uk
Feedback

Не попадись на ботовода! Telemetrio знаходить і позначає такі канали мітками 👉 Хочеш бачити мітку, оформляй підписку

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

Відкрити в Telegram

Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Murojaat uchun: @soflik_admin Manfaat vaʼda qilmayman!

Показати більше
Країна не вказанаКатегорія не вказана
229
Підписники
-424 години
-207 днів
-7330 днів
Архів дописів
Sen kutishni bil ey banda koinot yaratgan zot. Albatta seni qadringni goʻzal qilib yaratgan.
Sen kutishni bil ey banda koinot yaratgan zot. Albatta seni qadringni goʻzal qilib yaratgan.
09 черв, 11:06

Qaynona! Hurmatli qizlar, to‘ydan avvalgi taassurotlarga yoki kimlardandir eshitgan: “Qaynona hech qachon ona bo‘la olmaydi”
Qaynona! Hurmatli qizlar, to‘ydan avvalgi taassurotlarga yoki kimlardandir eshitgan: “Qaynona hech qachon ona bo‘la olmaydi” degan gaplarga e’tibor bermang. Avvalo, niyatlar amallarga bog‘liq. Siz yangi xonadonga qanday niyat bilan kelsangiz, amallaringiz ham o‘sha niyat tomon yo‘naladi. Qaynonangiz qilgan xatoyingiz uchun tanbeh bersa, darrov qizlik uyingizga borib hasrat qilishga shoshilmang. Axir o‘z onangiz biror noto‘g‘ri ishingiz uchun koyisa, uning ustidan birovga arz qilasizmi? Albatta, yo‘q.Shunday ekan, qaynonangizni ham o‘z onangizdek hurmat qiling va yaxshi ko‘ring. Ishoning, o‘zaro iliq munosabatlarni saqlab qolishning eng yaxshi yo‘li samimiyatdir. Har doim muomalangiz ham, qilayotgan yumushlaringiz ham samimiy bo‘lsin. Biror yaxshilik evaziga rahmat kutib o‘tirmang. Zero, ajrni Allohdan kuting.
Nima uchun bularni yozdim? Ko‘rganlarim va eshitganlarimdan chiqargan xulosalarim.
@soflik_booklover
08 черв, 07:09

🌷 «Menga kelsak...» Men siqilgan paytda onasining bag‘riga shoshiladiganlardan emasman. Otasining yelkasiga og‘irligini tash
🌷 «Menga kelsak...» Men siqilgan paytda onasining bag‘riga shoshiladiganlardan emasman. Otasining yelkasiga og‘irligini tashlaydiganlardan ham emasman. Yer torlik qilib qolganda do‘stlariga boradigan yo‘lni bilmayman va dardini to‘kib solish san’atini ham egallamaganman. Men og‘riqni yolg‘iz yutadigan, uni sukunat bilan ichiga yashiradiganman. Uni soxta kulgilar va mahorat bilan o‘ynalgan, yaxshi ko‘rsatilgan ko‘zlar ortiga berkitaman. Agar ruhim toraysa, og‘ir uyqu ortiga yashirinaman — bu dunyodan qochish uchun emas, balki o‘zimdan qochish uchun... Agar sinsam, hech kim sezmaydi; agar yonsam, hech kim kuyindi hidini olmaydi. Men o‘sha sukunatda parchalanadigan va pinhona o‘zini qayta tiklaydigan insonman...
07 черв, 16:29

Ba'zan inson o‘zi bilan yolg‘iz qolib, yig‘lab ham olishi kerak. Chunki ayrim og‘riqlarni ko‘z yoshlar yengillatadi, ayrim da
Ba'zan inson o‘zi bilan yolg‘iz qolib, yig‘lab ham olishi kerak. Chunki ayrim og‘riqlarni ko‘z yoshlar yengillatadi, ayrim dardlarga esa sukut malham bo‘ladi...
07 черв, 16:08

