Prezident maktabi | Qarshi shahri
Kanalga Telegram’da o‘tish
http://t.me/pmqarshi https://www.instagram.com/pmarshi_official/ https://youtube.com/@pmqarshi_official1?si=bFywTwTX6RpYDwBB Shiorimiz: Biz o'quvchilarimizni nafaqat oliy ta'lim muassasalariga, shuningdek ularni katta hayotga ham tayyorlaymiz.
Ko'proq ko'rsatish2 572
Obunachilar
-624 soatlar
-207 kunlar
-1030 kunlar
Postlar arxiv
+6
⚡️ 2026-yilning 30-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Direktorlar Kengashi tomonidan bo'sh (vakant) maktab direktori lavozimlari uchun suhbat o'tkazildi.
➖ Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qaroriga asosan "Menejerlik kursi"ni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar vakant bo'lgan direktorlik lavozimlari uchun suhbat jarayonlarida ishtirok etdilar.
🔰 Suhbat belgilangan talablar asosida, zoom platformasining doimiy kuzatuv linki orqali qayd etilib, mas’ullar tomonidan kuzatib borildi
📝 Suhbat jarayonida nomzodlarning jamoani boshqarish, liderlik qobiliyati, tashabbuskorlik, notiqlik san'ati va hozirgi davr ta'lim islohotlariga qarashlari baholandi hamda nomzodlarga zarur tavsiyalar berildi. Jarayon belgilangan me’yorlar asosida adolatli, shaffof va xolisona tarzda olib borilishi ta’minlandi.
Qashqadaryo viloyati Direktorlar kengashi.
😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
+6
⚡️ 2026-yilning 28-iyul kuni Qashqadaryo viloyati Direktorlar Kengashi tomonidan bo'sh (vakant) maktab direktori lavozimlari uchun suhbat o'tkazildi.
➖ Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qaroriga asosan "Menejerlik kursi"ni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar vakant bo'lgan direktorlik lavozimlari uchun suhbat jarayonlarida ishtirok etdilar.
🔰 Suhbat belgilangan talablar asosida, zoom platformasining doimiy kuzatuv linki orqali qayd etilib, mas’ullar tomonidan kuzatib borildi
📝 Suhbat jarayonida nomzodlarning jamoani boshqarish, liderlik qobiliyati, tashabbuskorlik, notiqlik san'ati va hozirgi davr ta'lim islohotlariga qarashlari baholandi hamda nomzodlarga zarur tavsiyalar berildi. Jarayon belgilangan me’yorlar asosida adolatli, shaffof va xolisona tarzda olib borilishi ta’minlandi.
Qashqadaryo viloyati Direktorlar kengashi.
😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#EYUF
🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Ibrohimmov Humoyun Qahramonovich “El-yurt umidi” jamg‘armasining ta’lim dasturlari bo‘yicha 2026-yilgi 1-ochiq stipendiyasini qo‘lga kiritdi.
⚡️Endilikda Humoyun Qatarning nufuzli oliy ta’lim muassasalaridan biri — Georgetown University in Qatarda o‘qishni davom ettiradi.
📚 Georgetown University xalqaro miqyosda yuqori nufuzga ega bo‘lib, QS World University Rankings 2026 reytingida dunyo bo‘yicha 285-o‘rinni egallagan😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#EYUF
🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabi bitiruvchisi Norboyev Samandar Shuxrat o‘g‘li “El-yurt umidi” jamg‘armasining ta’lim dasturlari bo‘yicha 2026-yilgi 1-ochiq stipendiyasini qo‘lga kiritdi.
⚡️ Endilikda Samandar Avstraliyaning nufuzli universitetlaridan hisoblangan The University of Sydneyda o‘qishni davom ettiradi.
📚 The University of Sydney milliy va xalqaro miqyosda mustahkam o‘rin egallagan bo‘lib, QS World University Rankings 2027 reytingida dunyo bo‘yicha 28-o‘rinni egallagan. Shuningdek, universitet US News Best Global Universities 2026–2027 reytingida Avstraliya bo‘yicha 2-o‘rinda qayd etilgan.😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube
Repost from Sevara Shakirova
#BizningPrezident
🇺🇿Tavallud ayyomingiz muborak bo’lsin, Hurmatli Prezident!
➡️ Rasmiy sahifalar
#Xushxabar @IEO2026 #Qarshi_PM
Iqtisod bo‘yicha dunyoning eng nufuzli musobaqasi — 9-Xalqaro Iqtisod Olimpiadasi (IEO 2026) joriy yilning 12–20-iyul kunlari Xitoyning Shenzhen shahrida bo‘lib o‘tdi.
Qarshi shahridagi Prezident maktabining 11-sinf oʻquvchisi Boynazarov Asliddin ushbu nufuzli musobaqada qatnashib, yurtimizga yana bir Bronza medalini taqdim etdi.
Mazkur musobaqada dunyoning 60 dan ortiq davlatidan kelgan 300 ga yaqin eng iqtidorli maktab o‘quvchilari qatnashdilar.
Asosiy yo‘nalishlar:
Economics test — nazariy va makro/mikro iqtisodiy bilimlar.
Financial Literacy Test — moliyaviy qarorlar va hisoblash masalalari.
Business Case — real biznes muammosiga 24 soat ichida prezentatsiya tayyorlab, xalqaro hakamlar hay’atiga ingliz tilida taqdim etish.
Nufuzli Nobel mukofoti sovrindorlari (Daron Acemoglu va Eric Maskin) tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan ushbu musobaqa yosh iqtisodchilar uchun top universitetlarga kirishlarida yo‘l ochib berishi bilan ahamiyatlidir.
#Imtihon_2026
🔴 DIQQAT, E’LON!
✅ PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHIDAN O‘TGAN TALABGORLAR DIQQATIGA!
🖌 Prezident maktablari imtihonlarining ikkinchi bosqichi 17-iyul kuni 1-smenada bo‘lib o‘tadi.
✅ Prezident maktablariga kirish imtihonlarining ikkinchi bosqichi test shaklida bo‘lib, jami 130 daqiqa vaqt ajratiladi:
🖱️ matematika fanidan tanqidiy fikrlash va muammoni yechish bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 90 daqiqa;
🖱️ ingliz tili fanidan grammatika (Grammar component) va matn bilan ishlash (Reading component) bo‘yicha 40 ta topshiriqni bajarishga 40 daqiqa beriladi.
🔴 Eslatib o‘tamiz, talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun belgilangan vaqtdan tashqari (130 daqiqa), kirish imtihonining javoblar varag‘ini to‘ldirish uchun qo‘shimcha vaqt berilmaydi.
TALABGORLAR IMTIHONGA RUXSATNOMA VA TUG‘ILGANLIK HAQIDAGI GUVOHNOMANING ASL NUSXASI BILAN KELISHLARI KERAK.Boshqa har qanday buyum olib kirish taqiqlanadi. 🔴 Muhim eslatma: kirish imtihonlari soat 08:00 da boshlanadi. Barcha talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan hududga belgilangan vaqtdan oldin yetib kelishlari so‘raladi. Kirish imtihonini qayta topshirish yoki boshqa kunga ko‘chirish imkoniyati mavjud emas.
Har bir talabgorning ariza.piima.uz saytiga kiritilgan telefon raqamlariga SMS-xabarnoma yuboriladi. Shundan so‘ng, imtihon o‘tkaziladigan joy nomi va vaqti to‘g‘risidagi ma'lumotlar qayd etilgan ruxsatnomani shaxsiy kabinetingiz orqali yuklab olishingiz mumkin.📍 Toshkent viloyati o‘quvchilari uchun imtihonlar Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#Imtihon_2026
📢 TALABGORLAR DIQQATIGA!
🎓 Prezident maktablariga kirish imtihonlarining 1-bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tgan talabgorlar uchun muhim xabar!
✅ 2-bosqich imtihonida ishtirok etish uchun ruxsatnomani yuklab olish bo‘yicha SMS-xabarnomalar yuborilishi boshlandi.
✅ SMS-xabarni olgan talabgorlar shaxsiy kabinetlari orqali ruxsatnomani yuklab olib, imtihon sanasi va joyi bilan tanishishlari mumkin.
Ruxsatnomani yuklab olgach, undagi quyidagi ma’lumotlarni diqqat bilan tekshirib chiqing:
✅ Talabgorning shaxsiy ma’lumotlari;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan bino nomi va manzili;
✅ Imtihon o‘tkaziladigan sana va boshlanish vaqti.
‼️ MUHIM!
Talabgorlardan imtihon o‘tkaziladigan binoga ruxsatnomada ko‘rsatilgan vaqtdan kamida 1 soat oldin yetib kelishlari so‘raladi.🔴 Hurmatli ota-onalar va talabgorlar! Imtihon jarayonlari belgilangan tartib va muddatlarga muvofiq tashkil etilishini ta’minlash maqsadida, sizlardan vaqt talablariga qat’iy rioya etishingizni so‘raymiz. ☎️ Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun Call-markazning 1206 qisqa raqamiga murojaat qilishingiz mumkin.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+9
⚡️ 2026-yilning 15 - iyul kuni Qashqadaryo viloyati Direktorlar Kengashi tomonidan bo'sh (vakant) maktab direktori lavozimlari uchun suhbat o'tkazildi.
➖ Bunda, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 25-dekabrdagi 681-sonli qaroriga asosan "Menejerlik kursi"ni muvaffaqiyatli tamomlagan nomzodlar vakant bo'lgan direktorlik lavozimlari uchun suhbat jarayonlarida ishtirok etdilar.
🔰 Suhbat belgilangan talablar asosida, zoom platformasining doimiy kuzatuv linki orqali qayd etilib, mas’ullar tomonidan kuzatib borildi
📝 Suhbat jarayonida nomzodlarning jamoani boshqarish, liderlik qobiliyati, tashabbuskorlik, notiqlik san'ati va hozirgi davr ta'lim islohotlariga qarashlari baholandi hamda nomzodlarga zarur tavsiyalar berildi. Jarayon belgilangan me’yorlar asosida adolatli, shaffof va xolisona tarzda olib borilishi ta’minlandi.
Qashqadaryo viloyati Direktorlar kengashi.
😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
+3
📰📰📰📰📰📰📰
🇺🇿🇶🇦Qatar bilan ta'lim sohasidagi hamkorlik yangi bosqichga chiqmoqda
🎓 Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi direktori Sevara Shakirova hamda Qatar davlati Ta'lim nazorati boshqarmasi rahbari Fatima Al-Rashid boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida rasmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
✅ Muzokaralar davomida ta'lim sohasida ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, ilg‘or ta'lim metodikalarini joriy etish hamda tajriba almashish masalalari muhokama qilindi. Qatar tomoni Agentlik tizimida iqtidorli o‘quvchilarni tayyorlash, aniq va tabiiy fanlarni o‘qitish hamda xalqaro fan olimpiadalarida erishilayotgan natijalarni yuksak baholab, mazkur yo‘nalishlarda hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanini bildirdi.
✅ Uchrashuv yakunida STEM yo‘nalishida qo‘shma ta'lim dasturlarini yo‘lga qo‘yish, o‘quvchilar va pedagoglar almashinuvini tashkil etish, yozgi ta'lim oromgohlarini tashkil etish hamda xalqaro fan olimpiadalariga tayyorgarlik bo‘yicha qo‘shma loyihalarni rivojlantirish yuzasidan kelishuvga erishildi.
Tomonlar belgilangan tashabbuslarni izchil amalga oshirish va hamkorlikni yangi bosqichga olib chiqish bo‘yicha o‘zaro yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
#imtihon_natijalari
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🎓 PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SARALASH BOSQICHI NATIJALARI E'LON QILINMOQDA!
✅ Joriy yilning 25-iyun kuni o‘tkazilgan Prezident maktablarining 1-saralash bosqichi imtihon natijalari Cambridge xalqaro ta’lim tashkiloti tomonidan e’lon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini Cambridge Assessment International Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko’rishingiz mumkin:
https://www.cambridgeinternational.org/preselection-results-J26/
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
#qabul_2026
#imtihon_natijalari
🔴 Diqqat! Hurmatli ota-onalar!
🎓 Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari eʼlon qilindi!
✅ Joriy yilning 1-iyul kuni o‘tkazilgan Al-Beruniy nomidagi xalqaro maktab-internatining 1-bosqich imtihon natijalari Marshall Cavendish Education xalqaro taʼlim tashkiloti tomonidan eʼlon qilindi.
✅ Imtihon natijalarini Marshall Cavendish Education tashkilotining quyidagi rasmiy veb-sahifasi orqali ko‘rishingiz mumkin:
https://www.mceducation.com/examination-results-under-the-agency-for-specialized-educational-institutions-for-uzbekistan
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
+4
#Qarshi_PM
#Dolzarb_90_kun
🏐 "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida voleybol to‘garagi mashg‘ulotlari davom etmoqda!
🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida "Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida tashkil etilgan voleybol to‘garagi mashg‘ulotlari qizg‘in ruhda davom etmoqda.
⚫️ Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar voleybolning texnik va taktik elementlarini puxta o‘zlashtirish, jamoaviy hamkorlikni mustahkamlash hamda jismoniy tayyorgarlikni oshirishga qaratilgan amaliy mashqlarda faol ishtirok etmoqdalar.
⚫️Ushbu mashg‘ulotlar o‘quvchilarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, sportga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish va iqtidorlarini rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
📣DIQQAT E'LON
⚡️Qarshi shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi.
🟢O‘qituvchi:
✔️Ingliz tili o'qituvchisi;
✔️Biologiya fani o’qituvchisi;
✔️Tabiiy fanlar oʻqituvchisi (Science);
✔️Fizika fani oʻqituvchisi;
O’qituvchilarga qo’yilgan talablar:
🔸Ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo’lishi;
(Ingliz tili o'qituvchisi uchun kamida C1 daraja bo'lishi shart)
🔸O’z sohasi bo’yicha kamida 3 yillik ish tajribasiga ega bo’lishi.
🔸Davlat tilida yozma va og‘zaki nutqi ravon bo‘lishi;
🔸Raqamli-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish;
🔸Ishga masʼuliyat bilan yondashish va kirishuvchanlik.
Imkoniyatlar:
✅Ahil va professional jamoa;
✅Doimiy malakaviy o‘sish;
✅Iqtidorli o‘quvchilar;
✅Xalqaro konferensiya va treninglar;
✅Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.
Murojaat uchun quyida berilgan raqam telegram manzili orqali (+998996641646)
🔹Ma'lumotnoma;
🔹Diplom;
🔹Sertifikatlaringizni yuborishingiz so'raladi.
📰Nomzodlarning arizalari joriy yil 31-iyul sanasigacha (31-iyul kuni ham) qabul qilinadi.
🌐Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari:
📱Telegram | 📱Instagram |
📱Facebook | 📱YouTube
DIQQAT E'LON
Qarshi shahridagi Prezident maktabi Maktab maslahatchisi lavozimiga vakant e’lon qiladi.
Talablar:
⚫️Pedagogika, psixologiya yoki taʼlimda boshqaruv yo‘nalishida oliy ma’lumot;
⚫️Bakalavr darajasi xalqaro eʼtirof etilgan QS yoki Times Higher Education reyting tizimlarida TOP-1000 tarkibiga kiruvchi xorijiy oliy taʼlim muassasasida olingan bo‘lishi yoki xorijiy oliy taʼlim muassasasida magistr darajasiga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi;
⚫️Taʼlim sohasida 3 yildan kam bo‘lmagan ish tajriba (maslahatchilik tajribasi (maktab, oliy taʼlim yoki xalqaro dasturlarda) xalqaro reytingi yuqori bo‘lgan nufuzli xorijiy oliygohlarda malaka oshirganlik tajribasi qo‘llab-quvvatlanadi);
⚫️Davlat tilida yozma va og‘zaki nutqi ravon bo‘lishi;
⚫️Ingliz tili bo‘yicha xalqaro tan olingan sertifikat (IELTS - kamida 7.5 umumiy ball)ga ega bo‘lishi (CEFR shkalasi bo‘yicha kamida C1 darajada ingliz tilini bilishi, bunda yozma nutq (writing) darajasi C1 darajasidan past bo‘lmasligi shart);
⚫️O‘quvchilarga SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar va ularga tayyorgarlik ko‘rish bo‘yicha yetarlicha ko‘rsatmalar bera olishi;
⚫️O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga binoan pedagogik faoliyat bilan shug‘ullanishi uchun cheklovlar mavjud emasligi;
⚫️Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, raqamli platformalar, analitik maʼlumotlar bazasi va zamonaviy taqdimot vositalari bilan samarali ishlay olishi;
⚫️Raqamli-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalana olish;
⚫️Ishga masʼuliyat bilan yondashish va kirishuvchanlik.
Bilishi lozim:
⚫️Xalqaro taʼlim standartlari, STEM yondashuvlari, akademik ingliz tili, xalqaro qabul tizimlari, QS va THE kabi xalqaro universitet reytinglari haqida umumiy va amaliy maʼlumotlarni;
⚫️Xalqaro nufuzli universitetlar qabul jarayonlari, motivatsion insho, portfolio, scholarship, grantlar, SAT, IELTS va boshqa standartlashtirilgan testlar haqida maʼlumotlarni;
⚫️Zamonaviy va kelajak kasblari, xususan STEM, sunʼiy intellekt (AI), IT, muhandislik sohalari rivojlanish tendensiyalarini.
Imkoniyatlar:
✍️Ahil va professional jamoa;
✍️Doimiy malakaviy o‘sish;
✍️Iqtidorli o‘quvchilar;
✍️Boshqa ko‘plab imkoniyatlar.

🇺🇿Agentlik maktablari o‘quvchilari ShHT xalqaro ilmiy-ta'lim lagerida munosib ishtirok etiyaptilar
📍2026-yil 4–21-iyul kunlari Qirg‘iz Respublikasining Cho‘lponota shahrida Shanxay hamkorlik tashkiloti (ShHT)ga a’zo davlatlar o‘quvchilari uchun xalqaro ilmiy-ta’lim lageri bo‘lib o‘tmoqda.
🇰🇬 Qirg‘iz Respublikasi Ta’lim vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur nufuzli xalqaro loyihada O‘zbekiston delegatsiyasi ham faol ishtirok etmoqda. Delegatsiya tarkibidan Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari hamda Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 15 nafar iqtidorli o‘quvchisi o‘rin olgan.
O‘zbekiston delegatsiyasi tarkibi: 🟢 Andijon shahridagi Prezident maktabi — Xakimov Umidjon Sardorbek o‘g‘li 🟢 Buxoro shahridagi Prezident maktabi — Farmonov Sharifjon Sherali o‘g‘li 🟢 Farg‘ona shahridagi Prezident maktabi — Hayitova Odinaxon Jasurbek qizi 🟢 Guliston shahridagi Prezident maktabi — Sultonboyeva Zarina Rasul qizi 🟢 Jizzax shahridagi Prezident maktabi — Nuriddinova Dinara Shamsiddinovna 🟢 Namangan shahridagi Prezident maktabi — Raximjonov Fayzulloh Abdutolib o‘g‘li 🟢 Nurafshon shahridagi Prezident maktabi — Muminov Shohruhbek Dilshod o‘g‘li 🟢 Nukus shahridagi Prezident maktabi — Seylbekova Rayxan Abubakirovna 🟢 Nukus shahridagi Prezident maktabi — Jumabayev Jaqsiliq Polatbay o‘g‘li 🟢 Qarshi shahridagi Prezident maktabi — Xolboyeva Shaxriniso Xurshid qizi 🟢 Samarqand shahridagi Prezident maktabi — Hasanov Javohir Sherzod o‘g‘li 🟢 Termiz shahridagi Prezident maktabi — Xayrullayeva Baxoraxon Faxrullayevna 🟢 Toshkent shahridagi Prezident maktabi — To‘lqinov Shuxrat Turg‘un o‘g‘li 🟢 Xiva shahridagi Prezident maktabi — Bekmuratov Akbar Mansurbekovich 🟢 Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab — Taxirov Najmiddin Odilbek oʻgʻli✅ Ilmiy-ta’lim lageri ishtirokchilarga zamonaviy ilm-fan yutuqlari bilan yaqindan tanishish, xalqaro tajriba almashish, innovatsion g‘oyalarni muhokama qilish hamda turli mamlakatlardan kelgan tengdoshlari bilan do‘stona aloqalarni mustahkamlash uchun keng imkoniyat yaratmoqda.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor
RASMIY MUNOSABAT
📌 Joriy yilning 29-iyun kuni Agentlik tizimidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga 2026/2027-o‘quv yili uchun kirish imtihonlari jarayonida Qashqadaryo viloyatida 5-sinf uchun 1-variant imtihonlari test topshiriqlarining imtihon o‘tkazilayotgan hududidan olib chiqilgani hamda uchinchi shaxslarga tarqatilgani aniqlandi.
⏺ Mazkur holat yuzasidan belgilangan tartibda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar berildi. Hozirda holat vakolatli organlar tomonidan qonunchilikka muvofiq o‘rganilmoqda.
Dastlabki o‘rganishlar ushbu holat belgilangan tartibni buzgan ayrim shaxslarning noqonuniy harakatlari natijasida yuzaga kelganini ko‘rsatmoqda.
Bir kunda turli smenalarda imtihon topshirayotgan barcha talabgorlar uchun shaffof va adolatli baholash tamoyilini hamda validligini ta’minlash maqsadida test variantlarining tuzilishi, kognitiv darajasi spetsifikatsiyaga mos bo‘lishi xalqaro baholash amaliyotiga asoslangan jarayon hisoblanadi.⏺ Eslatib o‘tamiz, har bir smenada qollanilgan test topshiriqlari mazmunan mustaqil ishlab chiqiladi. Savollar hamda javob variantlari takrorlanmaydi va har bir variant alohida shakllantiriladi.
Hurmatli ota-onalar! Farzandlaringizni halollik, qonunlarga hurmat, teng raqobat va o‘z bilimiga ishonish ruhida tarbiyalashingizni so‘raymiz. Imtihon materiallarini noqonuniy olib chiqish, tarqatish yoki ulardan noqonuniy foydalanish amaldagi qonunchilikka muvofiq javobgarlikka sabab bo‘lishi mumkin.✅ Ma'lumot uchun: kirish imtihonlari respublika bo'ylab bir vaqtda boshlanib, bir vaqtda yakunlanadi. 🎓 Agentlik barcha kirish imtihonlarining ochiq, shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlash hamda har bir talabgorning bilimini xolis baholash tamoyiliga qat’iy amal qiladi.
Bizni kuzating💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal ✨Direktor