uz
Feedback
acdflibrary

acdflibrary

Kanalga Telegram’da o‘tish

Respublika bolalar kutubxonasi Республиканская детская библиотека Madaniyat markazi va jamoat maskani. Культурный центр и общественное пространство. Проект @acdfuz loyihasi

Ko'proq ko'rsatish
2 382
Obunachilar
+824 soatlar
+177 kun
+3030 kun

Ma'lumot yuklanmoqda...

Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Sentabr '26
Sentabr '26
+39
1 kanalda
Avgust '26
+119
1 kanalda
Get PRO
Iyul '26
+160
2 kanalda
Get PRO
Iyun '26
+179
8 kanalda
Get PRO
May '26
+142
5 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+189
3 kanalda
Get PRO
Mart '26
+178
7 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+128
6 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+199
6 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+235
13 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+168
5 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+167
9 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+214
11 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+122
1 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+88
1 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+129
2 kanalda
Get PRO
May '25
+141
7 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+117
6 kanalda
Get PRO
Mart '25
+155
4 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+101
5 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+134
4 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+107
7 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+106
7 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+110
5 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+183
8 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+317
8 kanalda
Get PRO
Iyul '240
6 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+72
37 kanalda
Sana
Obunachilarni jalb qilish
Esdaliklar
Kanallar
06 Sentabr+8
05 Sentabr+12
04 Sentabr+5
03 Sentabr+5
02 Sentabr+6
01 Sentabr+3
Kanal postlari
Kuzgi bayram davom etmoqda! Ertalab Botanika bog‘iga yo‘l oldik — u yerda qushlarni ovozlaridan izladik, daraxtlar orasidagi
+8
Kuzgi bayram davom etmoqda! Ertalab Botanika bog‘iga yo‘l oldik — u yerda qushlarni ovozlaridan izladik, daraxtlar orasidagi xatti-harakatlari va parvoz yo‘nalishlarini kuzatdik. Sianotipiya ustaxonasida quyosh matoda yorqin ko‘k rangli izlar qoldirdi: bular ishtirokchilarning qushcha-avtoportretlari bo‘lib, rassom Kseniya Gorbachyova ularni bir katta pannoga jamladi. Olivye Messianning “Qushlar katalogi” asarlari va Zarina Xodiyevaning mualliflik pyesasidan qushlar ovozlarini qidirdik. So‘ngra esa sopol hushtaklardan qushlar orkestrini tuzdik. Yelena Abdullayeva bilan o‘tgan jarqaldirg‘ochlarga ko‘mak ko‘rsatish maktabida qushlar qayerda in qurishini, nima uchun ba’zan yerda qolib ketishini va ularga qanday to‘g‘ri yordam berish kerakligini o‘rgandik. Rassom Aziza Qoriyeva ustaxonasida polimer loydan tumor-qushlar yasab, ularning har biriga o‘ziga xos fe’l-atvor va hikoya o‘ylab topdik. Koreys tilidagi kitob to‘garagida rassom va muallif Li Myone o‘zining “Chiqindilar oroli” kitobini o‘qib berdi. Bolalar chiqindilar orolida yashovchi tukanning muammolariga yurakdan ta’sirlandilar. Keyin esa biz balet raqqosasi Asal Usmonova bilan qushlar harakatidan raqs tuzdik: qanot qoqib, quyoshga intildik va suvda shapilladik. ~~~ Осенний праздник продолжается! Утром мы отправились в Ботанический сад — искали птиц по голосам, наблюдали за их повадками и маршрутами среди деревьев. На мастерской цианотипии солнце оставило на ткани ярко-синие отпечатки: это были птички-автопортреты участников, которые художница Ксения Горбачева собрала в одно большое панно. Искали голоса птиц в произведениях из “Каталога птиц” Оливье Мессиана и в авторской пьесе Зарины Ходиевой. А затем собрали птичий оркестр из глиняных свистулек. В школе помощи стрижам с Еленой Абдуллаевой мы узнали, где птицы устраивают гнезда, почему иногда оказываются на земле и как правильно им помочь. На мастерской художницы Азизы Кариевой лепили из полимерной глины птиц-талисманов — каждой придумали собственный характер и историю. В книжном клубе на корейском художница и автор Ли Мёнэ читала свою книгу “Мусорный остров”. Ребята прониклись проблемами тукана, живущего на острове из мусора. А потом мы собирали танец из движений птиц вместе с балериной Асаль Усмановой: взмахивали крыльями, тянулись к солнцу и плескались в воде.

2
Aziz kitobxonlar! Ertaga soat 05:00dan 14:00gacha Toshkent xalqaro yarim marafoni o‘tkaziladi. Shu munosabat bilan Amir Temur xiyoboni atrofidagi yo‘llar, jumladan, Mustaqillik shoh ko‘chasi va Abdulla Qodiriy ko‘chasi kesishmasi yopiladi. Iltimos, kutubxonaga tashrif buyurishni rejalashtirganda shuni inobatga oling. ~~~ Дорогие читатели! Завтра с 05:00 до 14:00 пройдет Ташкентский международный полумарафон. Дороги вокруг сквера Амира Темура будут перекрыты, в том числе пересечение проспекта Мустакиллик и улицы Абдуллы Кадыри. Пожалуйста, учитывайте ограничения при планировании визита в библиотеку.
520
3
sticker.webp
464
4
Kutubxonadagi kuzgi bayram qanday o‘tayotgani haqida hikoya qilamiz! Ertalab bizning binafsha rang avtobusimiz bolalar qushla+8
Kutubxonadagi kuzgi bayram qanday o‘tayotgani haqida hikoya qilamiz! Ertalab bizning binafsha rang avtobusimiz bolalar qushlarni iloji boricha yaqindan kuzatish uchun Tabiat muzeyiga olib bordi. Kutubxona hovlisida qushlar galasi jonlanib, uchib ketdi — rassom Nigina Mirzajonova bolalarga qog‘ozdan qo‘g‘irchoq qushchalar yasashni va ularning parvozini boshqarishni o‘rgatdi. Majlislar zalida musiqa sinfining hisobot konserti bo‘ldi. Bolalar o‘zlari yoqtirgan asar va kuylarni chalish uchun notalarni o‘qish va maromni saqlashni o‘rgandilar. Oilaviy liboslar ustaxonasida qog‘oz va fetrdan qirqib olingan qanot, dum va tumshuqlarni kiyib oldik. Kitob to‘garagida fransuz ornitologi Maksim Zukka bolalarga Parijdagi qushlar haqidagi “Écoute les oiseaux des villes” (“Shahar qushlarini tinglang”) kitobini o‘qib berdi. Birds.uz ishqibozlari Toshkent xaritasini ochib, savol-javob o‘tkazdilar. Biz bilan bir shaharda kimlar istiqomat qilishini aniqladik, kaptar, mayna, jarqaldirg‘och va zag‘izg‘onni farqlashni, ularning odatlarini bilib oldik. Kun oxirida teatr ustaxonasida qushlarni tasvirladik! Gala-gala bo‘lib harakat qildik va san’atkor Rafael Bobojonov bilan birga badihaviy qush tillarida muloqot qurdik. ~~~ Рассказываем, как проходит осенний праздник в библиотеке! Утром наш сиреневый автобус повез детей в Музей природы, чтобы рассмотреть птиц как можно ближе. Во дворе библиотеки ожила и взлетела стая птиц — художница Нигина Мирзаджанова научила ребят мастерить птичек-марионеток из бумаги и дирижировать их полет. В зале собраний прошел отчетный концерт музыкального класса. Ребята учились читать ноты и держать ритм, чтобы сыграть свои любимые произведения и мелодии. На семейной мастерской костюма мы нарядились в крылья, хвосты и клювы, которые вырезали из бумаги и фетра. В книжном клубе французский орнитолог Максим Цукка прочитал детям «Écoute les oiseaux des villes» («Слушай птиц города») — книгу о птичьих жителях Парижа. Энтузиасты Birds.uz развернули атлас Ташкента и провели викторину. Мы выяснили, кто живет с нами в одном городе, научились отличать голубя, майну, стрижа и сороку, и узнавать их привычки. В конце дня мы изображали птиц в театральной мастерской! Двигались стаей и общались на импровизированных птичьих языках вместе с артистом Рафаэлем Бабаджановым.
