ar
Feedback

لا تقع ضحية للمخادعين! تيليمتريو يكتشف ويُميّز هذه القنوات 👉 إذا كنت تريد رؤية العلامة، اشترك

1% Bilim

1% Bilim

الذهاب إلى القناة على Telegram

Birga o’zgaramiz. 1% bo’lsa ham. 🔒 Premium kanalda o'zimni kundalik bilganlarim, oqigan kitoblarim haqida gaplshamiz. Kanalga @birfoizbot orqali a’zo bo’Iinadi. — 💬 Umumiy masalalar, takliflar bo’yicha @birfoizSupport ga yozing.

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام 1% Bilim

تُعد قناة 1% Bilim (@birfoizbilim) في القطاع اللغوي الأوزبكية لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 14 160 مشتركاً، محتلاً المرتبة 14 429 في فئة التعليم والمرتبة 5 605 في منطقة أوزبكستان.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 14 160 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 09 نوفمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار 10، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -5، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: غير موثّقة
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 81.47‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 25.40‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 11 531 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 3 595 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 147.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“Birga o’zgaramiz. 1% bo’lsa ham. 🔒 Premium kanalda o'zimni kundalik bilganlarim, oqigan kitoblarim haqida gaplshamiz. Kanalga @birfoizbot orqali a’zo bo’Iinadi. — 💬 Umumiy masalalar, takliflar bo’yicha @birfoizSupport ga yozing.”

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 10 نوفمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة التعليم.

14 160
المشتركون
-524 ساعات
-27 أيام
+1030 أيام
أرشيف المشاركات
1% Bilim
14 160
Oxirgi voqealarni kuzatib bir loyiha ustida boshlagan ishimni davom ettiryapman. Ko’pchilikka tanqidir fikrlashni o’rgatish o’ta darajada muhim. Nasib bo’lsa tez kunda e’lon qilaman. Xurshid.

1% Bilim
14 160
iroda bu muskulga o'xshaydi. u ishlatilgan sari charchaydi Kechqurun noto'g'ri qarorlar qabul qilishimiz yoki yemaydigan narsalarni yeb qo'yishimizga sabab iroda muskulimiz kun davomida toliqib bo'lgania deyapti Power of Habitda… @birfoizbilim

1% Bilim
14 160
Bugun Dushanba, Har qanday odat 3 qismdan iborat… trigger (cue), harakat (routine) mukofot (reward) ko'pchilik faqat harakatni o'zgartirishga urunadi, lekin masalani siri trigger va mukofotda… @birfoizbilim

1% Bilim
14 160
رسالة صوتية00:56

1% Bilim
14 160
Duhigg aytyaptiki kundalik qiladigan ishlarimizi 40-45% odatlarga (habit-driven) asoslangan amallarakan. Yani 55-60 ishimizigina qaror qabul qilish bilan bog'liq. qoganini avtomatga oxshab bajaramiz @birfoizbilim

1% Bilim
14 160
Ancha jim boʻlib qoldik, YouTube'dagi oxirgi videomga ham 3 oy boʻlibdi. Vanixoyat bugun, yangi video chiqardik. Anthropic su
Ancha jim boʻlib qoldik, YouTube'dagi oxirgi videomga ham 3 oy boʻlibdi. Vanixoyat bugun, yangi video chiqardik. Anthropic sunʼiy intellekt 2030-yilgacha iqtisodiyot, kasblar va oyliklarni qanday oʻzgartirishini uchta ssenariyda hisoblab chiqdi. Shu ishni oʻzbek tiliga oʻgirib, oddiy misollar bilan tushuntirdim. Nega hamshira yoki elektrikning oyligi dasturchi va buxgalternikidan baland boʻlishi mumkin? Bugun oddiy xodim nimadan boshlashi kerak? Javoblari 14 daqiqalik videoda. VIDEO HAVOLASI

