uz
Feedback
Buxoro viloyati Kengashi

Buxoro viloyati Kengashi

Kanalga Telegram’da o‘tish

Rasmiy sahifalar 🗳facebook.com/XDBVK ▶️ youtube.com/@Buxoro_vil_dep_kengash 📷 instagram.com/buxoroviloyatikengashi 🌐 kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=285 📥 @XDBVKbot ☎️ +998 65-223-11-53 📍 Buxoro sh., B.Naqshband koʻchasi, 28-uy.

Ko'proq ko'rsatish
445
Obunachilar
+124 soatlar
Ma'lumot yo'q7 kun
-430 kun
Postlar arxiv
#deputat_faoliyati “Milliy libos - ma’naviyat ko‘zgusi” BuxDUda talaba-qizlar ishtirokida milliy liboslar, milliy qadriyatlar
+8
#deputat_faoliyati “Milliy libos - ma’naviyat ko‘zgusi” BuxDUda talaba-qizlar ishtirokida milliy liboslar, milliy qadriyatlar va kiyinish madaniyatiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Tadbirda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi viloyat bo‘limi rahbari o'rinbosari M.Safoyeva, BuxDU professori N.Bekova ishtirok etdilar. Tadbir doirasida milliy liboslar ko‘rgazmasi, “Buxoro milliy liboslar maktabi” mavzusidagi taqdimot hamda “Milliy libos - milliy g‘urur” liboslar namoyishi tashkil etildi. Shuningdek, “Zamonaviy talaba-qiz va milliy kiyinish madaniyati” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazilib, milliy va zamonaviy uslublarni uyg‘unlashtirish, oliy ta’lim muassasasiga xos kiyinish madaniyati hamda milliy qadriyatlarni zamonaviy talqinlarda targ‘ib etish masalalariga e’tibor qaratildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#doimiy_komissiya Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi Xalq deputatlari viloyat Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash ma
+5
#doimiy_komissiya Komissiya yigʻilishi boʻlib oʻtdi Xalq deputatlari viloyat Kengashining Fan, taʼlim va sogʻliqni saqlash masalalari boʻyicha doimiy komissiyasining navbatdagi yigʻilishi boʻlib oʻtdi.
Yigʻilishda kun tartibiga muvofiq quyidagi masalalar koʻrib chiqildi:
Xalqaro taraqqiyot assotsiatsiyasining kredit mablagʻlari hisobidan amalga oshiriladigan “Tibbiy kadrlarni tayyorlash, qayta tayyorlash ularning uzluksiz kasbiy rivojlanishi va malakasini baholash tizimini takomillashtirish"loyiha konsepsiyasini kelishish toʻgʻrisida; “2026-yil Mahallani rivojlantirish va jamiyatni yuksaltirish yili” Davlat dasturi doirasida viloyatda mahalla tizimida amalga oshirilgan ishlar holati toʻgʻrisida;
Kun tartibidagi masalalar boʻyicha masʻullarning hisobot va axborotlari eshitilib, muhokamalar yakunida tegishli qarorlar qabul qilindi.
➡️ Komissiya tomonidan belgilangan vazifalar ijrosi doimiy nazoratga olinishi qayd etildi. Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

