siri va P2P-oʻtkazmalari monitoringi masalalari boʻyicha Markaziy bankning pozitsiyasi
#rasmiy_munosabat Soliq qoʻmitasi bank siri va P2P-oʻtkazmalari monitoringi masalalari boʻyicha Markaziy bankning pozitsiyasiga hurmat bilan qaraydi. Banklar bilan har qanday axborot almashinuvi faqat qonun doirasida, bank sirini saqlash, shaxsga doir maʼlumotlarni himoya qilish va fuqarolarning bank tizimiga boʻlgan ishonchini taʼminlash sharti bilan amalga oshirilishi lozim. Konstitutsiyaning 41-moddasida bank operatsiyalari, omonatlar va hisobvaraqlar sirining qonun bilan kafolatlanishi belgilangan. Ushbu masalalar qonunchilikda, xususan «Bank siri toʻgʻrisida»gi Qonun va Soliq kodeksi bilan tartibga solinadi. «Bank siri toʻgʻrisida»gi Qonunda bank mijozining soliqqa oid masalalari boʻyicha maʼlumotlar qonunchilikka muvofiq soliq organlariga taqdim etilishi nazarda tutilgan. Soliq kodeksida ham banklarning soliq organlariga axborotni soliq qonunchiligida nazarda tutilgan hollarda va tartibda taqdim etish majburiyatlari belgilangan. Shu bilan birga, jismoniy shaxslar oʻrtasidagi P2P-oʻtkazmalar oʻz-oʻzidan soliq solish obyekti hisoblanmaydi va bu fuqarolarning shaxsiy oʻtkazmalari ustidan ommaviy nazorat oʻrnatishni anglatmaydi. Loyihaning mohiyati banklar bilan oʻzaro hamkorlikning xavfsiz, aniq va xalqaro amaliyotga mos formatini shakllantirishdan iborat. Loyihaning jamoatchilik muhokamasi yakunlandi. Kelib tushgan barcha takliflar, shu jumladan Markaziy bankning pozitsiyasi ham diqqat bilan oʻrganiladi, shundan soʻng tegishli xulosalar chiqariladi. ________ #официальная_информация Налоговый комитет с уважением относится к позиции Центрального банка по вопросам банковской тайны и мониторинга P2P-переводов. Любой обмен информацией с банками должен осуществляться только в рамках закона, с обеспечением банковской тайны, защиты персональных данных и доверия граждан к банковской системе. Статья 41 Конституции устанавливает, что тайна банковских операций, вкладов и счетов гарантируется законом. Эти вопросы регулируются законодательством, в частности Законом «О банковской тайне» и Налоговым кодексом. Закон «О банковской тайне» предусматривает предоставление сведений налоговым органам по вопросам налогообложения клиента банка в соответствии с законодательством. Налоговый кодекс также устанавливает обязанности банков по предоставлению информации налоговым органам в случаях и порядке, предусмотренных налоговым законодательством. При этом P2P-переводы между физическими лицами сами по себе не являются объектом налогообложения, и речь не идет о массовом контроле личных переводов граждан. Суть разработанного проекта заключается в формировании безопасного, понятного и соответствующего международной практике формата взаимодействия с банками. Общественное обсуждение проекта завершилось. Все поступившие предложения, включая позицию Центрального банка, будут внимательно изучены, после чего будут сделаны соответствующие выводы. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads

2
#hamkorlik Ishtirokchi nigohida: Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya Federal soliq xizmatining Yetakchilik va biznes-jarayonla
#hamkorlik Ishtirokchi nigohida: Sankt-Peterburg shahridagi Rossiya Federal soliq xizmatining Yetakchilik va biznes-jarayonlarni boshqarish akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi mutaxassislari uchun ta’lim jarayoni haqida. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
