cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

Mutolaa sehri

📖“Birga kitob o‘qiymiz” __ ❗️Siz o‘zingiz o‘qib, ta’sirlangan asarlaringiz haqidagi fikrlaringizni kanalimizda bo‘lishing, toki bu boshqalarning ham shu kitobni o‘qishiga sababchi bo‘lsin! 📧Bog‘lanish: @Maktub_yozing_bot 🗯 Guruh: @kitobxonlar_klubi1

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
1 199
المشتركون
-124 ساعات
+97 أيام
+7130 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

🗓 #bugun #kuntarixi 17-may — shoira Halima Xudoyberdiyeva tavallud topgan kun Halima Xudoyberdiyeva 1947-yil 17-mayda Sirdaryo viloyatining Boyovut tumanida dunyoga kelgandi. Toshkent davlat universitetining jurnalistika fakultetini tugatgan (1972). “Saodat” jurnalida adabiy xodim, bo‘lim mudiri (1972—75), bosh muharrir o‘rinbosari va bosh muharrir (1982—94), Yoshlar nashriyotida bo‘lim mudiri (1978—82), O‘zbekiston Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi (1990—94), “Yozuvchi” nashriyotida yetakchi muharrir (1996—98), “Sanam” jurnalida bosh muharrir o‘rinbosari (1998—2003), 2004-yildan “XXI asr” gazetasida bo‘lim muharriri bo‘lib ishlagan. Halima Xudoyberdiyevaning ilk she’rlari o‘quvchilik yillarida Yangiyer tumani gazetasida bosilgan (1964). She'riy kitoblari: ▪️ “Ilk muhabbat” (1968), ▪️“Oq olmalar” (1973), ▪️“Chaman” (1974), ▪️“Suyanch tog‘larim” (1976), ▪️“Bobo quyosh” (1977), ▪️“Issiq qor” (1979), ▪️ “Sadoqat” (1983), ▪️“Muqaddas ayol” (1987), ▪️“Bu kunlarga yetganlar bor”, ▪️ “Hurlik o‘ti” (1993), ▪️“To‘marisning aytgani” (1996) ▪️“Yo‘ldadirman” (2005) ▪️“Buyuk qushlar” va b. Halima Xudoyberdiyev birinchi chaqiriq Oliy Majlis deputati, Hamza nomidagi O‘zbekiston Davlat mukofoti laureati (1990) edi. O‘zbekiston xalq shoirasi Halima Xudoyberdiyeva 2018-yil, 17-avgust kuni 71 yoshida vafot etdi. _________________________ MUQADDAS AYOL Oshiqlaring poyingta gul otib ham bo‘ldi, Xilvatlarda labingdan bol totib ham bo‘ldi, Va bu haqda kimlargadir sotib ham bo‘ldi, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Avval: «Kel-ey, quchog‘imga to‘l, balq», dedilar, Unamading, ayol o‘zi ters «xalq», dedilar, Icholmagach yuz o‘girib, sho‘r, talx, dedilar, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Sen daryosan, o‘pganini qirg‘oq yashirar, Juftim bo‘l, - deb chopganini har toq yashirar, Jannatim, - deb quvonmasdan qumloq yashirar, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Asli bu bor ermaklarning borar yeri Sen, Rostu yolg‘on ertaklarning borar yeri Sen, Asov otday erkaklarning borar yeri Sen, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Chorlashganda sen kelsang, goh bekor kelsang-da, Mast davraga bir sarin yel, bir tor kelsang-da, Xor kelsang-da, nomardlarga goh xor kelsang-da, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Qimtinasan, astagina ko‘tarasan bosh, Ming yillikdir ko‘zingdagi javdiragan yosh, Gunohkorlar mingu bitta Senga tegar tosh, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! Harir, xushbo‘y badaningda toshlar izi bor, Ko‘kragingda egilgan ne boshlar izi bor, Quyosh izi, kuydirgan quyoshlar izi bor, Sen bari bir muqaddassan, Muqaddas Ayol! _____ 📖 @mutolaa_sehri
إظهار الكل...

