uz
Feedback
MM "MUFEED MOLIYA"

MM "MUFEED MOLIYA"

Kanalga Telegram’da o‘tish

Бизнесда молия чиройли бўлиши лозим, шунда бизнес чиройли бўлади. Молия тўғри бўлиши лозим, шунда бизнес ҳам адолатли, одил бўлади. Канал асосчиси: Хондамир Нусратхўжаев Муаллиф ҳақида: https://telegra.ph/Muallif-haqida-11-09 Боғланиш: @HN_Jed_bot

Ko'proq ko'rsatish
6 669
Obunachilar
+424 soatlar
-237 kunlar
-4930 kunlar
Postlar arxiv
Assalomu alaykum, Yaqinda bir obunachim menga juda qiziq savol berdi. U «Al-Isro» surasida Alloh taolo ayrim insonlarni boshqalaridan ustun qilgani haqidagi oyatni o‘qibdi va mendan so‘radi (aytishicha, bu moliyaviy masala bo'lganiga): «Unda Alloh jamiyatda doimo boylar ham, kambag‘allar ham bo‘lishini xohlaydimi?» Tengsizlikning o‘zi muammo emas. U barcha sivilizatsiya, jamiyat va davrlarda mavjud bo‘lgan. Insonlar hech qachon bir xil bo‘lmagan. Kimdadir tadbirkorlik qobiliyati bor, boshqasida ilmiy salohiyat, yana kimdadir boshqaruv yoki hunarmandchilik qobiliyati kuchli. Kimdir boylik yaratishga intiladi, kimdir esa yo‘q. Kimdir tavakkal qilishga tayyor, boshqasi barqarorlikni afzal ko‘radi. Aynan shuning uchun har qanday jamiyat muqarrar ravishda iyerarxik bo‘ladi. Shuning uchun jamiyatda boy insonlarning mavjudligi avtomatik ravishda tizim adolatsiz yoki korrupsiyalashgan degani, deb hisoblash kamida mantiqsizlikdir. Umuman olganda, tengsizlikning o‘zi yaratilish mazmun va tartibining bir qismidir, adolatsizlik esa yo‘q. Adolatsizlik yashashi tobora og‘irlashib borayotgan insonlar soni muntazam ko‘payib, asosiy manfaatni olayotganlar soni esa, aksincha, tobora kamayib borganda boshlanadi. Bu endi tabiiy tengsizlik emas. Bu adolat va jamiyat ishonchining inqirozidir. Odamlar qiyinchiliklarga, agar ular vaqtinchalik ekanini, umumiy manfaatga xizmat qilishini va bu qiyinchiliklarni jamiyatning barcha qatlamlari birdek boshdan kechirayotganini ko‘rsa, chidashga tayyor. Odamlar yuqoridagilar quyidagilarni unutmaganini ko‘rsa, tengsizlikni ham qabul qila oladi. Ammo ko‘pchilik kambag‘allashib, ozchilik esa har qanday inqirozdan qat’i nazar boyib boraversa… zarar hammaga tegishli bo‘lib, foyda faqat ayrimlarga qolsa… jamiyat muqarrar ravishda savollar bera boshlaydi. Alloh bu dunyoni teng qilib yaratmagan. Lekin, U boylik yaratish, uni adolatli taqsimlash va qayta taqsimlashning butun bir tizimini belgilab bergan. Islomda boylik yaratishning asosi real iqtisodiy faoliyat, ishlab chiqarish va savdo bo‘lsa, biznesdagi axloq, adolat va rahm-shafqat ushbu modelning barqarorligini ta’minlaydi. O‘z navbatida, zakot, sadaqa, meros huquqi, vaqflar va boshqa ijtimoiy institutlar boylikni qayta taqsimlash hamda jamiyatni yagona bir butun sifatida saqlash mexanizmlari bo‘lib xizmat qiladi. Bunda ayrimlarning farovonligi boshqalarning unutilishini anglatmaydi. Agar ushbu mexanizmlar to‘laqonli ishlaganida, mulkiy tengsizlikning o‘zi kamdan-kam hollarda ijtimoiy larzalarning manbaiga aylangan bo‘lardi. Ammo bu endi alohida suhbat uchun katta mavzu. @chiroylimoliya tengsilik tabiy, zulm esa yoq

