cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Prezident maktabi | Qarshi shahri

Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy Telegram sahifasi. Shiorimiz: Biz o'quvchilarimizni nafaqat oliy ta'lim muassasalariga, shuningdek ularni katta hayotga ham tayyorlaymiz. Murojaat: 75 220 07 70

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
2 256
Obunachilar
+424 soatlar
-47 kunlar
+14430 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
🌙Qurbon hayitingiz muborak bo'lsin! ⚡️Muhtaram ustozlar, o'quvchi yoshlar, ota-onalar va kanalimiz kuzatuvchilari sizni va barcha oila a'zolaringizni - Qurbon hayiti ayyomi bilan muborakbod etamiz. ✨Sizlarga va oila a'zolaringizga, ikki dunyo saodatini tilab qolamiz. 🤲Jonajon O'zbekistonimiz osmoni doimo shunday musaffo bo'lsin. ✅Hurmat bilan Qarshi shahridagi Prezident maktabi jamoasi.
Dunyo bir bog’dir mevasi inson, Insonning mag’izi e‘tiqod iymon. Iymonga quvvatdir hur-u salovat, Ahli islom shodligi «HAYIT» muborak!
Qarshi shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari: Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 4👏 4🏆 2
Repost from Hilola Umarova
Photo unavailableShow in Telegram
Qadrli hamkasblar, hurmatli pedagoglar! Avvalo barchangizni chinakam insoniylik, ezgu qadriyatlar, o‘zaro hurmat, mehr-saxovat ayyomi — Qurbon hayiti bayrami bilan samimiy tabriklayman hamda o‘zimning eng ezgu tilaklarimni bildirib qolaman. Muhtaram Prezidentimiz boshchiligida mamlakatimizda Uchinchi Renesans davrining poydevori aynan ta’lim islohotlari asosida qurilayotganligi va bu jarayonda siz aziz hamkasblarimiz sidqidildan ishtirok etayotganingiz tizim yetakchisi sifatida meni juda xursand qiladi. Bu jarayonlarda sizlar bilan bir safda yelkama-yelka turib xizmat qilish men uchun ham faxr, ham ulkan mas’uliyatdir. Shuni unutmasligimiz kerakki, ta’lim sohasi millatimiz yuksalishi hamda uning kelajak rivojida muhim rol o‘ynaydi. Bu haqiqatni barchangiz teran anglagansiz. Shu boisdan sizlarni hech ikkilanmay ana shu savobli ishlarning mohir muhandislari, deb atasam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Aziz do‘stlar, muhtaram ustozlar! Barchangizni muqaddas Qurbon hayiti bayrami bilan yana bir bor muborakbod etaman. Oilangizga xotirjamlik, baxt va omad hamisha hamroh bo‘lishini tilayman. Hilola Umarova, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyevning O’zbekiston xalqiga Qurbon hayiti tabrigi Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #eslatma 🔔 HURMATLI OTA-ONALAR VA OʻQUVCHILAR! 📶 Qurbon hayiti munosabati bilan eʼlon qilingan dam olish kunlarida ham ariza.piima.uz sayti ish faoliyatida boʻladi. ‼️ Shuningdek, Agentlik tizimidagi maktablarda qabul yuzasidan tashkil etilgan ISHCHI GURUHLAR ham soat 09:00dan 18:00gacha tasdiqlangan grafik asosida navbat bilan faoliyat olib boradi. ☎️ Qolaversa, 1206 qisqa raqamli Call-markaz 09:00dan 19:00gacha xizmat ko’rsatadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
01:12
Video unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #call_markaz #press_tur ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida bo‘lib o‘tgan press-tur jarayonlaridan videolavha. Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mazkur Call-markaz shu yilning 1-oktyabriga qadar har kuni soat 09:00dan 19:00gacha faoliyat koʻrsatadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
qabul_2024_sd_asas.mp419.04 MB
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun 🪪 Agentlik tizimidagi maktablarga ariza.piima.uz sayti orqali arizalar kelib tushmoqda. 📊Ushbu arizalarning 15-iyun soat 11:00 holatidagi statistikasi bilan yuqoridagi infografikada tanishishingiz mumkin. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ⏰ Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablariga,Ijod maktablariga,Ixtisoslashtirilgan maktablariga 2024/2025-o‘quv yili uchun hujjat topshirish mudddati tugashiga 5 kun qoldi. 📶 ariza.piima.uz sayti arizalar qabul qilishni 20-iyun kuni soat 00:00da tugatadi. 📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