4👍 1
📖 Shuhratning hibsdagi hayoti haqidagi asar 💬 ASAR HAQIDA Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" asarini o'qib dahshatga tushgandirsiz. Unda yozuvchi qanday qamalishiyu, qamoqdagi va mahbuslar lageridagi voqealarni va ozodlikka chiqish jarayonlarini bayon etgan. "Qush qafasda qanot qoqmaydi" asari ham xuddi shunday asar. Bunda adib Shuhratning qaysi ayblov bilan hibsga olinishi, sudda qanday aybni bo'yniga "ilish" uchun solingan qiynoqqlar, qamoq va mahbuslar lageridagi ko'rgan qiyinchiliklari, ozodlikka chiqishi va ozodlikda o'zini qamalishiga sabab bo'lganlar bir qancha odamlar (yozuvchilar uyushmasidagi hamkasblari, sudya va yozuvchiga tuhmat ayblovlar qo'yib, guvohlik berganlar ) bilan yana uchrashib qolishlari bilan bog''liq voqealar bayon etilgan. Faqat bu asarning "Kafansiz ko'milganlar" asari bilan farqi, bu kitobni adib Shuhratniing o'zi yozmagan, ammo shaxsan Shuhratni aytib turgan gaplari asosida uning kotibi, yozuvchi Mirzo Kenjabek so'zga ko'chirgan. Shuningdek, kitobdagi voqealar Shuhratning og'li, yaqinlari bergan ma'lumotlar va arxiv hujjatlari asosida boyitilgan. Darvoqe Shuhrat Shukrullo bilan bir vaqtda qamoqqa olingan va har ikkisi ham Sibir o'lkalarida surgun qilingan. Kitobda Shukrullo bilan bog'liq voqealar ham kiritilgan. Bundan tashqari adib bilan birga tuhmat asosida qamoqqa olingan Said Ahmad, Maqsud Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy kabi yetuk adabiyot vakillari bilan bog'liq voqealar ham Shuhrat tilidan bayon etiladi. 💬 VOQEALAR Yozuvchi o'zining ilk marta tergov xonasiga tushib qolishi haqida so'zlab, bir kichik voqeani aytib beradi. BIr kuni yozuvchi yomg'irli kunlarning birida ishdam chiqib, Xadradagi bir pivo xonaga kirib bir finjon pivo ichadi. So'ng, ko'chaga chiqib, uyiga ketish uchun mashina to'xtatadi. Shunda uning ortidan bir yigit yugurib kelib, mashinaga o'tirib oladi. Shu yerda janjal boshlanadi. Batafsil... _____ 💬📹📹 @komiljon_aslonov
إظهار الكل...
Shuhratning hibsdagi hayoti haqidagi asar