📢 DIQQAT, E’LON! Hurmatli fuqarolar! 📌 Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jo‘rayeva Nozigul Bo‘ronovnaning
📢 DIQQAT, E’LON!
Hurmatli fuqarolar! 📌 Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati Jo‘rayeva Nozigul Bo‘ronovnaning Kogon tumanidagi navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tadi. 📅 Sana: 2026-yil 21-sentabr, dushanba 🕒 Vaqti: soat 15:00 📍 Manzil: O‘ba Cho‘li mahallasi Qabul davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglanib, ularni hal etish yuzasidan tegishli choralar ko‘riladi. 📣 Barcha fuqarolarni navbatdagi qabulga taklif etamiz!
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#sayyor_qabul Fuqarolar muammolari bevosita joyida o‘rganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sh.Teshayev hamda Pe
+6
#sayyor_qabul Fuqarolar muammolari bevosita joyida o‘rganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sh.Teshayev hamda Peshku tumani Kengashi kotibiyati mudiri Z.Nurulloyev ishtirokida Peshku tumani Shavgon MFY hududida sayyor qabul o‘tkazildi. Sayyor qabul davomida hududda istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaatlari, mavjud muammolari va takliflari bevosita o‘rganildi.
Murojaatlarni joyida ko‘rib chiqish, ularning mazmun-mohiyatini atroflicha o‘rganish hamda tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish yuzasidan zarur choralar belgilandi.
Shuningdek, sog‘lig‘i va boshqa sabablar tufayli sayyor qabulga kelish imkoniyati cheklangan fuqarolarning holidan xabar olish maqsadida ularning yashash xonadonlariga borilib, murojaatlari va ehtiyojlari joyida o‘rganildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#sayyor_qabul Deputat qabulda Buxoro tumani "Galaosiyo" mahallasida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati H.Artikova bos
+7
#sayyor_qabul Deputat qabulda Buxoro tumani "Galaosiyo" mahallasida xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati H.Artikova boshchiligida sayyor qabul o‘tkazildi.
Unda fuqarolarning sog‘liqni saqlash va davolanish, moddiy yordam olish, oilaviy munosabatlar, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash hamda boshqa masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglandi.
Qabul jarayonida kelib tushgan har bir murojaat mas’ullar ishtirokida diqqat bilan tinglandi.
Muammolarni qonuniy va qisqa muddatlarda hal etish, zarur hollarda esa tegishli tashkilotlarga biriktirib, ijrosini nazorat qilish bo‘yicha mas’ullarga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Vaqt talab etadigan masalalar esa nazoratga olindi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi 🌱33-O'zbekiston saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari viloyat Ke
#deputat_faoliyati Deputat so‘rovi ijrosi ta’minlandi 🌱33-O'zbekiston saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati Sharipov Jahongir Frunzeyevich tomonidan saylovchilar bilan o‘tkazilgan sayyor qabulda Shofirkon tumanidagi "Tinchlik", "Kotiyon", "Arabxona" mahallalarni bog‘lovchi ichki avtomobil yo‘lida harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi ko‘tarildi. Murojaat yuzasidan deputatlik so‘rovi yuborilib, mas’ul tashkilotlar tomonidan o‘rganildi. ✅Murojaat natijasida yo‘lning xavfli va ehtiyotkorlikni talab qiluvchi qismlarida zarur konstruksiyalar qurilib, ogohlantiruvchi hamda yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlovchi yo‘l belgilari o‘rnatildi. Shu tariqa, saylovchilar murojaati amaliy choralar ko‘rilishi orqali ijobiy hal etildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati 🔽Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida 🔹Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Umarov, Xal
+3
#deputat_faoliyati 🔽Mikroloyihalar ijrosi – deputatlar e’tiborida 🔹Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Umarov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida Istiqlol mahallasida hokim yordamchisi tashabbusi asosida amalga oshirilayotgan mikroloyihalarning joylardagi ijrosi o‘rganildi.
🔹O‘rganish davomida mikroloyihalarning amaliy natijalari, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish, yangi ish o‘rinlari yaratish hamda mahalla aholisining daromad manbalarini kengaytirishga qaratilgan ishlar holatiga e’tibor qaratildi.
🔹Deputatlar tomonidan mikroloyihalarning ijrosini doimiy nazorat qilib borish, aholining bandligi va farovonligini ta’minlashga xizmat qiladigan tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash muhimligi ta’kidlandi. Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati 🔰Ichki yo‘llar infratuzilmasi – deputatlar e’tiborida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Umarov
+5
#deputat_faoliyati 🔰Ichki yo‘llar infratuzilmasi – deputatlar e’tiborida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Umarov, Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 11-oktabrdagi “Shaharlar va boshqa aholi punktlari ko‘chalari hamda ichki xo‘jalik yo‘llari infratuzilmasini yanada takomillashtirish to‘g‘risida”gi 665-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Istiqlol mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi. O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki yo‘llarning holati, obodonlashtirilishi va foydalanish uchun qulayligi ko‘zdan kechirildi. Mavjud muammolar va yo‘llarni yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi. Shuningdek, aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasini yaratish, ichki yo‘llarni ta’mirlash hamda ularning holatini yaxshilash bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati 🔽Imtiyozli kredit asosida chorva mollari berilishi o‘rganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati
+6
#deputat_faoliyati 🔽Imtiyozli kredit asosida chorva mollari berilishi o‘rganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Umarov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati I.Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 2-apreldagi PQ-149-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Istiqlol mahallasida o‘rganish ishlari olib borildi.
👉O‘rganish davomida imtiyozli kredit mablag‘lari hisobidan aholiga yirik shoxli qoramollar olib berilishi, ajratilgan mablag‘lardan maqsadli foydalanish hamda chorva mollarining xonadonlarda mavjudligi holatlari joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.
👉Shuningdek, xonadon egalari bilan suhbatlashilib, chorvachilikni rivojlantirish, oilalar daromadini oshirish va ajratilgan imtiyozli kredit mablag‘laridan samarali foydalanish yuzasidan tavsiyalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati Saylovchilar murojaatlari – deputatlar e’tiborida Xalq deputatlari viloyati Kengash deputati A.Umarov, Jon
+6
#deputat_faoliyati Saylovchilar murojaatlari – deputatlar e’tiborida Xalq deputatlari viloyati Kengash deputati A.Umarov, Jondor tumani Kengashi deputati I.Ro‘ziyev hamda tuman Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamkorligida Istiqlol mahallasida saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Muloqot davomida fuqarolarning murojaatlari, taklif va muammolari tinglandi. Aholini qiynayotgan masalalar yuzasidan tegishli tushuntirishlar berilib, ularni hal etish bo‘yicha zarur choralarni ko‘rish masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, saylovchilar bilan suhbat davomida mahallani rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash, bandlikni ta’minlash hamda hududdagi mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan takliflar bildirildi. Fuqarolar bilan bunday ochiq muloqotlar aholi murojaatlarini bevosita o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish va muammolarni joyida hal etishda muhim ahamiyat kasb etmoqda. Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati Xotin-qizlar faoli faoliyati o'rganildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Rajabova, Qorako‘l t
+3
#deputat_faoliyati Xotin-qizlar faoli faoliyati o'rganildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Rajabova, Qorako‘l tuman Kengashi kotibiyati mudiri T.Raximov tomonidan Qorako‘l tumani “Qorohoji” MFY xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va manzilli hal etish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb qilish, ijtimoiy himoyaga muhtoj xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish va xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligini yanada oshirish yuzasidan tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