127
3
#jamoatchilik_fikri #soʻrovnoma ✅ Fuqarolarning ishonchi – har qanday davlat xizmatining eng muhim mezonidir. Bugungi kunda a
#jamoatchilik_fikri #soʻrovnoma ✅ Fuqarolarning ishonchi – har qanday davlat xizmatining eng muhim mezonidir. Bugungi kunda aholi va tadbirkorlarning soliq organlariga bo‘lgan ishonchi qay darajada? 🎙Bu borada jamoatchilik fikri oʻrganildi: 📍Qoraqalpog‘iston Respublikasida 📍Toshkent shahrida 📍Andijon viloyatida 📍Buxoro viloyatida 📍Farg‘ona viloyati 📍Jizzax viloyatida 📍Navoiy viloyatida 📍Qashqadaryo viloyatida 📍Samarqand viloyatida 📍Sirdaryo viloyatida 📍Surxondaryo viloyatida 📍Toshkent viloyatida 📍Xorazm viloyatida Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
1
4
#aksiz_soliq #interaktiv_xizmatlar Yuridik shaxslar uchun aksiz soligʻi hisobotini to‘ldirish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma
#aksiz_soliq #interaktiv_xizmatlar Yuridik shaxslar uchun aksiz soligʻi hisobotini to‘ldirish tartibi bo‘yicha videoqo‘llanma Eslatmalar! ▫️2026-yil uchun aksiz solig'i stavkalari haqida batafsil ma'lumot. ▫️soliq boʻyicha hisobda turilgan joydagi soliq organlariga har oyda, soliq davridan keyingi oyning oʻninchi kunidan kechiktirmay taqdim etiladi. Soliq kodeksi 292-moddasi; ▫️soliqni toʻlash soliq hisobotini taqdim etish muddatidan kechiktirmay amalga oshiriladi. Soliq kodeksi 293-moddasi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
203
5
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2026-yil 10-iyul iyun oyi uchun: - aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirg
#soliq_taqvimi 🗓 Eslatma ❗️2026-yil 10-iyul iyun oyi uchun: - aksiz soligʻi hisob-kitobini taqdim etish va toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 292-moddasi 1-qismi, 293-moddasi 1-qismi); iyul oyi uchun: - aylanmadan soliq toʻlovchilar hisoblanmaydigan soliq toʻlovchilar tomonidan mol-mulk soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida joriy toʻlovlarni toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 417-moddasi 6-qismi); - aylanmadan soliq toʻlovchi boʻlmagan soliq toʻlovchilar tomonidan qishloq xoʻjaligi uchun moʻljallanmagan yerlar boʻyicha yer soligʻi yillik summasining 1/12 qismi miqdorida toʻlashning oxirgi kuni (Soliq kodeksining 432-moddasi 1-qismi). _____ #календарь_налогоплательщика 🗓 Напоминаем❗️10 июля 2026 года последний день за июнь: - представления расчета и уплаты акцизного налога (ч.1 ст.292, ч.1 ст.293 Налогового кодекса); за июль: - уплаты авансовых платежей налогоплательщиками, не являющимися плательщиками налога с оборота, по налогу на имущество в размере 1/12 части годовой суммы налога (ч.6 ст.417 Налогового кодекса); - уплаты налогоплательщиками, не относящимися к плательщикам налога с оборота, земельного налога за земли несельскохозяйственного назначения в размере 1/12 части годовой суммы налога (ч.1 ст.432 Налогового кодекса). Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
185
6
📸 KUN FOTOSI Soliq tizimida ayollar — mas'uliyat, bilim va fidoyilik timsoli. Bugun soliq organlarida minglab xotin-qizlar h
📸 KUN FOTOSI Soliq tizimida ayollar — mas'uliyat, bilim va fidoyilik timsoli. Bugun soliq organlarida minglab xotin-qizlar halollik, professional yondashuv va tashabbuskorligi bilan tizim rivojiga munosib hissa qo‘shmoqda. Ularning mehnati nafaqat samarali soliq ma'murchiligini, balki xalq bilan ochiq va ishonchli muloqotni mustahkamlashga ham xizmat qilmoqda. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
