Kvant va Koinot
Kanalga Telegram’da o‘tish
Bu kanaldan siz Kvant fizikasi va Astronomiyaga bog'liq bo'lgan qiziqarli ma'lumotlarni topasiz.💡 📲 ADMIN: @toshkent1777 @Kvant_uzb_bot
Ko'proq ko'rsatish3 575
Obunachilar
-224 soatlar
+4427 kunlar
+15430 kunlar
Ma'lumot yuklanmoqda...
O'xshash kanallar
Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Iyul '26
Iyul '26
+582
2 kanalda
Iyun '26
+1 037
45 kanalda
Get PRO
May '26
+1 218
7 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+155
7 kanalda
Get PRO
Mart '26
+1 738
8 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+106
2 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+140
11 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+195
6 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+139
8 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+173
14 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+598
2 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+51
2 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+148
4 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+209
10 kanalda
Get PRO
May '25
+1 878
6 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+148
4 kanalda
Get PRO
Mart '25
+124
5 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+91
3 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+1 131
2 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+136
10 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+253
17 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+121
14 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+194
5 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+243
3 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+110
0 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+142
3 kanalda
Get PRO
May '24
+136
1 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+91
1 kanalda
Get PRO
Mart '24
+263
5 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+78
1 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+1 554
1 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+128
0 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+35
1 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+25
0 kanalda
Get PRO
Sentabr '23
+1 227
0 kanalda
Get PRO
Avgust '23
+7
0 kanalda
Get PRO
Iyul '23
+26
0 kanalda
Get PRO
Iyun '23
+2 569
0 kanalda
| Sana | Obunachilarni jalb qilish | Esdaliklar | Kanallar | |
| 24 Iyul | +15 | |||
| 23 Iyul | +3 | |||
| 22 Iyul | +4 | |||
| 21 Iyul | 0 | |||
| 20 Iyul | +496 | |||
| 19 Iyul | +1 | |||
| 18 Iyul | +10 | |||
| 17 Iyul | +2 | |||
| 16 Iyul | +1 | |||
| 15 Iyul | +3 | |||
| 14 Iyul | +2 | |||
| 13 Iyul | +2 | |||
| 12 Iyul | +5 | |||
| 11 Iyul | +1 | |||
| 10 Iyul | +6 | |||
| 09 Iyul | +4 | |||
| 08 Iyul | +11 | |||
| 07 Iyul | +3 | |||
| 06 Iyul | 0 | |||
| 05 Iyul | +5 | |||
| 04 Iyul | 0 | |||
| 03 Iyul | +5 | |||
| 02 Iyul | 0 | |||
| 01 Iyul | +3 |
Kanal postlari
Kvant kompyuterlari va kiberxavfsizlik kelajagi: Bizni nimalar kutmoqda?
Texnomuxlis jamoasi tomonidan kvant kompyuterlarining kriptografiyaga solayotgan tahdidiga bag'ishlab tahliliy video tayyorlandi. Ushbu videoni texnomuxlisning youtube sahifasida tomosha qilishingiz mumkin. Agar shunday tahliliy videolar sizga qiziq bo'lsa, fikrlaringizni izohlarda yozib qoldiring. Video manzili: 👉Bu yerda
@texnomuxlis | #Kvant #Youtube