photo content
+4

#36_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati “Gulshan” mahallasidagi profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentin
+3
#deputat_faoliyati “Gulshan” mahallasidagi profilaktika inspektori faoliyati o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-iyundagi PF-116-son Farmoni ijrosi doirasida viloyati Kengashi deputati G.Ravshanova tomonidan Buxoro shahridagi “Gulshan” mahallasida faoliyat yuritayotgan profilaktika inspektorining faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎O‘rganish jarayonida mahallada jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarlik va jinoyatchilikning barvaqt oldini olish, kriminogen vaziyatni barqarorlashtirish hamda aholining tinchligi va xavfsizligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.
O‘rganish yakunida mahallada osoyishta va xavfsiz muhitni yanada mustahkamlash, muammoli oilalar hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish, davlat organlari va jamoatchilik hamkorligini kuchaytirishga qaratilgan tegishli tavsiyalar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati “Gulshan” mahallasidagi chiqindi to‘plash shoxobchasi holati deputatlar tomonidan o‘rganildi. O‘zbekiston
+2
#deputat_faoliyati   “Gulshan” mahallasidagi chiqindi to‘plash shoxobchasi holati deputatlar tomonidan o‘rganildi. O‘zbekiston Respublikasining 2002-yil 5-apreldagi “Chiqindilar to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining hududlardagi ijrosini ta’minlash maqsadida viloyati Kengashi deputati G.Ravshanova tomonidan Buxoro shahridagi “Gulshan” mahallasida joylashgan chiqindi to‘plash shoxobchasi holati o‘rganildi.
🔎O‘rganish jarayonida chiqindilarni to‘plash, saqlash va belgilangan muddatlarda olib chiqish ishlari qay darajada tashkil etilgani, shoxobchaning mavjud sanitariya hamda ekologik talablarga muvofiqligi, maxsus chiqindi qutilarining texnik holati ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunida chiqindi to‘plash shoxobchasini tartibga keltirish, uning atrofida sanitariya-tozalash va obodonlashtirish ishlarini kuchaytirish, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish hamda maxsus qutilarni zaruratga muvofiq yangilash bo‘yicha mutasaddi tashkilotlarga tavsiyalar berildi. Facebook/Telegram /YouTube/Instagram/Veb-sayt

