uk
Feedback
Buxoro viloyati Kengashi

Buxoro viloyati Kengashi

Відкрити в Telegram

Rasmiy sahifalar 🗳facebook.com/XDBVK ▶️ youtube.com/@Buxoro_vil_dep_kengash 📷 instagram.com/buxoroviloyatikengashi 🌐 kengash.gov.uz/news?region_id=2&authority_id=285 📥 @XDBVKbot ☎️ +998 65-223-11-53 📍 Buxoro sh., B.Naqshband koʻchasi, 28-uy.

Показати більше
444
Підписники
Немає даних24 години
+17 днів
-330 днів
Архів дописів
#deputat_hududlarda Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari o‘rganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Yavmuto
+5
#deputat_hududlarda Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish masalalari o‘rganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Yavmutov tomonidan Vobkent tumanining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlari o‘rganildi.
O‘rganish davomida Buxoro davlat universiteti olimlari bilan hamkorlikda tumanning iqtisodiy salohiyati, istiqbolli “drayver” yo‘nalishlari, tadbirkorlikni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi daromadlarini oshirish va kambag‘allikni qisqartirish masalalari tahlil qilindi.
Shuningdek, hududdagi muammolarni ilmiy yondashuv asosida o‘rganish hamda ularning amaliy yechimlarini ishlab chiqishda universitet olimlari va mutaxassislari salohiyatidan samarali foydalanish bo‘yicha takliflar muhokama qilindi. O‘rganishlar yakunida hududni rivojlantirish, aholi daromadlarini oshirish, kambag‘allikni qisqartirish va bandlikni ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqilib, tegishli tashkilotlarga yo‘naltirildi. Facebook/Telegram/YouTube/Instagram/Veb-sayt

#deputat_hududlarda 🏛 Saylovchilar bilan ochiq muloqot Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ahmedov o‘zi saylangan s
+7
#deputat_hududlarda 🏛 Saylovchilar bilan ochiq muloqot Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Ahmedov o‘zi saylangan saylov okrugida bo‘lib, Buxoro tumanidagi “Dehcha” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘z saylovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv davomida mahalla hududida istiqomat qilayotgan fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot qilinib, ularning kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, taklif va tashabbuslari tinglandi.
Xususan, fuqarolar tomonidan hududni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash, ijtimoiy masalalarni hal etish hamda aholini qiynayotgan boshqa muammolar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Deputat tomonidan har bir murojaatga e’tibor qaratilib, ko‘tarilgan masalalarni tegishli tashkilot va mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda o‘rganish hamda amaliy yechim topish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#qaror_ijrosi MFYda infratuzilma loyihasining ijro holati o‘rganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Zokirov va
+5
#qaror_ijrosi MFYda infratuzilma loyihasining ijro holati o‘rganildi   Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Zokirov va tumandagi mutasaddi tashkilotlar vakillari ishtirokida Vobkent tumanidagi So‘fidehqon MFYda infratuzilma loyihalarining amalga oshirilish holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.    🔎O‘rganish davomida loyiha doirasida mahallada amalga oshirilayotgan qurilish va infratuzilma ishlarining borishi, bajarilish sifati hamda amaldagi holati joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.   ✍️Xususan, hududdagi 120 o‘rinli 30-son davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini rekonstruksiya qilish ishlarining ijro holatiga alohida e’tibor qaratildi.   Mazkur obyektni rekonstruksiya qilish uchun 3,5 milliard so‘m mablag‘ ajratilishi belgilangan bo‘lib, ayni vaqtda qurilish-ta’mirlash ishlari yakuniy bosqichga yetgan.   O‘rganish davomida deputat mutasaddilarga tavsiyalar berdi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalasi deputat nazoratiga olindi. Facebooк/Telegram/YouTube /Instagram/Veb-sayt

#qaror_ijrosi Qaror ijrosini o‘rganmoqda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Zokirov va tumandagi mutasaddi tashkilo
+3
#qaror_ijrosi Qaror ijrosini o‘rganmoqda Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Zokirov va tumandagi mutasaddi tashkilotlar bilan birgalikda tumandagi Soʻfidehqon MFYda Oʼzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 18-sentabrdagi PQ-5246-son qarori ijrosi yuzasidan mahallada amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarining borishi va sifati joyiga chiqqan holda koʼzdan kechirildi.
Xususan, loyiha doirasida hududdagi 4 ta qishloqlarda 3,2 km ichki yo'llarni ta'mirlash ijro holati atroflicha oʼrganildi. Bugungi kunda yo'llarga shag'al tashlanib, tekislash ishlari olib borilib, asfaltlashtirishga tayyorgarlik ko'rilmoqda
Shuningdek mahallada elektr energiya ta’minoti yaxshilash uchun 1,5 mlrd.so‘mga 5 kmga temir tayanch ustun o'rnatish, 2 ta transformator va 25 ta temir tayanch ustunlar o'rnatilishi belgilangan
O‘rganish davomida deputat mutasaddilarga tavsiyalar berdi, aniqlangan muammolarni bartaraf etish masalasi deputat nazoratiga olindi. Facebooк/Telegram/YouTube /Instagram/Veb-sayt

#deputat_faoliyati Qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasi deputat nazoratida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati I.Ismat
+3
#deputat_faoliyati Qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasi deputat nazoratida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati I.Ismatovning saylov okrugidagi hududlarda aholini qiynayotgan muammolarni o‘rganish va ularning amaliy yechimini ta’minlash maqsadida Kogon shahridagi “Turkiston” mahalla fuqarolar yig‘inida o‘rganish ishlari olib borildi.
Mazkur jarayonda Kogon shahar Kengashi kotibiyat mudiri Sh. Isamutdinov hamda deputat faoliyatiga mas’ul bosh mutaxassis Z.Temirova ishtirok etdi.
O‘rganish davomida mahalladagi ichki yo‘llarning amaldagi holati, yo‘l qoplamalarining sifat darajasi, ayrim hududlarda mavjud noqulayliklar hamda piyodalar va transport vositalari harakati uchun xavfsiz sharoitlarni ta’minlash masalalariga alohida e’tibor qaratildi. Aholi uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy yo‘l infratuzilmasini shakllantirish, fuqarolarning murojaatlariga amaliy yechim topish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biri sifatida izchil davom ettiriladi. Facebook/Telegram/YouTube/Instagram/Veb-sayt

#deputat_faoliyati Aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasi deputat nazoratida Xalq deputatlari viloyat Kengashi depu
+3
#deputat_faoliyati Aholi uchun qulay va xavfsiz yo‘l infratuzilmasi deputat nazoratida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati I.Ismatovning saylov okrugida Kogon shahridagi “Turkiston” MFY ichki yo‘llarining holati joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish jarayonida yo‘llarning amaldagi holati, aholiga noqulaylik tug‘dirayotgan jihatlar va ularni yaxshilash bo‘yicha zarur choralar muhokama qilindi.
Konstitutsiyaning 120-moddasiga ko‘ra, xalq deputatlari Kengashlari davlat hokimiyatining vakillik organlaridir.
Deputatlar fuqarolar manfaatlarini ifodalaydi, hududni rivojlantirishda ishtirok etadi hamda zarur axborot olish va deputatlik so‘rovi yuborish huquqiga ega. Shu huquqiy asosda MFYdagi ichki yo‘llarning holati joyida o‘rganilib, aniqlangan masalalarni tegishli tartibda hal etish bo‘yicha keyingi ishlar belgilab olinmoqda. Facebook/Telegram/YouTube/Instagram/Veb-sayt

#deputat_faoliyati Deputat bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M
+4
#deputat_faoliyati Deputat bilan ochiq muloqot: taklif va tashabbuslar tinglandi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati M.Zokirov ishtirokida Vobkent tumani «So‘fidehqon» mahallasidagi 18-maktabning faollar zalida saylovchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Ochiq muloqot va samimiy suhbat tarzida o‘tgan uchrashuvda tuman hokimligi xodimlari, mahalla faollari hamda mas’ul tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi.
Samimiy muloqotda aholi elektr va suv tarmoqlarini tortish, yo‘llarni asfaltlash hamda mahalla binosini qayta qurish bo‘yicha amaliy takliflarni ilgari surdi.
Bildirilgan barcha murojaat va takliflar yuzasidan tegishli soha mas’ullariga muddatli topshiriqlar hamda aniq vazifalar belgilab berildi. Uchrashuv yakunida deputat mas’ullar bilan birgalikda hududda yaratilgan shart-sharoitlar, ijtimoiy va infratuzilma ob’ektlarining amaldagi holatini ko‘zdan kechirdi. Facebook/Telegram/YouTube/Instagram/Veb-sayt

photo content
+9

#deputat_faoliyati Deputat so‘rovlari — aholi muammolari yechimi sari amaliy qadam Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputat
#deputat_faoliyati Deputat so‘rovlari — aholi muammolari yechimi sari amaliy qadam Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputat J.Jonibekov joylarda aholi bilan uchrashuvlar va o‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni aniqlab, ularning yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar rahbarlariga navbatdagi deputat so‘rovlarini yubordi. 👇 👇 👇
➡️Batafsil
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_hududlarda Vobkentda manzilli ishlar davom etmoqda 📍Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, viloyat hokimi, Bot
+6
#deputat_hududlarda Vobkentda manzilli ishlar davom etmoqda 📍Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, viloyat hokimi, Botir Zaripov Vobkent tumanidagi “Bozorjoyi” MFYda bo‘lib, “Mahalla yettiligi” bilan hududda kambag‘allik va ishsizlikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar holatini muhokama qildi.  
🔵Botir Zaripov ijtimoiy reyestrga kiritilgan kambag‘al oilalar a’zolari hamda mehnatga layoqatli ishsiz fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qildi. Uchrashuv davomida har bir oilaning ijtimoiy va iqtisodiy holati, mehnat salohiyati, mavjud tomorqasi, kasb va ko‘nikmalari, shuningdek, qo‘shimcha daromad manbasini yaratish imkoniyatlari o‘rganildi.
  ❗️Muloqot yakunida mas’ullarga har bir oila bo‘yicha belgilangan choralarni manzilli va sifatli amalga oshirish, ishsiz fuqarolarni bandligini ta’minlash hamda shakllantirilgan daromad paketlarining ijrosini muntazam nazorat qilib borish bo‘yicha topshiriqlar berildi. Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

photo content
+6

#deputat_faoliyati Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Oqqi
#deputat_faoliyati Aholi bandligini ta’minlash borasidagi ishlar o‘rganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Oqqiyev tomonidan Olot tumanidagi Oqoltin mahalla fuqarolar yig‘inida aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi.
Safar davomida mahallada hokim yordamchisi tomonidan aholi bandligini ta’minlash, ishsiz fuqarolarni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish hamda aholi daromadlarini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, aholi bilan sayyor qabul o‘tkazilib, fuqarolarning murojaatlari, muammo va takliflari tinglandi. Murojaatlarda asosan bandlik, tadbirkorlik, ijtimoiy masalalar va mahallada infratuzilmani yaxshilash bilan bog‘liq masalalar ko‘tarildi.
Qabul davomida bildirilgan murojaatlarning har biri mas’ullar ishtirokida muhokama qilinib, ularni hal etish yuzasidan tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

photo content
+4

#deputat_faoliyati Hududdagi ichki yo‘llar holati o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi Shuningdek, O‘rganish
+3
#deputat_faoliyati Hududdagi ichki yo‘llar holati o‘rganilib, mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi Shuningdek, O‘rganish davomida hududdagi ichki yo‘llarning amaldagi holati, amalga oshirilayotgan shag‘allashtirish va betonlashtirish ishlari, yo‘l qoplamalarining sifati hamda bajarilayotgan ishlarning belgilangan talablarga muvofiqligi ko‘zdan kechirildi.
Shuningdek, mahalla aholisi bilan bevosita muloqot o‘tkazilib, fuqarolarning ichki yo‘llar holati, obodonlashtirish ishlari hamda hudud infratuzilmasini yaxshilash yuzasidan fikr va takliflari tinglandi.
O‘rganish yakunlari bo‘yicha ichki yo‘llarni yanada yaxshilash, shag‘allashtirish va betonlashtirish ishlarini sifatli tashkil etish, shuningdek, aniqlangan masalalarni belgilangan tartibda hal etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati Ichki yo‘llar holati va shag‘allashtirish ishlari deputat nazoratida Xalq deputatlari viloyat Kengashi dep
+3
#deputat_faoliyati Ichki yo‘llar holati va shag‘allashtirish ishlari deputat nazoratida Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Jumayeva, Peshku tumani Kengashi raisi K.Nurov, tuman Kengashi deputatlari Z.Qosimov, J.Abdurashidov, M.To‘rayev hamda Kengash kotibiyati mudiri Z.Nurulloyev tomonidan Peshku tumani Malishoyak MFY hududidagi ichki avtomobil yo‘llarining holati, ularni shag‘allashtirish va obodonlashtirish ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi. O‘rganish davomida ichki yo‘llarning foydalanish holati, shag‘allashtirilgan yo‘l qismlarining sifati, bajarilayotgan ishlarning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda aholining mazkur yo‘llardan foydalanishida yuzaga kelayotgan masalalar ko‘zdan kechirildi.
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati Yoshlar bandligi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-y
+3
#deputat_faoliyati Yoshlar bandligi va yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 19-yanvardagi “Mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-92-son qaroriga asosan Shofirkon tumani Kengashi deputati J.Shodmonov tomonidan tumandagi Bog‘iafzal mahallasida yoshlar bandligi hamda yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi. O‘rganish davomida 5 nafar yoshlar “Yoshlar daftari”ga kiritilganlarning 2 nafari haydovchilik guvohnomasini olish, 2 nafari to‘lov-kontrakt xarajatlarini qoplash, 1 nafari esa qo‘shimcha kurs ta’limiga yo‘naltirilgan. Shuningdek, mahallada 37 nafar oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari bitiruvchisi hamda 56 nafar maktab bitiruvchisi mavjudligi qayd etildi. Yoshlar bandligini ta’minlash, bitiruvchilarni munosib ish o‘rinlariga yo‘naltirish hamda yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalari deputat nazoratiga olindi. Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_nazorat Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risi
+2
#deputat_nazorat Chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holati o‘rganildi O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘RQ-1105-son Qonuniga asosan, xalq deputatlari Shofirkon tumani Kengashi kotibiyati mudiri G‘.Nematov Shofirkon tumanidagi Paxtaobod mahallasida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish holatini o‘rgandi. O‘rganish davomida mahallada sanitariya va obodonlashtirish holati, chiqindilarni yig‘ish uchun ajratilgan joylarning holati, maishiy chiqindilarni belgilangan muddatlarda olib chiqilishi hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmat sifati ko‘zdan kechirildi. Shuningdek, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqmaslik natijasida hududda sanitariya holatining yomonlashishiga yo‘l qo‘ymaslik, chiqindilarni belgilangan tartibda yig‘ish va olib chiqish ishlarini tizimli tashkil etish masalalariga e’tibor qaratildi. Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi. Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati Deputat so‘rovlari — aholi muammolari yechimi sari amaliy qadam Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatl
#deputat_faoliyati Deputat so‘rovlari — aholi muammolari yechimi sari amaliy qadam Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari joylarda aholi bilan uchrashuvlar va o‘rganishlar davomida fuqarolarni qiynab kelayotgan dolzarb masalalarni aniqlab, ularning yechimini ta’minlash maqsadida tegishli tashkilotlar rahbarlariga navbatdagi deputat so‘rovlarini yubordilar. 👇 👇 👇
➡️Batafsil
Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati Olot: Qumkashonlik bolajonlar uchun zamonaviy bog‘cha Olot tumanida yosh avlod uchun munosib sharoitlar ya
+9
#deputat_faoliyati Olot: Qumkashonlik bolajonlar uchun zamonaviy bog‘cha Olot tumanida yosh avlod uchun munosib sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalarini zamonaviylashtirish borasidagi ishlar izchil davom etmoqda. Jumladan, «Qumkashon» mahallasidagi 5-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti 1 milliard 660 million so‘m mablag‘ hisobidan mukammal ta’mirlanib, zamonaviy qiyofa kasb etdi. Natijada 90 nafar bolajon tarbiyalanayotgan muassasaning mashg‘ulot xonalari, yotoqxonasi, oshxonasi va bolalar o‘yin maydonchasi obodonlashtirildi. Isitish hamda sanitariya tizimlari talab darajasiga keltirilib, bog‘cha zarur jihozlar bilan ta’minlandi. 💬 Muassasaning ochilishi munosabati bilan o‘tkazilgan tadbirda tuman va mahalla faollari, ota-onalar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.  Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati S.Oqqiyev ham tadbirda ishtirok etib, bolajonlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi. Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

photo content
+8