| 2 | O'zbekiston osmonida nima uchgan edi? 1980-yillarning oxiri va 1990-yillarning boshida butun sobiq Ittifoq bo‘ylab "НЛО" (NUJ) shov-shuvlari avj olgan edi. 1990-yil mart-aprel oylarida Toshkent shahrida bir nechta guvohlar osmonda g‘alati, likopchasimon va nur taratuvchi obyektlarni suratga olishadi. Bu suratlar keyinchalik xalqaro ufologik arxivlarga va sovet tadqiqotchisi German Kolchinning hujjatli materiallariga kiritilgan. Keyinchalik bu suratlarning aksariyati optik illyuziya, atmosfera hodisasi yoki laboratoriya tajribalaridagi obyektiv xatolari (masalan, shisha yuzasidan qaytgan yorug‘lik) ekani taxmin qilingan bo‘lsa-da, fotosuratlar haligacha xalqaro arxivlarda "Tashkent UAP Case 1990" nomi bilan saqlanadi. 1970–1980-yillarda SSSR Mudofaa vazirligi "Setka-MO" (va keyinchalik "Galaktika") deb nomlangan maxfiy harbiy dasturni amalga oshirgan. Maqsad-sovet havo hududida noma’lum uchuvchi obyektlar va anomal hodisalarni harbiy va ilmiy nuqtai nazardan o‘rganish edi. Radioelektron razvedka va astronomik kuzatuv markazlari (shu jumladan Maydanak va Parkent atrofidagi ilmiy inshootlar) osmondagi har qanday noaniq optik signal yoki meteorit parchalarini qayd etib borgan. Ko'pchilik "O‘zga sayyoraliklar" deb o‘ylagan hodisalar aslida harbiy raketalarning sinovlari yoki yo‘ldoshlarning atmosferada yonib ketishi bo‘lib chiqqan. 1991-yilda suratga olingan afsonaviy "Abdullajon" filmi shunchaki fantastika emas edi! Rejissyor Zulfiqor Musoqov aynan o‘sha yillarda jamiyatda avj olgan "o‘zga sayyoraliklar kelishi" haqidagi shov-shuvlar va qishloqlardagi mish-mishlardan ilhomlanib bu durdonani yaratgan. Ilm-fan nuqtai nazaridan yondashsak, osmondagi noma'lum obyektlarning 99%i kosmik chiqindilar, noyob plazma hodisalari yoki harbiy sinovlardir. Lekin 1990-yilgi Toshkent osmonidagi obyektlar siri hamon g‘aroyib tarixiy fakt sifatida saqlanib qolmoqda!
@kvant_uzb | 293 |
| 3 | «Perseverance» tomonidan 2026-yil 16-iyulda, Marsdagi 1921-kunda olingan surat👀
@kvant_uzb | 393 |
| 4 | #yumor
Yulduzlarga qarab, koinot naqadar cheksizligini o‘ylash odamga tinchlik beradi. To o'sha cheksiz koinotda sizning oylik maoshingiz hatto mikroskopda ham ko'rinmasligini anglab yetmaguningizcha.🌌
@kvant_uzb | 511 |
| 5 | Kvant fizikasida "masofa" va "uzunlik" biz ko'rib o'rgangan olamnikidan tamoman farq qiladi. Olamimizda eng kichik masofa chegarasi bor-Plank uzunligi, undan kichikroq masofa fizikada shunchaki mavjud bo'la olmaydi. Kompyuter ekranidagi eng kichik nuqta-piksel bo'lganidek, koinot va fazoning o'zi ham kvant darajasida "donalashtirilgan". Kvant olamida obyektlarning aniq chegarasi yoki radiusi bo'lmaydi. Masalan, olimlar proton radiusi elektronlar yordamida o'lchaganda bir natija, muonlar (og'irroq zarracha) bilan o'lchaganda esa mutlaqo boshqa (kichikroq) natija olishgan. Kvant obyekti qayerda tugab, bo'shliq qayerdan boshlanishini aniq aytib bo'lmaydi-zarrachalar "noaniqlik buluti" ko'rinishida mavjud bo'ladi.
@kvant_uzb | 520 |
| 6 | Fotosintez jarayonida quyosh nuri (foton) bargga tushganda, u kimyoviy reaksiyaga kirishish uchun eng qulay yo'lni topishi kerak. Foton bir vaqtning o‘zida barcha mumkin bo‘lgan yo‘nalishlar bo‘ylab harakatlanadi (kvant superpozitsiyasi). Shu sababli fotosintez samaradorligi deyarli 100% ni tashkil etadi!
@kvant_uzb | 487 |
| 7 | «Apollon-11»: Oy orbitasiga kirish!
1969-yil 19-iyul kuni Yerdan 76 soatlik parvozdan so‘ng «Apollon-11» kosmik kemasi Oy orbitasiga kirdi. Bortdagi astronavtlar-Nil Armstrong, Maykl Kollinz va Bazz Oldrin keyingi kungi tarixiy qo‘nishga zamin yaratdilar. Dvigatel Oyning orqa tomonida-Yer bilan aloqa mutlaqo bo‘lmagan hududda yoqildi. Dvigatel roppa-rosa 357,5 soniya ishlab, kemani barqaror orbitaga olib chiqdi. Aloqa tiklangach, Armstrong Xyustonga xabar berdi: *«Apollo 11 is in lunar orbit now»*. Ertasi kuni, 20-iyulda esa insoniyat tarixida ilk bor Oy yuzasiga qadam qo‘yildi!
@kvant_uzb | 442 |
| 8 | Nega koinotda trillionlab yulduzlar bo‘lsa ham u qorong‘u??
