en
Feedback
Prezident maktabi | Qarshi shahri

Prezident maktabi | Qarshi shahri

Open in Telegram

http://t.me/pmqarshi https://www.instagram.com/pmarshi_official/ https://youtube.com/@pmqarshi_official1?si=bFywTwTX6RpYDwBB Shiorimiz: Biz o'quvchilarimizni nafaqat oliy ta'lim muassasalariga, shuningdek ularni katta hayotga ham tayyorlaymiz.

Show more
2 492
Subscribers
+124 hours
+87 days
-5330 days
Posts Archive
#Hamkorlik #Prezident_maktabi #Turon_yakka_kurash 🇺🇿 Yoshlarni sportga keng jalb etish — sog‘lom va barkamol avlod tarbiyas
+4
#Hamkorlik #Prezident_maktabi #Turon_yakka_kurash 🇺🇿 Yoshlarni sportga keng jalb etish — sog‘lom va barkamol avlod tarbiyasining muhim omilidir. 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida tahsil olayotgan o‘quvchi-yoshlarni jismonan baquvvat, irodali va vatanparvar ruhda tarbiyalash maqsadida O‘zbekiston Turon yakka kurash federatsiyasining Qashqadaryo bo‘limi bilan hamkorlik yo‘lga qo‘yildi. 🔸 Hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad — Prezident maktabi o‘quvchilarini “Turon yakka kurashi” sport turiga keng jalb etish, ularga mazkur sport turining asosiy qoidalari, usullari hamda texnik-taktik sirlarini o‘rgatish va sport bilan muntazam shug‘ullanishlarini yo‘lga qo‘yish. 🔸 Mazkur hamkorlik yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish hamda milliy sport turlarini rivojlantirishga xizmat qiladi. 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

🇺🇿Dars jarayonidan lavhalar 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar uchun qiziqarli va mazmunli dars jarayonla
+9
🇺🇿Dars jarayonidan lavhalar 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida o‘quvchilar uchun qiziqarli va mazmunli dars jarayonlari davom etmoqda. 🇺🇿 Bilim sari har bir qadam — kelajak sari muhim qadam! 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 🔰 Qarshi shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Tilavov Elbek Xalqaro SAT
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 🔰 Qarshi shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o’quvchisi Tilavov Elbek Xalqaro SAT imtihonidan 1540 ballni qo’lga kiritdi. 🎓Oʻquvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz! 🌐Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida “Kelajak
+9
🇺🇿 “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. 🔸 Mazkur mashg‘ulotlarda o‘quvchilarga Vatanga muhabbat, xalqimiz birdamligi, milliy qadriyatlar va yurtimizning porloq kelajagini bunyod etishda yoshlarning o‘rni haqida tushunchalar berildi. 🔸 O‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, yagona maqsad — tinch, farovon va taraqqiy etgan O‘zbekiston kelajagini yaratish yo‘lida yoshlarning mas’uliyati haqida fikr almashdilar. 🔸 Yagona Vatan! Yagona xalq! Yagona maqsad! 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida “Speech Time” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Haftanimg ilk kuni an’anaga ko‘ra O‘zbekist
+9
🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida “Speech Time” tadbiri bo‘lib o‘tdi. 🇺🇿 Haftanimg ilk kuni an’anaga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi bilan boshlandi. 🔸Shundan so‘ng maktabimizning 11-sinf o‘quvchilari tomonidan “Leadership: Students’ Union” — “Liderlik: O‘quvchilar ittifoqi” mavzusida taqdimotlar namoyish etildi. 🔸O‘quvchilar Students’ Union, uning maktab hayotidagi o‘rni, o‘quvchilar tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda liderlikning ahamiyati haqida o‘zlarining mustaqil fikrlarini slaydlar orqali yoritib berdilar. 🔸 Yosh liderlar — yangi g‘oyalar va katta tashabbuslar sari! 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 🔰 Qarshi shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Tursunov Azizbek Xalqaro I
#Bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor 🔰 Qarshi shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o’quvchisi Tursunov Azizbek Xalqaro IELTS imtihonidan 8 ballni qo’lga kiritdi. 🎓Oʻquvchimizga bundan-da katta muvaffaqiyatlar yor boʻlishini tilaymiz! 🌐Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

🇺🇿 “Yangi muhitga moslashuv” — psixologik trening 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quvchilarning maktab muh
+9
🇺🇿 “Yangi muhitga moslashuv” — psixologik trening 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quvchilarning maktab muhitiga tez va samarali moslashishiga ko‘maklashish maqsadida “Yangi muhitga moslashuv” mavzusida psixologik trening tashkil etildi. 🔸 Treningda 5-sinf o‘quvchilari va ularning ota-onalari ishtirok etib, yangi ta’lim muhiti, jamoaga moslashish, o‘zaro muloqot, ota-ona va farzand o‘rtasidagi psixologik qo‘llab-quvvatlash kabi muhim mavzularda amaliy mashg‘ulotlarda qatnashdilar. 🔸 Turli psixologik mashqlar va interaktiv metodlar orqali o‘quvchilarning yangi muhitga bo‘lgan ishonchini mustahkamlash, jamoaga tezroq kirishib ketish hamda ota-onalarga moslashuv davrida farzandlarini to‘g‘ri qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tavsiyalar berildi. 🔸 Yangi muhit — yangi do‘stlar, yangi imkoniyatlar va yangi marralar sari ilk qadam! 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

🇺🇿 5-sinf o‘quvchilari uchun “Ice Breaker” treningi 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida 5-sinf o‘quvchilarining yangi
+6
🇺🇿 5-sinf o‘quvchilari uchun “Ice Breaker” treningi 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida 5-sinf o‘quvchilarining yangi muhitga tezroq moslashishi, sinfdoshlar bilan yaqindan tanishishi va jamoada erkin muloqot qilishini ta’minlash maqsadida “Ice Breaker” nomli psixologik trening tashkil etildi. 🔸Trening maktab psixologi Bilol Boysunov hamda pedagog-tarbiyachi Dildora Burxonova tomonidan olib borildi. 🔸Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilar turli qiziqarli psixologik o‘yin va mashqlar orqali bir-birlarini yaxshiroq tanidilar, jamoaviy hamkorlik va o‘zaro ishonch muhitini shakllantirdilar. 🇺🇿 Qarshi shahridagi Prezident maktabi — bilim, tarbiya va do‘stlik maskani! 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

🇺🇿 QARSHI SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA TO‘GARAKLAR TAQDIMOTI 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quv yilida
+9
🇺🇿 QARSHI SHAHRIDAGI PREZIDENT MAKTABIDA TO‘GARAKLAR TAQDIMOTI 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida yangi o‘quv yilida o‘quvchilar uchun tashkil etilgan to‘garaklar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 🔸Tadbirning asosiy maqsadi — o‘quvchilarni maktabda faoliyat yuritayotgan to‘garaklar bilan yaqindan tanishtirish, ularning qiziqishlariga mos yo‘nalishni tanlashiga ko‘maklashish hamda bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdan iborat. 🔸Taqdimot davomida to‘garak rahbarlari o‘z yo‘nalishlari haqida o‘quvchilarga batafsil ma’lumot berdilar. Ustozlar mashg‘ulotlar davomida nimalarga e’tibor qaratilishi, qanday bilim va ko‘nikmalar shakllantirilishi hamda o‘quvchilar uchun yaratilgan imkoniyatlar haqida tushuntirishlar berdilar. 💻 IT va dasturlash to‘garagida zamonaviy texnologiyalar, dasturlash asoslari va raqamli ko‘nikmalarni egallash imkoniyatlari haqida ma’lumot berildi. 🤖 Robototexnika yo‘nalishida texnik ijodkorlik, robotlarni loyihalash va dasturlash, muhandislik fikrlashini rivojlantirish imkoniyatlari namoyish etildi. 🎤 Notiqlik san’ati to‘garagida o‘z fikrini aniq va ravon ifodalash, auditoriya oldida ishonch bilan chiqish hamda kommunikativ ko‘nikmalarni rivojlantirishga e’tibor qaratilishi ta’kidlandi. 🎭 Drama to‘garagi o‘quvchilarning aktyorlik mahorati, ijodkorligi, sahna madaniyati va jamoada ishlash qobiliyatlarini rivojlantirishga yo‘naltirilgani haqida ma’lumot berildi. 🏊 Suzish to‘garagida esa o‘quvchilarning jismoniy faolligi, suzish ko‘nikmalari va sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga qaratilgan mashg‘ulotlar haqida tushuntirish berildi. 🎨 Amaliy san’at to‘garagida o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini rivojlantirish, turli amaliy san’at yo‘nalishlari bilan tanishish va o‘z qo‘llari bilan ijodiy ishlar yaratish imkoniyatlari haqida so‘z yuritildi. 🔸Taqdimot o‘quvchilarda katta qiziqish uyg‘otib, har bir o‘quvchi o‘z qiziqishi va iste’dodiga mos yo‘nalish haqida kerakli ma’lumotlarga ega bo‘ldi. 🔸Prezident maktabida ta’lim — faqat dars bilan cheklanmaydi. Har bir o‘quvchining qiziqishi, iste’dodi va kelajakdagi maqsadi uchun imkoniyat yaratish — asosiy vazifalarimizdan biridir. 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

