ch
Feedback

不要被骗子欺骗!Telemetrio 会找到并标记这些频道 👉 如果想查看标记,请订阅

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

𝑺𝒐𝒇𝒍𝒊𝒌 | 🦢

前往频道在 Telegram

Maqsad bu qalbning o'tidir. Agar u yoqmasa demak, u sening maqsading emas. 📚 Murojaat uchun: @soflik_admin Manfaat vaʼda qilmayman!

显示更多
未指定国家未指定类别
244
订阅者
-224 小时
-247 天
-5830 天
帖子存档
Arafa kuni nima qilay? 🧠 Mindset: Arafa - ulug' kun! Bo'shashmang, daqiqalarni g'animat biling. Keyingi arafaga yetamizmi, yo'qmi... ➡️ Reja qiling. Shu kun fazl, baraka va ilohiy rahmatini ustuvor qo'ying. Boshqa ishlarni yig'ishtirib/kamaytirib turing. ➡️ Ro'za tuting. Alloh avvalgi va keyingi yil gunohlariga kafforat qilishini so'rang. Savob umid qiling. ➡️ Bilganingizcha zikr, salovat ko'paytiring. Takbir, tahlil, tahmidlarni doim aytib yuring. ➡️ Tahoratni shoshmay, chiroyli olarkan, gunohlaringdan poklanishni so'rang. ➡️ Namozlarni kechiktirmang. Sekin, shoshmay o'qing. Nafllar qo'shing. ➡️ Qur'on tilovat qiling. Har bir harfiga savob umid qilib, tadabbur bilan o'qing. Iloji bo'lsa, xatm qiling. ➡️ Uzun-uzun duo qiling. Hamma narsani so'rang. Gunohlaringizni birma-bir eslang, tavba qiling, istig'for ayting. Ne'matlarni sanang, dunyo va oxirat yaxshiligini so'rang. Jahannamdan ozod qilingan bandalar qatorida bo'lishni so'rang. Musulmonlarni ham duoda eslang. ➡️ Ehson va sadaqa qiling. ➡️ Umuman olganda yarim soat bo'lsa ham, ibodatga fursat ayiring. Robbingiz uchun! Yarim-bir kun telefonni unuting. Amallarga qalb va odob bilan yondashing. Arafa kuni - 26-mayga to'g'ri kelmoqda, in sha Alloh. © ULUL ALBAB yozdi
24 5月, 12:17

Mushukni sevuvchilar bormi?.. 🤭 Men esa ularni juda yaxshi ko‘raman. 🐾💕
+2
Mushukni sevuvchilar bormi?.. 🤭 Men esa ularni juda yaxshi ko‘raman. 🐾💕
24 5月, 10:14

Ba’zan kitoblarni tartibga solish ham insonga alohida huzur beradi… 📚 O‘qib tugatgan kitoblarim haqida ko‘p narsalar yozishn
+1
Ba’zan kitoblarni tartibga solish ham insonga alohida huzur beradi… 📚 O‘qib tugatgan kitoblarim haqida ko‘p narsalar yozishni xohlayman. Tavsiya qiladigan kitoblarim ham talaygina. Inshaalloh, yaqin kunlarda barchasi haqida alohida yozaman. Shunday kitoblar bo‘ladiki, uning asl maqsadi va mohiyatini chuqur tushunganingizdan keyin, uni oxirigacha o‘qishga sabringiz yetmay qoladi. Yana shunday kitoblar ham borki, siz u kitobni shunchaki o‘qimaysiz — uning ichida yashaysiz. Qahramonlari bilan birga kulasiz, birga o‘ylaysiz, ba’zan esa sukutga cho‘masiz. Har bir kitob — alohida bir olam. Ba’zilari qalbni yumshatadi, ba’zilari fikrni o‘zgartiradi, yana ba’zilari esa insonni butunlay boshqa odamga aylantiradi. Inson ba’zan birgina kitob orqali o‘zini topadi. Birgina jumla esa butun fikrlarini o‘zgartirib yuboradi. Bu kitoblar orasida menga sabrni o‘rgatganlari ham bor, qalbimni uyg‘otganlari ham.
Eng go‘zal investitsiya — bu insonning o‘ziga qilgan ilm investitsiyasidir… 🌙
@soflik_booklover
23 5月, 12:56

