cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

NamMQI_Rasmiy | YANGILIKLAR

Namangan muhandislik-qurilish instituti rasmiy sahifasi ✅ Rasmiy saytimiz: www.NamMQI.uz

إظهار المزيد
Advertising posts
2 470المشتركون
-224 hour
-157 يوم
-6830 يوم

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

#Video NamMQI media markazi taqdim etadi: “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasidagi adabiyot bayrami talabalar turar-joyida.
إظهار الكل...
Qurilish faultetida yana bir dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtdi Institut huzuridagi ilmiy daraja beruvchi PhD.03/01.04.2023.T.90.02 raqamli ilmiy kengashning 05.09.05–“Qurilish materiallari va buyumlari” ixtisosligi boʻyicha Fargʻona politexnika instituti tayanch doktoranti Ahadjon Ahmedovning “Oʻzbekiston sharoitida yuqori deformatsiyaga chidamli modifikatsiyalangan asfalt-beton qoplamalar” mavzusidagi texnika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya ishi himoyasi boʻlib oʻtdi. Himoyaga NamMQI rektori Sharifjon Ergashev tashrif buyurib, ilmiy kengash ishiga muvaffaqiyat tiladi. Dissertatsiya himoyasi NamMQI 7-oʻquv binosida tashkil etildi. Unda Qurilish fakulteti olimlari, doktorantlari, soha olimlari hamda mehmonlar ishtirok etdi. Mazkur himoya sohadagi va mazkur ilmiy kengashda koʻrilgan ikkinchi himoya boʻlganligi barchani quvontirdi. Dissertatsiya ishi muhokamasida juda koʻp savol-javoblar boʻlganligi mavzuning dolzarbligidan dalolat beradi.
إظهار الكل...
👍 1
#marafon "Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz!" Bugun mamlakatimizning 16 ta shahrida "Bir Vatanda, bir vaqtda, bir masofaga, bir maqsadda birga yuguramiz" shiori ostidagi “Yangi nafas” ommaviy yugurish marafoni o'tkazildi. Mazkur marafonda Namangan muhandislik-qurilish instituti rahbariyati, mas'ullari va talaba-yoshlari faol ishtirok etdi. NamMQI media markazi
إظهار الكل...
👍 1
#Video NamMQI media markazi taqdim etadi: Institutda “Maʼrifat ulashib” loyihasi doirasida boʻlib oʻtdgan adabiyot bayrami.
إظهار الكل...
1
Qirgʻiziston Xalqaro innovatsion texnologiyalar universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolandi Qirgʻiziston Xalqaro innovatsion texnologiyalar universiteti rektori, professor Ulugʻbek Begaliyev Namangan muhandislik-qurilish institutiga keldi. Mehmon bu yerda NamMQI rektori Sharifjon Ergashev bilan uchrashdi va muloqotda boʻldi. Rektorlar tomonidan oliy taʼlim muassasalari oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolandi. Ushbu hujjatda taʼlim va ilm-fan sohalarida hamkorlik aloqalarini oʻrnatish masalalari koʻzda tutildi. Memorandumni imzolash jarayoni NamMQI 7-binosida boʻlib oʻtdi. Tadbirda Qurilish fakulteti mutasaddilari ishtirok etdi.
إظهار الكل...
👍 1 1
إظهار الكل...
"Qo‘rqma" | Film

"Qo‘rqma" filmi "Mutolaa" loyihasining kitob-kino yo‘nalishida suratga olingan bo‘lib, 2021-yil O‘zbekistonning bestseller kitobi Javlon Jovliyevning "Qo‘rqma" romani asoslanadi. Rejissyor Erkin Bozorov, operator Samijon Sunnatullayev, rollarni Erkin Bozorov, Yusuf Fayziyev, Abbos Yo‘ldoshov, Dilshoda Jo‘rayeva ijro qilgan. "Mutolaa" loyihasi o‘zbek adabiyoti targ‘iboti uchun "Kito-kino" yo‘nalishida filmlar suratga olishda davom etadi.

NamMQI talabalar turar-joyida "Qo‘rqma" filmi premyerasi bo'lib o'tdi Talabalar yozuvchi Javlon Jovliyevning shu nomli romani asosida olingan filmni zo'r qiziqish bilan tomosha qildi. Film Respublika bo'ylab bir vaqtda qo'yildi va minglab talabalar uning ilk tomoshabiniga aylandi.
إظهار الكل...
NamMQI media markazi taqdim etadi: Institut vakillari Pop tumanida maktablar mutasaddilari va bitiruvchilar bilan uchrashdi.
إظهار الكل...
NamMQI media markazi fotogalereyasi: Institut vakillari Pop tumanidagi maktablar bitiruvchilari bilan uchrashdi.
إظهار الكل...
أرشيف المشاركات