cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

مشاركات الإعلانات
21 038
المشتركون
+424 ساعات
+1587 أيام
+1 19730 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Men energetiklar nega bunday qimmat xato qilishayotganini tushunaman, chunki ularga notoʻgʻri maqsad qoʻyilgan. Agar maqsad nima boʻlsa ham enerergoresurslarni isteʼmolchilarga yetkazib berish boʻlsa, eng oson yoʻli — hamma qiymat ishlab chiqarayotganlarni energiyasini oʻchirib qoʻyish, shunda “yetkazsa boʻladi”. Lekin buni natijasida butun qiymat topayotgan va yaratoyotgan iqtisodiyot oʻladi. Shuning uchun ham, aytmoqchi, mavsumlarda, gʻisht zavodlardan yoki issiqxonalardan gazni ochirish juda ham mantiqsiz bir gʻoya deb oʻylayman. Issiqxonachi gazga toʻlab, pomidorini sotsin, albatta pomidorni qoʻshimcha qiymati oʻsha taʼminlanadigan tabiiy gazdan koʻp. Gazga toʻlasin va foydasini qilsin. Shunda hamma foydada boʻladi — ham energetik kompaniya sotgan energiyasi uchun foyda oladi, ham ishlab chiqaruvchi, gʻishti uchunmi, pomidori uchunmi pulini toʻlab foyda qiladi, qiymat yaratadi. Bu oʻsishni jazolovchi, iqtisodiy taraqqiyotni jazolovchi qaror ham — katta xato.
إظهار الكل...
Energetika vazirligi qilmoqchi boʻlgan narsa — juda qimmat xato. Ularni aytishicha agar yuridik shaxslar qandaydir “limit”dan koʻproq energiya sarf qilsalar, ortiqcha ishlatilgan energiyaga ikki barobarlik “jarima” solinar ekan. Esingizda boʻlsa, shunga oʻxshaganroq gʻoya bilan jismoniy shaxs isteʼmolchilarga narxni belgilashgan edi. Oʻsha gʻoya bilan bunisini orasida nima farq bor? Va nega bunisi katta xato? Juda oddiy: jismoniy shaxslarga yetkazib berilayotgan energiya juda katta subsidiyalashgan narxda beriladi, ishlab chiqarish xarajatlaridan bir necha barobar arzon narxda beriladi. Buning sababi: moliyaviy qiynalganroq qatlamdagi insonlarga davlat tomonidan sal yordam boʻlishi uchun. Isteʼmolni “ijtimoiy norma” deb atalgan limitdan koʻproq qilsalar narx oshar edi, oʻsha oshgan narx ham xarajatlarni mutlaq qoplamasa-da, qandaydir maʼnoda subsidiyani daromadi koʻproqlarga kamroq berishda edi. Bu yerda faraz shuki, koʻproq energiyani isteʼmol qiladiganlar odatda boyroq va ularga “ijtimoiy narxlarda” bir necha barobar arzonga elektrni boshqa soliq toʻlovchilar hisobga taʼminlash xato edi. Yuridik shaxslarga taaluqli bu gʻoyada esa — mantiq mutlaq xato. Chunki birinchidan, shundoq ham yuridik shaxslar toʻlaydigan narx xarajatlardan yuqoriroq. Yaʼni mantiqan, yuridik shaxslar ishlatgan har bir kilovatt energiyadan, energetik kompaniyalar foyda olishadi. Jismoniy shaxslarda teskarisi, har bir uyda yoqilgan kilovatt soat svet uchun davlat — yaʼni soliqtoʻlovchilar orasidagi farqni kompensatsiya qilishadi. Yuridik korxonalarda esa teskarisi — qancha koʻp yoqishsa — shuncha foyda. Lekin bu qarorni asli eng yomon tarafi iqtisodiy shikastida. Oʻzbekistonda katta muammolardan biri — bu oʻrtacha firmani kichikligi. Yaʼni bizda, boshqa mamlakatlardan farqli oʻlaroq, korxonalarni nufuzi ortishi juda qiyin masala. Oʻrtacha korxonada taxminan bir kishi ishlaydi. Ochilgan korxonalar kichik boʻlib qolib ketadi. Buni sabablari koʻp va bu haqida batafsilroq podkastda