cookie

نحن نستخدم ملفات تعريف الارتباط لتحسين تجربة التصفح الخاصة بك. بالنقر على "قبول الكل"، أنت توافق على استخدام ملفات تعريف الارتباط.

avatar

ULUL ALBAB - The People of Intellect

"Фақат ақл эгаларигина эсларлар" (2:269) ❗️Kitoblar, tajriba, saviya, fikrlash, rivojlanish. @weareululalbab @introverts_shell @mymadinah ©️ Manba bilan olinsin! Murojaat: @ua_ask_bot Ayollar uchun xos kanalga qo'shilish uchun @mukhiddinova_link

إظهار المزيد
مشاركات الإعلانات
2 318
المشتركون
-624 ساعات
-297 أيام
+32630 أيام

جاري تحميل البيانات...

معدل نمو المشترك

جاري تحميل البيانات...

Tahoratning farzlarini bayon qilib bergan oyat qaysi? #fiqhAnonymous voting
  • Oli Imron surasi, 7-oyat
  • Moida surasi, 6-oyat
  • Niso surasi, 6-oyat
  • Niso surasi, 43-oyat
0 votes
14😢 9🤗 5
Qanday qilib noodatiy fikrlashni o'rganaman? Tanqidiy, tahliliy va noodatiy fikrlash uzoq muddatda bular bilan shakllanadi: 📚 O'qish. Ha, cliché, lekin bu shunchaki o'qish emas. Bu turli va bir-biriga teskari janr, soha, mualliflarga oid kitoblar va maqolalarni filtrlab, o'qish. O'qirkan, fikrlarni munozara ostiga qo'yish, solishtirish. Masalan, g'arbdagi ommalashgan kitobni olib, uni islom nuqta-i nazaridan o'qish. ✍️ Yozish. Ko'p o'qigan odam, yaxshi yoza oladi. So'zlarini yozuvda ifodalay olmagan birining fikrlash jarayoni tiniqlashmaydi. Chunki gapirish tez va oson, hamma eplaydi. Lekin yozish - tizimli fikrlash degani. Nima yozay? Kitoblardan anglanganlar, chiroyli his va xotiralar, maqolalar,.. 🧕 Turli insonlar bilan suhbatlashish. Kutilmagan jonli suhbatlar insonni noqulay vaziyatlarga soladi. Qancha ko'p noqulay vaziyatga tushilsa, shuncha yangi fikrlar keladi. Ulardan feedback olinsa, inson o'zini yaxshiroq anglay boshlaydi. 🖼 Bir-biriga o'xshamagan narsalarga qiziqish. Sport, jismoniy yoki aqliy hobbilar bilan shug'ullanish, chizish, yasash kabi jarayonlar fikrlashdagi ijodiylikni rivojlantiradi. ❓ To'g'ri savollar so'rash. Xarakter, uyalish, andisha qilish savol so'rashdan to'smasligi kerak. Narsalarning haqiqati, tarixi va mohiyatiga qiziqib so'ralgan to'g'ri savollar insonga o'zini va atrofni anglashga yordam beradi. @weareululalbab
إظهار الكل...
41🤗 11😢 1
Suvlaringizning bir qismini (30ta) tarqatdik. Endi iftorlik. Eslatib o'tamiz, 10.000 so'mdan boshlab istalgan miqdorda ehson qilishingiz mumkin. @weareululalbab
إظهار الكل...
28🤗 9😢 2
Kunlik challengemi yo haftalik? Challengelarga shaxsiy rivojlanish darajasida qaraydiganlarga bir odatni olib, uzoq muddat mashq qilgan foydaliroq. Har kuni har xil odat - bir kun yashaydi, xolos. 40(+) kun bajarilgan bir odat esa, hayot tarziga aylanadi. Shu sabab, har hafta uchun 1 dona challenge yuboramiz. Har kuni 1 hafta mobaynida bajaramiz. 1️⃣ Bizda birinchi #haftalik_challenge - farz namozlarni kechiktirmay vaqtida o'qish. Hafta oxirida hisobot topshirasiz o'zingizga. 🆕 Yana, yangilik: talablarga binoan quiz savollari ham tashlab boriladi. Savollar har bir musulmon bilishi kerak bo'lgan fiqhiy masalalarga oid bo'ladi. Islohni o'zidan boshlaydiganlarni challengega chorlang. @weareululalbab
إظهار الكل...
67🤗 24
Bu kanalni ochganimga 4 yil to'libti. #alhamdulillah Tavakkal bilan birgina insonga foyda tegsa ham yutug'im, deb boshlagan ishimizning birlamchi maqsadi birov emas ekan, aslida. Postlar o'zimga qilgan nasihatim, o'zimni isloh qilishga bo'lgan urinishlarim bo'lib chiqti. Har bir postda, sizdan avval o'zimga gapirishga harakat qildim, qodir qilganicha. Allohning inoyati bilan minglab yangi tanishlar, ko'plab yaxshi insonlarni g'oyibona va hayotda uchrattirgan makon bo'ldi. Quvontiradigani - dunyo uchunmas, oxirat g'amida, ilm-ma'rifat yo'lida Alloh uchun yaqin opa-singil bo'ldik. Alloh ikki dunyoda shunday saqlasin. Kanalga qachon qo'shilgansiz, bilmayman, ammo, yaxshiroq mo'min bo'lishga intilayotganingiz uchun tashakkur. Siz-u bizdan muslihlar chiqsin. Duolarda bizni va ota-onamizni unutmang. Kimgadir ozor bergan postlar bo'lsa, uzr so'raymiz. Har bir "Aql egasi" bo'lishga intilayotgan inson qadrli biz uchun. Kanalda yoqtirmaydigan, o'zgarishini xohlaganingiz narsa bo'lsa, fikrlarni o'qiymiz: https://t.me/anonimnye_smss_bot?start=6448417271 @weareululalbab
