ar
Feedback
Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

Yangihayot tumani hokimligi matbuot xizmati | Пресс-служба хокимията Янгихаётского района

الذهاب إلى القناة على Telegram

Yangihayot tuman hokimligi matbuot xizamatining rasmiy telegram kanali 100102 Toshkent shahar, Yangihayot tumani, Yo‘ldosh 1-daha, 25a-uy Web-site — https://gov.uz/oz/yangihayot

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
4 702
المشتركون
-624 ساعات
-587 أيام
-1 73630 أيام
أرشيف المشاركات
#ob_havo 📆 Bugun 9-iyul, haftaning payshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin Тelegram | Instagram |Facebook | YouTube | Web-site

❗️ Hurmatli "Mash'al" mahalla ahli! ⛓️ Hududdagi o‘rta bosimli gaz quvuridagi gaz hisoblash uskunasining kirish qismiga o‘rna
❗️ Hurmatli "Mash'al" mahalla ahli! ⛓️ Hududdagi o‘rta bosimli gaz quvuridagi gaz hisoblash uskunasining kirish qismiga o‘rnatilgan filtrni tozalash hamda past bosimli gaz quvurini xavfsiz hududga ko‘chirish ishlari olib borilishi sababli, 9-iyul soat 11:00 dan 16:00 ga qadar mahallaning ayrim qismlarida gaz ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Keltirilgan noqulaylik uchun uzr so‘raymiz. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati tahlil qilindi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman bosh muhandisi hamd
+4
🇺🇿 Boshqaruv servis kompaniyalari faoliyati tahlil qilindi 📌 Bugun Yangihayot tumani hokimligida tuman bosh muhandisi hamda barcha boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlari ishtirokida 2026/2027-yillar kuz-qish mavsumiga puxta tayyorgarlik ko‘rish, sohaga oid vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mavjud debitor qarzdorlikni qisqartirish masalalariga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. ↖️ Unda ko‘p qavatli uy-joy fondini kuz-qish mavsumiga tayyorlash, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada oshirish hamda mavjud muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish masalalari muhokama qilindi. 👍 Yig‘ilish yakunida esa aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, aholidan kelib tushayotgan murojaatlarni o‘z vaqtida va ijobiy hal etish, shuningdek, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash yuzasidan boshqaruv servis kompaniyalari rahbarlariga tegishli topshiriqlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

За каждым решением - точные расчёты, инженерный анализ и работа большой команды: как сквер Амира Темура стал безопаснее и доступнее Для создания безопасных и удобных условий для пешеходов, водителей, жителей и гостей столицы Хокимият города Ташкента, ЦОДД, Управление безопасности дорожного движения ГУВД города Ташкента, коммунальные службы и другие подразделения хокимията работают в тесном взаимодействии. В основе каждого решения — комплексная инженерная работа. Специалисты изучают транспортные и пешеходные потоки, ширину проезжей части, расположение остановок, направления движения, видимость и потенциальные конфликтные точки. На основе этих данных разрабатываются инженерные решения, проводится многоуровневый анализ, после чего проекты реализуются поэтапно. Такая системная работа стала возможной благодаря проводимым реформам и созданию Центра организации дорожного движения в соответствии с Постановлением Президента Республики Узбекистан № ПП-368. Одним из результатов этой работы стало обновление схемы пешеходного движения вокруг сквера Амира Темура. Сквер Амира Темура — одна из главных достопримечательностей Ташкента, символ государственности, национального возрождения и исторической памяти Узбекистана. Практически каждый гость столицы, знакомясь с Ташкентом, посещает сквер Амира Темура. Однако долгое время попасть в сквер было удобно далеко не всем. На отдельных направлениях пешеходам приходилось пользоваться подземными переходами, что особенно затрудняло путь пожилым людям, родителям с детскими колясками и гражданам с инвалидностью. На других участках люди пересекали широкую многополосную дорогу по нерегулируемым переходам. Один из таких переходов — со стороны Дворца международных форумов — имел протяжённость более 30 метров. Из-за большой ширины проезжей части пешеходам было сложно быстро и безопасно перейти дорогу. Чтобы сделать доступ к скверу безопаснее и удобнее, специалисты ЦОДД совместно с зарубежными экспертами пересмотрели схему пешеходного движения вокруг площади. Теперь регулируемые наземные переходы организованы на пяти ключевых подходах к скверу: — со стороны Дворца международных форумов; — со стороны Музея истории Тимуридов; — со стороны ташкентских курантов и проспекта Амира Темура; — со стороны улицы Матбуотчилар; — со стороны Бродвея — улицы Сайилгох. На переходах установлены интеллектуальные пешеходные светофоры, нанесена хорошо заметная разметка «зебра», а на наиболее широких участках обустроены островки безопасности. Они позволяют пересекать дорогу поэтапно и не оставаться без защищённого пространства посреди интенсивного транспортного потока. Современный подход к организации городских улиц предполагает создание непрерывной, прямой и доступной пешеходной среды. В рекомендациях ООН, UN-Habitat и международных руководствах по проектированию улиц отмечается, что наземные переходы удобнее для большинства пешеходов, особенно для людей с ограниченной мобильностью. Главное изменение заключается в том, что теперь человеку не нужно выбирать между неудобным подземным переходом и рискованным пересечением широкой дороги. На всех основных направлениях к скверу создан понятный наземный маршрут, регулируемый светофорами. Не всегда со стороны видно, какая большая и кропотливая работа стоит за каждым изменением на дороге. Иногда может показаться, что решение принимается быстро и просто. На самом деле ему предшествуют замеры на месте, данные датчиков, изучение транспортных и пешеходных потоков, компьютерное моделирование, инженерные расчёты и поэтапная проверка каждого решения. Именно об этом мы хотим рассказать в данном видео — показать не только итог, но и сам путь к нему. За всей работой стоят точные расчёты, реальная аналитика и слаженная работа большой команды, для которой главным ориентиром остаются безопасность, удобство и жизнь людей. Работы вокруг сквера Амира Темура — это результат командной работы и переход к человекоориентированному подходу, при котором одна из главных достопримечательностей столицы становится безопаснее и доступнее для всех.

