ar
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 362
المشتركون
+124 ساعات
+1627 أيام
-15 99630 أيام
أرشيف المشاركات
*** meni ham tushun deding. meni kim tushunadi? eslasam tushunarsiz shaxs edim. @ahmadali_writer

*** hammasi yaxshi bo'ladi. chunki, bundan battari bo'lmaydi boshqa. endi bundan buyon hammasi yaxshi bo'ladi. @ahmadali_writer

*** meni sog'inganingizni menga aytmang o'zingiz hal qiling. sizni sog'inganim menga yetmoqda. @ahmadali_writer

*** "sog'inmaslik? yo'q, men bunday qilolmayman". @ahmadali_writer

*** insonlarga xato qilayotganlarini tushunishga vaqt berish kerak. @ahmadali_writer

*** qayerga ham borarding men sen bormoqchi bo'lgan joyga borib keldim. qayerga ham borarding. @ahmadali_writer

*** "u yerda ham seni so'zsiz tushunishadimi yoki so'z bilanmi?" @ahmadali_writer

*** sen quyosh yerning atrofida aylanadi deb o'ylarding. senga ko'ra, shunday edi-da. menga ko'ra esa aksi edi. ammo, bu narsa quyosh nurida aylanib yurishimizga to'sqinlik qilmadi. @ahmadali_writer

*** uyg’onib hech kim so’ramaydigan tushimsan yashab hech kim so’ramaydigan xayolim yig’lab hech kim so’ramaydigan bahonam kenglikda hech kim sezmaydigan nazarim aytganda hech kim bilmaydigan so’zim aytganda hech kim bilmaydigan hazilim aytganda hech kim sezmaydigan jiddiyat yozganda hech kim bilmaydigan nuqtam undovim undovim yozganda hech kim bilmaydigan uch nuqtam mana qayerlarda yashaysan mana qayerdasan mana qayerda… 2026 @ahmadali_writer

*** men endi seni eslamayapman. go'zal eslashni unutdim men. @ahmadali_writer

*** baxtsiz odam - uyiga kechroq borishi mumkin bo'lgan odamdir. @ahmadali_writer

*** meni bir-bir eslab turing xotirangiz xonasidan chiqqim yo'q. @ahmadali_writer

*** senga uzoq termulib seni sevib qolsam kerak, deb tushungandim. bekor shunday tushunibman. @ahmadali_writer

*** seni menga taqiqlaganlar - o'zi baxtsiz kimsalardir. @ahmadali_writer

*** tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim yozishni o’rgandim harf yozishni xato bo’lsa o’chirishni, uzr so’rashni kechirim so’rashni o’rgandim… tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim so’zlarni o’rgandim yangi so’zlarni yangi so’zlar yozishni o’rgandim so’z boyligini o’rgandim yap-yangi so’zlar yozishni o’rgandim… tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim har yili xato qilaman yildan-yilga xato qilaman yildan-yilga kam xato qilaman yildan-yilga qariyman yildan-yilga qarib boraman yildan-yilga qarayman… tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim sochim, ko’zim aqlim ham yuragim uyat hissiyot kamgaplik gapirish kulish jim turish yig’lash kulish… tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim ammo, buni faqat onam biladi tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim ammo, buni faqat otam biladi senga esa hech tushuntirolmadim, tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim… 2026 @ahmadali_writer

*** yomg'irda qolgan odam qurinishni istaydi sen quruqlikda yomg'ir haqida she'r yozayotganingda. yoki sen ham yomg'irga chiq yoki uni olib kir uyingga. balki, she'ringdan o'qib berarsan unga. yomg'ir haqidagi hozir yozgan she'ringni. u esa o'z fikrlarini aytsin she'ring haqida va yomg'ir haqida. ammo, uni sen tomosha qilma yomg'irda qolganini. uni men yomg'irga chiqaribmanmi dema yomg'ir yoqqan bo'lsa o'zi yoqqan. balki, yomg'ir uni uyingga olib kirishing uchun yoqqandir. unga yordam berishing uchun yoqqandir. sen esa she'ringni yordam deb o'ylaysan yomg'irda qolgan odamni tomosha qilib. @ahmadali_writer

*** seni unutishni boshladim bugundan. endi har kuni seni unutishni o'ylayman. @ahmadali_writer

*** xayr, deganingni eslolmay senga qaytaversam esipast demaysanmi? @ahmadali_writer

*** meni dushman bilmang o'zingizga dushmaningiz sizni yaxshi ko'rmaydi-ku? @ahmadali_writer

*** o'zim haqimda fristayl men kim - dilmurod keyinchalik muhammad bilmayman... nega shunday bo'lgan endi nima bo'ladi? bilmayman... umuman, hissiyotlarda bilmaslik kerak hissiyotlar sodir bo'ladi faqat ular tahlil qilinmaydi mana masalan sizni sevaman negaligini bilmayman... sizni yaxshi ko'raman nega? bilmayman... meni yaxshi ko'rishadimi? bilmayman. yaxshi ko'rishsa nega yaxshi ko'rishadi? bilmayman. meni yomon ko'rishadimi? bilmayman. yomon ko'rishsa, nega yomon ko'rishadi? yomon bo'lsam kerak-da. men bilmaslikni xohlayman. men o'zim haqimda bilmayman ochig'i. siz haqingizda esa bilish menga qiziq emas chunki sizni baribir sevaman. hayotim haqidami? men barchasi nega bunchalik rasvo bo'lganini bilmayman. endi nima bo'ladi? bilmayman. menga javobini bilmaydigan savollarni bering. men shunda mazza qilib bilmayman, deyman. men bilib qolgan javoblarim savolini aytmang menga. xohlamayman. men o'zi umuman men tilim borligi uchun qalamim borligi uchun yozyapman. ammo, nega tilim bor? bilmayman. men endi nimalar bo'lishini bilmayman. hissiyotlar tahlil qilinmaydi hissiyot - sodir bo'ladi faqat. hissiyotlar voqe bo'ladi. meni bilmang. meni tahlil qilmang. men sodir bo'laman, xolos. qisqacha men haqimda ushbular: hammasi nega bunchalik rasvo bo'lganini bilmayman. endi nima bo'ladi? bilmayman. @ahmadali_writer