uz
Feedback
Termiz shahridagi Prezident maktabi

Termiz shahridagi Prezident maktabi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi. Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot https://www.instagram.com/pmtermiz https://m.facebook.com/pmtermiz https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA

Ko'proq ko'rsatish
3 026
Obunachilar
-924 soatlar
-497 kunlar
+1630 kunlar
Postlar arxiv
#Imtihon_2026 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning
+9
#Imtihon_2026 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 4-sinfiga kirish imtihonlari bo‘lib o‘tdi. 📌 Kirish imtihonlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida tashkil etilgan. Barcha imtihonlar ochiqlik, shaffoflik va adolat tamoyillari asosida o‘tkazilmoqda hamda jarayonlarni test2026.uz platformasi orqali onlayn kuzatish imkoniyati yaratilgan.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#sayyor_qabul #Sirdaryo_viloyati Agentlik sayyor qabuli: har bir murojaat – e’tibor markazida! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim
+9
#sayyor_qabul #Sirdaryo_viloyati Agentlik sayyor qabuli: har bir murojaat – e’tibor markazida! 🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktorining o‘rinbosari Xasan Shakirov ishtirokida Guliston shahridagi Prezident maktabida sayyor qabul o‘tkazildi. Samimiy va ochiq muloqot ruhida kechgan qabul davomida 30 dan ortiq fuqaro o‘z murojaat, taklif va fikrlarini bevosita Agentlik rahbariyatiga yetkazdi.
Murojaatlar asosan o‘quv jarayonini tashkil etish, o‘quvchilarni bir maktabdan boshqasiga ko‘chirish, ta’lim sifati hamda boshqa dolzarb masalalarga oid bo‘ldi. Ularning aksariyati joyida ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganishni talab etadigan murojaatlar yuzasidan esa mas’ullarga aniq topshiriqlar berilib, ijro muddatlari belgilandi.
✅ Shuningdek, xizmat safari davomida Sirdaryo viloyatida yangi o‘quv yilida faoliyat boshlaydigan Mirzaobod tumanidagi muhandislik maktabi, shuningdek, Sardoba va Mirzaobod tumanlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablarda yangi 2026/2027-o‘quv yiliga hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ishlari ham atroflicha ko‘zdan kechirildi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#Imtihon_2026 📢 DIQQAT, HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR! 🎓 Joriy yilning 31-iyul hamda 1–2-avgust kunlari Xorijiy tillar
#Imtihon_2026 📢 DIQQAT, HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR! 🎓 Joriy yilning 31-iyul hamda 1–2-avgust kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 2-, 3- va 4-sinflariga hujjat topshirgan talabgorlar uchun kirish imtihonlari bo‘lib o‘tadi. 🖌 Imtihonlar jadvali: ➡️ 4-sinf — 31-iyul, soat 09:30 da ➡️ 3-sinf — 1-avgust, soat 09:30 da ➡️ 2-sinf — 2-avgust, soat 09:30 da 2-, 3- va 4-sinflarga hujjat topshirgan talabgorlar uchun imtihonda ishtirok etish ruxsatnomasini yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalarning yuborilishi boshlandi. Ruxsatnomani shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz mumkin, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshiring: 🟢 talabgorning shaxsiy ma’lumotlari; 🟢 imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili; 🟢 imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti. ⚠️ Muhim eslatmalar:
🟢 Tashkil etilayotgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabda ta’lim va dars jarayonlari davlat tilida olib boriladi. Shu bois, kirish imtihonlari ham davlat tilida tashkil etiladi. 🟢 Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari hamda o‘zlari bilan ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini olib kelishlari so‘raladi. 🟢 Imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kechikib kelgan nomzodlar imtihon jarayoniga kiritilmaydi.
