Kun.uz | Rasmiy kanal
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat
إظهار المزيد📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Kun.uz | Rasmiy kanal
تُعد قناة Kun.uz | Rasmiy kanal (@kunuz) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 70 486 مشتركاً، محتلاً المرتبة 3 849 في فئة الأخبار والوسائط والمرتبة 986 في منطقة Uzbekistan.
📊 مؤشرات الجمهور والحراك
منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 70 486 مشتركاً.
بحسب آخر البيانات بتاريخ 17 أكتوبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -25، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -17، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.
- حالة التحقق: موثّقة (مؤكدة رسمياً من تيليجرام)
- معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 20.47%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 17.27% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
- وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 14 428 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 12 170 مشاهدة.
- التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 71.
📝 الوصف وسياسة المحتوى
يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!
‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi
Reklama:
+998781137733
Sayt: http://kun.uz/uz
facebook.com/kunuznews
twitter.com/KunUzNews
instagram.com/kun.uz
@kunuzmurojaat”
بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 18 أكتوبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة الأخبار والوسائط.
جارٍ تحميل البيانات
| التاريخ | نمو المشتركين | الإشارات | القنوات | |
| 18 أكتوبر | +5 | |||
| 17 أكتوبر | +13 | |||
| 16 أكتوبر | +17 | |||
| 15 أكتوبر | +45 | |||
| 14 أكتوبر | +19 | |||
| 13 أكتوبر | +20 | |||
| 12 أكتوبر | +69 | |||
| 11 أكتوبر | +17 | |||
| 10 أكتوبر | +23 | |||
| 09 أكتوبر | +60 | |||
| 08 أكتوبر | +26 | |||
| 07 أكتوبر | +35 | |||
| 06 أكتوبر | +24 | |||
| 05 أكتوبر | +16 | |||
| 04 أكتوبر | +23 | |||
| 03 أكتوبر | +13 | |||
| 02 أكتوبر | +38 | |||
| 01 أكتوبر | +16 |
| 2 | Maktablarda kuzgi ta’til 4 noyabrdan boshlanadi
Vazirlik amaldagi tartibga ko‘ra, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘quvchilari uchun joriy o‘quv yilining kuzgi ta’tili 2026-yil 4-noyabrdan boshlanishi va 9-noyabrga qadar davom etishini e’lon qildi.
O‘quvchilar II chorak dars mashg‘ulotlariga 2026-yil 10-noyabrdan qaytadi.
Kun.uz rasmiy kanali | 2 167 |
| 3 | Rossiya qishda Odessa, Xarkiv va Kiyevni elektr hamda suvsiz qoldirmoqchi - OAV
Rossiya shu yo‘l orqali Ukrainani taslim etishga urinadi, deb yozdi The New York Times.
👉 https://kun.uz/uz/62296976
Kun.uz rasmiy kanali | 3 445 |
| 4 | «Barsa» ijrosida yana bir qaynoq o‘yin: 7 gol, Yamalning shedevri va hakamlik mojarosi
Kataloniyaliklar klasikoga qatorasiga to‘qqiz g‘alaba bilan bormoqda. «Betis» bilan o‘yinda referi kataloniyaliklar foydasiga bir necha bahsli qarorlar qabul qildi.
📹 👉 https://kun.uz/uz/77089337
Kun.uz rasmiy kanali | 3 288 |
| 5 | AESlarni ko‘paytirish rejasi va kommunal tariflar muhokamasi — hafta dayjesti
➖ Yadro energetikasida rejalar kengaydi: ikkinchi va uchinchi stansiyalar ham qurilishi mumkin.
➖ Isitish mavsumi yangi tariflar bilan boshlanadi: muhokamada – propan va issiqlik ta’minoti.
➖ Pedofiliya uchun umrbod qamoq jazosi kuchga kirdi; shilqimlik uchun ham jazo og‘irlashdi.
➖ “O‘zbekiston pochtasi” Wildberries boshqaruvida: Davaktiv rahbari yolg‘on gapirdimi?
Ortda qolayotgan haftaning O‘zbekiston hayotiga oid ayrim muhim yangiliklari — Kun.uz dayjestida.
📹 VIDEOSHARHNI TOMOSHA QILING | 6 002 |
| 6 | Diyora Keldiyorova tatamiga qaytdi va xalqaro turnirda chempion bo‘ldi
28 yoshli dzyudochi Qozog‘istonning Aqtau shahri mezbonlik qilgan xalqaro turnirda barcha raqiblarini ippon bahosi bilan mag‘lub etdi.
👉 https://kun.uz/uz/56065185
Kun.uz rasmiy kanali | 6 039 |
| 7 | Bahodir Jalolov profi boksdagi g‘alabali seriyasini davom ettirdi
O‘zbekistonlik bokschi britaniyalik Solomon Dakresga qarshi jangda to‘liq ustunlik qildi va 5-raundda raqibini nokdaun holatiga ham tushirdi. 10 raund davom etgan jang yakunida hakamlar Jalolovning g‘alabasini e’tirof etishdi.
Big Uzbek’ning g‘alabali seriyasi davom etmoqda: 18 jang, shundan 15 tasi nokaut bilan qo‘lga kiritilgan.
Kun.uz rasmiy kanali | 7 219 |
| 8 | Shavkat Mirziyoyev Xitoy bosh vaziri bilan tinch atom yo‘nalishidagi hamkorlikni muhokama qildi
Prezident Shavkat Mirziyov bosh vazir Li Siyang boshchiligidagi Xitoy delegatsiyasini qabul qildi. Rasmiy xabarga ko‘ra, uchrashuvda bir qator sohalar, xususan “yashil” energetika va tinch atom sohalaridagi hamkorlikni kengaytirish muhimligi ta’kidlangan.
Kecha davlat rahbari ikkinchi va uchinchi AESlar qurish rejasini yangi hamkorlar va investorlar bilan ertaga muhokama qilishini aytgandi.
👉 https://kun.uz/uz/19971414
Kun.uz rasmiy kanali | 10 578 |
| 9 | Chilonzor tumani sobiq hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev vazir o‘rinbosarligiga tayinlandi
Prezident qarori bilan, Saidqahhor Xolxo‘jayev investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U so‘nggi to‘rt yildan buyon Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
👉 https://kun.uz/kr/88114470
Kun.uz rasmiy kanali | 10 659 |
| 10 | Devori yo‘q qamoqxona: u yerda hamma kar va soqov edi | 5 daqiqa
Ba’zi qamoqxonalarning devorlari g‘ishtdan quriladi. Ba’zilariniki esa kimningdir xohishi, buyrug‘i va qo‘rquvi asosida tiklanadi. Turgenevning «Mumu» asarida shunday qamoqxona haqida hikoya qilinadi. Unda jismonan baquvvat, mehnatkash inson yashardi. U kar va soqov, ammo eng katta muammosi bu emasdi. Uning o‘rniga kimni sevishni ham, qanday yashashni ham boshqalar hal qilardi.
5 daqiqa’ning navbatdagi sonida ushbu noyob asarni muhokama qilamiz.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING | 10 800 |
| 11 | Markazlashgan isitish tizimidan individual qozonga o‘tish mumkinmi?
Issiqlik va issiq suv tariflari ko‘tarilishi – markazlashgan tarmoq iste’molchilari va individual gaz qozoni bilan jihozlangan xonadonlarning isitish xarajatlari o‘rtasidagi farqni yildan yilga oshiryapti.
Ammo, kommunal xo‘jalik vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Kun.uz muxbiri savoliga javoban ma’lum qilishicha, iste’molchilar markazlashgan issiqlik ta’minotidan voz kecha olmaydi.
👉 https://kun.uz/uz/59972492
Kun.uz rasmiy kanali | 10 843 |
| 12 | Madaniy meros agentligi Adabiyot muzeyi atrofidagi vaziyatga izoh berdi
Davlat adabiyot muzeyi uchun Yangi Toshkentda yangi bino qurilmoqda, unga qadar muzeydagi madaniy boyliklar vaqtincha ikkita muassasaga ko‘chirilyapti. Navoiy ko‘chasidagi tarixiy bino esa uzoq yillardan beri shu binoda faoliyat yuritib kelgan Davlat yoshlar teatriga berilgan va ta’mirlashga tushgan.
Ob’ekt egasining o‘zgarishi – uning madaniy meros sifatida muhofaza etilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi, deya ma’lum qildi Madaniy meros agentligi.
