cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

KSPI_TARIX_NEWS

Qo'qon davlat pedagogika instituti Tarix fakulteti dekani rasmiy kanali Siz bu kanalda: ♻️- Yangiliklar ♻️- Turli tanlovlar ♻️- Institut va Tarix fakulteti hayotini kuzatishingiz mumkin

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
490
Obunachilar
-124 soatlar
-57 kunlar
-830 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
O‘zbekcha Vikipediyadagi maqolalar soni 300 mingdan oshdi “WikiStipendiya” jamoaviy marafoni o‘zbek tilini Vikipediyadagi maqolalar soni bo‘yicha dunyo vikireytingida 40-o‘ringa olib chiqdi. 👉 https://kun.uz/10009706 Kun.uz rasmiy kanali
Hammasini ko'rsatish...
😇 2👏 1
04:30
Video unavailableShow in Telegram
Йиғилишда талабанинг онаси ёшларга яратилган шароитлар учун давлатимиз раҳбарига миннатдорлик билдирди Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
Hammasini ko'rsatish...
Talaba_tg.mp471.27 MB
👏 2👍 1
Repost from Edu.uz
So‘ng davlatimiz rahbari yoshlar bilan muloqot qildi. So‘zga chiqqan yigit-qizlar bir qator taklif va tashabbuslarini ilgari surdi. Jumladan: ➖ “Iqtidorli yosh kadrlar” elektron platformasini ishga tushirish; ➖ “Kelajak kasblari loyihasi” doirasida til o‘rganish tartibini takomillashtirish; ➖ ko‘chma “She’riyat teatri”ni tashkil etib, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish; ➖ o‘zbek mumtoz va zamonaviy adabiyoti asarlarining tarjimalarini xalqaro ommaga yetkazish; ➖ Top-100 talikka kirgan universitetlarga kirish tartiblari, grant yutish sirlari, bu oliygohlarda o‘qish uchun qanday strategiya tuzish bo‘yicha yoshlarimizni o‘rgatish maqsadida oromgohlar tashkil etish va onlayn-platforma yaratish; ➖ mustaqil O‘zbekiston temir yo‘llari tashkil topganining 30 yilligiga temir yo‘l sohasida xalqaro forum tashkil qilish; ➖ Markaziy Osiyo va Turkiy davlatlar yoshlari bilan ekologik masalalarni doimiy muhokama qilish maqsadida Xalqaro kengash tuzish; ➖ Yurtimizda organik mahsulot yetishtirishni qo‘llab-quvvatlash taklif qilindi. Prezidentimiz muloqot chog‘ida bildirilgan fikr va takliflarni chuqur o‘rganib, amaliyotga joriy etish yuzasidan mutasaddilarga qator topshiriqlar berdi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Prezident: har biringiz hayotda munosib o‘rningizni topishingiz uchun, biz bundan keyin ham bor kuch va imkoniyatlarni to‘liq ishga solamiz.
Yig‘ilish yakunida Prezidentimiz yoshlarga ko‘maklashish, ularga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatish – eng xayrli ishligini ta’kidladi. Mutasaddilarga “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili”da yoshlarning axloqiy, intellektual, ijodiy va jismoniy rivojlanishi uchun har bir loyiha va tashabbus so‘zsiz amalga oshirilishi muhimligi ko‘rsatib o‘tildi. Yig‘ilish yakunida mutasaddi rahbarlarning axboroti tinglandi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Endilikda oliygohlarning birinchi va ikkinchi kurslaridagi fanlar texnikumlar bilan uyg‘unlashadi. Texnikumning birinchi va ikkinchi yilini yaxshi o‘qigan yoshlarga xalqaro klassifikatorning tegishli darajasiga mos keluvchi diplom beriladi. Ularga oliygohni ikkinchi yoki uchinchi kursidan o‘qishni kontrakt asosida davom ettirish imkoniyati beriladi. Kasbi bo‘yicha malaka darajasi va ikki yillik staji bor yoshlar korxona tavsiyasi bilan oliygohlarga kontrakt asosida qabul qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Davlatimiz rahbari ushbu sharoitlarni karra-karra ko‘paytirish bo‘yicha yangi tashabbuslarni ilgari surdi. Mamlakatimiz jadal rivojlanishi uchun bizga “to‘rtinchi sanoat inqilobi” kasblari juda muhimligi qayd etildi. Shu munosabat bilan yoshlarni