cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

O'zbekiston-Finlandiya Pedagogika instituti akademik litseyi yangiliklari

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
248
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-37 kunlar
+1230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from GENERALISSIMUS
Ўқишга киришга оид имтиёзлар Белгилаб қўйилсинки: ✅имтиҳонсиз қўшимча давлат гранти асосида талабаликка тавсия этиш учун асос бўлувчи имтиёзга эга абитуриентлар Давлат комиссиясининг қарорига асосан таълим шаклидан қатъи назар, рўйхатдан ўтишда имтиёз амал қиладиган доирада танлаган биринчи бакалавриат таълим йўналишига қўшимча давлат гранти асосида ўқишга қабул қилинади; ✅алоҳида қабул параметрлари доирасида танловда иштирок этиш учун асос бўлувчи имтиёзга эга абитуриентлар (ногиронлиги бўлган шахслар ҳамда «Меҳрибонлик» уйлари, болалар шаҳарчалари, SOS — болалар маҳаллалари ва оилавий болалар уйларининг битирувчилари бўлган етим болалар, шунингдек, васийликка, ҳомийликка ёки оилага тарбияга олинган (патронат) етим болалар (йигирма беш ёшга тўлмаган) бундан мустасно) улар учун ажратилган алоҳида қабул параметрлари доирасида, танлаган биринчи бакалавриат таълим йўналиши бўйича танловда иштирок этади; ✅алоҳида қабул параметрлари доирасида танловда қатнашиб, талабаликка тавсия этилмаган абитуриентлар рўйхатдан ўтишда танланган бакалавриат таълим йўналишлари бўйича умумий тартибда танловда иштирок этади; ✅халқаро спорт мусобақалари ғолиблари жисмоний тарбия ва спорт соҳасидаги бакалавриат таълим йўналишларига спорт турларининг соҳа бўйича мос келишига қатъий риоя қилинган ҳолда имтиҳонсиз қўшимча давлат гранти асосида ўқишга қабул қилинади; ✅имтиёз билан давлат гранти асосида талабаликка тавсия этилган абитуриентга ушбу имтиёздан такроран фойдаланишга рухсат этилмайди; ✅иккинчи ва ундан кейинги олий таълим тўлов-контракт асосида амалга оширилади, шунингдек, олий таълимнинг тегишли босқичига давлат гранти асосида ўқишга қабул қилинган талабага иккинчи марта таълимнинг ушбу босқичи учун давлат гранти ажратилмайди; ✅олий таълим муассасалари, олий ҳарбий ва ҳарбийлаштирилган таълим муассасалари ҳамда ҳарбий-академик лицейларга ўқишга киришда имтиёзга эга бўлган абитуриентларнинг ягона базаси ҳар йили 1 июнга қадар манфаатдор вазирлик ва идоралар томонидан Билим ва малакаларни баҳолаш агентлигининг махсус ахборот тизимига киритиш орқали шакллантириб борилади. @generalissimus_uzb
Hammasini ko'rsatish...
👍 1🔥 1
Photo unavailableShow in Telegram
#DIQQAT_ELON 📌 O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining akademik litseyi 2024-2025 - o'quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha oliy ma'lumotli va malakali o'qituvchilarni 2 bosqichli sinov asosida ishga taklif etadi: 1. Rus tili 2. Xorijiy til (ingliz tili) 3. Tarix 4. Matematika 5. Informatika 6. Fizika 7. Kimyo 📍 Hujjatlar 27.05.2024-yildan 15.06.2024-yilga qadar Samarqand shahri, Spitamen shoh ko'chasi 161-uyda qabul qilinadi. 📞 Murojaat uchun telefonlar: +998885088889; +998995822431; Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#DIQQAT_ELON 📌 O‘zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining akademik litseyi 2024-2025 - o'quv yili uchun quyidagi mutaxassisliklar bo'yicha oliy ma'lumotli va malakali o'qituvchilarni 2 bosqichli sinov asosida ishga taklif etadi: 1. Rus tili 2. Xorijiy til (ingliz tili) 3. Tarix 4. Matematika 5. Informatika 6. Fizika 7. Kimyo 📍 Hujjatlar 27.05.2024-yildan 15.06.2024-yilga qadar Samarqand shahri, Spitamen shoh ko'chasi 161-uyda qabul qilinadi. 📞 Murojaat uchun telefonlar: +998885088889; +998995822431; Telegram | Instagram | Facebook | You tube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida Batafsil: https://uza.uz/posts/601770 ——— О совершенствовании системы приема на учебу в высшие образовательные организации и размещения государственного заказа Подробно: https://uza.uz/posts/601771
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Ta'lim nazorati
