es
Feedback
Buxoro viloyati Kengashi

Buxoro viloyati Kengashi

Ir al canal en Telegram
448
Suscriptores
-124 horas
+47 días
+230 días
Archivo de publicaciones
#deputat_faoliyati Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Axmedova tomonidan investitsion loyiha ijrosi oʻrganildi Xalq
+3
#deputat_faoliyati Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Axmedova tomonidan investitsion loyiha ijrosi oʻrganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Axmedova tomonidan Qorovulbozor tumanida amalga oshirilayotgan investitsion loyihalar ijrosi yuzasidan oʻrganish olib borildi.
Oʻrganish davomida tumandagi "Alfa Izvest" MCHJ faoliyati, korxonada investitsiya loyihasining amalga oshirilish jarayoni, ishlab chiqarish quvvatlari, yaratilgan ish oʻrinlari hamda istiqboldagi rivojlanish rejalari bilan yaqindan tanishildi.
Shuningdek, loyiha ijrosining borishi, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish masalalari muhokama qilindi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati Deputat D.Axmedova tomonidan "Navbahor" MFYdagi tibbiyot muassasalari faoliyati oʻrganildi Xalq deputatlar
+6
#deputat_faoliyati Deputat D.Axmedova tomonidan "Navbahor" MFYdagi tibbiyot muassasalari faoliyati oʻrganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Axmedova tomonidan Qorovulbozor tumanidagi "Navbahor" mahalla fuqarolar yigʻinida joylashgan oilaviy shifokor punkti (OSHP) hamda ijtimoiy dorixona faoliyati oʻrganildi. Oʻrganish davomida aholiga koʻrsatilayotgan birlamchi tibbiy xizmatlar sifati, dori vositalari taʻminoti, yaratilgan shart-sharoitlar hamda tibbiyot muassasalarining moddiy-texnik bazasi bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish, aholiga sifatli va oʻz vaqtida tibbiy xizmat koʻrsatishni yanada takomillashtirish yuzasidan masʻullar bilan fikr almashildi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi oʻrganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Ravsha
+3
#deputat_faoliyati Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimi oʻrganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Ravshanova, Buxoro shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergashev Buxoro shahridagi O.Xoʻjayev MFYda boʻlib, hududda fuqarolar murojaatlari sonining ortishiga sabab boʻlayotgan omillarni oʻrgandilar.
Oʻrganish davomida mahallada murojaatlar bilan ishlash holati tahlil qilinib, ularning mazmuni, takroriy murojaatlarning kelib chiqish sabablari hamda mavjud muammolar yuzasidan atroflicha fikr almashildi.
Taʻkidlanganidek, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish, aholi muammolarini joyida hal etish hamda davlat organlarining xalq oldidagi masʻuliyatini oshirish deputatlik faoliyatining muhim yoʻnalishlaridan biri hisoblanadi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#sessiya_32 ⚡️RASMIY XABAR Joriy yilning 1-avgust kuni soat 8:00da viloyat hokimligi binosining katta majlislar zalida (Maʼmu
#sessiya_32 ⚡️RASMIY XABAR Joriy yilning 1-avgust kuni soat 8:00da viloyat hokimligi binosining katta majlislar zalida (Maʼmuriy markaz) xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi oʻtkaziladi. Sessiya kun tartibidan...
BATAFSIL 👇 👇 👇
https://telegra.ph/RASMIY-XABAR-07-31 Хalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining navbatdagi sessiyasi хalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining rasmiy telegram sahifasi hamda ▶️ youtube  ijtimoiy tarmoq orqali namoyish etiladi.
✅ Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#brifing Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi raisi Ashurov Jamol Rajabboyevichning Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining 2026-yil 1-yarim yillik faoliyati yuzasidan brifingi
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#Oʻzbekiston_24 Buxoroning 2030-yilgacha rivojlanish strategiyasi muhokama qilindi Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashining oʻttiz birinchi sessiyasida “Buxoro – 2030” strategiyasi loyihasi muhokama qilindi.
Hujjat Prezidentning “Oʻzbekiston – 2030” strategiyasi asosida ishlab chiqilgan boʻlib, viloyatning iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishining asosiy yoʻnalishlarini belgilaydi.
Strategiyaning bosh maqsadi — Buxoroni yuqori qoʻshilgan qiymatli sanoat, ziyorat va madaniy turizm, zamonaviy xizmatlar, innovatsiyalar hamda raqamli iqtisodiyot rivojlangan, aholi uchun munosib hayot sifati taʼminlangan raqobatbardosh hududga aylantirishdan iborat.
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#munosabat 30 iyul – Odam savdosiga qarshi kurashish kuni Odam savdosi muammosiga qarshi kurashish, jabrlanuvchilarning huquq
#munosabat 30 iyul – Odam savdosiga qarshi kurashish kuni Odam savdosi muammosiga qarshi kurashish, jabrlanuvchilarning huquq-manfaatlarini himoya qilish hamda jinoyatga jazoning muqarrarligini ta’minlashda Qonunlar muhim rol o‘ynaydi. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 17 avgustdagi №633-sonli yangi tahrirdagi "Odam savdosiga qarshi kurashish to‘g‘risida"gi Qonuni aynan shunday Qonunlarimizdandir.
BATAFSIL 👇 👇 👇
https://telegra.ph/30-iyul--Odam-savdosiga-qarshi-kurashish-kuni-07-30 Abira Huseynova,  хalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati Denov mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglanib, qator masalalarga joyida yechim topildi Oliy Majlis Qo
+9
#deputat_faoliyati Denov mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglanib, qator masalalarga joyida yechim topildi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati M.Muxammedov hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Narzullayev tomonidan Gʻijduvon tumanidagi “Denov” mahalla fuqarolar yigʻinida boʻlib, mahalla faollari bilan uchrashdi. Unda mahalladagi ijtimoiy muhit, “mahalla yettiligi” faoliyati hamda fuqarolar murojaatlarini oʻrganish masalalariga alohida eʻtibor qaratildi.
Maʻlum qilinishicha, mahallada 668 ta xonadon, 1 106 ta oila hamda 864 nafar yosh istiqomat qiladi. Ularning bandligini taʻminlash, ijtimoiy muammolarini hal etish va farovonligini oshirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mazkur murojaat hokim yordamchisi ishtirokida shu kunning oʻzida koʻrib chiqilib, deputat koʻmagida 33 million soʻm miqdoridagi imtiyozli kredit ajratish uchun zarur hujjatlar rasmiylashtirildi.
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#29_son Hurmatli davlat xizmatchilari, siyosiy ma'rifat soatining navbatdagi sonini taqdim etmoqdamiz. Unda siyosiy-ijtimoiy xabarlar, qonunchilikdagi yangiliklar, davlat xizmatchisining ma’naviy-ma’rifiy dunyoqarashini boyitishga xizmat qiladigan ma’lumotlar o‘rin olgan.
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#munosabat YANGI O‘ZBEKISTON - MILLAT VA ELATLARNI BIRLASHTIRUVCHI MAMLAKAT Abira Huseynova, хalq deputatlari viloyat Kengash
#munosabat YANGI O‘ZBEKISTON - MILLAT VA ELATLARNI BIRLASHTIRUVCHI MAMLAKAT Abira Huseynova,  хalq deputatlari viloyat Kengashi deputati, Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman)ning Buxoro viloyati mintaqaviy vakili BATAFSIL 👇 👇 👇 https://telegra.ph/YANGI-OZBEKISTON---MILLAT-VA-ELATLARNI-BIRLASHTIRUVCHI-MAMLAKAT-07-30
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇         
   Facebook / Telegram / YouTubeInstagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati Buxoro shahridagi 9-son oilaviy poliklinikaning yangi binosi qurilishi oʻrganildi Xalq deputatlari viloyat
+3
#deputat_faoliyati Buxoro shahridagi 9-son oilaviy poliklinikaning yangi binosi qurilishi oʻrganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Ravshanova hamda Buxoro shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh.Ergashev bilan birgalikda Buxoro shahridagi 9-son oilaviy poliklinikaning yangi qurilayotgan binosida olib borilayotgan qurilish ishlari joyiga chiqib oʻrganildi.
Oʻrganish davomida qurilish-montaj ishlarining borishi, foydalanilayotgan qurilish materiallarining sifati, obyektda yaratilayotgan sharoitlar hamda ishlarning tasdiqlangan jadval asosida olib borilishi atroflicha koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, qurilish jarayonida sifat va xavfsizlik talablariga rioya etilishi, obyektning belgilangan muddatlarda foydalanishga topshirilishini taʻminlash masalalariga alohida eʻtibor qaratildi.
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_faoliyati "Toʻqimachi" dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari sifati va savdo sharoitlari oʻrganildi Xalq deputatla
+4
#deputat_faoliyati "Toʻqimachi" dehqon bozorida oziq-ovqat mahsulotlari sifati va savdo sharoitlari oʻrganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati G.Ravshanova hamda Buxoro shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. Ergashev Buxoro shahridagi "Toʻqimachi" dehqon bozori faoliyatini joyiga chiqib oʻrgandilar.
Oʻrganish davomida bozorda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining narx-navosi, sifati, yaroqlilik muddati, saqlash sharoitlari hamda sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishi atroflicha koʻzdan kechirildi.
Shuningdek, savdo jarayonlarining amaldagi tartib-qoidalarga muvofiqligi, sotuvchilarning faoliyati hamda isteʼmolchilar uchun yaratilgan qulay sharoitlar baholandi.
Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, savdo va sanitariya talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash yuzasidan masʼul mutasaddilarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#doʻstlik_festivali 30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
Ushbu sana munosabati bilan Viloyat axborot kutubxona markazida "Yangi Oʻzbekiston doʻstlik va insonparvarlik zamini" mavzusida maʻnaviy-maʻrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova, Maʻnaviyat va maʻrifat markazi viloyat boʻlimi, milliy madaniy markazlar, "Milliy Tiklanish" demokratik partiyasi viloyat Kengashi, Buxoro davlat universiteti va kutubxona xodimlari qatnashdi.
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#doʻstlik_festivali 🟠30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan.
🟠30-iyul yurtimizda Xalqlar do‘stligi kuni deb belgilangan. Ushbu sana munosabati bilan Viloyat axborot kutubxona markazida "Yangi Oʻzbekiston doʻstlik va insonparvarlik zamini" mavzusida maʻnaviy-maʻrifiy tadbir oʻtkazildi. Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova, Maʻnaviyat va maʻrifat markazi viloyat boʻlimi, milliy madaniy markazlar, "Milliy Tiklanish" demokratik partiyasi viloyat Kengashi, Buxoro davlat universiteti va kutubxona xodimlari qatnashdi.
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#qaror_ijrosi Nogironligi mavjud shaxslarga berilgan imtiyozlarning qoʻllanilishi oʻrganildi Xalq deputatlari viloyat Kengash
+5
#qaror_ijrosi Nogironligi mavjud shaxslarga berilgan imtiyozlarning qoʻllanilishi oʻrganildi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari Z.Toʻyeva, H.Bobojonov va I.Kotova boshchiligidagi ishchi guruhi Jondor tumanida nogironligi mavjud shaxslarga davlat tomonidan berilgan imtiyozlarning amaldagi qonunchilik asosida qoʻllanilishi holatini oʻrgandi.
🌏 Oʻrganish davomida nogironligi mavjud fuqarolarga koʻrsatilayotgan ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash choralari, imtiyoz va xizmatlardan foydalanish holati, murojaatlar bilan ishlash tizimi hamda masʼul tashkilotlar faoliyati tahlil qilindi.
🌏 Yakunda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, fuqarolarning qonuniy huquq va manfaatlarini toʻliq taʼminlash hamda imtiyozlarning amaliyotda toʻgʻri qoʻllanilishini kuchaytirish yuzasidan masʼullarga tegishli tavsiya va koʻrsatmalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#uchrashuv 📣 Tumanda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi Xalq deutatlari viloyat Kengashi de
+3
#uchrashuv 📣 Tumanda ijtimoiy-maʼnaviy muhitni mustahkamlash masalalari muhokama qilindi   Xalq deutatlari viloyat Kengashi deputati A.Huseynova hamda Vobkent tumani hokimligi hamkorligida Vobkent tumandagi Charmgaron mahallasida mahalla xotin-qizlar faollari va tuman otinoyilari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.  
👥Shuningdek, ishtirokchilar bilan ochiq muloqot oʻtkazilib, oilalarda oʻzaro hurmat va masʼuliyatni mustahkamlash, mahallalarda sogʻlom maʼnaviy muhitni qaror toptirish, xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish hamda yuzaga kelayotgan muammolarni hamjihatlikda hal etish masalalari muhokama qilindi.
  ✔️Tadbir yakunida mutasaddilar tomonidan ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga batafsil javoblar berilib, bu boradagi targʻibot va profilaktika ishlari izchil davom ettirilishi taʼkidlandi   
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#qaror_ijrosi Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi Oliy Maj
+5
#qaror_ijrosi Yoshlar bandligini taʼminlash va oliy taʼlim bitiruvchilarini qoʻllab-quvvatlash masalalari oʻrganildi Oliy Majlisi Senatining 2026-yil 27-iyundagi “Oliy taʼlim tashkilotlari bitiruvchilarining bandligini taʼminlash chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi KQ-365-V-son qarori hamda xalq deputatlari viloyat Kengashining 31-sessiyasida Kengash raisi tomonidan berilgan topshiriqlar ijrosini taʼminlash maqsadida viloyat doimiy komissiyasi raisi Z.Toʻyeva boshchiligidagi ishchi guruhi (H.Bobojonov, I.Kotova ) Jondor tumanining Obod va Aleli mahallalarida oʻrganish ishlarini olib bordi.
Oʻrganishlar davomida yoshlarning bandligini taʼminlash, ularni doimiy ish oʻrinlariga yoʻnaltirish, kasb-hunar va tadbirkorlik faoliyatiga jalb etish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlarning holati oʻrganildi.
Oʻrganish yakunlari boʻyicha aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan masʼullarga tavsiyalar berildi.
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

#deputat_hududlarda 🟢Gʻijduvondagi "Zarafshon" mahallasida aholi muammolari oʻrganildi 💫​Xalq vakillarining joylarga chiqib
+9
#deputat_hududlarda 🟢Gʻijduvondagi "Zarafshon" mahallasida aholi muammolari oʻrganildi 💫​Xalq vakillarining joylarga chiqib, aholining turmush sharoitlari bilan yaqindan tanishishi, ularni qiynayotgan muammolarga joyida yechim topishi bugungi deputatlik faoliyatining eng muhim va ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan.
Zero, inson qadrini ulugʻlash va aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyatini tashkil etadi.
🔝​Shu maqsadda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari M.Umarov, J.Sharipovlar Gʻijduvon tumanidagi “Zarafshon” mahallasi Yangirabot koʻchasida istiqomat qiluvchi Samiyeva Ziyoda va Xamzin Farid xonadoniga tashrif buyurib, xalq bilan yuzma-yuz muloqot oʻtkazdilar. Hozirda ularga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishishdi.
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt

deputat_faoliyati Deputat Vobkent tumanida fuqarolar qabulini oʻtkazdi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova
+7
deputat_faoliyati Deputat Vobkent tumanida fuqarolar qabulini oʻtkazdi Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati A.Xuseynova tomonidan Vobkent tumanining “Charmgaron” mahallasida navbatdagi fuqarolar qabuli tashkil etildi.
Qabul davomida fuqarolar tomonidan ijtimoiy yordam olish, bolalar huquqlarini himoya qilish hamda Bolalar ombudsmani faoliyati bilan bogʻliq masalalar yuzasidan murojaatlar bildirildi.
Har bir murojaat atroflicha oʻrganilib, ularni qonunchilik doirasida hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy ishlar olib borilmoqda.
Shuningdek, qabul jarayonida tuman hokimligi masʻullari, mahalla raisi, xotin-qizlar faoli hamda profilaktika inspektori ishtirok etdi.
Ular bilan birgalikda ijtimoiy koʻmakka muhtoj ayrim fuqarolarning holati muhokama qilinib, ularga zarur yordam koʻrsatish boʻyicha aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Bizni kuzatishda davom eting.👇 👇 👇
Facebook / Telegram / YouTube / Instagram / Veb-sayt