485
5
Bugun fransuz ornitologi Maksim Zukka bilan uchrashib, uning shahar qushlari haqidagi kitobini birga o‘qiymiz. Kelinglar! ~~~ Уже сегодня встретимся с французским орнитологом Максимом Цукка, и вместе прочитаем его книжку о городских птицах. Приходите!
483
6
Bugun fransuz ornitologi Maksim Zukka bilan uchrashib, uning shahar qushlari haqidagi kitobini birga o‘qiymiz. Kelinglar! ~~~ Уже сегодня встретимся с французским орнитологом Максимом Цукка, и вместе прочитаем его книжку о городских птицах. Приходите!
1
7
Kutubxona Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib oldi. Tashrifning muhim natijasi sifatida Respublika bolalar k+2
Kutubxona Janubiy Koreyadan tashrif buyurgan mehmonlarni kutib oldi. Tashrifning muhim natijasi sifatida Respublika bolalar kutubxonasi direktori Olim Ozodbekov va Pusan shahar kutubxonasi rahbari Kim Souyon o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumining imzolangani bo‘ldi. Ushbu hujjat kitoblar, tajriba va g‘oyalar almashish uchun yangi imkoniyatlar ochadi. Istiqboldagi rejalardan bolalar va o‘smirlar uchun hamkorlikdagi dasturlar, mahorat darslari, ko‘rgazmalar hamda kasbiy almashinuvlar joy olgan. Oldinda bizni ko‘plab qo‘shma loyihalar va qiziqarli uchrashuvlar kutmoqda! ~~~ Библиотека встретила гостей из Южной Кореи — важным результатом визита стал Меморандум о взаимопонимании, который подписали директор Республиканской детской библиотеки Алим Озодбеков и руководительница Пусанской городской библиотеки Ким Соуён. Документ открывает новые возможности для обмена книгами, опытом и идеями. В планах — совместные программы для детей и подростков, мастер-классы, выставки и профессиональные обмены. Впереди много совместных проектов и интересных встреч!
627
8
Siz ham “Ko‘k mitti” spektaklida bo‘ldingizmi? Taassurotlaringiz bilan izohlarda o‘rtoqlashing! ~~~ А вы уже были на «Синем к+5
Siz ham “Ko‘k mitti” spektaklida bo‘ldingizmi? Taassurotlaringiz bilan izohlarda o‘rtoqlashing! ~~~ А вы уже были на «Синем карлике»? Делитесь впечатлениями в комментариях!
608
9
Kutubxona jamoasi bolalar bilan birgalikda O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatrining “Ko‘k mitti yoki marvarid yurak”spektaklining+8
Kutubxona jamoasi bolalar bilan birgalikda O‘zbek milliy qo‘g‘irchoq teatrining “Ko‘k mitti yoki marvarid yurak”spektaklining ilk namoyishiga tashrif buyurdi. Bu — zaiflik, yolg‘izlik, o‘zini boricha qabul qilish hamda his etish qobiliyatini yo‘qotmaslik naqadar muhimligi haqidagi ta’sirli ertakdir. Varaqalarda muhofizlarning spektakl va vizual teatr haqidagi qaydlari jamlangan: teatrga borishdan oldin qanday o‘yinlar o‘ynash mumkinligi, bolani tomoshaga qanday tayyorlash va spektakldan keyin nimalar haqida suhbatlashish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. ~~~ Команда библиотеки посетила премьеру спектакля «Синий карлик, или Жемчужное сердце» Узбекского национального театра кукол вместе с детьми. Это пронзительная сказка об уязвимости, одиночестве, принятии и о том, как важно не потерять способность чувствовать. В карточках собрали заметки кураторов о постановке и визуальном театре: во что можно поиграть перед походом, как подготовить ребенка к просмотру и о чем поговорить после спектакля.
600
10
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri balet raqqosasi Asal Usmonova qushlarni kuzatishni yaxshi ko
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatri balet raqqosasi Asal Usmonova qushlarni kuzatishni yaxshi ko‘radi: ularning kutilmagan burilishlari, to‘xtashlari va bir qush boshqasining harakatini qanday ilib olishini tomosha qilishni sevadi. Asal laylak, zarg‘aldoq, lochin va qarqaralarni ko‘rish uchun shahar tashqarisiga chiqadi, mehmonxona derazasidan qizilishtonlarga qo‘l siltaydi va xonadonining deraza tokchasida musicha polaponlarining ulg‘ayishini kuzatadi. Qushlarning harakatlariga quloq tutamiz, qanot qoqishini tasavvur qilamiz, galaga to‘planib, so‘ng yana har tarafga uchib ketamiz. ~~~ Балерина ГАБТ имени Алишера Навои Асаль Усманова любит наблюдать за птицами: за внезапными поворотами, остановками и тем, как одна птица подхватывает движение другой. Асаль ездит за город смотреть на аистов, соек, соколов и цапель, машет дятлам из окна гостиной и наблюдает как подрастают птенцы горлиц на подоконнике квартиры. Прислушаемся к пластике птиц, представлять взмах крыла, собираться в стаю и снова разлетаться в разные стороны.
583
11
Koreyalik rassom va muallif Li Myone bolalar bilan birgalikda o‘zining “Chiqindilar oroli” kitobi — dengiz olib kelgan chiqin
Koreyalik rassom va muallif Li Myone bolalar bilan birgalikda o‘zining “Chiqindilar oroli” kitobi — dengiz olib kelgan chiqindilar orasida qolib ketgan tukan haqidagi hikoyani o‘qib beradi. Mutolaadan so‘ng kitoblar atrofdagi olamning naqadar nozikligi haqida hikoya qilishi mumkinligi haqida suhbatlashamiz, so‘ng muallif bilan birgalikda kichik ijodiy ustaxona tarixini davom ettiramiz. Li Myone — koreyalik rassom va rasmli kitoblar muallifi, “Bologna Children’s Book” (“Bologna bolalar kitob yarmarkasi”) illyustratorlar ko‘rgazmasi ishtirokchisi, “Nami Concours” va Bratislava biyennalesining kitob illyustratsiyasi bo‘yicha eng yirik xalqaro mukofotlari sovrindori. Muloqot tillari: koreys va ingliz tillarida, o‘zbek va rus tillariga tarjima qilinadi ~~~ Корейская художница и автор Ли Мёнэ прочитает вместе с детьми свою книгу «Мусорный остров» — историю о тукане, который оказываются среди принесенного морем мусора. После чтения поговорим о том, как книги могут рассказывать об хрупкости окружающего мира, а затем продолжим историю небольшой творческой мастерской вместе с автором. Ли Мёнэ — корейская художница и автор книжек-картинок, участница выставки иллюстраторов Bologna Children’s Book Fair и лауреат крупнейших международных премий в области книжной иллюстрации Nami Concours и Братиславской биеннале. Языки: корейский и английский, с переводом на узбекский и русский
488
12
Jarqaldirg‘ochlar uylarning yoriqlari va tomlari ostiga joylashib, har yili bitta iniga qaytib keladi. Ko‘p mamlakatlarda oda
Jarqaldirg‘ochlar uylarning yoriqlari va tomlari ostiga joylashib, har yili bitta iniga qaytib keladi. Ko‘p mamlakatlarda odamlar ularga yordam berishadi: uyalash joylarini saqlab qolishadi, koloniyalarni xaritalarda belgilashadi va mushkul ahvolga tushib qolgan qushlarga g‘amxo‘rlik qilishadi. Agar jarqaldirg‘och yerga tushib qolsa, u odatda o‘zi ucha olmaydi. Ayniqsa, kichik polaponlar kattalarning ehtiyotkorona yordamiga muhtoj bo‘ladilar. “Lochinchilar milliy markazi” NNT direktori Yelena Abdullayeva qushga xavfsiz tarzda qanday yordam berish, nima qilmaslik va kimga murojaat etish kerakligi haqida so‘zlab beradi. Muloqot tili: rus tili ~~~ Стрижи селятся в щелях и под крышами домов, год за годом возвращаясь к одному гнезду. Во многих странах люди помогают им: сохраняют места гнездования, отмечают колонии на картах и заботятся о птицах, оказавшихся в беде. Если стриж оказался на земле, он обычно не может взлететь сам. Особенно маленькие птенцы нуждаются в бережной помощи взрослых. Директор ННО «Lochinchilar milliy markazi» Елена Абдуллаева расскажет, как помочь птице безопасно, чего не стоит делать и к кому обратиться. Язык: русский
673
13
Fransuz bastakori Olivye Messian qushlarni sayyoramizdagi eng buyuk musiqachilar deb hisoblagan. Qushlarning sayrashi haqiqiy
Fransuz bastakori Olivye Messian qushlarni sayyoramizdagi eng buyuk musiqachilar deb hisoblagan. Qushlarning sayrashi haqiqiy musiqaga aylana oladimi? Bastakorlar qushlarning ovozi, qiliqlari va xarakterini musiqada qanday aks ettiradilar? Bastakor, musiqashunos va O‘zbekiston kompozitorlari va bastakorlari uyushmasi a'zosi Zarina Xodiyeva bolalarni “Qushlar katalogi” turkumi bilan tanishtiradi, qushlar ovozi bastakorlarga qanday ilhom bergani haqida so‘zlab beradi va o‘zining mualliflik pyesasini ijro etadi. Yakunda loydan yasalgan hushtaklardan “qushlar orkestri”ni tuzamiz ~~~ Французский композитор Оливье Мессиан считал птиц величайшими музыкантами на нашей планете. Может ли пение птиц стать музыкой? Как композиторы передают в музыке голоса, повадки и характер птиц? Композитор, музыковед и член Союза композиторов и бастакоров Узбекистана Зарина Ходиева познакомит детей с его циклом «Каталог птиц», расскажет, как птичьи голоса вдохновляли композиторов, и исполнит свою авторскую пьесу. В финале соберем «птичий оркестр» из глиняных свистулек.
615
14
Uydan maktabgacha bo‘lgan yo‘lda nechta qush turini uchratish mumkin? Qushni tashqi ko‘rinishiga qarab qanday tanib olish va
Uydan maktabgacha bo‘lgan yo‘lda nechta qush turini uchratish mumkin? Qushni tashqi ko‘rinishiga qarab qanday tanib olish va shahar shovqini orasida ovozini farqlashni o‘rganish mumkin? Ornitolog Nika Samotskaya bolalar va ota-onalarga qushbozlik nimadan boshlanishi va nima uchun qushlarni kuzatish uchun tog‘larga borish shart emasligi haqida so‘zlab beradi. Qushlarni qayerdan va qanday qidirish, qayerlarni kuzatish va qaysi jihatlarga e’tibor qaratish lozimligini bilib olamiz. Nika Samotskaya — ornitolog olima, “Birdwatching Moscow” loyihasi asoschisi, “BirdID”, “Vityani ko‘rdingmi?” podkastining hammualliflaridan biri. Hozirda u Leibniz Bioxilma-xillik o‘zgarishini tahlil qilish institutida shahar shovqinining qushlarga ta'sirini tadqiq etish bilan shug‘ullanadi. Muloqot tili: rus tili, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan ~~~ Сколько видов птиц можно встретить по дороге из дома в школу? Как узнать птицу по внешнему виду, и научиться различать голоса среди городского шума? Орнитолог Ника Самоцкая расскажет детям и родителям, с чего начинается бердвотчинг и почему для наблюдения за птицами необязательно отправляться в горы.Узнаем, где и как искать птиц, куда смотреть и на какие детали обращать внимание. Ника Самоцкая — ученый-орнитолог, основательница проекта Birdwatching Moscow, соавторподкаста о птицах «Витю видел?». На данный момент занимается исследованием влияния городского шума на птиц в Leibniz Institute for the Analysis of Biodiversity Change. Язык: русский, с синхронным переводом на узбекский
475
15
Parijliklar bilan qo‘shni bo‘lib qanday qushlar yashaydi va ulardan qaysi birini Toshkentda uchratish mumkin? Fransuz ornitol
Parijliklar bilan qo‘shni bo‘lib qanday qushlar yashaydi va ulardan qaysi birini Toshkentda uchratish mumkin? Fransuz ornitologi Maksim Zukka bolalar bilan birgalikda «Écoute les oiseaux des villes» (“Shahar qushlarini tingla”) kitobini o‘qib beradi va ularni katta shaharning qanotli aholisi bilan tanishtiradi. Maksim Zukka — ornitolog, bioxilma-xillik bo‘yicha mutaxassis, “Rewilding Farms” notijorat tashkilotining ilmiy muvofiqlashtiruvchisi va Fransiyaning Tabiatni muhofaza qilish milliy Kengashi a’zosi. U illyustrator Lena Mazilyu va dizayner Yoann Geni bilan hamkorlikda qushlarni ovozidan tanib olishga o‘rgatadigan “Birdie Memory” loyihasini yaratgan. Qushlarning sayrashini tinglaymiz, kitob sahifalaridan tanish turlarni qidiramiz hamda Parij va Toshkent qushlarining xaritalarini taqqoslaymiz. Muloqot tili: fransuz, ingliz, rus tillari, o‘zbek tiliga sinxron tarjima bilan ~~~ Какие птицы живут по соседству с парижанами и кого из них можно встретить в Ташкенте? Французский орнитолог Максим Цукка прочитает с детьми книгу «Écoute les oiseaux des villes» («Слушай птиц города») и познакомит их с пернатыми жителями большого города. Максим Цукка — орнитолог, специалист по биоразнообразию, научный координатор некоммерческой организации Rewilding Farms и член Национального совета Франции по охране природы. Совместно с иллюстратором Леной Мазилю и дизайнером Йоанном Гени он создал Birdie Memory — проект, который учит распознавать птиц по голосам. Будем слушать птичьи песни, искать знакомые виды на страницах книги и сравнивать птичьи карты Парижа и Ташкента. Язык: французский, английский, русский, с синхронным переводом на узбекский
563
16
Kutubxonaning musiqa sinfida mashq qiladilar, konsertlarga tayyorlanadilar, maromni his etishni va notalarni o‘qishni o‘rgana
Kutubxonaning musiqa sinfida mashq qiladilar, konsertlarga tayyorlanadilar, maromni his etishni va notalarni o‘qishni o‘rganadilar, shuningdek, mavsumda bir marta majlislar zali sahnasiga chiqadilar. Dasturdan multfilmlar kuylari hamda ishtirokchilarning sevimli asarlari o‘rin olgan. ~~~ В музыкальном классе библиотеки репетируют, готовятся к выступлениям, учатся чувствовать ритм и читать ноты с листа, а еще выходят на сцену зала собраний раз в сезон. В программе — мелодии из мультфильмов и любимые произведения участников.
527
17
Respublika bolalar kutubxonasi kuzgi ko‘ngillilar qabulini boshlamoqda. Dastur madaniy muassasaning ichkaridan qanday yaratil+8
Respublika bolalar kutubxonasi kuzgi ko‘ngillilar qabulini boshlamoqda. Dastur madaniy muassasaning ichkaridan qanday yaratilishini o‘rganish va kutubxonani zamonaviy do‘stona makonga aylantiradigan jamoaning uzviy qismi bo‘lish imkoniyatini taqdim etadi. Ko‘ngillilik dasturi sentabr oyidan dekabr oyining boshiga qadar davom etadi. Yakunda ishtirokchilar sertifikatga ega bo‘ladilar. Eng faol ko‘ngillilari uchun kutubxona jamoasi safiga qo‘shilish imkoniyati beriladi. Ishtirok etish uchun kutubxona saytida so‘rovnomani to‘ldiring. ~~~ Республиканская детская библиотека открывает осенний набор волонтеров. Программа дает возможность узнать, как создается культурная институция изнутри, и стать частью команды, которая делает библиотеку современным дружелюбным пространством. Волонтерская программа продлится с сентября по начало декабря. По окончанию участники получат сертификат. Для самых вовлеченных волонтеров будет возможность присоединиться к команде библиотеки. Для участия заполните анкету на сайте библиотеки.
