Termiz shahridagi Prezident maktabi
الذهاب إلى القناة على Telegram
Termiz shahridagi Prezident maktabining telegramdagi rasmiy sahifasi. Murojaat va takliflar uchun: @TermizPM_murojaatlar_bot https://www.instagram.com/pmtermiz https://m.facebook.com/pmtermiz https://www.youtube.com/channel/UCFZmnpi6L7K5GgPSYgKB_hA
إظهار المزيد2 820
المشتركون
-724 ساعات
-447 أيام
-22930 أيام
أرشيف المشاركات
#Ochiq_eshiklar
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
Termiz shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi📚 2026–2027-o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul qilingan 24 nafar o‘quvchi hamda ularning ota-onalari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi. ✅Tadbir davomida o‘quvchilar va ota-onalar maktabimizning kundalik hayoti, zamonaviy o‘quv va laboratoriya xonalari, kutubxona, o‘quvchilar turar joyi hamda oshxonalari bilan yaqindan tanishib, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar. 📌Maktab ijrochi direktori E. Isaqova tomonidan ota-onalarga Prezident maktabining ichki tartib-qoidalari, Maktab Konstitutsiyasi hamda Axloq kodeksi talablari haqida batafsil ma’lumot berildi. 💬 Shuningdek, ota-onalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, yangi o‘quvchilar uchun maktab muhitiga moslashish va ta’lim jarayoni bilan bog‘liq muhim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi. ✨ Yangi o‘quvchilarimizni Prezident maktabi oilasida ko‘rib turganimizdan mamnunmiz! Ularga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzatib boringTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
#Ochiq_eshiklar
#Termiz_shahri
#Prezident_maktabi
Termiz shahridagi Prezident maktabida “Ochiq eshiklar kuni” o‘tkazildi
📚 2026–2027-o‘quv yili uchun 5-sinfga qabul qilingan 24 nafar o‘quvchi hamda ularning ota-onalari ishtirokida “Ochiq eshiklar kuni” tadbiri tashkil etildi.
✅Tadbir davomida o‘quvchilar va ota-onalar maktabimizning kundalik hayoti, zamonaviy o‘quv va laboratoriya xonalari, kutubxona, o‘quvchilar turar joyi hamda oshxonalari bilan yaqindan tanishib, ular uchun yaratilgan shart-sharoitlarni ko‘zdan kechirdilar.
📌Maktab ijrochi direktori E. Isaqova tomonidan ota-onalarga Prezident maktabining ichki tartib-qoidalari, Maktab Konstitutsiyasi hamda Axloq kodeksi talablari haqida batafsil ma’lumot berildi.
💬 Shuningdek, ota-onalarni qiziqtirgan savollarga atroflicha javob berilib, yangi o‘quvchilar uchun maktab muhitiga moslashish va ta’lim jarayoni bilan bog‘liq muhim masalalar yuzasidan tushuntirishlar berildi.
✨ Yangi o‘quvchilarimizni Prezident maktabi oilasida ko‘rib turganimizdan mamnunmiz! Ularga yangi o‘quv yilida ulkan zafarlar tilaymiz!
Bizni kuzatib boringTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
#YagonaVatan35
#Mustaqillik35
FIDOKORONA MEHNAT — MUNOSIB E’TIROF
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida bir guruh xodimlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
🎓 Tadbirda Agentlik direktori Sevara Shakirova jamoa a’zolarini Mustaqillik bayrami bilan samimiy tabriklab, tizimda amalga oshirilayotgan ishlar va erishilgan natijalarda har bir xodimning mehnati, mas’uliyati va fidoyiligi muhim o‘rin tutishini ta’kidladi. Shuningdek, yangi o‘quv yilida oldinda turgan ustuvor vazifalarga e’tibor qaratildi.
Tadbir davomida ta’lim sohasidagi samarali va fidokorona mehnati, tizim rivojiga qo‘shayotgan munosib hissasi uchun Agentlikning bir guruh xodimlari “O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlandi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Mustaqillik35
#chorlov
🇺🇿 Yagona Vatan — yagona xalq — yagona kelajak!
🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida o‘tkazilayotgan chorlovlarda Termiz shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari ham faol ishtirok etmoqda.
📝Maktabimiz o‘quvchilari hamda matbuot xizmati taniqli shoir Davron Rajabning “O‘z-o‘zidan O‘zbekiston bo‘lmadi!” sheʼri asosida mustaqilligimizni madh etuvchi ajoyib videorolik tayyorladilar.
Bizni kuzatib boringTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
#avgust_kengashi
#OAV_biz_haqimizda
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi – o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi.
✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Mustaqillik_35
#hashar
#Prezident_maktabi
🇺🇿MUSTAQILLIK BAYRAMI VA YANGI O‘QUV YILIGA MUNOSIB TAYYORGARLIK!
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi 2026-2027-o‘quv yiliga munosib tayyorgarlik jarayonlari davom etmoqda.
🌿Shu munosabat bilan maktabimizda umumxalq hashari tashkil etilib, unda pedagog va texnik xodimlar faol ishtirok etdilar. Hashar davomida maktab hududi tartibga keltirildi, daraxtlarga ishlov berilib, oqlash ishlari amalga oshirildi hamda hududni yanada obodonlashtirishga qaratilgan keng ko‘lamli tozalik ishlari olib borildi.
✨ Birgalikdagi sa’y-harakatlar orqali maktabimizni yangi o‘quv yiliga yanada fayzli, obod va munosib holatda tayyorlamoqdamiz!
Bizni kuzatib boringTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
+6
#avgust_kengashi
✨ AVGUST KENGASHI: ZAMONAVIY YONDASHUV VA SOG‘LOM TA’LIM MUHITI
Avgust kengashi doirasidagi navbatdagi mashg‘ulotlarda maktabda zamonaviy ta’lim muhitini yaratish, jamoada sog‘lom munosabatlarni shakllantirish va rahbarlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash masalalariga e’tibor qaratildi.
✅ “Ta’lim va sport integratsiyasi: zamonaviy yondashuvlar, innovatsiyalar va istiqbolli tajribalar” mavzusida ta’lim jarayonida sportning o‘rni, zamonaviy yondashuvlar va samarali tajribalar muhokama qilindi.
✅ Shuningdek, ta’lim muassasalarida sog‘lom ma’naviy muhitni ta’minlash, bu borada tizimli yondashuv va hamkorlik mexanizmlarini kuchaytirish yuzasidan fikr almashildi.
✅ Maktab rahbarlari uchun huquqni qo‘llash va shartnomaviy-huquqiy munosabatlarda uchraydigan muammolar hamda ularning yechimlari bo‘yicha ham zarur tushuntirish va tavsiyalar berildi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+6
#avgust_kengashi
✨ AVGUST KENGASHI: ILG‘OR TAJRIBA, TA’LIM SIFATI VA ZAMONAVIY BOSHQARUV
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusidagi Avgust kengashi — o‘quv-seminari doirasidagi mashg‘ulotlar davom etmoqda.
✅Dastlab Prezident maktablarining ilg‘or tajribalarini ixtisoslashtirilgan maktablarga integratsiya qilish masalalari ko‘rib chiqildi. Maktablarni boshqarish, ta’lim sifatini oshirish va samarali tajribalarni tizimdagi boshqa ta’lim muassasalarida qo‘llash yuzasidan fikr almashildi.
✅ Shuningdek, ta’lim muassasalarida moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini yuritish hamda inventarizatsiya jarayonlarini school.piima.uz portali orqali tashkil etish bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
✅ Ta’lim sifatini boshqarishda monitoring va tahlilning ahamiyati, ishonchli ma’lumotlar bazasini shakllantirish, xolis reyting yuritish hamda natijadorlikni oshirish mexanizmlari ham mashg‘ulotlarning muhim mavzularidan bo‘ldi.
✅ Bundan tashqari, “HR siyosati — pedagoglarni boshqarishda ijtimoiy muloqot instrumentlari” mavzusida maktab jamoasi bilan samarali ishlash va pedagoglar o‘rtasida sog‘lom muloqotni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+9
✨ AVGUST KENGASHI O‘Z ISHINI BOSHLADI
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tomonidan “Kelajakni yaratayotgan maktablar: liderlik, innovatsiya va natija” mavzusida tashkil etilgan Avgust kengashi — o‘quv-seminari o‘z ishini boshladi.
✅ Kengashning ochilish marosimida Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Azizbek Turdiyev hamda Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova so‘zga chiqib, yangi o‘quv yilida ta’lim sifatini oshirish, maktab boshqaruvini takomillashtirish hamda rahbarlarning mas’uliyati va tashabbuskorligini kuchaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalarga to‘xtalib o‘tdilar.
✅ Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda o‘tkazilayotgan ikki kunlik tadbirda Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, sport va ixtisoslashtirilgan maktablar, maktab-internatlar, shuningdek, yangi tashkil etilgan muhandislik maktablari direktorlari ishtirok etmoqda.
✅ Avgust kengashi doirasida 2026/2027-o‘quv yilidagi ustuvor vazifalar, zamonaviy ta’lim boshqaruvi, liderlik, innovatsion yondashuvlar hamda ta’lim samaradorligini oshirish masalalari muhokama qilinadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#diqqat_eʼlon
🔴 OTA-ONALAR DIQQATIGA!
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarda tahsil olayotgan o‘quvchilarning 2026–2027-o‘quv yili I choragida o‘qishini bir hududdan boshqa hududga ko‘chirish bo‘yicha arizalar 19–27-avgust kunlari qabul qilinadi.
Ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi qonuniy vakillar arizalarni hududlardan turib transfer.piima.uz platformasi orqali elektron shaklda yuborishlari mumkin. Arizalarni qabul qilish muddati yakunlangach, murojaatlarga 10 ish kuni davomida platforma orqali javob beriladi.
🖌 Ariza topshirishda quyidagi ma’lumot va hujjatlar talab etiladi:
✔️ ota-ona yoki qonuniy vakilning F.I.O. va telefon raqami;
✔️ o‘qishni ko‘chirish sababi;
✔️ o‘quvchining F.I.O. si, tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomasining seriyasi va raqami;
✔️ o‘quvchi tahsil olayotgan maktab, sinf, yo‘nalish hamda o‘qishni ko‘chirmoqchi bo‘lgan maktab to‘g‘risidagi ma’lumot;
✔️ o‘qishni ko‘chirishga asos bo‘luvchi hujjatning PDF formatdagi nusxasi.
🔴 ESLATIB O‘TAMIZ!
🟢 Ixtisoslashtirilgan maktab o‘quvchisining davlat tashkilotida ishlaydigan ota-onasi boshqa hududga ishga o‘tgan taqdirda, o‘quvchini tegishli hududdagi ixtisoslashtirilgan maktabga, bo‘sh o‘rin mavjud bo‘lganda, ko‘chirishga ruxsat etiladi.
🟢 Joriy yilda qabul e’lon qilingan maktablarning tegishli sinflariga o‘quvchilarni ko‘chirish imkoniyati mavjud emas. Mazkur sinflarga qabul qilingan o‘quvchi o‘qishni davom ettirmagan taqdirda, uning o‘rniga kirish imtihonlari natijalari bo‘yicha navbatdagi eng yuqori ball to‘plagan talabgor taklif etiladi.
🟢 Platforma orqali ariza yuborilgandan so‘ng avtomatik tarzda taqdim etiladigan KALIT SO‘ZNI saqlab qo‘yish zarur. Ushbu kalit so‘z orqali ariza holatini kuzatish mumkin.
❗️ Belgilangan hujjatlar to‘liq ilova qilinmagan taqdirda, ariza rad etilishi mumkin.☎️ Murojaat uchun: +998 71 207-20-17 (180)
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Mustaqillik35
🇺🇿Mustaqillik buyuk neʼmat va erkinlikdir.
🔹Termiz shahridagi Prezident maktabi jamoasi Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan ijtimoiy rolik tayyorladi.
🇺🇿Yurtimiz mustaqilligi, xalqimiz farovonligi, sarhadlarimiz daxlsizligiga hech qachon koʻz tegmasin. Istiqlolimiz abadiy boʻlsin.
Bizni kuzatib boringTelegram | Instagram | Facebook | YouTube
Repost from Shavkat Mirziyoyev_press-service
+6
Prezident Shavkat Mirziyoyev Xiva shahrida tashkil etilgan Lyaonin pedagogika universitetining Oʻzbekistondagi filiali va Konfutsiy instituti faoliyati bilan tanishdi.
—
Президент Шавкат Мирзиёев ознакомился с деятельностью филиала Ляонинского педагогического университета в Узбекистане и Института Конфуция, открытых в городе Хиве.
#Mirziyoyev #safar #Xorazm #oliytalim
Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#imtihon_natijalari_2026
#Prezident_maktablari
⚡️Termiz shahridagi Prezident maktabiga 2026-2027-oʻquv yili uchun qabul qilingan 24 nafar oʻquvchilar roʻyxati bilan quyidagi jadval orqali koʻrishingiz mumkin.
https://www.cambridgeinternational.org/Images/762941-surkhandarya-grade-5.pdf
#imtihon_natijalari_2026
🎓 PREZIDENT MAKTABLARINING ASOSIY IMTIHON NATIJALARI E’LON QILINMOQDA!
✔️ Joriy yilning 17-iyul kuni o‘tkazilgan Prezident maktablariga kirish imtihonlarining asosiy natijalari Cambridge Assessment International Education xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilinmoqda.
Talabgorlar o‘z natijalari bilan Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-sahifasi orqali tanishishlari mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/presidential-schools-results-J26/
Shuningdek, imtihon natijalarini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligining rasmiy platformasi orqali ham ko‘rish mumkin: ariza.piima.uz — Prezident maktablari imtihon natijalari
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#SAT
#Termiz_shahridagi_Prezident_maktabi
📣Termiz shahridagi Prezident maktabida sentabr oyi uchun SAT imtihoniga roʻyxatdan oʻtish boshlandi.
📆Imtihon sanasi: 2026-yil 12-sentabr
📃Imtihon turi: Digital
🔗Roʻyxatdan oʻtish: 🌐 Bu yerda
📌Manzil: Termiz shahridagi Prezident maktabi
📌Ro‘yxatdan o‘tishning soʻnggi muddati 1-sentabr bo‘lgani uchun nomzodlarga imkon qadar tezroq ro‘yxatdan o‘tishlarini maslahat beramiz.
📎Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.Bundan tashqari, xalqaro SAT sertifikatiga ega bo‘lgan matematika fani o‘qituvchilariga oylik ustama to‘lanishi belgilangan.
Ma'lumot o‘rnida, xalqaro SAT imtihoni Termiz shahridagi Prezident maktabida 2023-yil avgust oyidan beri o‘tkazilib kelinmoqda.Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
+9
XORAZMDA YANGI O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIK JARAYONLARI O‘RGANILDI
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova Xorazm viloyatidagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarning 2026–2027-o‘quv yiliga tayyorgarlik holati bilan tanishdi.
✅ Tashrif davomida o‘quvchilar uchun yaratilgan sharoitlar, ta’lim jarayonini samarali tashkil etish, shuningdek, Urganch shahrida yangidan tashkil etilayotgan muhandislik maktabi faoliyatini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha ishlar ko‘zdan kechirildi.
✅ Davlat dasturi doirasida qurilish-ta’mirlash ishlari olib borilayotgan maktablardagi jarayonlar ham o‘rganilib, mavjud muammolarni bartaraf etish va ishlarni o‘z vaqtida yakunlash yuzasidan mas’ullarga tegishli ko‘rsatmalar berildi.
Shuningdek, pedagoglar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning takliflari tinglandi hamda ta’lim sifatini oshirish va o‘quvchilar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari muhokama qilindi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#YagonaVatan35
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tashabbusi bilan Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman” ijodiy chellenji e’lon qilinadi.
Chellenj quyidagi yo‘nalishlarda bo‘lib o‘tadi:
✅ #YagonaVatan35 chellenji — o‘quvchilarning Vatan haqidagi fikrlari, tabriklari va ezgu tilaklari;
✅ “Mustaqillik menga nima berdi?” mavzusida 30–60 soniyalik videorolik;
✅ “Bir bayroq – bir yurak” fleshmobi;
✅ O‘quvchilar ijrosida Vatan haqidagi she’r yoki vatanparvarlik qo‘shig‘i;
✅ Mustaqillik aks etgan binolar va manzillarda rasmga tushish;
✅ “Mening maktabim – Yangi O‘zbekiston kelajagi” mavzusida ijodiy videorolik;
✅ Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan va sport maktablari yutuqlarini aks ettiruvchi motivatsion video;
✅ O‘qituvchi, ota-ona va bitiruvchilarning Mustaqillik haqidagi samimiy fikrlari jamlangan videorolik;
✅ Davlat ramzlariga hurmat, Vatanga sadoqat va milliy qadriyatlarni targ‘ib qiluvchi kreativ videolar.
Qatnashish uchun:
⚪️ O‘zingiz tanlagan yo‘nalishda ijodiy ish tayyorlang.
⚪️ Ishingizni Telegram yoki Instagram sahifangizga joylang.
⚪️ Postga #YagonaVatan35 heshtegini qo‘ying.
Eng muhimi — ijodingizni namoyon eting va “Yangi O‘zbekistonning iqtidorli farzandiman!” degan g‘oyani o‘z uslubingizda ifodalang!🏆 Eng faol va kreativ ishtirokchilarning ijodiy ishlari e’tirof etilib, munosib taqdirlanadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+4
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#YangiUzbekistonUniversiteti
🤩Termiz shahridagi Prezident maktabining 5 nafar iqtidorli bitiruvchilari Yangi O‘zbekiston universitetining 6 yillik “Tibbiyot Doktori” (Doctor of Medicine) dasturiga 100% GRANT asosida o‘qishga qabul qilindilar:
📝Ushbu ta’lim dasturi Germaniyaning eng nufuzli va peshqadam tibbiyot maskanlaridan biri — Stern reytingiga ko‘ra mamlakatda 2-o‘rinni egallab turgan Freiburg universiteti klinikasi, shuningdek, dunyoga mashhur TUM (Myunxen texnika universiteti) hamda Heidelberg universiteti kabi nufuzli universitetlar bilan yaqin hamkorlikda yo‘lga qo‘yilgan. Talabalar Yevropa standartlariga to‘liq javob beruvchi zamonaviy simulyatsion markazlar hamda so‘nggi texnologiyalar bilan jihozlangan laboratoriyalarda chuqurlashtirilgan klinik tayyorgarlikdan o‘tadilar.💫Bo‘lajak shifokorlarimizga kelgusi o‘qishlarida ulkan zafarlar tilaymiz! Termiz shahridagi Prezident maktabining ijtimoiy tarmoqdagi sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