1% Bilim
14 160
AI'ga tayyorgarlik.pdf1.38 KB

1% Bilim
14 160
Dushanba kuni Alisher aka Isayevning Milliard biznes klublarida 100 nafardan ortiq tadbirkorlar bilan "AI orqali Biznesni sam
Dushanba kuni Alisher aka Isayevning Milliard biznes klublarida 100 nafardan ortiq tadbirkorlar bilan "AI orqali Biznesni samaradorligini oshirish" mavzusida suhbat qildik. AI biznesda qanday ishlashini va uni korxonaga qanday joriy qilishni real keyslar ustida koʻrib chiqdik. Keyin, klub a'zolariga «AI'ga tayyorlik» qo'llanmasini berdik, va uni 10-12 daqida atrofida to'ldirishdi. Suhbatdagi materiallarni 3ta gap bilan xulosalaganda: 1. AI eng tez foydani takroriy ishlarda beradi: Telegramdagi buyurtmani Excel yoki 1C ga koʻchirish, hisobotni qoʻlda yigʻish, bir xil mijoz savollariga javob berish. 2. Haftasiga 40 soat takroriy ish bitta xodimning toʻliq oyligiga teng. Bu hisobni har bir rahbar oʻz korxonasida 10 daqiqada qila oladi. 3 Koʻp korxonada birinchi qadam maʼlumotni bir joyga yigʻishdan boshlanadi. Bu eng birinchi qadam, AI undan keyin keladi. Qo'llanmaning oxirgi natijasi, har bir biznesni individual holati uchun dastlabki 3 qadamni beradi. Shu qadamlarni oʻz korxonasida oxirigacha bosib oʻtmoqchi boʻlgan rahbarlar uchun "AI Praktikum 3.0" ni ochyapmiz. AI Praktikum dasturimiz, biznes egalari va rahbarlar uchun 6 haftalik amaliy dastur. Kurs davomida AI biznesingizda qayerda foyda berishini koʻrasiz, uni jamoangizga aniq topshirishni oʻrganasiz va oʻz jarayonlaringizga joriy qilishni boshlaysiz. Oldingi ikki dasturlarimizda 110 dan ortiq tadbirkor va rahbarlar tamomlashgan. Ular orasida EVOS, Bellissimo, Cambridge, Akfix va Wyndham va shu kabi katta, kichik jamoalari bor insonlar ham o'qishdi. Boshlanishi: 22-noyabr, har yakshanba, 6 hafta. Joyingizni band qilish uchun: ai.birfoizbilim.uz "AI'ga tayyorlik" qo'llanmasini, sizlar uchun ham izohga tashlab qo'ydim.

1% Bilim
14 160
Dushanba kuni Alisher aka Isayevning Milliard biznes klublarida 100 nafardan ortiq tadbirkorlar bilan "AI orqali Biznesni sam
Dushanba kuni Alisher aka Isayevning Milliard biznes klublarida 100 nafardan ortiq tadbirkorlar bilan "AI orqali Biznesni samaradorligini oshirish" mavzusida suhbat qildik. AI biznesda qanday ishlashini va uni korxonaga qanday joriy qilishni real keyslar ustida koʻrib chiqdik. Keyin, klub a'zolariga «AI'ga tayyorlik» qo'llanmasini berdik, va uni 10-12 daqida atrofida to'ldirishdi. Suhbatdagi materiallarni 3ta gap bilan xulosalaganda: 1. AI eng tez foydani takroriy ishlarda beradi: Telegramdagi buyurtmani Excel yoki 1C ga koʻchirish, hisobotni qoʻlda yigʻish, bir xil mijoz savollariga javob berish. 2. Haftasiga 40 soat takroriy ish bitta xodimning toʻliq oyligiga teng. Bu hisobni har bir rahbar oʻz korxonasida 10 daqiqada qila oladi. 3 Koʻp korxonada birinchi qadam maʼlumotni bir joyga yigʻishdan boshlanadi. Bu eng birinchi qadam, AI undan keyin keladi. Qo'llanmaning oxirgi natijasi, har bir biznesni individual holati uchun dastlabki 3 qadamni beradi. Shu qadamlarni oʻz korxonasida oxirigacha bosib oʻtmoqchi boʻlgan rahbarlar uchun "AI Praktikum 3.0" ni ochyapmiz. AI Praktikum dasturimiz, biznes egalari va rahbarlar uchun 6 haftalik amaliy dastur. Kurs davomida AI biznesingizda qayerda foyda berishini koʻrasiz, uni jamoangizga aniq topshirishni oʻrganasiz va oʻz jarayonlaringizga joriy qilishni boshlaysiz. Oldingi ikki dasturlarimizda 110 dan ortiq tadbirkor va rahbarlar tamomlashgan. Ular orasida EVOS, Bellissimo, Cambridge, Akfix va Wyndham va shu kabi katta, kichik jamoalari bor insonlar ham o'qishdi. Boshlanishi: 22-noyabr, har yakshanba, 6 hafta. Joyingizni band qilish uchun: ai.birfoizbilim.uz "AI'ga tayyorlik" qo'llanmasini, sizlar uchun ham izohga tashlab qo'ydim.

1% Bilim
14 160
«Hammamiz ham gunohlarni saralab qilamiz: o‘zimizga qulay va odat bo‘lib qolgan gunohlarni tanlaymiz-da, o‘zimizga to‘g‘ri ke
«Hammamiz ham gunohlarni saralab qilamiz: o‘zimizga qulay va odat bo‘lib qolgan gunohlarni tanlaymiz-da, o‘zimizga to‘g‘ri kelmaydiganini qilganlarni esa darhol ayblab, hukm chiqaramiz.» Shams Tabriziy @birfoizbilim

1% Bilim
14 160
☝️ Shu 100% Textdan tortib ovozgacha Sun’iy intellekt. Buniyam, lekin eng asosiysi biznesda ai ni o’rgatamiz deyapmiz. Shuning uchun ai ni o’rganing deyapmiz. @birfoizbilim

1% Bilim
14 160
Bir narsaga mukkasidan ketish, o’rganib qolish, narkomaniya kabilarni shu video zo’r tushuntirgan ekan. @birfoizbilim

1% Bilim
14 160
HAR QANDAY ISHDA, KIM GAPIRISHIDAN QAT’IY NAZAR, NATIJASI OXIRIDA QANDAY BO’LISHIDAN QAT’IY NAZAR, AVVAL IKKI TOMONNI ESITIB KEYIN XULOSA BERILADI.
Shu qoida IMAN haqida tarqalayotgan videoga ham tegishli. Xurshid Maroziqov 25.10.2026

1% Bilim
14 160

1% Bilim
14 160
Repost from ai mastava

1% Bilim
14 160
Bu yangi alifboga ötganimizdan keyingi birinçi postim. Buni yoziş uçun umuman qiynalganim yöq, sababi Ai bilan mac uçun kiçkina script (kod parçasi) yozdim, yangi klaviaturani sozlab qöydi. Yani, endi man o va ʼ ni yozsam avtomat ö harfiga ögirib qöyadi. Endi savol, yangi alifboni Apple va Google kabi tex gigantlar qabul qilişi uçun (yani telefon va kompyuterlarda, klaviaturalarda) qança vaqt ketarkin? @birfoizbilim

1% Bilim
14 160
Registon maktabidagi do’stim Avazbek bilan Ilk Qadam podkastida gaplashdik. Tavsiya qilaman. Yangi podkastda ta’lim haqida gapirildi asosan.

1% Bilim
14 160
Har birimizning hayotimizda «sendan chiqadi» deb ishongan, xatomizni sabr bilan tuzatgan bir nechta ustozlar bor. Har biri izning bugungi yutuqlarimizda ustozlarning haqqi bor. Bergan ilmingizga, sarflagan umringizga rozi bo‘ling. Alloh sog‘lig‘ingizga, umringizga baraka bersin! Aziz Ustozlar, bayramingiz muborak! Xurshid.

1% Bilim
14 160
AI zamonida did yo'qolgan kuni sizni distrubutsiya ham himoya qila olmaydi. Ancha yillardan beri kompaniya egalari, tech founderlar «zo'r distributsiyaga ega o'rtacha mahsulot zaif distributsiyali zo'r mahsulotni yutadi» degan gaplni aytib kelishyapti. Reach, (qamrov) distributsiya kamyob edi, qiyin edi, tarqatish kanalga egalik qilgan odam bozorga egalik qilardi. AI bu qoidaning taklif tomonini o'zgartirdi. O’zgartirishda davom etyapti. Video, app, sayt yoki reklama kampaniyasini chiqarish endi sanoqli daqiqalarni oladi. Lentalar (feed) tezda to'lib ketyapti… va bir xil narsalar bilan to'lib ketyapti… Instagramni oching, bir xil yaltiroq yuzlar, bir xil ritmdagi ovozlar, bir xil marmar ustida muallaq turgan bir xil tovarlar va hokazo… Yaqinda Trabzonda kafe menyularini ko’rib qusvorgim kelganini aytgandim… hammasida bir hil rasm… Auditoriya bularga tez «moslashad». yaxshi filtr qilishni o’rganadi… Google qidiruvlarida odamlar banner reklamalarni tanishni o'rganganidek, sun'iy axlatni (slop) ham bir qarashda ilg'ashni o'rganib olishdi va uni dastlabki bir necha soniyadayoq o'tkazib yuborishadi. Masalan man AI-generated degan narsani avtomat o’tkazib yuboraman. Bu tepada aytgan eski «zo'r distributsiyaga ega o'rtacha mahsulot zaif distributsiyali zo'r mahsulotni yutadi» degan qoidani sindiradi. Bugungi platformalarda qamrovni har bir post bilan qaytadan qozonasiz. Har bir o'tkazib yuborish (skip) - bu (algoritmlar uchun) ovoz berdiz degani, ya’ni yoqdi, yoqmadi degandek. Algoritm ovozlarni sanaydi va keyingi postingizni qancha odam ko'rishini hal qiladi. Didsiz kontent chiqaradigan bir million obunachili kanal har hafta kamroq odamga yetib boradi. Uning distributsiyasi o'z-o'zidan qisqaradi. Bu sekin sodir bo’ladi. Slop-kanallarni ko’ringlar. Zarar nomga ham yopishib qoladi. Odamlar bir akkauntni «slop» deb belgilab oldimi, kontentga qaramasdanoq uni o'tkazib yuborishadi. Katta auditoriya (distributsiya) bu tamg'ani tezroq yoyadi. Ish sifatsiz bo'lsa, reach ishonchni ommaviy miqyosda yo'qotish vositasiga aylanadi. Haftasiga AI yaratgan o'ttizta (slop, did qo’shilmagan) video joylaydigan onlayn kanalni oling. U o'sha AI instrumentdan foydalanayotgan har bir raqobatchi kabi bir xil studiya yorug'ligi, bir xil pastel fon va bir xil rakursdan foydalanadi. Kanalning obunachilari, reklama byudjeti va distributsiya kanali bor. Uning postlari baribir ko'zdan g'oyib bo'ladi, chunki ulardagi hech narsa odamni to'xtashga majbur qilmaydi. Bunaqa dunyoda faqat bitta o'yinchi o'z moat'ini saqlab qoladi, yani platforma. Kontent kopaygan sari e'tiborni yanada kamyob qiladi, e'tiborga esa platforma egalik qiladi. Slop-fermalar platforma to'lovlari hisobiga yashaydi, shuning uchun ularning distributsiyasi ijaraga olingan. Sekin sekin sinib boradi. 2025 yilda YouTube ommaviy ishlab chiqarilgan, bir xil takrorlanuvchi kontentga qarshi monetizatsiya qoidalarini kuchaytirdi va bitta qoida yangilanishi butun bir toifadagi kanallarni xavf ostida qoldirdi. Unda hozir ishlab chiqaruvchi uchun distributsiya nimani anglatadi? Bu ishonchni anglatadi… ismingizni ko'rganda lentani aylantirishdan to'xtaydigan odamlar sonini. Ishonch - bu qisman to'plangan did (taste) bo’lib qolsa kerak. Har bir to'g'ri qaror unga qo'shiladi, har bir dangasa post uni kamaytiradi. AI davrida didli bo’lish bu rosa kop qilinadigan bir nachta ishlarni ketmaketligi. Instrument (ai) yuzta variant yaratadi, did esa bittasini tanlab, to'qson to'qqiztasini o'chiradi. G'oyani, montajni, kadrni, UI, va hokazolar va albatta matnni did hal qiladi. Shu tarzda shakllantirilgan ish, qaysi instrumentda yaratilganidan qat'i nazar, odamlar e'tiborini tortadi. Xulosa Ilgari distributsiya mahsulotni kuchaytirardi. Endi u qaror qabul qilish sifatini (judgment) kuchaytiradi. Did bilan birlashgan reach ishonchga aylanib ko'payadi. Slop bilan birlashgan reach nolgacha qulaydi. Distributsiya faqat ishda did saqlanib turgan muddatgacha himoya to'sig'i bo'lib qoladi. Xurshid Maroziqov @birfoizbilim

1% Bilim
14 160
1968-yil. Dunyo bo'yicha maktab yoshidagi bolalar soni 303 million nafar edi. Shulardan bor-yo'g'i 300 nafari elita (kompyuter sotib olishga kuchi yetgan) Sietldagi Lakeside maktabida o'qigan. Bill Geyts ana shu bir milliondan bir imkoniyat ichida bo'lgan. Geytsning gapi bor… "Lakeside bo'lmaganda, Microsoft ham bo'lmasdi". Endi boshqa tomoni… Aynan shu maktabda uning eng yaqin do'sti Kent Evans ham o'qir edi. Bill va Kent birgalikda kompaniya tuzishni reja qilishadi… Ammo Kent maktabni tugatmasdan tog'dagi baxtsiz hodisada vafot etadi. Maktab o'quvchisining tog'da halok bo'lish statistikasi ham qariyb milliondan birga teng. Gates milliondan bir imkoniyatga duch keldi, kent esa milliondan bir xatarga uchradi. Har qanday natijada shaxsiy harakat bilan birga inson nazoratidan tashqaridagi omillar ham qatnashadi. Xulosa o'zingizga havola. Xauzel