إظهار الكل...
42🤗 30😢 6
Photo unavailableShow in Telegram
Abu Usmon Naysaburidan "(Allohning huzurida) qaysi amalingizdan eng ko'p umid qilasiz?", deb so'rashganda, buni aytib beradilar: "Bir kuni oldimga bir ayol kelib, "Ey Abu Usmon, men seni yaxshi ko'raman. Alloh nomi bilan so'rayman, menga uylan", dedi. Rozi bo'lib, otasini chaqirdim (o'ziyam bir faqir odam ekan) va qizning qo'lini so'radim. Nikohdan keyin ayol oldimga kelganda, uning bir ko'zi ko'rmaydigan cho'loq ekanini ko'rdim. Menga bo'lgan muhabbati sabab ketib qololmasdim. Ichimdan uni yoqtirmasam ham, u bilan o'tirish men uchun cho'g' ustida o'tirgandek bo'lsa ham, hech uni yomon ko'rishimni ko'rsatmadim. Shu zaylda unga bo'lgan asl hislarimni yashirib, (to u vafot qilgunicha) 15 yil yashadim. Uni shuncha vaqt xursand qilganim uning uchun mukofot oladiganim eng yaxshi amal, deb umid qilaman". - Ibn al-Jawzi, Soydul xotir. @weareululalbab
إظهار الكل...
😢 53 16🤗 7
#youasked Ilmiy ishimiz doirasida ustoz Hasanxon qorining intervyu savollariga javoblari. Vaqf haqida nimadir bilsangiz, yana bilimingizni boyitishi aniq. Ingliz tilida "endowment" deb qidirib, ma'lumot olsangiz bo'ladi. @weareululalbab
إظهار الكل...
Vaqf - Hasanxon Yahyo Abdulmajid.m4a40.08 MB
19🤗 9
Yangilik! Shu arafa va hayit kunlari ehsonga pul jamg'arib, Nabaviy masjididagi ziyoratchilarga 36 kilo xurmo, yuzlab ichimlik va yeguliklar tarqatishga Alloh muvaffaq qildi. Hissadorlardan Alloh rozi bo'lsin, O'zi qabul qilsin. Bu odatni bundan so'ng ham qodir qilguncha saqlab qolmoqchimiz. Ba'zan dushanba va payshanba kunlari ro'zadorlarga, ba'zan juma kuni ehsonlaringiz tarqatib beriladi. Ehson va sadaqaga oid ikki muhim narsa: (1) ehson yo'llarini va (2) ehson vaqtlarini ko'paytirish. Endi yaqinlarga, VAQF.uz, Mehrli qo'llardan orttirsangiz, Haram ziyoratchilariga ham ehson qilishingiz mumkin. Hech kimga malol kelib qolmasligini va bu yerdagi shart-sharoitlarni inobatga olib, xizmat uchun kichik haq olinadi. Hisobot berib boriladi. Ehson qilmoqchi bo'lganlar, @cheklar_ehson_bot ga yozishlari mumkin.
إظهار الكل...
22🤗 12
Avvalgi posti Qur'on, keyingisi ashula?! O'zimga va blog yuritadiganlarga eslatma! Hurmatlilar! Telegram yoki ijtimoiy tarmoqda tarqatadigan narsamizga ehtiyot bo'laylik. Yo'lingizni aniqlab oling va faqat shu yo'ldan keting. O'ngga-chapga og'ishmang! Yo'nalishingiz ilmiy-ma'rifiymi? Shunga yarasha post qiling. Yengil-yelpimi? Shunga yarasha post qiling. Kontentni ham, odamlarning siz haqingizdagi fikrini ham qorishtirmang. Bu postni o'qiyotgan bo'lsangiz, saviyali inson bo'lsangiz kerak, in sha Alloh. To'satdan o'lim yetib qolsa, ortimizdan nima qoladi - ahamiyat beraylik. Alloh taolo foydamizga hujjat bo'ladigan narsalarga vasila qilsin. @weareululalbab
إظهار الكل...
75😢 29🤗 6
Photo unavailableShow in Telegram
Ustozlar orasidagi bir suhbat: A: Men talabalarimning biror savoliga javob bilmasam, hech qachon "bilmayman", demayman. B: Men ham biror xato qilib qo'ysam, "sizlarni sinayotgandim", deb vaziyatdan chiqaman. Qolganlardan kimdir fikrlarni qo'llab-quvvatladi, kimdir qo'shilmadi. Ammo inson ustoz bo'ladimi, boshqa kasb egasimi, "bilmayman" bilan izzatlanadi. Har holda shunday bo'lishi kerak. Ilm va uning haqqini o'zining noqis aqli va obro'sidan ustun qo'yish, degani bu. Bilmaslikda ayb yo'q, tavoze bor, haqdan qo'rquv bor. Jabroil alayhissalom Rasululloh sollallohu alayhi wasallamdan qiyomat qachonligini so'raganda, "u haqda so'ralguvchi so'rovchidan yaxshiroq bilguvchi emas", dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi wasallam, farishtalar va solihlar aytishga uyalmagan gapni aytishni o'rganishimiz kerak. Rasm: "Qur'oni Azim tafsiri", Alauddin Mansur @weareululalbab
إظهار الكل...
27😢 8🤗 4
اختر خطة مختلفة

تسمح خطتك الحالية بتحليلات لما لا يزيد عن 5 قنوات. للحصول على المزيد، يُرجى اختيار خطة مختلفة.