242
7
#keshbek #soliq_nazorati Keshbek tizimida soxta cheklar orqali budjet mablagʻlarini talon-toroj qilishga urinishlar oldi olin
#keshbek #soliq_nazorati Keshbek tizimida soxta cheklar orqali budjet mablagʻlarini talon-toroj qilishga urinishlar oldi olinmoqda Avval xabar berganimizdek, soxta realizatsiya fiskal cheklari orqali keshbek summalarini asossiz ravishda qaytarib olish holatlari aniqlanmoqda. Jumladan, 2026-yil 13-may kuni (bir kunning oʻzida) ZBS (nomi o‘zgartirgan) MChJdan FEO MChJ (nomi o‘zgartirgan) 505,2 mlrd soʻmlik saryogʻ, 81,8 mlrd soʻmlik 1-navli un hamda 455,9 mlrd soʻmlik boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga realizatsiyasiga elektron hisobvaraq-fakturalarni rasmiylashtirib kirim qilingan. 🔎 Biroq ushbu jamiyatlarda oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvi davomida hisobda realizatsiya qilinmagan deb koʻrsatilgan 1 trln 42 mlrd 900 mln soʻmlik tovarlar omborlarda yoki realizatsiya joylarida mavjud emasligi (kamomad) aniqlandi. ❌ Natijada ushbu jamiyatlar orqali soxta keshbek olishga qaratilgan sxema bartaraf etildi. Toʻplangan tekshiruv materiallari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuboriladi. Shuningdek, 2026-yil 8-iyul kuni ZBS MChJda Surxondaryo viloyati soliq boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan sayyor soliq tekshiruvida 4 trln 562 mlrd 813 mln soʻmlik tovarlar ombor yoki realizatsiya joylarida mavjud emasligi (kamomad), shuningdek, 1 trln 606 mlrd 174 mln soʻmlik kirim qilinmagan tovarlar realizatsiya qilingani aniqlandi. ❗️Mazkur holatlar yuzasidan rasmiylashtirilgan tekshiruv hujjatlari huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
244
8
#QQS #savol_javob Biz QQSning 6 foizlik soddalashtirilgan tartibiga oʻtish uchun xabarnoma yuborgan edik, lekin umumbelgilang
#QQS #savol_javob Biz QQSning 6 foizlik soddalashtirilgan tartibiga oʻtish uchun xabarnoma yuborgan edik, lekin umumbelgilangan tizimda qolmoqchimiz. Nima qilish kerak? Javob Soddalashtirilgan QQSga oʻtish toʻgʻrisida yuborilgan xabarnomani my.soliq.uz - soliq toʻlovchining shaxsiy kabinetidan bekor qilish mumkin: ➡️ “Xizmatlar” boʻlimiga kiring; ➡️ “Yuridik shaxslarni QQS toʻlovchisi sifatida hisobga qoʻyish” – “Soddalashtirilgan QQS rejimiga oʻtish” xizmatini tanlang. ➡️ “Rejimdan chiqish” tugmasini bosish orqali xabarnoma shakllantiriladi. Rejimdan chiqish toʻgʻrisidagi xabarnomani soliq organlariga yuboriladi. 👉 Batafsil _________ #НДС #вопрос_ответ Мы подали уведомление о переходе на упрощенный порядок уплаты НДС по ставке 6%, но позже решили остаться на общеустановленной системе. Что делать в этой ситуации? Ответ Аннулировать поданное уведомление о переходе на упрощенный НДС можно в персональном кабинете налогоплательщика my.soliq.uz: ➡️ Зайдите в раздел «Услуги»; ➡️ Выберите услугу «Постановка юридических лиц на учет в качестве плательщиков НДС» – «Переход к упрощенному режиму НДС»; ➡️Нажмите на кнопку «Выход из режима» – будет сформировано уведомление. Сформированное уведомление о выходе из режима будет направлено в налоговые органы. 👉 Подробнее Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
221
9
📸 KUN FOTOSI Yoshlar — soliq tizimining buguni va ertasi. Bilimga chanqoqlik, zamonaviy fikrlash va yuksak mas'uliyat yosh x