ASAR HAQIDA

👍 7
📖 Shuhratning hibsdagi hayoti haqidagi asar 💬 ASAR HAQIDA Shukrulloning "Kafansiz ko'milganlar" asarini o'qib dahshatga tushgandirsiz. Unda yozuvchi qanday qamalishiyu, qamoqdagi va mahbuslar lageridagi voqealarni va ozodlikka chiqish jarayonlarini bayon etgan. "Qush qafasda qanot qoqmaydi" asari ham xuddi shunday asar. Bunda adib Shuhratning qaysi ayblov bilan hibsga olinishi, sudda qanday aybni bo'yniga "ilish" uchun solingan qiynoqqlar, qamoq va mahbuslar lageridagi ko'rgan qiyinchiliklari, ozodlikka chiqishi va ozodlikda o'zini qamalishiga sabab bo'lganlar bir qancha odamlar (yozuvchilar uyushmasidagi hamkasblari, sudya va yozuvchiga tuhmat ayblovlar qo'yib, guvohlik berganlar ) bilan yana uchrashib qolishlari bilan bog''liq voqealar bayon etilgan. Faqat bu asarning "Kafansiz ko'milganlar" asari bilan farqi, bu kitobni adib Shuhratniing o'zi yozmagan, ammo shaxsan Shuhratni aytib turgan gaplari asosida uning kotibi, yozuvchi Mirzo Kenjabek so'zga ko'chirgan. Shuningdek, kitobdagi voqealar Shuhratning og'li, yaqinlari bergan ma'lumotlar va arxiv hujjatlari asosida boyitilgan. Darvoqe Shuhrat Shukrullo bilan bir vaqtda qamoqqa olingan va har ikkisi ham Sibir o'lkalarida surgun qilingan. Kitobda Shukrullo bilan bog'liq voqealar ham kiritilgan. Bundan tashqari adib bilan birga tuhmat asosida qamoqqa olingan Said Ahmad, Maqsud Shayxzoda, Mirzakalon Ismoiliy kabi yetuk adabiyot vakillari bilan bog'liq voqealar ham Shuhrat tilidan bayon etiladi. 💬 VOQEALAR Yozuvchi o'zining ilk marta tergov xonasiga tushib qolishi haqida so'zlab, bir kichik voqeani aytib beradi. BIr kuni yozuvchi yomg'irli kunlarning birida ishdam chiqib, Xadradagi bir pivo xonaga kirib bir finjon pivo ichadi. So'ng, ko'chaga chiqib, uyiga ketish uchun mashina to'xtatadi. Shunda uning ortidan bir yigit yugurib kelib, mashina o'tirib oladi. Shu yerda janjal boshlanadi. Batafsil... _____ 💬📹📹 @komiljon_aslonov
إظهار الكل...
Shuhratning hibsdagi hayoti haqidagi asar

