uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

MM "MUFEED MOLIYA"

MM "MUFEED MOLIYA"

Відкрити в Telegram

Бизнесда молия чиройли бўлиши лозим, шунда бизнес чиройли бўлади. Молия тўғри бўлиши лозим, шунда бизнес ҳам адолатли, одил бўлади. Канал асосчиси: Хондамир Нусратхўжаев Муаллиф ҳақида: https://telegra.ph/Muallif-haqida-11-09 Боғланиш: @HN_Jed_bot

Показати більше
6 557
Підписники
Немає даних24 години
-217 днів
-3130 днів
Архів дописів
#хабар Ассалому алайкум! Кеча хабар берганимиздек, Тошкент ислом институтида 📖«Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалала
#хабар   Ассалому алайкум! Кеча хабар берганимиздек, Тошкент ислом институтида 📖«Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар» китоби тақдимоти бўлиб ўтди. Ушбу китоб жорий йилнинг май ойида нашрдан чиққан бўлса ҳам устозларнинг тавсиясига кўра тақдимот бир неча ойдан кейин бўлиб ўтди, чунки бу орада китоб олим ва мутахассисларга тарқатилди, сотувга қўйилди ва шу орқали мутахассислар ва оддий ўқувчиларнинг фикри олинди. Аллоҳга шукр, барча олинган фикрлар ижобий бўлди ва шу билан бирга йўл қўйилган баъзи имло хатолар бўйича мулоҳазалар эътиборга олинди. Шундан кейингина китоб тақдимоти ўтказилди. Китоб нашрдан чиққан пайтдан бошлаб кенг реклама қилинмаган бўлса ҳам босмадан чиққан китобларнинг аксарияти сотилиб бўлинди. Бугунги кунда қолган китоблар адади таҳминан 500 донани ташкил қилади. Китобдан сотиб олмоқчи бўлганлар қуйидаги телефон рақамлари орқали Islamic Business and Finance компанияси ходимларига мурожаат қилишлари мумкин (@IslomMoliyasi телеграм саҳифаси ҳамда islommoliyasi.uz вэбсайти обуначиларида китобни 65 минг сўмдан сотиб олиш имконияти бор).   📞 +998338880059; +998997522262 ✈️ @IsBF_admin 📱 @IslomMoliyasi

«Biz axir eski qadrdon do‘stlarmiz. Yozma shartnoma tuzishning nima keragi bor?» Qanchadan-qancha biznes sherikliklari aynan
«Biz axir eski qadrdon do‘stlarmiz. Yozma shartnoma tuzishning nima keragi bor?» Qanchadan-qancha biznes sherikliklari aynan shu so‘zlar bilan boshlangan. Va ularning qanchasi keyinchalik nizolar, o‘zaro ayblovlar va buzilgan munosabatlar bilan yakunlangan. Mening mufeed.uz ta’lim platformamda islomiy moliya bo‘yicha kurs mavjud. Unda biz nafaqat fundamental tamoyillarni, balki ularning biznesdagi amaliy qo‘llanilishini ham o‘rganamiz: savdo, bo‘lib to‘lash, moliyalashtirish, investitsiyalar va sheriklikning turli shakllari. Kursning ayrim tinglovchilari muntazam ravishda real hayotdagi vaziyatlar yuzasidan savollar berib turishadi. Masalan, yaqinda shunday savol berildi (yuqoridagi skrinshotda): «Agar bir sherik pul tiksa, ikkinchisi esa biznesni boshqarsa, ular o‘zaro kelishuvlarini yozma ravishda rasmiylashtirishlari shartmi? Axir bu qarz emas, investitsiya-ku». Aynan shunday savollar juda muhim. Ko‘p yillik amaliyotim davomida ko‘plab nizolar, barbod bo‘lgan sherikliklar va buzilgan munosabatlarga guvoh bo‘lganman. Ko‘pincha buning sababi kimdir boshidanoq boshqasini aldamoqchi bo‘lganida emas, balki sheriklar eng muhim va noqulay bo‘lgan masalalarni oldindan kelishib olmaganida. Boshida hammasi oddiy tuyuladi: «Biz axir do‘stmiz», «Bir-birimizga ishonamiz», «Hozir bu haqda gapirish noqulay, andisha qilamiz», «Ish davomida hal qilamiz». Keyinchalik esa oddiy kelishmovchiliklar adolatsizlik, aldov va hatto xiyonat sifatida qabul qilina boshlaydi. Shuning uchun bizne sheriklarga maslahatim: • Ish boshlashdan oldin (kegin emas) kelishib oling. • Muhim va ikkinchi darajali masalalarning barchasini kelishib oling. • Kelishuvlaringizni yozma ravishda rasmiylashtiring. • Eng muhimi, adolatli kelishing. Kurs tinglovchisining savoli va unga bergan qisqa javobimga kelsak, ularni yuqoridagi skrinshotda ko‘rishingiz mumkin. Va nihoyat, bir narsani unutmang: Yaxshi munosabatlar puxta kelishuvlarning o‘rnini bosa olmaydi. Puxta va adolatli kelishuvlar esa yaxshi munosabatlarni saqlab qolishga yordam beradi. @chiroylimoliya www.mufeed.uz amaliy bilim manbai