📸 KUN FOTOSI Yoshlar — soliq tizimining buguni va ertasi. Bilimga chanqoqlik, zamonaviy fikrlash va yuksak mas'uliyat yosh xodimlarning eng katta kuchidir. Ularning tashabbuskorligi, raqamli texnologiyalarni puxta egallagani va kasbga bo'lgan sadoqati soliq tizimini yanada takomillashtirishga xizmat qilmoqda. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
250
10
#mahallabay Mahallalarda xavfsiz muhit va aholi farovonligi – ustuvor vazifa Mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminla+2
#mahallabay Mahallalarda xavfsiz muhit va aholi farovonligi – ustuvor vazifa Mahallalarda tinchlik va osoyishtalikni taʼminlash, aholi uchun munosib turmush sharoitlarini yaratish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biri boʻlib qolmoqda. Ana shu maqsadda Soliq qoʻmitasi Raisi Farrux Pulatov Yangihayot tumanida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishib, belgilangan vazifalar ijrosini oʻrgandi. Oʻrganishlarda Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qoʻmitasi raisi Qutbiddin Burxonov, Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari qoʻmitasi senatori Gulnora Marufova, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori Baxshillo Xodjayev hamda masʼul tashkilotlar vakillari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi 1-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilinib, erishilgan natijalar va istiqboldagi vazifalar muhokama qilindi. Joriy yilning ikkinchi choragida bajarilgan ishlar natijadorligi atroflicha koʻrib chiqildi. Shuningdek, uchinchi chorakda amalga oshirilishi rejalashtirilgan ustuvor vazifalar hamda Yangihayot tumanida faoliyat yuritayotgan ishchi guruhi faoliyati samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama markazida boʻldi. Oʻrganishlar davomida mutasaddilarga hududda kriminogen vaziyat barqarorligini taʼminlash, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, profilaktika ishlarini kuchaytirish hamda "Yoʻl xaritasi"da belgilangan chora-tadbirlarni tizimli va samarali amalga oshirish boʻyicha aniq vazifalar belgilab berildi. Tashrif doirasida Yangihayot tumanining "Yoʻldosh" va "Mashʼal" mahallalarida mahalla yettiligi va faollar bilan ochiq muloqotlar oʻtkazildi. Suhbatlar chogʻida aholini qiynayotgan dolzarb masalalar, hududlardagi mavjud muammolar, infratuzilmani yanada yaxshilash hamda mahallalarni kompleks rivojlantirishga qaratilgan taklif va tashabbuslar muhokama qilindi. Taʼkidlanganidek, mahalla nafaqat aholi yashaydigan hudud, balki jamiyatda oʻzaro hamjihatlikni mustahkamlash, yosh avlodni vatanparvarlik va yuksak maʼnaviyat ruhida tarbiyalash, ijtimoiy barqarorlikni taʼminlashda muhim oʻrin tutadi. Shu bois har bir mahallada obodonlashtirish ishlarini izchil davom ettirish, aholi uchun qulay va xavfsiz muhit yaratish, turmush sifati va farovonligini yuksaltirishga qaratilgan chora-tadbirlar ustuvor ahamiyat kasb etadi. Bu borada davlat idoralari, mahalla faollari va keng jamoatchilikning hamjihatlikdagi saʼy-harakatlari mahallalarning barqaror taraqqiyoti, tinchligi va aholi farovonligini taʼminlashga xizmat qilishi alohida qayd etildi. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
285
11
#qonunchilikdagi_yangiliklar #imtiyoz Madaniyat, san’at va kreativ industriya loyihalariga jalb etilgan chet el kontragentlar