ASAR HAQIDA

Photo unavailableShow in Telegram
10-may adib G'afur G'ulom(1903–1966) tavallud topgan kun. (#kuntarixi ) @mutolaa_sehri
إظهار الكل...
👍 2
01:31
Video unavailableShow in Telegram
Porox xidi... Tilka pora yer, beva ayol och va yupun el nogoh to‘xtab tugamagan to‘y, Yorga yetib borolmagan she’r! Ko‘zlardagi urush dahshati, Hamma yerda xunuk dastxati, Bepoyon rus mamlakatining Har burchida mardlar jasadi. Ular jon berdilar tik turib, Bizni aslo tiz cho‘kmasin deb Haykallarga aylandi ular. Biram ma’yus, og‘ir va muzdek, Turnalarning ko‘kdagi izi, O‘sha mash’um qora xat kabi Yosh kelinlar oxin eslatar, Ular ovozidagi yig‘i, Bir yoshdan to to‘qson yoshgacha qurbonlarni bugun yod eting Unutsansangiz gunoh unutmang, Duo o‘qib ruhin shod eting Ular jon berdilar tik turib Bizni aslo tiz cho‘kmasin deb! © Rislig‘oy Hotamova ( 9-may — Xotira va qadrlash kuni. Yurt tinchligi, Vatan ozodligi yo‘lida jon fido qilgan ota-bobolarimizning oxirati obod, ruhlari shod bo‘lsin) 💬📹📹@mutolaa_sehri
إظهار الكل...
😢 5
Og'ir asarlarni o'qir ekansiz, undagi voqealar, qiyinchiliklar ozmi-ko'pmi sizning ruhiyatingizda ta'sir qiladi. Ayniqsa bu asar voqealari real hayotdan, yashab o'tgan shaxslar hayotidan olingan bo'lsa... Siz shu voqealar ichida yashayotgandek bo'lasiz, o'zingizni shu asar qahramoni o'rniga qo'yib ko'rasiz beixtiyor. Bu esa asardan olinajak ibrat va xulosalarni yanada yaxshiroq anglashga yordam beradi. Shukrulloni "Kafansiz ko'milganlar"ini o'qigandirsiz. Yozuvchi o'z hayotini yozgan. Qamoqdagi, lagerdagi boshidan o'tkazgan azoblar dahshatini o'qib, ta'sirlangansiz. Yozuvchi esa bularni o'z boshidan o'tkazgan. Endi uni dahshatini tasavvur qilavering. Shuhratning hibsdagi haotiga bag'ishlangan, Mirzo Kenjabek qalamiga mansub "Qush qafasda qanot qoqmaydi" asari ham shu toifa asaralar sirasiga kiradi. Undagi barcha voqealarni muallif Shuhratning o'zidan eshitib, uning yaqinlaridan tinglab, arxiv hujjatlarini titkilab to'plagan va so'zga ko'chirgan. Unda yozuvchi Shuhratning qamalishi uchun SSSR qatliomchilari qanday arzimas hiylalar o'ylab topganiyu, qanday soxta ayblar bilan qamalgani, qamoqdagi hayoti, xulosalari, ozod bo'lishi va yorug' kunlari bayon etilgan. O'zim asarni o‘qishni endigina boshladim, hali tugatmadim, ammo ta'sir qildiki, tezroq sizga ham shu kitob haqida aytgim keldi. Ehtimol, nimanidir o'qishni izlab, siz qidirib yurgan asar shudir. Bilasiz, SSSR millat ziyolilarini yo'q qilish uchun, ular millatni uyg'otmasligi uchun 3ta katta qatag'on davrini o'tkazdi. Birinchisi, 1920 -1937 yillar orasida Cho'lpon, Fitrat, Qodiriy kabi ko'plab, millatning eng zabardast ziyolilari yo'q qilindi. Bu qatag'ondan omon qolganlar uchun 1950-53 yillarda ikkinchi qatag'on boshlandi. Unda Said Ahmad, Maqsud Shayxzoda, Shukrullo, Mirzakalon Ismoiliy, Shuhrat kabi yana o'nlab qalbi uyg'oq adiblarga hujum boshlandi. Stalin vafoti bilan bu qatag'on to'xtab qoldi. Yaxshiyamki, shunday bo'ldi. Bo'lmasa, bu kabi adiblarimiz ham omon qolmasdi. Biz esa ularning ko'plab asarlaridan bebahra o'tardik. Shu bilan birga o'sha davrning chirkin ishlari haqida bitilgan kechinmalaridan ham bebahra qolardik. (Uchinchi qatag'on esa o'ylab topilgan "Paxta ishi", "O'zbek ishi" bilan bog'liq) Bu toifa kitoblarni o'qib turish kerak. Xulosa olish, millatni qaysi illatlar yo'q qilishi va parchalab yuborishini bilish uchun ham. Darsliklarda kiritishimiz, tez-tez chop etib turishimiz lozim deb bilaman. Shukrki, bu toifadagi asarlar bugun chop etilmoqda. Yillar davomida ta'qiqda turgan, o'tgan asrning eng qayg'uli kunlari haqida yozilgan kitoblar bugun nashr etilmoqda. "Turkiston qayg'usi", "Alvido Vatan", "Kafansiz ko'milganlar", "Otamdan qolgan dalalar", "Shinelli yillar", "Qatlnoma", .... Ro'yxatni davom ettirish mumkin. Faqat siz-u bizdan ularni o'qish va xulosa olish talab etiladi xolos. Yig'lab o'qiydigan asar qidiryapsizmi? Marhamat, "Qush qafasda qanot qoqmaydi"ni o'qing. Yoqimli mutolaa tilayman. © Komiljon Aslonov | @mutolaa_sehri
إظهار الكل...

👍 8 1
Muhammad Abdulhay Lakhnaviy: “G‘iybat òzi nima?” asariga taqriz "Ba'zilaringiz ba'zilaringizni g‘iybat qilamsin" (Hujurot surasi 12-oyat) Lakhnaviyning ushbu kitobidan juda katta saboqlar oldim va oldingi hayotimga bir nazar soldim. Qarasam, gunohlarga botib ketibman.Kitobni oxirgi varoqlariga yetib kelgach esa bu botqoqlikdan chiqish muolajalari bilan tanishib chiqdim va qaydlarimga yozib oldim. Sizga ham bu kitobni òqib, fikr, mulohaza qilishingizni tavsiya qilaman. Ushbu kitob 2 bo‘lim, 8 bobdan iborat bo‘lib, siz-ruxsat etilgan va la‘natlangan, shariatda xarom bo‘lgan g‘iybatni, shuningdek, g‘iybatni 6 taqsimini, Humaza va Lumaza kim ekanligini, badan ģiybati, nasab ģiybati, odat ģiybati, libos ģiybati, gunoh ģiybati, quloq ģiybati, qalam bilan ģiybat qilish kabi ko‘plab ģiybatlarni òqib tafakkur qilasiz.Fikrlashingiz mutloq o‘zgaradi, ko‘proq sukutni afzal bilasiz.Yana, kitobda qisqa, amma mazmunli Sahobalar tarixidan hikoyalarini o‘qib ibrat olasiz va xulosa chiqarasiz. Meni eng ko‘p ta‘sirlantirgan iqtibos:"Nabiyimiz Muhammad (S.A.V) ģiybat qilishni-Musulmon birodarining o‘limtik go‘shtini yeyishga taqqoslaganlar.Sahobalar g‘iybat qilgan chog‘da esa ularning og‘zida laxta qonni ko‘rganlar. Tafakkur qilaylik: Qiyomatda hatto ota-onangizga ham berolmagan yaxshilikni, siz g‘iybat qilgan bir shaxsga- ortig‘i bilan berib yuborasiz. © Rahimjonova Robiya Sarvar qizi @mutolaa_sehri
إظهار الكل...

❤‍🔥 3 2👍 1
“Shamol ortidan yugurib” asariga taqriz Amerikada yashovchi taniqli afgʻonistonlik adib Xolid Husayniyning „Shamol ortidan yugurib“ (asl nomi: „The Kite Runner“) romani ilk marta 2003-yili ingliz tilida chop etilgan. Oʻzbek tiliga mahoratli tarjimon Rustam Jabborov tomonidan oʻgirilgan ushbu romanda birmuncha tinch va osoyishta umr kechirgan, biroq XX asrning 70-yillaridan urush va xunrezliklar domiga tortilgan Afgʻoniston xalqlari taqdiri qalamga olingan. Xolid Husayniy romanni yaratar ekan bosh personaj Amir tilidan voqealarni bayon etadi, badavlat oilaning farzandi Amir tilidan aytilgan soʻzlarda gohida quvonch, gohida chuqur mung va afsus-nadomat koʻzga tashlanadi. Muallif asarga Afgʻonistonda 1973-yili monarxiyaning qulashi, sovet qoʻshinlarining Afgʻonistonga kirishi, millionlab fuqarolarning Eron, Pokiston va AQSHga muhojir sifatida ketishga majbur boʻlishi kabi achchiq tarixiy voqeliklarni ham kiritgan. Asarda badavlat oilaning farzandi Amir hamda kambagʻal hazoriyning oʻgʻli Hasanning doʻstligi, asar yakunida ularning ota bir, ona boshqa aka-uka boʻlib chiqishi esa Afgʻonistonda yashayotgan barcha millatlarning tili, dini, ijtimoiy mavqeyiga nisbatan tengligiga ishoradir. Tolibon harakatining xunrezliklari, 1998-yili Mozori sharifda hazoriy shialarning qirgʻin qilishini, Hasanga bolalikda ming azob bergan Asefning qilmishlari, keyinchalik Tolibon kattalaridan biriga aylangan Asefning jinoyatlari kishini dahshatga soladi. Asardagi „Afgʻonistonda bolalar koʻp, bolalik yoʻq“ jumlasi esa butun mazmun-mohiyatni ochib beruvchi soʻzlardir. Romanning boshqa qahramonlari boʻlgan Bobo, Ali, Rahimxon, Surayyo, general Iqbol Tohiriy, Jamila, Sanobar, Farzona, Suhrob, Farid kabi personajlarning hayoti alohida asar boʻlishga arzigulik. Ular bosh qahramon Amirning vijdonini uygʻotgan, uni hayotidagi eng yomon gunohi – qoʻrqoqligini yuvishga undagan kishilardir. Hozirgi dunyoda roʻy berayotgan urushlarning qanchalik vahshatli ekanligini tasavvur qilish uchun ham asarni mutolaa qilish, undan ibrat olish zarurdir. © Fayzullayev Azamat
إظهار الكل...

👍 4 4❤‍🔥 1 1👏 1
Ulug'bek Hamdam "Ota" romaniga taqriz. Taniqli yozuvchi Ulug'bek Hamdam adabiyotimizda katta burilish yasab, o'zining "Ota" romani bilan kirib keldi."Ota" romanining bosh sahifalariga nazar tashlaydigan bo'lsak, "Barcha otalarga bag'ishlanadi" degan jumlaga ko'zimiz tushadi.Haqiqatan ham asarni o'qib chiqsak, barcha otalarga bag'ishlanganiga guvoh bo'lamiz. Asar dastlab qahramonlar Po'lat va Yog'duning farzandsizligidan, farzand ko'rguncha bo'lgan qiyinchiliklari bilan boshlanadi. Alloh ularga 15 yil deganda qiz farzand ato etadi. Po'lat va Yog'duning umuman ularning oilasiga quvonch, mazmun olib kirgan chaqaloqqa Sevinch deb ism qo'yishadi. Ular Sevinchni yer-u ko'kka ishonmay ulg'aytirishadi. Ammo oyning o'n besh kuni yorug', o'n besh kuni qorong'u deganlaridek, ularning hayotida ham qorong'u kunlar boshlanadi.Yong'in hodisasi tufayli Sevinchning yuzi kuyib qoladi va bir umrga achinarli holatda tushadi. Shu voqeadan keyin Sevinchning hayoti o'zgarib ketadi. Bir ota farzandiga nima qilsa, Po'lat undan ortig'ini qiladi.Qizini ko'nglini o'ksitmay ulg'aytiradi, uning uchun borini berishga ham tayyor turadi.Sevinch oilada yakka farzand bo'lganligi sababli nasl qoldirishi kerak edi. Lekin afsuslar bo'lsinki, Sevinchning bu tashqi ko'rinishi bilan uning oldiga odamlar yaqinlashishga ham qo'rqishadi. Sevinch bu ishni qilishga majbur bo'ladi. U oilasidan ya'ni otasiga aytmasdan yashirin nikoh qiladi. Otasi buni bilmaydi va qizini benikoh farzand ko'rdi deb o'ylab o'ldiradi. Bu holat: Po'lat otaning oyoqlari Sevinchning oldiga yetib kelganda, qo'llari beixtiyor belbog'idagi pichoqqa yugurdi. Pichoq qinidan sug'urilganda derazadan tushib turgan quyosh nurida bir "yalt" etdi. Keyin... keyin hammasi bir onda yuz berdi, havoga "chirt!" etgan tovush sachradi. Xuddi olamni yoqib yuborish uchun gugurt donasidan chiqqan sasdek bo'ldi bu tovush. Hamda olamga o't ketdi. Otaning olamiga, qizning olamiga, Yog'duning olamiga -- butun olamga!.. Sevinch... o'sha Sevinch, hamma sevinchlagan Sevinch, dunyoga kelishi uchun daryo - daryo ko'z yoshlar to'kilgan Sevinchning bag'riga pichoq tortildi, u chavaqlandi: qornidan to bo'g'zigacha tilimlandi. Ota qildi bu ishni. Uning o'z otasi! Qizini, bolajonisini yer-u ko'kka ishonmaydigan ota! O'sha ota, dunyodagi eng katta vazifasi otalik ekaniga ishonib kelgan ota! Po'lat ota! Sevinchning otasi!.. Mana shu parchani o'qishim bilan har doim ich ichimdan tushuntirib berolmaydigan hissiyotlar kechadi. Qizini jonidan ortiq yaxshi ko'rsa ham Po'lat uchun or - nomus birinchi o'rinda.Po'lat har bir o'zbek otasi qilishi kerak bo'lgan ishni qildi.To'g'ri, Po'latni qoralashimiz ham mumkin, lekin bu asardagi har bir qahramonni o'rniga o'zimizni qo'yib ko'rishimiz kerak. Asardagi yana bir parchaga qarasak, - Ota... - lablaridan uchdi shu so'z. Qiz bola uchun dunyodagi eng qutlug', eng baland, eng aziz so'z bo'lsa, ajabmas!.. Va shu so'z uning so'nggi so'zi bo'ldi. Ehtimol, go'dakligida - endi tili chiqayotganda aytgan ilk so'z ham shu edi: ota!.. Juda ta'sirli jumlalar!.. Sevinch obraziga qaraydigan bo'lsak, o'zimizga uning o'rnida men bo'lganda nima qilgan bo'lardim degan savolni berishimiz kerak. Sevinch bu ishni faqat o'zini o'ylab qilgani yo'q. Bu yerda u ota-onasini ham o'yladi. Xullas, asarni har bir kitobxonga o‘qishga tavsiya beraman. Asarda o‘zbeklarning or-nomus masalasiga qanday qarashi, qiz farzandning tarbiyalanishi, har bir ota qiziga qanday mehr ko‘rsatishlari ochib berilgan. © Amatova Husnora | @mutolaa_sehri
إظهار الكل...

👍 10❤‍🔥 10👏 3🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
Asli Sanjar: "Haram" asari haqida Asar nomini o'qib ko'pchilikning xayoliga turk seriallari va ularda tasvirlangan sulton harami kelsa kerak. Kitob chindan ham turk sultonlarining harami haqida. Faqat uning boshqa tomoni, ya'ni dunyoning turli tomonlaridan o'g'irlab kelingan qizlarni haramda mukammal tarzda tarbiyalash haqida. Sulton harami nafaqat sultonning oila a'zolarini, shuningdek, jamiyat uchun kerakli ayollarni tarbiyalash makoni bo'lib xizmat qilishi haqida. Qadimda yapon imperatorlari saroylarida mamlakat uchun sodiq farzandlarni tarbiyalash uchun sharoitlar yaratilgani ko'pchilikka ma'lum. Turk haramlarida ham qizlar kichik yoshidan saroyga olinib, ularga har tomonlama bilim va saboq berishgan, voyaga yetganlarida esa erkinliklarini o'z qo'llariga berishib, tanlovi asosida turmushga berishgan ekan. Shu yo'l bilan jamiyatga bilimli, aqlli onalarni tayyorlab berishgan. Kitobda haram haqidagi voqealarga ko'p to'xtalinmagan. Ikki syujet chizig'ida kechgan voqealar asar oxirida bir nuqtada kesishdi. Kitobni bir nafasda o'qib tugatmadim. Voqealar shiddat bilan emas, sokin rivojlangan. Asar so'ngida Jamila xonim chiqargan xulosalarning ayni paytda men o'ylab yurgan ayrim masalalarga mosligi shu kitobni bejizga shu paytda o'qimaganimni isbotlab berdi. Usmonli ayollar hayotiga qiziquvchilarga tavsiya qilaman! © Sadoqat Xolmonova / Foto: bookuz 💬📹📹@mutolaa_sehri
إظهار الكل...
9❤‍🔥 2