Alif Moliya (O‘zbekiston emitenti) tomonidan chiqarilgan ilk sukukkni Astana International Exchange birjasida joylashtirdi. Bu shunchaki navbatdagi bitim emas - bu ancha muhim voqea. O‘zbekistonning Alif Moliya kompaniyasi Qozog‘istondagi AIX birjasida 10 million dollarlik sukuk joylashtirdi. Bu O‘zbekiston emitenti tomonidan amalga oshirilgan ilk sukuk emissiyasidir. Nima uchun bu muhim? Chunki O‘zbekistonda islomiy moliyalashtirish uchun qonunchilik bazasi endigina shakllanayotgan bir paytda, Alif kutib o‘tirmadi. Kompaniya ichki bozor doirasidan tashqariga chiqib, xalqaro birja orqali kapital jalb qildi. Bu butun bozor uchun juda yaxshi signaldir. Alif mavjud imkoniyatdan shunchaki foydalanib qolmadi, balki boshqa kompaniyalarga ham yo‘l ko‘rsatmoqda. Ya’ni, mamlakatda islomiy moliyalashtirish bo‘yicha maxsus qonun hali qabul qilinmagan bo‘lsa ham, sukuk orqali mablag‘ jalb qilish mumkinligini amalda namoyish etdi. Endi tasavvur qiling: zarur qonunchilik bazasi yaratilsa, sukuklarni chiqarish va muomalaga kiritish bo‘yicha aniq qoidalar joriy etilsa, investorlar va emitentlar uchun yanada qulay va tushunarli sharoitlar yaratilsa, nimalar yuz berishi mumkin? Menimcha, qonun qabul qilinganidan keyingi 2–3 yil ichida O‘zbekistonda sukuk bozori jadal rivojlanishi mumkin. Albatta, bu ko‘p jihatdan tartibga solish sifatiga, soliq sharoitlariga va kompaniyalarning bozorga chiqishga tayyorligiga bog‘liq bo‘ladi. Ammo eng muhimi, jarayon allaqachon boshlangan: bozor faqat qog‘ozda emas, balki real bitimlar orqali ham shakllanmoqda. Qonun sharoit yaratadi. Bozorni esa ana shu sharoitlar mukammal bo‘lishini kutib o‘tirmay, bugunoq harakat qilishga tayyor bo‘lganlar yaratadi. Alif Moliya emissiyasi — bunga yaqqol misol. @chiroylimoliya www.mufeed.uz Sukuk va islomiy moliya haqida chuqurroq bilim olishni istagalar uchun

ssalomu alaykum, 200 000 obunachi biznesdagi ulushga arziydimi? Ko‘p odamlar auditoriya sonini ko‘rib, unga darrov biznesdan ulush bermoqchi bo‘ladi. Lekin savol boshqacha bo‘lishi kerak: bu auditoriya biznesga real qancha qiymat olib keladi va sherik chiqib ketsa, shu qiymat biznesda qoladimi? Yangi maqolada obunachilar bazasini qanday baholash, qachon ulush berish mumkinligi va qachon success fee yoki earn-in xavfsizroq ekanini sodda tushuntirdim. Maqolani o‘qing va bo'lishing: mufeed.uz/uz/blog/obunachilar-bazasi-ulushga-arziydimi