#qonunchilikdagi_yangiliklar #imtiyoz Madaniyat, san’at va kreativ industriya loyihalariga jalb etilgan chet el kontragentlari uchun soliq imtiyozlari joriy etildi Soliq kodeksiga madaniyat, sanʼat va kreativ industriya sohasidagi loyihalarga jalb etiladigan chet el kontragentlari uchun soliq imtiyozlarini nazarda tutuvchi oʻzgartishlar kiritildi. 👉 OʻRQ-1157-son, 07.07.2026-yil Kiritilgan oʻzgartishlarga muvofiq, 2026-yil 1-yanvardan 2030-yil 1-yanvarga qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi tomonidan, shuningdek Kreativ industriya parki rezidentlari tomonidan amalga oshiriladigan loyihalarga jalb etilgan chet el kontragentlari quyidagi soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi: - qoʻshilgan qiymat soligʻi; - toʻlov manbaida olinadigan foyda soligʻi; - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad soligʻi. Bunda imtiyoz chet el kontragentlariga nisbatan kreativ industriya sohasi bilan bevosita bogʻliq ishlarni bajarish va xizmatlarni koʻrsatish uchun jalb etilgan hollarda qoʻllaniladi. ______ #новое_в_законодательстве #льготы Налоговые льготы для иностранных контрагентов, реализующих проекты в сфере культуры, искусства и креативной индустрии В Налоговый кодекс внесены изменения, предусматривающие налоговые льготы для иностранных контрагентов, привлекаемых к проектам в сфере культуры, искусства и креативной индустрии 👉 ЗРУ-1157, 07.07.2026 г Согласно внесенным изменениям, в период с 1 января 2026 года до 1 января 2030 года иностранные контрагенты, привлеченные к проектам, реализуемым Фондом развития культуры и искусства при Администрации Президента Республики Узбекистан, а также резидентами Парка креативной индустрии, освобождаются от уплаты: - налога на добавленную стоимость; - налога на прибыль у источника выплаты; - налога на доходы физических лиц. При этом льгота применяется в отношении иностранных контрагентов, привлекаемых для выполнения работ и оказания услуг, непосредственно связанных со сферой креативной индустрии. Тelegram |Facebook |Youtube| Instagram |X| Threads
222
12
#hamkorlik MDH davlatlari soliq xizmatlari mutaxassislarining UFA dagi muhokamalari davom etmoqda Tadbir dasturi doirasida is
#hamkorlik MDH davlatlari soliq xizmatlari mutaxassislarining UFA dagi muhokamalari davom etmoqda Tadbir dasturi doirasida ishtirokchilar mijozga yoʻnaltirilgan yondashuvni rivojlantirish, raqamli transformatsiya va kelajak iqtisodiyoti uchun kadrlar tayyorlashga qaratilgan amaliyotlar bilan tanishdilar. Panel muhokamalarida Rossiya Federal soliq xizmati, Tojikiston Respublikasi Hukumati huzuridagi Soliq qoʻmitasi amaliyotlari, shuningdek Boshqirdiston Respublikasining turizm, investitsiya faoliyati va shahar muhitini rivojlantirish sohalaridagi tashabbuslari taqdimot sifatida namoyish etildi. Muhokamaning alohida blogi soliq maʼmuriyatchiligida sunʼiy intellekt texnologiyalaridan foydalanish masalalariga bagʻishlandi. Ishtirokchilar tahliliy va tashkiliy faoliyatda zamonaviy raqamli vositalarni qoʻllash boʻyicha amalga oshirilayotgan yondashuvlar toʻgʻrisida maʼlumot almashdilar, shuningdek xodimlarning raqamli kompetensiyalarini oshirish muhimligini qayd etdilar. Shuningdek,ishtirokchilar sunʼiy intellekt texnologiyalaridan samarali va masʼuliyatli foydalanish koʻnikmalarini shakllantirishga qaratilgan ixtisoslashtirilgan taʼlim dasturlari va amaliy treninglar oʻtkazilayotgani haqida xabar berdilar. Tadbir