cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

NamMQI_Prorektori (tadbirlar kanali)

NamMQI 1-prorektori kanaliga XUSH KELIBSIZ! Takliflar: @O_Jakbarov_bot YOUTUBE: https://www.youtube.com/channel/UC10Jrd0Ch5jktybHxdHC_Fg FACEBOOK: https://www.facebook.com/profile.php?id=100014329812498

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 717
المشتركون
-324 ساعات
-117 أيام
-3830 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Institutda Namangan viloyati Yosh turizm elchilari kengashi aʼzolari va volontyorlar uchrashuvi bo'lib o'tdi Joriy yilning 10-iyul kuni Oʻzbekiston Respublikasi Yosh turizm elchilari kengashi raisi Komiljon Suyarov hamda Namangan viloyati Turizm boshqarmasi tomonidan Namangan viloyati Yosh turizm elchilari kengashi aʼzolari va volontyorlar uchrashuvi o'tkazildi. Uchrashuv davomida turizmning ushbu tarmogʻini yanada rivojlantirish va bu yondashuv orqali yoshlar turizmini ommalashtirishga qaratilgan taklif va mulohazalar bildirildi. Namangan viloyati Yosh Turizm elchilari kengashiga avgust oyida boʻlib oʻtadigan "Yoshlar Kelajak bunyodkorlari" 3-xalqaro Qurultoyi boʻyicha maʼlumotlar va dasturga oid topshiriqlar berildi. NamMQI media markazi
إظهار الكل...
1
#NamMQI #Qurilish fakulteti Qurilish fakulteti “Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji” kafedrasi katta o‘qituvchisi Xaydarov Sherzod Ergashaliyevich Namangan shaxar Yangi Namangan tumani Axsikent MFY Charos ko‘chasida joylashgan ARXDIZAYNLOYIHA MCHJ da stajirovka o‘tash jarayonida.
إظهار الكل...
👍 1
02:11
Video unavailableShow in Telegram
МОНОМАРКАЗ - ИМКОНИЯТЛАР МАСКАНИ!
Қисқа муддатли касб-ҳунар ҳамда хорижий тил курслари айнан сиз учун. Энг асосийси бепул ўқиш имконияти ҳам мавжуд. Батафсил ролик орқали танишинг.
🗺Манзил: Наманган шаҳар А.Хўжаев кўчаси 39-уй ➡️Мўлжал: Корзинка биноси ортида 📞Телефон: +998692260711 ©️Наманган шаҳар "Ишга марҳамат" мономаркази матбуот хизмати
إظهار الكل...
MONOMARKAZ.mp426.12 MB
01:39
Video unavailableShow in Telegram
⚡️Ham zamonaviy ham yaxshi daromad olish mumkin bo'lgan kasblar haqida bilasizmi? Bu video aynan shu haqida. Monomarkazda tashkil etilgan Raqamli texnologiyalar bo'limidagi yo'nalishlardan birida o'qib, qisqa fursatda daromadli kasblardan birini egasiga aylanishingiz mumkin. 🗺Manzil: Namangan shahar A.Xo'jayev ko'chasi 39-uy 🏢Mo'ljal: Davlat xizmatlari binosi ortida 📞Telefon: +998692260711
©️Namangan shahar "Ishga marhamat" monomarkazi matbuot xizmati
Telegram | Facebook | Youtube | InstagramI
إظهار الكل...
0705(1).mp427.22 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
📣DIQQAT! DIQQAT!📣 ❗️Iqtidorli talabalar hamda magistrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari tanlovi uchun hujjatlar qabuli boshlandi 🇺🇿OTM bosqichi tanlovida hujjatlar quyidagi mezonlar asosida qabul qilinadi: ✅1.Sinov daftarchasidan ko'chirma (fakultet dekani tomonidan tasdiqlangan holatda) ✅2.Dekanat tavsiyanomasi ✅3.Ilmiy rahbarining xulosasi ✅4.Ilmiy ishlar ro'yxati (tasdiqlangan holatda) ✅5.Qo‘shimcha yutuqlar ro‘yxati tasdiqlangan holatda (turli tanlov va olimpiadalarda erishilgan yutuqlar) ✅6.Ilmiy-ijodiy ishlarning bosma nusxalari ✅7.Pasport nusxasi ✅8.Ma’lumotnoma (obyektivka) 📆Hujjatlarni qabul qilishning oxirgi muddati: 15-iyul ⏳Soat 14:00 ga qadar Murojaat uchun: Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish boʻlimi ✍@dtiger_43 ☎️ +998942707989 🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti hamda nomdor davlat stipendiyalari NIZOMI https://t.me/nammqi_iqtidorli_talabalari
إظهار الكل...