Har bir qaror ortida — aniq hisob-kitoblar, muhandislik tahlili va katta jamoaning mehnati: Amir Temur xiyoboni qanday qilib yanada xavfsiz va qulay bo‘ldi Piyodalar, haydovchilar, poytaxt aholisi va mehmonlari uchun xavfsiz va qulay sharoitlar yaratish maqsadida Toshkent shahar hokimligi, YHTEM, Toshkent shahar IIBB Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi, kommunal xizmatlar va hokimlikning boshqa bo‘linmalari hamkorlikda faoliyat yuritmoqda. Har bir qaror zamirida kompleks muhandislik ishlari yotadi. Mutaxassislar transport va piyodalar oqimini, qatnov qismining kengligini, bekatlar joylashuvini, harakat yo‘nalishlarini, ko‘rish darajasini va ehtimoliy ziddiyatli nuqtalarni o‘rganadi. Ushbu ma’lumotlar asosida muhandislik yechimlari ishlab chiqilib, tahlildan so‘ng loyihalar bosqichma-bosqich amalga oshiriladi. Bunday tizimli ishlar amalga oshirilayotgan islohotlar va O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-368-son qarori asosida Yo‘l harakatini tashkil etish markazining tashkil etilishi tufayli mumkin bo‘ldi. Ushbu ishlarning natijalaridan biri — Amir Temur xiyoboni atrofidagi piyodalar harakati sxemasining yangilanishidir. Amir Temur xiyoboni — Toshkentning asosiy diqqatga sazovor maskanlaridan biri, O‘zbekiston davlatchiligi, milliy tiklanishi va tarixiy xotirasining ramzidir. Poytaxtga kelgan deyarli har bir mehmon Toshkent bilan tanishar ekan, Amir Temur xiyoboniga tashrif buyuradi. Biroq uzoq vaqt davomida xiyobonga kirish barcha uchun ham birdek qulay bo‘lmagan. Ayrim yo‘nalishlarda piyodalar yerosti o‘tish yo‘laklaridan foydalanishga majbur bo‘lgan. Bu, ayniqsa, yoshi ulug‘ fuqarolar, bolalar aravachasi bilan harakatlanayotgan ota-onalar va nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun noqulaylik tug‘dirgan. Boshqa joylarda odamlar keng, ko‘p tasmali yo‘lni tartibga solinmagan o‘tish joylari orqali kesib o‘tgan. Xalqaro anjumanlar saroyi tomonidan xiyobonga olib boruvchi o‘tish joylaridan biri 30 metrdan ortiq edi. Qatnov qismining kengligi piyodalarning yo‘lni tez va xavfsiz kesib o‘tishini qiyinlashtirgan. Xiyobonga kirishni xavfsiz va qulay qilish maqsadida YHTEM mutaxassislari xorijiy ekspertlar bilan birgalikda piyodalar harakati sxemasini qayta ko‘rib chiqdi. Endilikda xiyobonga olib boruvchi beshta asosiy yo‘nalishda tartibga solinadigan yerusti piyodalar o‘tish joylari tashkil etildi: — Xalqaro anjumanlar saroyi tomonidan; — Temuriylar tarixi davlat muzeyi tomonidan; — Toshkent kurantlari va Amir Temur shoh ko‘chasi tomonidan; — Matbuotchilar ko‘chasi tomonidan; — Sayilgoh ko‘chasi tomonidan. O‘tish joylarida intellektual svetoforlar o‘rnatildi, «zebra» yo‘l chiziqlari chizildi, eng keng uchastkalarda esa xavfsizlik orolchalari tashkil etildi. Bu piyodalarga yo‘lni bosqichma-bosqich kesib o‘tish imkonini beradi. Shahar ko‘chalarini tashkil etishga zamonaviy yondashuv uzluksiz, to‘g‘ridan-to‘g‘ri va barcha uchun qulay piyodalar muhitini yaratishni nazarda tutadi. BMT, UN-Habitat tavsiyalari va xalqaro qo‘llanmalarda yerusti o‘tish joylari, ayniqsa, harakatlanish imkoniyati cheklangan shaxslar uchun qulayroq ekani qayd etiladi. Eng asosiy o‘zgarish shundaki, endilikda odamlar noqulay yerosti o‘tish yo‘lagi bilan keng yo‘lni xavf ostida kesib o‘tish o‘rtasida tanlov qilishga majbur emas. Xiyobonga olib boruvchi asosiy yo‘nalishlarda svetoforlar bilan tartibga solinadigan yerusti piyodalar yo‘nalishi yaratildi. Yo‘ldagi har bir o‘zgarish ortidagi katta mehnat har doim ham tashqaridan ko‘rinavermaydi. Aslida qarorlardan oldin joylarda o‘lchovlar, datchiklar ma’lumotlari, transport va piyodalar oqimini o‘rganish, kompyuter modellashtirish va muhandislik hisob-kitoblari amalga oshiriladi. Mazkur videoda nafaqat yakuniy natijani, balki unga olib kelgan jarayonni ham ko‘rsatmoqchimiz. Ushbu ishlar ortida aniq hisob-kitoblar, tahlil va katta jamoaning hamjihat mehnati turibdi. Eng muhim mezon esa — insonlarning xavfsizligi, qulayligi va hayotidir. Amir Temur xiyoboni atrofida amalga oshirilgan ishlar — jamoaviy mehnat va inson manfaatiga yo‘naltirilgan yondashuvning yorqin namunasidir.

