Kun.uz | Rasmiy kanal
🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz! ‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi Reklama: +998781137733 Sayt: http://kun.uz/uz facebook.com/kunuznews twitter.com/KunUzNews instagram.com/kun.uz @kunuzmurojaat
显示更多📈 Telegram 频道 Kun.uz | Rasmiy kanal 的分析概览
频道 Kun.uz | Rasmiy kanal (@kunuz) 乌兹别克语 语言赛道中的 是活跃参与者。目前社区聚集了 70 489 名订阅者,在 新闻与媒体 类别中位列第 3 845,并在 乌兹别克斯坦 地区排名第 987 位。
📊 受众指标与增长动态
自 невідомо 创建以来,项目保持高速增长,吸引了 70 489 名订阅者。
根据 16 十月, 2026 的最新数据,频道保持稳定运转。过去 30 天订阅人数变化为 -37,过去 24 小时变化为 -18,整体触达仍然可观。
- 认证状态: 已认证(Telegram 官方确认)
- 互动率 (ER): 平均受众互动率为 20.41%。内容发布后 24 小时内通常能获得 17.33% 的反应,占订阅者总量。
- 帖子覆盖: 每篇帖子平均可获得 14 389 次浏览,首日通常累积 12 219 次浏览。
- 互动与反馈: 受众积极参与,单帖平均反应数为 69。
📝 描述与内容策略
作者将该频道定位为表达主观观点的平台:
“🇺🇿 Kun.uz saytining Telegram-kanaliga xush kelibsiz!
‼️ Ushbu kanal lotin alifbosida yuritiladi
Reklama:
+998781137733
Sayt: http://kun.uz/uz
facebook.com/kunuznews
twitter.com/KunUzNews
instagram.com/kun.uz
@kunuzmurojaat”
凭借高频更新(最新数据采集于 17 十月, 2026),频道始终保持新鲜度与高覆盖。分析显示受众积极互动,使其成为 新闻与媒体 类别中的关键影响点。
正在加载数据
| 日期 | 订阅者增长 | 提及 | 频道 | |
| 17 十月 | +11 | |||
| 16 十月 | +17 | |||
| 15 十月 | +45 | |||
| 14 十月 | +19 | |||
| 13 十月 | +20 | |||
| 12 十月 | +69 | |||
| 11 十月 | +15 | |||
| 10 十月 | +23 | |||
| 09 十月 | +60 | |||
| 08 十月 | +26 | |||
| 07 十月 | +35 | |||
| 06 十月 | +24 | |||
| 05 十月 | +16 | |||
| 04 十月 | +23 | |||
| 03 十月 | +13 | |||
| 02 十月 | +38 | |||
| 01 十月 | +16 |
| 2 | Chilonzor tumani sobiq hokimi Saidqahhor Xolxo‘jayev vazir o‘rinbosarligiga tayinlandi
Prezident qarori bilan, Saidqahhor Xolxo‘jayev investitsiyalar, sanoat va savdo vazirining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlandi.
U so‘nggi to‘rt yildan buyon Toshkent shahri Chilonzor tumani hokimi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgandi.
👉 https://kun.uz/kr/88114470
Kun.uz rasmiy kanali | 5 533 |
| 3 | Devori yo‘q qamoqxona: u yerda hamma kar va soqov edi | 5 daqiqa
Ba’zi qamoqxonalarning devorlari g‘ishtdan quriladi. Ba’zilariniki esa kimningdir xohishi, buyrug‘i va qo‘rquvi asosida tiklanadi. Turgenevning «Mumu» asarida shunday qamoqxona haqida hikoya qilinadi. Unda jismonan baquvvat, mehnatkash inson yashardi. U kar va soqov, ammo eng katta muammosi bu emasdi. Uning o‘rniga kimni sevishni ham, qanday yashashni ham boshqalar hal qilardi.
5 daqiqa’ning navbatdagi sonida ushbu noyob asarni muhokama qilamiz.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING | 6 982 |
| 4 | Markazlashgan isitish tizimidan individual qozonga o‘tish mumkinmi?
Issiqlik va issiq suv tariflari ko‘tarilishi – markazlashgan tarmoq iste’molchilari va individual gaz qozoni bilan jihozlangan xonadonlarning isitish xarajatlari o‘rtasidagi farqni yildan yilga oshiryapti.
Ammo, kommunal xo‘jalik vaziri o‘rinbosari Ozoda Jo‘rayeva Kun.uz muxbiri savoliga javoban ma’lum qilishicha, iste’molchilar markazlashgan issiqlik ta’minotidan voz kecha olmaydi.
👉 https://kun.uz/uz/59972492
Kun.uz rasmiy kanali | 7 928 |
| 5 | Madaniy meros agentligi Adabiyot muzeyi atrofidagi vaziyatga izoh berdi
Davlat adabiyot muzeyi uchun Yangi Toshkentda yangi bino qurilmoqda, unga qadar muzeydagi madaniy boyliklar vaqtincha ikkita muassasaga ko‘chirilyapti. Navoiy ko‘chasidagi tarixiy bino esa uzoq yillardan beri shu binoda faoliyat yuritib kelgan Davlat yoshlar teatriga berilgan va ta’mirlashga tushgan.
Ob’ekt egasining o‘zgarishi – uning madaniy meros sifatida muhofaza etilishiga ta’sir ko‘rsatmaydi, deya ma’lum qildi Madaniy meros agentligi.
📸👉 https://kun.uz/36361738
Kun.uz rasmiy kanali | 8 461 |
| 6 | Yangi sanktsiyalar: Rossiyaning raketa ishlab chiqarishi qiyinlashishi mumkin
Yevropa Ittifoqi Rossiyaning qurol-yarog‘ sanoatiga qarshi rekord ko‘lamdagi sanktsiyalar joriy etdi. Asosiy nishon – raketa va dronlar ishlab chiqarish uchun zarur mikrochip, uskuna va boshqa qismlarni yetkazib beruvchi korxonalar. Bryussel Rossiyaning harbiy salohiyatini cheklash bilan birga, sanktsiyaga tushgan kompaniyalar bilan savdo aloqalariga ega AQShga ham bilvosita bosim o‘tkazishni ko‘zlayotgani aytilmoqda.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING | 8 620 |
| 7 | Andropovning fitnasi yoki taqdiri azal: Brejnevning o‘limiga Toshkentda olgan jarohatlar sabab bo‘lganmi?
1982-yil 23-mart kuni Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasida falokat yuz beradi.
Samolyot ishlab chiqaruvchi bu zavod ishi bilan tanishish uchun u yerga borgan SSSR rahbari Leonid Brejnevning ustiga temir konstruksiya tushib ketadi. Oqibatda sovet rahbari jiddiy jarohatlanadi. O‘sha paytda 75 yoshda bo‘lgan Brejnev Toshkentdagi hodisadan 8 oy o‘tgach vafot etadi.
📹 VIDEONI TOMOSHA QILING | 8 882 |
| 8 | Aliment qarzini to‘lamagan 26 kishi bir vaqtda qamoqqa olindi
Qarshi shahrida aliment to‘lash majburiyatini bajarmagan 60 nafar qarzdorning ishi sayyor sud majlisida ko‘rib chiqildi.
Ularning 26 nafariga 15 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.
👉 https://kun.uz/uz/09883909
Kun.uz rasmiy kanali | 9 471 |
| 9 | Putinning tahdidi va Trampning ayblovlari | “Geosiyosat”
Putin data-markazlarga zarbalar javobsiz qolmasligini aytdi. Ukraina armiyasi Liman yo‘nalishidagi qarshi hujumlar bilan Rossiyaning Donbasdagi rejalarini murakkablashtirmoqda. Kiyev RF hududidagi nishonga ilk bor o‘zi ishlab chiqargan ballistik raketani qo‘lladi.
Zelenskiy Bryusselda Yevropa Ittifoqi rahbarlari bilan uchrashdi. Tramp esa hafta davomida uni tanqid qilishda davom etdi.
Ortda qolgan haftaning xalqaro maydondagi mavzulari muhokamasi – Kun.uz'ning jonli efirdagi “Geosiyosat” haftaligida.
📱 Telegram‘da ko‘rish
📱 YouTube‘da ko‘rish | 9 538 |
| 10 | AQSH blokadasi Eron iqtisodiyotiga qanday ta’sir qilyapti?
AQSH harbiy qamali ostida qolgan Tehron og‘ir iqtisodiy inqirozni boshdan kechiryapti. Mamlakat milliy valyutasi rekord darajada quladi, inflyatsiya esa 90 foizga yetgan. Neft eksporti va tashqi savdo ham keskin qisqarib boryapti.
Urushdan oldin qamal chizig‘idan tashqaridagi suv omborlarida Eronning 120 million barreldan ortiq nefti bo‘lgan bo‘lsa, hozirda bu ko‘rsatkich taxminan 10 million barrelga tushib qolgan.
👉 https://kun.uz/uz/96248688
Kun.uz rasmiy kanali | 9 399 |
| 11 | “Yana qancha odam halok bo‘lishi kerak?” – Neftchilar qishlog‘ida yuk mashinasi bilan bog‘liq YTHlar nega ko‘p bo‘ladi?
10-oktabr kuni Andijon viloyati Buloqboshi tumani Neftchilar qishlog‘ida tuproq ortilgan HOWO yuk mashinasi qiyalikdan tushayotib boshqaruvni yo‘qotgan va yo‘lida uchragan mashina, bino va odamlarni surib ketgandi.
Aytishlaricha avval ham aynan shu yerda yuk mashinasi odamlarni bosib qolishidan 10 nafarga yaqin odam halok bo‘lgan.
📹 TO‘LIQ VIDEONI TOMOSHA QILING | 9 514 |
| 12 | Olimpiya chempioni Diyora Keldiyorova ikki yildan so‘ng tatamiga qaytmoqda
Parij–2024 yozgi Olimpiya o‘yinlari chempioni Diyora Keldiyorova ikki yillik tanaffusdan keyin yana xalqaro musobaqada ishtirok etadi.