davomida ichki ish jarayonlarini qoʻllab-quvvatlash, tahliliy materiallar tayyorlash va soliq organlari faoliyatini axborot bilan taʼminlashni takomillashtirishga moʻljallangan xususiy raqamli yechimlarni rivojlantirishning istiqbolli yoʻnalishlari muhokama qilindi. Ishtirokchilarning alohida eʼtiborini Genom markazi jalb etdi. Ushbu markazda ilmiy-tadqiqot faoliyatini rivojlantirish, axborot texnologiyalari, maʼlumotlar tahlili va sunʼiy intellekt texnologiyalari sohasida kompetensiyalarni shakllantirish uchun zamonaviy sharoitlar yaratilganligi alohida jalb etdi. Taqdim etilgan yechimlar kadrlar salohiyatini rivojlantirish, iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va ilgʻor raqamli texnologiyalar bilan samarali ishlashga qodir mutaxassislar tayyorlash uchun sharoitlar yaratishga qaratilgan kompleks yondashuvni namoyon etdi. Ishtirokchilar bunday taʼlim va ilmiy loyihalar kadrlar salohiyatini shakllantirish, innovatsion ekotuzilmani rivojlantirish va davlat boshqaruvining turli sohalariga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish uchun asos sifatidagi ahamiyatini qayd etdilar. Tadbirda Ozarbayjon, Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston, Oʻzbekiston soliq xizmatlari, shuningdek MDH Ijroiya qoʻmitasi vakillari ishtirok etdilar. Boʻlib oʻtgan muhokamalar va amaliy tajriba almashinuvi materiallari umumlashtirilib, 2026-yil oktyabr oyida Tojikiston Respublikasi raisligida boʻlib oʻtadigan MDHga aʼzo davlatlar soliq xizmatlari rahbarlari Muvofiqlashtiruvchi kengashining XXXIII majlisida taqdim etilishi rejalashtirilgan yakuniy tahliliy hisobotga kiritiladi. Ufadagi tadbir tafsilotlari keyingi reportajlarimizda. Тelegram |Facebook |YouTube| Instagram |X|Threads
229
13
#Muloqot Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasida viloyatda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirok+9
#Muloqot Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasida viloyatda faoliyat olib borayotgan tadbirkorlik subyekti vakillari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.   Unda viloyat hokining birinchi o‘rinbosari Alisher Qodirov, O‘zbekiston Respublikasi bosh prokuraturasi huzuridagi iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti viloyat boshqarmasi boshlig‘i Nodirbek Ismonov, viloyat soliq boshqarmasi boshlig‘i Sirojiddin Eshmatov ishtirok etdi.   Tadbir davomida yurtimizda, jumladan viloyatimizda tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularni erkin faoliyat ko‘rsatishlari uchun barcha sharoitlar yaratilganligi ta’kidlandi.    Prezidentimizning 2026-yil 26-maydagi «Kichik biznes subyektlarining o‘sishi uchun yanada qulay iqtisodiy va ma’muriy shart-sharoitlar yaratish to‘g‘risida»gi PF-100-sonli Farmoni mazmun-mohiyati va amaliyotga joriy etilayotgan yangiliklar batafsil tushuntirildi. Savollariga javoblar qaytarildi.   ✍️Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Telegram | Facebook
299
14
#stop_korrupsiya Agar, Siz soliq idorasi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga duch kelsangiz, soliq xizmati organlarin
