uz
Feedback
Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Kanalga Telegram’da o‘tish

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati rasmiy kanali

Ko'proq ko'rsatish
1 337
Obunachilar
-224 soatlar
-27 kun
-2630 kun
Postlar arxiv
📚✨ KASBIY RIVOJLANISH KUNI 🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida pedagoglarning kasbiy bilim va ko‘nikmalari
+5
📚✨ KASBIY RIVOJLANISH KUNI 🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida pedagoglarning kasbiy bilim va ko‘nikmalarini rivojlantirish, tajriba almashish hamda pedagogik mahoratini yanada oshirish maqsadida Kasbiy rivojlanish kuni tashkil etildi. 👩‍🏫👨‍🏫 Kun davomida o‘qituvchilar uchun kasbiy rivojlanishga qaratilgan mashg‘ulotlar va amaliy faoliyatlar tashkil etilib, ta’lim jarayonining samaradorligini oshirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish hamda zamonaviy yondashuvlardan foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🌱 Mazmunli tashkil etilgan Kasbiy rivojlanish kuni pedagoglarning o‘z ustida ishlashi, bilim va tajribalarini boyitishi hamda ta’lim sifatini yanada oshirishga xizmat qildi. ✨ Doimiy izlanish va rivojlanish — yuksak pedagogik mahorat garovi!

🏆✨ MUNOSIB YUTUQ! ✨🏆 🇬🇧 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-“A” sinf o‘quvchilari Salimov Firdavs hamd
+1
🏆✨ MUNOSIB YUTUQ! ✨🏆 🇬🇧 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining 7-“A” sinf o‘quvchilari Salimov Firdavs hamda Turdiyev Muhammadali ingliz tili fanidan B2 darajadagi natijani qo‘lga kiritib, o‘z bilim va salohiyatlarini yana bir bor namoyon etdilar! 🎉👏 🌟 Ushbu yutuq — o‘quvchilarning izlanishi, mehnati va ustozlarining fidokorona mehnati samarasidir. 📚 O‘quvchilarning ingliz tilini puxta o‘zlashtirishida munosib hissa qo‘shib kelayotgan ustozlar Rabbanayeva Muxlisa va Husanova Gulhayoga alohida minnatdorlik bildiramiz! 🌷 👏 Firdavs va Muhammadalini ushbu muvaffaqiyat bilan muborakbod etamiz! 🚀 Yutuqlar bardavom bo‘lsin, aziz o‘quvchilar! Kelajakdagi marralar yanada baland bo‘lsin! 🏆✨ @ima_kitobimi

+3
🌿 STRESSNI BARTARAF ETISHGA QARATILGAN PSIXOLOGIK TRENING 🌿 📚 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatining pedagog xodimlari bilan stressni kamaytirish, ruhiy zo‘riqishlarning oldini olish va ijobiy psixologik muhitni shakllantirish maqsadida psixologik trening mashg‘uloti tashkil etildi. 😊 Qiziqarli mashg‘ulotlar orqali pedagog xodimlarda ko‘tarinki kayfiyat, o‘zaro samimiy muloqot va jamoaviy hamjihatlik mustahkamlandi. 🌸 Sog‘lom ruhiy muhit — samarali mehnat va sifatli ta’lim garovidir! 👩‍💼 Maktab psixologi: Yulduz Amanova

IMG_0430.MOV58.24 MB

🏆 USTOZLAR MEHNATI — YUKSAK E’TIROFDA! 🏆 📚 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasida ta’lim-tarbiya sohas
+4
🏆 USTOZLAR MEHNATI — YUKSAK E’TIROFDA! 🏆 📚 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasida ta’lim-tarbiya sohasida fidokorona mehnat qilib kelayotgan ustozlarning samarali faoliyati munosib e’tirof etildi. 🎖️ Maktabning tajribali va fidoyi ustozlaridan biri Bobonazorov Turg‘un Xurramovich ta’lim sohasidagi ko‘p yillik samarali mehnati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasiga qo‘shgan munosib hissasi uchun “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi. 👏 Shuningdek, CHQBT fani o‘qituvchisi To‘rayev Odil ham o‘zining fidokorona mehnati, ta’lim-tarbiya jarayonidagi faol ishtiroki va jamoat ishlaridagi faolligi uchun maktab ma’muriyati tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi. 🌟 Ushbu e’tiroflar ustozlarning mashaqqatli mehnati, kasbiga sadoqati va ta’lim-tarbiya yo‘lidagi fidoyiligiga berilgan munosib bahodir. 💐 Hurmatli ustozlarimizni ushbu yuksak e’tirof bilan samimiy muborakbod etamiz! Sizlarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, kasbiy faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar va yangi zafarlar tilaymiz! ✨ Ustoz mehnati — sharafli, ustoz e’tirofi — faxrli!

🌷 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI 🌷 🎬 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi tomonidan aziz ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bayramona videorolik. 💐 ❤️ Ustozga ehtirom — kelajakka ehtirom! ✨ Barcha ustoz va murabbiylarimizni kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz!

🌷 KITOB TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI 🌷 🎥 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarimizga bag‘ishlangan bayramona videorolik. 💐 Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Mashaqqatli va sharafli mehnatingiz, mehringiz hamda fidoyiligingiz uchun tashakkur! ✨ Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! ❤️

🌷 USTOZLARGA EHTIROM — YUKSAK EHTIROM! 🌷 🎥 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati yotoqxona tarbiyalanuvchilari tomonidan 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarga atalgan samimiy videorolik tayyorlandi. 💐 ❤️ Yotoqxona tarbiyalanuvchilarining qalbidan joy olgan ezgu tilaklar va samimiy ehtirom mujassam bo‘lgan ushbu videorolikni e’tiboringizga havola etamiz. ✨ Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌸

🌸 USTOZLARGA EHTIROM — QALBIMIZDA ABADIY! 🌸 🎓 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchi o‘quvchilarining ustozlariga bayram tabrigi! Aziz va mehribon ustozlar! 🌷 Siz bizga nafaqat bilim berdingiz, balki hayot yo‘lida to‘g‘ri qadam tashlashni, ezgulik va insoniylikni, Vatanga sadoqatli bo‘lishni o‘rgatdingiz. Har bir bergan sabog‘ingiz, samimiy nasihatingiz va bizga bildirgan ishonchingiz qalbimizda abadiy saqlanadi. Bugun biz bitiruvchi sifatida katta hayot sari qadam qo‘yar ekanmiz, ortimizda Sizdek fidoyi ustozlarimiz borligidan faxrlanamiz. Sizning mehnatingiz va bergan ta’lim-tarbiyangiz kelajagimizdagi eng katta poydevordir. ❤️ 🌺 Aziz ustozlar, 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, cheksiz baxt va sharafli kasbingizda ulkan zafarlar tilaymiz! Hurmat va cheksiz minnatdorlik bilan — Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchi o‘quvchilari. 🎓🌷

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab - internat yotoqxonasidagi 10-11
+7
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab - internat yotoqxonasidagi 10-11 sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Insta
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🌷 USTOZ — QALBLARGA EZGULIK ULASHUVCHI BUYUK ZOT! 🌷 🎉 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ustoz va murabbiylarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtiromni aks ettiruvchi videorolik tayyorlandi. 💐 Ustoz — ilm va tarbiya yo‘lida fidokorona mehnat qiluvchi, kelajak avlodga nur sochuvchi ulug‘ inson. ✨ Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin! 🎬 E’tiboringizga bayramona videorolikni havola etamiz!

🌷 USTOZLARGA EHTIROM — 11-B SINF O‘QUVCHILARIDAN! 🌷 📚 Ustoz — qalblarga ilm ziyosini sochuvchi, ezgu maqsadlar sari yo‘l ko‘rsatuvchi, hayotimizda o‘chmas iz qoldiruvchi ulug‘ inson. 🎥 11-B sinf o‘quvchilari 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan aziz ustozlariga o‘zlarining samimiy tilaklari va cheksiz minnatdorliklarini videorolik orqali izhor etdilar. 💐 Aziz ustozlar! Siz bergan bilim, tarbiya va mehr biz uchun doimo qadrlidir. Har bir yutug‘imizda, har bir ezgu qadamimizda Sizning mehnatingiz va sabringiz mujassam. ✨ Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli ustozlar! 👩‍🎓👨‍🎓 11-B sinf o‘quvchilari nomidan!

🌷 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI 🌷 🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 1-oktabr — Ustoz va murabbiy
+7
🌷 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI 🌷 🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. 🎉 ✨ Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning mashaqqatli hamda sharafli mehnati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi. 🎶 Bayram dasturidan o‘rin olgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va dilbar she’rlar ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom ifodasi bo‘ldi. 💐 Tadbir yakunida barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatlarida ulkan zafarlar hamda shogirdlari kamolini ko‘rish baxti tilandi. 🌸 Ustozga ehtirom — millatga ehtirom! 🌸

🌷 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI 🌷 🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 1-oktabr — Ustoz va murabbiy
+7
🌷 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI 🌷 🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. 🎉 ✨ Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning mashaqqatli hamda sharafli mehnati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi. 🎶 Bayram dasturidan o‘rin olgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va dilbar she’rlar ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom ifodasi bo‘ldi. 💐 Tadbir yakunida barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatlarida ulkan zafarlar hamda shogirdlari kamolini ko‘rish baxti tilandi. 🌸 Ustozga ehtirom — millatga ehtirom! 🌸

🌷 USTOZLARGA EHTIROM — EZGU AN’ANA! 🌷 🌅 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Kitob tuman ixtisoslashtiril
+5
🌷 USTOZLARGA EHTIROM — EZGU AN’ANA! 🌷 🌅 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ustoz va murabbiylarimiz ertalabdan samimiy kutib olindi. 💐 ✨ Ustozlarga bayramona kayfiyat ulashish, ularning sharafli va mashaqqatli mehnatiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida maktab jamoasi tomonidan iliq tilaklar va ezgu tabriklar bildirildi. 🌸 🎁 Bayramning ilk daqiqalaridanoq ustozlarimizga ko‘rsatilgan e’tibor va hurmat ularga o‘zgacha quvonch bag‘ishladi. 💐 Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari mazkur dargoh ta’lim tizimiga yangicha ruh va mazmun olib kirishini ta’kidlab, barcha pedagoglarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
– O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi – ma’rifat quyoshi! Ustozlar bugun yoshlar qalbiga qadayotgan ma’rifat va ezgulik urug‘ining hosilidan ertaga butun jamiyat bahramand bo‘ladi,
– dedi Prezidentimiz. Mamlakatimiz yetakchisi buyuk ajdodlarimiz kamoloti ortida ham ularga saboq bergan muallimlar turganini yodga oldi. Imom Buxoriy, Beruniy, Amir Temur va Alisher Navoiy kabi siymolarni yetishtirgan ustozlarni “odamiylik bog‘ining bog‘bonlari” deb atadi. Davlatimiz rahbari umrini yoshlar kamolotiga bag‘ishlagan barcha ustoz va murabbiylarga yuksak hurmat va minnatdorlik bildirdi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofoti ta’sis etilishini ma’lum qildi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Uchrashuvda dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari shiddat bilan o‘zgarayotgani qayd etildi. Sun
Uchrashuvda dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari shiddat bilan o‘zgarayotgani qayd etildi. Sun’iy intellekt matn tayyorlashi, dastur yozishi va ma’lumotni tahlil qilishi mumkin. Lekin hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topib, unga Vatanga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘usini singdira olmaydi. Prezidentimiz ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi. Ular orasida pedagoglar bilan birga ta’lim rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor. Uchrashuvda mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Davlatimiz rahbari mukofot sohiblarini tabriklar ekan,
“Ishoning, men ularni ko‘ksingizga taqib, sizlardan ham ko‘proq xursand bo‘lyapman”,
– dedi. Shuningdek, ta’limning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish taklif qilindi. Uning ilk sohiblarini kelasi yilgi bayram arafasida e’lon qilish va taqdirlash ko‘zda tutilmoqda. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin