Mutolaa sehri
الذهاب إلى القناة على Telegram
📖“Birga kitob o‘qiymiz” __ ❗️O‘qib, ta’sirlangan asarlaringiz haqidagi fikrlaringizni kanalimizda bo‘lishing, toki bu boshqalarning ham shu kitobni o‘qishiga sababchi bo‘lsin! 📧Bog‘lanish: @Maktub_yozing_bot 🗯 Guruh: @kitobxonlar_klubi1
إظهار المزيد1 041
المشتركون
+224 ساعات
+47 أيام
-2530 أيام
أرشيف المشاركات
1 042
🗓 #bugun #kuntarixi
21-iyul — Buyuk muhaddis Imom al-Buxoriy (810–870) tavallud topgan kun
Islom olamining buyuk muhaddisi va mutafakkiri Imom al-Buxoriy (toʻliq ismi Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy) hijriy 194-yil shavvol oyining 13-kuni (milodiy 810-yil 21-iyulda) Buxoroda tavallud topgan.
Buxoriy umr bo‘yi hadislarni to‘plash, ularni sahih (to‘g‘ri, ishonchli) va g‘ayri sahih (xato, zaif)ga ajratish yo'lida ilm o'rgangan. Bu ishni hadis roviylarining maishiy hayotlari, yashash joylari, tug‘ilgan va vafot etgan sanalari, bir-birlari bilan qilgan o‘zaro muloqotlarini o‘rganish bilan bog‘liq holda olib borgan.
Buxoriy jami 600 mingga yaqin hadis to‘plagan bo‘lib, shundan 100 ming “sahih” va 200 ming “g‘ayri sahih” hadisni yoddan bilgan. Buxoriy o‘zining noyob qobiliyati, iqtidori, quvvai hofizasining o‘ta kuchliligi bilan ilm ahllarini lol qoldirgan. Hadis ilmiga o‘ta fidoyilik, aql-zakovatini baxshida etish Buxoriyga shon-sharaf keltirdi, uni islom dunyosining eng buyuk allomalaridan biri sifatida tanitdi.
Buxoriy 20 dan ortiq kitob tasnif etgan. Ulardan ayrimlari bizgacha yetib kelgan, ayrimlari esa dunyoning turli kutubxonalarida saqlanmoqda. Uning “Al-Jomi’ as-sahih” (“Ishonchli to‘plam”) deb nomlangan 4 jild (juz) dan iborat hadislar to‘plami islom olamidagi boshqa muhaddislar tuzgan hadis to‘plamlari orasida eng ishonarli va mukammalidir.
Kitoblari:
🪶“Al-Adab al-mufrad” (“Adab durdonalari”)
🪶“Kitob al-kuna” (“Kunyalar haqida kitob”)
🪶“At-Ta’rix al-kabiyr” (“Katta tarix”)
🪶“At-ta’rix as-sag‘iyr“ (“Kichik tarix”)
🪶“Kitob al-favoid” (“Foydali ashyolar haqida kitob”),
🪶“Al-Jomi’ al-kabiyr” (“Katta tayanch”),
🪶“Xalq af’ol al-ibod”, (“Alloh bandalari ishlarining tabiati”),
🪶“Al-Musnad al-kabiyr” (“Katta tayanch”),
🪶“At-tafsir al-kabiyr” (“Katta tafsir”),
🪶“Kitob al-hiba” (“Xayr-ehson haqida kitob”)
🪶“Tafsir al-Qur’on” (“Qur’on tafsiri”) va boshq.
❔Sizda vatandoshimiz Imom Buxoriyning qaysi kitoblari bor?
💬📹📹@mutolaa_sehri
1 042
She'r o'qib bergach, Zulfiya mukofoti bilan taqdirlangan qiz
«O‘zmetkombinat» mutaxassisi Dilnoza Primkulova O‘zbekiston prezidenti bilan Bekobodda bo‘lib o‘tgan uchrashuvda o‘zining ushbu she’rini o‘qib bergach, Shavkat Mirziyoyev istisno tariqasida unga Zulfiya nomidagi davlat mukofotini berishni taklif qildi va keyinroq tegishli farmonni imzoladi.