Institutda muhandislik texnika fan tarmog'idagi ixtisosliklar bo‘yicha tadqiqotchilarining faoliyati samaradorligi monitoringi o'tkazildi Avval xabar berganimizdek, institutda tadqiqotchilarning faoliyati samaradorligi monitoringi o‘tkazib kelinmoqda. Monitoringda institut rektori Sharifjon Ergashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dilshod Abduvaxobov, tegishli kafedra mudirlari va komissiya a'zolari hamda doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdi. Tasdiqlangan reja-jadval asosida har bir doktorantning yakka tartibdagi rejasi doirasida 2024-yilning dastlabki 6 oyi bo‘yicha faoliyati samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishi rejadan ortda qolayotgan doktorantlarning tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida ilmiy rahbarlari va mas’ul kafedra mudirlari ishtirokida maqsadli reja-ko‘rsatkichlar belgilab olindi. NamMQI media markazi
إظهار الكل...
👍 1
02:43
Video unavailableShow in Telegram
🛡#cybermonth 👮‍♀️ Наманган вилоятида "Кибермаданиятни юксалтириш ойлиги" доирасида Норин туманида жамоатчилик фаоллари томонидан аҳолига "Кибермаконда содир этилаётган жиноят турлари" ҳақидаги тарғибот-ташвиқот тадбирлари олиб борилмоқда. 🌐 Telegram |▶️ Youtube |🌐 Instagram
إظهار الكل...
video_2024-07-05_14-47-019.mp416.82 MB
👍 1
Institut rektorining 2024-yil 18-maydagi 168-U sonli buyrug‘iga asosan “Umumtexnik fanlar” kafedrasi stajyor-o'qituvchisi S.Mamasoliyeva 2024-yil 24-iyundan 4-iyulgacha Namangan muhandislik-texnologiya institutining “Umumtexnika fanlari” kafedrasida qisqa muddatli stajirovkada bo'lib qaytdi. Stajirovka davomida “Umumtexnika fanlari” kafedrasi mudiri dots. Aliyev Botirjon Tohirjonovich va kafedra jamoasi bilan birgalikda o'quv va ilmiy ishlanmalar bilan yaqindan tanishib chiqdi. Kelgusida kafedralar birgalikda ilmiy tadqiqot ishlarini bajarishda hamda o'quv-uslubiy materiallarni tayyorlashda hamkorlikni yo'lga qo'yishni kelishib olishdi.
إظهار الكل...
🔥 1
Institut magistranti yana gʻoliblar safida... Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tashabbusi bilan yosh qalamkashlarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan Respublika yosh ijodkorlarining anʼanaviy Zomin seminari yoʻlga qoʻyilgan. Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari federatsiyasi, Jizzax viloyati hokimligi, Xalq banki va bir qator mutasaddi tashkilotlar hamkorligida 3-5 iyul kunlari seminarning joriy yilgi mavsumi boʻlib oʻtdi. Quvonarlisi, Namangan muhandislik-qurilish instituti Bino va inshootlar kafedrasi magistranti Ahmadjon Muxtorjonov hududiy va mintaqaviy bosqichlar gʻolibi sifatida seminarda ishtirok etdi. Taniqli yozuvchi va shoirlar, maʼsul vakillar ishtirokida boʻlib oʻtgan taqdirlash marosimida gʻolib ishtirokchilar maxsus statuetka, sertifikat, pul mukofotlari va qimmatbaho esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandi. Talabamizning keyingi faoliyatiga ham omad va zafarlar tilaymiz!
إظهار الكل...
1🔥 1
Institutda doktorantlar faoliyati samaradorligi monitoringi o'tkazildi Monitoringda institut rektori Sharifjon Ergashev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Muhammadjon Dadamirzayev, Ilmiy-tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i Dilshod Abduvaxobov, tegishli kafedra mudirlari va komissiya a'zolari hamda doktorantlar va ularning ilmiy rahbarlari ishtirok etdi. Muloqot davomida doktorantlarning yakka tartibdagi rejasi 2024-yilning dastlabki 6 oyi bo‘yicha faoliyat samaradorligi o‘rganildi. Shuningdek, ilmiy-tadqiqot ishi rejadan ortda qolayotgan 3-kurs doktorantlarning tadqiqot ishlarini yanada jadallashtirish maqsadida ilmiy rahbarlari va mas’ul kafedra mudirlari ishtirokida maqsadli reja-ko‘rsatkichlar belgilab olindi. NamMQI media markazi
إظهار الكل...
أرشيف المشاركات
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.