Ochko‘zlik investorlarning butun bir avlodini qanday yo‘q qiladi: Janubiy Koreyadan O‘zbekiston va barchamiz uchun saboq Hozirgina Reuters va boshqa manbalarda yaqinda Janubiy Koreya fond bozorida yuz bergan voqealar haqida o‘qidim. Rostini aytsam, meni yo‘qotishlarning ko‘lami emas, balki ularning asl sababi ko‘proq hayratga soldi. Minglab yoshlar kredit olib, juda katta moliyaviy yelka (“plecho”) bilan pozitsiyalar ochib, murakkab birja instrumentlarini sotib oldi. Ko‘pincha ular bu vositalar qanday ishlashini ham to‘liq tushunmas edi. Chunki ularning ishonchi bitta edi: bozor faqat o‘sadi. Bozor teskari tomonga burilgach, vaziyat juda tez nazoratdan chiqdi. KOSPI indeksi bir oy ichida qariyb 33% ga qulab tushdi. Citi hisob-kitoblariga ko‘ra, chakana investorlar qariyb 38,7 milliard AQSh dollari (56 trillion von) yo‘qotgan. 360 mingdan ortiq marja (margin) hisobvaraqlari majburiy ravishda yopildi, barcha mablag‘ini yo‘qotganlarning 62 foizi esa 35 yoshdan kichik bo‘lgan. Marja kreditlari hajmi rekord darajadagi 38,6 trillion vonga yetib, majburiy sotuvlarning yanada kuchayishiga sabab bo‘ldi. Reuters maqolasi: https://www.reuters.com/world/asia-pacific/south-korea-may-cap-leveraged-etf-investments-retail-investors-media-reports-say-2026-07-28/ Ammo bu voqeaning asosiy sabog‘i Janubiy Koreya haqida emas. Asosiy saboq inson tabiati haqida. Ochko‘zlik + bilimsizlik + qarz = moliyaviy halokat. Aynan shu ketma-ketlikda. Eng achinarlisi shundaki, bugungi inson haqiqiy aktivlarga egalik qilishni orzu qilishdan tobora uzoqlashmoqda. Ilgari odamlar biznes qurishni, yer sotib olishni, ko‘chmas mulkka ega bo‘lishni, ishlab chiqarishga sarmoya kiritishni va haqiqatan ham qiymat yaratuvchi aktivlarga egalik qilishni istar edi. Bugun esa ko‘pchilik ilovadagi bir tugmani bosib, bir necha hafta ichida boyib ketishni xohlaydi. Ochko‘zlik tafakkurning ufqi va kengligini qisqartirdi. U ratsionallikni siqib chiqardi. Kapital yaratish o‘rniga odamlar taxmin va qimor o‘yinini o‘ynay boshlaydi. Eng xavflisi esa bu o‘yinga qarz mablag‘i bilan kirishdir. Bu O‘zbekiston uchun ham juda jiddiy saboq. Bizda ham shunga o‘xshash holatlar allaqachon ko‘rinmoqda: forex, kriptovalyutalar, cheksiz “signallar”, oson pul va’dalari, moliyaviy yelka bilan savdo qilish. Men shaxsan juda katta mablag‘ yo‘qotgan odamlarni bilaman. Bunga sabab bozor emas edi. Sabab ochko‘zlik edi. Aynan shuning uchun menga islomiy moliyaning falsafasi doimo yoqqan. Ko‘pchilik islom moliyadagi ko‘plab cheklovlar insonning tez boyishiga to‘sqinlik qiladi, deb o‘ylaydi. Aslida esa ular insonni tezda xonavayron bo‘lishdan himoya qiladi. Shuning uchun islomiy moliyada moliyaviy yelka bilan savdo qilish taqiqlanadi. Shuning uchun haddan tashqari noaniqlik va spekulyatsiyaga asoslangan bitimlar man etiladi. Shuning uchun inson o‘zi tushunmaydigan, islom moliyasiga muvofiqlik darajasini va haqiqiy xatarlarini bilmaydigan bitimlarga kirishi mumkin emas. Bu qoidalar boylikni cheklash uchun emas. Ular boylikni saqlash uchun mavjud. Inson kapitalini saqlash va uni ehtiyotkorlik bilan ko‘paytirish islomiy moliyaning asosiy tamoyillaridan biri va uning poydevor prinsiplaridan hisoblanadi. Shu sababli islomiy moliya haqiqiy aktivlarga investitsiya kiritishni, real iqtisodiyotda ishtirok etishni, xatarlarni adolatli taqsimlashni, ongli qarorlar qabul qilishni va uzoq muddatli qiymat yaratishni rag‘batlantiradi. U tez pul ortidan tavakkal va qimor kayfiyati bilan quvishni emas, barqaror boylik yaratishni o‘rgatadi. Janubiy Koreya voqeasi fond bozori haqidagi hikoya emas. Bu ochko‘zlik aql ustidan g‘olib kelganda, qarz boyish vositasiga aylanganda, bilimning o‘rnini esa bo‘sh umid va qimor kayfiyati egallaganda nimalar yuz berishi haqidagi hikoya. @chiroylimoliya odamlarni fond bozori yo‘q qilmaydi. Ularni ochko‘zlik yo‘q qiladi