Repost from N/a
🌙«إِنْ أَرَدْتَ النَّجَاحَ فِي الدُّنْيَا وَالسَّعَادَةَ فِي الْآخِرَةِ فَاسْلُكْ طَرِيقَ الْعِلْمِ، لَكِنَّ الْآفَاتِ عَلَى هٰذَا الطَّرِيقِ كَثِيرَةٌ» 🌙“Agar dunyoda muvaffaqiyat va oxiratda saodat istasangiz, ilm yo‘lini tuting. Lekin bu yo‘lda ofatlar va qiyinchiliklar ko‘pdir.” 📚 طَالِبُ الْعِلْمِ وَآفَاتُ طَرِيقِ الْعِلْمِ Ilm yo‘lidagi ofatlar ▫️الْكَسَلُ — Dangasalik O‘qishni kechiktirish, harakat qilmaslik. ▫️التَّسْوِيفُ — Orqaga surish “Keyin o‘qiyman” deb vaqtni yo‘qotish. ▫️الرِّيَاءُ — Riyo Odamlar ko‘rsin deb ilm olish. ▫️الْكِبْرُ — Kibr O‘zini boshqalardan ustun ko‘rish. ▫️ضَعْفُ الصَّبْرِ — Sabrning kamligi Tez zerikish va tez tashlab qo‘yish. ▫️كَثْرَةُ النَّوْمِ — Ko‘p uxlash Vaqtni behuda ketkazish. ▫️إِضَاعَةُ الْوَقْتِ — Vaqtni zoye qilish Telefon va foydasiz narsalar bilan ovora bo‘lish. ▫️صُحْبَةُ السُّوءِ — Yomon do‘stlar Ilmdan uzoqlashtiradigan odamlar. ▫️الْعُجْبُ بِالنَّفْسِ — O‘zidan hayratlanish “Men juda zo‘rman” deb o‘ziga mahliyo bo‘lish. ▫️تَرْكُ الْعَمَلِ بِالْعِلْمِ — Ilmga amal qilmaslik O‘rganib, lekin amal qilmaslik. 🌙طَرِيقُ الْعِلْمِ طَوِيلٌ وَيَحْتَاجُ إِلَى الصَّبْرِ وَالْإِخْلَاصِ “Ilm yo‘li uzun bo‘lib, sabr va ixlosni talab qiladi.”
07 черв, 12:49

إِذَا كَانَ إِيمَانُكَ قَوِيًّا، فَإِنَّ كُلَّ قَضَاءِ اللَّهِ يَجْلِبُ الطُّمَأْنِينَةَ إِلَى الْقَلْبِ. “Agar ishonching mu
+1
إِذَا كَانَ إِيمَانُكَ قَوِيًّا، فَإِنَّ كُلَّ قَضَاءِ اللَّهِ يَجْلِبُ الطُّمَأْنِينَةَ إِلَى الْقَلْبِ. “Agar ishonching mustahkam bo‘lsa, Allohning har bir qarori qalbga sokinlik beradi.”
07 черв, 04:43

Yusuf alayhissalom qul bo’lib sotilsa.. Nuh alayhissalom yolg’onchiga chiqarilsa.. Ibrohim alayhissalom olovga tashlansa.. Mu
Yusuf alayhissalom qul bo’lib sotilsa.. Nuh alayhissalom yolg’onchiga chiqarilsa.. Ibrohim alayhissalom olovga tashlansa.. Muso alayhissalomga sehrgar deb tuhmat qilinsa.. Yahyo alayhissalomning boshi bir buzuqi ayolga mahr qilib berilsa.. Muhammad sollallohu alayhi vasallam toshbo’ron qilinsa.. Shulardan keyin ham bu dunyo boshingni silaydi deb o’ylaysanmi?!
06 черв, 06:58

Kitobni yaxshi ko‘rmaydigan bola yo‘q. Faqat kitobga mehr uyg‘otishni bilmaydigan, bunga yetarlicha e’tibor bermaydigan ota-o
+1
Kitobni yaxshi ko‘rmaydigan bola yo‘q. Faqat kitobga mehr uyg‘otishni bilmaydigan, bunga yetarlicha e’tibor bermaydigan ota-onalar bor. “Qush uyasida ko‘rganini qiladi”, deganlaridek, farzand ham ko‘proq ota-onasidan o‘rnak oladi. Siz nimaga muhabbat qo‘ysangiz, farzandingiz ham o‘sha narsaga qiziqib ulg‘ayadi. ~ U Qur’on o‘qiydi — bolasi ham qiziqadi. ~ U sportni sevadi — bolasi ham undan zavq oladi. ~U ilmni qadrlaydi — bolasi ham ilmga intiladi. ~ U arab tilini sevadi — bolasi ham shu tilni o‘rganishga harakat qiladi. Aslida farzandlarimiz ko‘pincha nasihatlarimizni emas, hayot tarzimizni takrorlaydilar. Biz nimaga mehr qo‘ysak, ular ham o‘sha tomonga moyil bo‘lib ulg‘ayadilar. @soflik_booklover
05 черв, 13:29