Голосове повідомлення21:32

Aynan shu maqsadda men mufeed.uz ni tashkil qilganman. Bu yerda men islomiy moliya va bank sohasidagi 10 yildan ortiq real amaliy tajribamni bir joyga jamladim. Hozir bir 20-30 soat vaqtingizni ajrating va butun qolgan umringiz davomida moliyaviy qarorlaringiz va qalb sokinligini himoya qiladigan bilimlarga ega bo'ling. Pul va qarorlaringizni boshqalarning tushunchasiga topshirib qo‘ymang. mufeed.uz ga kiring va o‘zingiz tushunishni boshlang. @chiroylimoliya www.mufeed.uz

Assalomu alaykum! Tashkillashtirilgan tavarruq, ya’ni banklarda qo‘llanadigan tovar murobahasiga oid mavzuning davomi sifatida xayolimga kelgan bir o‘xshatishni sizlar bilan bo‘lishmoqchiman. Masalan, uch sahih taloqdan keyin, ya’ni islomda ajrashishdan keyin erkak avvalgi xotinini shunchaki yangi nikoh bilan qaytarib ololmaydi. Negaki endi o'sha ayol unga harom bo‘lib qoladi, toki u haqiqatan boshqa erkakka turmushga chiqmaguncha, haqiqiy er-xotinlik munosabati vujudga kelmaguncha va keyin bu nikoh o‘zining tabiiy sabablari (ajrashish yoki erning vafoti kabi) bilan tugamaguncha. Faqat shundan keyingina, zarur bo‘lgan shartlar bajarilsa, birinchi eri bilan yana nikoh qurishi mumkin bo‘ladi. Endi boshqa holatni tasavvur qilaylik. Er g‘azab ustida keyin pushaymon bo‘ladigan ishni qilib qo‘ydi va endi xotinini har qanday yo‘l bilan qaytarmoqchi. Aytaylik, endi u boshqa bir erkak topdi va u bilan shunday qilishga oldindan kelishib oldi: ayolni nikohiga oladi → rasmiy nikoh bo‘ladi → ajrashadi → ayol birinchi erga qaytadi Hamma tomonlar bu jarayonni oldindan to‘liq biladi. Bu holatda hech kim haqiqiy oila qurmoqchi emas. Yangi er faqat taqiqni texnik yo‘l bilan aylanib o‘tish uchun kerak bo‘lgan oraliq vosita rolini o‘ynamoqda. Menga zamonaviy tashkillashtirilgan tavarruq ham juda ko‘p jihatdan shuni eslatadi. Negaki bu jarayondagi butun ketma-ketlik ham oldindan to‘liq tashkil qilingan va yakuniy natija barcha ishtirokchilarga ma’lum bo‘ladi. Xo'sh, tashkillashtirilgan tavarruq jarayoni qanday amalga oshadi? Mijozga pul kerak bo‘ladi. Moliyaviy muassasa esa bu mijozga pul qarz berish o‘rniga unga muddatli to‘lov asosida qandaydir tovar sotadi. Bunda mijoz ko‘pincha hatto qaysi tovarni sotib olganini va aynan nimaning egasiga aylanganini ham bilmaydi. U bu tovarni o‘zi mustaqil tasarruf qilmaydi, kimga sotilishini o‘zi belgilamaydi, sotuvni to‘xtatib, tovarni o‘ziga yetkazib berishni talab qila olmaydi, chunki keyingi sotuv jarayoni allaqachon uning o‘rniga to‘liq tashkil qilib qo‘yib bo‘lingan. Ya’ni bunda mijoz o‘zi yaxshi bilmaydigan tovarning egasiga aylanadi, bir necha daqiqadan keyin esa bu tovar sotiladi va mijoz butun konstruktsiya/tuzilma aslida nima uchun tuzilgan bo‘lsa, shuni oladi: bugun pulni va keyinroq undan kattaroq summani qaytarish majburiyatini oladi. Endi birinchi o‘xshatish bilan taqqoslasak, har ikki holatda ham tomonlar yakuniy natijani oldindan biladi. Har ikki holatda ham tomonlar o‘rtasida shunday kelishuv mavjudki, u bir nechta alohida-alohida formal jihatdan joiz amallar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri erishib bo‘lmaydigan natijaga olib keladi. Shuning uchun fiqhda faqat "Shartnomaning formal shartlari bajarilganmi, ya’ni "sihha" bor-mi?" degan savolning o‘zi yetarli emas. Yana bir muhim savol bor: butun tuzilmaning o‘zi, uning maqsadi va tomonlar natijaga erishgan yo‘l ham joizmi? Agar bir nechta shartnomani formal jihatdan to‘g‘ri tuzishning o‘zi kifoya qilganida, deyarli har qanday taqiqni to‘g‘ri ketma-ketlikdagi hujjatlar va bitimlar bilan aylanib o‘tish mumkin bo‘lardi. Menimcha, islomiy moliyadagi haddan tashqari formal yondashuvning eng katta muammolaridan biri ham shunda. Bu mening shaxsiy o‘xshatishim. Men soxta nikoh bilan tashkillashtirilgan tavarruq fiqh nuqtai nazaridan aynan bir xil narsa demayapman. Lekin tamoyillardagi o‘xshashlikning o‘zi qiyoslab o‘ylashga majbur qiladi. Birinchi erga qaytish uchun oldindan tashkil qilingan soxta nikoh bekorga man etilmagan, garchi nikoh ham, keyingi ajralish ham rasmiy jihatdan mavjud bo‘lsa-da. Shuning uchun keyingi safar sizga tavarruq taklif qilishsa, mening shu gaplarimni eslang... Agar siz haqiqatan ham soxta bitimlar, shubhali konstruktsiyalar va mol-mulkingizni barakadan mahrum qilishi mumkin bo‘lgan taqiqlarga tushib qolishni istamasangiz, faqat ehtiyotkorlikning o‘zi yetarli emas. Asoslarini ham bilishingiz kerak. Shartnomalar, ribo, g'arar, sheriklik, moliyalashtirish va investitsiyalarning mohiyatini tushunmasdan turib, to‘g‘ri bitim bilan chiroyli bezatilgan aylanma yo‘lni o‘zingiz ajrata olmay qolasiz.