Agar koinot cheksiz va yulduzlarga to‘la bo‘lsa, tungi osmon quyoshdek charog‘on bo‘lishi kerak edi. Nur bizgacha yetib kelishga ulgurmagan. Biz kuzatadigan koinotning yoshi taxminan 13.8 milliard yil. Yorug‘lik tezligi chekli bo‘lgani uchun, 13.8 milliard yorug‘lik yilidan uzoqroqdagi yulduzlarning nuri hali Yerga yetib kelmagan. Koinot doimiy ravishda kengaymoqda. Uzoqlashayotgan galaktikalardan tarqalayotgan yorug‘lik to‘lqinlari koinot kengayishi sababli "cho‘ziladi". Natijada ko‘rinadigan yorug‘lik infraqizil va mikroto‘lqinli diapazonga o‘tib ketadi odam ko'zi esa buni ko‘ra olmaydi! Agar ko‘zimiz infraqizil yoki mikroto‘lqinli nurlarni ko‘ra olganda edi, tungi osmon mutlaqo charog‘on bo‘lardi. Koinot Olam yaratilishidan qolgan KOSMIK MIKROTO‘LGINLI FON (Relikt nurlanish) bilan lip-lip yonib turadi. Koinot qorong‘u emas, shunchaki bizning ko‘zlarimiz uning barcha ranglarini ko‘rish uchun "sozlangan" emas!
@kvant_uzb | 384 |
| 9 | Yulduzlar ham harakatlanadimi? Osmonga qaraganimizda yulduzlar joyida muqim turgandek tuyuladi. Ammo bu shunchaki illyuziya!
Ular tegishlicha koinot bo‘ylab ulkan tezlikda harakatlanadi. Shunchaki masofa juda olis bo‘lgani uchun bu o‘zgarishlar inson umri davomida deyarli sezilmaydi-yulduz turkumlarining shakli o‘zgarishi uchun o‘n minglab yillar kerak. Yevropa Koinot Agentligining Gaia va Hipparcos missiyalari to‘plagan o‘ta aniq astrometrik ma'lumotlar asosida astronomlar maxsus model yaratishdi. Unga ko‘ra, bugun biz bilgan mashhur Orion (Javzo) yulduz turkumi taxminan 450 ming yildan keyin o‘z qiyofasini batamom o‘zgartiradi va tanib bo‘lmas holatga keladi.
@kvant_uzb | 396 |
| 10 | Yulduzlar ham harakatlanadimi? Osmonga qaraganimizda yulduzlar joyida muqim turgandek tuyuladi. Ammo bu shunchaki illyuziya!
Ular tegishlicha koinot bo‘ylab ulkan tezlikda harakatlanadi. Shunchaki masofa juda olis bo‘lgani uchun bu o‘zgarishlar inson umri davomida deyarli sezilmaydi-yulduz turkumlarining shakli o‘zgarishi uchun o‘n minglab yillar kerak. Yevropa Koinot Agentligining Gaia va Hipparcos missiyalari to‘plagan o‘ta aniq astrometrik ma'lumotlar asosida astronomlar maxsus model yaratishdi. Unga ko‘ra, bugun biz bilgan mashhur Orion (Javzo) yulduz turkumi taxminan 450 ming yildan keyin o‘z qiyofasini batamom o‘zgartiradi va tanib bo‘lmas holatga keladi.
@kvant_uzb | 181 |
| 11 | 20-iyul-Xalqaro Oy kuni
Bu sana insoniyat tarixidagi muhim voqeaga bag‘ishlangan-1969-yil 20-iyul kuni Apollo 11 missiyasi doirasida inson ilk bor Oy yuzasiga qadam qo‘ydi. Oy-Yerning yagona tabiiy yo‘ldoshi bo‘lib, sayyoramizdagi tabiiy jarayonlarda muhim o‘rin tutadi hamda olimlarga Yer va Quyosh tizimining kelib chiqishini chuqurroq o‘rganishga yordam beradi. Bugungi kunda dunyoning yetakchi kosmik agentliklari Oyni tadqiq etishda davom etmoqda. Ular Oy yuzasidagi suv muzlari zaxiralarini o‘rganib, kelajakdagi boshqariladigan kosmik missiyalar, doimiy ilmiy bazalarni barpo etish va koinotni yanada chuqurroq o‘zlashtirish uchun zarur texnologiyalarni ishlab chiqmoqda.