🟢 Imtihon manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Maxtumquli ko‘chasi, 28-uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#imtihon_natijalari_2026 🔴 DIQQAT! HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR! 🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-intern
#imtihon_natijalari_2026 🔴 DIQQAT! HURMATLI OTA-ONALAR VA TALABGORLAR! 🎓 Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatga kirish imtihonlari natijalari e'lon qilindi! ✅ Joriy yilning 26-iyun kuni o‘tkazilgan Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktab-internatning 5-, 6- va 7-sinflariga kirish imtihonlari natijalari Cambridge Assessment International Education tashkiloti tomonidan e'lon qilindi. 🖱️ Imtihon natijalari bilan Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishingiz mumkin: https://www.cambridgeinternational.org/language-school-results-J26/
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#imtihon_natijalari_2026 🥊 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2026–2027-o‘quv yili uchun ki
#imtihon_natijalari_2026 🥊 Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabiga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#apellatsiya_2026 🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI. 🖱️ Tay
#apellatsiya_2026 🔴 APELLATSIYAGA ARIZALAR QUYIDAGI TARTIBDA JORIY YILNING 28, 29 VA 30-IYUL KUNLARI QABUL QILINADI. 🖱️ Tayanch va hududiy ixtisoslashtirilgan hamda ijod maktablari kirish imtihonlari natijalaridan norozi bo‘lgan talabgorlar apellatsiya komissiyasiga ariza bilan murojaat etishga haqli. 🖱️ Apellatsiya komissiyasi o‘quvchilarning murojaatini 10 kun muddatda ko‘rib chiqadi. 🖱️ Apellatsiya bo‘yicha kelib tushgan arizalar murojaatchilarning o‘z hududlarida ko‘rib chiqiladi. 🖌 Apellatsiya arizalarini maktablar kesimida ariza.piima.uz sayti orqali shaxsiy kabinetdan yuborishingiz mumkin.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

#Vakant #Prezident_maktabi 🏫 Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasiga malakali va tashabbuskor pedagoglarni taklif etad
#Vakant #Prezident_maktabi 🏫 Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasiga malakali va tashabbuskor pedagoglarni taklif etadi! 📚 Quyidagi fanlar bo'yicha vakant o'rinlar mavjud: 🔹 Musiqa fani o'qituvchisi 🔹 Ingliz tili fani o'qituvchisi 🔹 Fizika fani o'qituvchisi 🔹 Rus tili fani o'qituvchisi ✅ Nomzodlarga qo'yiladigan talablar: ➡️Birinchi hamda oliy toifa; ➡️Kamida 3 yillik pedagogik ish tajribasi; ➡️ Fizika fani o'qituvchisi uchun ingliz tilini kamida B2 darajada bilish; ➡️ Ingliz tili fani o'qituvchisi uchun IELTS 7.5+ (yoki unga tenglashtirilgan xalqaro sertifikat). 🌟 Agar siz zamonaviy ta'lim muhitida faoliyat yuritish, iqtidorli o'quvchilar bilan ishlash va professional jamoaning bir qismi bo'lishni istasangiz, biz sizni kutamiz! 📌Nomzodlar joriy yilning 9-avgust sanasiga qadar soʻralgan maʼlumotlarni quyidagi manzilga yuborishlaringiz so‘raladi: @Aziza1114 Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

🎓 Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchi va bitiruvchilarining navbatdagi yutuqlari ✨ "El-yurt umidi" jamg‘armasining
+3
🎓 Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchi va bitiruvchilarining navbatdagi yutuqlari "El-yurt umidi" jamg‘armasining 2026-yilgi 1-ochiq stipendiyasi sovrindorlari: Choriyeva Hurzoda — Buyuk Britaniyaning University of Leeds universitetida biotibbiyot yo‘nalishida; Xolmirzayev Sanjar — Buyuk Britaniyaning Cardiff University universitetida kiberxavfsizlik yo‘nalishida; Eshdavlatov Behruzbek — Janubiy Koreyaning Hanyang University universitetida tahsilni davom ettiradi. Norboyev Nurbek — City University Malaysia universitetiga 100 foizlik grant asosida o‘qishga qabul qilindi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar
#imtihon_natijalari_2026 📌 Toshkent shahridagi Abu Ali ibn Sino, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablar hamda ularning hududlardagi filiallari, shuningdek, Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan va joriy yilda tashkil etilgan Muhandislik maktablariga 2026–2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#SAT #Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi 📣Termiz shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtadigan SAT imtihoni uchun roʻyxat
#SAT #Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi 📣Termiz shahridagi Prezident maktabida boʻlib oʻtadigan SAT imtihoni uchun roʻyxatdan oʻtish davom etmoqda. 📆Imtihon sanasi: 2026-yil 22-avgust 📃Imtihon turi: Digital 🔗Roʻyxatdan oʻtish: 🌐 Bu yerda 📌Manzil: Termiz shahridagi Prezident maktabi 📌Ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi muddati 7-avgust bo‘lgani uchun nomzodlarga imkon qadar tezroq ro‘yxatdan o‘tishlarini maslahat beramiz. 📎Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.Bundan tashqari, xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘lgan matematika fani o‘qituvchilariga oylik ustama to‘lanishi belgilangan.
Ma'lumot o‘rnida, xalqaro SAT imtihoni Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-yil avgust oyidan beri o‘tkazilib kelinmoqda.
Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Prezident_Maktabi #Pedagogik_almashinuv_2026 ⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining rus tili fani o‘qituvchisi Aminova Mu
+9
#Prezident_Maktabi #Pedagogik_almashinuv_2026 ⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining rus tili fani o‘qituvchisi Aminova Munisa Jumanazar qizi Rossiya Federatsiyasining Ivanovo shahridagi E.D. Stasova nomidagi "Interdom" xalqaro maktabida tashkil etilgan "Pedagogik almashinuv – 2026" xalqaro ta'lim dasturida muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 🔗Mazkur dastur Rossiya va O‘zbekiston o‘rtasidagi ta'lim sohasidagi hamkorlikni rivojlantirish, pedagoglarning kasbiy kompetensiyalarini oshirish hamda ilg‘or metodik tajribalarni almashish maqsadida tashkil etildi.Ushbu xalqaro dasturda ishtirok etish ustozimizning kasbiy mahoratini yanada boyitish, zamonaviy ta'lim yondashuvlarini o‘rganish va ularni amaliyotga tatbiq etish uchun muhim imkoniyat bo‘ladi. Munisa Aminovani ushbu yutuq bilan samimiy tabriklaymiz! Kelgusi faoliyatlarida ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz. Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon n
#imtihon_natijalari_2026 📌 Hududiy ixtisoslashtirilgan maktablarining kirish imtihoni natijalari e’lon qilinmoqda! Imtihon natijalarini quyidagi havolalar orqali bilishingiz mumkin: 🟢 https://my.gov.uz/uz/service/1095 🟢 https://ariza.piima.uz
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor #EYUF ⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi matematika fani o'qituvchisi Qarshiyev To'
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor #EYUF ⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi matematika fani o'qituvchisi Qarshiyev To'rabek Ermamat o'g'li “El-yurt umidi” jamg‘armasining ta’lim dasturlari bo‘yicha 2026-yilgi 1-ochiq stipendiyasini qo‘lga kiritdi. Endilikda To'rabek ustoz Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlaridan hisoblangan Sharqiy Angliya universitetining matematika yo‘nalishida magistratura bosqichida o‘qishni davom ettiradi.
Sharqiy Angliya universiteti milliy va xalqaro miqyosda mustahkam o‘rin egallagan bo‘lib, jahon universitetlari reytingida (2026-yil holatiga ko‘ra) Buyuk Britaniyada kuchli 25 talikda, dunyo bo‘yicha esa yetakchi 250 talikda turadi.
O'qituvchimizning kelgusidagi o'qish va ishlarida omad tilaymiz!💐💐💐 Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #EYUF ⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining 2023-yilgi bitiruvchisi Eshdavlatov Behr
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #EYUF ⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabining 2023-yilgi bitiruvchisi Eshdavlatov Behruzbek Otabek oʻgʻli “El-yurt umidi” jamg‘armasining ta’lim dasturlari bo‘yicha 2026-yilgi 1-ochiq stipendiyasini qo‘lga kiritdi. Endilikda Behruzbek Janubiy Koreyaning nufuzli universitetlaridan hisoblangan Hanyang universitetida o‘qishni davom ettiradi.
Hanyang universiteti milliy va xalqaro miqyosda mustahkam o‘rin egallagan bo‘lib, jahon universitetlari reytingida (2026-yil holatiga ko‘ra) Janubiy Koreyada 6-o‘rinda, dunyo bo‘yicha esa 155- o‘rinda turadi.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!💐💐💐 Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #100_foizlik_grant ⚡️PREZIDENT MAKTABIDAN NUFUZLI OLIYGOHGACHA 🤩 Termiz shahridagi Prez
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #100_foizlik_grant ⚡️PREZIDENT MAKTABIDAN NUFUZLI OLIYGOHGACHA 🤩 Termiz shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o‘quvchisi Norboyev Nurbek Bo'ri O'g'li City University Malaysia ga 100 foizlik to‘liq grant asosida o‘qishga qabul qilindi!
City University Malaysia — Malayziyada joylashgan nufuzli xususiy universitetlardan biri bo‘lib, 1984-yilda tashkil etilgan. Universitet zamonaviy ta’lim dasturlari, xalqaro akademik muhit va amaliy bilim berishga yo‘naltirilgan ta’lim tizimi bilan ajralib turadi. City University Malaysiada biznes boshqaruvi, axborot texnologiyalari, muhandislik, arxitektura, ta’lim, sog‘liqni saqlash va boshqa ko‘plab yo‘nalishlarda sifatli ta’lim olish imkoniyati mavjud.
