cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Sarvinozdan chizgilar

• Ruhiy qóllab-quvvatlovchi postlar • Kasbiy va ijodiy rivojlanish haqida fikrlar Psixolog Sarvinoz Omonova Konsultatsiyaga yozilish uchun: @ps_sarvinoz_omonova Kurs va leksiyalar: @sara_kurslar Instagram: sarvinoz.umar

إظهار المزيد
Uzbekistan20 928لم يتم تحديد اللغةعلم النفس7 024
مشاركات الإعلانات
2 358
المشتركون
+124 ساعات
+727 أيام
+5530 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Hammasidan ham neyrofarqli (ADHD va autizmli) ayollarga rahmim keladi. Shunchaki yolg'iz yashashning ózi ham qiyin ularga. Ta'lim, ish va shaxsiy munosabatlarda kóp qiyinchiliklari bóladi. Yuqoridagi ikkiyuzlamachi standartlarga ega oilada yashash esa óta og'ir ularga. Shu paytgacha óz joniga qasd qilgan ayollarning kópchiligida depressiyaning asosiy sababi — tashxis qóyilmagan ADHD/autizm bilan nosog'lom muhitda yashashiga to'g'ri kelgani bólsa kerak óylayman. Autistik spektrda taalluqli xususiyatlardan biri — jamiyat qonun-qoidalari, tartiblarini qabul qilolmaslik, yuzaki munosabatlarni davom ettirolmaslikdir.
إظهار الكل...
💔 40🔥 19😁 6🕊 4 2🍾 2
Jamiyatning ikkiyuzlamachi standartlari 🌶 postlar yozmaganimga ancha bólibdi Oila mustahkam bólishi, uni asrashga harakat qilish kerak. Lekin yigit va qiz hali har tomonlama ulg'aymasidan oila qurishi kerak. Ayol dono bólishi kerak. Lekin fikri inobatga olinishi shart emas. Qiz turmush qurishni kechiktirmasligi kerak. Lekin yigitlar bilan gaplashmasligi kerak. Qiz bola uyatchang bólishi kerak. Va 3-4 marta kórishgan deyarli begona odami bilan tóydan sóng birdan jinsiy aloqaga kirishishi kerak. Qiz bola borgan joyida toshday qotishi kerak. Lekin zarbsiz qónishi kerak, maksimal moslashishi kerak. Er xiyonat qilmasligi uchun ayol óziga qarab yurishi kerak. Shu bilan birga ózini tiklab olishiga imkon bermaydigan ketma-ket tug'ruqlarni boshdan kechirishi kerak. Eri xiyonat qilgani, urgani, ichgani uchun ayol kóp siqilib kasal bólmasligi kerak. Bólmasa eri umuman uyga kelmay qóyadi. Er xiyonat qilsa — "ha, erkak kishi-da endi, bóladi". Ósha erkak bilan jinsiy yaqinlikka kirishgan ayol esa foxisha deb nomlanadi. Ayol — ojiza. Lekin ham oxiri yóq uy ishlarini qilishi, ham bolalarga qarashi, ham qaynona-qaynotasini parvarish qilishi kerak, pul topsa undanam yaxshi. Ayollardan yumshoq va rahmdil bólishi talab qilinadi. Erkak shu xususiyatlarni namoyon qilsa "ayolsifat" deb kalaka qilinadi. Ayol erkakday kóp pul topsa yo undan kóp soat ishlasa — "erkak" deb kalaka qilinmaydi, ro'zg'or uchun kuyib-pishadigan deb maqtaladi. Qiz bola voyaga yetmasidan homildor bólib qolsa — "voy sharmanda, ota-onasi kim buni?" Voyaga yetmagan qizni zórlaydigan erkaklarning ota-onasi kimligi u yoqda tursin, ózini ham tanib olishimiz qiyin. Erkak kishi — oilaning boshlig'i, qarorlarni u qabul qilishi kerak. Lekin uning kim bilan oila qurishiga ota-onasi qaror qabul qilishi kerak. Ajrashishga esa ayoli qaror qilishi kerak. Erkak bu qarorlarga passiv noroziligini bildirib yashashda davom etadi: xiyonat qiladi, ichadi, uyga kelmaydi. Kelin kóp nabiralar tug'ib berishi kerak. Bu bolalar kasal va qari bobo-buvisining asabiga tegmay jim ótirishi kerak. Qiz bola — butun oilasining sha'ni uchun javobgar, lekin qiz bolaga eng kóp nohaqlik qiladiganlar — uning oila a'zolari. Bolalar dadil, óziga ishongan, kuchli bólishi kerak. Lekin ular bilan kóp vaqt ótkazadigan ona — erining kaltagi, qaynonasining dakkisi ostidan chiqmasligi kerak.
إظهار الكل...
💔 126🔥 35😁 17🍾 11 10🕊 3💅 3
'Vitamin sea' olib keldim✨ Ótgan yili suzishni órganganimda hamma kuchim nazoratga ketardi. Bugun esa ózimni ancha bósh qóyishni, suvdan zavqlanishni boshladim. (Bu boshqa narsalar uchun ham metafora🌝)
إظهار الكل...
62😁 7🕊 5
Ózbekistonda gózallik modasi hozir qanaqa, bilmadim-u, Turkiyada ayollarning ancha ozg'in vujudga ega bólishi chiroyli hisoblanadi. Buni turk seriallaridan ham sezish mumkin. Asosiy standartlardan biri — qorinning umuman yóqligi, belning juda ingichka bólishi. Kóchada Ózbekistondagiga nisbatan ortiqcha vaznli qizlarni kóp kóraman. Diyeta madaniyati juda kuchli ekanidan deb óylayman. Aynan diyetalar ortiqcha vaznning asosiy sababchilaridan biri. Diyetalar, cheklovlarning ortidan odatda "portlash"lar keladi va odam avvalgidan kóproq yegulik iste'mol qilib, yana-da kóp vazn orttiradi. Shu kunlarda ósmirligimning sevimli seriali "H2O: just add water"ni (Avstraliyada suratga olingan) qaytadan tomosha qilyapman. Tanasiga suv tegishi bilan suv parilariga aylanib qoladigan 3 óspirin qiz haqida. Serialdagi qizlarning tanasiga e'tibor bersam, kópchiligida 'yengilgina' qorin bor. 15-20 yillar oldin gózallik standartlari yumshoq bólgan ekan. Tabiiy tanalarni kórish yengillik va zavq berdi. Hozir brendlar pluz size modellarni ham reklamaga olayotganiga qaramay, influencer, blogerlarni orasida juda kuchli ozish harakati bor. Har kuni foto va videoga tushish, odamlarning hayratini ushlab turish "majburiyati"tufayli bólsa kerak. Pandemiyadan keyingi yillarda xavotir hissi ham kuchaydi kópchilikda. Dunyoni xavfsiz joy sifatida his qilish qiyinlashgan va xotirjamlikni ta'minlash imkonsizlashgan paytda odam kópincha nazorat qilishga narsa/soha qidiradi. Bu nazorat ba'zilarda tanaga yónaladi, uni istagan kórinishga keltirish harakatlari insonning kun tartibidan kóp joy egallaydi.
إظهار الكل...
41💔 15🕊 7😁 3
Lekin dam olishni baribir dóndirgan ekanman bolaligimda. Darsdan qaytganimdan keyin 5-6 soat uzluksiz Disney, СТСda multseriallar, ósmirlar uchun seriallar kórardim. Yozda esa uydan ertalab 9-10da chiqib, kechqurun 9da kirardim. Orada suv olish yo ovqatlanish uchun tez kirib chiqardim. Dugonalarim bilan dvorda har xil óyinlar óynardik. Telefon, internetsiz bolalik ótkazgan ósha oxirgi avloddanman🤧
إظهار الكل...
🔥 44😁 29 12🕊 12💔 7🍾 1
Yaqinda óylab qoldim: "Nega freelancerlik faoliyatimning boshida ózimga ta'til berishim qiyin edi?" deb. Maktab yillarini esladim. A'lochilikning shunday badali bor edi: boshqalar bir haftalik, 10 kunlik ta'til payti dam olayotganida — sinf rahbaring va "sevimli" óqituvchilaring senga óxshash 3-4 kishini maktabga chaqiradi va daftar tekshirtiradi, jurnal yozdiradi, juda insofsiz bólsa konspektlarini ham yozdirishi mumkin. Bular yetmaganday, hamma óquvchilar musiqa fanidan 40ta test tuzishi, algebradan 50ta misol yaratishi, rus tilidan 3 ta she'r yodlashi va hk. ishlarni qilib kelishi kerak. Xullas, bekor ótirmaslik kerak. Góyo, kóproq uy ishlarini qilishimiz uchun onalarimiz ta'tilimizni kutib ótirmaganday. Ota-onadan ham dam olishni órganib bólmaydi. Ta'tilga chiqishi bilan yo uy remont qiladi, yo banka yopadi, yo tóylar bilan ovvora bóladi. Dam olayotganing uchun aybdorlik hissi paydo bólmasdan nima bólsin shunda? Daromadi ta'tilda biror sanatoriya/otelda dam olish yoki sayohatga borish uchun yetadigan odamlarning ham dam ololmasligiga guvoh bólaman. Bósh ótirish va lazzatlanish — umummilliy tabu bólgani uchun.
إظهار الكل...
🔥 53 11😁 10💔 7🕊 4
Ta'tilimdan bir kun: kampusda daraxt soyasida yoga va mutolaa, sóng yomg'irdan qochib qahvaxonada iced latte va brownie cheesecakedan lazzatlanish🦦🍃
إظهار الكل...
55🔥 11🤗 6🕊 5💅 3😁 2
Photo unavailableShow in Telegram
Oxirgi chizayotgan portretlarimda osiyolik qiyofalar kópayib boryapti. Bu tashqi kórinishimni, osiyoliklarga xos kóz shaklimni, ózimni qabul qilayotganim bilan bog'liq bólsa kerak. Avvallari faqat yevropoid irqqa tegishli yuzlarni chizardim, idealim edi chunki. Ózbekistonda ham chiroyli hisoblanadigan kishilar — asosan yevropoid irqqa xos xususiyatlar(katta kózlar, oq teri, uzunchoq yuz)ni qamrab oladi. Hozir gózallik idrokim ancha kengaygan. Gózal deb hisoblashim mumkin bólganlar soni ancha kópaygan. Bir tomondan, odamlarning ichki olami qanaqaligi muhimroq bólib borgani sayin, "chiroyli" tashqi kórinishining ahamiyati pasayib borar ekan.
إظهار الكل...
67🔥 12🍾 8😁 4🕊 3
Obsessiv-kompulsiv buzilish (OKB) haqida video kórib ótirgandim. Bu buzilishda odam xavotirli fikr(obsessiya)dan xalos bólish uchun biror harakatni amalga oshiradi. Lekin bu xotirjamlik bermaydi va yana harakatlar takrorlanaveradi. Normal harakat bilan OKBning qanday farqi bor? Normal harakatda odam uchun natija qiziq, foydali bóladi, OKBda esa odam qaysidir xavotirdan xalos bólish uchun nimadir qiladi. Masalan, kitobni u qiziq bólgani uchun óqish mumkin yoki "ahmoq bólmasligim kerak" degan xavotirdan qutulish uchun óqish mumkin. Óylab qarasam, jamiyatimizning butun hayotini OKBga qiyoslasa bólar ekan. Qiziqish, istak, muhabbat bilan qilinishi kerak bólgan hamma ish — xavotirdan xalos bólish uchun qilinadi. Ayniqsa, ayollarda. Ovqat tayyorlashni órganishdan tortib kim bilandir oila qurishgacha. Qornimizni tóydirish uchun emas, uyat demasliklari uchun ovqat qilishni bilishimiz kerak. Kimnidir sevganimiz, u bilan hayotimizni birga ótkazishni istaganimiz uchun emas, hech kimga keragi yóq odam emasligimizni isbotlash uchun oila qurishimiz kerak. "Men normal odammanmi?" degan xavotirdan xalos bólish uchun butun umr davomida yashash uchun jamiyatimizning qoidalari bor. Lekin hech qachon bu xavotir yóqolmaydi. OKBning tabiati shunaqa: xavotirni bostirish uchun qilingan har bir harakat xavotirni battar kuchaytiradi. Normal odam ekanimizni isbotlashga urinishlarimiz xotirjamlik olib kelmaydi. Xavotirchan ota-onaning istaklarini oshirishda ("normal" farzandning "normal" ota-onasi ekani xavotirini bostirishda) farzandlar shu borada adashadi: "Hozir aytganini qilsam, keyin meni tinch qóyishadi, mendan kóngli tóladi". Ota-ona istagi bilan oila qurgach, farzand kórish yoki uy olish masalalariga kelganda qulog'i tinchib ketganlar bormi yoki?)
إظهار الكل...
🔥 34 15💔 14😁 1
Muhabbat, sevish nima? Sevishimizni qanday anglaymiz? Kimnidir haqiqatdan ham sevish-sevmasligimiz haqida óylashning norma va patologiyasi bormi? Shular haqida yaxshi bir podkast soni olishibdi: https://youtu.be/Z9QQvzUr-sE?si=zUzHUhXUIXUEVfYt Ózi shu podkastni yaxshi kóraman. Ikkala boshlovchi qiz ham terapiyaga boradi va psixolog, terapevtlarni podkastga chaqirib, turli mavzularda suhbatlashishadi. Sifatli, yoqimli, kerakli kontent👌🏻
إظهار الكل...
МИФ ОБ ИДЕАЛЬНОЙ ЛЮБВИ. Как преодолеть сомнения и довериться чувствам

Выбирайте солнцезащитные средства ART&FACT. -

https://clc.to/u3SOJw

Промокод EASYSPF дает 20% скидку на все продукты ART&FACT. на OZON до 25 июня. Не суммируется с другими акциями на маркетплейсе Если гаджеты для лица то FOREO. По промокоду BESTFORYOU20 действует скидка -20% до 30.06:

https://foreo.se/beni

Карина

https://www.instagram.com/diamond_april/

Наташа

https://www.instagram.com/truly.natasha/

Мария Кривошеева

https://t.me/mashadoestherapychannel

Центр поведенческой терапии «Справиться Проще» —

https://handlingbetter.ru

Команда

https://instagram.com/rndmcrew?igshid=YmMyMTA2M2Y=

Компания Meta, владеющая социальными сетями Facebook и Instagram, признана экстремистской на территории Российской Федерации. Предложения о сотрудничестве [email protected] Поддержать канал

https://www.donationalerts.com/r/spravlays

Таймкоды 00:00 Интро 3:04 Миф об идеальной любви. Про что он? 8:19 «Если любишь кого-то, ты об этом знаешь». Это правда? 16:04 Мужчины и женщины по-разному сомневаются в партнерах? 17:28 «Выйти замуж один раз и на всю жизнь». Про право на ошибку 20:22 Сомнения при выборе партнера 29:27 Размышлениями можно убить эмоции? 30:16 Сомнения, когда ты уже в отношениях 34:41 Когда долго встречаетесь, но замуж он не зовет 37:38 «Когда любишь, все проблемы уходят на второй план». 39:16 ОКР отношений 41:33 Что такое любовь? 42:56 Влияние романтических комедий 46:20 «Мы никогда не должны ссориться» 47:07 «В спокойных отношениях скучно» 50:44 Сравнения с бывшими 51:45 Идеального партнера не будет?? 54:49 Красные флаги 55:57 Как пережить неидеальность партнера 59:17 Избегание уязвимости 1:00:10 Завышенные стандарты 1:02:59 Страх, что тебя не любят 1:04:13 Можно что-то не принимать в партнере? 1:05:27 Отношения должны развиваться? 1:06:27 Как справиться с сомнениями? 1:12:28 Что делать вместо сомнений 1:17:42 Итоги

23🔥 9💅 4🕊 3😁 1
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.