uz
Feedback
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

Kanalga Telegram’da o‘tish

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

Ko'proq ko'rsatish
4 354
Obunachilar
+3324 soatlar
+447 kunlar
+20630 kunlar
Postlar arxiv
Azure OpenAI, GitHub on Azure, GitHub Copilot — Yerlan Shokataev Bu bolaga qoil qoldim. Taqdimoti yarmida tugab qoldi. Bola h
+1
Azure OpenAI, GitHub on Azure, GitHub Copilot — Yerlan Shokataev Bu bolaga qoil qoldim. Taqdimoti yarmida tugab qoldi. Bola hayajonda.
Lekin oʻzini yoʻqotmadi.
Birdan savol-javobga oʻtib ketdi. Taqdimotini tahlab berishganida, davom etib ketdi. Barakalla. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Capacity & Performance Management in Tech Teams — Djahongir Makhkamov Jamoani boshqarish murakkab jarayon. Odamlar bilan ishl
+2
Capacity & Performance Management in Tech Teams — Djahongir Makhkamov Jamoani boshqarish murakkab jarayon. Odamlar bilan ishlashda biror jarayonni qolibga solish koʻp vaqt oladi. Jahongir aka aynan shuni andoza qilib, tushuntirib berdilar.
* Metrika yasash * Qaysi metrika nimaga yordam beradi * Metrika kiritilgach Dasturchilar ichida challange koʻpaygan. * Oʻzini koʻrsatgichini koʻrib, harakati oshgan dasturchilar voqeasi
kabi juda koʻp qiziqarli maʼlumot berdilar. Loyiha boshqaruvingizga kiritsangiz, juda foydali boʻladi. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Microsoft Agent Framework — Alexander Trofimenko Man Microsoft SI sohasida orqada qolmoqda deb yurar edim. Shu fikrni almasht
+2
Microsoft Agent Framework — Alexander Trofimenko Man Microsoft SI sohasida orqada qolmoqda deb yurar edim. Shu fikrni almashtirishimga sabab boʻldilar. Aleksander Microsoft SI yordamida dasturlash jarayoni va hujjatlar bilash ishlashni optimallashtirish boʻyicha gapirib berdilar. Endi yozilgan hujjatlarni PR/MR larga qoʻshish, xulosa yozish, hujjatlarni toʻgʻri tashkillashtirishda SIning oʻziga topshirsak boʻlar ekan. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Unity + AI GaveDev'ga qiziqadiganlar uchun rosa qiziq boʻldi. Ildar baraka topsin, Unity bilan AI ni ulashni koʻrsatib, ishla
+1
Unity + AI GaveDev'ga qiziqadiganlar uchun rosa qiziq boʻldi. Ildar baraka topsin, Unity bilan AI ni ulashni koʻrsatib, ishlatib berdi. Unity localda ishlaydi, shuni cloudga oʻtkazib, API orqali SIga murojaatni ulabdi. - chiroqni yoq - camerani almashtir kabi buyruqlar juda oddiy. Shunday emasmi? Hanoy minorasi oʻyinini AI bitta buyruq bilan yechib berdi. Console emas, 3D Game sifatida qilib berdi. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgortihm

MCP nima? Taqdimot juda yoqdi. Mavzu osob emas, lekin juda sodda qilib tushuntirib berdilar. Taqdimot yuritishni zoʻr bilar e
+2
MCP nima? Taqdimot juda yoqdi. Mavzu osob emas, lekin juda sodda qilib tushuntirib berdilar. Taqdimot yuritishni zoʻr bilar ekanlar. Mavzu haqida: 1. Elektr toki 2. Kompyuter 3. Dastur 4. SaaS 5. AI (Sun'iy Intellect) 6. ???? 🤩⁉️
Aynan shu 6 nima haqida?
Shu haqida ekan... 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Muxtor aka Koʻchqorov - Hayot yoʻlingni tuzib ol. Hayot yoʻllari haqida bosqichma boshqich Hayot rejasi: 1. Orzu qil 2. Harak
+1
Muxtor aka Koʻchqorov - Hayot yoʻlingni tuzib ol. Hayot yoʻllari haqida bosqichma boshqich
Hayot rejasi: 1. Orzu qil 2. Harakatni boshla 3. Oʻqi 4. Yaxshi turmush oʻrtoq top. 5. Orzuga erishib, yoʻlingni toʻxtatma.
Yoʻlning davomida nima qilish kerak?
1. Mehnat - har kuni qattiq ishlash. 2. Tanish bilish - tanish orttir. Kabinet odami boʻlib qolma. 3. Be innovator - yangilik topish va kiritishga harakat qil. 4. Soʻrashdan uyalma - Nobody makes success by their own. Hech kim muvafaqqiyatga bir oʻzi erishmaydi
Oʻzlaridan eshitish boshqacha. Shunga videosi chiqsa albatta koʻrila. Juda zoʻr gaplar etdilar. Davom etamiz... 22.11.2025 Toshkent @DrAlgortihm

