ar
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

الذهاب إلى القناة على Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
4 710
المشتركون
-1424 ساعات
-597 أيام
-1 74630 أيام
أرشيف المشاركات
#OʻsishNuqtasi 🇺🇿Yangihayotdagi jalyuzi va parda mahsulotlari ishlab chiqaruvchi korxona — “O‘sish nuqtasi” loyihasi nigohida! 🎹 “O‘sish nuqtasi” loyihasi orqali Yangihayot tumanining iqtisodiy salohiyati, zamonaviy sanoat korxonalari hamda istiqbolli loyihalari bilan tanishtirishda davom etamiz. 👍 Bu gal e’tiboringiz markazida — “SUN TEX” MCHJ. Korxona qurilish va interyer bozori uchun zarur bo‘lgan jalyuzi hamda parda mahsulotlarini ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Mazkur mahsulotlar ichki bozor talabini qondirish bilan birga, eksport hajmini kengaytirish va hududning sanoat salohiyatini mustahkamlashda ham muhim o‘rin tutmoqda. 👍  Yangihayot tumani — yuqori texnologik sanoat va logistika sohalarining o‘sish nuqtasi 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 10-iyul, haftaning juma kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Repost from Saida Mirziyoyeva
Bugun Fransiya tadbirkorlari xalqaro harakati (MEDEF International) huzuridagi O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi r
+5
Bugun Fransiya tadbirkorlari xalqaro harakati (MEDEF International) huzuridagi O‘zbekiston-Fransiya ishbilarmonlar kengashi raisi, “Orano” kompaniyasi direktorlar kengashi rahbari Klod Imoven boshchiligidagi yetakchi fransuz kompaniyalari vakillari bilan uchrashdim. Biz energetika, ta’lim, suv ta’minoti tizimi, transport va shahar infratuzilmasi kabi ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirishni maqsad qilganmiz. Ushbu muzokaralar yaqinda Prezident Emmanuel Makron bilan bo‘lib o‘tgan oliy darajadagi muloqotimizning uzviy va mantiqiy davomidir. — Сегодня встретилась с представителями ведущих французских компаний во главе с Клодом Имовеном — председателем Узбекско-французского делового совета при международном движении французских предприятий MEDEF International, главой совета директоров компании Orano. Мы нацелены расширять сотрудничество в ключевых сферах: энергетике, образовании, системе водоснабжения, транспортной и городской инфраструктуре. Данная встреча — отличное продолжение диалога, который недавно состоялся у меня с Президентом Эммануэлем Макроном.