#fikrlar Raqamli kitoblar va bosma kitoblar. Bugungi kunda texnologiyaning tez rivojlanishi bilan raqamli kitoblar tobora keng tarqalmoqda. Shunga qaramay, bosma kitoblar hamon o‘z ahamiyatini saqlab qolmoqda va ko‘plab o‘quvchilar tomonidan afzal ko‘rilmoqda. Raqamli va bosma kitoblar o‘rtasida ba’zi aniq farqlar mavjud bo‘lib, har ikkala tur ham o‘ziga xos afzalliklar va kamchiliklarga ega. Raqamli kitoblarning eng katta afzalligi — ularning ko‘chma va oson foydalanish imkoniyatiga egaligidir. Bitta qurilmada minglab kitoblarni saqlash va istalgan joyda o‘qish mumkin. Bundan tashqari, raqamli kitoblar odatda arzonroq bo‘lib, atrof-muhit uchun ham foydali hisoblanadi. Qidirish, eslatma olish va matn o‘lchamini sozlash kabi funksiyalar o‘qish jarayonini yanada qulay qiladi. Bosma kitoblar esa o‘quvchiga o‘ziga xos hissiy tajriba taqdim etadi. Kitobning hidi, sahifalarning shovqini va uning jismoniy mavjudligi o‘qish zavqini oshiruvchi omillardandir. Ayniqsa, uzoq muddatli o‘qishlarda bosma kitoblar ko‘z sog‘lig‘i uchun kamroq charchatadi, deb hisoblanadi. Shuningdek, bosma kitoblar madaniy va ma’naviy qadriyatga ega. Kutubxonalar va kitob javonlari bu qadriyatning yaqqol ko‘rinishidir. Boshqa tomondan, raqamli kitoblar ekran orqali o‘qilgani sababli ko‘zning charchashiga olib kelishi mumkin, bosma kitoblar esa tashish va saqlash jihatidan ko‘proq noqulaylik tug‘diradi. Shu sababli tanlov ko‘proq o‘quvchining odatlari va ehtiyojlariga bog‘liq. Xulosa qilib aytganda, raqamli kitoblar tezlik va qulaylikni taqdim etsa, bosma kitoblar an’anaviy o‘qish zavqini beradi. Har ikkala tur bir-birini to‘ldiruvchi vosita sifatida qaralishi va o‘qish madaniyatining rivojlanishiga birgalikda hissa qo‘shishi lozim.
05 черв, 12:19

💜 Bomdodga uyg’onish mashaqqat.. Ro’za sillani quritadi.. Haj charchatadi.. Haqni gapirish xatarli.. Mol-dunyo yoqimli.. Qanoatli bo’lish og’ir.. Omonatdor bo’lish xiyonatkorlikdan chandon qiyin.. Ko’zni haromdan tiyish nafsga yoqmaydi.. Nafs tinmay tug’yonga undaydi.. Shuning uchun ham jannat yo’li tikanli, do’zax yo’li ravon! @qomar_academy
05 черв, 11:30

Ilm olish har bir inson uchun farz, lekin ayniqsa qizlar uchun bu jamiyatni yuksaltirishning kalitidir. Ilmli qiz — nafaqat o
Ilm olish har bir inson uchun farz, lekin ayniqsa qizlar uchun bu jamiyatni yuksaltirishning kalitidir. Ilmli qiz — nafaqat o‘zini, balki atrofidagilarni ham tarbiyalaydi. Ona sifatida u oilasini bilim bilan boyitadi, kelajak avlodga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Bir qizning o‘qishi, aslida bir butun jamiyatning yuksalishidir. Qur’on bizni “Iqro’” (O‘qi) bilan boshlangan yo‘lga chorlaydi. Hadislarda ham aytilganidek, ilm olish har bir mo‘min va mo‘mina uchun farzdir.📚
04 черв, 07:25

Shunday bir zamonda yashayapmizki, afsuski, insonlarni odobi, ilmiga va qalbiga qarab emas, mavqei, boyligi yoki jamiyatdagi o‘rniga qarab baholaydiganlar tobora ko‘payib bormoqda.
03 черв, 23:27

"Mukammal inson yoʻq. Insonlar bir-birining kamchiliklarini toʻldirish, bir-biriga suyanch va madad boʻlish uchun juft qilib
"Mukammal inson yoʻq. Insonlar bir-birining kamchiliklarini toʻldirish, bir-biriga suyanch va madad boʻlish uchun juft qilib yaratilgan." 🌷
03 черв, 14:02

