Ahmad Ali Dilmurod
Kanalga Telegram’da o‘tish
Ahmad Ali Dilmurod ijodiy sahifasi. Kanalda siz muallif she’rlari va hikoyalarini o’qishingiz mumkin.
Ko'proq ko'rsatishMamlakat belgilanmaganToif belgilanmagan
6 362
Obunachilar
-524 soatlar
+1577 kun
-17 33230 kun
Postlar arxiv
6 362
***
meni ham
tushun deding.
meni kim tushunadi?
eslasam
tushunarsiz shaxs edim.
@ahmadali_writer
6 362
***
hammasi yaxshi bo'ladi.
chunki, bundan battari
bo'lmaydi boshqa.
endi bundan buyon
hammasi yaxshi bo'ladi.
@ahmadali_writer
6 362
***
meni sog'inganingizni
menga aytmang
o'zingiz hal qiling.
sizni sog'inganim
menga yetmoqda.
@ahmadali_writer
6 362
***
qayerga ham borarding
men
sen bormoqchi bo'lgan joyga
borib keldim.
qayerga ham borarding.
@ahmadali_writer
6 362
***
sen
quyosh
yerning atrofida
aylanadi
deb o'ylarding.
senga ko'ra,
shunday edi-da.
menga ko'ra esa
aksi edi.
ammo, bu narsa
quyosh nurida
aylanib yurishimizga
to'sqinlik
qilmadi.
@ahmadali_writer
6 362
***
uyg’onib
hech kim so’ramaydigan
tushimsan
yashab
hech kim so’ramaydigan
xayolim
yig’lab
hech kim so’ramaydigan
bahonam
kenglikda
hech kim sezmaydigan
nazarim
aytganda
hech kim bilmaydigan
so’zim
aytganda
hech kim bilmaydigan
hazilim
aytganda
hech kim sezmaydigan
jiddiyat
yozganda
hech kim bilmaydigan
nuqtam
undovim
undovim
yozganda
hech kim bilmaydigan
uch nuqtam
mana qayerlarda yashaysan
mana qayerdasan
mana qayerda…
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
senga uzoq termulib
seni sevib qolsam kerak,
deb tushungandim.
bekor
shunday tushunibman.
@ahmadali_writer
6 362
***
tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim
yozishni o’rgandim
harf yozishni
xato bo’lsa o’chirishni,
uzr so’rashni
kechirim so’rashni o’rgandim…
tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim
so’zlarni o’rgandim
yangi so’zlarni
yangi so’zlar yozishni o’rgandim
so’z boyligini o’rgandim
yap-yangi so’zlar yozishni o’rgandim…
tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim
har yili xato qilaman
yildan-yilga xato qilaman
yildan-yilga kam xato qilaman
yildan-yilga qariyman
yildan-yilga qarib boraman
yildan-yilga qarayman…
tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim
sochim, ko’zim
aqlim ham
yuragim
uyat
hissiyot
kamgaplik
gapirish
kulish
jim turish
yig’lash
kulish…
tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim
ammo, buni faqat onam biladi
tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim
ammo, buni faqat otam biladi
senga esa hech tushuntirolmadim,
tug’ilganimdan beri ancha o’zgardim…
2026
@ahmadali_writer
6 362
***
yomg'irda
qolgan odam
qurinishni
istaydi
sen
quruqlikda
yomg'ir haqida
she'r yozayotganingda.
yoki
sen ham
yomg'irga chiq
yoki uni
olib kir
uyingga.
balki,
she'ringdan
o'qib berarsan
unga.
yomg'ir haqidagi
hozir yozgan
she'ringni.
u esa
o'z fikrlarini
aytsin
she'ring haqida
va yomg'ir haqida.
ammo, uni
sen
tomosha qilma
yomg'irda
qolganini.
uni men
yomg'irga chiqaribmanmi
dema
yomg'ir
yoqqan bo'lsa
o'zi yoqqan.
balki, yomg'ir
uni
uyingga
olib
kirishing uchun
yoqqandir.
unga
yordam
berishing
uchun
yoqqandir.
sen esa
she'ringni
yordam deb
o'ylaysan
yomg'irda qolgan
odamni
tomosha qilib.
@ahmadali_writer
6 362
***
seni unutishni boshladim
bugundan.
endi har kuni
seni
unutishni o'ylayman.
@ahmadali_writer
6 362
***
o'zim haqimda fristayl
men kim -
dilmurod
keyinchalik muhammad
bilmayman...
nega shunday bo'lgan
endi nima bo'ladi?
bilmayman...
umuman, hissiyotlarda
bilmaslik kerak
hissiyotlar
sodir bo'ladi faqat
ular tahlil qilinmaydi
mana masalan
sizni sevaman
negaligini bilmayman...
sizni yaxshi ko'raman
nega?
bilmayman...
meni yaxshi ko'rishadimi?
bilmayman.
yaxshi ko'rishsa
nega yaxshi ko'rishadi?
bilmayman.
meni yomon ko'rishadimi?
bilmayman.
yomon ko'rishsa, nega yomon ko'rishadi?
yomon bo'lsam kerak-da.
men bilmaslikni xohlayman.
men o'zim haqimda
bilmayman ochig'i.
siz haqingizda esa
bilish menga qiziq emas
chunki sizni baribir
sevaman.
hayotim haqidami?
men
barchasi
nega bunchalik rasvo
bo'lganini
bilmayman.
endi nima bo'ladi?
bilmayman.
menga javobini bilmaydigan
savollarni bering.
men shunda mazza qilib
bilmayman, deyman.
men bilib qolgan
javoblarim savolini
aytmang menga.
xohlamayman.
men o'zi umuman
men tilim borligi uchun
qalamim borligi uchun
yozyapman.
ammo, nega tilim bor?
bilmayman.
men endi
nimalar bo'lishini
bilmayman.
hissiyotlar
tahlil qilinmaydi
hissiyot -
sodir bo'ladi faqat.
hissiyotlar
voqe bo'ladi.
meni
bilmang.
meni
tahlil qilmang.
men sodir bo'laman, xolos.
qisqacha men haqimda
ushbular:
hammasi
nega
bunchalik rasvo bo'lganini
bilmayman.
endi nima bo'ladi?
bilmayman.
@ahmadali_writer