#stop_korrupsiya Agar, Siz soliq idorasi xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga duch kelsangiz, soliq xizmati organlarining quyidagi aloqa kanallari orqali murojaat qilishingiz mumkin. ▫️“Elektron soliq xizmatlari” portali; ▫️ Soliq organlarining “Ishonch telefonlari" – 1198 va 71-244-98-98;  75-225-1082; ▫️ Soliq qo‘mitasining telegram boti – @dsq_anticorrupciya_bot; ▫️ Soliq qo‘mitasining maxsus elektron pochtasi – antikorrupsiya@soliq.uz; ▫️ Soliq to‘lovchining shaxsiy kabineti; ▫️Komplayens va korrupsiyaga qarshi nazorat tuzilmalarining telefon raqamlari - 75-225-18-47 Unutmang, korrupsiyaga qarshi kurashish — bu nafaqat nazorat organining ishi, balki har bir fuqaroning vijdon ishidir! ✍️ Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Telegram | Facebook
270
15
#qabul2026 🎓 SOLIQ OLIY MAKTABI Soliq oliy maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli F
#qabul2026 🎓 SOLIQ OLIY MAKTABI Soliq oliy maktabi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 19-maydagi PF-95-sonli Farmoni asosida tashkil etilgan bo‘lib, soliq tizimi va iqtisodiyotning boshqa tarmoqlari uchun zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarga ega malakali mutaxassislarni tayyorlashni o‘z oldiga maqsad qilib olgan. ✔️ Soliq oliy maktabi soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi hisoblanadi. 2026/2027 o‘quv yilidan bakalavriatning quyidagi ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha qabul amalga oshiriladi: 🔴 Soliqlar va soliqqa tortish 🔴 Buxgalteriya hisobi Shuningdek, istiqbolda quyidagi yangi yo‘nalishlarni joriy etish rejalashtirilgan: 🟢 Raqamli soliq ma’murchiligi 🟢 Soliq huquqi va moliyaviy nazorat 🔺 Oliy maktabda ta’lim jarayoni yuqori malakali xorijiy va mahalliy professor-o‘qituvchilar hamda amaliyotchi mutaxassislar ishtirokida tashkil etiladi. Talabalar uchun yangi ta’mirdan chiqarilgan zamonaviy o‘quv binolari, Axborot-resurs markazi, sport zali, stadion hamda 1000 o‘rinli talabalar turar joyi kabi barcha zarur sharoitlar yaratilgan. 🔺 Soliq oliy maktabi — bu nafaqat oliy ta’lim muassasasi, balki kelajakda soliq tizimi va iqtisodiyotning turli tarmoqlarida faoliyat yuritadigan professional mutaxassislar maktabidir. ⚡️ Kelajagingizni Soliq oliy maktabi bilan bunyod eting! 📌 Hujjatlar topshirish joriy yilning 25-iyun sanasiga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 📞 Murojaat uchun qisqa raqam: 1198 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
55
16
#qabul2026 🔴 Soliq oliy maktabi — soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida zamonav
#qabul2026 🔴 Soliq oliy maktabi — soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida zamonaviy bilim, amaliy tajriba va professional rivojlanish imkoniyatlarini birlashtiradi. Bugungi iqtisodiyot sharoitida soliq sohasida chuqur bilimga ega mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Soliq oliy maktabida esa talabalar nafaqat nazariy bilimlarni, balki kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni ham egallaydilar. 📖 Ta’lim yo‘nalishlari: – Soliqlar va soliqqa tortish; – Buxgalteriya hisobi; – Raqamli soliq ma’murchiligi; – Soliq huquqi va moliyaviy nazorat. 📌 Hujjatlar topshirish joriy yilning 25-iyun sanasiga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ⚡️ Bugun tanlagan yo‘lingiz ertangi muvaffaqiyatingiz poydevoriga aylanishi mumkin. 📞 Murojaat uchun qisqa raqam: 1198 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
45
17
#qabul2026 🎓 SOLIQ OLIY MAKTABI ✔️ Soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan Soliq o