O‘zbekistonlik dzyudochi Qozog‘istonning Aqtau shahrida 17-oktabr kuni boshlanadigan Aktau Asian Open 2026 turnirida medal uchun kurashadi.
👉 https://kun.uz/uz/89673097
Kun.uz rasmiy kanali | 10 071 |
| 13 | Yo‘lda bezorilik qilgan haydovchiga qanday jazo beriladi?
Yo‘l bezoriligini sodir etgan haydovchiga BHMning 25 baravari miqdorida jarima solinadi.
Shu bilan birga, u transport vositalarini boshqarish huquqidan bir yildan ikki yilgacha mahrum qilinadi.
👉 https://kun.uz/uz/81206019
Kun.uz rasmiy kanali | 10 062 |
| 14 | “Suvaraklar” hukumatga qarshi. Hindiston “rangli inqilob” yoqasidami?
Hindistonda yana norozilik namoyishlari to‘lqini avj oldi. Ushbu namoyishlarning asosiy harakatlantiruvchi kuchi esa «Suvaraklar xalq partiyasi» (CJP) bo‘lib turibdi.
Joriy yil yozida ta’lim vazirini iste’foga chiqarishga erishgan «suvaraklar» endi saylov komissiyasi rahbarining iste’fosini talab qilishmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/13704023
Kun.uz rasmiy kanali | 10 353 |
| 15 | Arizani “tinchitish”ga $500 000 – Buxoroda tovlamachilik qilgan 72 yoshli shaxs 8 yilga qamaldi
Toshkent shahrida yashovchi nuroniy buxorolik tadbirkorga qo‘ng‘iroq qilib, o‘zini “Prezident administratsiyasi mas’ul xodimi” sifatida tanishtirgan. So‘ngra administratsiya tomonidan uning faoliyati bo‘yicha tekshirish o‘tkazish topshirig‘i berilganini aytib qo‘rqitgan. Shundan so‘ng “arizani tinchitish” uchun 500 ming dollar so‘ragan.
👉 https://kun.uz/uz/87633327
Kun.uz rasmiy kanali | 10 915 |
| 16 | Saudiya Arabistonidagi elchixona maslahatchisi Farg‘ona hokimiga o‘rinbosar bo‘ldi
Islom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari — viloyat investitsiyalar, sanoat va savdo boshqarmasi boshlig‘i etib tayinlandi.
U bunga qadar O‘zbekistonning Saudiya Arabistonidagi elchixonasida savdo-iqtisodiy masalalar bo‘yicha maslahatchi bo‘lib ishlagan.
👉 https://kun.uz/uz/17347899
Kun.uz rasmiy kanali | 10 636 |
| 17 | 没有文字... | 10 696 |
| 18 | Isroilda saylov yaqin: hukumat o‘zgarishi mumkin
🔘 Kuchli siyosatchilar Netanyahuni ketkazish uchun birlashishi mumkin. 2021 yil ularni buni uddalagandi.
🔘 Netanyahu saylov kampaniyasini urush atrofida qurib, Liberman va Eisenkot «arablar bilan birlashishidan» ogohlantirmoqda.
🔘 Muxolifat 7 oktyabr hujumini o‘tkazib yuborgan hukumat javob berishi kerakligini talab qilyapti. Ularning fikricha, «Netanyahu urushdan o‘z manfaati yo‘lida foydalanmoqda».
📹 BATAFSIL YOUTUBE'DA KO‘RING | 11 741 |
| 19 | O‘zbekistonning ikki vakili dunyoning eng kuchli 5 shaxmatchisi qatoriga qaytdi
Javohir Sindarov va Nodirbek Abdusattorov FIDE reytingining kuchli beshlikka qaytdi.
Sindarov live-reytingda uchinchi o‘ringa ko‘tarildi, u bilan shaxmat toji uchun bahs olib boradigan amaldagi jahon chempioni Gukesh Dommaraju esa 28-o‘ringa tushib ketdi. Hozir ular o‘rtasidagi reyting farqi 72 punktni tashkil etmoqda.
👉 https://kun.uz/uz/40162928
Kun.uz rasmiy kanali | 11 407 |
| 20 | Saida Mirziyoyeva Hongkongning yirik xoldinglaridan biri rahbari bilan uchrashdi
Prezident administratsiyasi rahbari 16 oktyabr kuni Henderson Land Group boshqaruvi raisi Piter Li bilan muloqot qildi.
Uchrashuvda qayta tiklanuvchi energetika, Yangi Toshkent infratuzilmasini rivojlantirish va ta’lim sohalaridagi qo‘shma loyihalar muhokama qilindi.
Saida Mirziyoyeva sheriklikdagi tashabbuslarni Toshkent xalqaro moliya markazi orqali ham qo‘llab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.
Kun.uz rasmiy kanali | 1 |