📣 Hurmatli mutaxassislar! ⚡️Qarshi shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi. 📚O’quv yo
📣 Hurmatli mutaxassislar! ⚡️Qarshi shahridagi Prezident maktabi quyidagi vakant lavozimlarga tanlov e’lon qiladi. 📚O’quv yordamchi xodim: Pedagog-tarbiyachi Talablar: 🔸Matematika, fizika, kimyo yoʻnalishlani tamomlagan boʻlishi lozim; 🔸Ingliz tilidan kamida B2 darajadagi milliy yoki xalqaro sertifikatga ega bo’lishi ustuvorlik beradi; 🔸O‘z sohasi bo‘yicha kamida 1 yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi; 🔸Zamonaviy kasbiy ko‘nikmalarga va mas’uliyat hissiga ega bo‘lishi. 📞Murojaat uchun telefon raqami: +998337452306 Kadrlar boʻyicha menejer Elyor Rahimov Imkoniyatlar: 🔸Ahil va professional jamoa; 🔸Doimiy malakaviy o‘sish; 🔸Iqtidorli o‘quvchilar; 🔸Xalqaro konferensiya va treninglar; 🔸Boshqa ko‘plab imkoniyatlar. 📅 Nomzodlarning arizalari joriy yilning 6-sentabr kuniga qadar qabul qilinadi. 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

🇺🇿 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” 🤩Qarshi shahridagi Prezident maktabida “YAGONA VA
+6
🇺🇿 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” 🤩Qarshi shahridagi Prezident maktabida “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” mavzusida “Kelajak soati” mashg‘ulotlari bo‘lib o‘tdi. 🔸Mashg‘ulotlar davomida o‘quvchilarga Vatanga muhabbat, xalqimizning birdamligi, tinchlik va osoyishtalikni qadrlash, yurtimiz kelajagiga daxldorlik hamda yoshlarning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rni haqida tushunchalar berildi. 🔸Shuningdek, o‘quvchilar mavzu yuzasidan o‘z fikr va mulohazalarini bildirib, Yangi O‘zbekiston kelajagini bunyod etishda yoshlarning bilim, intilish va tashabbuslari muhim ahamiyatga ega ekanini ta’kidladilar. 🔸Yagona Vatan — yagona maqsad! Yagona xalq — buyuk kelajak! 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

🇺🇿 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy s
+9
🇺🇿 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

🇺🇿 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida O‘zbekist
+9
🇺🇿 “YAGONA VATAN, YAGONA XALQ BO‘LIB, YANGI HAYOT VA KELAJAK YARATAMIZ!” 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi hamda yangi o‘quv yilining boshlanishi munosabati bilan “Yagona vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” shiori ostida tantanali bayram dasturi bo‘lib o‘tdi. 🔸Bayram tadbiri ko‘tarinki ruhda, Vatanga muhabbat va istiqlol g‘oyalari bilan yo‘g‘rilgan holda tashkil etildi. Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Vatan, Mustaqillik va ezgu orzularni tarannum etuvchi she’rlar, kuy-qo‘shiqlar, raqslar hamda badiiy chiqishlar namoyish etildi. 🔸Tadbirning eng hayajonli va unutilmas lahzalaridan biri maktabimiz o‘quvchilari safiga yangi qo‘shilgan 5-sinf o‘quvchilarini tantanali kutib olish marosimi bo‘ldi. 🔸 Yangi o‘quvchilarga Prezident maktabi o‘quvchisi ekanligini ifodalovchi znachoklar tantanali ravishda taqildi. 🔸Shuningdek, 5-sinf o‘quvchilariga ta’lim olishlari va zamonaviy bilimlarni egallashlari uchun Prezident sovg‘asi — noutbuklar taqdim etildi. 🔸 Marosim yakunida yosh o‘quvchilar Prezident maktabi o‘quvchisi sifatida qasamyod qabul qilib, Vatanga sadoqatli, bilimli, intiluvchan va munosib farzand bo‘lishga tantanali ravishda va’da berdilar. 🔸 Yangi o‘quv yilining ilk kunlari yoshlarimiz qalbida katta orzular, yuksak maqsadlar va kelajakka bo‘lgan ishonch bilan boshlandi. 🇺🇿Mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! 📚Yangi o‘quv yili muborak, aziz o‘quvchilar! 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

Repost from E’zoza Karimova
Qadrli o‘quvchilar! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Muhtaram ota-onalar! Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yi
Qadrli o‘quvchilar! Hurmatli ustoz va murabbiylar! Muhtaram ota-onalar! Barchangizni jonajon Vatanimiz mustaqilligining 35 yilligi shukuhi bilan uyg‘un holda kirib kelgan yangi o‘quv yili — Bilimlar kuni bilan samimiy muborakbod etaman. Ayniqsa, bugun “Birinchi qo‘ng‘iroq” sadolari ostida qalbi hayajon va orzularga to‘lib, maktab ostonasiga ilk bor qadam qo‘yayotgan aziz bolajonlarimizni hamda ularning ota-onalarini ushbu unutilmas kun bilan alohida qutlayman. Davlatimiz rahbari boshchiligida ta’limni rivojlantirish, ustozlarning jamiyatdagi o‘rni va nufuzini oshirish, farzandlarimizning zamonaviy bilim va kasb-hunar egallashi uchun munosib sharoit yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Maktablarimizning qiyofasi va mazmuni yangilanib, ta’lim jarayoniga zamonaviy yondashuvlarning kirib kelayotgani yoshlarimiz uchun yangi imkoniyatlar eshigini ochmoqda. Bu imkoniyatlarning amaliy natijasini o‘quvchilarimiz erishayotgan yutuqlarda yaqqol ko‘rib turibmiz. Yoshlarimizning xalqaro fan olimpiadalari, nufuzli tanlovlar, sport va ijodiy bellashuvlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilayotgani, bitiruvchilarimizning yurtimiz va xorijdagi yetakchi oliy ta’lim muassasalarida tahsil olish imkoniyatini qo‘lga kiritayotgani barchamizga katta faxr bag‘ishlaydi. Ishonamanki, yangi o‘quv yilida ham ustozlarimizning fidokorona mehnati, ota-onalarimizning doimiy qo‘llab-quvvatlashi va o‘quvchilarimizning bilimga intilishi yangi yutuqlarga zamin yaratadi. Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy xotirjamlik, o‘qish va mehnat faoliyatingizda ulkan muvaffaqiyatlar tilayman. Yangi o‘quv yili barchamizga muborak bo‘lsin! Hurmat bilan, E’zoza Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabri
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz maktablari o‘quvchilari va ustoz-murabbiylariga tabrigi
Aziz farzandlarim! Qadrli ustoz va murabbiylar! Hurmatli ota-onalar! Barchangizni Vatanimiz mustaqilligining 35 yillik qutlug‘ bayramiga uyg‘un va hamohang holda o‘tayotgan Bilimlar kuni bilan chin dildan samimiy muborakbod etaman. Ushbu quvonchli ayyomda beg‘ubor nigohlarida hayrat va hayajon uchqunlari porlab, katta orzu-intilishlar bilan maktab ostonasiga qadam qo‘yayotgan 800 ming nafarga yaqin o‘g‘il-qizlarimizga, ota-onalar va pedagoglar jamoatchiligiga o‘zimning ezgu tilaklarimni bildiraman. Yangi o‘quv yili mamlakatimizning butun ta’lim tizimida, maktab, litsey, texnikum va oliygohlarimiz hayotida yangi ma’rifiy yuksalish yili bo‘lsin! Hurmatli bayram ishtirokchilari! Keyingi yillarda ta’lim-tarbiya sohasida amalga oshirayotgan keng ko‘lamli islohotlarimiz tufayli Yangi O‘zbekiston maktablari butunlay yangicha qiyofa kasb etib, ta’lim sifati takomillashib borayotganini barchamiz ko‘rib turibmiz. Ana shunday muhitda ulg‘ayib, kamolga yetayotgan, o‘qish, kasbiy ta’lim, “Ay-ti”, ijodiy izlanishlar, sport, jamoat ishlarida dastlabki yutuqlari bilan ota-onalar va ustozlarni xursand qilayotgan o‘g‘il-qizlarimiz – bizning nurli kelajagimiz, oltin fondimizdir. Bunday bilimli, zukko, tirishqoq va intiluvchan, saflari yil sayin kengayib borayotgan farzandlarimiz timsolida biz Uchinchi Renessans nihollarini ko‘ramiz. Ularning har birini gurkirab o‘sadigan azim daraxt, yorug‘ istiqbolimiz ustunlari etib tarbiyalash – muqaddas vazifamizdir. Hech shubhasiz, bunday ulug‘ maqsadlarga yetishda mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qiladigan ta’lim-tarbiya sohasini rivojlantirishga biz bundan buyon ham ustuvor ahamiyat qaratamiz. Maktab bag‘ridan katta hayotga yo‘llanma oladigan farzandlarimiz puxta bilim bilan birga, albatta kamida bitta zamonaviy kasb-hunarni egallab chiqishi uchun barcha sharoitlarni yaratamiz. Buning uchun hududlarda “Kasblar shaharchalari”ni yaratib, zamonaviy tajriba hamda ilg‘or mutaxassislarni jalb etamiz. Aziz farzandlarim, sizlarga baxtli va saodatli hayot eshiklarini ochadigan kalit ham, umr yo‘llaringizda paydo bo‘ladigan murakkab savollarning yechimi, sinov va mashaqqatlarni yengib o‘tishning kafolati ham faqat bilim, bilim va bilimdir. Go‘zal yoshlikning har bir daqiqasini qadrlab, yangi ilm, g‘oya va innovatsiyalarni, kasb va hunarlarni, ona tilimiz, boy tariximiz va madaniyatimiz asoslarini puxta egallang. Jahon tarixi va xorijiy tillarni ham astoydil o‘rganing. Izlanish va harakatdan hech qachon to‘xtamang. Ajdodlarimizdan meros bo‘lgan tabarruk zaminimizni butun qalbingiz, yuragingiz bilan seving, xalqimiz va Vatanimizga cheksiz sadoqat tuyg‘ulari bilan yashang! Shu yo‘lda mehribon ustozlaringiz, ota-onalaringizni eng yaqin do‘st va maslahatchi deb biling! Sizlarga yangi o‘quv yilini a’lo baholar bilan boshlab, har bir o‘quv choragini muvaffaqiyatli yakunlashni, sihat-salomatlik, omad va zafar yor bo‘lishini tilayman. Bilimlar bayrami barchangizga muborak bo‘lsin, aziz farzandlarim!   Shavkat Mirziyoyev, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X

Repost from Sevara Shakirova
🇺🇿MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT, KELAJAK OLDIDAGI BUYUK MAS’ULIYAT! Aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, ota-onalar va yoshl
🇺🇿MUSTAQILLIK — ENG ULUG‘ NE’MAT, KELAJAK OLDIDAGI BUYUK MAS’ULIYAT! Aziz yurtdoshlar! Qadrli ustozlar, ota-onalar va yoshlar!
Sizlarni jonajon O‘zbekistonimiz davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan chin qalbimdan muborakbod etaman!
Mustaqillik — xalqimizning o‘z taqdirini o‘zi belgilashi, o‘z kuch va salohiyatiga tayanib kelajagini bunyod etishi uchun berilgan bebaho imkoniyatdir. Bugun yoshlarimizning katta orzular bilan ulg‘ayayotgani, ilm-fan, ta’lim, ijod va sportda yuksak marralarni zabt etib, xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarayotgani — istiqlolimiz bergan imkoniyatlarning yorqin ifodasidir.
Men uchun Mustaqillikning eng go‘zal timsollaridan biri — o‘z Vatanida katta orzu qilish, bilim olish, izlanish, yaratish va o‘z salohiyatini ro‘yobga chiqarish imkoniyatiga ega bo‘lgan avloddir.
Aziz yoshlar, dunyodagi eng yuksak marralarni ko‘zlang, bilimingiz va iste’dodingiz bilan Vatanimiz ravnaqiga munosib hissa qo‘shing. Qalbingizda esa doimo O‘zbekiston bo‘lsin! Ushbu qutlug‘ ayyomda barcha yurtdoshlarimizga mustahkam sog‘lik, oilaviy baxt, xonadonlariga fayz-u baraka, yurtimizga tinchlik va farovonlik tilayman. 🇺🇿 Mustaqilligimiz abadiy, Vatanimiz tinch, xalqimiz hamisha farovon bo‘lsin!Rasmiy sahifalar

