cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Qashqadaryo viloyati maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi | Rasmiy kanali |

|Boshqarmaning rasmiy kanali Facebook: Qashqadaryo_MMtb bot: @QashqadaryoMMTBbot 📬 e-mail: [email protected]

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
13 423
Obunachilar
-18824 soatlar
-1 6437 kunlar
+5 55430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

#Vazir_soati Bitiruv imtihonlarini ochiq va shaffof oʻtkazish boʻyicha muhim vazifalar belgilab olindi ✅ Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri Hilola Umarova rahbarligida bitiruvchi sinf oʻquvchilari uchun yakuniy davlat attestatsiyasi hamda yoz mavsumida oʻquvchilarni maroqli hordiq chiqarish, boʻsh vaqtini mazmunli oʻtkazish, “1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” bayrami hamda “Xayr bogʻcha – salom maktab” tadbirlarini tashkil etish masalalariga bagʻishlangan “Vazir soati” boʻlib oʻtdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir oʻrinbosarlari, vazirlik masʼullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi. ❕ Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga atroflicha toʻxtalib oʻtar ekan, joriy yilda mamlakatimizdagi umumtaʼlim maktablarining 9-sinfini 592 ming nafardan ortiq, 11-sinfini 400 ming nafarga yaqin oʻquvchilar bitirayotganligi, ushbu oʻquvchilar ishtirokidagi yakuniy davlat attestatsiyasi imtihonlarini tizimli tashkil etish lozimligiga alohida eʼtibor qaratdi. 👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1610 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
👍 5
Photo unavailableShow in Telegram
Shahrisabzda "O'qituvchilar olimpiadasi" o'tkazilmoqda
Shahrisabz tuman maktabgacha va maktab ta'limi bo'limi tashabbusi bilan bo'lim tasarrufidagi umumiy o'rta ta'lim maktablari o'qituvchilari o'rtasida "O'qituvchilar olimpiadasi" o'tkazilmoqda. Olimpiadani o'tkazishdan maqsad fan o'qituvchilarini kelgusida toifa attestattsiyasiga tayyorgarliklarini nazoratdan o'tkazish, bilim ko'nikmalaridagi bo'shliqlarni aniqlash, metodik yordam berish ishlarini tashkil etishda ustuvor vazifalarni belgilash va ularni rag'batlantirishdan iboratdir.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
04:44
Video unavailableShow in Telegram
Reportaj Ta’lim maskanlarida o‘tkazilayotgan manavi-marifiy tadbirlar haqida #24may #qashqadaryo_trk 📱Rasmiy telegram kanalimiz 👉https://t.me/qashqadaryo_trk
Hammasini ko'rsatish...
Bolalar uchun bepul sirk tomoshasi tashkil etildi ➖ 1-iyun – "Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Yangi Oʻzbekistonning baxtiyor bolalari” haftaligi doirasida poytaxtimizdagi alohida taʻlim ehtiyojlari boʻlgan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻquvchilari ishtirokida Oʻzbekiston davlat sirkida bepul sirk tomoshasi namoyish etildi. 👉 Sirk tomoshalarida 2500 nafardan ortiq oʻquvchilar ishtirok etdi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
👍 2
XALQARO EKSPERTLARDAN MALAKA OSHIRIB KELGAN TO‘GARAK RAXBARIMIZDAN MAHORAT MASHG‘ULOTI. ✅ Xabaringiz bor, Respublika "Barkamol avlod" bolalar maktabi tomonidan to‘garak rahbarlarni malakasini oshirish, ularni tajriba, mahoratlarini yuksaltirish maqsadida joylarda 3 kunlik Mahorat mashg‘ulotlari tashkil etib borilmoqda. 📍Janubiy Koreyalik mutaxassislardan malaka oshirib kelgan Qashqadaryo viloyat Qarshi shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Kompyuter labaratoriyasi" to‘garak rahbari Yo‘ldoshova Setora ushbu yo‘nalishdagi tuman, shahar "Barkamol avlod" bolalar maktabi to‘garak rahbarlariga Mahorat mashg‘uloti o‘tib berdi. ⚡️Mashgʻulot davomida IT yo'nalishi bo'yicha dastlabki darslar o'rgatildi. ✅ Mahorat mashg‘uloti davomida  ishtirokchilarga pedagogik dasturiy ta'minot ta'limi chuqurlashtirib o'rgatildi. ☝️ Eslatib o'tamiz, malaka oshirish darslari davom etadi! © Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi   Axborot xizmati 📱Telegram  📒Facebook       📸Instagram  📹YouTUBE
Hammasini ko'rsatish...
👍 16👏 1
Hududlarda treninglar o'tkazilmoqdaG'UZOR, DEHQONOBOD TUMANLARI
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarma boshlig'i tashabbusi bilan xorijiy tillarni o‘rgatishni ta’lim siyosatining ustuvor yo‘nalishi sifatida rivojlantirish, ushbu yo‘nalishda ta’lim sifatini tubdan oshirish, sohaga malakali pedagoglarni jalb etish hamda aholining xorijiy tillarni o‘rganishga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida G‘uzor, Dehqonobod tumanlarida sertifikatga ega bo‘lmagan xorijiy til o‘qituvchilari uchun davra suhbati tashkil etildi.
Mazkur jarayon barcha hududlarda bosqichma-bosqich tashkil etiladi. Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 15
Photo unavailableShow in Telegram
Qashqadaryolik maktab bitiruvchisi Kanadada o'qishini davom ettiradi
Mamlakatni ertangi kuni o'quvchi yoshlarning qay darajada bilimli ekani bilan bevosita bog‘liq. Shu bois, ta’lim tizimini rivojlantirish masalasiga hukumat darajasida e’tibor qaratilishi har bir davlatning muhim vazifasi hisoblanadi.
📃Batafsil Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 32 3👏 2🏆 2
"Bolalar folklori" tanlovining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi! ✅Xabaringiz bor, Respublika “Barkamol avlod” bolalar maktabi tomonidan maktablar faoliyati samaradorligini oshirish, o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish maqsadida "Bolalar folklori" tanlovi elon qilingan edi. ⚡Bugun ushbu tanlovning respublika bosqichi Surxondaryo viloyatida bo‘lib o‘tdi. Tanlovda Qashqadaryo sharafini himoya qilgan Kitob tuman "Barkamol avlod" bolalar maktabi "Gulg‘unchalar" jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. ✊Viloyat “Barkamol avlod” bolalar maktabi "Gulg‘unchalar" jamoasini faol ishtiroki va yutuqlari bilan muborakbod etadi! 👏👏 👏 © Qashqadaryo viloyat "Barkamol avlod" bolalar maktabi   Axborot xizmati Telegram  📒Facebook       📸Instagram  📹YouTUBE
Hammasini ko'rsatish...
👍 16👏 2
Qashqadaryodag informatika va AT fani o'qituvchilari seminarda ishtirok etmoqda Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta‘lim boshqarmasi va TATU Qarshi filiali hamkorligida 27-28-may kunlari maktablardagi informatika fan o‘qituvchilarini zamonaviy dasturlar bilan foydalanish samaradorligini oshirish maqsadida seminar trening o‘tkazilmoqda. Ushbu seminar-treningda har bir tuman(shahar)dan 10 nafar informatika fan o‘qituvchilari ishtirok etmoqda. Seminarda:
Kompyuter savodxonligi; Kompyuter tarmoqlari; Operatsion Tizimlar(Windows, Linux, Macintosh); Ma'lumotlar ba'zasi (Access, SQL); Web dasturlash; Web dizayn bo'yicha o'z bilimlarini mustahkamlamoqda.
Qashqadaryo viloyati Maktabgacha va maktab ta'limi boshqarmasi axborot xizmati @Qashqadaryo_MMTB
Hammasini ko'rsatish...
👍 11 1
Photo unavailableShow in Telegram
MAKTABDA O‘QUV-PEDAGOGIK HUJJATLARNI YURITISH ELEKTRON SHAKLGA O‘TKAZILDI Keyingi o‘quv yilidan boshlab maktab hujjatlari to‘liq elektron shaklda yuritiladi. ❗️Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari imkoniyatlaridan foydalangan holda maktab ta’limi jarayonini ortiqcha qog‘ozbozlikdan holi etish orqali samaradorlikka erishiladi va boshqaruv jarayonlarini shaffofligi ta’minlanadi. Xususan, elektron baholar tabeli “emaktab.uz” platformasida avtomatik tarzda shakllanadi va ota-onalar uchun tizimdan yuklab olish imkoniyati yaratiladi. Natijada tabeldagi baholarni o‘zgartirish va soxtalashtirishning oldi olinadi. Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
👍 5