📸👉 https://kun.uz/36361738
Kun.uz rasmiy kanali | 10 797 |
| 13 | Yangi sanktsiyalar: Rossiyaning raketa ishlab chiqarishi qiyinlashishi mumkin
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning qurol-yarog‘ sanoatiga qarshi rekord ko‘lamdagi sanktsiyalar joriy etdi. Asosiy nishon – raketa va dronlar ishlab chiqarish uchun zarur mikrochip, uskuna va boshqa qismlarni yetkazib beruvchi korxonalar. Bryussel Rossiyaning harbiy salohiyatini cheklash bilan birga, sanktsiyaga tushgan kompaniyalar bilan savdo aloqalariga ega AQShga ham bilvosita bosim o‘tkazishni ko‘zlayotgani aytilmoqda.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING | 10 508 |
| 14 | Andropovning fitnasi yoki taqdiri azal: Brejnevning o‘limiga Toshkentda olgan jarohatlar sabab bo‘lganmi?
1982-yil 23-mart kuni Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida falokat yuz beradi.
Samolyot ishlab chiqaruvchi bu zavod ishi bilan tanishish uchun u yerga borgan SSSR rahbari Leonid Brejnevning ustiga temir konstruksiya tushib ketadi. Oqibatda sovet rahbari jiddiy jarohatlanadi. O‘sha paytda 75 yoshda bo‘lgan Brejnev Toshkentdagi hodisadan 8 oy o‘tgach vafot etadi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING | 10 740 |
| 15 | Aliment qarzini to‘lamagan 26 kishi bir vaqtda qamoqqa olindi
Qarshi shahrida aliment to‘lash majburiyatini bajarmagan 60 nafar qarzdorning ishi sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi.
Ularning 26 nafariga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
👉 https://kun.uz/uz/09883909
Kun.uz rasmiy kanali | 10 930 |
| 16 | Putinning tahdidi va Trampning ayblovlari | “Geosiyosat”
Putin data-markazlarga zarbalar javobsiz qolmasligini aytdi. Ukraina armiyasi Liman yo‘nalishidagi qarshi hujumlar bilan Rossiyaning Donbasdagi rejalarini murakkablashtirmoqda. Kiyev RF hududidagi nishonga ilk bor o‘zi ishlab chiqargan ballistik raketani qo‘lladi.
Zelenskiy Bryusselda Yevropa Ittifoqi rahbarlari bilan uchrashdi. Tramp esa hafta davomida uni tanqid qilishda davom etdi.
Ortda qolgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.
📱 Telegram‘da ko‘rish
📱 YouTube‘da ko‘rish | 10 816 |
| 17 | AQSH blokadasi Eron iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilyapti?
AQSH harbiy qamali ostida qolgan Tehron og‘ir iqtisodiy inqirozni boshdan kechiryapti. Mamlakat milliy valyutasi rekord darajada quladi, inflyatsiya esa 90 foizga yetgan. Neft eksporti va tashqi savdo ham keskin qisqarib boryapti.
Urushdan oldin qamal chizig‘idan tashqaridagi suv omborlarida Eronning 120 million barreldan ortiq nefti bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich taxminan 10 million barrelga tushib qolgan.
👉 https://kun.uz/uz/96248688
Kun.uz rasmiy kanali | 10 556 |
| 18 | “Yana qancha odam halok bo‘lishi kerak?” – Neftchilar qishlog‘ida yuk mashinasi bilan bog‘liq YTHlar nega ko‘p bo‘ladi?
10-oktabr kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumani Neftchilar qishlog‘ida tuproq ortilgan HOWO yuk mashinasi qiyalikdan tushayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lida uchragan mashina, bino va odamlarni surib ketgandi.
Aytishlaricha avval ham aynan shu yerda yuk mashinasi odamlarni bosib qolishidan 10 nafarga yaqin odam halok bo‘lgan.
📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING | 10 709 |
| 19 | Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova ikki yildan so‘ng tatamiga qaytmoqda
Parij–2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova ikki yillik tanaffusdan keyin yana xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
O‘zbekistonlik dzyudochi Qozog‘istonning Aqtau shahrida 17-oktabr kuni boshlanadigan Aktau Asian Open 2026 turnirida medal uchun kurashadi.
👉 https://kun.uz/uz/89673097
Kun.uz rasmiy kanali | 11 216 |
| 20 | Yo‘lda bezorilik qilgan haydovchiga qanday jazo beriladi?
Yo‘l bezoriligini sodir etgan haydovchiga BHMning 25 baravari miqdorida jarima solinadi.
Shu bilan birga, u transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan ikki yilgacha mahrum qilinadi.
👉 https://kun.uz/uz/81206019
Kun.uz rasmiy kanali | 10 941 |