#Mustaqillik_shukuhi #YagonaVatan35 🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! Hurmatli yurtdoshlar! 🇺🇿 Sizlarni
#Mustaqillik_shukuhi #YagonaVatan35 🇺🇿 MUSTAQILLIGIMIZNING 35 YILLIGI MUBORAK BO‘LSIN! Hurmatli yurtdoshlar! 🇺🇿 Sizlarni O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etamiz! Ushbu qutlug‘ ayyomda barchangizga mustahkam sog‘liq, oilaviy farovonlik, tinchlik-xotirjamlik va ulkan muvaffaqiyatlar tilaymiz. Yurtimiz tinch, xalqimiz farovon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi
Bizni kuzating
💻web 🌐Telegram ▶️YouTube 🌐Instagram 🌐Facebook ⚙️Portal Direktor

Repost from E’zoza Karimova
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar! Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘
Qadrli yurtdoshlar, hurmatli ustozlar va aziz o‘quvchi-yoshlar! Barchangizni xalqimiz uchun eng ulug‘ va eng aziz bayram — O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi bilan samimiy muborakbod etaman! Bugun davlatimiz rahbari tomonidan ta’limga qaratilayotgan yuksak e’tibor, maktabgacha va maktab ta’limi tizimida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar zamirida ham ulug‘ bir maqsad mujassam — farzandlarimizning baxtli kelajagini ta’minlash, ularni bilimli, mustaqil fikrlaydigan, Vatan taqdiriga daxldor avlod etib tarbiyalash. Hurmatli ustozlar! Har bir farzandning qalbida ilmga mehr uyg‘otish, uning iste’dodini yuzaga chiqarish, hayotda o‘z yo‘lini topishiga ko‘maklashishdek ulug‘ vazifani sidqidildan ado etib kelmoqdasiz. O‘quvchilarimizning har bir yutug‘ida sizning bilimingiz, sabr-toqatingiz va fidokorona mehnatingiz bor. Buning uchun barchangizga chuqur minnatdorlik bildiraman. Aziz o‘quvchilar! Sizlarning har bir yutug‘ingiz biz uchun quvonch va faxrdir. Bugun olayotgan bilimingiz, qilayotgan izlanishlaringiz va oldingizga qo‘yayotgan maqsadlaringiz ertaga nafaqat o‘z hayotingizni, balki Vatanimiz kelajagini ham belgilaydi. O‘z kuchingizga ishoning, bilim olishdan va izlanishdan hech qachon to‘xtamang. Davlatimiz rahbari ta’kidlaganlaridek, Vatanimizning oltin davrini, yangi buyuk tarixini, albatta, barchamiz birgalikda yaratamiz! Aziz yurtdoshlar! Shu qutlug‘ ayyomda har bir xonadonga tinchlik, fayz-u baraka va farovonlik tilayman. Yurtimiz tinch, osmonimiz musaffo, xalqimiz omon, mustaqilligimiz abadiy bo‘lsin! Hurmat bilan, E’zoza Karimova Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri ✉️ Telegram 📱 Instagram 🗳 Facebook

🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Feruza Anvarovna tomonidan maktab psixologi, pedagog-tarbiyachilar, to‘garak rahbarlari hamda hamshiralar ishtirokida pedagogik-psixologik seminar-trening tashkil etildi. 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube

📚 PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o
+9
📚 PEDAGOGIK-PSIXOLOGIK SEMINAR-TRENING 🤩 Qarshi shahridagi Prezident maktabida Ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari Feruza Anvarovna tomonidan maktab psixologi, pedagog-tarbiyachilar, to‘garak rahbarlari hamda hamshiralar ishtirokida pedagogik-psixologik seminar-trening tashkil etildi. 🔸 Seminar-treningning asosiy maqsadi — mas’ul xodimlarning maktab o‘quvchilari bilan samarali ishlash, ularning psixologik holatini to‘g‘ri anglash, individual yondashuvni shakllantirish hamda tarbiyaviy jarayonni yanada samarali tashkil etish bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirishdan iborat bo‘ldi. 🔸 Trening davomida o‘quvchilar bilan muloqot qilish, turli vaziyatlarda to‘g‘ri yondashuvni tanlash, ularning qiziqish va ehtiyojlarini inobatga olish hamda sog‘lom psixologik muhitni yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 🔸 Seminar ishtirokchilari amaliy mashg‘ulotlar va interaktiv topshiriqlar orqali o‘z bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlab oldilar. 😀Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: 📱Telegram | 📱Instagram | 📱Facebook | 📱YouTube