⚡️Abituriyentlar uchun muhim yangilik: Endi oliy ta’lim muassasasi, ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shakli testdan so‘ng tanlanadi Prezident Farmoniga asosan 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkazilishi belgilandi. Bunda: a) abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi; b) davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi ikki bosqichda amalga oshiriladi: 🗓birinchi bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar (25-iyun kuni ham) test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat oliy ta’lim muassasasini tanlaydi. Bunda bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha yagona kasbiy (ijodiy) imtihonlar dasturlari va baholash mezonlari tegishli vazirliklar (idoralar) tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan kelishilgan holda tasdiqlanadi; 📝 o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul–avgust oylarida o‘tkaziladi; ikkinchi bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydi; ✔️ @mandat_javobbot orqali qaysi oliygohda qanday yoʻnalishlar borligi va har birining oʻtish ballari bilan tanishish mumkin. Ta’lim nazorati rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Xushnudbek.uz
2024/2025 o‘quv yili qabulidan boshlab: davlat buyurtmasi parametrlarini davlat oliy ta’lim muassasalari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi, bundan oliy harbiy va harbiylashtirilgan ta’lim muassasalari mustasno; davlat buyurtmasi bo‘yicha kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni endi davlat grantlari falon universitet uchun berilmaydi, balki yo‘nalish uchun ajratiladi. Masalan, Toshkent davlat yuridik universiteti uchun aniq grant o‘rni bo‘lmaydi, balki yurisprudensiya yo‘nalishi uchun umumiy grant kvotasi ajratiladi. Bunda respublikadagi barcha OTMlardagi yurisprudensiya yo‘nalishiga topshirgan abituriyentlar orasida kvota doirasida eng yuqori ball to‘plaganlari, qaysi OTMga topshirganidan qat’i nazar, grantga kiradi. Bu degani endi ayrim OTMlarda grantga kirgan bironta talaba bo‘lmasligi mumkin. Rejaga ko‘ra, davlat grantining barcha kvotasini bitta OTM olib qo‘yishining oldini olish maqsadida OTM uchun 50% lik cheklov qo‘yiladi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Xushnudbek.uz
2025/2026 o‘quv yili qabulidan boshlab fanlar majmuasida chet tili birinchi fan sifatida belgilangan ta’lim yo‘nalishlariga qabul xorijiy tilni bilish darajasini belgilovchi milliy yoki xalqaro sertifikat asosida amalga oshiriladi. ❓Bu nima degani? Ya’ni kelasi yildan boshlab, qaysi yo‘nalishda chet tili birinchi fan (3,2 ball) bo‘lsa, o‘sha yo‘nalishga faqat sertifikati borlargina hujjat topshira oladi. 👉 @xushnudbek 👈
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#ijodiy_hamkorlik O'zbekiston-Finlandiya pedagogika institutining akademik litseyi Ijtimoiy gumanitar fanlar yo'nalishi 103-guruh o'quvchisi "Dilmunchoq" ijodiy klubi a'zosi Sayfullayeva Maftunaning she'rlari "Bekajon plyus" sahifalarida nashr etildi. ✍🏻 Yosh ijodkorga yuksak ijodiy parvozlar tilaymiz! 23.05.2024-yil 🕊https://t.me/SamFinPIakdemiklitsey
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
Repost from SAMARQAND TAMADDUNI
Bugun Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida “Bahodir Yalangto‘sh” nomli tarixiy badiiy filmining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Xalqimizning buyuk farzandlaridan biri, davlat va jamoat arbobi, sarkarda Bahodir Yalangto‘shbiy (Olchin) hayoti va faoliyati aks ettirilgan mazkur filmning taqdimot marosimi oldidan “Ipak yo‘li” turizm va madaniy meros xalqaro universitetida matbuot anjumani tashkil etildi. Unda viloyat va shahar hokimligi mutasaddilari, O‘zbekiston Kinematografiya agentligining rahbariyati hamda film ijodkorlari ishtirok etdi. https://t.me/shmmb
Hammasini ko'rsatish...
Repost from SAMARQAND TAMADDUNI
00:43
Video unavailableShow in Telegram
🎞 Hozir... Samarqand shahridagi “Moʻjiza” amfiteatrida “Bahodir Yalangto‘sh” nomli tarixiy badiiy filmining taqdimot marosimi bo‘lib o‘tmoqda.... https://t.me/shmmb
Hammasini ko'rsatish...
👍 4