🇺🇿 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida uchrashuvlar o‘tkazildi 📌 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-pr
+3
🇺🇿 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida uchrashuvlar o‘tkazildi 📌 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbiri doirasida Yangihayot tumani IIO FMB Probatsiya guruhi hisobida turuvchi nazoratdagi shaxslar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda. 👍 Xususan, bugun tuman prokurori tuman IIO FMB Probatsiya guruhi hisobida jazo o‘tayotgan nazoratdagi shaxslar bilan uchrashuv o‘tkazdi. Uchrashuv davomida nazoratdagi shaxslarning murojaat va muammolari o‘rganilib, ularni bartaraf etish bo‘yicha zarur choralar belgilandi. ▶️ Shuningdek, tuman IIO FMB boshlig‘i ishtirokida probatsiya hisobida turib jazo muddatini o‘tayotganlar bilan "Rahbar va yoshlar" uchrashuvi o‘tkazildi. Muloqot jarayonida jazo muddatini o‘tayotgan mahkumlarning murojaat va muammolari tinglanib, ularni qonuniy hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumani hokimi 30 ga yaqin fuqaroning murojaatini tingladi 📍 Bugun Yangihayot tumani hokimligida o‘tkazilgan navbatdagi fuqarolar qabuli nafaqat murojaatlar soni, balki unda ko‘tarilgan masalalar bilan ham alohida ahamiyat kasb etdi. 👍 Unda tumanning turli mahallalarida istiqomat qiluvchi 30 ga yaqin fuqaro o‘zlarini qiynayotgan muammolar va takliflari bilan tuman hokimiga yuzlandi.
⚽️Xususan, "Yangi Gulzor" mahallasida istiqomat qiluvchi nuroniylar va mahalla faollari mahalla hududida zamonaviy stadion qurilishi masalasini ko‘tardi. Tuman hokimi murojaatni diqqat bilan tinglab, hududlarda ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilayotganini, mazkur taklif ham belgilangan rejalar asosida amalga oshirilishini ta'kidladi.
👍 Shuningdek, qabul davomida uy-joy, kommunal xizmatlar, tibbiyot, ta'lim, bandlik, tadbirkorlik va obodonlashtirish sohalariga oid murojaatlar ham mas'ul idoralar vakillari ishtirokida atroflicha muhokama qilindi.
🏪 Jumladan, fuqarolardan biri tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish maqsadida yer maydoni ajratish masalasida murojaat qildi. Unga tuman hududida E-auksion.uz savdo platformasida savdoga chiqarilgan bo‘sh yer uchastkalari haqida batafsil ma'lumot berilib, mavjud imkoniyatlar tanishtirildi.
👍 Natijada ko‘tarilgan masalalarning bir qismi qabulning o‘zidayoq ijobiy hal etildi, qo‘shimcha o‘rganish talab etiladigan murojaatlar esa mas'ul tashkilotlarga biriktirilib, ijrosi nazoratga olindi. ____________________ 🇺🇿 Хоким Янгихаётского района выслушал обращения около 30 граждан 📍 Очередной приём граждан, состоявшийся сегодня в хокимияте Янгихаётского района, был примечателен не только количеством обращений, но и поднятыми на нём вопросами. 👍 Около 30 жителей из различных махаллей района обратились к хокиму с волнующими их проблемами и предложениями.
⚽️ В частности, аксакалы и активисты махалли "Янги Гулзор" подняли вопрос о строительстве современного стадиона на территории махалли. Хоким района, внимательно выслушав обращение, подчеркнул, что работы по развитию социальной инфраструктуры на территориях проводятся поэтапно, и данное предложение также будет реализовано в соответствии с утверждёнными планами.
👍 Также в ходе приёма с участием представителей ответственных ведомств были детально обсуждены обращения, касающиеся жилищно-коммунальной сферы, здравоохранения, образования, занятости, предпринимательства и благоустройства.
🏪 В частности, один из граждан обратился по вопросу выделения земельного участка для налаживания предпринимательской деятельности. Ему была предоставлена подробная информация о свободных земельных участках, выставленных на торги на платформе E-auksion.uz, и его ознакомили с имеющимися возможностями.
👍 В результате часть поднятых вопросов была решена положительно прямо в ходе приёма, а обращения, требующие дополнительного изучения, были закреплены за ответственными организациями, и их исполнение взято под контроль. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

Repost from Hudud Inform
#Расман #Тезкор 🚗 Ўзбекистонда эски машиналарни мажбурий утилизация қилиш ва компенсация тўлаш банди қонун лойиҳасидан чиқарилди ❗️Қонун лойиҳасидан 30 йилдан ошган автомобиллар учун ҳар йили БҲМнинг 30 баробари миқдорида экологик тўлов ундириш банди бутунлай чиқариб ташланадиган бўлди. Янги тартиб “trade-in” тизими га кўра: 🔹Aҳолига эски автомобили бозор нархида баҳоланиб, эвазига пули нақд тўланади ёки янги машина учун бошланғич тўлов ўрнига ўтувчи ваучер берилади. 🔹Носоз машиналар жойига бориб баҳоланади. 🔹Ваучер орқали расмий дилерлардан янги машина олганда, қолган суммани 2 йилдан 7 йилгача ФОИЗСИЗ бўлиб тўлаш имконияти яратилади. ❌🚗 Самарқанд эски автомобилларни таъқиқлашни бошлайди. Шаҳар МДҲдаги энг экологик тоза шаҳарга айланиши кутилмоқда! 2030-йилга келиб, Самарқанд шаҳри майдонида яшил ҳудудларни 30% гача оширишни режалаштирмоқда. Таксилар ва автобуслар тўлиқ электр энергияси билан ҳаракатланади ва шаҳар марказига шахсий автомобилларнинг кириши аста-секин чекланади. ✈️ Каналга уланиш: 👇 @hudud_inform | Instagrаm | Facebook

O‘zbekiston va Belarus Prezidentlari norasmiy uchrashuv o‘tkazdilar. — Президенты Узбекистана и Беларуси провели неформальную встречу. Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

👍 Profilaktika inspektorlarining faoliyati sarhisob qilindi ▶️ Bugun Yangihayot tumani IIO FMB binosida tuman hokimi, tuman
+4
👍 Profilaktika inspektorlarining faoliyati sarhisob qilindi ▶️ Bugun Yangihayot tumani IIO FMB binosida tuman hokimi, tuman IIO FMB boshlig‘i, mas’ul rahbarlar hamda mahallalardagi profilaktika inspektorlari ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Yig‘ilish kun tartibida bir qator dolzarb masalalar ko‘rildi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-yanvardagi “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi PQ–1 va PQ-2-son qarori ijrosi doirasida amalga oshirilgan ishlar muhokama qilindi. Bundan tashqari, profilaktika inspektorlarining ish samaradorligi tahlil qilindi. 👍 Yig'ilish yakunida esa tumanda huqubuzarliklar profilaktikasi yo‘nalishida 6 oy yakuni bo‘yicha ijobiy natijalarga erishib, mahallalarni jinoyatdan holi hududga aylantirishda o‘z xizmati bilan namuna bo‘lib kelayotgan bir guruh xodimlar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

❗️ Hurmatli "Mash'al" mahalla ahli! ⛓️ Hududdagi o‘rta bosimli gaz quvuridagi gaz hisoblash uskunasining kirish qismiga o‘rna
❗️ Hurmatli "Mash'al" mahalla ahli! ⛓️ Hududdagi o‘rta bosimli gaz quvuridagi gaz hisoblash uskunasining kirish qismiga o‘rnatilgan filtrni tozalash hamda past bosimli gaz quvurini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari olib borilishi sababli, 9-iyul soat 11:00 dan 16:00 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

‼️‼️‼️ #IChO_2026 🟡 ICHO-2026 — jarayonlar boshlanishiga 4 KUN qoldi! 📊 Joriy yilning 10-19-IYUL kunlari bo‘lib o‘tadigan 58-Xalqaro kimyo olimpiadasiga Markaziy Osiyo tarixida ILK BOR O‘zbekiston mezbonlik qiladi.
Unda dunyoning 90 dan ortiq mamlakatidan kelgan jamoalar o‘zaro kuch sinashadi.
💬 TEZ ORADA! Eng iqtidorli yoshlar Toshkentda jam bo‘lishmoqda! 🌍🌍🌍🌍🌍🌍
Bizni
kuzating:
Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin

#ob_havo 📆 Bugun 9-iyul, haftaning payshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

❗️ Hurmatli "Mash'al" mahalla ahli! ⛓️ Hududdagi o‘rta bosimli gaz quvuridagi gaz hisoblash uskunasining kirish qismiga o‘rna
❗️ Hurmatli "Mash'al" mahalla ahli! ⛓️ Hududdagi o‘rta bosimli gaz quvuridagi gaz hisoblash uskunasining kirish qismiga o‘rnatilgan filtrni tozalash hamda past bosimli gaz quvurini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari olib borilishi sababli, 9-iyul soat 11:00 dan 16:00 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati tahlil qilindi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman bosh muhandisi hamd
+4
🇺🇿 Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati tahlil qilindi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman bosh muhandisi hamda barcha boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirokida 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, sohaga oid vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mavjud debitor qarzdorlikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. ↖️ Unda ko‘p qavatli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. 👍 Yig‘ilish yakunida esa aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va ijobiy hal etish, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

За каждым решением - точные расчёты, инженерный анализ и работа большой команды: как сквер Амира Темура стал безопаснее и доступнее Для создания безопасных и удобных условий для пешеходов, водителей, жителей и гостей столицы Хокимият города Ташкента, ЦОДД, Управление безопасности дорожного движения ГУВД города Ташкента, коммунальные службы и другие подразделения хокимията работают в тесном взаимодействии. В основе каждого решения — комплексная инженерная работа. Специалисты изучают транспортные и пешеходные потоки, ширину проезжей части, расположение остановок, направления движения, видимость и потенциальные конфликтные точки. На основе этих данных разрабатываются инженерные решения, проводится многоуровневый анализ, после чего проекты реализуются поэтапно. Такая системная работа стала возможной благодаря проводимым реформам и созданию Центра организации дорожного движения в соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан № ПП-368. Одним из результатов этой работы стало обновление схемы пешеходного движения вокруг сквера Амира Темура. Сквер Амира Темура — одна из главных достопримечательностей Ташкента, символ государственности, национального возрождения и исторической памяти Узбекистана. Практически каждый гость столицы, знакомясь с Ташкентом, посещает сквер Амира Темура. Однако долгое время попасть в сквер было удобно далеко не всем. На отдельных направлениях пешеходам приходилось пользоваться подземными переходами, что особенно затрудняло путь пожилым людям, родителям с детскими колясками и гражданам с инвалидностью. На других участках люди пересекали широкую многополосную дорогу по нерегулируемым переходам. Один из таких переходов — со стороны Дворца международных форумов — имел протяжённость более 30 метров. Из-за большой ширины проезжей части пешеходам было сложно быстро и безопасно перейти дорогу. Чтобы сделать доступ к скверу безопаснее и удобнее, специалисты ЦОДД совместно с зарубежными экспертами пересмотрели схему пешеходного движения вокруг площади. Теперь регулируемые наземные переходы организованы на пяти ключевых подходах к скверу: — со стороны Дворца международных форумов; — со стороны Музея истории Тимуридов; — со стороны ташкентских курантов и проспекта Амира Темура; — со стороны улицы Матбуотчилар; — со стороны Бродвея — улицы Сайилгох. На переходах установлены интеллектуальные пешеходные светофоры, нанесена хорошо заметная разметка «зебра», а на наиболее широких участках обустроены островки безопасности. Они позволяют пересекать дорогу поэтапно и не оставаться без защищённого пространства посреди интенсивного транспортного потока. Современный подход к организации городских улиц предполагает создание непрерывной, прямой и доступной пешеходной среды. В рекомендациях ООН, UN-Habitat и международных руководствах по проектированию улиц отмечается, что наземные переходы удобнее для большинства пешеходов, особенно для людей с ограниченной мобильностью. Главное изменение заключается в том, что теперь человеку не нужно выбирать между неудобным подземным переходом и рискованным пересечением широкой дороги. На всех основных направлениях к скверу создан понятный наземный маршрут, регулируемый светофорами. Не всегда со стороны видно, какая большая и кропотливая работа стоит за каждым изменением на дороге. Иногда может показаться, что решение принимается быстро и просто. На самом деле ему предшествуют замеры на месте, данные датчиков, изучение транспортных и пешеходных потоков, компьютерное моделирование, инженерные расчёты и поэтапная проверка каждого решения. Именно об этом мы хотим рассказать в данном видео — показать не только итог, но и сам путь к нему. За всей работой стоят точные расчёты, реальная аналитика и слаженная работа большой команды, для которой главным ориентиром остаются безопасность, удобство и жизнь людей. Работы вокруг сквера Амира Темура — это результат командной работы и переход к человекоориентированному подходу, при котором одна из главных достопримечательностей столицы становится безопаснее и доступнее для всех.