gaplashganmiz, tavsiya qilaman. Maʼno shundaki, iqtisodiy ahvolimizni ayanchliligini sabablaridan biri — korxonalar kengayishi juda cheklangan. Endi energetiklar taklif qilayotgan qaror orqali — kengayish, umuman olganda juda ham qiyin va qimmat jarayonga aylanib qoladi. Tasavvur qiling, siz bir endi ochilgan korxonasiz. Kichik korxonasiz deylik, sizdagi hajm yiliga 10 foiz yoki balki 50 foizga oshar. Axir siz endi katta boʻlyapsiz. Sizdagi ishlab chiqarish hajmi yiliga 50 foizga oshsa, xuddi shunday energetikaga boʻlgan talab ham 50 foizga oshadi, endi energetikalar nima deyishyapti, agar sizni korxonada energetik isteʼmol 10 foizga oshsa ham, har bir kilovatt uchun ikki barobar qimmatroq toʻlar ekansiz. Yaʼni bu qarorni eng yomon tarafi, endi oʻsayotgan, hali isteʼmolini rejalashtirishni koʻrish qiyin boʻlgan va tez oʻsayotgan korxonalarga nisbatan katta jazo. Qandaydir maʼnoda, mavjud lekin oʻsmayotgan korxonalar uchun normal narsa boʻlsa, yangi tashkil qilayotganlar uchun yoki xudo saqlasin tez oʻsayotganlar uchun jazo. Chunki agar ishlab chiqarish hajmi tushib borsa yoki yillab oʻsmasa, unda oʻsha korxonalarga bu qarorni taʼsiri boʻlmaydi. Yaʼni jismoniy shaxslarga qoʻllanayotgan tariflar bilan ikki farqi bor, birinchisi bu hozirni oʻzida ham yuridik shaxslar toʻlaydigan narx xarajatlardan baland va bu foyda boʻlishi kerak, ikkinchidan — dinamika yoki oʻsish uchun jazo. Firmani kengaytirmaslikka, yoki firmani boʻlib tashlashga (agar qila olsa) ragʻbat.
إظهار الكل...
01:03
Video unavailableShow in Telegram
Gaydar katta odam edi, katta olim. Kitoblari ham, yozgan maqolalari ham bir olam. Rosa ko’p narsa o’rgansa bo’ladi. Juda noyob xislatlarni o’z ichiga olgan olim edi. Kamdan kam, hatto eng buyuk olimlarda ham bunday kenglik va chuqurlik birdaniga mavjud bo’ladi. Yigirma bir yil oldingi bir intervyusidan parcha.
إظهار الكل...
Bu savolni berishimni sababi, albatta bunday narsada siyosatni ham oʻrni yoʻq emas. Rossiya energetikasidan Yevropa deyarli butunlay voz kechdi — buning uchun toʻlaqonli Yevropadagi urush sababchi boʻldi. Qachondir Germaniya Rus energetikasi arzon deb, siyosiy hisob kitoblarga pisand qilmasdan faqatgina iqtisodiy hisobga tayanib qaror qilgan edi va bu qarori anchayin qimmatga tushdi. Lekin bizdek ancha kichik mamlakat uchun, AESda asosiy pudratchi Rossiya davlati va davlat korxonasi boʻlishi juda katta savol boʻlishi kerak. Qandaydir maʼnoda agar Yaponlar va Ruslar bir xil narxga taklif berishsa — Yaponlarni tanlash kerak degan boʻlar edim, narxi bir xil boʻlsa ham, har holda, siyosiy risklari ancha kam. Urushi hali ham tugagani yoʻq va yangi sanksiyalar kiritilsa — masalan, bizdagi stansiya va uning isteʼmolchilari — Oʻzbekistonliklarga asoratlari ham, menimcha hali ham ochiq savol. Bundan tashqari hozirgi kunda Oʻzbekiston oʻz energetikasini modernizatsiya uchun olayotgan mablagʻlar asosan gʻarbiy yoki gʻarb boshchilik qiladigan moliyaviy institutlardan kelmoqda. Bu tashkilotlarni barchasi Rossiyaga sanksiya qoʻllashgan. Endi birgina AESni deb butun boshli energetik tizimni modernizatsiyasi uchun texnologiyalar va mablagʻni olish manbasi yoʻq boʻlib qolishi