cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

NamMQI iqtidorli talabalari!!!

Ushbu kanal iqtidorli talabalar uchun maxsus yaratildi. Murojaat ITITFTEB boshligʻi D.Akbaraliyev @dtiger_43

إظهار المزيد
Uzbekistan44 770لم يتم تحديد اللغةالتعليم101 350
مشاركات الإعلانات
333
المشتركون
لا توجد بيانات24 ساعات
-97 أيام
-1330 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Photo unavailableShow in Telegram
Oliy ta’lim muassasalarida “Kimyo”, “Biologiya”, “Fizika” hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” fanlaridan o‘tkaziladigan respublika fan olimpiadasi 2024-yilning 10-20-iyun kunlari oralig‘ida tashkil etiladi. ➖ Olimpiada bakalavriat bosqichining tegishli ta’lim yo‘nalishlarida tahsil olayotgan bitiruvchi (4-bosqich) talabalari o‘rtasida o‘tkaziladi. ➡️ G‘oliblar ikki bosqichda saralab olinadi: 1️⃣ nazariy topshiriqlar – 50 ta test, maksimal 50 ball; 2️⃣ amaliy topshiriqlar – tegishli fan bo‘yicha 1 ta topshiriq, maksimal 50 ball. 👉 Ishtirok etish uchun olimpiada.edu.uz platformasida onlayn ro‘yxatdan o‘tiladi. Eslatma o‘rnida, olimpiadada I, II va III oʻrinlarni egallagan gʻoliblar maxsus diplom, esdalik sovg‘alari bilan birga oliy taʼlim muassasalarining tegishli yoʻnalishlari boʻyicha magistratura bosqichiga oʻqishga qabul qilish imtiyoziga ham ega bo‘ladi. Bizni kuzating👇🏻 https://t.me/nammqi_iqtidorli_talabalari
إظهار الكل...
👍 1
Repost from NamMQI rektori
Institutda iqtidorli talabalar bilan ishlash holati muhokama qilindi Institutda iqtidorli talabalar bilan ishlash holatini oʻrganish boʻyicha ishchi guruh tuzilgandi. Bugun ushbu guruhning yigʻilishi boʻlib oʻtdi. Mazkur ishchi guruh iqtidorli talabalar bilan ishlashga masʼul boʻlim faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrganib chiqdi. Ushbu oʻrganish yakunlari yigʻilish davomida batafsil muhokama qilindi. Oʻrganish natijasiga koʻra boʻlim rahbari va xodimlarining faoliyatiga baho berildi hamda tegishli xulosalar qilindi. NamMQI media markazi
إظهار الكل...
👍 1
Repost from WikiStipendiya
Photo unavailableShow in Telegram
Yana Namangandan gapiramiz! 📣 😑 Namangan muhandislik-qurilish institutida oʻzbekcha Vikipediya interfeys adminstratori Shohjaxon Sobirov va Namangan Vikiklubi tomonidan navbatdagi vikitarg'ibot tashkil etiladi. Kerakmi shu? 😡 Ha, kerak! Agar jamoangiz bilan o'zbek tili rivojiga hissa qo'shish orqali katta pul mukofotlari yutib olish imkoni bo'lsa 😎 Barchani taklif etamiz! 📍 NamMQI, 1-bino, 213-xona 🕑 14:00 #bilganingni_ulash Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
👍 1
Repost from N/a
Photo unavailableShow in Telegram
#bilganingni_ulash 🌎“WikiStipendiya qanday loyiha?”, “o‘zi Vikipediya nima?”, “tahrir qanaqa bo‘ladi?”, “bu ham yangi ilmiy jurnalmi?”, “maqolani qanday topshiramiz?” 🌎Savollaringiz ko‘p, lekin qayerdan javob olishni bilmayapsizmi? Sizga biz yordam beramiz! 🌎Namangan WikiClubi tomonidan tashkil etilayotgan ovozli suhbatga qo‘shiling hamda o‘zingizni qiziqtirgan barcha savollarga javob oling! ✅Diqqat, suhbat bugun — 6-aprel soat 21:00 da Namangan WikiClubining Telegram sahifasida bo‘lib o‘tadi! Yodingizdan ko‘tarilmasin 😉 🕊@NamanganWikiClub
إظهار الكل...
👍 2 1🔥 1👏 1
Imkoniyatlar maskaniga marhamat – Telegraph https://telegra.ph/Imkoniyatlar-maskaniga-marhamat-04-01
إظهار الكل...
Imkoniyatlar maskaniga marhamat

Oliy ta’lim tizimi bugungi kunda har doimgidanda yangicha qiyofa kasb etayotgani hech kimga sir emas. Bir necha yillar avval 1-avgust sanasida ommaviy imtihonlar bo‘lib o‘tar, qancha qorako‘z, oddiy aholi oliygohga kirish orzusida yelib yugurgani, tinimsiz o‘qigani ko‘z o‘ngimizda... Hurmatli Yurtboshimiz tomonlaridan tizimda amalga oshirilgan izchil islohotlar natijasida oliygohlar soni qariyb 4 barobar, oliy ta’lim bilan qamrab olish darajasi esa 5 barobar o‘sganini, grantlar soni sezilarli oshganini ko‘rib…