#qabul2026 🎓 SOLIQ OLIY MAKTABI ✔️ Soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi bo‘lgan Soliq oliy maktabi zamonaviy ta’lim muhiti, malakali professor-o‘qituvchilar va amaliy bilimlarni uyg‘unlashtirgan holda kelajak mutaxassislarini tayyorlaydi. Bugungi iqtisodiyot sharoitida soliq sohasida chuqur bilimga ega mutaxassislarga bo‘lgan ehtiyoj tobora ortib bormoqda. Soliq oliy maktabida esa talabalar nafaqat nazariy bilimlarni, balki kelgusidagi kasbiy faoliyatlari uchun zarur amaliy ko‘nikmalarni ham egallaydilar. 📚 Ta’lim yo‘nalishlari: – Soliqlar va soliqqa tortish; – Buxgalteriya hisobi; – Raqamli soliq ma’murchiligi; – Soliq huquqi va moliyaviy nazorat. 📌 Hujjatlar topshirish joriy yilning 25-iyun sanasiga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 🔴 Kelajagingizni bilim, mas’uliyat va professional rivojlanish bilan bog‘lashni istasangiz, Soliq oliy maktabi sizni kutmoqda. 📞 Murojaat uchun qisqa raqam: 1198 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
42
18
#qabul2026 ✔️ Soliq oliy maktabi — soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida yoshlar
#qabul2026 ✔️ Soliq oliy maktabi — soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida yoshlarning kasbiy va intellektual salohiyatini rivojlantirishga xizmat qiladi. ⚡️ Ushbu dargohda bilim tajriba bilan, nazariya amaliyot bilan, maqsad esa imkoniyat bilan uchrashadi. 📖 Ta’lim yo‘nalishlari: – Soliqlar va soliqqa tortish; – Buxgalteriya hisobi; – Raqamli soliq ma’murchiligi; – Soliq huquqi va moliyaviy nazorat. Kelajakdagi muvaffaqiyat bugungi tanlovdan boshlanadi. 📌 Hujjatlar topshirish joriy yilning 25-iyun sanasiga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. 📞 Murojaat uchun qisqa raqam: 1198 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
44
19
#qabul2026 🔴 Soliq oliy maktabi — soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida zamonav
#qabul2026 🔴 Soliq oliy maktabi — soliq tizimiga kadrlarni yetkazib beruvchi tayanch oliy ta’lim muassasasi sifatida zamonaviy bilim, amaliy tajriba va professional rivojlanish imkoniyatlarini birlashtiradi. 📖 Ta’lim yo‘nalishlari: – Soliqlar va soliqqa tortish; – Buxgalteriya hisobi; – Raqamli soliq ma’murchiligi; – Soliq huquqi va moliyaviy nazorat. 📌 Hujjatlar topshirish joriy yilning 25-iyun sanasiga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali amalga oshiriladi. ⚡️ Bugun tanlagan yo‘lingiz ertangi muvaffaqiyatingiz poydevoriga aylanishi mumkin. 📞 Murojaat uchun qisqa raqam: 1198 Telegram | YouTube | Instagram | Facebook | Manzil
44
20
#Yashirin_iqtisodiyot Koson tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari nazoratga olindi Qashqadaryo viloyatida yashirin iqti
#Yashirin_iqtisodiyot Koson tumanidagi umumiy ovqatlanish shoxobchalari nazoratga olindi Qashqadaryo viloyatida yashirin iqtisodiyot ulushini qisqartirish, ayniqsa, umumiy ovqatlanish korxonalarida faoliyatni qonuniylashtirish bo‘yicha keskin choralar ko‘rilmoqda. Navbatdagi profilaktik tadbirlar Koson tumanida o‘tkazildi. O‘rganishlar davomida tadbirkorlar tomonidan ishchilar soni va ish haqi fondi keskin kamaytirib ko‘rsatilgani, shuningdek, xaridorlarga chek bermaslik holatlari aniqlandi. Hozirda aniqlangan tafovutlar bo‘yicha qayta soliq hisobotlari olinib, qo‘shimcha mablag‘lar davlat budjetiga undirilmoqda. 📌 Iste'molchilarga eslatma: Xaridingiz uchun chek talab qiling va keshbekka ega bo‘ling! Qonuniy faoliyat — taraqqiyot garovi. ✍️Qashqadaryo viloyati soliq boshqarmasi Telegram | Facebook
265