@kvant_uzb | 643 |
| 12 | Bir stakan suvni vakuum kamerasiga qo‘yib, havoni so‘rib olsak nima bo‘ladi?! Vakuumda bosim yo‘qolgani uchun suv xona haroratidayoq 20C da ko‘pchirib qaynay boshlaydi. Qaynayotgan suv bug‘lanish uchun energiyani o‘zidan oladi va harorati keskin tushib ketadi. Harorat 0C ga yetganda suv uchlama nuqta holatiga o‘tadi-u bir vaqtning o‘zida ham qaynaydi, ham muzlaydi! Vakuumdagi suv bir necha daqiqa ichida qaynayotgan ko‘rinishda muzga aylanadi.
@kvant_uzb | 565 |
| 13 | «Voyajer-2» apparati tomonidan tasvirga olingan Neptun planetasining ingichka halkalarining birinchi fotosurati.👀
@kvant_uzb | 542 |
| 14 | Ko'pchilik kvant chigalligini shunchaki "ikki zarraning bir-biri bilan masofadan turib bog‘lanib qolishi" deb biladi. Hatto Eynshteyn ham buni jinnilik deb atagan. Ammo fiziklarning tor doiralaridan tashqarida deyarli hech kim gapirmaydigan mana bu faktlarni bilarmidingiz:
1. Ular parallel koinotlarda ham bog'langan bo'lishi mumkin! Kvant mexanikasining "Ko'p dunyolar" (Many-Worlds) talqiniga ko'ra, chigallashgan zarralar nafaqat bizning fazomizda, balki parallel koinotlar o'rtasida ham bog'liqlikni saqlab qoladi. Ya'ni, bir zarrani o'lchaganingizda, siz koinotning ma'lum bir tarmog'iga tushib qolasiz, sherigi esa boshqasida qoladi.
2. Eng aqldan ozdiradigan narsa: zarralar nafaqat fazoda, balki vaqtda ham chigallashishi mumkin! Olimlar tajribada o‘tmishda mavjud bo‘lgan (va allaqachon yo'q qilingan) foton bilan kelajakda yaratiladigan fotonni chigallashtirishga muvaffaq bo‘lishgan. Ya'ni, o'tmish va kelajak bir-biri bilan axborot almasha oladi!
3. Buyuk portlash (Big Bang) paytida koinotdagi barcha materiya bir nuqtada bo'lgan va o'zaro chigallashgan. Demak, sizning tanangizdagi ba'zi atomlar koinotning narigi chekkasidagi qaysidir yulduz atomlari bilan hanuzgacha ko'rinmas "sim" orqali bog'langan bo'lishi ehtimoli juda yuqori.
@kvant_uzb | 583 |
| 15 | Rossiyalik olimlar Oy va Marsda odamlar qanday oziqlanishini virtual shaharda sinovdan oʻtkazishadi. Shaharning nusxasi sunʼiy intellekt yordamida quriladi.
Dastur insonlar oʻzlarini oziq-ovqat bilan qanday taʼminlashi borasidagi turli ssenariylarni modellashtirib (sinovdan oʻtkazib) beradi.
@kvant_uzb | 522 |
| 16 | Loyihaning kelib chiqishi: "Sirli tajriba", ushbu loyiha muallifi, litvalik rassom Benediktas Gylys, 2016-yilda o‘ziga xos dunyoqarashni o‘zgartirib yuborgan "mistik (sirli) ruhiy tajriba"ni boshdan kechirgan. Shundan so‘ng u yer yuzidagi barcha insonlar bir-biri bilan uzviy bog‘liqligini ko‘rsatish uchun shu loyihaga asos solgan. Har bir portalning og‘irligi salkam 3,5 tonna, diametri esa 3,4 metrni tashkil qiladi. Ular maxsus beton va po‘lat qorishmasidan yasalgan bo‘lib, har qanday ob-havoga chidamli. Portallarda ataylab ovoz tizimi o‘rnatilmagan. Maqsad-insonlar til to‘siqlarisiz, faqat ko‘zlar, imo-ishoralar va his-tuyg'ular orqali muloqot qilishini ta'minlash. Hozirda ularga maxsus AI (sun'iy intellekt) filtrlari o‘rnatilgan: agar kishi ekranga haddan tashqari yaqin kelsa yoki nojo'ya harakat qilsa, kamera tasvirni avtomatik ravishda xiralashtirib (blur) qo'yadi.
@kvant_uzb | 478 |
| 17 | Yerda hozirda juda issiq harorat, boshqa sayyoralarda nima gap?!
@kvant_uzb | 520 |
| 18 | Siz Marsga borishni orzu qilyapsizmi? Aslida Marsning bir qismi allaqachon Yerga kelgan! Yer yuzida topilgan meteoritlarning kamida 300 tasi aynan Mars sayyorasiga tegishli ekanligi isbotlangan. Millionlab yillar oldin Marsga yirik asteroidlar urilganda, portlash kuchi shunchalik kuchli bo‘lganki, Mars jinslarining parchalari kosmosga otilib ketgan va fazoda millionlab yillar aylanib, oxiri Yer atmosferasiga tushgan. Olimlar ularning tarkibidagi gaz pufakchalarini tahlil qilib, Mars atmosferasi bilan 100% bir xilligini aniqlashgan. Marsda sun'iy yo‘ldoshlar va roverlarni boshqaradigan muhandislar Yer vaqti bilan yashashmaydi. Mars sutkasi (Sol deb ataladi) Yer sutkasidan atigi 39 daqiqa 35 soniya uzoqroq. Bir qarashda bu arzimas farqdek tuyulishi mumkin, ammo bu roverlarni boshqaradigan NASA jamoasi har kuni o‘z ish grafigini 40 daqiqaga surishga majburligini anglatadi. Ya'ni, agar bugun smena ertalab soat 09:00 da boshlansa, ertaga 09:40 da, indinga esa 10:20 da boshlanadi. Bu inson bioritmini butunlay chalkashtirib yuboradi!
@kvant_uzb | 539 |
| 19 | Yoz kelib, havo harorati ko'tarilishi bilan hamma asfalt erishi va konditsionerlar haqida gapira boshlaydi. Lekin quyoshli kunlarning biz sezmaydigan, hayratlanarli tomonlari ham bor: Yer o'z o'qi atrofida sekinroq aylanadi Yozda Shimoliy yarim shardagi kuchli issiqlik va atmosfera bosimining o‘zgarishi sababli shamollar yo'nalishi o'zgaradi. Bu esa Yerning aylanish tezligini millisekundlarga bo‘lsa-da sekinlashtiradi. Ya'ni, yozda kunlar qishdagiga qaraganda bir necha millisekundga uzunroq bo‘ladi Issiq havo nafaqat odamlarni, balki marshrutizatorlar (router), serverlar va aloqa minoralarini ham qizdirib yuboradi. Elektronika qizib ketganda, ma'lumot uzatishda xatoliklar ko'payadi va signal sifati yomonlashadi. Yozda internetingiz "qotsa", aybni provayderdan oldin issiqdan ko'ring.
@kvant_uzb | 537 |
| 20 | Kvant fizikasi va...Qizlar?!
Ko‘pchilik kvant fizikasini faqat quruq formulalar va laboratoriyalar deb o‘ylaydi. Lekin har kuni qizlar ishlatadigan eng oddiy buyumlar ortida koinotning eng murakkab kvant qonunlari yashiringanini bilasizmi?
1. Pomada labda silliq surilishi va yorqin rang berishi uchun uning tarkibiga o‘ta mayda pigmentlar qo‘shiladi. Bu pigmentlarning barqaror turishi va yorug‘likni bir tekis qaytarishi molekulyar darajadagi kvant tunnel effektiga bog‘liq. Agar kvant mexanikasi qonuniyatlari bo‘lmaganida, pomada labda mikroskopik darajada "to‘kilib" ketgan bo‘lardi.
2. Qizlar ko‘zguga qaraganida yorug‘lik fotonlari aks etadi. Kvant fizikasiga ko‘ra, har bir yorug‘lik zarrasi (foton) ko‘zguga urilishidan oldin bir vaqtning o‘zida barcha mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarda harakatlanadi (superpozitsiya). Faqat ko‘zgu sirtiga teqqandagina u yagona bir nuqtaga jamlanadi va qizlarga o‘z go‘zalligini ko‘rish imkonini beradi.
3. Siz yoqtirgan atir hidi burningizga yetib borganda, hid bilish reseptorlari atir molekulalarining shaklini shunchaki "ko‘rib"gina qolmaydi. Zamonaviy kvant biologiyasi nazariyasiga ko‘ra, hid bilishimiz molekulalarning kvant tebranishlari (vibratsiya) va elektronlarning tunnel o‘tishi hisobiga ishlaydi. Ya’ni, har bir jozibador ifor-bu kvant simfoniyasidir! Go‘zallik dunyoni qutqaradi, kvant fizikasi esa o‘sha go‘zallikni atom darajasida ushlab turadi.
@kvant_uzb | 524 |