👍 2 2🔥 1🥰 1👏 1
AQSh ta'lim mutaxassisi Namangan muhandislik-qurilish institutida mehmon bo‘ldi Namangan muhandislik-qurilish instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yoʻnalish koordinatori Samandar Siddiqjonov tomonidan tashkillangan tadbirda AQSh ta'lim mutaxassisi Eleanor Barker Qoʻshma Shtatlardagi oliy ta'lim tizimi, USAID loyihasi va qoʻshma ta'lim dasturlari haqida ma'lumot berdi. Tadbirni institut birinchi prorektori Odiljon Jakbarov ochib bergan bo'lsa, institut xorijiy bo'lim rahbari Islomjon Ergashev olib bordi. Tadbir soʻnggida talabalar oʻzlari qiziqtirgan savollarga mutaxasis tomonidan javob oldilar. Xorijiy ta'lim vakillari o'rtasidagi bunday suhbatlar davomli bo'lishi rejalashtirilgan. 📌Rasmiy sahifalarimiz:  Telegram|Facebook|Instagram
إظهار الكل...
⚡️Institutning 9 nafar talabasi “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining Namangan viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi Viloyatda “Mirzo Ulugʻbek vorislari” Respublika tanlovining shahar, tuman bosqichlari yakunlandi. Joriy yil 5-27-mart kunlari barcha shahar va tumanlarida tanlovlar koʻtarinki ruhda tashkil qilindi. Ularda IQ-testdan muvaffaqiyatli oʻtgan jami 400 nafarga yaqin yoshlar innovatsion gʻoya va loyihalari bilan ishtirok etdi. Tanlovning 1-bosqichi natijalariga koʻra, 12 ta hududdan 60 nafar ishtirokchi hayʼat aʼzolarining xulosasiga asosan tanlovning viloyat bosqichiga yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. Ular safida Namangan muhandislik-qurilish institutining 9 nafar talabasi ham bor. Majidov Anvarxon Maxmudxon oʻgʻli — Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 4-bosqich talabasi; Abdugʻaniyeva Zeboxon Umatali qizi — Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 3-bosqich talabasi; Siddiqjonov Samandar Sohibjon oʻgʻli — Iqtisodiyot va boshqaruv fakulteti 2-bosqich talabasi; Mamajanova Latifaxon Aʻzamjon qizi — Transport fakulteti 2-bosqich talabasi; Jumaboyev Diyorbek Bahromjon oʻgʻli—Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 4-bosqich talabasi; Tursunova Barno Himmatulla qizi—Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 1-bosqich talabasi; Shoyoqubov Omadjon Odiljon oʻgʻli—Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 4-bosqich talabasi; Obidjonova Ruxshona Muhriddinjon qizi—Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 1-bosqich talabasi Nasirdinov Nursaid Nurmuhammad oʻgʻli—Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 3-bosqich talabasi Tanlovning 2-bosqichi joriy yil 17-aprel kuni Davlatobod tumanidagi “Yangi Oʻzbekiston – yoshlar ziyo maskani” axborot-kutubxonasida boʻlib oʻtadi.
إظهار الكل...
👍 4🔥 1🥰 1
Photo unavailableShow in Telegram
Namangan muhandislik-qurilish institutida "American Education and culture" loyihasi bo'lib o'tadi. Namangan muhandislik qurulish instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkillanadigan loyiha mehmoni: Qo'shma Shtatlar ta'lim mutaxassisi Elianor Barker Amerika ta'lim tizimiga qizuvchi talabalarimizni loyihada ishtirok etishlarini so'rab qolamiz. Loyiha 29-mart, (juma) kuni soat 11:30 da institutimiz 1-o'quv binosi 213-xonada bo'lib o'tadi.
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Namangan muhandislik-qurilish institutida "American Education and culture" loyihasi bo'lib o'tadi. Namangan muhandislik qurulish instituti Yoshlar ittifoqi boshlang'ich tashkiloti tomonidan tashkillanadigan loyiha mehmoni: Qo'shma Shtatlar ta'lim mutaxassisi Elianor Barker Amerika ta'lim tizimiga qizuvchi talabalarimizni loyihada ishtirok etishlarini so'rab qolamiz. Loyiha 29-mart, (payshanba) kuni soat 11:30 da institutimiz 1-o'quv binosi 213-xonada bo'lib o'tadi.
إظهار الكل...
🚀Mirzo Ulugʻbek vorislari tanlovining Namangan shahar bosqichi boʻlib oʻtdi 🤩Respublika miqyosida Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Ulugʻbek jamgʻarmasi hamkorligida tashkil etib kelinayotgan "Mirzo Ulugʻbek vorislari" tanlovining tuman bosqichlariga start berildi. 👨‍🎓Bugun tanlovning Namangan shahar bosqichi boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi shundaki, tanlovning viloyat bosqichiga Sanoatni axborotlashtirish fakulteti 3-bosqich talabasi Nasirdinov Nursaid yoʻllanmani qoʻlga kiritdi. 👏Talabamizga keyingi bosqichlarda ham omad va zafarlar tilaymiz! https://t.me/nammqi_iqtidorli_talabalari
إظهار الكل...
👍 1🔥 1