cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

QDPI rasmiy sahifasi

Muqimiy nomidagi Qoʻqon davlat pedagogika institutining rasmiy kanali. Matbuot kotibi bilan bog‘lanish: @liberalissimus1001

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
4 334
Obunachilar
-224 soatlar
-87 kunlar
+14230 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
Raqamli ta’lim texnologiyalarini rivojlantirish markazi tomonidan HEMIS AI – HEMIS Student Telegram botiga sunʼiy intellekt texnologiyalari joriy etildi 🤖 AI Assistant: HEMIS tizimi AI algoritmlari yordamida maʼlumotlarni tahlil qiladi va individual tavsiyalar beradi. 🎙 Matndan ovozga: matnli xabarlarni ovozli shaklga o‘tkazadi. 📝 Ovozdan matnga: ovozli xabarlarni matnga aylantiradi. 🌐 AI tarjimon: talabalar uchun ixtiyoriy tildan o‘zbek, rus va ingliz tillariga tarjima qilish imkoniyati mavjud.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Repost from Edu.uz
#Qonunchilik_yangiliklari
Davlat buyurtmasi parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari ajratiladi
Farmonga muvofiq: ▶️davlat granti va toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilishning minimal oʻtish bali tegishli bakalavriat taʼlim yoʻnalishining oldingi oʻquv yilidagi oʻrtacha oʻtish ballarini hisobga olgan holda Davlat komissiyasi tomonidan belgilanadi; ◀️hududlar, sohalar va tarmoqlarning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash uchun davlat buyurtmasi parametrlari doirasida maqsadli qabul kvotalari ajratiladi. Bunda: ➡️davlat organlari va tashkilotlari hamda ustav fondida davlat ulushi 50 foiz va undan ortiq boʻlgan xoʻjalik jamiyatlari maqsadli qabul buyurtmachilari hisoblanadi hamda kadrlarga boʻlgan oʻz ehtiyojlarini Davlat komissiyasiga taqdim etadi; ↪️hududlar kesimida maqsadli qabul tegishli hududda doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan abituriyentlar orasida tanlov asosida amalga oshiriladi; ➡️maqsadli qabul kvotasi doirasida talabalikka tavsiya etilgan fuqaro bilan manfaatdor tuman (shahar) hokimiyati, sohaviy davlat organi (tashkiloti) va oliy taʼlim tashkiloti oʻrtasida toʻrt tomonlama shartnoma tuziladi; ▶️ 2024/2025-oʻquv yili qabulidan boshlab oliy taʼlim tashkilotlarining boshqa taʼlim shakllariga umumiy qabul parametri kunduzgi taʼlim shakli uchun belgilangan qabul kvotasidan koʻp boʻlmagan miqdorda belgilanadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿 🇰🇿 Ta’lim menejmenti kafedrasida Al-Forobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti dotsenti G. Nurseitova ishtirokida navbatdagi onlayn dars tashkil etildi. “Taʼlim menejmenti asoslari” hamda “Maktabda personal” fanlaridan oʻtkazilgan maʼruzalarda kafedra mudiri X. Ustajalilova, kafedra dotsentlari G. Rajabova va M. Qurbonovlar ishtirok etishdi.               😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ 🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram 🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
Photo unavailableShow in Telegram
⚠️Bugun O‘zbekistondagi 10 182 ta maktabda so‘nggi qo‘ng‘iroq jarangladi. Statagentlik maʼlumotiga koʻra, O‘zbekistondagi umumta’lim muassasalarida 2023/2024 o‘quv yili boshida 11-sinflarda respublika bo‘yicha jami 414,6 ming nafar o‘quvchi qayd etilgan. Shundan: 👧qiz bolalar – 223,1 ming nafar 👦o‘g‘il bolalar – 191,5 ming nafar               😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ 🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram 🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
#SHARDA_FEST Sharda University Uzbekistan tomonidan o‘tkaziladigan “SHARDA FEST ’24” ko‘rgazmasida ishtirok etgan Xorijiy tillar fakultetining professor-o‘qituvchilari va talabalari festivalning “Flash 55” (ko‘rsatilgan rasm asosida 55 so‘zdan iborat aniqlik bilan qisqa hikoyani aytib berish) va “Digi Quiz” (raqamli viktorina tanlovi)da 1-, 2-, 3- o‘rinlarni egallab sertifikat va pul mukofotlarini qo‘lga kiritdi. 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ 🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram 🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 5👏 1
Repost from Edu.uz
Photo unavailableShow in Telegram
