ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅 👈

Termiz shahridagi Prezident maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabi

前往频道在 Telegram
2 622
订阅者
-524 小时
-227 天
-11330 天
帖子存档
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va mak
+3
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov maktabgacha va maktab ta’limi yo‘nalishiga mas’ul rahbarlarning tizimida amalga oshirilayotgan ishlar, sohadagi mavjud holat va dolzarb masalalar, shuningdek, kelgusida bajarilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalarga bag‘ishlangan taqdimotlari bilan tanishdi. Unda ta’lim tizimini rivojlantirish, maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish hamda o‘quvchilarning bilim va ko‘nikmalarini xalqaro talablar darajasiga olib chiqish masalalari xususida so‘z bordi. Shuningdek, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarni joriy etish va pedagoglarning kasbiy salohiyatini oshirish yuzasidan fikr almashildi. O‘quvchilarning sifatli ta’lim olishi, xorijiy tillar va zamonaviy kasblarni puxta o‘zlashtirishi, mustaqil fikrlashi hamda olgan bilimlarini amaliyotda qo‘llay olishiga ham alohida e’tibor qaratildi. Bunda ta’lim mazmunini hayotiy ehtiyojlar bilan uyg‘unlashtirish, yoshlarni kelajakdagi kasbiy faoliyatga tayyorlash, ularning qiziqish va qobiliyatlarini erta aniqlash hamda munosib rivojlantirish uchun zarur imkoniyatlarni yaratish muhimligi qayd etildi. Taqdimotlar davomida har bir yo‘nalish bo‘yicha ustuvor vazifalarni aniq belgilash, ularning ijrosi yuzasidan amaliy takliflar ishlab chiqish va amalga oshirilayotgan ishlarning natijadorligini ta’minlashga qaratilgan yondashuvlarni kuchaytirish yuzasidan mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi. Bizni kuzating: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Repost from Saida Mirziyoyeva
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Pre
Yosh bolaga nisbatan zo‘ravonlikka aslo toqat qilib bo‘lmaydi, jazo esa muqarrar va murosasiz bo‘lishi shart. O‘zbekiston Prezidenti birdaniga 5 ta kodeks va 6 ta qonunga o‘zgartirishlar kiritishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Bolaga zulm qilgan, unga jismoniy yoki ruhiy azob bergan har bir kimsa — u xoh ta’lim muassasasi xodimi bo‘lsin, xoh yaqin qarindoshi — javobgarlikka tortiladi. Bolaning o‘limiga sabab bo‘lgan jinoyatlar uchun berilgan jazo aslo yengillashtirilmaydi. Bundan buyon 14 yoshga to‘lmagan bolaga nisbatan jinsiy zo‘ravonlik sodir etgan shaxslarga 25 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish yoki umrbod qamoq jazosi tayinlanadi. Bunday og‘ir jinoyatlar bo‘yicha javobgarlikka tortish muddatida cheklov bo‘lmaydi. Yosh bolaning xavfsizligi shart-sharoit yoki vaziyatlarga bog‘liq bo‘lishi mumkin emas. Bolalar hayoti, sog‘lig‘i, or-nomusiga tajovuz qilgan har qanday kimsa qat’iy jazodan qochib qutula olmasligini bilishi shart. — Насилие над ребёнком неприемлемо, а наказание должно быть суровым. Президент Узбекистана подписал закон, предусматривающий изменения сразу в 5 кодексах и 6 законах. Ответственность понесёт каждый, кто причинит вред и боль ребёнку: от сотрудников образовательных учреждений до родных, совершивших насилие. За любое преступление, которое повлечёт смерть ребёнка, не будет никаких смягчений. Отныне лицам, совершившим сексуальное насилие над ребёнком младше 14 лет, грозит до 25 лет или пожизненное заключение. Срока давности по таким преступлениям не будет. Безопасность ребёнка не может зависеть от обстоятельств. Каждый, кто посягнёт на жизнь, здоровье и достоинство детей, должен знать, что от строгого наказания он не уйдёт.

#OAV_nigohida SURXONDARYO TELERADIOKANALI 🏆Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Termiz shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida “Rahbar kubogi” sport musobaqasining Surxondaryo viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Uch_avlod_uchrashuvi #Prezident_maktabi #Termiz_shahri 📌Termiz shahridagi Prezident maktabida Termiz garnizoni harbiy xizmatchisi, faxriylar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirokida “Uch avlod uchrashuvi” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🤝 Samimiy muloqot va o‘zaro tajriba almashish ruhida o‘tgan uchrashuvda faxriylar mustaqillik yillarida mamlakatimiz erishgan yutuqlar, boy hayotiy tajribalari hamda samarali mehnat faoliyati haqida so‘zlab berdilar. 🎓 Shuningdek, yosh avlod vakillariga chuqur bilim olish, zamonaviy kasb-hunarlarni puxta egallash, yurt ravnaqi yo‘lida munosib hissa qo‘shish va Vatanga sadoqatli farzand bo‘lib kamol topish yuzasidan qimmatli tavsiyalar berildi. ✨Bunday uchrashuvlar avlodlar o‘rtasidagi mehr-oqibat, hurmat va hamjihatlikni mustahkamlash, yoshlarda milliy qadriyatlarga sadoqat hamda vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada yuksaltirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

«OVOZ» — G‘OYALAR MINBARI 🎙 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida o‘quvchilarning intellektual salohiya
«OVOZ» — G‘OYALAR MINBARI 🎙 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimida o‘quvchilarning intellektual salohiyati, mustaqil fikrlashi va notiqlik mahoratini rivojlantirishga qaratilgan «OVOZ» intellektual ma’ruzalar loyihasi uchun ro‘yxatdan o‘tish boshlandi. TED va TED-Ed formatlaridan ilhomlangan loyiha yoshlarning dolzarb masalalar yuzasidan o‘z qarashlarini erkin ifoda etishi, yangi g‘oyalarni ilgari surishi va ularni keng auditoriyaga yetkazishi uchun imkoniyat yaratadi. 💡 Ishtirokchilar raqamli texnologiyalar va innovatsiyalar, tarix va shaxsiyat, shaxsiy qarashlar hamda jamiyat va maktab hayotiga oid yo‘nalishlarda o‘z g‘oyalarini taqdim etishlari mumkin. Loyihaning asosiy maqsadi — yoshlarning fikrlash madaniyati, nutq ko‘nikmalari va o‘z g‘oyalarini asosli ravishda ifoda etish qobiliyatini rivojlantirish, shuningdek, ularning tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashdir. 🖥 Ro‘yxatdan o‘tish 17-oktabrga qadar davom etadi. Ishtirok etish shartlari va barcha talablar bilan quyidagi havola orqali tanishish mumkin. Qo‘shimcha ma’lumot uchun: @ovozadm1n.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal

#diqqat_tanlov #Zukko_kitobxon #Prezident_maktabi Agar yolg'iz esang, hamdam kitobdir, Bilim subhidagi nur ham kitobdir. (Abd
#diqqat_tanlov #Zukko_kitobxon #Prezident_maktabi
Agar yolg'iz esang, hamdam kitobdir, Bilim subhidagi nur ham kitobdir. (Abdurahmon Jomiy)
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida “Zukko kitobxon” tanlovining yangi mavsumiga start berildi! ✅Har yili o‘tkazilishi an’anaga aylangan ushbu tanlovda faol ishtirok etish uchun barcha kitobxon, zukko yoshlarimizni chorlab qolamiz. ❗️Tanlovning joriy mavsum saralash bosqichiga 19-noyabr kuni start beriladi. Tanlov nizomi bilan tanishing ➡️ 📝... Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida Kanadaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi �
+3
Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligida Kanadaning nufuzli universitetlari vakillari bilan uchrashuv o'tkazildi 🇺🇿🇨🇦Bugun Agentlik direktori Sevara Shakirova hamda Kanadaning yetakchi oliy ta'lim muassasalari vakillari o'rtasida o'zaro hamkorlik aloqalarini kengaytirishga bag'ishlangan uchrashuv bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Kanadaning quyidagi universitetlari delegatlari ishtirok etdi: ➖ Saint Mary's University vakili May Zaw ➖ Simon Fraser University vakili Dina Thompson ➖ York University vakili Sunera Ali Muzokaralar davomida quyidagi muhim masalalar va istiqbolli rejalar muhokama qilindi: ✅ Ta'lim grantlari va qabul: Agentlik tizimidagi Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar bitiruvchilari uchun Kanada universitetlariga qabul jarayonida maxsus shartlar yaratish hamda ta'lim grantlari (scholarships) ajratish masalalari. ✅ Almashinuv dasturlari: O'quvchilar uchun Kanada va O'zbekiston o'rtasida yozgi oromgohlar tashkil etish hamda talabalar tashriflarini yo'lga qo'yish. ✅ Malaka oshirish: Maktab maslahatchilari (school counselors) hamda STEM fanlari o'qituvchilari uchun xalqaro tajriba asosida maxsus treninglar o'tkazish. ✅ Rasmiy hamkorlik: Har uchala universitet bilan rasmiy aloqalarni mustahkamlash maqsadida Hamkorlik memorandumlarini (MoU) imzolash imkoniyatlari.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙Portal

#sohaga_doir_hujjatlar ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvch
#sohaga_doir_hujjatlar ✅ O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining ijro etuvchi tuzilmasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida: ➖ O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi; ➖ 12 nafar shtat birligidan iborat bo‘lgan Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi. 👉 Vazirlar Mahkamasi Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyatining: ➖ 5 ta shtat birligi — Vazirlar Mahkamasining Ijtimoiy rivojlanish masalalari bo‘limi hisobidan; ➖ 7 ta shtat birligi — qayta tashkil etilgan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining shtat birliklarini maqbullashtirish hisobidan shakllantiriladi. 👉 Farmonga ko‘ra: ➖ Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari — vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qiladi, ularni muvofiqlashtiradi. 👉 Farmonning to‘liq matni
Bizni kuzating
❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

✨ CHEF TALENT — yangi loyiha, yangi imkoniyatlar! ⚡️ Termiz shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilarimizning iste’dod va qobiliyatlarini kashf etish, ijodkorlik salohiyatini rivojlantirish hamda o‘z mahoratlarini namoyon etishlariga imkon yaratish maqsadida “CHEF TALENT” loyihasiga start berildi! 🍽 Loyihamizning ilk sonida ishtirokchimizning pazandalik mahorati, ijodiy yondashuvi va o‘ziga xos iste’dodi bilan tanishasiz. Har bir taomda mahorat, har bir harakatda ijodkorlik, har bir urinishda esa yangi imkoniyatlar mujassam! 💫“CHEF TALENT” — bu shunchaki pazandalik loyihasi emas, balki yoshlarning iste’dodini yuzaga chiqarish, o‘ziga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash va yangi qirralarini kashf etish sari tashlangan qadamdir! 🎥 Bizni kuzatishda davom eting! Loyihamizning keyingi sonlarida ham sizni yangi ishtirokchilar, qiziqarli jarayonlar va ajoyib ijodiy lahzalar kutmoqda!
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi O‘z
+4
Maktabgacha va maktab ta’limini rivojlantirish, kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirish bo‘yicha vazifalar belgilandi O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik markaziy apparati xodimlari bilan muloqot qildi. Uchrashuvda maktabgacha va maktab ta’limi sifatini oshirish, zamonaviy yondashuvlarni joriy etish hamda rahbar va pedagog kadrlarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish bo‘yicha ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Mavjud strategiya va dasturlar ijrosi ko‘rib chiqilib, har bir yo‘nalishda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ustuvor vazifalar muhokama qilindi. Erkinjon Turdimov sohadagi muammolarni chuqur o‘rganish, ularga amaliy yechim topish va natijasini ta’lim muassasalari faoliyatida namoyon etish zarurligini ta’kidladi. Muloqot yakunida mas’ullarga ta’lim sifatini yaxshilash va kadrlarning kasbiy kompetentligini oshirishga qaratilgan aniq taklif hamda tashabbuslarni ishlab chiqish vazifasi topshirildi.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Prezident Yangi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashu
❗️“Ta’limga bekorga eng ishongan kadrimni olib kelmadim” — Shavkat Mirziyoyev Prezident Yangi Toshkentda o‘tkazilgan uchrashuv davomida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov haqida to‘xtalib o‘tdi. Bu haqda tadbirda ishtirok etgan “Daryo” muxbiri xabar berdi.
“Son ko‘paydi, sifat esa kam. Bundan keyin har bir universitet kim uchun qanday kadr tayyorlashini o‘zi uchun aniq belgilab olishi kerak. To‘rtta viloyatga hokim bo‘lgan odamni Ta’lim vazirligiga bekorga olib kelmadim”, — dedi prezident.
Bizni kuzating:
❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirini
+6
Erkinjon Turdimov: Ta’limdagi har bir o‘zgarish yoshlar hayotida sezilishi kerak Bugun O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari — ta’lim va ilm-fan vaziri Erkinjon Turdimov vazirlik tizimi xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqotda yoshlar, o‘quvchi va talabalarni qiynayotgan masalalarni o‘rganish, ularning dardini eshitish, sifatli ta’lim olishi uchun yanada yaxshi sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratildi. Bola bog‘chaga borishi, o‘quvchi maktabda puxta bilim olishi, talaba esa egallagan bilimi va kasbi bilan hayotda o‘z o‘rnini topishi kerak. Shu maqsadda maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, ta’lim sifatini oshirish, yoshlarni kasbga tayyorlash va ilm-fanga qiziqishini qo‘llab-quvvatlash masalalari muhokama qilindi. O‘qituvchining jamiyatdagi obro‘si va nufuzini yuksaltirish, uning mehnati qadrlanishi, o‘z ustida ishlashi va bor e’tiborini ta’limga qaratishi uchun munosib sharoit yaratish ham muhim vazifalardan biri sifatida qayd etildi. Erkinjon Turdimov muammolarni sanab o‘tish bilan cheklanmasdan, har biri bo‘yicha amaliy yechim qilish zarurligini ta’kidladi. Xodimlarga o‘quvchi, talaba va pedagog hayotida ijobiy o‘zgarish beradigan aniq takliflar tayyorlash vazifasi qo‘yildi.

😊 TOSHKENTDA ILK BOR SAT VA AP DAY XALQARO TADBIRI O‘TKAZILMOQDA 📍 Bugun Toshkent shahridagi Azimut Grand Hotel mehmonxonas
+6
😊 TOSHKENTDA ILK BOR SAT VA AP DAY XALQARO TADBIRI O‘TKAZILMOQDA 📍 Bugun Toshkent shahridagi Azimut Grand Hotel mehmonxonasida College Board SAT | Advanced Placement (AP) Day xalqaro tadbiri o‘z ishini boshladi. ➖ Bilim va malakalarni baholash agentligi huzuridagi Ilmiy-o‘quv amaliy markaz hamda College Board hamkorligida tashkil etilgan tadbirda SAT va AP dasturlarining imkoniyatlari, xalqaro universitetlarga qabul jarayonlari hamda zamonaviy ta’lim yondashuvlari muhokama qilinmoqda. 🫥Tadbirning ochilish marosimida Agentlik direktori Sevara Shakirova SAT va AP dasturlari Agentlik o‘quvchilarining xalqaro universitetlarda tahsil olish imkoniyatlarini kengaytirish, akademik bilimlarini mustahkamlash va kelajakdagi ta’lim maqsadlariga erishishida muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.
Bizni kuzating
💻web🌐Telegram ▶️YouTube🌐Instagram🌐Facebook⚙️Portal

#FIPhO_2026 #Opening_ceremony FIPhO 2026: Xalqaro olimpiadaning tantanali OCHILISH MAROSIMI oʻtkazildi! ⭐️ Bugun ko‘hna va na
+9
#FIPhO_2026 #Opening_ceremony FIPhO 2026: Xalqaro olimpiadaning tantanali OCHILISH MAROSIMI oʻtkazildi! ⭐️ Bugun ko‘hna va navqiron Samarqandda Al-Farg‘oniy nomidagi Xalqaro fizika olimpiadasining ochilish marosimi boʻlib oʻtdi.
✅Tadbirda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori o‘rinbosari X.Shakirov, Samarqand viloyat Hokimi o‘rinbosari X.To‘xtayev, Fan olimpiadalari markazi direktori T.Shermatov, Viloyat Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi boshlig‘i R.Yo‘ldoshev ishtirok etdi.
➖ Oʻzbekistonda ikkinchi marotaba oʻtkazilayotgan mazkur olimpiada fizika fanidan tashkil etilmoqda. 📢Olimpiadaga dunyoning 15 ta mamlakati — 🇨🇳 Xitoy, 🇯🇴 Iordaniya, 🇰🇿 Qozog‘iston, 🇰🇼 Quvayt, 🇰🇬 Qirg‘iziston, 🇱🇻 Latviya, 🇲🇾 Malayziya, 🇲🇳 Mongoliya, 🇶🇦 Qatar, 🇷🇴 Ruminiya, 🇷🇺 Rossiya, 🇹🇷 Turkiya, 🇹🇲 Turkmaniston, 🇻🇳 Vyetnam, davlatlaridan kelgan hamda 🇺🇿Oʻzbekiston vakillaridan iborat eng iqtidorli oʻquvchi-yoshlar ishtirok etadi. ❗️ Olimpiada bahslari 12- va 14-oktabr kunlari 2 turda oʻtkaziladi. Olimpiada topshiriqlari xalqaro olimpiada standartlari asosida baholanadi. ⭐️ Shuningdek, mazkur nufuzli ilmiy musobaqaga xorijiy davlatlardan yuqori malakali xalqaro ekspertlar, yetuk olimlar hamda professorlar jalb etilgan. 👉 Olimpiada so‘nggida gʻoliblar tashkilotchilar tomonidan oltin, kumush, bronza medallari bilan taqdirlanadi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoni bilan Turdimov Erkinjon Oqbutayevich O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimiga tayinlandi va shu munosabat bilan Sirdaryo viloyati hokimi lavozimidan ozod etildi. Bundan ilgariroq E.Turdimov nomzodi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan edi. Shuningdek, tegishli farmon bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi ijro etuvchi tuzilmasida O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri lavozimi kiritildi. Ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash masalalari kotibiyati tashkil qilindi. Bosh vazirning birinchi o‘rinbosari – ta’lim va ilm-fan vaziri respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari – vazirliklar, qo‘mitalar, agentliklar va inspeksiyalar rahbarlari hamda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining ta’lim, ilm-fan va sog‘liqni saqlash sohalarida zimmasiga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni amalga oshirish bo‘yicha faoliyatiga vakolati doirasida umumiy rahbarlik qilishi, ularni muvofiqlashtirishi belgilandi. Ushbu yo‘nalishlar ijrosini nazorat qilish va tashkil qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Rahbari S.Sh. Mirziyoyeva zimmasiga yuklandi. — Указом Президента Республики Узбекистан Турдимов Эркинжон Окбутаевич назначен на должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан и в связи с этим освобожден от должности хокима Сырдарьинской области. Ранее кандидатура Э.Турдимова была одобрена депутатами Законодательной палаты Олий Мажлиса. Также, соответствующим указом в исполнительной структуре Кабинета Министров Республики Узбекистан введена должность первого заместителя Премьер-министра – министра образования и науки Республики Узбекистан. Образован Секретариат по вопросам образования, науки и здравоохранения. Определено, что первый заместитель Премьер-министра – министр образования и науки в пределах своих полномочий осуществляет общее руководство и координацию деятельности руководителей республиканских органов исполнительной власти – министерств, комитетов, агентств и инспекций, а также Председателя Совета Министров Республики Каракалпакстан, хокимов областей и города Ташкента по выполнению возложенных на них задач и функций в сферах образования, науки и здравоохранения. Контроль и организация исполнения задач по указанным направлениям возложены на Руководителя Администрации Президента Республики Узбекистан С.Ш. Мирзиёеву. Facebook|Instagram|X

#Chavondozlik_maktabi 🐎 Termiz shahridagi Prezident maktabi hamda Milliy gvardiyaning Surxondaryo viloyati Chavandozlar maktabi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida o‘quvchilar uchun mazmunli va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmoqda. ✨ Mazkur hamkorlik doirasida Termiz shahridagi Prezident maktabining o‘quvchilari uchun Chavandozlar maktabida “Ochiq eshiklar kuni” tashkil etilib, amaliy ot minish mashg‘ulotlari o‘tkazildi. 📌Tadbir davomida o‘quvchilar ot sporti olami bilan yaqindan tanishish, otlarni parvarishlash va ular bilan muomala qilish qoidalari haqida ma’lumot olish hamda mutaxassislar ko‘magida amaliy ot minish mashg‘ulotlarida ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 🤝 Ushbu tashabbus yosh avlodning jismoniy faolligini oshirish, ularda milliy qadriyatlarga hurmat, jasorat, intizom va mas’uliyat tuyg‘ularini shakllantirish, shuningdek, ot sportiga bo‘lgan qiziqishini yanada rivojlantirishga xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#OAV_nigohida #EYUF_marafon #Prezident_maktabi SURXONDARYO TELERADIOKANALI| “El-yurt umidi” jamg‘armasi vakillari iqtidorli yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#EYUF_marafon #Prezident_maktabi 🌟 “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari Surxondaryoda! Surxondaryoda davom etayotgan “El-yurt umidi” jamg‘armasi kunlari doirasida Termiz shahridagi Prezident maktabida jamg‘arma mas’ul vakillari ishtirokida Termiz shahridagi Prezident maktabi yuqori sinf o‘quvchilari hamda viloyatdagi ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari uchun maxsus seminar-trening o‘tkazildi. 🎯 Seminar davomida: 🔹 EYUF stipendiyasi tanlovida muvaffaqiyatli ishtirok etish; 🔹 hujjat topshirish jarayoni va talablar; 🔹 xorijiy oliy ta’lim muassasalariga hujjat tayyorlash bosqichlari haqida batafsil ma’lumotlar berildi. 🌍 Iqtidorli yoshlarni qoʻllab-quvvatlash va taʼlimga sarmoya kiritish – mamlakatimizning barqaror rivojlanishi hamda xalqaro raqobatbardoshligini taʼminlashdagi eng muhim yoʻnalishlardan biridir.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#SAT #Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi 📣Termiz shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtadigan SAT imtihoni uchun roʻyxat
#SAT #Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi 📣Termiz shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtadigan SAT imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda. 📆Imtihon sanasi: 2026-yil 7-noyabr 📃Imtihon turi: Digital 🔗Roʻyxatdan oʻtish: 🌐 Bu yerda 📌Manzil: Termiz shahridagi Prezident maktabi 📌Ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi muddati 27-oktabr bo‘lgani uchun nomzodlarga imkon qadar tezroq ro‘yxatdan o‘tishlarini maslahat beramiz. 📎Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.Bundan tashqari, xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘lgan matematika fani o‘qituvchilariga oylik ustama to‘lanishi belgilangan.
Ma'lumot o‘rnida, xalqaro SAT imtihoni Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-yil avgust oyidan beri o‘tkazilib kelinmoqda.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Rahbar_va_yoshlar #Prezident_maktabi ⚡️ Termiz shahridagi Prezident maktabida viloyatimizdagi yetakchi oliy taʼlim muassasalari — Termiz davlat universiteti, Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universiteti hamda Denov tadbirkorlik va pedagogika instituti prorektorlari ishtirokida “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. 🖇 Tadbirning asosiy maqsadi — yosh iqtidorli o‘quvchilarning ilmiy va ijodiy salohiyatini yanada rivojlantirish, ularga oliy taʼlim muassasalarining tajribali professor-o‘qituvchilarini biriktirish, ilmiy maqola yozish ko‘nikmalarini shakllantirish hamda ilg‘or loyihalarini amalga oshirish va qo‘llab-quvvatlashdan iborat. 🤝 Mazkur hamkorlik maktab va oliy taʼlim muassasalari o‘rtasidagi uzviy aloqalarni yanada mustahkamlab, o‘quvchilarning kelgusida yetuk mutaxassis va olim bo‘lib yetishishlari uchun muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Bizni kuzatib boring
Telegram | Instagram | Facebook | YouTube