Olov bilan tillashar qo‘lim, Temirga jon beramiz har kun. Xizmatdamiz qad rostlayotgan, Har bir bino, inshoot uchun. Yangilanib borar shaharlar, Yangilanib borar bo‘stonim. Temirdayin mustahkam mag‘rur, Gullayversin O‘zbekistonim. Metallurglar — olov farzandi, Matonati — kuchi, orida. Mening ham o‘z hissam bor bugun, Shu vatanning poydevorida.@mutolaa_sehri
1 042
🗓 #bugun #kuntarixi
12-iyul Abdulla Avloniy(1878-1934) tavallud topgan kun
Abdulla Avloniy she’rlari 15 yoshidan boshlab matbuotda ko‘rina boshladi. 1904 yilda Toshkentning Mirobod mahallasida jadid maktabini, 1909 yilda «Jamiyati xayriya» uyushmasini tashkil etdi.
«Birinchi muallim» («Muallimi avval», 1909), «Ikkinchi muallim» («Muallimi soniy», 1912) nomli darsliklari, «Turkiy guliston yoxud axloq» (1913), «Gulistoni maktab» (1917), «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1916, 6 qism) kabi qo‘llanmalari maktablarda o‘qitilgan.
Avloniy «Turon» (1917) gazetasiga «Yashasin xalq jumhuriyati» degan shiorni tanladi, «Turon» nomli teatr to‘garagini tashkil etib, iqtidorli yoshlarni to‘pladi, ayrim rollarni ijro etishda o‘zi ham qatnashdi.
Shoir Afg‘onistonda elchi bo‘ldi, turli o‘quv yurtida dars berdi. Abdulla Avloniyning Hijron, Nobil, Indamas, Shuhrat, Surayyo, Shapaloq, Chol, Ab, Chegiboy degan taxalluslari bo‘lgan.
📚 Asarlari:
🪶"Advokatlik osonmi" (drama)
🪶"Biz va siz"(drama)
🪶"Muxtasar tarixi anbiyo va tarixi Islom"
🪶"Pinak" (drama)
🪶"Po‘rtug‘oliyo inqilobi" (drama)
🪶"Turkiy Guliston yoxud axloq" va b.
❔Siz Avloniyning qaysi kitoblarini o'qigansiz?
💬📹📹 @mutolaa_sehri
1 042
Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Said Ahmadning "Jimjitlik" romani sovet davri senzurasiga qattiq uchragan asarlardan biridir. 1986–1987-yillarda "Sharq yulduzi" jurnalida chop etilayotganda, senzura organlari muallifga bildirmasdan asarning uchdan bir qismini olib tashlagan.
Afsuski, asarning ilk yozilgan shaklini o'qiyolmaymiz.
@mutolaa_sehri
1 042
Toshkentdagi Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi buzilayotgani haqida xabarlar tarqalib, muhokamalarga sabab bo‘ldi.
Muzey direktori Shahnoza Nazarova bu holatga izoq berib, quyidagilarni ma’lum qildi.
"Hozirda muzey arxiv fondida 1 million 416 ming 512 ta hujjat saqlanadi. Muzeyda hozircha 1491 ta toshbosma, 439 ta papkada qo‘lyozmalarning fotonusxalari, 145 ta papkada fotoplyonkalar hamda ko‘plab shoir va yozuvchilarning suratlari saqlanmoqda. Arxiv fondida Hamza Hakimzoda Niyoziy, Botu, Maqsud Shayxzoda, Asqad Muxtor, Said Ahmad, Abdulla Qodiriy va boshqa ijodkorlarning qo‘lyozmalari, asarlari nusxalari, xatlari hamda fotosuratlari jamlangan. Shuningdek, XIV-XV asrlarga oid noyob qo‘lyozmalar, toshbosmalar, ularning fotonusxalari, fotoplyonkalar, nodir suratlar, XX asr boshidan bugungi kungacha ijod qilgan shoir va yozuvchilarning arxiv hujjatlari saqlanadi. Ekspozisiya fondida esa miniatyuralar, kartinalar hamda adiblarga tegishli shaxsiy buyumlar o‘rin olgan. Qo‘lyozmalar, toshbosmalar va arxiv materiallari Islom sivilizatsiyasi markaziga, muzey eksponatlari esa Antropologiya institutiga bosqichma-bosqich ko‘chiriladi. Eksponatlar ushbu ikki tashkilot balansiga o‘tkazilmaydi".P/S: Bir vaqtlar "Turon" kutubxonasi bilan bog'liq shunga o'xshah voqea sodir bo'lgandi. O'shanda Akademik Naim Karimov kutubxonani saqlab qolish uchun jon kuydirib, rosa yugurgandi. Afsuski, bugun o'sha kutubxona ham yo'q, rahmatli Naim Karimov ham... Yaxshi niyat qilib, duo qilamizki, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyot muzeyi bilan bogliq bu holat natijasi unday bo'lmaydi. To'liq ta'mirdan so'ng, muzey fondidagi qo'lyozmalar, eksponantlar o'z joyiga qaytadi va muzey faoliyatini yana davom ettiradi. Madaniy meros agentligi muhofazasidagi tarixiy ob’yekt hisoblangan muzseyni kattakonlar buzib, o'rniga dom yoki mehmonxona qurib yubormaydi. Siz ham shunday ezgu niyat bilan duo qilib qo'ying, azizlar. @mutolaa_sehri
1 042
🗓 #bugun #kuntarixi
6-iyul Shoir Shukur Qurbon tavallud topgan kun
Shukur Qurbon (Olimjon o‘g‘li) 1951 yilda Andijon viloyatining Baliqchi tumanida tug‘ilgan. Hozirgi O‘zMU ning filologiya fakultetini bitirib (1968—73), «Sharq yudduzi» jurnali tahririyatida ish faoliyatini boshlagan. Shundan keyin O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasining Toshkent viloyat bo‘limida, O‘zbekiston teleradiokompaniyasida, «Sog‘lom avlod uchun» jurnali muharririyatida, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasi nashriyotida faoliyat yuritgan.
Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasining mukofoti va "Do'stlik" ordeni bilan taqdirlangan.
Shoirning "Shaytanat" filmi uchun yozilgan she'ri qo'shiq bo'lib, ko'plab ,muxlislar qalbidan joy olgan.
Kitoblari:
▪️“Oqqushlar koʻli” (1978),
▪️“Sogʻinch darvozasi” (1980),
▪️“Nafas” (1982),
▪️“Ona tilim” (1984),
▪️“Yoz kunlari” (1986),
▪️“Yori jonim” (1988),
▪️“Bir qalb manzarasi” (1990),
▪️“Sizni Xudo yetkazdi” (1995),
▪️“Arbaʼin-1” (2002),
▪️“Bayram ‒ bolalarniki” (2006),
▪️“Ellikqalʼa daftari”,
▪️“Baliqchiliklar”,
▪️“Tohir Malik saboqlari”,
▪️“Abdulla Oripov saboqlari” (2008),
▪️“Ozoringni sogʻindim”,
▪️“Hadisi shariflar asosida 1600 toʻrtlik” (2011),
▪️“Ozod Sharafiddinov saboqlari”,
▪️“Muhammad Yusuf saboqlari” (2012),
▪️“Sharq marvaridi”
Dostonlari:
▪️“Temur Malik”,
▪️“Behzod”,
▪️“Soʻz yoʻli”,
▪️“Vatandan ketish”,
▪️“Doʻst”,
▪️“Anbar ona”,
▪️“Onam qoshidasan yoxud singlim Muhabbatga maktublar”,
▪️“Singlim”,
▪️“Ukajonlar, singiljonlarim”,
▪️“Tinchlik toʻgʻrisida notinch bir qoʻshiq”,
▪️“Hamroh”,
▪️“Bir qalb manzarasi”
Shoirning qaysi she'rini yoddan aytib bera olasiz?
@mutolaa_sehri
1 042
Orxan Pamuk, "Ma’sumlik muzeyi" (2008)
Bu fojiali ishq qissasi shunisi bilan ham diqqatliki, kitobni yozib tugatgach, Pamuk Istanbulning Chuqurjuma ko‘chasida shu nomli muzey ham tashkil qilgan.
Adibning boshqa romanlariga o‘xshab, keng qamrovli, ko‘p qavatli, erinmasdan o‘qib, zavqlanadigan roman. Aslida Pamukni o‘qishni serial ko‘rishga qiyoslash mumkin: ajoyib, betakror romanlari butun hayotga yetadigandek. Ularni o‘qib, nafaqat qahramonlar, balki Pamukning ona shahri Istanbulni, uning tarixini o‘rganish mumkin.
O‘qiganlar biladi, kitobda muzeyga bir marta tekin kirish uchun bilet bosilgan. Romanni tugatganimda, bosh qahramonning "muzeyimga keling" degan gapi hazil bo‘lsa kerak, deb o‘ylaganman. Shunga qaramay, 2011 yilgi safarimda kitobda ko‘rsatilgan xaritaga qarab, muzeyni qidirganman, topolmaganman. Keyin bilsam, bitmagan ekan. 2014 yilda borganimda, muzey ham bor ekan, kitob qo‘limda bo‘lgani uchun, undagi biletga muhr bostirib, tekinga kirganman ham. Kitobni o‘qisangiz, muzeyga ham albatta boring 😊
🪶 profsherzod
💬📹📹@mutolaa_sehri
1 042
Repost from Xayrulla Hamidov official
Осмонларга узатдик қўлни,
Юракларга қўнди бир сурур.