Har bir qaror ortida — aniq hisob-kitoblar, muhandislik tahlili va katta jamoaning mehnati: Amir Temur xiyoboni qanday qilib yanada xavfsiz va qulay bo‘ldi Piyodalar, haydovchilar, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahar hokimligi, YHTEM, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, kommunal xizmatlar va hokimlikning boshqa bo‘linmalari hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Har bir qaror zamirida kompleks muhandislik ishlari yotadi. Mutaxassislar transport va piyodalar oqimini, qatnov qismining kengligini, bekatlar joylashuvini, harakat yo‘nalishlarini, ko‘rish darajasini va ehtimoliy ziddiyatli nuqtalarni o‘rganadi. Ushbu ma’lumotlar asosida muhandislik yechimlari ishlab chiqilib, tahlildan so‘ng loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunday tizimli ishlar amalga oshirilayotgan islohotlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-368-son qarori asosida Yo‘l harakatini tashkil etish markazining tashkil etilishi tufayli mumkin bo‘ldi. Ushbu ishlarning natijalaridan biri — Amir Temur xiyoboni atrofidagi piyodalar harakati sxemasining yangilanishidir. Amir Temur xiyoboni — Toshkentning asosiy diqqatga sazovor maskanlaridan biri, O‘zbekiston davlatchiligi, milliy tiklanishi va tarixiy xotirasining ramzidir. Poytaxtga kelgan deyarli har bir mehmon Toshkent bilan tanishar ekan, Amir Temur xiyoboniga tashrif buyuradi. Biroq uzoq vaqt davomida xiyobonga kirish barcha uchun ham birdek qulay bo‘lmagan. Ayrim yo‘nalishlarda piyodalar yerosti o‘tish yo‘laklaridan foydalanishga majbur bo‘lgan. Bu, ayniqsa, yoshi ulug‘ fuqarolar, bolalar aravachasi bilan harakatlanayotgan ota-onalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun noqulaylik tug‘dirgan. Boshqa joylarda odamlar keng, ko‘p tasmali yo‘lni tartibga solinmagan o‘tish joylari orqali kesib o‘tgan. Xalqaro anjumanlar saroyi tomonidan xiyobonga olib boruvchi o‘tish joylaridan biri 30 metrdan ortiq edi. Qatnov qismining kengligi piyodalarning yo‘lni tez va xavfsiz kesib o‘tishini qiyinlashtirgan. Xiyobonga kirishni xavfsiz va qulay qilish maqsadida YHTEM mutaxassislari xorijiy ekspertlar bilan birgalikda piyodalar harakati sxemasini qayta ko‘rib chiqdi. Endilikda xiyobonga olib boruvchi beshta asosiy yo‘nalishda tartibga solinadigan yerusti piyodalar o‘tish joylari tashkil etildi: — Xalqaro anjumanlar saroyi tomonidan; — Temuriylar tarixi davlat muzeyi tomonidan; — Toshkent kurantlari va Amir Temur shoh ko‘chasi tomonidan; — Matbuotchilar ko‘chasi tomonidan; — Sayilgoh ko‘chasi tomonidan. O‘tish joylarida intellektual svetoforlar o‘rnatildi, «zebra» yo‘l chiziqlari chizildi, eng keng uchastkalarda esa xavfsizlik orolchalari tashkil etildi. Bu piyodalarga yo‘lni bosqichma-bosqich kesib o‘tish imkonini beradi. Shahar ko‘chalarini tashkil etishga zamonaviy yondashuv uzluksiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va barcha uchun qulay piyodalar muhitini yaratishni nazarda tutadi. BMT, UN-Habitat tavsiyalari va xalqaro qo‘llanmalarda yerusti o‘tish joylari, ayniqsa, harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulayroq ekani qayd etiladi. Eng asosiy o‘zgarish shundaki, endilikda odamlar noqulay yerosti o‘tish yo‘lagi bilan keng yo‘lni xavf ostida kesib o‘tish o‘rtasida tanlov qilishga majbur emas. Xiyobonga olib boruvchi asosiy yo‘nalishlarda svetoforlar bilan tartibga solinadigan yerusti piyodalar yo‘nalishi yaratildi. Yo‘ldagi har bir o‘zgarish ortidagi katta mehnat har doim ham tashqaridan ko‘rinavermaydi. Aslida qarorlardan oldin joylarda o‘lchovlar, datchiklar ma’lumotlari, transport va piyodalar oqimini o‘rganish, kompyuter modellashtirish va muhandislik hisob-kitoblari amalga oshiriladi. Mazkur videoda nafaqat yakuniy natijani, balki unga olib kelgan jarayonni ham ko‘rsatmoqchimiz. Ushbu ishlar ortida aniq hisob-kitoblar, tahlil va katta jamoaning hamjihat mehnati turibdi. Eng muhim mezon esa — insonlarning xavfsizligi, qulayligi va hayotidir. Amir Temur xiyoboni atrofida amalga oshirilgan ishlar — jamoaviy mehnat va inson manfaatiga yo‘naltirilgan yondashuvning yorqin namunasidir.