Dars qilish jarayonida bo'shashish va malollikni quyidagi amallar bilan ketgaziladi: 1.Saqich chaynash; 2.Xonadan tashqariga
Dars qilish jarayonida bo'shashish va malollikni quyidagi amallar bilan ketgaziladi: 1.Saqich chaynash; 2.Xonadan tashqariga ochiq havoga chiqish; 3.Bir xonadan ikkinchi xonaga ko'chib joyini almashtirish; 4.Sovuq suv yoki issiq suv ishlatib yengil hammom qilish; 5.Yoqimli ichimlik ichish; 6.Yengil taomlanish; 7.Do'sti yoki birga o'tirgan kishi bilan gaplashish; 8.She'r o'qish; 9.Ovoz chiqarib Qur'on tilovat qilish; 10.O'tirish holatini o'zgartirish; 11.Yurish yoki yuqoriga chiqish; 12.O'qilayotgan kitob yoki mavzuni almashtirish. Shu kabi amallar bilan darsda davom etish. Har bir jismning salohiyati va har bir tetiklikning kaliti bor.Bu narsa oqil ishtiyoqmandlarga sir emas.
“Ulamolar nazdida vaqtning qadri"kitobidan📚
03 черв, 04:09

🩺💊 Hozirgi kunlarda amaliyotdaman. O‘rganish, izlanish va o‘sish jarayonida. Har bir kun — yangi tajriba, har bir tajriba —
+1
🩺💊 Hozirgi kunlarda amaliyotdaman. O‘rganish, izlanish va o‘sish jarayonida. Har bir kun — yangi tajriba, har bir tajriba — yangi saboq. Bilim va tajriba sari qo‘yilgan har bir qadam kelajakdagi yutuqlarga zamin bo‘ladi. ان شاء الله✨
03 черв, 02:24

Sukut qil, ko‘nglim... Ko‘p gapirma. Kamroq so‘zla, ishimiz oldinga siljish. Oz so‘zla, Haqqa qarshi yanglish kalom chiqmasin
Sukut qil, ko‘nglim... Ko‘p gapirma. Kamroq so‘zla, ishimiz oldinga siljish. Oz so‘zla, Haqqa qarshi yanglish kalom chiqmasin. Sukut qil, ko‘nglim. Bir alif miqdoricha bo‘lsa ham sukut qil... Bahorga oz qoldi. Chida, ko‘nglim. Bilaman, qalbing dengizdagi ko‘rinmas to‘lqinlar kabi bezovta. Agar kutishdan boshqa choramiz bo‘lganida, seni aslo to‘xtatmasdim. Lekin boshqa choramiz yo‘q. Unutma, dori ham vaqt bilan ta'sir qiladi. Gul ham o‘z vaqtidan avval ochilmaydi. Sukut qil, ko‘nglim. Bu qish bahorga aylanguncha. Bu tun tongga ulanguncha. Uzoq yo‘llar yaqinlashguncha. Tashvishlar ortidan farog‘at kelguncha. Va ko‘zlarimiz diydor yoshlari bilan namlanguncha... Sukut qil, ko‘nglim. Seni sendan ham yaxshi bilgan Robbingning hukmi voqe bo‘lguncha. Nasibing senga yetib kelguncha. Erisha olmaganlaring nasibing emasligini anglaguningcha sukut qil. Va bilki, senga atalgan narsa hech qachon seni chetlab o‘tmaydi... 🌷🤍
02 черв, 12:37

Shuni bildimki, yaxshilik qilish ham nasiba ekan. Mehr, muhabbat, pok qalb hatto insoniylik ham nasiba ekan. Avvallari yomonl
+1
Shuni bildimki, yaxshilik qilish ham nasiba ekan. Mehr, muhabbat, pok qalb hatto insoniylik ham nasiba ekan. Avvallari yomonlik qilishayotganini ko’rsam xafa bo’lardim. Endi esa uning nasibasi shu qadar ekanda deb qo’yaman.
01 черв, 13:56

Yozning ilk kuni ham boshlab oldik... Oldimizda 3 oylik imkoniyatlar fasli turibdi. Har bir kunni foydali va mazmunli o'tkazi
Yozning ilk kuni ham boshlab oldik... Oldimizda 3 oylik imkoniyatlar fasli turibdi. Har bir kunni foydali va mazmunli o'tkazish uchun o'zingizga qanday maqsadlar qo'ydingiz?
01 черв, 08:18

😅 Ayam: "Uyga kelsang dam olasan", degan edilar... Lekin uy ham meni kutib turgan ishlar bilan toʻla ekan. 😂
😅 Ayam: "Uyga kelsang dam olasan", degan edilar... Lekin uy ham meni kutib turgan ishlar bilan toʻla ekan. 😂
31 трав, 08:21

Taqdiringga yozilgan narsa uchun shoshilma. Chunki sen uchun atalgan rizq ham, baxt ham, nasiba ham sendan o‘tib boshqasiga k
+6
Taqdiringga yozilgan narsa uchun shoshilma. Chunki sen uchun atalgan rizq ham, baxt ham, nasiba ham sendan o‘tib boshqasiga ketmaydi. Alloh yozgan narsa o‘z vaqtida, eng go‘zal tarzda senga yetib keladi. 🤍✨
30 трав, 13:29