Танлагандик энг мушкул йўлни,
Охир бизни ўлдирди ғурур.
Бизга қарши жанг қилди само,
Бошимиздан ёғилди қорлар.
Қишдан омон чиққандик, аммо
Бизни қатл этди баҳорлар…
@xayrulla_hamidov
1 042
"Chernobil tavallosi“ – XX asrning dahshatli nidosi
Adabiyot boʻyicha Nobel mukofoti laureati, belaruslik adiba Svetlana Aleksiyevich qalamiga mansub ushbu asar 10 yildan ortiq muddat mobaynida yozilgan va 1997-yilda chop etilgan.
Asar 1986-yil 26-aprelda Ukrainadagi Chernobil atom elektrostansiyasidagi portlash va uning Belorus aholisiga salbiy taʼsiri haqida soʻzlaydi. Muallif o‘n yil davomida yuzlab guvohlar: o‘t o‘chiruvchilar, shifokorlar, harbiylar, olimlar, evakuatsiya qilingan aholi va qurbonlarning yaqinlari bilan suhbatlashib, ularning hikoyalarini jamlagan. Shuning uchun kitob „hujjatli adabiyot“ yoki „ko‘p ovozli solnoma“ sifatida baholanadi.
Radiatsiyaga uchragan yerdan 3 kunga deb butun umrga koʻchirib yuborilgan, tirikchiligi dehqonchilik va chorvachilik boʻlgan oddiy aholining ayanchli taqdiri, yongʻinlarni oʻchirishda qatnashgan oʻt oʻchiruvchilarning ayanchli oʻlimi, 1986-yil davomida radiatsiyani yanada keng yoyilmasligi uchun kelgan likvidatorlar taqdiri kitobxonni befarq qoldirmaydi, uning koʻziga yosh keltiradi.
Asar muqaddimasining oʻzidan texnogen falokatning nechogʻlik katta ekanligini anglaysiz:
„Chernobil fojiasidan soʻng mamlakat yana 485 ta qishloq va shaharchalaridan judo boʻldi: ularning 70 tasi yer ostiga abadiy koʻmildi. Urushda har toʻrtinchi belorus halok boʻlgandi, bugun ularning har beshinchisi falokat hududida yashamoqda. Bu 2.1 mln.inson demakdir, ulardan 700 mingtasi – bolalar“.© Azamat Fayzullayev 💬📹📹@mutolaa_sehri
1 042
“Ming quyosh shu’lasi” — Xolid Husayniy
Afg‘onistonda tuzumlar almashinuvi, fuqarolar urushi va toliblar hokimiyatga kelishi fonida ikki ayol – Maryam va Layloning taqdiri tutashadi. Yoshlari va fe’l-atvorlari turlicha bo‘lishiga qaramay, ikkalasi ham hayotlarini barbod qilayotgan bir kishining xonadonida tutqun bo‘lib qoladi. Vaqt o‘tishi bilan, qo‘rquv, zo‘ravonlik va erksizlik kundalik hayotning bir qismiga aylangan bu dunyoda ayollar bir-birlari uchun yagona suyanchiqqa aylanadi.
Asar navbatdagi judolikni kutish hissi bilan o‘quvchini doimiy taranglikda ushlab turadi. Qahramonlarning o‘zini yoki farzandlarini himoya qilishga bo‘lgan har qanday urinishi erining tajovuzkorligi yoki askarlarning taqiqlari va xo‘rliklari oldida muvaffaqiyatsizlikka uchraydi. Shunday bir sharoitda ayollar har kuni kurashib erishadigan sokin g‘amxo‘rlik va o‘zaro qo‘llab-quvvatlash lahzalari o‘zgacha nozik va achchiq qabul qilinadi.
Xolid Husayniy Kobulda tug‘ilgan, biroq keyinchalik, Sovet qo‘shinlarining Afg‘onistonga bostirib kirishidan so‘ng, oilasi bilan AQShga ko‘chib ketgan. Uning kitoblari, jumladan, ushbu romani ham ko‘p jihatdan muallifning xotiralariga tayanadi. Uning o‘zi esa faol jamoat arbobiga aylanib, afg‘onistonlik qochqinlarga yordam fondiga asos solgan.🪶 Hilola G'iyosova 💬📹📹@mutolaa_sehri