#Qonunchilik_yangiliklari Talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi Prezidentning 2024-yil 24-mayda “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi farmoni qabul qilindi. Unga ko‘ra, 2024/2025-o‘quv yilidan boshlab: 🟠kvotalarlarni davlat OTMlari kesimida taqsimlash amaliyoti bekor qilinib, bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kunduzgi ta’lim shaklida tasdiqlash tartibi joriy etiladi (bundan ... mustasno); 🟢kvotalar taqsimotida muhandislik, tibbiyot, aniq va tabiiy fanlar bilim sohalariga ustuvorlik beriladi; 🟠davlat OTMlari uchun o‘rnatilgan tartib va shartlar bo‘yicha talabalar qabulini amalga oshiruvchi oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasining taqsimotida ishtirok etishga ruxsat etiladi; 🟢davlat granti kvotalarining oliy ta’lim tashkilotlari kesimida taqsimoti tegishli bakalavriat ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha ro‘yxatdan o‘tgan abiturientlarning tanlovi va to‘plagan ballariga ko‘ra amalga oshiriladi; 🟠bakalavriat va magistraturaga qabul qilingan talabalarga ta’lim granti bir o‘quv yili uchun ajratiladi. 🟣Bunda: ✔️ta’lim granti birinchi kursda oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan davlat buyurtmasi kvotasiga muvofiq kirish imtihonlarida yuqori ball to‘plagan talabalarga ajratiladi; ☑️ta’lim granti ikkinchi va undan keyingi kurslarda yuqori akademik reyting ko‘rsatkichlariga erishgan va ijtimoiy faol talabalar orasida oliy ta’lim tashkilotlari tomonidan tabaqalashtirilgan tartibda qayta taqsimlanadi; ☑️ta’lim granti tabaqalashtirilgan tartibda moliyalashtiriladi va stipendiya faqat to‘liq ta’lim grantini yutgan talabalarga to‘lanadi; ☑️ijtimoiy-rag‘batlantiruvchi grant sohibi bo‘lgan talabalarga davlat granti ularning o‘qish davri uchun to‘liq hajmda taqdim etiladi; ❌ta’lim granti asosida tahsil olgan talabalarning o‘qishni tamomlaganlaridan so‘ng kamida 3 yil ishlab berish majburiyati bekor qilinadi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
#Qonunchilikdagi_yangiliklar
❗️Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi
🔰Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-yanvardan jismoniy shaxslarning fuqarolik holati hamda ularning shaxsiga doir boshqa ma'lumotlarni o'z ichiga oluvchi Aholining yagona elektron reyestri joriy etiladi. 📝 Aholining yagona elektron reyestri: 🔹O'zbekiston Respublikasining fuqarolari, O'zbekiston Respublikasida doimiy yashovchi chet el fuqarolari va fuqaroligi bo'lmagan shaxslarning shaxsga doir ma'lumotlari yagona elektron bazasi hisoblanadi; 🔹tegishli davlat organlari va tashkilotlarning axborot tizimlari bilan integratsiya qilinadi hamda fuqarolarga davlat xizmatlarini ko'rsatish, notarial harakatlarni rasmiylashtirish, bank, kommunal, sug'urta va boshqa ommaviy xizmatlarni ko'rsatishda ushbu reyestrdan foydalaniladi; 🔹Adliya vazirligi huzuridagi Personallashtirish agentligi tomonidan yuritiladi. Kanalga ulanish👇👇👇 https://t.me/huquqiyaxborot_lotin
Hammasini ko'rsatish...
🟩🟩🟩🟩 Yoshlarni ijtimoiy-siyosiy va huquqiy bilimlarini mustahkamlash, ularning intellektual salohiyatini yanada rivojlantirish maqsadida Tabiiy fanlar fakultetida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ 🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram 🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 1
01:58
Video unavailableShow in Telegram
1️⃣2️⃣3️⃣4️⃣5️⃣ 🇺🇿 🇲🇾
Institut talabalarining xorijiy tillarni oʻrganishga boʻlgan ishtiyoqi meni hayratga soldi.
Qoʻqon davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar fakultetida talabalarga maʼruzalar oʻqiyotgan Malayziyaning Sulton Idris universiteti doktori Mazlin Muhhammad Mohtar taassurotlari. 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ 🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram 🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Hammasini ko'rsatish...
🔥 4👍 1👏 1
⚖️👨‍💻👩‍💻💬 Qo‘qon davlat pedagogika institutida “Maktabgacha va boshlang‘ich ta’limda o‘quvchilarga ingliz tilini o‘rgatishda xalqaro tajribalar va yondashuvlar” mavzusida navbatdagi xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Konferensiya yalpi majlisi ochilishi institut prorektori Nurbek Jo‘rayev bugungi konferensiya ishtirokchilarini ingliz tilini o‘qitish bo‘yicha asosiy g‘oyalar va yondashuvlar bilan faol ishtirok etish imkoniyatiga egaligi bilan qutladi. Ingliz tilini xalqaro standartlar asosida o‘qitish, ta’limni yuqori bosqichga olib chiqish uchun innovatsiyalar va texnologik yechimlarni qo‘llash kabi maqsadlarni o‘zida mujassam etgan anjumanda chet tili o‘qituvchilari, xorijlik ekspertlar, soha mutaxassislari ishtirok etdi. Anjuman davomida ingliz tilini o‘qitish sohasida ko‘rib chiqilishi va hal qilinishi kerak bo‘lgan muhim masalalar hamda bu borada xorijlik olimlarning tadqiqot va takliflari keng muhokama qilindi. Ingliz tili fani o‘qituvchilari o‘rtasida kasbiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, ingliz tili ta’limida yangi va zamonaviy metodlar ishlab chiqish bo‘yicha dolzarb masalalariga bag‘ishlangan fikr-mulohazalar, takliflar muhokama qilindi. 😵🤔🙁😝😤☹️🙁☹️ 🙏👍👍👍👍🟦kspi.uz🚀Telegram 🔵Facebook📷Instagram🎬YouTube
Hammasini ko'rsatish...
👍 3