🏢 Ko‘chmas mulk — kelajakka qilingan eng ishonchli investitsiyalardan biri. Pulni shunchaki saqlash uning qiymatini oshirmaydi. Uni to‘g‘ri aktivga yo‘naltirish esa kapitalingizni nafaqat himoya qiladi, balki vaqt o‘tishi bilan o‘sishiga ham xizmat qiladi. Ko‘chmas mulkka investitsiya qilishning asosiy afzalliklari: ✔️ Aktiv qiymatining vaqt o‘tishi bilan oshib borishi. ✔️ Kapitalni inflyatsiya ta’siridan himoya qilish. ✔️ Ijara orqali qo‘shimcha passiv daromad olish imkoniyati. ✔️ Kelajak avlodlar uchun qimmatli aktiv yaratish. Muvaffaqiyatli investitsiyaning siri esa to‘g‘ri loyiha, ishonchli hamkor va uzoq muddatli strategiyani tanlashdadir. Bugun qabul qilingan oqilona qaror ertangi moliyaviy barqarorligingizning poydevorini yaratadi. 📞 Bog‘laning va mashinani hozir tanlang: +998774802222 +998774809999 🌐 Ijtimoiy tarmoqlar: 📱 Telegram – BELVEST 📱 Instagram – belvest.uz 📱 Sayt – belvest.uz

Ovozli xabar17:10

Assalomu alaykum, aziz do‘stlar! Kichik bir e’lon. Ko‘pchiligingiz so‘nggi uch hafta davomida kanalda deyarli yangi postlar bo‘lmaganini sezgan bo‘lsangiz kerak. Buning sababi oddiy. Iyul oyining oxirigacha vaqtimni to‘liq oilamga hamda bir nechta muhim shaxsiy va oilaviy loyihalarga bag‘ishlashga qaror qildim. Bunday imkoniyat yil davomida atigi bir-ikki marta nasib qiladi. Shu sababli hozir asosiy e’tiborim aynan shunga qaratilgan. Shu bois iyul oyining oxirigacha kanalda yangi materiallar joylashtirish, amaliy keyslarni tahlil qilish va savollarga muntazam javob berish imkonim bo‘lmaydi. Shunga qaramay, imkon qadar shaxsiy xabarlarda yuborilgan savollarga javob berishda davom etaman. Agar masalangiz shoshilinch bo‘lsa, bemalol to‘g‘ridan-to‘g‘ri yozishingiz mumkin. Imkonim boricha yordam berishga harakat qilaman. Hudo xoxlasa, avgustdan boshlab odatdagi faoliyatimga sekin asta qaytaman: yangi materiallar, amaliy keyslar, dolzarb masalalar tahlili hamda islom moliyasining rivojlanishiga oid fikr va muhokamalar bilan yana sizlar bilan birga bo‘laman. Oldinda ko‘plab yangi va yanada foydali materiallar kutmoqda.

🏢 Ko‘chmas mulk — kelajakka qilingan eng ishonchli investitsiyalardan biri. Pulni shunchaki saqlash uning qiymatini oshirmaydi. Uni to‘g‘ri aktivga yo‘naltirish esa kapitalingizni nafaqat himoya qiladi, balki vaqt o‘tishi bilan o‘sishiga ham xizmat qiladi. Ko‘chmas mulkka investitsiya qilishning asosiy afzalliklari: ✔️ Aktiv qiymatining vaqt o‘tishi bilan oshib borishi. ✔️ Kapitalni inflyatsiya ta’siridan himoya qilish. ✔️ Ijara orqali qo‘shimcha passiv daromad olish imkoniyati. ✔️ Kelajak avlodlar uchun qimmatli aktiv yaratish. Muvaffaqiyatli investitsiyaning siri esa to‘g‘ri loyiha, ishonchli hamkor va uzoq muddatli strategiyani tanlashdadir. Bugun qabul qilingan oqilona qaror ertangi moliyaviy barqarorligingizning poydevorini yaratadi. 📞 Bog‘laning va mashinani hozir tanlang: +998774802222 +998774809999 🌐 Ijtimoiy tarmoqlar: 📱 Telegram – BELVEST 📱 Instagram – belvest.uz 📱 Sayt – belvest.uz