xavfi mavjudmi? Bilmadim, lekin albatta juda koʻp tafakkur qilib qaror qabul qilish kerak boʻlgan masala. Xohlaymizmi, yoʻqmi, urush koʻp narsani oʻzgartirib yubordi. Xitoy moliyaviy tizimi ham, gʻarbiy sanksiyalarga amal qilib — Rus tranzaksiyalarni bloklashi Xitoy uchun toʻgʻri qaror edi. Bizga ham saboqdir shu. Ruslar qilayotgan urushni asoratlaridan biri — ilgʻor texnologiyalardan kesilishi — bu ham AESga taʼsir oʻtkazadimi? Rivojlangan dunyoni oxirgi texnologiyalarisiz qurilgan AES, albatta yaxshi boʻlmaydi, bu ham, menimcha faktor. AES qurilishi, bizdagi boshqa loyihalar uchun texnologiyani olib kelishga toʻsiq boʻlmaydimi? Oʻzbekistonga energetik texnologiyalar sotayotgan AirProductsmi, yoki Siemensmi oʻsha texnologiyalar ertaga mamlakatimizda faoliyat olib borayotgan Rosatomga tushib qolishidan qoʻrqib, sotilishi cheklansa — bu risklarni qanchalik hisobga olganmiz Rosatom bilan ishlab?Bular katta savollar. Xulosam shuki, atom elektr stansiyasi qurilishini juda chuqur oʻylash kerak. Uning atrofidagi xarajatlar qancha va kim tomonidan toʻlanishi, xalq boʻynida oʻlpon boʻlib qolmasligi haqida mulohazalar kerak, menimcha hukumat ancha shaffofroq ishlashi kerak. Elektr sotilishi shartlari va kontraktni barcha detallari ochiqlanishi kerak. Bozorni oʻrganishimiz va boshqa alternativa boʻla oladigan barcha takliflarni koʻrib chiqishimiz kerak. Bu muhim strategik qaror boʻlgani uchun, parlament aʼzolari ham bu narsaga ovoz berishlari kerak. Chunki bu faqatgina energetika vazirligida qabul qilinadigan texnik bir vazifa emas, balki siyosiy asoratlari, strategik asoratlari bor qaror. Hamma xavf xatar va foydalari oʻrganib chiqilib jamoatchilikka taqdim etilishi kerak, shunda qaror toʻgʻri boʻlsa, oʻylaymanki Oʻzbekistonliklar yangi yashil energetika manbasini boʻlishiga qarshilik qilmaslar. Balki buni Yaponlar qurar, balki oʻzimizni uran boʻlgani uchun ishlab chiqish xarajatlari pastroq boʻlar shu kabi barcha detallar bilan tashishimiz kerak. Men AES gʻoyasi toʻgʻri boʻlishi mumkinligiga ishonaman. Chunki bu ancha xavfsiz va yashil texnologiya. Lekin aynan hozir va aynan Rossiya bilan ishlashning iqtisodiy va siyosiy hisob kitoblari ochiq boʻlishi kerak deb oʻylayman. Shunda mulohaza toʻgʻri boʻlar edi. Menimcha. https://t.me/muhrim2022/2656
إظهار الكل...
Аъзамхўжаев

Ёзда қурилиши бошланармиш. Хўп, АЭС керакдир, лекин “кам қувватли АЭС”нинг нима кераги бор — шунча овора бўлиб қурганга яраша у-бу кам-кўстимизни тўлдирадигани қурилмайдими? Нега Россия билан қуриш керак буни, нега бир очиқ танлови, тендери йўқ? Нега бунинг нархи эълон қилинмаган? Бурнинггача қарзга ботиб ётган бўлсанг, қайси пулингга қурасан? АЭСни қўя турайлик, тўғонларинг қўшниларни сувга бўктирадиган бир давлат сифатида ўша қўшниларнинг розилигини олганмисан? Қанақасига ёздаёқ қурилиши бошланади — номига бўлса ҳам халқ билан маслаҳатдашилмайдими? Нега Жиззахда қуришингни, нега ёздаёқ қурилишни бошлашингни, нега айнан Россия билан, нега айнан кам қувватли АЭС қурмоқчи эканингни сани пул билан таъминлаб турган халққа тушунтирмайсанми? Ўзбекистонда Россия АЭСи қурилмасин! Бир ўзбекистонлик сифатида ман бу лойиҳага тўлиқ қаршиман!

