cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

MINENERGY.UZ

- O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligining Telegram’dagi rasmiy kanali - Официальный Телеграм канал Министерства энергетики Республики Узбекистан. Почта: [email protected]

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
13 893
المشتركون
+624 ساعات
-127 أيام
+11130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

O‘zbekiston Energetika vazirligida Saudiya Arabistoni Energetika vazirligi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Shuningdek, delegatsiya a’zolari O‘zbekiston energetika haftaligida ishtirok etdi. 👉Batafsil / Батафсил Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Energetika vazirligida Xitoyning Sian neft universiteti rahbariyati bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi Bugun, 16-may kuni O‘zbekiston Respublikasi Energetika vazirligida Xitoy Xalq Respublikasining “Xi’an Shiyou University” neft universiteti partiya qo‘mitasi kotibi boshchiligidagi delegatsiya a’zolari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Energetika vaziri J.Mirzamahmudov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Sh.Daliyev, Sian neft universiteti partiya qo‘mitasi kotibi Chang Jiang boshchiligidagi delegatsiya a’zolari hamda vazirlik tizimidagi tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Xitoyning Sian shahrida joylashgan Sian neft universiteti 1951-yilda tashkil topgan bo‘lib, 18 ta fakultetda neft va neft-kimyo sanoati uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlashga ixtisoslashgan. Universitetda 23 mingdan ortiq talabalar, xususan, 17 mingdan ortiq bakalavr, 5 mingdan ziyod aspirantlar, 1000 dan ortiq xorijiy talabalar tahsil oladi. Ayni paytgacha ushbu universitetni 170 mingdan ortiq talaba tamomlagani qayd etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston-Xitoy o‘rtasida barcha sohalarda keng ko‘lamli loyihalar muvaffaqiyatli amalga oshirilayotgani, bu borada, ayniqsa, yoqilg‘i-energetika sohasidagi ishlar ularning asosiy qismini tashkil etayotgani alohida ta’kidlandi. Misol uchun, bugungi kunda umumiy qiymati qariyb 12 mlrd dollarga yaqin bo‘lgan 45 ta loyiha amalga oshirilmoqda. Bu boradagi ishlarni neft va neft-kimyo sanoatida ham izchil davom ettirib, yuqori malakali kadrlar tayyorlash sohani rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishi bildirildi. Shu maqsadda, mamlakatimiz neft-gaz va neft-kimyo sanoatida faoliyat yuritayotgan ishchi-xodimlarni Sian neft universitetiga magistratura bosqichida ta’lim olishga hamda ilmiy ish qilish (PhD) uchun yuborish, ularni Xitoy tiliga o‘qitish hamda Sian universitetining O‘zbekistonda filialini ochish kabi masalalar muhokama qilindi. Energetika vazirligi Axborot xizmati. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Bugun “Energetika, energiya tejash, muqobil energiya manbalari – Power Uzbekistan 2024” 17-Xalqaro ko‘rgazmasining yakuniy uchinchi kuni. Yetakchi ishlab chiqaruvchi korxonalar energetika sanoati uchun eng yangi texnologiyalarni taqdim etmoqda. ————— Сегодня заключительный третий день работы 17-й Международной Выставки «Энергетика, энергосбережение,  альтернативные источники энергии – Power Uzbekistan 2024» Ведущие компании-производители представляют новейшее оборудование и технологии энергетической индустрии. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
“O‘zbekiston neft va gazi – #OGU 2024” 26-xalqaro ko‘rgazmasi 3-kuni. Ko‘rgazma ishtirokchilari o‘z stendlarida maqsadli tashrif buyuruvchilar bilan faol muzokaralar olib bormoqda. ————— Идет 3-й день 26-й Международной выставки «Нефть и Газ Узбекистана - #OGU 2024». Участники ведут активные переговоры с целевыми посетителями на своих стендах. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Xalqaro konferensiyalarning “ESG. Xavfsizlik, barqarorlik va qulaylikka e'tibor” yakuniy  panel sessiyasidan suratlarni taqdim etamiz. Xalqaro Energetika haftaligi davom etmoqda! ————— Делимся с вами фото с завершающей панельной сессии международных конференций:  ESG. Ориентация на безопасность, устойчивость и доступность. Энергетическая неделя продолжает свою работу! Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
“Saneg” Markaziy Osiyoda savdo uchun metan chiqindilari dasturini ro‘yxatdan o‘tkazgan birinchi kompaniya bo‘ldi “Saneg” Markaziy Osiyoda o‘zining ishlab chiqarish aktivlarida metan chiqindilarini kamaytirish loyihasini amalga oshirgan birinchi kompaniya bo‘lib, uni Germaniya atrof-muhit vazirligi tasarrufidagi Germaniya chiqindilar savdosi agentligi (DEHSt) ro‘yxatdan o‘tkazdi. Kompaniya shu kunlarda o‘zining infratuzilma obyektlarini texnik modernizatsiya qilishning keng ko‘lamli dasturi birinchi bosqichini yakunladi. Bu esa metan chiqindilarining sezilarli darajada kamayishiga olib keldi. 👉Batafsil ————— «Saneg» стала первой компанией в Центральной Азии, зарегистрировавшей программу по выбросам метана для торговли Ведущая узбекская нефтегазовая компания «Saneg» стала первой компанией в Центральной Азии, реализовавшей проект по сокращению выбросов метана на своих производственных активах и зарегистрировавшей его в Агентстве по торговле выбросами (DEHSt), которое находится в ведении Министерства окружающей среды Германии. Компания только что завершила первый этап масштабной программы технической модернизации своих инфраструктурных объектов, что привело к значительному сокращению выбросов метана. 👉Подробнее Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
02:15
Video unavailableShow in Telegram
Axborot 24: O‘zbekiston energetika haftaligi doirasidagi tadbirlar haqida reportaj. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
Burg‘ilash samaradorligi oshib, texnologik jarayonlar aniq va xavfsiz boshqariladi Davlatimiz rahbari tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida “O‘zbekneftgaz” AJ tomonidan mamlakatda ilk bor Burg‘ilash ishlarini boshqarish markazi to‘liq ishga tushirildi. 👉Batafsil / Батафсил ————— Повышается эффективность бурения, а технологические процессы будут управляться точно и безопасно В целях обеспечения выполнения поручений Главы государства со стороны АО «Узбекнефтегаз» впервые в стране полностью введен в эксплуатацию Центр управления бурением. 👉Подробнее Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
إظهار الكل...
أرشيف المشاركات