Голосове повідомлення17:51

Assalomu alaykum, Ko‘chmas mulk juda tushunarli investitsiyadek ko‘rinadi: kvartira sotib olasiz, ijaraga berasiz va narxi oshishini kutasiz. Ammo real hayotda hammasi unchalik oddiy emasligi ayon bo‘ladi. - Ta’mirlash, soliqlar va kvartira bo‘sh turgan davrlarni hisobga olgandan keyin, aslida qancha daromad olasiz? - Agar kvartirani qimmat qarz hisobiga sotib olgan bo‘lsangiz, nima bo‘ladi? - Ijara haqi haqiqatan ham foyda keltiradimi yoki shunchaki to‘lovlarning bir qismini qoplaydimi? - Keyinchalik ushbu mulkni qanchalik oson sota olasiz? - Mablag‘laringizning haddan tashqari katta qismi allaqachon ko‘chmas mulkka bog‘lanib qolmaganmi? Investitsiya uchun ko‘chmas mulk sotib olishdan oldin o‘zingizga berishingiz kerak bo‘lgan 10 ta oddiy savolni jamladim. Chunki yaxshi kvartira har doim ham yaxshi investitsiya degani emas. Eng muhim savol esa juda oddiy: barcha xarajatlar va xatarlarni hisobga olgandan keyin, bu kvartira sizga amalda qancha daromad keltiradi? https://mufeed.uz/uz/blog/ko-chmas-mulk-investitsion-obyekt-sotib-olishdan-oldin-berish-kerak-bo-lgan-10-t @chiroylimoliya

