ar
Feedback
Kun.uz | Rasmiy kanal

Kun.uz | Rasmiy kanal

الذهاب إلى القناة على Telegram

🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat

إظهار المزيد

📈 نظرة تحليلية على قناة تيليجرام Kun.uz | Rasmiy kanal

تُعد قناة Kun.uz | Rasmiy kanal (@kunuz) في القطاع اللغوي Uzbek لاعباً نشطاً. يضم المجتمع حالياً 70 392 مشتركاً، محتلاً المرتبة 3 825 في فئة الأخبار والوسائط والمرتبة 984 في منطقة Uzbekistan.

📊 مؤشرات الجمهور والحراك

منذ تأسيسه في невідомо، حقق المشروع نمواً سريعاً وجمع 70 392 مشتركاً.

بحسب آخر البيانات بتاريخ 26 سبتمبر, 2026، تحافظ القناة على نشاط مستقر. خلال آخر 30 يوماً تغيّر عدد الأعضاء بمقدار -921، وفي آخر 24 ساعة بمقدار -11، مع بقاء الوصول العام مرتفعاً.

  • حالة التحقق: موثّقة (مؤكدة رسمياً من تيليجرام)
  • معدل التفاعل (ER): يبلغ متوسط تفاعل الجمهور 19.54‎%. وخلال أول 24 ساعة من النشر يحصد المحتوى عادةً 16.49‎% من ردود الفعل نسبةً إلى إجمالي المشتركين.
  • وصول المنشورات: يحصل كل منشور على متوسط 13 757 مشاهدة. وخلال اليوم الأول يجمع عادةً 11 613 مشاهدة.
  • التفاعلات والاستجابة: يتفاعل الجمهور بانتظام؛ متوسط التفاعلات لكل منشور يبلغ 69.

📝 الوصف وسياسة المحتوى

يصف المؤلف القناة بأنها مساحة للتعبير عن الآراء الذاتية:
“🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat”

بفضل وتيرة التحديث المرتفعة (أحدث البيانات بتاريخ 27 سبتمبر, 2026) تحافظ القناة على حداثتها ومستوى وصول مرتفع. وتُظهر التحليلات تفاعلاً نشطاً من الجمهور، ما يجعلها نقطة تأثير مهمة ضمن فئة الأخبار والوسائط.

70 392
المشتركون
-1124 ساعات
-837 أيام
-92130 أيام
أرشيف المشاركات
Ekspertlar hamjamiyati bolalarga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish kursini qo‘llab-quvvatladi Prezident Admi
Ekspertlar hamjamiyati bolalarga qarshi jinoyatlar uchun javobgarlikni kuchaytirish kursini qo‘llab-quvvatladi Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva Namangan viloyati Uchqo‘rg‘on tumanida 5 yoshli qizaloq jabrlangan fojia yuzasidan o‘zining Telegram-kanalida munosabat bildirib,  bunday dahshatli jinoyatlar uchun javobgarlikni imkon qadar kuchaytirish zarurligini taʼkidladi. Bayonot yuristlar, huquq himoyachilari va jamoatchilik fikri yetakchilari o‘rtasida keng aks sado berdi. 👉 https://kun.uz/uz/83614409 Kun.uz rasmiy kanali

«Diplomning o‘zi yetarlimi?»: bitiruvchining mehnat bozoridagi natijasi qanday baholanmoqda? Oliy taʼlimni tamomlab, diplom olish — jarayonning yakuni emas. Bitiruvchining ishga joylashishi, daromadi va bandligi barqarorligi ham taʼlim natijasini baholashda muhim. Shu bois abituriyent va ota-onalar uchun ham muhim savol bor: qaysi OTM bitiruvchisi mehnat bozorida ko‘proq imkoniyatga ega?
«Bitiruvchi sifati indeksi» nimani ko‘rsatadi? Bitiruvchining ishga joylashishi uning o‘z mutaxassisligi bo‘yicha ishlayotganini ham anglatadimi? Universitetlarda berilayotgan bilim va ko‘nikmalar ish beruvchilar talabiga qanchalik mos?
Kun.uz taʼlim sohasi vakillari bilan ushbu mavzu yuzasidan suhbatlashdi. 📹TO‘LIQ SUHBATNI TOMOSHA QILING