👍 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda 📌 Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent sh
+5
👍 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda 📌 Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent shahri miqyosida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. ▶️ Mazkur tadbir doirasida bugun Yangihayot tumani IIO FMB Migratsiya va personallashtirish bo‘limi xodimlari hamda Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududidagi qurilish obyektlarida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. 👍 Tadbir davomida qurilish obyektlarida mehnat qilayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlarining mazmun-mohiyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1074-son Qonuni talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish tartibi hmda migratsiya qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumanida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida t
+3
🇺🇿 Yangihayot tumanida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tegishli tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda 👍 Xususan, Yangihayot tumani hokimining Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida", "Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida" hamda "Reklama to‘g‘risida"gi qonunlari, shuningdek, sohaga oid Hukumat qarorlari va farmoyishlari talablariga rioya etilishi yuzasidan yuridik shaxslar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 👍 Tushuntirishlar davomida reklama va e’lonlarni, jumladan, tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirilayotgan axborotlarni davlat tilida hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tayyorlash va e’lon qilish zarurligi yuzasidan tavsiyalar berilmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#OʻsishNuqtasi 🇺🇿Yangihayotdagi sun’iy tola ishlab chiqaruvchi korxona — “O‘sish nuqtasi” loyihasi nigohida! 🎹Yangihayot tumanida ishlab chiqarishning turli yo‘nalishlari izchil rivojlanib, yangi sanoat quvvatlari ishga tushirilmoqda. “O‘sish nuqtasi” loyihasining navbatdagi sonida esa ana shunday istiqbolli yo‘nalishlardan biri bilan tanishtiramiz. 👍 Bu gal e’tiboringiz markazida — “Danim Textil Gold” MCHJ. Korxona bugungi kunda holofayber ya’ni sun’iy tola mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Mazkur mahsulot to‘qimachilik va yengil sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanilishi bilan ahamiyatlidir. 👍 Yangihayot tumani — yuqori texnologik sanoat va logistika sohalarining o‘sish nuqtasi 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 8-iyul, haftaning chorshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

👍 Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi 🇺🇿 Avval xabar berganimizdek, bugun Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator hamda Soliq qo‘mitasi raisi Yangihayot tumanida bo‘lib, tuman hokimi, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i va boshqa mas’ullar ishtirokida hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi. 📌 O‘rganishlar davomida “Yo‘ldosh” va “Mash’al” mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi hamda tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida belgilangan vazifalarning bajarilishi tahlil qilindi. 👍 Shuningdek, mas’ul rahbarlar “mahalla yettiligi” bilan ochiq muloqot o‘tkazib, hududlarda mavjud muammolarni muhokama qildi. Muloqot yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi hamda tegishli topshiriqlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site