Atom elektr stansiyasi haqida diskussiyada, menimcha, sal koʻproq mulohaza qilganimiz darkor. Tabiiyki, Oʻzbekistonga elektr energiyasi kerak, energetika qancha arzon va koʻp boʻlsa, farovonlik va rivojlanish uchun shuncha yaxshi. Lekin bizda muammo elektr va energetika sohasini islohot qilmaganimizda, qandaydir stansiya mavjud yoki mavjudligida emas. Hozirgi holda ham, hech qanday AESni siz ham elektrni import qila olamiz, yoki uni ishlab chiqarish uchun yoqilgʻini import qila olamiz, buni ustiga ancha normal narxlarda quyosh energiyasini ishlab chiqaradigan korxonalarni jalb qila olamiz. Demak “svet yoʻqligi” muammosi — sunʼiy yaratilgan va notoʻgʻri boshqaruv va elektr energiyadagi siyosatni mevasi, AES qurilishi yechib beradigan bir texnologik bir muammo emas. Atom energiyasiga kelsak — bu qaror birinchi oʻrinda iqtisodiy maqsadga muvofiq yoki yoʻqligini bilib olishimiz kerak. Masalan, uni qurish uchun necha pul hukumatimiz beradi? Boshqa moliyaviy manbalar, jumladan davlat qarzi hisobidan moliyalashtiriladimi va eng asosiysi, davlat qurayotgan boʻlsa, bu narsa Oʻzbekistonliklarga qanchaga tushadi? Barcha davlat va nodavlat moliyaviy manbalardan ishlatilishi koʻzda tutilgan summalar toʻliq va mutlaq ochiqlanishi kerak. Bu fiskal talab qomusimizda ham belgilangan. Bundan toʻrt yil oldin hozirgi energetika vaziri bilan suhbatimizda bu savolni soʻragan edim lekin bu “sir” boʻlgani uchun, aytmagan edilar. Menda bu raqamlar ochiqlanmasligiga falsafaviy maʼnodagina emas, balki konstitutsiyaviy maʼnoda ham eʼtirozim bor. Sir yoki “tijoriy sir” juda bir tor maʼnoda ishlatiladigan narsa — fuqaroviy loyihalar uchun davlat pulini xarajati, tabiiyki sir boʻlishi notoʻgʻri. Akkuyu qurilganida, Turkiyaliklar ularga Ruslar qurib berayotgan AES narxini aniq bilishgan. Lekin muhimroq tomoni, bitimda boshqa shartlar ham bor, yaʼni stansiyani narxidan ham muhimroq shartlar. Oʻshalarni gapirishimiz ham kerak. Stansiyani kim boshqarishi, qanday narxda elektr energiya sotilishi — juda muhim. Turkiyada Rossiya toʻliqligicha oʻz hisobidan qurilish qilib, energiyani bir 1 kilovatt soati uchun 12.5 sentlik bitim qilgan. Bizga agar xuddi shu shartlar berilsa olishimiz kerakmi degan oʻrinli savol bor. Hozirgi kunda, Oʻzbekistonda bundan arzonroq generatsiya matbaalari bor boʻlsa, qimmatroq atom energetikasi qanchalik zarur? Bilasiz, 12.5 sentdan agar Oʻzbekiston sotib olsa (shartlarni bilmayman, shartli shunday boʻlsa deyapman) — bu 1500 soʻmdan koʻp, hozirgi sotilish narxidan ham ancha baland, bundan bir necha oy avval, boshqa manbalardan generatsiyani 1000 soʻm atrofida deyotgan edi hukumat. Agar aynan shunday boʻlsa, AES iqtisodiy maʼnoda bizga pulni iqtisod qiladimi yoʻqmi? Ikkinchi narsa, bu hamma davlat xarajatlariga taaluqli, lekin ayniqsa bunday katta va muhim. Pudratchini tanlash. Rosatomdan boshqa korxonalar tender ishtirok etishganmi? Fransiya, Yaponiya kabi mamlakatlarda atom energetikasi oʻta rivojlangan, ular ham juda zoʻr stansiyalar qurishadi, ularni korxonalari qanday taklif berishgan bizni hukumatga? Nega aynan Rosatom?