Ertalab quyosh chiqib turgan edi, hozir esa yomg‘ir yog‘yapti. Tashqaridan yomg‘irning ovozini eshitib dars qilish ham maroql
+1
Ertalab quyosh chiqib turgan edi, hozir esa yomg‘ir yog‘yapti.
Tashqaridan yomg‘irning ovozini eshitib dars qilish ham maroqli...)
23 5月, 02:49

Endi enagasi keldi qaraydigan 🤭🤭
+1
Endi enagasi keldi qaraydigan 🤭🤭
23 5月, 02:41

O‘qishlar ham tugadi… 🤍 Endi bir muddat uyda, onamning bag‘rida bo‘laman. Inshaalloh, 3 oy davomida o‘zim uchun foydali va e
+1
O‘qishlar ham tugadi… 🤍 Endi bir muddat uyda, onamning bag‘rida bo‘laman. Inshaalloh, 3 oy davomida o‘zim uchun foydali va esda qoladigan kunlar bo‘ladi. Orada Toshkentga ham kelib-ketishim mumkin.🌝 Bu vaqt uchun juda ko‘p rejalarim bor. Nasib qilsa, hammasini amalga oshirib, sentyabrdan yana o‘qishga qaytaman ✨
22 5月, 08:09

Qiyin tanlovda qolib ketdim... Uchalasini ham olgim keldi, lekin bittasini tanlash kerak😅 Siz bo‘lganingizda qaysi birini ta
Qiyin tanlovda qolib ketdim... Uchalasini ham olgim keldi, lekin bittasini tanlash kerak😅 Siz bo‘lganingizda qaysi birini tanlagan bo‘lardingiz?
22 5月, 03:30

photo content
+1
21 5月, 05:11

Ba’zan shunday holatlar bo‘ladiki, ko‘z o‘qiyotgan narsani ko‘radi, ammo miya uni qabul qilmaydi. Go‘yo satrlarni o‘qiyotgand
Ba’zan shunday holatlar bo‘ladiki, ko‘z o‘qiyotgan narsani ko‘radi, ammo miya uni qabul qilmaydi. Go‘yo satrlarni o‘qiyotgandek bo‘lasan, lekin ma’nosi qalb va ongga yetib bormaydi. ...😁😅
20 5月, 13:26

Inson ba’zan yomon niyat bilan yo‘lga chiqishi mumkin. Ammo agar u yo‘lda fikridan qaytsa, qalbida pushaymonlik uyg‘onsa bu A
+1
Inson ba’zan yomon niyat bilan yo‘lga chiqishi mumkin. Ammo agar u yo‘lda fikridan qaytsa, qalbida pushaymonlik uyg‘onsa bu Allohning unga bo‘lgan rahmatidir. Payg‘ambarimiz ﷺ shunday deganlar: "Kim bir yomonlik qilishni niyat qilib, uni qilmasa, Alloh uni to‘liq bir savob qilib yozadi." (Buxoriy va Muslim rivoyati)
20 5月, 00:06

Zulhijja oyi— islom taqvimidagi eng ulug‘, barakali va mukofotlarga boy oylardan biridir. Bu oyning asil qiymati va fazilati, ayniqsa, uning dastlabki o‘n kunligida yashiringan. Qur’oni karim va hadisi shariflarda bu kunlarning o‘rni alohida e’tirof etilgan. Quyida Zulhijja oyining eng asosiy fazilatlari va nima uchun bu oy musulmonlar hayotida muhim o‘rin tutishi haqida batafsil ma’lumot beramiz.
1⃣Alloh taolo Qur’onda bu kunlar bilan qasamyod etgan! Alloh taolo Qur’oni karimning "Fajr" surasida shunday marhamat qiladi: "Tongga qasam. (Zulhijjadagi) o‘n kechaga qasam..."(Fajr surasi, 1-2-oyatlar) Islom ulamolari (jumladan, Ibn Abbos roziyallohu anhu) ushbu oyatda zikr qilingan "o‘n kecha" aynan Zulhijja oyining avvalgi o‘n kuni ekanini ta’kidlaganlar. Alloh taoloning biron bir maxluq yoki vaqt bilan qasam ichishi — o‘sha narsaning O‘z huzurida qanchalik qadrli va ulug‘ ekaniga dalolat qiladi. 2⃣Yilning eng afzal kunlari Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo (sallallohu alayhi vasallam) ushbu kunlarni dunyodagi eng xayrli kunlar deb ataganlar: "Dunyodagi eng afzal kunlar — Zulhijjaning o‘n kunidir” (Imom Bazzor rivoyati). Hatto bu kunlarda qilingan oddiygina solih amal (zikr, sadaqa, yaxshilik) boshqa oylarda qilingan amallardan, hatto Alloh yo‘lidagi jihoddan ham savobliroq deb ko‘riladi (faqatgina jihodga chiqib, joni va moli bilan qaytmagan kishi bundan mustasno). 3⃣Barcha buyuk ibodatlar jamlangan yagona vaqt! Zulhijja oyining eng betakror tomoni shundaki, unda islomning barcha besh ustuni va eng asosiy ibodatlari bir vaqtda jam bo‘ladi. Hofiz Ibn Hajar aytganlaridek: "Zulhijja olingan o‘n kunining fazilatli bo‘lishining sababi — unda eng asosiy ibodatlar jamlangandir. Bular: namoz, ro‘za, sadaqa va hajdirlar. Bu ibodatlar boshqa hech bir vaqtda bunday jamlanmaydi". Ushbu kunlarda butun dunyo musulmonlari Baytullohni tavof qilib, Islomning ulug' arkonlaridan biri — Haj ibodatini ado etadilar. 5⃣Unda Arafa kuni bor Zulhijja oyining 9-kuni — Arafa kuni hisoblanadi. Bu kun yilning eng ulug‘ kunidir. Arafa kuni haqida Rasululloh (sallallohu alayhi vasallam) shunday deganlar: Gunohlardan ozod bo‘lish:"Alloh taolo biron bir kunda Arafa kunidagichalik ko‘p bandani do‘zaxdan ozod qilmaydi"(Imom Muslim rivoyati).
Ulkan kafforat:Arafa kunida tutilgan ro‘za o‘tgan va kelgusi bir yillik (kichik) gunohlarni yuvib yuborishi va’da qilingan.
5⃣Qurbonlik va Qurbon hayiti (Iyd al-Adha) Bu oyning 10-kuni musulmonlarning eng ulug‘ bayrami — Qurbon hayiti boshlanadi. Bu kunda qodir bo‘lgan kishilar qurbonlik so‘yadilar. Qurbonlik qilish nafaqat ijtimoiy ko‘mak (muhtojlarga go‘sht ulashish), balki bandaning Allohga bo‘lgan taqvosi va buyruqlariga sodiqligini (Ibrohim alayhissalom sunnatlarini) ko‘rsatadigan go‘zal ibodatdir.
Xulosa: Bu oydan qanday unumli foydalanish kerak? Zulhijja oyi kirganda dangasalikni bir chetga surib, xuddi Ramazon oyidgidek g‘ayrat qilish lozim. Kunlarni ro‘za tutish, tunda namoz o‘qish, tilni behuda so‘zlardan tiyib "Subhanalloh", "Alhamdulillah", "La ilaha illalloh", "Allohu akbar" zikrlari bilan band qilish — ushbu oy fazilatiga erishishning eng to‘g‘ri yo‘lidir.
#Ummu_Afiyfa
17 5月, 14:04