Osiyo o‘yinlari kundaligi. Kurashda ikki oltin Kurash bo‘yicha musobaqada yarimfinal bahsi o‘zbekistonlik kurashchilar duelig
Osiyo o‘yinlari kundaligi. Kurashda ikki oltin Kurash bo‘yicha musobaqada yarimfinal bahsi o‘zbekistonlik kurashchilar dueliga aylandi. Shuningdek, o‘zbekistonlik bokschilardan uch nafari yarimfinal masalasini hal qildi. Osiyo o‘yinlari arafasida sport fuqaroligini o‘zgartirib, O‘zbekiston nomidan qatnashgan Anastasiya Baxtireva va Violetta Yevenko (har ikkisi ham Yevropa chempionlari) sinxron suzish bo‘yicha musobaqada natija ko‘rsata olmadi. 👉 https://kun.uz/uz/41071336 Kun.uz rasmiy kanali

Rossiya va NATO: Boltiqbo‘yi davlatlari uchun xavf bormi? Putin Rossiyaning NATOga hujum qilish niyati yo‘qligini aytmoqda. S
Rossiya va NATO: Boltiqbo‘yi davlatlari uchun xavf bormi? Putin Rossiyaning NATOga hujum qilish niyati yo‘qligini aytmoqda. Shu bilan birga, Boltiqbo‘yidagi rusiyzabon aholi bilan bog‘liq vaziyatga Rossiya xalqaro huquq va gumanitar asosda javob berishi mumkinligini taʼkidlamoqda. NATOning sharqiy qanotidagi davlatlar esa Rossiyadan xavotirda. Polsha va Rossiya vakillari o‘rtasidagi keskin bayonotlar ham vaziyatni yana-da taranglashtirmoqda. Bu masalada ekspertlarning fikrlari ham turlicha, ayrimlar Rossiya xavfini kuchli deb baholasa, boshqalar bunday xavotirlar ortiqcha bo‘rttirilayotganini aytmoqda. 📹 SUHBATNI TOMOSHA QILING

O‘zbekiston – shaxmat olimpiadasi chempioni! Shaxmat bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi erkaklar jamoasi Samarqanddagi shaxmat
O‘zbekiston – shaxmat olimpiadasi chempioni! Shaxmat bo‘yicha O‘zbekistonning birinchi erkaklar jamoasi Samarqanddagi shaxmat olimpiadasida ikki karra olimpiada chempioniga aylandi. So‘nggi 11-turda Ukrainaga qarshi o‘yin yakunlanmasdan chempionlik kafolatlandi, chunki jamoaning chempionlik kurashidagi asosiy raqibi bo‘lgan Hindiston Vengriya bilan durang o‘ynab qo‘ydi va O‘zbekiston birinchi o‘rinni o‘zida saqlab qoladigan bo‘ldi. Kun.uz rasmiy kanali

Italiyada tan olinmagani va o‘zbek futbolidagi muammolar haqida Fabio Kannavaro bilan intervyu O‘zbekiston milliy jamoasi bosh murabbiyi Fabio Kannavaro Kun.uz uchun katta intervyu berdi. Suhbat davomida uning bolaligi, futbolchilik va murabbiylik davri haqida so‘z boradi. Deyarli bir soat davom etgan suhbat davomida milliy jamoa to‘g‘risida o‘zbekistonlik muxlislarni qiziqtirgan eng muhim savollar o‘rtaga tashlandi. Italiyalik mutaxassis imkon qadar bu savollarga javob qaytardi. 📹 SUHBATNI TO‘LIQ TOMOSHA QILING

Venesuela, Eron, Ukraina, Isroil, G‘azo, Kuba — Lavrov BMТda chiqish qildi Rossiya tashqi ishlar vaziri Bosh Assambleyaning oxirgi kunlaridan birida minbarga chiqib, AQSH va G‘arbni keskin qoraladi. Maduro va rafiqasi o‘g‘irlanganini tanqid qilib, Vashingtondan ularni qo‘yib yuborishlarini so‘radi. Eron oliy rahbari va harbiy rahbariyati yo‘q qilinganini esa xalqaro huquqqa butunlay zid voqea, deya atadi. 👉 https://kun.uz/uz/64225722 Kun.uz rasmiy kanali

Angliya va Ispaniya o‘yinida shou, Qozog‘iston durang bilan boshladi Shanba oqshomida Millatlar ligasida guruh bosqichi 1-tur
Angliya va Ispaniya o‘yinida shou, Qozog‘iston durang bilan boshladi Shanba oqshomida Millatlar ligasida guruh bosqichi 1-tur uchrashuvlari davom ettirildi. Harri Keyn Ispaniyaga penaltidan gol urolmadi, 41 yoshli Modrich Xorvatiya uchun gol urishda, 37 yoshli Perishich golli pas berishda davom etmoqda. 📸 👉 https://kun.uz/uz/33461604 Kun.uz rasmiy kanali