Ovozli xabar27:30

Ovozli xabar17:06

Diversifikatsiya siz o‘ylagandek narsa emas... Diversifikatsiya investitsiyaning eng muhim tamoyillaridan biridir. Ammo muammo shundaki, ko‘pchilik investorlar uning asl mazmunini to‘liq tushunmaydi. Bozorlar o‘sayotgan paytda deyarli hamma narsa yaxshi investitsiyadek ko‘rinadi. Aksiyalar o‘sadi, ko‘chmas mulk qimmatlashadi, kriptovalyutalar yuqori daromad ko‘rsatadi. Natijada portfel yaxshi diversifikatsiya qilingandek tuyuladi. Asl diversifikatsiya esa inqiroz davrida namoyon bo‘ladi. Bunday paytlarda: • ayrim aktivlar keskin qadrsizlanadi, boshqalari esa nisbatan barqaror qoladi; • ayrim aktivlar daromad keltirishda davom etadi, boshqalari esa pul oqimini to‘xtatadi; • ayrim aktivlarni tez sotish mumkin bo‘ladi, boshqalarini esa oylar davomida sotish qiyin kechadi. Agar barcha aktivlaringiz bir vaqtda va deyarli bir xil darajada qadrsizlansa, bu diversifikatsiya emas. Bu shunchaki turli xil aktivlar to‘plamidir. Ko‘pchilik yetarlicha e’tibor bermaydigan yana bir muhim omil bor - likvidlik. Likvidlik sizga moliyaviy va muhim qarorlar erkinligini beradi. U yangi imkoniyatlardan foydalanish, kutilmagan xarajatlarni qoplash va qiyin davrlarni aktivlarni arzon narxda majburan sotmasdan o‘tkazishga yordam beradi. Shuning uchun har bir investor kapitalining ma’lum qismini tezda pulga aylantirish mumkin bo‘lgan likvid aktivlarda saqlashi muhim. Ko‘chmas mulk va o‘z biznesi yaxshi aktivlar bo‘lishi mumkin, biroq aksariyat hollarda ular eng nolikvid investitsiyalar qatoriga kiradi. Mablag‘ zudlik bilan kerak bo‘lganda, ularni tez va munosib narxda sotish juda qiyin bo‘lishi mumkin. Shu sababli bugun men o‘zimga: «Menda nechta turli aktivlar bor?» degan savolni emas, balki quyidagi savollarni beraman: • Inqiroz davrida har bir aktiv bilan nima sodir bo‘ladi? • Qaysi aktivlar daromad keltirishda davom etadi? • Qaysi aktivlarni va qanchalik tez sotishim mumkin (darhol, zudlik bilan yoki qisqa muddatda)? • Menda yetarli likvidlik bormi? Haqiqiy diversifikatsiya faqat yaxshi davrlarda emas, balki vaziyat noqulay tomonga o‘zgarganida ham ishlashi kerak. @chiroylimoliya diversifikatsiya va likvidlik

Ovozli xabar19:04

📄 Bilasizmi, xodimlar ish vaqtining qariyb 20 %ni hujjat qidirish va tayyorlashga sarflashadi Bu degani, haftaning bir butun ish kuni faqat qogʻozbozlikka ketmoqda! Ayniqsa, videodagi qahramonimiz kabi "shoshilinch" vaziyatga tushganingizda, bu yo'qotilgan vaqt stress va xatolar evaziga yanada qimmatga tushadi. ▫️ Odatda bunday paytda yurist yoki mutaxassis yordami kerak bo'ladi, lekin ularning javobini soatlab kutishga vaqt bormi? 🤖 Shunday vaziyatda Bitimchi AI yordamga keladi. U bilan soatlab davom etadigan hujjat ishlari va kutishlar 1 daqiqalik aniq natijaga aylanadi. Bitimchi AI — kelishuvdan shartnomagacha bir zumda Hoziroq sinab ko'ring: @bitimchi_ai_bot ▫️ Telegram | Instagram