Musulmonlarga ushbu oyda quydagi amallar tavsiya etiladi. Dastlabki 9 kun davomida (ayniqsa, Arafa kuni ) roʻza tutish. Allohni koʻp zikr qilish ( tasbeh, tahlil, takbir aytish). Koʻproq sadaqa berish va muhtojlarga yordam koʻrsatish. Hayit kunlarida qurbonlik qilish.
17 5月, 11:51

Eng barakali kun — Qurʼon bilan boshlanib, Qurʼon bilan yakun topgan kundir...)
Eng barakali kun — Qurʼon bilan boshlanib, Qurʼon bilan yakun topgan kundir...)
16 5月, 12:18

sticker.webp0.03 KB
15 5月, 13:21

Sabr nima? Sabr – hayotning qulogʻiga “Toki Alloh men bilan birga ekan taslim boʻlmayman!” deb pichirlashingdir.
15 5月, 07:33

«Ilm olganing sayin xokisorliging ortayotgan boʻlsa, mana shu olayotgan ilmingning haqiqiyligidandir»
Husayn Buxoriy
13 5月, 12:51

ما تحمّيش للتسبيق... — Oldindan xavotir olma, shoshilma...
13 5月, 05:16

لَقَدْ تَعِبْتُ جِدًّا مِنْ ضَجِيجِ هٰذِهِ الْمَدِينَةِ...
لَقَدْ تَعِبْتُ جِدًّا مِنْ ضَجِيجِ هٰذِهِ الْمَدِينَةِ...
12 5月, 04:24

O'zi yaxshi ko'rgan narsalari uchun kurashishga tayyor bo'lmagan odam ularga munosib emas!
11 5月, 19:35

✨Ancha vaqtdan beri arab tilini o‘rganib kelmoqdaman. Ba’zida shunday holatlar bo‘ladiki, hech narsa qilgim kelmay qoladi. Shunda doim bir ustozimning darsda aytgan gaplari esimga tushadi: 💬“Bu kunlar o‘qisang ham, o‘qimasang ham baribir o‘tadi. Agar o‘qisang, o‘zing uchun foyda olgan bo‘lasan. Til — bu yangi do‘st, yangi hayot, yangi olam. Agar bugun o‘rganmasang, ertaga ortga qaraganingda afsus qilishing mumkin. Lekin davom etsang, 6 oydan keyin hatto kitob tarjima qiladigan darajaga ham yetishing mumkin.” Bu so‘zlar men uchun eng katta turtki bo‘lgan. Chunki to‘xtash oson, lekin davom etish — natija beradi. Har safar dangasalik kelganda, men o‘zimga shuni eslataman: “Bugungi kichik harakatim ertangi katta natijamning poydevori.” Arab tili yo‘li ham shunaqa — asta-sekin, lekin uzluksiz yuriladigan yo‘l. Bir kun oson, bir kun qiyin, lekin har kuni qilingan ozgina mehnat ham foydaga aylanadi. Orada 7-oyga yaqin tashlab ham qoʻydim. Bazi sabablarga koʻra (bunda ham bir hayr bordir). Yana boshladim Ustozalar topdim 1 oy darslariga qantashib koʻrdim. Ustozalarni oʻtish metodikasiga hech tusholmadim. Yana boshqa ustozaning darslariga qatnashdim baribir boʻlmadi men ularning dars oʻtish metodikasi toʻsholmadi. Alhamdulillah hozirgi Ustozamning dars oʻtish metodikasi menga juda mos keldi. Boshidan boshlashga qaror qilib hozirda 2-oyni boshlab ham oldik oʻzimda ancha oʻzgarishlarni siza boshladim...)
Ba’zida motivatsiya yo‘qoladi, lekin intizom qolishi kerak. Chunki motivatsiya keladi-ketadi, ammo odat va sabr — insonni maqsadga olib boradi.
Eng muhimi: bugun harakat qilgan odam ertaga afsus qilmaydi. @soflik_booklover
11 5月, 15:28