𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢
الذهاب إلى القناة على Telegram
Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Murojaat uchun: @soflik_admin Manfaat vaʼda qilmayman!
إظهار المزيدلم يتم تحديد البلدالفئة غير محددة
243
المشتركون
-224 ساعات
-247 أيام
-5830 أيام
أرشيف المشاركات
243
Koʻp-koʻp hayitlik olgim bor… 😄✨
Kimningdir berish niyati yo‘qmi… 🤭📚
Hayit kelishi bilan ichimizdagi “kichkina bola” uyg‘onib ketadi shekilli. 🌙🤍
26 مايو, 00:25
243
Arafa kuni…
Qalbdagi eng yashirin niyatlar ham duo bo‘lib osmonga ko‘tariladigan muborak kun.
Arafa kuni aytiladigan mustahab zikr va duolar bilan tilingizni band qiling. Arafa kuni peshindan asrgacha boʻlgan vaqt duo ijobat boʻladigan vaqtlardan hisoblanadi. Nima hojatingiz, mushkulotingiz boʻlsa Alloh taolodan soʻrang. Gunohlarimizni kechirishini soʻrab duo qiling. Va biz musulmon birodarlaringizni ham unutmang. Allohim duoyingizni ijobat qilsin. ✨
Iloji boricha roʻzador holatda oʻtkazishga harakat qiling.
Alloh taolo sizu bizdan solih amallarimizni qabul qilsin. Amiyn ya robbal a’lamiyn.
Arafa muborak boʻlsin!
Bizni ham duolaringizda eslab qo‘yishni unutmang. 🤲
25 مايو, 18:09
243
Alloh satrni ko'tarib qo'ysa,
Gunohlarimiz hammaga oshkor bo'lsa,
Hamma sharmanda bo‘lib, hech kim bir biriga qaray olmasdi.
Insonlarni aybini ko'rishdan oldin oynaga qarang.
O'zingiz aybsiz, farishtamisiz?
Isloh qilishimiz kerak bo‘lgan avvalo o‘zimizmiz.
Nafsimiz...
O'zim va boshqalarga.
25 مايو, 12:01
243
Repost from ULUL ALBAB - The People of Intellect
Arafa kuni nima qilay?
🧠 Mindset: Arafa - ulug' kun! Bo'shashmang, daqiqalarni g'animat biling. Keyingi arafaga yetamizmi, yo'qmi...
➡️ Reja qiling. Shu kun fazl, baraka va ilohiy rahmatini ustuvor qo'ying. Boshqa ishlarni yig'ishtirib/kamaytirib turing.
➡️ Ro'za tuting. Alloh avvalgi va keyingi yil gunohlariga kafforat qilishini so'rang. Savob umid qiling.
➡️ Bilganingizcha zikr, salovat ko'paytiring. Takbir, tahlil, tahmidlarni doim aytib yuring.
➡️ Tahoratni shoshmay, chiroyli olarkan, gunohlaringdan poklanishni so'rang.
➡️ Namozlarni kechiktirmang. Sekin, shoshmay o'qing. Nafllar qo'shing.
➡️ Qur'on tilovat qiling. Har bir harfiga savob umid qilib, tadabbur bilan o'qing. Iloji bo'lsa, xatm qiling.
➡️ Uzun-uzun duo qiling. Hamma narsani so'rang. Gunohlaringizni birma-bir eslang, tavba qiling, istig'for ayting. Ne'matlarni sanang, dunyo va oxirat yaxshiligini so'rang. Jahannamdan ozod qilingan bandalar qatorida bo'lishni so'rang. Musulmonlarni ham duoda eslang.
➡️ Ehson va sadaqa qiling.
➡️ Umuman olganda yarim soat bo'lsa ham, ibodatga fursat ayiring. Robbingiz uchun!
Yarim-bir kun telefonni unuting.
Amallarga qalb va odob bilan yondashing.
Arafa kuni - 26-mayga to'g'ri kelmoqda, in sha Alloh.
© ULUL ALBAB yozdi
24 مايو, 12:17
243
+2
Mushukni sevuvchilar bormi?.. 🤭
Men esa ularni juda yaxshi ko‘raman. 🐾💕
24 مايو, 10:14
243
+1
Ba’zan kitoblarni tartibga solish ham insonga alohida huzur beradi… 📚
O‘qib tugatgan kitoblarim haqida ko‘p narsalar yozishni xohlayman. Tavsiya qiladigan kitoblarim ham talaygina. Inshaalloh, yaqin kunlarda barchasi haqida alohida yozaman.