#deputat_faoliyati “Gulshan” mahallasidagi ichki ko‘chalar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi. Xalq deputatlari viloyat K
+3
#deputat_faoliyati “Gulshan” mahallasidagi ichki ko‘chalar holati deputatlar tomonidan o‘rganildi. Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Ravshanova, Buxoro shahar Kengashi deputati R.Zagretdinov tomonidan Buxoro shahridagi “Gulshan” mahallasining ichki ko‘chalari holati joyiga chiqib o‘rganildi.
🔎O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki ko‘chalarning bugungi texnik holati, yo‘l qoplamasining sifati, ta’mirtalab qismlar, piyodalar va transport vositalarining xavfsiz harakatlanishi uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.
O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ichki ko‘chalarni belgilangan me’yorlar asosida ta’mirlash va hudud aholisiga munosib sharoit yaratish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish belgilandi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#loyihalar_ijrosi Qarori ijrosi deputatlar tomonidan oʻrganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Yavmutov, Vobken
+4
#loyihalar_ijrosi   Qarori ijrosi deputatlar tomonidan oʻrganildi   Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Yavmutov, Vobkent tumani Kengashi raisi B.Vafoyev va kotibiyat mudiri M.Naimova bilan birgalikda "Xajuvon" MFYda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-son “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib borildi.   Oʻrganish davomida loyiha doirasida Xoʻjalar qishlogʻida 1 415 metr uzunlikdagi ariqlarni betonlashtirish ishlarining borishi va ijro holati joyiga chiqib koʻzdan kechirildi.   Jarayonda amalga oshirilgan ishlarning sifati, belgilangan loyiha koʻrsatkichlariga muvofiqligi hamda qurilish ishlarini oʻz vaqtida yakunlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi. Aniqlangan holatlar yuzasidan tegishli masʼullarga tavsiya va takliflar bildirildi. Facebook /Telegram/ YouTube /Instagram /Veb-sayt

#deputat_faoliyati Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Yavmutov, Vob
+8
#deputat_faoliyati Oilaviy shifokorlik punkti faoliyati o‘rganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Yavmutov, Vobkent tumani Kengashi raisi B.Vafoyev va kotibiyat mudiri M.Naimova bilan birgalikda “Xajuvon” MFYdagi Xajuvon oilaviy shifokorlik punktida aholiga koʻrsatilayotgan tibbiy xizmat sifati, bemorlar uchun yaratilgan sharoitlar hamda bepul berilishi belgilangan dori-darmon vositalarining mavjudligi va aholiga yetkazib berilish holati oʻrganildi.
🩺Oʻrganish davomida oilaviy shifokorlik punktida tibbiyot xodimlari tomonidan aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy yordam sifati, navbatlar tizimi, dori vositalarining saqlanish sharoiti hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishiga alohida eʼtibor qaratildi.
🚑Shuningdek, oilaviy shifokorlik punkti faoliyatini yanada yaxshilash, aholiga qulaylik yaratish hamda tibbiy xizmatlar samaradorligini oshirish borasidagi ishlarni izchil davom ettirish lozimligi qayd etildi. Facebook / Telegram / YouTube / Instagram /Veb-sayt

#loyihalar_ijrosi Dastur va loyihalar ijrosi deputatlik nazoratida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Yavmutov, Vob
+6
#loyihalar_ijrosi Dastur va loyihalar ijrosi deputatlik nazoratida   Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Yavmutov, Vobkent tumani Kengashi raisi B.Vafoyev va kotibiyat mudiri M.Naimova bilan birgalikda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi “Islom taraqqiyot banki va OPEK xalqaro taraqqiyot jamgʻarmasi ishtirokida “Qishloq joylarni barqaror rivojlantirish” loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-5246-son qarori ijrosi yuzasidan oʻrganish olib borildi.
Jumladan, tumandagi"Xajuvon" MFYdagi 6-sonli umumtaʼlim maktabining rekostruksiya qilish jarayonlarini nazoratga olindi.
Taʼlim dargohi  qaror asosida 3 mlrd.soʻmdan ortiq mablagʻlar hisobidan rekostruksiya qilish ishlari olib borilmoqda. Oʻrganishlar jarayonida deputatlar tomonidan mutasaddilarga qilinishi kerak boʻlgan ishlar va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kerakli tavsiyalar berdi hamda muammolar deputatlik nazoratiga olindi. Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati Deputatlar yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Oʻzbekiston Respublikasining
+4
#deputat_faoliyati Deputatlar yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi. Oʻzbekiston Respublikasining 2016 yil 14 sentabrdagi OʻRQ-406-sonli Qonuni asosida, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Yavmutov, Vobkent tumani Kengashi raisi B.Vafoyev va kotibiyat mudiri M.Naimova bilan birgalikda “Xajuvon” mahallasida yoshlarning sport bilan muntazam shugʻullanishlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishish maqsadida oʻrganish ishlari olib borildi.  
Oʻrganish davomida hududdagi 6-son maktabda tashkil etilgan sport maydonlari va uning jihozlanish holatini koʻzdan kechirildi.
Oʻrganish yakunida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berilib, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish hamda taʼlim muassasasidagi sharoitlarni yanada yaxshilash boʻyicha masʼullarga tegishli vazifalar belgilandi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt