ar
Feedback
Ahmad Ali Dilmurod

Ahmad Ali Dilmurod

الذهاب إلى القناة على Telegram

Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.

إظهار المزيد
لم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
6 362
المشتركون
+124 ساعات
+1627 أيام
-15 99630 أيام
أرشيف المشاركات
*** o'zim haqimda fristayl men kim - dilmurod keyinchalik muhammad bilmayman... nega shunday bo'lgan endi nima bo'ladi? bilmayman... umuman, hissiyotlarda bilmaslik kerak hissiyotlar sodir bo'ladi faqat ular tahlil qilinmaydi mana masalan sizni sevaman negaligini bilmayman... sizni yaxshi ko'raman nega? bilmayman... meni yaxshi ko'rishadimi? bilmayman. yaxshi ko'rishsa nega yaxshi ko'rishadi? bilmayman. meni yomon ko'rishadimi? bilmayman. yomon ko'rishsa, nega yomon ko'rishadi? yomon bo'lsam kerak-da. men bilmaslikni xohlayman. men o'zim haqimda bilmayman ochig'i. siz haqingizda esa bilish menga qiziq emas chunki sizni baribir sevaman. hayotim haqidami? men barchasi nega bunchalik rasvo bo'lganini bilmayman. endi nima bo'ladi? bilmayman. menga javobini bilmaydigan savollarni bering. men shunda mazza qilib bilmayman, deyman. men bilib qolgan javoblarim savolini aytmang menga. xohlamayman. men o'zi umuman men tilim borligi uchun qalamim borligi uchun yozyapman. ammo, nega tilim bor? bilmayman. men endi nimalar bo'lishini bilmayman. hissiyotlar tahlil qilinmaydi hissiyot - sodir bo'ladi faqat. hissiyotlar voqe bo'ladi. meni bilmang. meni tahlil qilmang. men sodir bo'laman, xolos. qisqacha men haqimda ushbular: hammasi nega bunchalik rasvo bo'lganini bilmayman. endi nima bo'ladi? bilmayman. @ahmadali_writer

*** taassufki biz baribir bir-birimizni unutolmaymiz. @ahmadali_writer

*** o'zingni ehtiyot qil sendan boshqa kishi buni qilolmaydi. @ahmadali_writer

*** yig'lamoqchi bo'lsang quchib olgim keladi seni ular sening yig'laganingni ko'rmasin deb. @ahmadali_writer

*** sen yig'lama axir men sen bilan birga kurashmoqchi edim ularga qarshi. @ahmadali_writer

*** men tug'ilguncha yashab o'tib ketsang bo'lardi-ku nega men tug'ilgan vaqtda tug'ilding? @ahmadali_writer

*** bugun sendan maktub kelmadi mavzusi yo’q “yangi xabar” bo’lib kelmagan “biror nima” yozilmagan oq oq rangda nimadir oq rangda qog’ozmi, rangmi bugun sendan maktub kelmadi men o’zimga o’zim aytib yurdim gapingni men o’zimga o’zim ey xudo, men o’zimga o’zim… bugun sendan maktub kelmadi “salomi” yozilgan “yaxshimisan” yozilgan “qalaysan” yozilgan… ey xudo, men salomni nima qilaman? bugun sendan “salomi” yozilmagan maktub kelmadi men salomni nima qilaman? men yana sahifani yangiladim - bugun sendan maktub kelmadi. kecha ham. men maktubni nima qilaman… 2026 @ahmadali_writer

*** biz avvaldan bir-birimizga o'xshardik. hozir ham o'xshaymiz bizda bir-birimiz yo'q. @ahmadali_writer

*** ko’rganimiz - ko’rishganimiz. men sen bilan har kuni ko’rishdim. 2026 @ahmadali_writer

*** endi menga kim bu dunyoni tarjima qilib beradi? @ahmadali_writer

*** yangi sevib qolish naqadar qiyin. @ahmadali_writer

*** sen o'zingni boshqalarga va boshqalarni o'zingga o'xshatarding. men unday qilolmasdim. @ahmadali_writer

*** ayriliq qanday bo'lishini bilishim kerak edi-ku baribir. @ahmadali_writer

*** meni sevib qolmasang ham qolsang bo'lardi. @ahmadali_writer

*** quyoshga uzoq tikilib turolmayman oyga ham senga qarab turardim ko'p vaqt agar yonimda bo'lsang. @ahmadali_writer

*** achchiq choydan yaxshi narsa bo'lmasa kerak sendan tashqari. @ahmadali_writer

*** xabarimni “o’zgaribdi” demasliging uchun o’zgartirmadim, xato bo’lsa ham. ismim o’zgargan, nima deysan sevgim o’zgarmagan faqat, sevgim o’zgarmagan. 2026 @ahmadali_writer

*** seni dunyoda qaysi rangda ko’raman? seni ko’ramanmi? seni dunyoda? “meni kuldirma” “meni yig’latma” men ko’rib bo’lganman… seni dunyoda qaysi rangda ko’raman? men yana nusxa ko’chirib oldim men endi yozaveraman seni dunyoda qaysi rangda ko’raman? deb “meni kuldirma” “meni yig’latma” men dunyoni ko’rib bo’lganman seni qaysi rangda ko’raman? men borsam men masalan borsam men seni ko’rgani borsam men masalan seni ko’rgani borsam “men bormayman” “meni kuldirma” men kimman sendan rang so’ragani? men buni boshqa shaklda yozmoqchi edim meni kechir meni kuldirma… seni dunyoda qaysi rangda ko’raman? “men seni ko’rdim” “meni kuldirma” “meni yig’latma” men rang ko’rmadim, men kimman sendan rang so’ragani? men sening yoningdan jim o’tib ketaman men borsam men masalan borsam men seni ko’rgani borsam men masalan seni ko’rgani borsam men sening yoningdan jim o’tib ketaman. men kimman senga gapirgani? “meni yig’latma” 2026 @ahmadali_writer

*** balki seni sevmasman, deb yana seni ko'rgani bordim. bekor boribman... @ahmadali_writer

*** hech bo'lmasa bitta kitob chop etsam kerak meni sog'inganingda kitobimni quchib yig'lashingga. @ahmadali_writer