cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Xushnudbek.uz

Huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyevning Telegram kanaliga xush kelibsiz! •youtube.com/c/xushnudbekxudoyberdiyevfb.com/xushnudjohntwitter.com/xushnudbeckinstagram.com/xushnudbektiktok.com/@xushnudbekofficial Reklama uchun: @xushnudbekreklama

إظهار المزيد
Advertising posts
512 351المشتركون
-1 08524 hour
-9 9287 يوم
+22 78830 يوم

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🥉🇺🇿Oʻzbekiston futzal milliy terma jamoasi ketma-ket 3-bor Osiyo kubogi bronza medallarini qoʻlga kiritdi 3-o’rin uchun bahsda qo’shnilarimiz 🇹🇯Tojikiston penaltilar seriyasida mag’lub etildi. Eh, Eronni ham yutardik, salgina omadimiz kelmadi-da. Yigitlarga qoyil va rahmat! Xudo xohlasa, Jahon chempionatida ham medallar kutib qolamiz. Biz muxlislar esa zalni to’ldirib, qo’llab-quvvatlab turamiz. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
#18 DOLLAR KESKIN OSHADIMI? — Lolazor podcast Ushbu sonda Toshkentdagi 2 ta katta bog'ning 49 yilga xususiy investorga berib yuborilishi va shu bog'larning allaqachon talon-toroj qilingani, mahalliy kengash deputatlarining nima uchun kerakligi, dollarning keskin oshishi, maktab hududlarining sotilishi, viloyat mashinalarining Toshkentda taksi qilish huquqi, Britaniyadan kelgan martabali mehmon va uning ahamiyati, hokimlarning vakolat doirasi hamda O'zbekiston U23 terma jamoasining g'alabasi haqida gaplashdik. 📹 https://youtu.be/yMAL-P7yxB4 Dam olish kuni yoqimli tomosha tilaymiz. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Hukumat 7 ta yirik kompaniyadagi davlat ulushlarini xalqaro bozorda sotadi. Dastlab Samarqand avtomobil zavodining 75,2% ulushi 2024-yil 1-iyuliga qadar savdoga chiqarilishi kerak. Bundan tashqari, gigant kompaniyalar — Navoiy KMK AJ, Olmaliq KMK AJ, O‘zbekgidroenergo AJ, O‘zbektelekom AJ aksiyalarining 5 foizgacha qismi birlamchi (IPO) yoki ikkilamchi (SPO) ommaviy taklif vositalari orqali xalqaro fond bozorlariga chiqariladi. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Toshkentda yashil hududga ega Ellipse Garden Darhan turar-joy majmuasining taqdimoti oʻtkazildi Ushbu turar-joy majmuasi sizga premium toifadagi xonadonlarni taklif etadi. TJM biznes-markaz va mashinalardan holi hovliga ega boʻlib, ko‘kalamzor makondagi to‘rtta ko‘p qavatli turar-joy blokini o‘z ichiga oladi. Loyihaning yana bir ustunligi shundaki, majmua rezidentlari tabiat qurshovidagi ekologik qulay manzilda yashashlari uchun loyihaning jami 30 000 kv.m. maydonidan 20 000 kv.m qismi yashil hudud va landshaft dizayni uchun ajratilgan. Hozirda 4 ta 21 qavatli turar-joy bloklaridagi alohida apartamentlar sotuvga qo‘yilgan. Bir xonalidan besh xonaligacha bo‘lgan, 34 kv.m.dan to 180 kv.m.gacha maydonga ega xonadonlar turli oilalar ehtiyojiga muvofiq keladi. Beshinchi blokda esa biznes-markaz joylashadi. Shuningdek, TJMda 900 ta mashinaga mo‘ljallangan avtoturargoh quriladi. Batafsil maʼlumot uchun: (+998) 88-800-77-77. Manzil: Mirzo Ulug‘bek tumani, Asaka ko‘chasi, 52 Sayt: ellipsegarden.uz Instagram: @ellipsegarden Reklama
إظهار الكل...
Ayni paytda Savdo-sanoat palatasida Tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha jamoatchilik kengashining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazilmoqda. Yigʻilish doirasida Prezidentning “Yashirin iqtisodiyotga qarshi kurashish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirish toʻgʻrisida”gi qaror loyihasi yuzasidan muloqot boʻlib oʻtmoqda. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