Голосове повідомлення20:44

Kibr ko‘pincha sezilmay boshlanadi Ba’zan odam o‘zini umuman kibrli deb hisoblamaydi. Shunchaki o‘zining xato ekanini tan olish qiyin bo‘ladi. Kimdir e’tiroz bildirsa, jahli chiqadi. Kimnidir “joyiga qo‘yish” istagi paydo bo‘ladi. Ayniqsa, o‘zidan kuchsizroq, kambag‘alroq yoki mavqei pastroq odamning fikrini osongina mensimaslik mumkin. Mana shu joyda ehtiyot bo‘lish kerak. Kibr ko‘pincha juda oddiy ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi: - odamning gapini bo‘lish - tanqidni yomon qabul qilish - deyarli hech qachon “men xato qildim” demaslik - sizga kerak bo‘lgan odam bilan hurmat bilan, sizga hech narsa bera olmaydigan odam bilan esa butunlay boshqacha gaplashish - ba’zan mavqe, pul, bilim yoki lavozim bilan bosim qilish Og‘irroq ko‘rinishlarda esa bu allaqachon boshqalarni kamsitishga aylanadi. Oilada. Ishda. Biznesda. Xodimlar bilan. Xizmat ko‘rsatuvchi odamlar bilan. Hamkorlar bilan. Muammo faqat shunda emaski, bunday odam bilan yonma-yon bo‘lish qiyin. Muammo shundaki, u asta-sekin o‘zini xolis ko‘ra olmay qoladi. Boshqalarni kamroq eshitadi, kamroq o‘rganadi, xatolarini kamroq tan oladi. Atrofida esa bora-bora unga kamroq qarshi chiqadigan odamlar qoladi. Agar o‘zingizda shunday holatlarni sezsangiz, choralar juda oddiy: - tez-tez o‘zingiz xato bo‘lishingiz mumkinligini tan olish - odamni oxirigacha tinglash - sizga yoqimsiz bo‘lsa ham, rostini ayta oladigan odamlarni yoningizda saqlash - mavqei siznikidan pastroq odamlar bilan qanday gaplashayotganingizga e’tibor berish - agar xato qilib, kimnidir nohaq ranjitgan yoki kamsitgan bo‘lsangiz, borib buni ochiq tan olish - xatoni tan olish sizni kuchsiz qilib qo‘yadi deb o‘ylamaslik. Ko‘pincha aksincha, bu sizga bo‘lgan hurmatni oshiradi - va vaqti-vaqti bilan o‘zingizdan so‘rash: “Men hozir tushunishni xohlayapmanmi yoki shunchaki o‘zim haq ekanimni isbotlamoqchimanmi?” Yana bitta juda oddiy savol bor: “Menga hech narsa bera olmaydigan odam bilan men qanday muomala qilaman?” Bu kibrni tekshirishning yaxshi usullaridan biri. Lekin eng muhim narsa shu: xarakter to‘g‘ri fikrni tushunish bilan emas, takrorlanadigan amallar bilan o‘zgaradi. Agar siz tinglashni, xatoni tan olishni, uzr so‘rashni, o‘zingizni tiyishni va sizdan kuchsizroq odamlarni hurmat qilishni odat qilsangiz, vaqt o‘tishi bilan o‘zingiz haqingizdagi ichki tasavvuringiz ham o‘zgaradi. Aynan amallar insonning kimligini asta-sekin o‘zgartiradi. @chiroylimoliya kibrni amalda yo'q qiling www.mufeed.uz kibr emas, manfa'at oling

Kimga qiziq bo‘lsa va o‘z nomzodini mos deb hisoblasa, rezyumesini menga @hn_jed yuborishi mumkin. Men dastlabki saralashdan
Kimga qiziq bo‘lsa va o‘z nomzodini mos deb hisoblasa, rezyumesini menga @hn_jed yuborishi mumkin. Men dastlabki saralashdan o‘tkazaman, shundan keyin mos nomzodlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri asosiy manzilga yetib boradi.

Do'stlar, faol va samimiy javob beringlar. Hozirdanoq aniq trendlar, hatto auditoriyamning profili ham ko‘rinib qolyapti. Lekin aniqroq xulosa va tavsiyalarni ertaga beraman koproq ovozlarni tahlil qilgandan kegin.

Assalomu alaykum Bo‘sh vaqtingiz siz haqingizda ko‘p narsani aytadi Menimcha, har qanday xalqni ham, har birimizni ham ko‘p jihatdan majburiy vaqtimiz emas, aynan bo‘sh vaqtimizni qanday o‘tkazishimiz belgilaydi. Ish, o‘qish, kundalik majburiyatlar bor. Ularning katta qismini baribir bajarishimiz kerak. Lekin bo‘sh vaqt boshqacha. Aynan shu vaqtda bizning haqiqiy tanlovimiz va erkin irodamiz ko‘rinadi. Shuning uchun bu so‘rovda samimiy javoblaringiz muhim. Chunki natija auditoriyamizning umumiy arhetipini ko‘rsatadi, va albatta har birimizni o‘zimizga ba'zi savollar berishga undidi: Taklif: bu so'ro'vnoma maksimal darajada to'g'ri chiqishi uchun yaqinlaringizga ham jo'nating!

Голосове повідомлення20:36

Repost from AAOIFI Uzbekistan
AAOIFI CPSS имтиҳони илк бор рус тилида! 🇷🇺 AAOIFI Ислом молиясини ривожлантириш маркази CPSS имтиҳонининг илк бор рус тили
AAOIFI CPSS имтиҳони илк бор рус тилида! 🇷🇺 AAOIFI Ислом молиясини ривожлантириш маркази CPSS имтиҳонининг илк бор рус тилида ҳам ўтказилишини маълум қилди.
CPSS (Certificate of Proficiency in Shari'ah Standards) — AAOIFI томонидан ишлаб чиқилган 59 та Шариат стандарти бўйича профессионал билимни тасдиқловчи халқаро сертификат.
📌 Имтиҳонни рус тилида топшириш имкониятини бой берманг!
🎓 Халқаро AAOIFI CPSS сертификати билан малакангизни оширинг ва ислом молияси соҳасида ривожланинг.
Маълумот ўрнида, навбатдаги CPSS имтиҳони 9-декабр куни бўлиб ўтади ва имтиҳонга рўйхатдан ўтиш жараёни 7-ноябргача давом етади.
➡️Имтиҳонга рўйхатдан ўтиш ва CPSS имтиҳонини Mezon Ta'lim орқали топшириш учун ҳозироқ @mezontalim_admin орқали мурожаат қилинг. @IslomMoliyasi @MezonTalim @ChiroyliMoliya

🇺🇿 O‘zbekiston allaqachon jahon sporti elitasida Osiyo o‘yinlari yakunlandi. Menimcha, biz hali ham o‘zbek sportida hozir s
🇺🇿 O‘zbekiston allaqachon jahon sporti elitasida Osiyo o‘yinlari yakunlandi. Menimcha, biz hali ham o‘zbek sportida hozir sodir bo‘layotgan o‘zgarishlarning ko‘lamini to‘liq anglab yetganimiz yo‘q. O‘zbekiston — Osiyoda 5-o‘rin. 21 ta oltin medal! Bizdan yuqorida faqat jahon sportining grandlari - Xitoy, Yaponiya va Janubiy Koreya — hamda Hindiston. Qolaversa, 4-o‘rinni Hindiston bizdan so‘nggi kunning o‘zidagina tortib oldi: ular birdaniga 5 ta oltin medalni qo‘lga kiritib, oltinlar soni 21 tadan teng bo‘lgan holda, kumush medallar hisobiga bizdan o‘zib ketdi. Natijaning ko‘lamini tushunish uchun: 2024-yil Parij Olimpiadasida 1,5 milliard aholiga ega Hindiston 71-o‘rinni, O‘zbekiston esa 8 ta oltin medal bilan dunyoda 13-o‘rinni egallagan edi! Men bu Osiyo o‘yinlari natijalarini har kuni, ba’zan kuniga bir necha marta kuzatib bordim. Albatta, eng alam qilgani — aynan so‘nggi kuni 4-o‘rinni boy berganimiz bo‘ldi. O‘zbekistonni Osiyoning tan olingan sport grandlaridan keyingi o‘rinda ko‘rishni juda xohlagandim. Mayli, Hudo hoxlasa, 2028-yilgi Olimpiadada revansh olamiz. Buning ustiga, yana bir tarixiy natija: O‘zbekiston - shaxmat bo‘yicha dunyoda №1! Terma jamoamiz FIDE Shaxmat Olimpiadasida dunyoning eng kuchli shaxmat davlatlarini ortda qoldirib, g‘olib bo‘ldi. Fenomenal natija! Bir o‘ylab ko‘ring: - Parij Olimpiadasida 13-o‘rin. - Osiyo o‘yinlarida 5-o‘rin. - Shaxmat Olimpiadasida 1-o‘rin. Parijdan keyin ko‘pchilik: omad keldi, vaziyat yaxshi tushdi, boks kuchli bo‘ldi... deb aytgandi. Ammo bunday natijalar qayta-qayta takrorlanayotgan bo‘lsa bu endi tasodif emas. Bu tizim. Bu sportga kiritilgan investitsiyalar va, eng muhimi, bugunning o‘zidayoq dunyoning eng kuchlilarini yenga olayotgan yosh iste’dodlarning butun bir avlodi yetishib chiqayotganining natijasi. Va alohida Qozog‘istonlik qardoshlarimiz va qo‘shnilarimizni 🇰🇿 ham tabriklamoqchiman. Bu safar oltin medallar borasida ularga biroz omad yetishmadi, ammo Qozog‘iston Osiyoning eng kuchli sport mamlakatlaridan biri bo‘lib qolmoqda. Sportchilarimizni, shaxmatchilarimizni, murabbiylarimizni va barcha muxlislarni chin dildan tabriklayman! Bu natijalar O‘zbekiston dunyoning eng kuchli sport mamlakatlari qatoridan allaqachon o‘z o‘rnini egallaganini ko‘rsatmoqda. Va bu hali endi boshlanishi. 🇺🇿 @chiroylimoliya www.mufeed.uz

photo content

Ochlik hissidan qo‘rqmang Bugun bir tanishim mendan so‘radi: “Qanday qilib formani ushlab turasiz?” Men aytdim: har xil. Lekin eng oddiy narsalardan biri, ortiqcha yemayman va taxminan haftasiga bir marta ro‘za tutaman. U esa: “Men faqat Ramazonda ro‘za tuta olaman. Ochlik hissini juda yomon ko‘raman. Menga juda noqulay.” Shunda men unga o‘zim ishlatadigan kichik bir “layfxak”ni aytdim. Ochlikni his qilganingizda, uni darrov yoqimsiz, tezda yo‘qotish kerak bo‘lgan holat deb qabul qilmang. Men ba’zida shunchaki ko‘zimni yumib, o‘zimga aytaman: “Hozir organizmim o‘z zaxiralaridan foydalanmoqda. Hozir ortiqcha yog‘larim real tarzda erib erib yoq bopketyapti” Ishoning, bu umuman boshqacha his tuyg'u. Va psixologik jihatdan ochlik hissi darrov boshqacha qabul qilinadi. Siz undan azob chekmaysiz, balki nima uchun bunga chidab turganingizni tushunasiz. Keyin bir muddat o‘tib vazningizni o‘lchab, natijani ko‘ring. Faqat bitta muhim shart bor: kechqurun kun bo‘yi yemaganingizni ikki barobar qilib qoplashga urinmang. Aks holda butun ma’no yo‘qoladi. Albatta, bu shunchaki bitta kichik “layfxak”. Uni universal ozish usuli deb qabul qilish kerak emas. Ro‘zaning eng muhim tomoni, albatta, uning ruhiy va ma’naviy ahamiyatidir. Sog‘liq uchun foydasi esa juda yaxshi qo‘shimcha bonus. LEKIN, yengil ochlik holatining o‘zidan qo‘rqmaslik kerak. Biz har qanday noqulaylikni darrov yo‘qotishga shunchalik o‘rganib qolganmizki, ba’zida kichik ochlikning o‘zi ham g‘ayritabiiy narsadek tuyuladi. Holbuki, 12–15 soat ovqatsiz yurish organizm uchun juda katta biz tasavvur qil olmagan foyda beradi - bu aniq. Ro‘zada menga yana bir narsa juda yoqadi. U iroda kuchini tarbiyalaydi. Siz har bir istakni darrov qondirmaslikni o‘rganasiz. O‘zingizga: “Yo‘q, men kutishim mumkin”, deyishni o‘rganasiz. Menimcha, ayniqsa erkak uchun bu juda muhim sifat. Hayotda hamma narsa siz xohlagan paytda kelavermaydi. Ba’zida sabr qilish kerak. Ba’zida rad etish kerak. Ba’zida noqulaylikdan qochmay, uni xotirjam boshdan kechirish kerak. Shuning uchun men ochlikni faqat yoqimsiz holat deb qabul qilmayman. Ro‘za ruh, tana va xarakterni tarbiyalaydi. @chiroylimoliya www.mufeed.uz