Shunday kitoblar bo‘ladiki, uning asl maqsadi va mohiyatini chuqur tushunganingizdan keyin, uni oxirigacha o‘qishga sabringiz yetmay qoladi.
Yana shunday kitoblar ham borki, siz u kitobni shunchaki o‘qimaysiz — uning ichida yashaysiz. Qahramonlari bilan birga kulasiz, birga o‘ylaysiz, ba’zan esa sukutga cho‘masiz.
Har bir kitob — alohida bir olam.
Ba’zilari qalbni yumshatadi, ba’zilari fikrni o‘zgartiradi, yana ba’zilari esa insonni butunlay boshqa odamga aylantiradi.
Inson ba’zan birgina kitob orqali o‘zini topadi.
Birgina jumla esa butun fikrlarini o‘zgartirib yuboradi.
Bu kitoblar orasida menga sabrni o‘rgatganlari ham bor, qalbimni uyg‘otganlari ham.
Eng go‘zal investitsiya — bu insonning o‘ziga qilgan ilm investitsiyasidir… 🌙@soflik_booklover
23 مايو, 12:56
243
+1
Ertalab quyosh chiqib turgan edi, hozir esa yomg‘ir yog‘yapti.
Tashqaridan yomg‘irning ovozini eshitib dars qilish ham maroqli...)
23 مايو, 02:49
243
+1
O‘qishlar ham tugadi… 🤍
Endi bir muddat uyda, onamning bag‘rida bo‘laman. Inshaalloh, 3 oy davomida o‘zim uchun foydali va esda qoladigan kunlar bo‘ladi.
Orada Toshkentga ham kelib-ketishim mumkin.🌝
Bu vaqt uchun juda ko‘p rejalarim bor. Nasib qilsa, hammasini amalga oshirib, sentyabrdan yana o‘qishga qaytaman ✨
22 مايو, 08:09
243
Qiyin tanlovda qolib ketdim...
Uchalasini ham olgim keldi,
lekin bittasini tanlash kerak😅
Siz bo‘lganingizda qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?
22 مايو, 03:30
243
Ba’zan shunday holatlar bo‘ladiki, ko‘z o‘qiyotgan narsani ko‘radi, ammo miya uni qabul qilmaydi. Go‘yo satrlarni o‘qiyotgandek bo‘lasan, lekin ma’nosi qalb va ongga yetib bormaydi.
...😁😅
20 مايو, 13:26
243
+1
Inson ba’zan yomon niyat bilan yo‘lga chiqishi mumkin. Ammo agar u yo‘lda fikridan qaytsa, qalbida pushaymonlik uyg‘onsa bu Allohning unga bo‘lgan rahmatidir.
Payg‘ambarimiz ﷺ shunday deganlar: "Kim bir yomonlik qilishni niyat qilib, uni qilmasa, Alloh uni to‘liq bir savob qilib yozadi." (Buxoriy va Muslim rivoyati)
20 مايو, 00:06
243
Zulhijja oyi— islom taqvimidagi eng ulug‘, barakali va mukofotlarga boy oylardan biridir. Bu oyning asil qiymati va fazilati, ayniqsa, uning dastlabki o‘n kunligida yashiringan. Qur’oni karim va hadisi shariflarda bu kunlarning o‘rni alohida e’tirof etilgan. Quyida Zulhijja oyining eng asosiy fazilatlari va nima uchun bu oy musulmonlar hayotida muhim o‘rin tutishi haqida batafsil ma’lumot beramiz.1⃣Alloh taolo Qur’onda bu kunlar bilan qasamyod etgan! Alloh taolo Qur’oni karimning "Fajr" surasida shunday marhamat qiladi: "Tongga qasam. (Zulhijjadagi) o‘n kechaga qasam..."(Fajr surasi, 1-2-oyatlar) Islom ulamolari (jumladan, Ibn Abbos roziyallohu anhu) ushbu oyatda zikr qilingan "o‘n kecha" aynan Zulhijja oyining avvalgi o‘n kuni ekanini ta’kidlaganlar. Alloh taoloning biron bir maxluq yoki vaqt bilan qasam ichishi — o‘sha narsaning O‘z huzurida qanchalik qadrli va ulug‘ ekaniga dalolat qiladi. 2⃣Yilning eng afzal kunlari Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo (sallallohu alayhi vasallam) ushbu kunlarni dunyodagi eng xayrli kunlar deb ataganlar: "Dunyodagi eng afzal kunlar — Zulhijjaning o‘n kunidir” (Imom Bazzor rivoyati). Hatto bu kunlarda qilingan oddiygina solih amal (zikr, sadaqa, yaxshilik) boshqa oylarda qilingan amallardan, hatto Alloh yo‘lidagi jihoddan ham savobliroq deb ko‘riladi (faqatgina jihodga chiqib, joni va moli bilan qaytmagan kishi bundan mustasno). 3⃣Barcha buyuk ibodatlar jamlangan yagona vaqt! Zulhijja oyining eng betakror tomoni shundaki, unda islomning barcha besh ustuni va eng asosiy ibodatlari bir vaqtda jam bo‘ladi. Hofiz Ibn Hajar aytganlaridek: "Zulhijja olingan o‘n kunining fazilatli bo‘lishining sababi — unda eng asosiy ibodatlar jamlangandir. Bular: namoz, ro‘za, sadaqa va hajdirlar. Bu ibodatlar boshqa hech bir vaqtda bunday jamlanmaydi". Ushbu kunlarda butun dunyo musulmonlari Baytullohni tavof qilib, Islomning ulug' arkonlaridan biri — Haj ibodatini ado etadilar. 5⃣Unda Arafa kuni bor Zulhijja oyining 9-kuni — Arafa kuni hisoblanadi. Bu kun yilning eng ulug‘ kunidir. Arafa kuni haqida Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) shunday deganlar: Gunohlardan ozod bo‘lish:"Alloh taolo biron bir kunda Arafa kunidagichalik ko‘p bandani do‘zaxdan ozod qilmaydi"(Imom Muslim rivoyati).
Ulkan kafforat:Arafa kunida tutilgan ro‘za o‘tgan va kelgusi bir yillik (kichik) gunohlarni yuvib yuborishi va’da qilingan.5⃣Qurbonlik va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) Bu oyning 10-kuni musulmonlarning eng ulug‘ bayrami — Qurbon hayiti boshlanadi. Bu kunda qodir bo‘lgan kishilar qurbonlik so‘yadilar. Qurbonlik qilish nafaqat ijtimoiy ko‘mak (muhtojlarga go‘sht ulashish), balki bandaning Allohga bo‘lgan taqvosi va buyruqlariga sodiqligini (Ibrohim alayhissalom sunnatlarini) ko‘rsatadigan go‘zal ibodatdir.
Xulosa: Bu oydan qanday unumli foydalanish kerak? Zulhijja oyi kirganda dangasalikni bir chetga surib, xuddi Ramazon oyidgidek g‘ayrat qilish lozim. Kunlarni ro‘za tutish, tunda namoz o‘qish, tilni behuda so‘zlardan tiyib "Subhanalloh", "Alhamdulillah", "La ilaha illalloh", "Allohu akbar" zikrlari bilan band qilish — ushbu oy fazilatiga erishishning eng to‘g‘ri yo‘lidir.#Ummu_Afiyfa
17 مايو, 14:04
243
Musulmonlarga ushbu oyda quydagi amallar tavsiya etiladi. Dastlabki 9 kun davomida (ayniqsa, Arafa kuni ) roʻza tutish. Allohni koʻp zikr qilish ( tasbeh, tahlil, takbir aytish). Koʻproq sadaqa berish va muhtojlarga yordam koʻrsatish. Hayit kunlarida qurbonlik qilish.
17 مايو, 11:51
243
Eng barakali kun — Qurʼon bilan boshlanib, Qurʼon bilan yakun topgan kundir...)
16 مايو, 12:18
243
Sabr nima?
Sabr – hayotning qulogʻiga “Toki Alloh men bilan birga ekan taslim boʻlmayman!” deb pichirlashingdir.
15 مايو, 07:33
243
«Ilm olganing sayin xokisorliging ortayotgan boʻlsa, mana shu olayotgan ilmingning haqiqiyligidandir»
Husayn Buxoriy
13 مايو, 12:51