fizika, kimyo, biologiya, texnologiya, muhandislik, matematika (STEM) bilan bog‘liq kasblarga qiziqishini oshirish uchun yangi tizim joriy qilinadi. Yangi o‘quv yilidan oliygohlar qoshidagi jami 73 ta akademik litseyda tajriba tarzida “Xalqaro bakalavriat” va “A-level” dasturlari joriy qilinadi. Bu dasturlar asosida sertifikat olgan o‘quvchilar o‘sha oliygohga imtihonsiz, kontrakt asosida qabul qilinadi. Yoshlarimiz xorijiy oliygohlarda o‘qish uchun matematika, ingliz tili va ilmiy fikrlash bo‘yicha “SAT” imtihonini topshirmoqda. Bu testlarda 75 foizdan yuqori natija ko‘rsatgan o‘quvchilar chet elni eng nufuzli oliygohlariga grant yutayapti.
- Endi bunday yoshlarni o‘zimizni oliygohlarga ham grantga qabul qilamiz, - dedi Prezident.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Bugun Prezident Shavkat Mirziyoyev 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan bir guruh yoshlarga davlat mukofotlarini topshiradi hamda yoshlar siyosati sohasida amalga oshirilgan ishlar sarhisobi, yoshlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash chora-tadbirlari yuzasidan videoselektor yigʻilishi oʻtkazadi. — Сегодня Президент Шавкат Мирзиёев вручит государственные награды группе молодых людей по случаю 30 июня - Дня молодежи, а также проведет видеоселекторное совещание, посвященное подведению итогов проделанной работы в сфере молодежной политики и мерам всесторонней поддержки молодежи.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
🇺🇿Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida yoshlar siyosatiga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi hamda yoshlar bilan muloqot boshlandi. Davlatimiz rahbari mamlakatimizda so‘nggi yetti yil yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni isteʼdod va salohiyatini ro‘yobga chiqarishda “katta sakrash davri” bo‘lganini taʼkidladi. Shu yetti yil ichida yoshlarga oid 100 dan ziyod qonun va qaror qabul qilinib, 200 dan ortiq imtiyoz berildi. Birgina taʼlim kreditidan 151 ming yoshlar foydalandi. Ehtiyojmand oiladan bo‘lgan yana 110 ming talabaning kontraktini to‘lashga 332 milliard so‘m ajratildi. Natijada oliy taʼlimda qamrov 9 foizdan 42 foizga yetdi. Bugungi kunda 110 ming o‘g‘il-qizlarimiz xorijda tahsil olmoqda. “El-yurt umidi” jamg‘armasi orqali yetti yilda AQSHning “Pechak ligasi”ga kiruvchi Garvard, Yel, Kolumbiya, Stenford kabi top-8 ta, Buyuk Britaniyanining “Rassell guruhi”dagi Oksford, Kembridj, Birmingem kabi 24 ta oliygohni 50 nafar yoshlarimiz bitirdi. Bu nufuzli oliygohlarda o‘qiyotgan yoshlarimiz soni esa 200 dan oshdi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Bitiruvchi talabalar uchun yakuniy davlat attestatsiya sinovlari davom etmoqda Qo‘qon davlat pedagogika instituti bitiruvchi talabalari attestatsiya sinovlarida mutaxassislik fanlaridan sinovlardan o‘tmoqda. Yakuniy davlat attestatsiya komissiyasi a’zolari jarayonlarni adolatli, xolis va shaffof tarzda o‘tishini ta’minlash maqsadida attestatsiya sinovlarini kuzatib borishmoqda. Facebook | Instagram | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 8 4
Repost from Markaziy Osiyo
Photo unavailableShow in Telegram
Dunyodagi eng sovuq 10 ta davlat (oʻrtacha harorat °C):
Kanada 🇨🇦 -7.14 Rossiya 🇷🇺 -6.32 Mo'g'uliston 🇲🇳 -0,50 Norvegiya 🇳🇴 +0,75 Qirg'iziston 🇰🇬 +1,09 Finlyandiya 🇫🇮 +1,35 Islandiya 🇮🇸 +1,35 Shvetsiya 🇸🇪 +1,55 Tojikiston 🇹🇯 +3.03 Shimoliy Koreya 🇰🇵 +4,86
Oʻzbekistonda bu koʻrsatkich +13.72 ni tashkil etadi Markaziy Osiyo | Library | Science
Hammasini ko'rsatish...
Boshqa reja tanlang

Joriy rejangiz faqat 5 ta kanal uchun analitika imkoniyatini beradi. Ko'proq olish uchun, iltimos, boshqa reja tanlang.