إظهار الكل...
Миролим эринмай, 2024 йилги битирувчилар учун табрик ва тилаклар тўплади. Бу йил битирувчиларга мурожаат қилганлар орасида болалар омбудсмани Сурайё Раҳмонова, олий таълим вазири Қўнғиротбой Шарипов, Асахий раҳбари Фируз Аллаев кабилар бор. Энг кўп берилган маслаҳат - тил ўрганинглар, китоб ўқинглар ва саёҳат қилинглар. Ҳеч бўлмаса, қўшни маҳаллага, қўшни мавзега бўлса ҳам. Аввалги йилларда муфтий Нуриддин домла, иқтисодчи Беҳзод Ҳошимов, футболчи Элдор Шомуродов, шарҳловчи Даврон Файзиев, (ҳозир) ёрдамчи Саида Мирзиёева, қўшиқчи Севара Назархонлар ҳам битирувчиларга мурожаат қилганди.
إظهار الكل...
2024 йил битирувчиларига мурожаат

Конгратбай Шарипов, Сурайё Раҳмонова, Марко Мантованелли, Нафиса Мўминова, Тимоти Смарт, Фируз Аллаев, Бекзод Мираҳмедов каби жамоатчилик фаоллари «Газета.uz» орқали 2023/2024 ўқув йили битирувчиларига ўз маслаҳатлари ва тилакларини билдирди.

0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣0️⃣ 🇺🇿 Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universiteti Ilmiy ishlar va innovatsiya bo'yicha prorektori, Baxrom Mirkasimov va Avstraliyaning Adelaide Universiteti professori Richard Pomfret muharrirligida "New Uzbekistan: The Third Renaissance (Yangi O'zbekiston: Uchinchi Uyg'onish davri)" nomli kitobi xalqaro Routledge nashriyotida chop etildi. 🔣 "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiati, Avstraliyaning Adelaide universiteti magistranti Iroda Axmedova AQSHning Duke universiteti professori Charles Becker va Duke universiteti magistranti Michelle Schultze bilan birgalikda ushbu kitobning "Sog'liqni Saqlash tizimidagi islohotlar va erishilgan yutuqlar" nomli bo'limiga mualliflik qildi.
Ushbu kitobda O‘zbekistonda 2016-yildan buyon Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tomonidan amalga oshirilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar, erishilgan yutuqlar va kamchiliklar dunyoga mashhur bo'lgan olimlar va professorlar tomonidan yoritilgan.
Batafsil tanishing 🌆 EYUF axborot xizmati. 🌐 Eyuf.uz 📝Telegram📝Facebook 💻Instagram🎞 YouTube  🌐 www.eyuf.uz
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Do’stim, hammuallifim, podkastdoshim va qadrli akam - Botir Kobilov bugun Harvard Universitetidan doktorlik unvonini oldilar. Botir aka bilan faxrlanamiz. Vatanimiz, millatimizga Botir akadek olimlar muborak bo’lsin. Botir aka birinchi Harvardda doktorlik qilgan O’zbekistonlik bo’ldilar. Bundan ham katta yutuq va zafarlar tilab qolamiz!
إظهار الكل...
Photo unavailableShow in Telegram
Sherzod aka bu memega oʻxshagan jahondagi taʼminot zanjirlarini murakkab va rivojlangani misolini oʻzlari koʻrsatibdilar. Bu kanalda koʻp bu haqida aytaman — hozirgi dunyo ancha murakkab savdo zanjirlaridan iborat boʻlgan dunyo. Importga chegara qoʻyish ham, shuning uchun mantiqsiz masala — chunki u qiladigan yagona narsa — Oʻzbekistonni shu taʼminot zanjirlaridan uzib qoʻyadi xolos. Hozirgi dunyoda qandaydir qiymat yaratidagn mahsulot ishlab chiqarish uchun, yoki aniqroq aytsak — qiymat yaratish uchun, dunyoga va savdoga ochiq boʻlishimiz kerak. Bu ham importga ham eksportga taaluqli. Biz eng raqobatbardosh mahsulotlarimizni eksportiga cheklovlar qoʻyamiz, narxini nazorat qilamiz va bir xil tovarlar uchun esa umuman eksportni toʻxtatib qoʻyamiz. Boshqa tarafdan importga ham cheklovlar qoʻyamiz. Davlat korxonalari, yoki davlatni qoʻrqita oladigan xususiy samarasiz korxonalarni “muhofaza”si uchun butun boshli iqtisodiyotga ham zarar keltirib kelmoqdamiz. https://t.me/profsherzod/149
إظهار الكل...
Repost from Madina Zarif
​​Чет элда ўзбек бўлиш Ёки она тилини сақлаб қолиш Қулупной тера туриб: ўғлимга: жоон, анави тоғорани олиб бер, дедим. Кейин миямга урди: бу болага мен доим жоон, деб мурожаат қиламан. Аммо бу бола бу сўзнинг маъносини билармикин ўзи? Ўз тажрибамдан келиб чиқиб айтадиган бўлсам: чет элда она тилини сақлаб қолиш бироз мушкул. Биз учунку, ҳа, ўзбек тили она тили. Аммо чет элда туғилиб, ўсаётган болаларимиз учун эса ҳар доим ҳам бундай деб бўлмайди. Уйда албатта ўзбек тилида гаплашишга ҳаракат қилинадию, аммо бизни иш бироз karisik. Баъзан бир жумлани ичида 4 та тил аралаштирганимизни пайқаб куламиз. - Мама, probier mal вот эта еда schmeken gut yapiyor. (Ойи, татиб кўр, мана бу овқат мазали - рус, немис, рус, немис турк тилларида). - Сейчас я занята, birazdan, хўп? (Ҳозир бандман, бироздан кейин, хўпми?) - Хоп. (Ўзбекча) Ўғлим Туркияда туғилгани учун, қизларим эса ақлини Туркияда танигани учун кўпинча ўзаро турк тилида гаплашишади. Русча ҳам ҳаётимизда анча илдиз отган: қизларим Ўзбекистонда рус мактабга боришгани сабаб улар билан суҳбатимизда кўпроқ русча ишлатар эканмиз. Ва бу автоматик ҳолда ўғлим, қизларим билан мулоқот тилига айланган. Аммо баъзан аралаш тилларда гаплашганимиздан миям портлаб кетай, дейди. Бирор нарсани тушунтириш жараёнида эса: дод деворай дейман, чунки мия аралаш сўзлар ичида менга кераклисини топаётганда инфаркт бўлади. 😊 Ўзбек тили эса: қизларим ўзбек тилини билишади, тушунишга бироз қийналишади ва акцент билан гаплашишади. Ўғлимдан бирор нарсани бекитмоқчи бўлсак, ўзбек тилида гаплашамиз, чунки у ўзбек тилини деярли билмайди. Чет элда катта бўлган болалардаги асосий муаммо эса: бобо бувилар, амма холалар билан эркин гаплаша олишмасликлари. Балки бу муаммо ҳаммада ҳам эмасдир, аммо бизда бу муаммо бор. Тилни асраб қолишга келсак эса...бу ҳақида ҳали бирор ечимим йўқ. Аммо ечим керакми, билмадим. - Болашим, жоон дегани нима деганини биласанми? - Йўқ. - Herz, дегани. - Мама, herz юрак, дегани, жон эса – душа, дегани, - дея таржимамни туғирлади қизим. Дам олишни истасам эса, ўзбекча гаплашадиган одам қидираман. Чунки одам ўзини энг яхши ўз она тилида ифода қила олади ва бу инсонўғлининг эҳтиёжи. Аммо болаларим қай тилни она тилим, дея олади, уни ҳали тўла англамадик. 😊
إظهار الكل...