644
18
Jonajon maskan tuyg‘usi do‘ppi naqshlarida, ona allasida hamda o‘tmish haqidagi oilaviy xotiralarda o‘z aksini topadi. Ba’zan+5
Jonajon maskan tuyg‘usi do‘ppi naqshlarida, ona allasida hamda o‘tmish haqidagi oilaviy xotiralarda o‘z aksini topadi. Ba’zan esa sevimli shahri bo‘ylab sayr qilish yoki kichik Ahmadning uzoq galaktika bo‘ylab sayohatida ham namoyon bo‘ladi. Barcha kitoblarni kutubxonadan topishingiz mumkin. Xo‘sh, siz O‘zbekistonning yosh va zamonaviy mualliflaridan kimlarni o‘qiysiz? Sevimli nomlar va kitoblaringiz bilan izohlarda bo‘lishing — ro‘yxatni birgalikda boyitib boramiz. ~~~ Родной дом обнаруживает себя в узоре тюбетейки, в маминой колыбельной, в семейных рассказах о прошлом. А иногда в прогулке по любимому городу, или в путешествии маленького Ахмада по далекой галактике. Все книги можно найти в библиотеке. А кого из молодых и современных авторов Узбекистана читаете вы? Делитесь любимыми именами и книгами в комментариях — будем пополнять список.
528
19
Mustaqillik bayrami munosabati bilan kutubxona to‘plamidan zamonaviy o‘zbek mualliflarining yettita kitobini jamladik. Ularni+8
Mustaqillik bayrami munosabati bilan kutubxona to‘plamidan zamonaviy o‘zbek mualliflarining yettita kitobini jamladik. Ularning barchasi biz yashaydigan makon va uning qalbimizda qanday saqlanib qolishi haqida so‘zlaydi. ~~~ Ко дню независимости собрали семь книг современных узбекских авторов из фонда библиотеки. Все они говорят о месте, где мы живем, и о том, как оно остается с нами.
537
20
Sentabr dasturi bilan bo‘lishamiz! Kuzni kutubxonada bayram bilan kutib olamiz — qushlarni tomosha qilib, ularning xonishiga
Sentabr dasturi bilan bo‘lishamiz! Kuzni kutubxonada bayram bilan kutib olamiz — qushlarni tomosha qilib, ularning xonishiga quloq tutamiz, bundan tashqari, Meteorologiya muzeyi va meteostansiyaga boramiz. Ko‘ngillilarning kuzgi qabulini ochamiz, kitob va o‘yin to‘garaklarida uchrashishni davom ettiramiz, nafis san’at ustaxonasida esa o‘zimizni bosma grafikada sinab ko‘ramiz. Shuningdek, dasturda o‘smirlar uchun kino to‘garagi, kuzatuvchanlik to‘garagi, musiqa sinfi va CIRCUIT laboratoriyasida mashg‘ulotlar o‘tkaziladi. ~~~ Делимся программой сентября! Встретим осень праздником в библиотеке — будем разглядывать и слушать птиц, а еще сходим в Музей метеорологии и на метеостанцию. Откроем осенний набор волонтеров, продолжим встречаться в книжных и игровых клубах, а в мастерской изящных искусств попробуем себя в печатной графике. Еще в программе — киноклуб для подростков, клуб насмотренности, музыкальный класс и занятия в лаборатории CIRCUIT.
552