"Tibosfera" tibbiyot maktabi
前往频道在 Telegram
Tibbiyot talabalari uchun tibbiy-fundamental va klinik fanlar yuzasidan o'quv kursi va materiallari. Foydali maslahatlar, tavsiya va ko'nikmalar
显示更多📈 Telegram 频道 "Tibosfera" tibbiyot maktabi 的分析概览
频道 "Tibosfera" tibbiyot maktabi (@tibosfera) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 19 447 名订阅者,在 医学 类别中位列第 1 241,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 4 146 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 19 447 名订阅者。
根据 06 十一月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 3 705,过去 24 小时变化为 66,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 未认证
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 73.66%。内容发布后 24 小时内通常能获得 29.28% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 14 292 次浏览,首日通常累积 5 681 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 164。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“Tibbiyot talabalari uchun tibbiy-fundamental va klinik fanlar yuzasidan o'quv kursi va materiallari.
Foydali maslahatlar, tavsiya va ko'nikmalar”
凭借高频更新(最新数据采集于 07 十一月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 医学 类别中的关键影响点。
19 447
订阅者
+6624 小时
+2037 天
+3 70530 天
帖子存档
Tizimni içida oqib ketiş ham töğri emas.
Oqimga qarşi suzişga uriniş ham yaxşi emas.
Şu murakkabliklar orasida imkon topib ilm oliş, tajriba oşira oliş kerak.
Qiyin, ammo lozim.
Tizimlar özgaradi, şart-şaroitlar almaşadi. Har zamon va har makonda ilm yölidan oğişmay yura olgan yutaveradi.
@tibosfera
Biz öqigan vaqtlarda paxta terim, keraksiz fanlar asosiy işimizdan çalğitar edi.
Endi paxta yöqoldi, keraksiz fanlar ança kamaydi deb xursand bölib turgandik.
Talabalar bilan gaplaşib sezyapmizki, ularni örnini yana tadbirbozlik (volontyorlik) lar va mustaqil işlar egallab olibdi.
Talaba beçoralar öqiyotganligi, bekorçi emasligini isbotlaş bilan umrini ötkazib yurar ekanda))
➖➖➖➖➖
Nima bölganda ham toş kelsa kemirib, suv kelsa simirib öqiş kerak. Bitta qoida özgarmaydi: tadbirbozliklar, hujjatbozliklar, beş baholar va qizil diplomlar, sertifikatlar va litsenziyalar heç nimaga arzimaydi. Bemorning qarşisida bilim, tajriba va şaxsiyat qoladi xolos.
Oldingi tizimlarda bölgan bir amaliyot bor: sinfdan sinfga sakraş va sinfdan sinfga qoldiriş.
Mana şu narsa qayta yölga qöyilganida juda çiroyli iş bölar edi.
Oldinlari taniş-bilişçilik yoki korrupsiya sabab bu köçiş va qoldirişlarda adolat bölmay qolişidan havotirlanib bekor qilingan bölsa, endi uni qayta tiklaş vaqti keldi nazarimda.
Çunki, milliy sertifikat tizimi juda şaffof işlayapti. Töğri, kamçiliklari bor, lekin muhimi taniş-biliş degan narsa, savollar sizdirilişi degan narsa, şpargalkalardan foydalaniş, örniga odam kiritiş kabi öyinlar deyarli yöqolgan.
Hozir öqişga topşiradiganlar rektorskiy guruh nima ekanini, X variant nima ekanini, örniga kiriş, telefon olib kiriş degan narsalarni bilişmaydi. Tizim ança adolatli tus oldi.
Endi bilimi bor bola sinfdan sinfga sakrayversin. Öqigan bola 11 yil maktab devorlari orasida majburlikdan, öqimaydigan va "xuligan" şeriklari bilan qolib ketavermasin, vaqti isrof bölmasin. 10-sinfdayoq 189 ball olganlar bor. Kiraversin universitetga, bir yil sun'iy kuttirilmasdan.
Va yana bir qator öquvçilar belgilangan normativlarni bajara olmasa sinfdan sinfga qoldirilsin. Öqib mehnat qilgan bilan bir vaqtda bitirib bir xil hujjat olmasin.
Mayli sinfdan qoldiriş murakkab amaliyot böladi, qilinmasa ham böladi. Lekin, öqigan bolani sinfdan sinfga kötariş qayta yölga qöyilişi kerak.
Avvaliga 9-10-11-sinflarni ham qöllaridagi sertifikatlari bilan oliy ta'lim imtihonlarida qatnaşiş imkoniyatini beriş bilan boşlaş kerak.
Aql yoşda emas - boşda.
Bu amaliyotni oliy ta'limga ham tatbiq qiliş mumkin. Belgilangan amaliy va nazariy normativlar egallanganidan söng talaba keyingi bosqiçga sakrasin. 6 yilni ötişini sun'iy ravişda kutib ötirmasin.
@tibosfera
Anatomiya, gistologiya, Patologik anatomiya kabi fanlaridan rasm çiziş (çizdiriş), konspekt yozdiriş, konspekt tekşiriş hali ham bor ekan universitetlarda.
Bu ovoragarçilikni dasturdan çiqarib yuboriş vaqti kelib ötib ham ketyapti. 20 yil oldin tuşunsa bölar edi. Lekin hozir nima ahamiyati qoldi?
Avvallari atlaslar juda kam edi, mikroskoplar institutda 2-3 tagina bölar edi, şu sabab rasm çiziş jonli "kserekopiya" edi.
Darsliklar juda kam edi, konspekt yozib köçirib olib darsga tayyorlanişar edi.
Hozir esa har bir talabining telefonida 20 dan ortiq atlasning pdf varianti bor, 3D atlaslardan 5-6 xilini örnatib olgan.
Darsliklar, prezentatsiyalar, konspektlarning esa sanog'ini bilib bölmaydi.
Rasm çizsa, kospekt yozsa, yaxşi eslab qoladiku degan yana bir "klassik" sababni keltirişlari mumkin.
Töğri, lekin har doim ham emas. Ya'ni, axborotni özlaştiriş masalasi individual xarakterga ega. Kimdir çizib, kimdir çizmasdan, kimdir yozib, kimdir yozmasdan, kimdir ovoz çiqarib öqib, kimdir ovoz çiqarmay, kimdir şovqinli joyda, kimdir tinç joyda vahokazo. Ya'ni, örganişning usullari köp, kişi öziga eng ma'qulini tanlab olib örgangani yaxşi.
Ya'ni institut uyga vazifani bersin, tuşuntirib bersin, talab qilib olsin. Örganiş va özlaştiriş qismiga aralaşib ortiqça ovoragarçilik tuğdirmasin.
Yozib örganadigan bola konspekt yozaversin. Yozişni xohlamagan bola majburlanmasin.
Çizgisi kelganlar çizaversin, çizişni xohlamagan çizmay örganaversin.
Konspekt, albom tekşirişga ketgan vaqt örniga köproq savol-javob qilişsin, vaqt ortib qolsa talabalar anglolmagan jihatlarini tuşuntirib berişsin. Talabalar ham konspekt yoziş, rasm çizişga ketgan vaqt örniga materialni çuqurroq va puxtaroq özlaştirişsin.
@tibosfera
"Talaba o'qiyman deb tursa, ustoz topib o'qitavermaysizlarmi?" deyishingiz mumkin.
Biz ustozlarni ko'r-ko'rona chaqirib talabani topshiravermaymiz, do'stlar.
Tibosferada ustozlar kamida 2-3 yillik saralov va tayyorlov bosqichlaridan o'tkazilib yetishtiriladi. Ilmda, intizomda, axloqda bizning talablarga javob bera oladiganlargina jamoamizga qabul qilinishadi. Shu sabab ularning soni juda ham cheklangan.
❗️QABUL YOPILDI
Uzr so'raymiz, do'stlar. Vaqtidan oldinroq qabulni to'xtatishga majbur bo'ldik. O'rinlar to'lib bo'ldi. Belgilangan miqdordan talaba soni ortib ketsa, ularga ustoz yetkazib bera olmas ekanmiz. To'g'ri tushunasizlar.
Keyingi qabul fevral oyida bo'lib o'tadi inshaAlloh.