👍 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda 📌 Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent sh
+5
👍 “Xavfsiz va sog‘lom yurt” tadbiri doirasida targ‘ibot ishlari olib borilmoqda 📌 Xabaringiz bor, ayni kunlarda Toshkent shahri miqyosida “Xavfsiz va sog‘lom yurt” keng qamrovli tezkor-profilaktik tadbirining ikkinchi bosqichi o‘tkazilmoqda. ▶️ Mazkur tadbir doirasida bugun Yangihayot tumani IIO FMB Migratsiya va personallashtirish bo‘limi xodimlari hamda Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashi deputatlari ishtirokida tuman hududidagi qurilish obyektlarida targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borildi. 👍 Tadbir davomida qurilish obyektlarida mehnat qilayotgan fuqarolarga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 3-yanvardagi PQ-1 va PQ-2-son qarorlarining mazmun-mohiyati, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasining O‘RQ-1074-son Qonuni talablari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Xususan, yashash joyi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tish tartibi hmda migratsiya qonunchiligiga rioya etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumanida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida t
+3
🇺🇿 Yangihayot tumanida davlat tili to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari talablariga rioya etilishini ta’minlash maqsadida tegishli tushuntirish ishlari amalga oshirilmoqda 👍 Xususan, Yangihayot tumani hokimining Ma’naviyat va davlat tili masalalari bo‘yicha maslahatchisi tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Davlat tili haqida", "Geografik obyektlarning nomlari to‘g‘risida" hamda "Reklama to‘g‘risida"gi qonunlari, shuningdek, sohaga oid Hukumat qarorlari va farmoyishlari talablariga rioya etilishi yuzasidan yuridik shaxslar bilan tushuntirish ishlari olib borilmoqda. 👍 Tushuntirishlar davomida reklama va e’lonlarni, jumladan, tashkilotlarning ijtimoiy tarmoqlarida joylashtirilayotgan axborotlarni davlat tilida hamda amaldagi qonunchilik talablariga muvofiq tayyorlash va e’lon qilish zarurligi yuzasidan tavsiyalar berilmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#OʻsishNuqtasi 🇺🇿Yangihayotdagi sun’iy tola ishlab chiqaruvchi korxona — “O‘sish nuqtasi” loyihasi nigohida! 🎹Yangihayot tumanida ishlab chiqarishning turli yo‘nalishlari izchil rivojlanib, yangi sanoat quvvatlari ishga tushirilmoqda. “O‘sish nuqtasi” loyihasining navbatdagi sonida esa ana shunday istiqbolli yo‘nalishlardan biri bilan tanishtiramiz. 👍 Bu gal e’tiboringiz markazida — “Danim Textil Gold” MCHJ. Korxona bugungi kunda holofayber ya’ni sun’iy tola mahsulotlarini ishlab chiqarish bilan shug‘ullanmoqda. Mazkur mahsulot to‘qimachilik va yengil sanoat tarmoqlarida keng qo‘llanilishi bilan ahamiyatlidir. 👍 Yangihayot tumani — yuqori texnologik sanoat va logistika sohalarining o‘sish nuqtasi 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#ob_havo 📆 Bugun 8-iyul, haftaning chorshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

👍 Mahallalarda xavfsiz muhit yaratish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar o‘rganildi 🇺🇿 Avval xabar berganimizdek, bugun Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator hamda Soliq qo‘mitasi raisi Yangihayot tumanida bo‘lib, tuman hokimi, Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i va boshqa mas’ullar ishtirokida hududlarda o‘rganish ishlarini olib bordi. 📌 O‘rganishlar davomida “Yo‘ldosh” va “Mash’al” mahallalarida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi hamda tasdiqlangan “Yo‘l xaritasi” doirasida belgilangan vazifalarning bajarilishi tahlil qilindi. 👍 Shuningdek, mas’ul rahbarlar “mahalla yettiligi” bilan ochiq muloqot o‘tkazib, hududlarda mavjud muammolarni muhokama qildi. Muloqot yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan aniq vazifalar belgilandi hamda tegishli topshiriqlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayot tumani hokimi senatorlarni tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishtirdi 👍 Bugun Oliy Majlis Senatining Mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi, Senatning Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senatori hamda Soliq qo‘mitasi raisi Yangihayot tumanida o‘rganish olib bordi. 📌 O‘rganishlar davomida Yangihayot tumani hokimi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublika mahallalarida xavfsiz muhitni yaratish yo‘nalishida yaxlit manzilli ishlash tizimini joriy etishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–1-son qarori ijrosi doirasida tumanda amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishtirdi. ↖️ Shundan so‘ng Toshkent davlat yuridik universiteti rektori, tuman prokurori, tuman IIO FMB boshlig‘i, tuman soliq inspeksiyasi boshlig‘i va mas’ullar ishtirokida olib borilayotgan ishlar samaradorligi va ishchi guruh faoliyati tahlil qilindi. 👍 Shu bilan birga, mas’ul tashkilot va idoralar rahbarlariga tumandagi kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish, huquqbuzarliklarning barvaqt oldini olish, “Yo‘l xaritasi”da belgilangan ustuvor vazifalarni tizimli tashkil etish hamda o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish bo‘yicha aniq topshiriqlar berildi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🏘 Al-Farg'oniy mahallasidagi ichki ko‘chalar asfaltlandi 🇺🇿 Yangihayot tumani mahallalari bo‘ylab “Tashabbusli budjet” jarayonida g‘olib bo‘lgan loyihalar asosida qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda. 📍 Xususan, “Tashabbusli budjet”ning 2026-yil 1-mavsumi doirasida g‘olib bo‘lgan Al-Farg'oniy mahallasida ham belgilangan ishlar amalga oshirildi. Loyiha asosida mahalla hududidagi ichki ko‘chalar va yo‘laklarga asfalt qoplamasi yotqizildi. 👍 Jarayonlar videomizda _______________ 🏘 Заасфальтированы внутренние улицы в махалле "Аль-Фергани" 🇺🇿 В махаллях Янгихаётского района последовательно продолжаются работы по строительству и благоустройству на основе проектов, победивших в рамках "Инициативного бюджета." 📍 В частности, намеченные работы были проведены и в махалле "Аль-Фергани," чей проект стал победителем в 1-м сезоне "Инициативного бюджета" за 2023 год. В рамках проекта на внутренних улицах и дорожках махалли было уложено асфальтовое покрытие. 👍 Все подробности — в нашем видео. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumi boshlanmoqda ✅ Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli budjet” jar
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣ 🏆 “Tashabbusli budjet”ning navbatdagi mavsumi boshlanmoqda Joriy yilning 15-iyulidan “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yilgi ikkinchi mavsumi boshlanadi. Ushbu mavsum “Tashabbusli budjet” jarayoni joriy etilganidan buyon o‘tkazilayotgan o‘n birinchi mavsum hisoblanadi. Bunda: 🟣 15-iyuldan 3-avgustgacha loyihalarni kiritish; 🟣 4–18-avgust kunlari loyihalarni saralash; 🟣 19–21-avgust kunlari targ‘ibot bosqichi; 🟣 22–31-avgust kunlari ovoz berish bosqichi; 🟣 1–10-sentabr kunlari qo‘shimcha g‘oliblarni e’lon qilish bosqichi o‘tkaziladi. ☑️ Ma’lumot uchun, an’anaviy ovoz berish bosqichi yakunlariga ko‘ra g‘olib loyihalar 1-sentabr — O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi bayrami kuni e’lon qilinadi. Faol bo‘ling, mahallangiz uchun tashabbus ko‘rsating! #tashabbusli_budjet #open_budget Telegram | Facebook | Instagram | Youtube | Х