💫Norboyev Nurbek kelgusida Biznes boshqaruvi yo‘nalishida yanada yuqori natijalarga erishib, mamlakatimiz taraqqiyoti hamda ilm-fan rivojiga munosib hissa qo‘shadi. 👏 Norboyev Nurbekga talabalik hayotida ulkan zafarlar, yangi marralar va porloq kelajak tilaymiz! 🌟 Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #EYUF ⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Xolmirzayev Sanjar Boburovich “
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #EYUF ⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Xolmirzayev Sanjar BoburovichEl-yurt umidi” jamg‘armasining ta’lim dasturlari bo‘yicha 2026-yilgi 1-ochiq stipendiyasini qo‘lga kiritdi. Endilikda Sanjar Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlaridan hisoblangan Kardiff universitetining kiberxavfsizlik yo‘nalishida o‘qishni davom ettiradi.
Kardiff universiteti milliy va xalqaro miqyosda mustahkam o‘rin egallagan bo‘lib, jahon universitetlari reytingida (2026-yil holatiga ko‘ra) Buyuk Britaniyada 26-o‘rinda, dunyo bo‘yicha esa 179-o‘rinda turadi.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!💐💐💐 Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #EYUF ⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Choriyeva Hurzoda Sanjar qizi “
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor #EYUF ⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Choriyeva Hurzoda Sanjar qizi “El-yurt umidi” jamg‘armasining ta’lim dasturlari bo‘yicha 2026-yilgi 1-ochiq stipendiyasini qo‘lga kiritdi. Endilikda Hurzoda Buyuk Britaniyaning nufuzli universitetlaridan hisoblangan Lids universitetining biotibbiyot yo‘nalishida o‘qishni davom ettiradi.
Lids universiteti milliy va xalqaro miqyosda mustahkam o‘rin egallagan bo‘lib, jahon universitetlari reytingida (2026-yil holatiga ko‘ra) Buyuk Britaniyada 12-o‘rinda, dunyo bo‘yicha esa 77-o‘rinda turadi.
Oʻquvchimizning kelgusidagi oʻqish va ishlarida omad tilaymiz!💐💐💐 Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Tabrik #Mening_Prezidentim Hurmatli Prezidentimiz! Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq
#Tabrik #Mening_Prezidentim Hurmatli Prezidentimiz! Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi Sizga mustahkam sog‘liq, uzoq va mazmunli umr, Vatanimiz ravnaqi hamda xalqimiz farovonligi yo‘lida olib borayotgan sharafli faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilaydi. Yosh avlodni har tomonlama barkamol, zamonaviy bilim va yuksak ma’naviyat egalari etib tarbiyalash, ta’lim tizimini rivojlantirish hamda iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi e’tiboringiz va g‘amxo‘rligingiz uchun chuqur minnatdorlik bildiramiz. Yurtimiz tinchligi va taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlaringiz bardavom bo‘lsin. Barcha ulug‘ maqsad va tashabbuslaringiz muvaffaqiyatli amalga oshishini tilaymiz. Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin! Telegram | Instagram | Facebook | YouTube

#Imtihon_2026 📕 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-intern
+7
#Imtihon_2026 📕 Bugun Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatiga aniq va tabiiy fanlar yo‘nalishi bo‘yicha kirish imtihonlari (2-bosqich) "Respublika kelajak markazi" sport majmuasida bo‘lib o‘tdi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor

#Imtihon_2026 🔴Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 25–26-iyul kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorl
#Imtihon_2026 🔴Diqqat! Hurmatli ota-onalar! 🎓 25–26-iyul kunlari Xorijiy tillarga ixtisoslashtirilgan maktabning 0 (tayyorlov guruhi) va 1-sinfiga hujjat topshirgan nomzodlarning mantiqiy fikrlashi, xotirasi, diqqati va tasavvurini baholashga qaratilgan sinovlar (birinchi bosqich) bo‘lib o‘tadi. ➡️ 0 (tayyorlov guruhi) uchun: 25-iyul | soat 09:30 da ➡️ 1-sinf uchun: 26-iyul | soat 09:30 da Ruxsatnomani ariza.piima.uz platformasidagi shaxsiy kabinet orqali yuklab olishingiz so‘raladi. Imtihon manzili: Toshkent shahri, Yashnobod tumani, Mahtumquli ko‘chasi, 28-uy, Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosi. ⚠️ Muhim eslatmalar: ➡️ Ta’lim va dars jarayonlari davlat tilida olib boriladi. Shu bois, kirish imtihonlari ham davlat tilida tashkil etiladi. ➡️ Nomzodlardan imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari hamda o‘zlari bilan ruxsatnoma va tug‘ilganlik haqidagi guvohnomaning asl nusxasini olib kelishlari so‘raladi. ➡️ Imtihon o‘tkaziladigan manzilga belgilangan vaqtdan kechikib kelgan nomzodlar imtihon jarayonlariga kiritilmaydi.
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor