MM "MUFEED MOLIYA"
الذهاب إلى القناة على Telegram
Бизнесда молия чиройли бўлиши лозим, шунда бизнес чиройли бўлади. Молия тўғри бўлиши лозим, шунда бизнес ҳам адолатли, одил бўлади. Канал асосчиси: Хондамир Нусратхўжаев Муаллиф ҳақида: https://telegra.ph/Muallif-haqida-11-09 Боғланиш: @HN_Jed_bot
إظهار المزيد6 604
المشتركون
+1724 ساعات
+287 أيام
+1530 أيام
أرشيف المشاركات
6 598
Asalomu alaykum,
Yaqinda oltin haqida maqola tayyorladim va bir narsaga yana bir bor e’tibor berdim: biz ko‘pincha ikki xil maqsadni aralashtirib yuboramiz: o‘zimiz uchun olinadigan oltin va investitsion oltin.
Tashqaridan qaraganda ikkalasi ham oltin. Lekin maqsadi, foydalanilishi, narx va qiymati va moliyaviy mantiqi jihatidan ular bir xil emas. Maqolada aynan shu farqni tushuntirdim.
https://kun.uz/kr/news/2026/09/29/tilla-taqinchoqlar-xaridi-oltinga-investitsiya-degani-emas
@chiroylimoliya
6 598
JOB ANNOUNCEMENT
McKinsey is opening an office in Tashkent and currently looking for business analysts and associates. Strong communication skills in all three languages is highly desirable. If you or someone you know is looking for a job in a consulting company, please reach out to Sherzod Odinaev at sherzod_odinaev@mckinsey.com
@chiroylimoliya serious stuff...
6 598
Assalomu alaykum,
Yil oxirida katta maqsadlar qo‘yamiz. Yanvarda ularni chiroyli qilib yozib qo‘yamiz. Martga kelib esa ko‘pincha nima uchun qo‘yganimizni ham unutamiz.
«Daromadni ikki baravar oshiramiz».
«20 000 dollar jamg‘araman».
«Yangi biznes ochaman».
«Sport bilan shug‘ullanishni boshlayman».
Muammo katta maqsadlarda emas. Muammo - maqsad bilan bugungi kun o‘rtasida ko‘prik yo‘qligida. Katta maqsad quyidagi zanjirdan o‘tishi kerak:
Yil → chorak → oy → hafta → bugungi amal.
Biznesda: foydani ikki baravar oshirmoqchisan → bu oy qancha daromad qilish kerak → bu hafta qancha sotish kerak → jamoa bugun aynan nima qilishi kerak.
Shaxsiy hayotda: 20 000 dollar jamg‘armoqchisan → har oy qancha ajratish kerak → bu hafta qancha sarflash mumkin → bugun nimadan voz kechish kerak.
Amalda nima qilish kerak?
- Yil uchun 1–3 ta asosiy maqsadni yozing.
- Har bir maqsadni chorak yakunidagi aniq natijaga aylantiring.
- Bu oy nima amalga oshishi kerakligini belgilang.
- Uni hafta uchun 2–3 ta o‘lchab bo‘ladigan natijaga ajrating.
- Har hafta o‘zingizdan so‘rang: bugun maqsadimga yaqinlashish uchun aynan nima qilishim kerak?
- Hafta oxirida natijalarni raqamlar bilan tekshiring va keyingi qadamni to‘g‘rilang.
Mana shu yerdan haqiqiy ish boshlanadi.
Agar bugun qilayotgan ishingizni yanvar oyida qo‘ygan maqsadingiz bilan bog‘lay olmasangiz, bu reja emas. Bu shunchaki chiroyli istak.
@chiroylimoliya quruq va'dalar
www.mufeed.uz
6 598
Chiroyli gapiradigan odamni to‘g‘ri maslahat beradigan odam bilan adashtirmang
Yaqinda bir fikrni eshitdim va o‘ylab qoldim: bu aslida hayotimizga qanchalik tegishli ekan.
Juda ishonarli gapiradigan odamlarga ehtiyot bo‘lish kerak. Ba’zilar shunchalik yaxshi tushuntiradi va hikoya qiladiki, siz asta-sekin dunyoga ularning ko‘zi bilan qaray boshlaysiz.
Lekin bu yerda ikki narsani adashtirmaslik kerak: chiroyli va ishonarli gapira olish bilan to‘g‘ri maslahat bera olish bir xil narsa emas.
Inson ajoyib hikoyachi, bloger yoki spiker bo‘lishi mumkin. Lekin bu uning maslahati siz uchun haqiqatan foydali va, eng muhimi, sizning qadriyatlaringizga mos degani emas.
Menimcha, shu yerda masala yanada chuqurlashadi.
Umuman olganda, bizning o‘z qadriyatlarimiz va ichki tayanchimiz bormi?
Chunki ichkarida bo‘shliq bo‘lsa, u uzoq vaqt bo‘sh qolmaydi. Uning o‘rnini juda tez boshqalarning muvaffaqiyat haqidagi tasavvurlari egallaydi: pul, status, hokimiyat, ko‘z-ko‘z qilish, boshqalarda taassurot qoldirish istagi, o‘z hayotingizni emas, sizga chiroyli qilib “sotilgan” hayotni yashash.
Lekin boshqa holat ham bor.
Insonda qadriyatlar bordek. U nima to‘g‘ri, nima noto‘g‘ri ekanini biladi. Lekin yaxshi manfaat, pul, status yoki kuchli vasvasa paydo bo‘lishi bilan, bu qadriyatlar birdan juda arzonga sotilib ketadi.
Yana uchinchi toifa odamlar bor. Ularda ham istaklar, zaifliklar va vasvasalar bor. Lekin ular savdolashmaydigan narsalar ham bor.
Menimcha, aynan mana shu ichki tayanch.
U o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi. Qadriyatlar bilim orqali shakllanadi, xulq va amallar orqali mustahkamlanadi. Eng qiyini ham shu: to‘g‘ri narsalarni bilish emas, balki ular sizga foyda bermayotgan paytda ham ularga amal qilib yashash.
Shuning uchun jamiyatimizda shuncha ichki ziddiyatlar, oiladagi, yaqinlar bilan, hamkorlar va biznesdagi muammolarni ko‘rayotganimiz ajab emas.
Ko‘pincha inson to‘g‘ri gaplarni biladi. Ba’zida ularni juda chiroyli ham aytadi.
Lekin qadriyatlarning haqiqiy sinovi ular uchun nimadandir voz kechishga to‘g‘ri kelgan joyda boshlanadi.
@chiroylimoliya
6 598
An’anaviy bank o‘zining islomiy darchasini moliyalashtirishi mumkinmi?
Ha, mumkin.
Lekin asosiy savol pul qayerdan kelganida emas, balki u islomiy darchaga qanday asosda berilganida.
Foizsiz qarz, vakala bil-istismar, likvidlikni boshqarishning to‘g‘ri islomiy tuzilmalari — bularning barchasi mumkin bo‘lgan variantlar.
Keyin esa undan ham muhimroq masala boshlanadi: hisob-kitob, ajratilganlik va shaffoflik. Chunki an’anaviy bank ichidagi islomiy darcha “qora quti”ga aylanib qolmasligi kerak.
Ya'ni mablag‘ qayerdan keldi, qayerga yo‘naltirildi, qanday daromad olindi va bu daromad kimga tegishli aniq ko‘rinishi bo'lishi lozim: .
Yangi maqolada quyidagilarni tushuntirdim:
- an’anaviy bank islomiy darchani moliyalashtirishi mumkinmi
- bu qanday tuzilishi kerak
- IFRS nuqtai nazaridan nima sodir bo‘ladi
- nega AAOIFI darcha uchun alohida hisobotni talab qiladi
- amalda haqiqiy ajratilganlik nimani anglatadi
https://mufeed.uz/uz/blog/an-anaviy-bank-o-zining-islomiy-darchasini-moliyalashtirishi-mumkinmi
@chiroylimoliya
6 598
Nega bizga doim kamdek tuyuladi?
Biz doim deyarli bir xil gapni eshitamiz: Yaxshiroq yashashni xohlaysanmi, ko‘proq pul top. Ko‘proq topdingmi, o‘zingga ko‘proq narsani ravo ko‘rishing mumkin. Keyin yana ko‘proq pul top.
Bir qarashda hammasi mantiqli. Men ham inson o‘sishi, ko‘proq daromad topishi va kapital yaratishi kerak, deb hisoblayman. Lekin bitta muammo bor. Ko‘pincha daromadimiz oshishi bilan ehtiyojlarimiz ham xuddi shunday tezlikda oshib boradi.
15 mln so‘m topardingiz, 12 mln so‘mga yashardingiz. Daromadingiz 25 mln so‘mga chiqdi va negadir endi 22 mln kerak bo‘lib qoldi, ba’zida esa 30 mln ham yetmaydi. Yaxshiroq mashina. Yangiroq telefon. Qimmatroq dam olish. Restoranlarga tez-tez borish. Keyin atrofingizdagi odamlar ham o‘zgaradi va daromadingiz darajasida sizga nimalar “yarashishi” haqida yangi tasavvurlar paydo bo‘ladi.
Natijada inson haqiqatdan ham ancha ko‘proq pul topa boshlaydi, lekin qo‘lida qoladigan erkin pul deyarli ko‘paymaydi.
Eng qizig‘i, “menga yetadi” degan tuyg‘u ham paydo bo‘lmaydi. Chunki har safar o‘zingizning “yetarli” darajangizga yaqinlashganingizda, u sizdan yana biroz uzoqlashadi...
Islomda juda muhim bir tushuncha bor: qanoat, ya’ni Yaratgan sizga bergan narsadan rozi bo‘lish. Ba’zida qanoatni “kamiga rozi bo‘l, ko‘p narsaga intilma” deb tushunishadi. Lekin bu unday emas.
Qanoat sog‘lom ambitsiyaning yo‘qligi emas. Kambag‘allik emas. Va albatta, kamroq pul topishga chaqiriq ham emas.
Aksincha, ko‘proq daromad toping. Biznes qiling. Investitsiya qiling. Kapital yarating. Lekin shu bilan birga sizga aslida qancha yetarli ekanini tushunishni o‘rganing.
Tasavvur qiling, oila 15 mln so‘m daromad topib, 12 mln so‘m sarflardi. Keyin daromadi 30 mln so‘mga chiqdi.
Nega endi xarajatlar ham darhol 30–40 mln so‘mgacha oshishi kerak? Agar oilaga normal va komfortli hayot uchun 15–17 mln so‘m yetarli bo‘lsa, qolgan pulni avtomatik ravishda yangi iste’mol darajasiga aylantirish shart emas.
Bu investitsiya, jamg‘arma, sadaqa va kelajakdagi moliyaviy erkinligingiz bo‘lishi mumkin. Va aynan shu yerda qanoat faqat ma’naviy fazilat emas. U juda kuchli moliyaviy ko‘nikmaga ham aylanadi.
Ichida qanoati bor insonga o‘ziga: “Boshqalarning mashinasi zo‘rroq ekan, deb menga ham yangi mashina kerak emas”, deyish ancha oson. Daromad oshgani uchun har safar iste’mol darajasini ham oshirish shart emas. Muvaffaqiyatli bo‘lib qolganingizni doim boshqalarga isbotlab yurish ham shart emas.
Ya'ni boylikdan voz kechish kerak emas. Chunki u juda katta imkoniyatlar beradi: oilani ta’minlash, boshqalarga qaram bo‘lmaslik, investitsiya qilish, odamlarga yordam berish, ish o‘rinlari yaratish, sadaqa qilish. Lekin pul siz uchun ishlashi bilan butun hayotingiz doim o‘sib borayotgan istaklaringiz uchun ishlashi o‘rtasida juda katta farq bor.
Shuning uchun, balki shaxsiy moliyadagi eng muhim savollardan biri “Men qancha pul topishni xohlayman?” emas, balki “Menga aslida qancha yetarli?” degan savoldir.
Chunki o‘zingiz uchun “yetarli” degan chegarani o‘zingiz belgilamasangiz, uni siz uchun reklama, atrofingizdagi odamlar va nafsiingiz belgilaydi. Ularning javobi esa deyarli har doim bitta: “Yana ozgina.”
@chiroylimoliya nafsingizni jilovlang
6 598
JOB ANNOUNCVEMENT
Executive Opportunity: Chief Business Officer (CBO) — Open Bank
We are hiring a Chief Business Officer (CBO) to build and scale Central Asia's first mobile-first, Shariah-compliant digital bank in Tashkent, Uzbekistan!
Role Overview:
Location: Tashkent, Uzbekistan (Full relocation supported)
Reporting to: CEO
Scope: Full P&L ownership (Retail, SME, Corporate), digital acquisition, Shariah products (Murabaha, Ijara, Sukuk), and BNPL ecosystem partnerships.
Requirements:
12+ years in banking with 4–5+ years in senior executive leadership (C-suite/MD/Group Head).
Proven track record scaling digital or Islamic banking franchises (e.g., Maybank Islamic, Bank Islam).
Fluent English.
@chiroylimoliya
6 598
Assalomu alaykum,
Ko‘pchilik so‘rovnomani to‘ldirdi, rahmat!
Lekin mahsulotni siz uchun haqiqatan ham sifatli va foydali qilishimiz uchun, iltimos, hali to‘ldirmaganlar ham qatnashing.
So‘rov juda qisqa. Lekin iltimos, shunchaki belgilab chiqish uchun emas, har bir savol ustida bir oz o‘ylab, o‘zingizning haqiqiy fikringizni yozing.
Sizning javoblaringiz mahsulotning qanday bo‘lishiga bevosita ta’sir qiladi.
6 598
Assalomu alaykum, aziz do‘stlar!
Biz hozir Islom moliyasi bo‘yicha yangi kurs ustida ishlayapmiz.
Lekin bu kursni shunchaki nazariy ma’lumotlar bilan to‘ldirishni xohlamaymiz. Kurs aynan sizga kerak bo‘lgan bilim, real savollar va kundalik moliyaviy ehtiyojlarga javob berishini istaymiz.
Shu sababli qisqa so‘rovnoma tayyorladik. Unda:
— hozirgi faoliyatingiz;
— Islom moliyasi bo‘yicha bilim darajangiz;
— bu yo‘nalishni o‘rganishdan maqsadingiz;
— sizga qulay bo‘lgan o‘qish formati haqida bir nechta savol bor.
⏱️ So‘rovnomani to‘ldirishga 3–4 daqiqa kifoya.
Sizning javoblaringiz kursni shakllantirishda bizga katta yordam beradi.
🎁 Formani to‘liq to‘ldirgan ishtirokchilarga maxsus instrumentimizni taqdim qilamiz.
👇 So‘rovnomani quyidagi havola orqali to‘ldiring:
🔗 https://docs.google.com/forms/d/e/1FAIpQLSdXcck7tAbHHnDTTZepI6KNlqWkNw8wmZio8l_lS4-F1JLFsA/viewform
6 598
Assalomu alaykum hammaga ! Faraz Adamning foydali postini tarjimasi
Agar mijozingiz siz unga nima sot'yatganizni aniq tushunmasa, demak, nimadadir allaqachon muammo bor. Islomiy moliyaning eng asosiy tamoyillaridan biri bu rostgo'ylik. Lekin u nima bilamizmi ?
Rostgo'ylik hech qachon marketing shiori bo‘lmasligi kerak — u bozor tamoyiliga aylanishi kerak. Nega?
✅ Rostgo'ylik nizolarni kamaytiradi.
✅ Bitimlardagi ortiqcha to‘siq va noqulayliklarni kamaytiradi.
✅ Bir tomon ikkinchi tomon bilmagan narsadan foydalanib, manfaat ko‘rishi imkoniyatini kamaytiradi.
✅ Va oxir-oqibat, ishonchni shakllantiradi.
Oddiygina mahsulot sotish misolini olaylik. Agar sotuvchi mahsulotdagi nuqsonlarni ochiq aytishi, mahsulotni to‘g‘ri tavsiflashi hamda muhim ma’lumotlarni yashira olmasligi kerak bo‘lsa, muhim bir jarayon yuz beradi. Sotuvchining sifatsiz mahsulotlarni bozorga olib chiqishga bo‘lgan rag‘bati kamayadi.
Bozorda sifatli mahsulotlar ko‘proq aylanadi. Mijozlar yaxshiroq va ongliroq qarorlar qabul qiladi.
Ishonch ortadi.
Natijada butun bozor yutadi.
Islomiy moliya ham xuddi shunday ishlashi kerak:
▪️ Risklar haqida ochiq gapirish.
▪️ Komissiya va to‘lovlarni ochiq ko‘rsatish.
▪️ Narx qanday shakllanganini tushunarli bayon qilish.
▪️ Aktiv kimga tegishli ekanini ochiq aytish.
▪️ Daromad qanday shakllanishini tushuntirish.
▪️ Ishlar kutilganidek ketmasa, nima bo‘lishini ochiq tushuntirish.
▪️ Mijoz aslida nima uchun to‘layotganini aniq ko‘rsatish.
Hatto boshqa bir mahsulot sizga ko‘proq daromad keltirishi mumkin bo‘lsa ham, ushbu mahsulot haqiqatan ham mijozga mos keladimi yoki yo‘qmi — bu borada ham rostgo'y bo‘lish kerak.
Islomiy moliya maksimal darajadagi shaffoflikka intilishi kerak.
Mijoz siz undan qanday daromad olayotganingizni tushunish uchun shartnomani satrma-satr tahlil qilishi, 40 betlik mayda yozuvlarni o‘qishi yoki murakkab moliyaviy formulalarni tushunishi shart emas. U bitimning mohiyatini tushuna olishi kerak:
Menga nima tegishli?
Men qaysi manfa'atni sotib olyapman?
Men nima uchun to‘layapman?
Nega aynan shuncha to‘layapman?
Riskni kim o‘z zimmasiga oladi?
Agar ishlar kutilganidek ketmasa, nima bo‘ladi?
Agar biz bu savollarga aniq va tushunarli javob bera olmasak, o‘zimizga bir savol berishimiz kerak: nega?
Chunki shaffoflik ba’zan bugun bitta bitimdan ayrilishingizga sabab bo‘lishi mumkin.
Ammo noaniqlik va yashirinlik sizga yillar davomida shakllangan ishonchni yo‘qotishga olib kelishi mumkin. Ishonch esa har qanday moliyaviy tashkilot ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan eng qimmatli kapital shakllaridan biridir.
Islomiy moliya mijoz tushunmaydigan narsadan hech qachon daromad olmasligi kerak.
@chiroylimoliya
6 598
Repost from Husan Mamasaidov | Rasmiy
🔴 PREMYERA! 🔴
Kredit sizni boy qiladimi?
📌 Hozirgi vaqtdagi eng ogʻriqli mavzu: Kredit va qarz vabosi boʻlib qoldi. Afsuski bu oʻsishda davom etyapti...
▶️ Shu mavzuda Hondamir Nasratxoʻjayev aka bilan suhbatimizni, YouTube sahifamizga joyladik ✔️
Videoni albatta koʻring, manfaatli boʻladi nasib qilsa👇
https://youtu.be/hgL7qDi2ZsQ
https://youtu.be/hgL7qDi2ZsQ
6 598
Assalomu alaykum,
Jiddiy yolg‘onning kamdan-kam o‘ylaydigan juda katta bir narxi bor: uni doimiy ravishda “saqlab turishga” to‘g‘ri keladi.
Men tasodifiy xato yoki arzimas narsani nazarda tutmayapman. Gap muhim narsalardagi yolg‘on haqida: munosabatlarda, biznesda, sherikchilikda, pulda, obro‘da, majburiyatlarda, o‘zingizni boshqalarga qanday inson qilib ko‘rsatishingizda.
Agar muhim bir narsaning asosida yolg‘on yotsa, keyin uni doimiy ravishda himoya qilishga to‘g‘ri keladi. So‘zlaringizni nazorat qilish. Kimga nima deganingizni eslab yurish. Keyingi harakatlaringizni oldingi gaplaringizga moslashtirish. Biri oshkor bo‘lmasligi uchun boshqasini yashirish. Va asta-sekin bitta yolg‘on yana ko‘proq yolg‘onni talab qila boshlaydi.
Ishoning, buning uchun juda ko‘p kuch va energiya ketadi. Ba’zida esa bunga chidashning o‘zi juda qiyin...
Tashqaridan hammasi barqarordek ko‘rinishi mumkin. Lekin bu barqarorlik emas. Bu qo‘llab turishni to‘xtatishingiz bilan qulab tushishi mumkin bo‘lgan bir tuzilmani doimiy ravishda ushlab turishdir.
Shuning uchun hayotingizni muhim narsalarda yolg‘on gapirishga ehtiyoj qolmaydigan tarzda qurishga harakat qiling.
Keyin javob berishga uyaladigan ishni zimmangizga olmang. Yashirishga to‘g‘ri keladigan ishni qilmang. Keyinchalik himoya qilishga majbur bo‘ladigan soxta obrazni yaratmang.
O‘zingiz haqingizdagi haqiqat noqulay bo‘lsa ham, unga javob bera oladigan tarzda yashashga harakat qiling.
Chunki haqiqat ba’zan bir marta jasorat talab qiladi.
Jiddiy yolg‘on esa sizni har kuni uning "haqini to‘lashga" majbur qiladi.
6 598
SIZNING ENG KATTA MOLIYAVIY XAVFINGIZ - EHTIMOL, QARZLARINGIZ EMAS.
Asosiy xavf - agar ertaga daromadingiz to‘satdan yo‘qolsa, oilangiz bilan nima bo‘lishi.
Keling, hayotimizga rostgo‘y qaraylik.
- Mashina uchun hali ham to‘lovlar bor.
- Uy uchun ipoteka yoki uzoq muddatli bo‘lib-bo‘lib to‘lash majburiyati bor.
- Boshqa majburiy oylik to‘lovlar ham mavjud.
- Farzandlar sizning daromadingizga bog‘liq.
- Ota-onalar yoshi ulg‘aygani sari davolanish va parvarishga ko‘proq mablag‘ kerak bo‘ladi.
- Jamg‘armalar esa ko‘pincha unchalik katta emas.
Bugun bularning barchasi boshqariladigan muammodek ko‘rinadi - toki biz sog‘lommiz, ishlayapmiz va har oy daromad olayapmiz.
Ammo ertaga ishingizdan ayrilsangiz-chi? Bir necha oy daromadsiz qolsangiz-chi? Yahshi ishdan to'satdan bo'shatishsa, kutilmagan jiddiy kasallik yoki nogironlik sababli ishlay olmasangiz-chi? Yoki undan ham yomoni sodir bo‘lsa?
Uy to‘lovlarini kim amalga oshiradi?
Mashina va boshqa majburiyatlarni kim to‘laydi?
Farzandlarni kim ta’minlaydi?
Oila nimaning hisobiga yashaydi?
Sizning ish beruvchingiz ham, davlat ham bu muammolarni sizning o‘rningizga hal qilib bermaydi. Shuning uchun moliyaviy mas’uliyat faqat bugun qancha daromad topishingiz bilan bog‘liq emas.
Bu yerda men hozir aniq vositalar yoki choralar - jamg‘arma, investitsiya va boshqalar haqida gapirmayapman. Men fikrlash tarzi haqida gapiryapman. Moliyangizga strategik va uzoq muddatli nuqtai nazardan qarash haqida.
Chunki bunday fikrlash bo‘lmasa, qolgan barcha moliyaviy vositalarning foydasi cheklangan bo‘ladi.
Ba’zan hammasini bitta savoldan boshlash kifoya:
Agar ertaga daromadim butunlay yo'qolsa, oilam qancha oy davomida mablag'siz qolmasdan yashay oladi? Hisoblab ko‘ring.
Chunki bugun sizda hali tanlov, vaqt va tayyorlanish imkoniyati bor. Muammo allaqachon yuzaga kelganida esa vaqt ham, tanlov ham ancha kamaygan bo‘lishi mumkin.
Moliyaviy yetuklik - faqat ko‘proq pul topishni bilish emas. Bu bir kun kelib pul topa olmay qolishingiz mumkinligini ham oldindan o‘ylashdir.
Bu shunchaki nazariy savol emas. Men bu fikrni bir yil oldin ishidan ayrilgan bir insonning real hayotdagi holatiga asoslayapman. Ish beruvchisi uni ishdan bo‘shatgan. Oradan bir yil o‘tgan bo‘lsa-da, u hali ham o‘ziga mos yangi ish topa olmadi.
Uning avtomobili bo‘lib-bo‘lib to‘lash asosida olingan edi. Oxir-oqibat, moliyaviy yuklama og‘irlashgani sababli, avtomobilni sotishga to‘g‘ri keldi.
Shuning uchun menimcha, bunday holatlar haqida muammo yuzaga kelganidan keyin emas, balki hali tanlovimiz va tayyorgarlik ko‘rish imkoniyatimiz bor paytda o‘ylash kerak.
@chiroylimoliya
6 598
SIZNING ENG KATTA MOLIYAVIY XAVFINGIZ - EHTIMOL, QARZLARINGIZ EMAS.
Asosiy xavf - agar ertaga daromadingiz to‘satdan yo‘qolsa, oilangiz bilan nima bo‘lishi.
Keling, hayotimizga rostgo‘y qaraylik.
- Mashina uchun hali ham to‘lovlar bor.
- Uy uchun ipoteka yoki uzoq muddatli bo‘lib-bo‘lib to‘lash majburiyati bor.
- Boshqa majburiy oylik to‘lovlar ham mavjud.
- Farzandlar sizning daromadingizga bog‘liq.
- Ota-onalar yoshi ulg‘aygani sari davolanish va parvarishga ko‘proq mablag‘ kerak bo‘ladi.
- Jamg‘armalar esa ko‘pincha unchalik katta emas.
Bugun bularning barchasi boshqariladigan muammodek ko‘rinadi - toki biz sog‘lommiz, ishlayapmiz va har oy daromad olayapmiz.
Ammo ertaga ishingizdan ayrilsangiz-chi? Bir necha oy daromadsiz qolsangiz-chi? Yahshi ishdan to'satdan bo'shatishsa, kutilmagan jiddiy kasallik yoki nogironlik sababli ishlay olmasangiz-chi? Yoki undan ham yomoni sodir bo‘lsa?
Uy to‘lovlarini kim amalga oshiradi?
Mashina va boshqa majburiyatlarni kim to‘laydi?
Farzandlarni kim ta’minlaydi?
Oila nimaning hisobiga yashaydi?
Sizning ish beruvchingiz ham, davlat ham bu muammolarni sizning o‘rningizga hal qilib bermaydi. Shuning uchun moliyaviy mas’uliyat faqat bugun qancha daromad topishingiz bilan bog‘liq emas.
Bu yerda men hozir aniq vositalar yoki choralar - jamg‘arma, investitsiya va boshqalar haqida gapirmayapman. Men fikrlash tarzi haqida gapiryapman. Moliyangizga strategik va uzoq muddatli nuqtai nazardan qarash haqida.
Chunki bunday fikrlash bo‘lmasa, qolgan barcha moliyaviy vositalarning foydasi cheklangan bo‘ladi.
Ba’zan hammasini bitta savoldan boshlash kifoya:
Agar ertaga daromadim butunlay yo‘qolsa, oilam qancha oy davomida mablag‘siz qolmasdan yashay oladi?Hisoblab ko‘ring. Chunki bugun sizda hali tanlov, vaqt va tayyorlanish imkoniyati bor. Muammo allaqachon yuzaga kelganida esa vaqt ham, tanlov ham ancha kamaygan bo‘lishi mumkin. Moliyaviy yetuklik — faqat ko‘proq pul topishni bilish emas. Bu bir kun kelib pul topa olmay qolishingiz mumkinligini ham oldindan o‘ylashdir.