Rossiya Yevropaga hujum qilmaydi, muzokaralarning barbod bo‘lishida Ukrainaning o‘zi aybdor - Putin Rossiya prezidenti Vladim
Rossiya Yevropaga hujum qilmaydi, muzokaralarning barbod bo‘lishida Ukrainaning o‘zi aybdor - Putin Rossiya prezidenti Vladimir Putin 25 sentyabr kuni Sankt-Peterburgdagi Birlashgan madaniyatlar forumi doirasida jurnalistlar bilan muloqot qildi. https://kun.uz/uz/90741409 Kun.uz rasmiy kanali

Тo‘qayev mudofaa vazirini ishdan oldi Dauren Kosanov Qozog‘iston mudofaa vazirligini 2025 yil yozidan buyon boshqarib kelayot
Тo‘qayev mudofaa vazirini ishdan oldi Dauren Kosanov Qozog‘iston mudofaa vazirligini 2025 yil yozidan buyon boshqarib kelayotgandi. Sentyabrda u shu lavozimga qayta tayinlangandi. Iste’fo Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda 14 nafar harbiy halok bo‘lishidan bir necha kun o‘tib ro‘y bermoqda. Ushbu ish doirasida besh nafar harbiy amaldor hibsga olingan. 👉 https://kun.uz/uz/83416119 Kun.uz rasmiy kanali

BMT minbaridagi nutq, yashil hudud o‘rniga avtoturargoh va beqaror propan — hafta dayjesti Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning
BMT minbaridagi nutq, yashil hudud o‘rniga avtoturargoh va beqaror propan — hafta dayjesti Saida Mirziyoyeva O‘zbekistonning BMT Xavfsizlik kengashi aʼzoligiga nomzodligini eʼlon qildi. Ekspertizasiz loyiha: poytaxt markazidagi yashil hudud avtoturargoh uchun auksionga chiqarilmoqda. O‘zbekistonda har 100 nafar qiz chaqaloqqa o‘rtacha 108 o‘g‘il chaqaloq to‘g‘ri kelmoqda. Birjada propan qimmatlab ketdi. Ortda qolayotgan haftaning O‘zbekiston hayotiga oid asosiy voqealari – Kun.uz dayjestida. 👉 https://kun.uz/kr/61266338 Kun.uz rasmiy kanali

Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston so‘nggi turda Ukraina bilan o‘ynaydi Ukrainlar 10-turda Xitoy ustidan g‘alabaga erishgan (3:
Shaxmat olimpiadasi. O‘zbekiston so‘nggi turda Ukraina bilan o‘ynaydi Ukrainlar 10-turda Xitoy ustidan g‘alabaga erishgan (3:1) va ochkolari sonini 16 taga yetkazib, chempionlik uchun da’vogarlar qatoriga kirgan. O‘zbekiston Armaniston ustidan qozonilgan g‘alabadan keyin 18 ochko bilan peshqadamlik qilmoqda, ikkinchi o‘rinda Hindiston 17 ochko bilan ta’qib qilmoqda. So‘nggi turdagi g‘alaba O‘zbekistonni avtomatik ravishda chempionga aylantiradi, lekin durang natija yetarli bo‘lishi va boshqa bahslardagi natijalardan qat’i nazar O‘zbekiston qo‘shimcha ko‘rsatkichlar hisobiga birinchi o‘rinda qolishi mumkin. So‘nggi tur bahslari soat 11:00 da boshlanadi. 👉 https://kun.uz/uz/31761981 Kun.uz rasmiy kanali

«Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi» — Saida Mirziyoyeva Нamanganda voqea haqida Prezident administratsi
«Jinoyatchi qonun doirasidagi eng og‘ir jazoga tortiladi» — Saida Mirziyoyeva Нamanganda voqea haqida Prezident administratsiyasi rahbari amaldagi qonunchilikda oliy jazo ko‘zda tutilmagani tufayli javobgarlikni maksimal darajada kuchaytirish uchun qonun hujjatlariga o‘zgartirish kiritish bo‘yicha taklif tayyorlanayotganini bildirgan. 👉 https://kun.uz/uz/46466931 Kun.uz rasmiy kanali

O‘zbekisтon Armanisтonni mag‘lub eтib, chempionlik uchun kaттa qadam тashladi Shu vaqтgacha biror тurda yuтqazmagan yagona ja
O‘zbekisтon Armanisтonni mag‘lub eтib, chempionlik uchun kaттa qadam тashladi Shu vaqтgacha biror тurda yuтqazmagan yagona jamoa bo‘lib тurgan Armanisтon shaxmaтchilari O‘zbekisтon qarshisida ojiz qoldi. Endi so‘nggi тurda O‘zbekisтonga birinchi o‘rinda qolish uchun durang ham yeтarli bo‘ladi. 👉https://kun.uz/uz/37551474 Kun.uz rasmiy kanali

“Biz hammamiz inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz” – Saida Mirziyoyeva BMT Bosh Assambleyasining yillik sessiyasida Prezident Administratsiyasi rahbari Saida Mirziyoyeva oliy minbardan nutq so‘zladi. Uning nutqi xalqaro hamjamiyat va nufuzli anjuman ishtirokchilarining diqqat markazida bo‘ldi. "Biz hammamiz, inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyoda yashashni istaymiz. Biz farzandlarimizga hozirgidan ko‘ra yaxshiroq dunyo qoldirishni istaymiz. Inson qadri yuksak bo‘lgan dunyo. Ammo kelajak bizni imkoniyatlarimiz bilan emas, ulardan qanday foydalanganimiz bilan baholaydi. O‘zbekiston xalqi va Prezidenti tinchlik, birdamlik, ishonch va inson qadri ustuvor bo‘lgan dunyo barpo etilishiga o‘z hissasini qo‘shishga tayyor", dedi Saida Mirziyoyeva. Kun.uz rasmiy kanali

Superliganing 11 klubi tadbirkorlarga beriladi “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Dinamo”, “Qizilqum”, “Navbahor”, “Nasaf”, “Neftchi”, "
Superliganing 11 klubi tadbirkorlarga beriladi “Bunyodkor”, “Buxoro”, “Dinamo”, “Qizilqum”, “Navbahor”, “Nasaf”, “Neftchi”, "Lokomotiv”, “Mashʼal”, OKMK, “Paxtakor” futbol klublarini ishonchli boshqaruvga berish bo‘yicha tanlov eʼlon qilinadi. Professional futbol klubini ishonchli boshqaruvga olgan tadbirkorlar uchun imtiyozlar beriladi. 👉 https://kun.uz/uz/12611175 Kun.uz rasmiy kanali

Qarsaklar shovqinida haqiqatning ovozi eshitilmaydi | 5 daqiqa Insonning qo‘liga katta hokimiyat berilsa, odatda atrofdagilarga qanday yashashni o‘rgata boshlaydi. Lavozimi ko‘tarilgani sari o‘zini ko‘proq narsani biladigan, hatto o‘zida yo‘q sifatlarga ham ega inson sifatida tasavvur qilishi mumkin. Biroq Mark Avreliyning «O‘zimga o‘gitlar» asarini o‘qir ekansiz, butunlay boshqa manzaraga guvoh bo‘lasiz. 👉 https://kun.uz/uz/13365566 Kun.uz rasmiy kanali

ChatGPT foydalanuvchilarining 53 ta tasviri sizib chiqdi OpenAI kompaniyasining sun’iy intellekt agentlari ChatGPT foydalanuv
ChatGPT foydalanuvchilarining 53 ta tasviri sizib chiqdi OpenAI kompaniyasining sun’iy intellekt agentlari ChatGPT foydalanuvchilariga tegishli 53 ta tasvir sizib chiqishiga yo‘l qo‘ygan. Kompaniya tasvirlarning aksariyati o‘chirilganini, qolgan fayllar masalasida esa xosting-provayderlar bilan ish olib borilayotganini bildirdi. 👉 https://kun.uz/uz/90847122 Kun.uz rasmiy kanali

Kiyevga hujumlarda 59 kishi jabrlandi, yetti kishi halok bo‘ldi 25 sentyabr kuni Rossiyaning Kiyevga hujumlari oqibatida yett
Kiyevga hujumlarda 59 kishi jabrlandi, yetti kishi halok bo‘ldi 25 sentyabr kuni Rossiyaning Kiyevga hujumlari oqibatida yetti kishi halok bo‘ldi, 59 kishi jabrlandi. Kunduzgi hujumda Solomenskiy tumanidagi ofis binosiga dron kelib urilishi natijasida to‘rt kishi hayotdan ko‘z yumgan, yana yetti kishi, jumladan, bir bola jabrlangan. 👉 https://kun.uz/uz/00527858 Kun.uz rasmiy kanali

Pasport yoki ID-karta yoʻqolganda nima qilish kerak? Pasport yoki ID-karta yoʻqolgan taqdirda bu haqda xabar berish va yangi
Pasport yoki ID-karta yoʻqolganda nima qilish kerak? Pasport yoki ID-karta yoʻqolgan taqdirda bu haqda xabar berish va yangi hujjat rasmiylashtirish kerak. Pasport yoki ID-karta yoʻqolganda qayerga murojaat qilish, rasmiylashtirish qancha turishi, hujjatni yoʻqotganlik uchun qanday jarima belgilangani va pasport xorijda yoʻqolgan boʻlsa, nima qilish kerakligi haqida maʼlumot beramiz. 👉 https://kun.uz/uz/49356967 Kun.uz rasmiy kanali