Repost from Rasmiy axborot
Shavkat Mirziyoyev: ...ilm-ma’rifat, ma’naviy va intellektual taraqqiyot jamiyat ravnaqining hal qiluvchi kuchi... O‘zbekisto
Shavkat Mirziyoyev: ...ilm-ma’rifat, ma’naviy va intellektual taraqqiyot jamiyat ravnaqining hal qiluvchi kuchi... O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev O‘zbekistonda ilk bor o‘tkazilayotgan Islom sivilizatsiyasi xalqaro forumi ishtirokchilariga yo‘llagan tabrigida bugungi murakkab va tahlikali davrda ilm-fan, ma'rifat, madaniyat hamda yuksak axloqiy qadriyatlar tinchlik, o‘zaro ishonch va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori ekanini ta'kidladi. Davlatimiz rahbari islom sivilizatsiyasi asrlar davomida jahon ilm-fani va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shganini, Yangi O‘zbekiston esa buyuk ajdodlar merosini chuqur o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib etishni davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettirayotganini qayd etdi. Shuningdek, Prezident O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi bugungi kunda Sharq va G‘arbni, tarix va zamonaviy ilmni bog‘lovchi nufuzli xalqaro ilmiy-gumanitar maydonga aylanayotganini ta'kidlab, barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlarni ilm, ma'rifat va o‘zaro hamkorlik yo‘lida birgalikda harakat qilishga chaqirdi.
"Biz ilm va ma'rifat zamonamizning eng buyuk birlashtiruvchi kuchi ekaniga, uning bunyodkorlik asosi, tinchlik va barqaror taraqqiyotning mustahkam poydevori bo‘lib qolishiga qat'iy ishonamiz", — deyiladi Prezident murojaatida.
https://t.me/Rasmiy_axborot_official

#PressTur 🇺🇿 OAV vakillari yozgi oromgohlar faoliyati bilan tanishdi 📌 Ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirokida Yangihayot tumanidagi 356-sonli va 329-sonli umumta'lim maktablarida faoliyat yuritayotgan yozgi oromgohlarga press-tur tashkil etildi. 🎤 Press-tur davomida ishtirokchilar "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida tashkil etilgan yozgi oromgohlar faoliyati, bolalarning mazmunli dam olishi uchun yaratilgan sharoitlar hamda ularning bo‘sh vaqtini samarali tashkil etishga qaratilgan mashg‘ulot va to‘garaklar bilan yaqindan tanishdi. 🎬 Jarayonlar videomizda 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#Dolzarb_60_kun Hurmatli fuqarolar! Joriy yilning 1-iyuldan 30-avgustga qadar respublikamizda yoz mavsumida yongʻinlarni oldi
#Dolzarb_60_kun Hurmatli fuqarolar! Joriy yilning 1-iyuldan 30-avgustga qadar respublikamizda yoz mavsumida yongʻinlarni oldini olishga qaratilgan “Dolzarb 60 kun” tadbirlari oʻtkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda faol ishtirok eting. — Ҳурматли фуқаролар! Жорий йилнинг 1-июлдан 30-августга қадар республикамизда ёз мавсумида ёнғинларни олдини олишга қаратилган “Долзарб 60 кун” тадбирлари ўтказилмоқда. Мазкур тадбирларда фаол иштирок этинг. ➡️Boshqa yangiliklar 📱Fvv.uz | 📱Facebook | 📱Telegram | 📱Youtube |📱 instagram | 📱X.com

#ob_havo 📆 Bugun 7-iyul, haftaning seshanba kuni 🌸 Boshlangan kuningiz xayrli o’tsin 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

🇺🇿 Yangihayotda 39 nafar bitiruvchi oltin va kumush medallar bilan taqdirlandi ⭕️ Bugun Yangihayot tumanidagi 329-sonli umumta’lim maktabida tumandagi umumta’lim maktablari bitiruvchilarini oltin va kumush medallar bilan taqdirlash hamda "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Yangihayot tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash tadbiri bo‘lib o‘tdi. 👍 Tadbirda Yangihayot tumani hokimi, mas’ul rahbarlar, ota-onalar hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi. Marosim davomida maktabni namunali xulq-atvor va yuqori o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari bilan tamomlagan 39 nafar bitiruvchiga oltin va kumush medallar tantanali ravishda topshirildi. 👍 Shuningdek, tadbir davomida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sovrini uchun o‘tkazilgan "Xorijiy tillarni o‘qitish bo‘yicha eng yaxshi maktab" tanlovining Yangihayot tuman bosqichi g‘oliblari ham taqdirlandi. 🥳 Tanlov yakunlariga ko‘ra 1-o‘rinni 331-sonli umumta’lim maktabi, 2-o‘rinni 329-sonli umumta’lim maktabi, 3-o‘rinni esa 285-sonli umumta’lim maktabi jamoasi egalladi. G‘olib jamoalarga vaucherlar va esdalik sovg‘alari topshirildi. 🎼 Tadbir yakunida yoshlar ishtirokida konsert dasturi namoyish etildi. Kuy-qo‘shiqlar, raqslar va badiiy chiqishlar tadbir ishtirokchilariga bayramona kayfiyat ulashdi. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

#Live 🇺🇿Hayot Inogamov: “Sizlarning bugungi yutug‘ingiz — tumanimizning, ota-onangiz va ustozlaringizning ulkan g‘alabasidir. Kelajakda yurtimiz ravnaqiga hissa qo‘shadigan yetuk mutaxassislar bo‘lib yetishishingizga ishonamiz”. ⭕️ Ayni daqiqalarda Tumanimizdagi umumta’lim maktablarini a’lo baholarga tamomlab, oltin va kumush medallarga loyiq ko‘rilgan bitiruvchilarni tantanali taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tmoqda. 👍 Tadbirda tuman hokimi va mas’ullar rahbarlar, xalq ta’limi mas’ullari hamda faxriy ustozlar ishtirok etishmoqda. Pilla poyasidan mustaqil hayot ostonasiga qadam qo‘yayotgan bilimdon yoshlarimizga mas’ullar kelgusi o‘qish va ishlariga ulkan zafarlar tilab, samimiy tilaklarini bildirishmoqda. 🌐Тelegram | 😏 Instagram |🌐Facebook | 🔹YouTube | 🌐Web-site

E-auksion.uz savdo platformasidan Toshkent shahar Yangihayot tumanida joylashgan ijara va mulk huquqi asosida chiqarilgan bo'sh turgan yer uchastkalarini sotib oling! 🔷 Tadbirkorlik uchun yer uchastkalari: 👉 (Ko'rish uchun) 🔷 Yakka tartibda uy-joy qurish uchun yer uchastkalari: 👉 (Ko'rish uchun) 🔷 Ko'p qavatli uy-joy qurish uchun yer uchastkalari: 👉 (Ko'rish uchun) 🔷 Yangi Avlod maxsus sanoat zonalari: 👉 (Ko'rish uchun) 🔷 Nodavlat umumta'lim va maktabgacha ta'lim muassasalarini qurish uchun yer uchastkalari: 👉 (Ko'rish uchun) Izoh: 12 oyga bo'lib to'lash imkoniyati ham mavjud!!! Izoh: 15 ish kunida qiymati to'liq to'langan taqdirda, jami summaga nisbatan 20 foiz chegirma qo'llaniladi!!! Ma'lumot olish uchun: ☎️ (71) 202 21 11 Telegram | Facebook | Instagram | Youtube