O‘zbekistonda o‘tadigan jahon chempionati qo‘shnilarimiz uchun omadli kelmoqda Futzal bo‘yicha 2024-yilgi jahon chempionati 14-senyatbrdan 6-oktyabrgacha O‘zbekistonning 3 ta shahri — Toshkent, Andijon va Buxoroda bo‘lib o‘tadi. FIFAning 2024-yilgi futzal boʻyicha Jahon chempionati 14-sentyabrdan 6-oktyabrga qadar 🇺🇿Oʻzbekistonda bo’lib o’tishidan xabaringiz bo’lsa kerak. Bugun jahon chempionati uchrashuvlari bo’lib o’tadigan 3 ta mezbon shaharlar e’lon qilindi: Toshkent, Buxoro va Andijon. Markaziy Osiyoda ilk bor oʻtadigan FIFA shafeligidagi musobaqada dunyoning eng kuchli 24 ta terma jamoasi, jumladan, amaldagi gʻolib 🇵🇹Portugaliya, besh karra chempion 🇧🇷Braziliya, dunyoning eng kuchli terma jamoalaridan hisoblanadigan 🇪🇸Ispaniya va 🇦🇷Argentina kabi jamoalar ishtirok etadi. Eng qizig‘i ushbu musobaqada biz bilan birga yana 3 ta qo‘shnimiz ham qatnashadi. Bunaqasi tarixda bo‘lmagan! Ya’ni Yevropa nomidan 🇰🇿Qozog‘iston allaqachon yo‘llanmani qo‘lga kiritib bo‘lgan. Shuningdek, Osiyo kubogi yarim finaliga chiqqan 🇹🇯Tojikiston ham o‘z tarixida ilk marta Jahon chempionatida qatnashadi. O‘zi umuman Tojikiston terma jamoasi kattalar o‘rtasida ilk marta FIFA musobaqasida ishtirok etar ekan. Ertaga 🇰🇬Qirg‘iziston va 🇦🇫Afg‘oniston o‘rtasidagi saralash o‘yinida kim g‘olib chiqsa, o‘sha jamoa ham o‘z tarixida ilk marta JCHda qatnashish huquqini qo‘lga kiritadi. O‘zbekiston yarim finalga chiqib, ushbu 2 nafar qo‘shnimizga JCHga chiqish imkoniyatini yaratib berdi. Gap shundaki, Osiyo kubogi yarim finaliga chiqqan 4 ta jamoa JCHga chiqar edi. O‘zbekiston esa mezbon sifatida shundoq ham chiqib bo‘lgandi. Chorak finalda 🇻🇳Vyetnamni yutib, yarim finalga chiqqanimizdan keyin, chorak finalda yutqazgan jamoalar uchun yana 1 ta o‘rin berildi. Kecha o‘tgan saralash bahslarida Afg‘oniston Iroqni, Qirg‘iziston esa Vetnamni yutdi. Endi ertaga ikkalasi o‘zaro o‘yinda kim JCHga chiqishini aniqlab beradi. XULOSA: yurtimizda o‘tadigan JCHda 4 ta qo‘shnilar qatnashishi aniq — 🇺🇿O‘zbekiston, 🇰🇿Qozog‘iston, 🇹🇯Tojikiston hamda yoki 🇰🇬Qirg‘iziston yoki 🇦🇫Afg‘oniston. Bu esa bizning mintaqada futzal qay darajada kuchayganidan isbot bo‘la oladi. JCHda eng avvalo o‘zimizga, shuningdek, qo‘shnilarimizga ham omad tilaymiz! ❗️Aytgancha, ertaga O‘zbekiston va Tojikiston Osiyo kubogi 3-o‘rinini aniqlash uchun maydonga tushadi. Kecha tojiklar mezbon Tailandga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi. Ularda ham asosiy o‘yinda xuddi bizniki kabi hisob 3:3 bo‘lgandi. Yigitlarimizga omad tilaymiz. Navbatdagi bronza medalini qo'lga kiritishlariga tilakdoshmiz. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Savdo Oʻzbekistonda eng koʻp aholi ishlaydigan sektorlardan biri hisoblanadi. Nafaqat tadbirkorlik, xalqqa xizmat koʻrsatadigan barcha sohalar, shu jumladan, davlat ishxonalarida ham savdo sirlarini bilish asqatadi. “Asaxiy Books” nashriyoti “Xalq banki” bilan hamkorlikda shu muhim soha uchun mashhur kitobni oʻzbek tiliga tarjima qilibdi. Grand Kardonning “Savdo sanʼati” kitobi aynan sotuvni oʻrgatadi. Tadbirkorlar, ularning xodimlari – xizmat sohasidagi hammaga tavsiya qilinadi. Kitobni xarid qilish: asaxiy.uz/u/savdosanati Reklama
إظهار الكل...
Futzalchilarimiz Erondek qudratli jamoani titratdi, qo’rquvga soldi. Asosiy taymlarda 3:3 bo’lgach, penaltilar seriyasida biroz omadimiz kelmadi xolos. Yigitlar, katta rahmat sizlarga! Boshingizni baland ko’taring, bugun biz uchun g’olibsiz. Xudo xohlasa, yurtimizda o’tadigan Jahon chempionatida Eron tushib qolsa, albatta, yutamiz! 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Uraaaa! Yarim finaldamiz! G’alaba muborak barchaga!! Yarim finaldagi raqibimiz Indoneziya! Xudo xohlasa, finalga chiqamiz va tarixda ilk bor Olimpiada yo’llanmasini qo’lga kiritamiz. 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...
Bugun ikkala terma jamoamiz ham bir paytda o’ynaydi U23 Osiyo kubogi chorak finalida 🇺🇿O’zbekiston terma jamoasi 🇸🇦Saudiya Arabistoni bilan kuch sinashadi. G’olib jamoa kamida Parij-2024 Olimpiadasi uchun o’tish o’yinida qatnashish huquqini qo’lga kiritadi. Futzal terma jamoamiz esa Osiyo kubogi yarim finalida 🇮🇷Eronga qarshi maydonga tushadi. Ikkala o’yin ham soat 19:00 da boshlanadi. Yigitlarimizga omad tilaymiz! 👉 @xushnudbek 👈
إظهار الكل...