#Vazir_soati Joriy yilning iyun-iyul oylari “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovi o‘tkaziladi ✅ Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova boshchiligida davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlari metodist va tarbiyachilari o‘rtasidagi “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini o‘tkazish, O‘zbekistonning PISA 2025 tadqiqotida ishtirokini tashkil etish jarayonlari hamda ijro intizomi masalalariga bag‘ishlangan “Vazir soati” bo‘lib o‘tdi. Videokonferensiya shaklida tashkil etilgan tadbirda vazir o‘rinbosarlari, vazirlik mas’ullari hamda hududiy boshqarmalar boshliqlari ishtirok etdi. Vazir Hilola Umarova kun tartibidagi masalalarga o‘tishdan oldin joriy yilning aprel-may oylarida bo‘lib o‘tgan vazirlik tizimidagi pedagoglarni attestatsiyadan o‘tkazish jarayonlariga to‘xtalib o‘tdi. Qayd etilganidek, ushbu sinovlarda 189 858 nafar o‘qituvchi ishtirok etdi hamda ularning 33 035 nafari yoki 17,4 foizi majburiy, 156 823 nafari yoki 82,6 foizi navbatdan tashqari attestatsiyalarda qatnashdi. Jarayonlarni shaffof va adolatli o‘tishini ta’minlashda vazirlik va uning tizimidagi barcha tashkilotlar vakillari o‘z vakolatlari doirasida tizimli ish olib borishgani e’tirof etildi. ⚡️Bundan tashqari, Buxoro shahrida o’tkazilgan “Turon” maktab teatri tanlovining Respublika bosqichi va Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasini yuqori saviyada tashkil etilganligi ham alohida qayd etildi. Yig‘ilishda muhim masalalardan biri sifatida, davlat maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan yuqori malakali metodist va tarbiyachilar o‘rtasida o‘tkazilishi belgilangan “Yilning eng yaxshi tarbiyachisi” kasbiy ko‘rik-tanlovini tashkil etish jarayonlariga atroflicha to‘xtalib o‘tildi. Aytilganidek, mazkur tanlovning respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan o‘rta-maxsus ma’lumotli tarbiyachilar oliy ta’lim muassasalarining “Maktabgacha ta’lim” yo‘nalishiga davlat granti asosida o‘qishga kirish imtiyozini qo‘lga kiritishadi. ❗️Shuningdek, vazir yig’ilish davomida barchani Qurbon hayiti bayrami bilan tabriklab, o’z ezgu tilaklarini bildirdi. 👉 Batafsil: https://uzedu.uz/uz/news/1640 Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish: ❤ Telegram 🌐 Facebook 🌐 Youtube 🌐 Instagram 🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#qabul_2024 #1_iyun_20_iyun ❓Ixtisoslashtirilgan maktabga hujjat topshirishda kundalik.comdagi baholar rasmini yuklash mumkinmi?
➖Kundalik.comning o‘quvchiga joriy o‘quv yilida qo‘yilgan baholar qismini chiqarib, keyin ariza.piima.uz saytiga yuklash mumkin. ❗️Diqqat, Prezident maktablariga hujjat topshirayotgan o‘quvchi baholar tabelining nusxasi direktor tomonidan tasdiqlangan bo‘lishi kerak.
❓Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga imtihon savollari qanday manbalardan olinadi? Imtihon savollari o‘qishga hujjat topshirgan o‘quvchilarning yoshi va maktabda o‘qigan fanlarini inobatga olgan holda tuzilganmi?
➖Mazkur maktablarga kirish imtihonlari savollari taʼlim dasturlariga muvofiq ishlab chiqilgan spetsifikatsiyalarga asosan tuziladi.
❓Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent shahrida joylashgan Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga turli viloyatlardan o‘quvchilar o‘qishga hujjat topshira olishadimi?
➖Muhammad al-Xorazmiy, Abu Ali ibn Sino va Mirzo Ulug‘bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablarga o‘quvchilar yurtimizning barcha hududlaridan o‘qishga hujjat topshirishlari mumkin.
📺 Maktablarga onlayn ariza topshirish bo‘yicha video-qoʻllanma. ☎️ Call-markaz: 1206 Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
1👍 1
#qabul_2024 #call_markaz #press_tur ⚡️Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligida Qabul-2024 bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati bilan OAV vakillarini yaqindan tanishtirish maqsadida press-tur tashki etildi. Bugungi kunda Agentlik tizimida 14 ta Prezident maktabi, 9 ta ijod maktabi hamda 182 ta ixtisoslashtirilgan maktab faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Ushbu maktablarga 1-iyundan boshlab hujjatlar ariza.piima.uz sayti orqali 20-iyungacha onlayn qabul qilinmoqda. Ota-ona va o‘quvchilarga yanada qulaylik yaratish maqsadida joriy yilning 10-may kunidan 1206 qisqa raqamli Call-markaz faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib kuniga 3000 mingga yaqin murojaatlarga batafsil javob berib kelinmoqda. Agentlik tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida joylashgan mazkur Call-markaz shu yilning 1-oktyabriga qadar har kuni soat 09:00dan 19:00gacha faoliyat koʻrsatadi. Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
Hammasini ko'rsatish...
🔥 2