Islomiy deb taqdim etiladigan 6 ta xato va xavfli tuzilma 1. Tashkillashtirilgan tavarruq Siz shunday bir tovarni “sotib olasizki”, u: - sizga noma'lum; - uni hech qachon ko‘rmagansiz va sotib olishga aniq rozilik bermagansiz; - uni sizga yetkazib berishni talab qila olmaysiz; - uni nazorat qilmaysiz. Natijada: siz 10 olasiz, 11 qaytarasiz. Bu savdo emas. Bu (aksariyat hollarda) bitimlar zanjiri orqali rasmiylashtirilgan foizli qarzdir. Ko‘plab ulamolar buni riboni chetlab o‘tishga urinish deb baholaydilar. 2. Tavarruq asosidagi “islomiy” kredit kartalari Bu o‘sha sxemaning boshqa ko‘rinishi, xolos. Bank sizning nomingizdan tavarruqni amalga oshirib, qarz uchun qo‘shimcha to‘lov olishni asoslashga harakat qiladi. 3. Ba'zi sukuk tuzilmalari Ba'zi sukuklar: - aktivga haqiqiy mulkchilik huquqini bermaydi; - haqiqiy riskni o‘z ichiga olmaydi; - aktivdan real daromadni taqsimlamaydi. Biroq ular oldindan belgilangan “daromad”ni taklif qiladi va da'vo aktivga emas, balki emitentga qaratiladi. Bu investitsiyadan ko‘ra ko‘proq qarzga o‘xshaydi. 4. Bay' al-'ina (qayta sotib olish bitimi) Bu ko‘pincha moliyalashtirishga muhtoj bo‘lgan developerlar tomonidan qo‘llaniladi. Ular aktivni (masalan, yer uchastkasini) investorga "sotadilar" va darhol uni qayta sotib oladilar. Tashqi ko‘rinishda bu savdo. Aslida esa bu aylana bitim: Sohta sotish - sohta qayta sotib olish - qarz bo'lish. Bu yerda haqiqiy savdo ham, risk ham yo‘q. Faqat ustama bilan qarz yaratish mavjud. Mohiyatiga ko‘ra bu riboning ochiq shakli hisoblanadi. 5. Ba'zi “murabaha” platformalari Ba'zi platformalar: - amalda aktivga egalik qilmaydi; - riskni o‘z zimmasiga olmaydi va mulk huquqi o‘tganini hujjatlashtirmaydi; - bitimlarni bir necha soniya ichida amalga oshiradi va haqiqy qabzni ado ettirmaydi. Ular savdo bilan shug‘ullanmaydi, balki moliyalashtirishni tashkil qiladi. Agar risk va egalik bo‘lmasa, haqiqiy savdo ham bo‘lmaydi. 6. Buzib talqin qilingan mudaraba tuzilmalari Ba'zi “mudaraba investitsiyalari”: - investor kiritgan kapital to‘liq qaytmaguncha tadbirkorga foyda olishga ruxsat bermaydi; - loyiha natijasidan qat'i nazar, investor chiqayotganida kapitalning asosiy summasini majburiy qaytarishni nazarda tutadi; - zarar riskini amalda tadbirkor zimmasiga yuklaydi. Bunday holatlarda kapital investitsiyadan ko‘ra qarzga o‘xshab qoladi, chunki investor o‘z kapitalini himoya qiladi, ammo to‘liq tadbirkorlik riskini o‘z zimmasiga olmaydi. Joizlikni tekshirishning oddiy usuli... Arabcha nomini olib tashlang. Agar tuzilma oddiy kreditga o‘xshasa, unda to‘g‘ri savollarni bera boshlang. Islom moliyasi nomlarda emas, mohiyatdadir. Mohiyatni tushunish uchun esa o‘rganish kerak. Aks holda, tashqi ko‘rinishda joiz bo‘lib tuyuladigan, ammo daromadning pokligi haqida shubha, xavotir va savollar qoldiradigan sxemalarga tushib qolish juda oson. @chiroylimoliya baho berishdan oldin, avvalo tushunish kerak

Ovozli xabar20:15

Ovozli xabar18:35

Assalomu alaykum, Xo‘sh, Ilon Maskning boyligi hozir AQSh YaIM-ining taxminan 3% darajasiga teng. Ya’ni AQShning 340 million aholisi ichidan bitta inson (ya’ni u AQSh aholisining taxminan 0.0000000000029% qismi) dunyoning eng yirik iqtisodiyoti yillik hajmining qariyb 3%iga teng boylikni nazorat qiladi. Bu shunchaki Mask haqidagi hikoya emas, balki zamonaviy kapital bozorlarda misli ko‘rilmagan boylik konsentratsiyasi haqidagi hikoyadir. Yana ham qiziq tomoni SpaceX. Uning yillik daromadi 19 milliard dollar atrofida (5 milliard dollar zarar bilan). Bu, albatta, global kosmik sanoatni tubdan o'zgartirgan, Starlink’ni ishga tushirgan va kosmik infratuzilmaning asosiy o‘yinchilaridan biriga aylangan noyob kompaniya. Ammo masala uning buykligida emas, balki uning 2 trillion dollarlik kapitalizatsiyasida...Masalani tushunish uchun: bu kompaniyaning taxminan 100 yillik daromadiga teng !!! Albatta, bunday baho hozirgi biznesni emas, balki investorlarning SpaceX o‘zining barcha eng katta kelajak loyihalarini muvaffaqiyatli amalga oshiradi degan haddan tashqari ishonchini aks ettiradi. Ya’ni SpaceX: - dunyodagi dominant kosmik infratuzilmaga aylanadi; - Starlink’ni bir necha barobar kengaytiradi; - kosmik uchirishlar narxini keskin kamaytiradi; - bugungi kunda deyarli mavjud bo‘lmagan yangi bozorlarni yaratadi. Boshqacha aytganda, kelajakdagi ehtimoli ancha past bo‘lgan (yo'ki juda noaniq) katta muvaffaqiyatning sezilarli qismi allaqachon bugungi narxga “oldindan aksiya narhiga kapitalizatsiya qilingan”. Va aynan shu narsa menda savollar uyg‘otadi. Chunki mening fikrimcha, bu baho mukammal kelajak ssenariysiga qilingan "stavkaga" o‘xshaydi. Ya’ni juda murakkab futuristik loyihalarning ko‘p yillar davomida deyarli mukammal bajarilish ssenariysi. Ya’ni amalda investorlar allaqachon kelajak va mavhum orzuni SpaceX aksiyasining bugungi narhi orqali sotib olishgan. Ammo kutishlar haddan tashqari yuqori va realistik bo‘lmaganda, hatto juda yaxshi natija ham yomon ko'rinishi mumkin. Shuning uchun asosiy savol SpaceX muvaffaqiyatlimi yoki yo‘qligida emas. U allaqachon muvaffaqiyatli. Mening uchun asosiy savol shundaki: bugungi narxga allaqachon kiritilgan kelajakdagi juda katta, ammo noaniq va ehtimoli past muvaffaqiyat qanchalik real? Ya'ni SpaceX aksiyalarga tikkan investorlar kelajakdagi katta mavhumlikni aniq kafolatlaganday kabi... Shuning uchun menga, bu kompaniyaning bahosi biroz absurd ko‘rinadi. 2026-yil 30-dekabr kuni uchun o‘zimga eslatma qo‘yaman. Shunda bir SpaceX aksiyani narhini tekshirib, oraliq xulosalar chiqarish uchun. @chiroylimoliya 2 trillionlik g'urur ?

⚖️ Biznes o‘sgani sayin qog‘ozbozlik ham geometrik progressiyada ortib boradi. ▫️ Shartnomalarni tekshirishga alohida — yuris
⚖️ Biznes o‘sgani sayin qog‘ozbozlik ham geometrik progressiyada ortib boradi. ▫️ Shartnomalarni tekshirishga alohida — yurist, ▫️ Fakturalarni jo‘natishga — yordamchi buxgalter, ▫️ Hamkorlarni o‘rganishga — xavfsizlik xodimi, ▫️ Har bir tranzaksiyadan so‘ng "Xatoga yo‘l qo‘ymadimmi?" degan savolga javob topishga esa — soliq maslahatchisi kerak bo‘ladi. 🤔 Yoki... bularning hammasini Bitimchi AI ga topshirish mumkin. Bitimchi AI — kelishuvdan shartnomagacha bir zumda Hoziroq sinab ko'ring: @bitimchi_ai_bot ▫️ Telegram | Instagram

