es
Feedback
Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati

Ir al canal en Telegram

Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati rasmiy kanali

Mostrar más
1 340
Suscriptores
Sin datos24 horas
-47 días
-1730 días
Archivo de publicaciones
IMG_0430.MOV58.24 MB

🌷 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI 🌷 🎬 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati jamoasi tomonidan aziz ustoz va murabbiylarga bag‘ishlangan bayramona videorolik. 💐 ❤️ Ustozga ehtirom — kelajakka ehtirom! ✨ Barcha ustoz va murabbiylarimizni kasb bayramlari bilan muborakbod etamiz!

🌷 KITOB TUMAN IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTAB-INTERNATI 🌷 🎥 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarimizga bag‘ishlangan bayramona videorolik. 💐 Aziz ustoz va murabbiylar! Sizlarni ushbu qutlug‘ ayyom bilan chin qalbimizdan muborakbod etamiz! Mashaqqatli va sharafli mehnatingiz, mehringiz hamda fidoyiligingiz uchun tashakkur! ✨ Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz ustozlar! ❤️

🌷 USTOZLARGA EHTIROM — YUKSAK EHTIROM! 🌷 🎥 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati yotoqxona tarbiyalanuvchilari tomonidan 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan ustozlarga atalgan samimiy videorolik tayyorlandi. 💐 ❤️ Yotoqxona tarbiyalanuvchilarining qalbidan joy olgan ezgu tilaklar va samimiy ehtirom mujassam bo‘lgan ushbu videorolikni e’tiboringizga havola etamiz. ✨ Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin! 🌸

🌸 USTOZLARGA EHTIROM — QALBIMIZDA ABADIY! 🌸 🎓 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchi o‘quvchilarining ustozlariga bayram tabrigi! Aziz va mehribon ustozlar! 🌷 Siz bizga nafaqat bilim berdingiz, balki hayot yo‘lida to‘g‘ri qadam tashlashni, ezgulik va insoniylikni, Vatanga sadoqatli bo‘lishni o‘rgatdingiz. Har bir bergan sabog‘ingiz, samimiy nasihatingiz va bizga bildirgan ishonchingiz qalbimizda abadiy saqlanadi. Bugun biz bitiruvchi sifatida katta hayot sari qadam qo‘yar ekanmiz, ortimizda Sizdek fidoyi ustozlarimiz borligidan faxrlanamiz. Sizning mehnatingiz va bergan ta’lim-tarbiyangiz kelajagimizdagi eng katta poydevordir. ❤️ 🌺 Aziz ustozlar, 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni muborak bo‘lsin! Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, cheksiz baxt va sharafli kasbingizda ulkan zafarlar tilaymiz! Hurmat va cheksiz minnatdorlik bilan — Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchi o‘quvchilari. 🎓🌷

1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab - internat yotoqxonasidagi 10-11
+7
1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab - internat yotoqxonasidagi 10-11 sinf oʻquvchilari oʻrtasida "Zakovat" intellektual oʻyini oʻtkazildi.

Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Insta
Oʻzbekiston oʻqituvchi va murabbiylariga tabrik — Поздравление учителям и наставникам Узбекистана Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

🌷 USTOZ — QALBLARGA EZGULIK ULASHUVCHI BUYUK ZOT! 🌷 🎉 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ustoz va murabbiylarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtiromni aks ettiruvchi videorolik tayyorlandi. 💐 Ustoz — ilm va tarbiya yo‘lida fidokorona mehnat qiluvchi, kelajak avlodga nur sochuvchi ulug‘ inson. ✨ Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin! 🎬 E’tiboringizga bayramona videorolikni havola etamiz!

🌷 USTOZLARGA EHTIROM — 11-B SINF O‘QUVCHILARIDAN! 🌷 📚 Ustoz — qalblarga ilm ziyosini sochuvchi, ezgu maqsadlar sari yo‘l ko‘rsatuvchi, hayotimizda o‘chmas iz qoldiruvchi ulug‘ inson. 🎥 11-B sinf o‘quvchilari 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan aziz ustozlariga o‘zlarining samimiy tilaklari va cheksiz minnatdorliklarini videorolik orqali izhor etdilar. 💐 Aziz ustozlar! Siz bergan bilim, tarbiya va mehr biz uchun doimo qadrlidir. Har bir yutug‘imizda, har bir ezgu qadamimizda Sizning mehnatingiz va sabringiz mujassam. ✨ Bayramingiz muborak bo‘lsin, qadrli ustozlar! 👩‍🎓👨‍🎓 11-B sinf o‘quvchilari nomidan!

🌷 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI 🌷 🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 1-oktabr — Ustoz va murabbiy
+7
🌷 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI 🌷 🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. 🎉 ✨ Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning mashaqqatli hamda sharafli mehnati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi. 🎶 Bayram dasturidan o‘rin olgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va dilbar she’rlar ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom ifodasi bo‘ldi. 💐 Tadbir yakunida barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatlarida ulkan zafarlar hamda shogirdlari kamolini ko‘rish baxti tilandi. 🌸 Ustozga ehtirom — millatga ehtirom! 🌸

🌷 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI 🌷 🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 1-oktabr — Ustoz va murabbiy
+7
🌷 1-OKTABR — USTOZ VA MURABBIYLAR KUNI 🌷 🏫 Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etildi. 🎉 ✨ Tadbir davomida ustoz va murabbiylarning mashaqqatli hamda sharafli mehnati, yosh avlod ta’lim-tarbiyasidagi beqiyos o‘rni alohida e’tirof etildi. 🎶 Bayram dasturidan o‘rin olgan kuy-qo‘shiqlar, raqslar va dilbar she’rlar ustozlarga bo‘lgan cheksiz hurmat va ehtirom ifodasi bo‘ldi. 💐 Tadbir yakunida barcha ustoz va murabbiylarga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, sharafli faoliyatlarida ulkan zafarlar hamda shogirdlari kamolini ko‘rish baxti tilandi. 🌸 Ustozga ehtirom — millatga ehtirom! 🌸

🌷 USTOZLARGA EHTIROM — EZGU AN’ANA! 🌷 🌅 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Kitob tuman ixtisoslashtiril
+5
🌷 USTOZLARGA EHTIROM — EZGU AN’ANA! 🌷 🌅 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Kitob tuman ixtisoslashtirilgan maktab-internatida ustoz va murabbiylarimiz ertalabdan samimiy kutib olindi. 💐 ✨ Ustozlarga bayramona kayfiyat ulashish, ularning sharafli va mashaqqatli mehnatiga hurmat-ehtirom ko‘rsatish maqsadida maktab jamoasi tomonidan iliq tilaklar va ezgu tabriklar bildirildi. 🌸 🎁 Bayramning ilk daqiqalaridanoq ustozlarimizga ko‘rsatilgan e’tibor va hurmat ularga o‘zgacha quvonch bag‘ishladi. 💐 Aziz ustozlar, bayramingiz muborak bo‘lsin!

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbi
Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev O‘qituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi O‘zbekiston” universitetida ustoz va murabbiylar bilan uchrashuv o‘tkazmoqda. Davlatimiz rahbari mazkur dargoh ta’lim tizimiga yangicha ruh va mazmun olib kirishini ta’kidlab, barcha pedagoglarni kasb bayrami bilan tabrikladi.
– O‘qituvchi – mehr daryosi, o‘qituvchi – ezgulik bulog‘i, o‘qituvchi – ma’rifat quyoshi! Ustozlar bugun yoshlar qalbiga qadayotgan ma’rifat va ezgulik urug‘ining hosilidan ertaga butun jamiyat bahramand bo‘ladi,
– dedi Prezidentimiz. Mamlakatimiz yetakchisi buyuk ajdodlarimiz kamoloti ortida ham ularga saboq bergan muallimlar turganini yodga oldi. Imom Buxoriy, Beruniy, Amir Temur va Alisher Navoiy kabi siymolarni yetishtirgan ustozlarni “odamiylik bog‘ining bog‘bonlari” deb atadi. Davlatimiz rahbari umrini yoshlar kamolotiga bag‘ishlagan barcha ustoz va murabbiylarga yuksak hurmat va minnatdorlik bildirdi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Abdulla Avloniy nomidagi davlat mukofoti ta’sis etiladi Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’lim tizimining barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun alohida davlat mukofoti ta’sis etilishini ma’lum qildi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Uchrashuvda dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari shiddat bilan o‘zgarayotgani qayd etildi. Sun
Uchrashuvda dunyoda bilim yaratish, axborot tarqatish va mehnat qilish usullari shiddat bilan o‘zgarayotgani qayd etildi. Sun’iy intellekt matn tayyorlashi, dastur yozishi va ma’lumotni tahlil qilishi mumkin. Lekin hech bir texnologiya bolaning qalbiga ustozdek yo‘l topib, unga Vatanga muhabbat va mas’uliyat tuyg‘usini singdira olmaydi. Prezidentimiz ta’lim va ilm-fan fidoyilarining bir guruhini davlat mukofotlari bilan taqdirlash to‘g‘risidagi farmonni imzolaganini ma’lum qildi. Ular orasida pedagoglar bilan birga ta’lim rivojiga hissa qo‘shayotgan tadbirkorlar va xorijlik hamkorlar ham bor. Uchrashuvda mukofotlar o‘z egalariga topshirildi. Davlatimiz rahbari mukofot sohiblarini tabriklar ekan,
“Ishoning, men ularni ko‘ksingizga taqib, sizlardan ham ko‘proq xursand bo‘lyapman”,
– dedi. Shuningdek, ta’limning barcha bo‘g‘inlaridagi ilg‘or pedagoglarni rag‘batlantirish uchun jadid bobomiz Abdulla Avloniy nomidagi alohida davlat mukofotini ta’sis etish taklif qilindi. Uning ilk sohiblarini kelasi yilgi bayram arafasida e’lon qilish va taqdirlash ko‘zda tutilmoqda. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

“Taqdirimizni faqat muallim hal qiladi” — Prezident Prezident Shavkat Mirziyoyev oʻqituvchi va murabbiylar bilan uchrashuvda oʻzbek shaxmatchilarining kechagi gʻalabalarida ustozlarning ham katta hissasi borligini taʼkidladi. “Shaxmatda bizning qahramonlarimiz nimaga natija qildi, degan savolga ham javob bitta. Muallimlarning qilgan mehnati kechagi gʻalabalarimizga olib keldi desak, bu ham adolatdan boʻladi. Sizlar hal qiluvchi kuchsizlar. Sizlar Oʻzbekistonimizning buyuk kelajagi poydevorini qoʻyyapsizlar desam, bu ham adolatdan boʻladi. Oʻn marta qaytarishdan charchamayman: taqdirimizni faqat muallim hal qiladi”, — dedi Prezident. Davlat rahbari uchrashuv ishtirokchilari va hududlardan muloqotga qoʻshilgan barcha ustozlarni bayram bilan tabriklab, ularning baxti va kelajagi uchun bor kuch va imkoniyatlar safarbar qilinishini maʼlum qildi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

✅ Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, t
+9
✅ Prezident Shavkat Mirziyoyev Oʻqituvchi va murabbiylar kuni arafasida “Yangi Oʻzbekiston” universitetiga tashrif buyurib, taʼlim sohasidagi islohotlar va kelgusidagi rejalarga bagʻishlangan koʻrgazma bilan tanishdi. Davlatimiz rahbari dastlab yurtimizda taʼlimning uzviyligini taʼminlash borasidagi ishlar, erishilgan natijalar va kelgusi rejalar taqdimotini koʻzdan kechirdi. “Maktabgacha taʼlim”, “Maktab taʼlimi”, “Iqtidorli maktab oʻquvchilari”, “Professional taʼlim” va “Oliy taʼlim” pavilyonlarida bolaning ilk yoshidan kasb egallashiga qadar boʻlgan taʼlim bosqichlaridagi islohotlar namoyish etilgan. Mamlakatimiz yetakchisi universitetning oʻquv va ilmiy infratuzilmasi bilan tanishdi. “Kelajak muhandislari” maydoni, Bloomberg laboratoriyasi, fizika oʻquv laboratoriyasi, muhandislik fanlari oʻquv zali va Apple Training Center oʻquv markazida talabalar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida axborot berildi. Shuningdek, Idrock sunʼiy intellekt klasteri, biotexnologiya va bioinformatika laboratoriyasi, materialshunoslik, lazer va nanotexnologiyalar hamda ADM mashinasozlik laboratoriyalarining faoliyati namoyish etildi. Bu maydonlar talabalarning nazariy bilimini amaliy mashgʻulotlar, tadqiqot va loyihalar bilan bogʻlashga xizmat qiladi. Davlatimiz rahbari universitetning professor-oʻqituvchilari va talabalari, xalqaro taʼlim dasturlarini joriy etish boʻyicha xorijlik hamkorlari bilan suhbatlashdi. Tashrif davomida Prezidentimiz mamlakatimizning faol va tashabbuskor oʻqituvchi hamda murabbiylari bilan esdalik uchun suratga tushdi. Bizni kuzating ❤ Telegram                   🌐 Facebook 🌐 Youtube                     🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt                     😄 Linkedin

Davlatimiz rahbari "Yangi O‘zbekiston" universitetida ko‘rgazma bilan tanishdi, o‘qituvchi va talabalar bilan muloqot qildi. — Глава нашего государства ознакомился с выставкой, побеседовал с преподавателями и студентами в Университете «Новый Узбекистан». Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

+2
🔹 Qashqadaryolik Barnoxon Sayfullayeva — Osiyo o‘yinlari chempioni Yengil atletika bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Barnoxon Sayfullayeva Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarida balandlikka sakrash bo‘yicha 1.90 metr natija bilan oltin medalni qo‘lga kiritdi. Quvonchli xabar Prezident Shavkat Mirziyoyevga yetkazildi, davlatimiz rahbari sportchini tarixiy g‘alaba bilan tabrikladi. 👉 @QASHQADARYO_24 телеграм каналига аъзо бўлинг

⚡️Ўқитувчилар учун алоҳида давлат мукофоти таъсис этилади Президент Шавкат Мирзиёев таълим тизимининг барча бўғинларидаги илғор педагогларни рағбатлантириш учун алоҳида давлат мукофотини таъсис этишни таклиф қилди. “Ушбу мукофотни ўзбек миллий педагогикасининг тамал тошини қўйган жадид бобомиз Абдулла Авлоний номи билан атасак”, — деди Президент. 👉 @QASHQADARYO_24 телеграм каналига аъзо бўлинг