Nega islomda masalan jahon chempionatidagi futbol o‘yini natijasiga pul tikish taqiqlangan, ammo halol aksiyalarni treydingi mumkin? Axir birinchi qarashda vaziyat juda o‘xshash: - har ikkala holatda ham natija oldindan ma’lum emas; - har ikkala holatda ham foyda qilish mumkin; - har ikkala holatda ham zarar ko‘rish mumkin; - har ikkala holatda ham inson kelajakni taxmin qilishga harakat qiladi. Unda futbolga pul tikayotgan odam bilan aksiya treydingi bilan shug‘ullanayotgan odam o‘rtasidagi asosiy farq nimada? Yoki aslida bunday farq yo‘qmi? Fikrlaringizni izohlarda qoldiring.

Assalomu alaykum, Agar siz biror masalada qat’iy e’tiqodlarga ega bo‘lsangiz, avvalo ular mustahkam va ishonchli bilimlarga asoslanganiga amin bo'ling. Qat’iy e’tiqodning o‘zi fazilat emas. Uning qiymati u qaysi bilimlar ustiga qurilganiga bog‘liq. Eng xavfli holatlardan biri bu bilim sayoz bo‘la turib, ishonchning juda kuchli bo‘lishidir. Bundan ham xavflisi - bilmasdan turib qat’iy ishonchga ega bo‘lish. Undan ham yomoni - noto‘g‘ri bilimlarga asoslangan ishonchdir. Ammo eng xavfli vaziyat shundaki, inson o‘zi bilmasligini ham bilmaydi. Ya’ni jaholat o‘zini bilimdon deb hisoblash bilan qo‘shilib ketadi. Bunday inson izlashdan, savol berishdan, dalillarni tekshirishdan va o‘rganishdan to‘xtaydi. U haqiqatga yopilib qoladi, chunki uni (haqiqatni) allaqachon topdim deb o‘ylaydi. Shuning uchun kuch qat’iy ishonchning o‘zida emas. Haqiqiy kuch bu bilimlaringiz qanchalik ishonchli bo‘lsa, ishonchingiz ham aynan shunchalik bo‘lishidadir. Qat’iy e’tiqodlar mustahkam poydevorni talab qiladi. Aks holda ular kuch manbaiga emas, balki xatolar va hatarlar manbaiga aylanadi. @chiroylimoliya sababli fikrlar

Ovozli xabar21:25

Ассалому алайкум ҳурматли обуначилар!   Бугун сизларнинг эътиборингизга ҳамкасбим, «Ислом молияси» лойиҳаси (@islommoliyasi ва www.islommoliyasi.uz) ҳамасосчиси, Иқтисодиёт фанлари бўйича фалсафа доктори (PhD) Жаҳонгир Имамназаров томонидан тайёрланган 📖«Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар» китобини ҳавола қилмоқчиман.   Жаҳонгир Имамназаров билан бир нечта лойиҳаларни муваффаққиятли равишда амалга оширган одам сифатида, бу инсон ислом молиясини Ўзбекистонда ривожлантиришда, хусусан ислом молиясини халқимизга чиройли ва тушунарли ўзбек тилида етказишда энг фаол ва жонкуяр инсон деб биламан.   “Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар” китоби яна бир жуда ажойиб ва иншааллоҳ халқимиз учун ниҳоятда манфаатли ташаббус бўлди. Ушбу китобда Қуръони каримдаги иқтисодий-молиявий масалаларга доир оятлар ажратиб олиниб, тегишли мавзулар бўйича тартиблаштириб берилган. Бундай қилишдан мақсад — ўқувчиларни молиявий-иқтисодий, шу жумладан, савдо-сотиқ, қарз, закот, садақа, мерос, васият, каффорат каби масалалар Қуръони карим оятларида қандай ёритилгани билан таништириш, ушбу масалаларни чуқурроқ тушунишга ёрдам беришдир. Қайд этиш лозим, бундай китоб илгари на ўзбек тилида ва на бошқа тилларда тайёрланмаган. Шуни ўзи ҳам ушбу китоб нафақат Ўзбекистон, балки дунёдаги нодир китоблар қаторидан жой олиши учун етарли асос, деб ўйлайман. Бу китоб ҳар биримизнинг уйимизда бўлиши керак бўлган китоблардан десам нотўғри бўлмаса керак.