AQShga tekinga borish Umidjon aka Ishomuhamedov qanday qilib AQShga tekinga borish imkoniyati haqida aytib berdilar. Sharti o
AQShga tekinga borish Umidjon aka Ishomuhamedov qanday qilib AQShga tekinga borish imkoniyati haqida aytib berdilar.
Sharti oddiy ekan.
Oʻqish, tayyorlanish va imtixon topshirish. Pulini toʻlab berishadi.
Shunday ekan, harakat qilib qoling. 22.11.2025 Toshkent @DrAlgortihm

Tadbir boshlandi. Juda katta tadbir tayyorlashibdi. Baraka topishsin. Tavsiyam: Juda koʻp yoshlar kelishgan. Yosh vaqtida koʻrishib, tanishib oling. Ertaga katta odam boʻlganida, birga ishlab qolarsiz. * Keling * Tanishing * Oʻrganing 22.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Gemini 3 - yaxshimi? Bu hafta yangiliklar ko‘p bo‘ldi. Bitta kunga ham internet to‘xtadi ham yangi Sun’iy Intellekt (SI) taqd
+1
Gemini 3 - yaxshimi? Bu hafta yangiliklar ko‘p bo‘ldi. Bitta kunga ham internet to‘xtadi ham yangi Sun’iy Intellekt (SI) taqdim etildi. Claudeflare’ga chiqqan muammo juda ko‘p saytlarni ishdan chiqardi. Hatto ChatGPT ham ishlamadi. Odamlar ishsiz qoldi :) Google DeepMind o‘zining ajoyib yurishini qildi. U yangi ishlab chiqqan Gemini 3 SIini taqdim etdi. ⭐️ Gemini 3 Solishtirish va avvaldan tayyorlangan testlardan ko‘ra, dasturchilar uchun ancha aqlli ishlashni boshladi. Ba’zilarini sanab o‘tmoqchiman Mantiqiy fikrlash Bilamizki SI juda ko‘p mantiqiy xulosalarga kelganida xato qiladi. Xuddi she’r yodlab olgan yosh bolaga o‘xshaydi. She’r nima haqida ekan desa biladi. Endi har bir qatorini tushuntir desa... miyasi tutilib qoladi. Gemini 3 da shuni to‘g‘rilashibdi. Mantiqiy fikrlashini ancha oldinga chiqarishibdi. Multimodallik Endilikda u matn, tasvir va videoni bir vaqtda tahlil qila oladigan bo‘libdi. Bu ketishda Sezardek ham shaxmat o‘ylab, ham siz bilan suhbatlashib, man choy icha oladigan bo‘ladi. Manga yoqqa tomoni, bir-biridan mustaqil rivojlanayotgan SIlarni bir biri bilan ishlay olishi bo‘ldi. Bu nafaqat natijalarni sifatliroq berishga xizmat qiladi, balki sifatsiz ma’lumotlar ko‘payib ketayotganini ham oldini olsa kerak. Dasturchi Endi siz go‘yalaringizni u bilan muhokama qilsangiz, sizga o‘zi arxitektura tuzib beradi. Kod yozadi, testlab beradi. To‘liq dasturni ishlab chiqishda bosqichma bosqich bajara olasiz. "Dynamic View" va "Visual Layout" imkoniyatlari esa, kod bilan ishlashingiz va natijani ko‘rishingiz uchun qo‘shimcha qulaylik beradi.
Vayb-koderlar uchun bayram!!
API yangilandi Gemini’ni API orqali ishlatganlar uchun thinking_level va media_resolution parametrlari qo‘shildi. Endi siz mantiqiy fikrlar bilan ishlatishingizda thinking_level yordamida qanchalik chuqur masalaga yondashish kerak ekanini ayta olasiz. media_resolution esa rasm va video kabi ma’lumotlarning sifatini boshqarishga yordam beradi. Xulosa qilsam - Kundalik ishlaringizda SI (AI) dan foydalaning - Dastur yozishda SIsiz ishlamang. - Yangiliklardan doim xabar bo‘lish uchun bu kabi postlarni kanallarda kuzatib boring. - O‘zingizdan oyiga $15-$20 ayamang, u sizda x10 marta ko‘proq foyda olib keladi.
Vayb-koderlar esa o‘zligi bilib-bilib ishlashmoqda...
📚 Qo‘llanma P.S. Gemini 3 hozirda Google AI studio‘da chiqdi. Ammo men Jetbrains ishlatganimda AI Pro ning ichida Gemini 3 ni qo‘shishganini ko‘rdim. Ancha qulay. 20.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Dundo dam oladi. Katta doirada loyiha qilish yaxshi. Tayyor yechimlarni ishlatish yaxshi. Ammo bitta xizmatga bog`lanib qolga
Dundo dam oladi. Katta doirada loyiha qilish yaxshi. Tayyor yechimlarni ishlatish yaxshi. Ammo bitta xizmatga bog`lanib qolganda, uhlash yaxshi emas. Bugun CloudFlare dam olmoqda. Tezroq ishlab ketsa yaxshi edi. Ko`pchilik qiynalib ketdi. Tekshirish uchun https://www.cloudflarestatus.com

Taklifnoma keldi. Kecha yozgan tadbirim haqida Microsoft Developers Community in Uzbekistan jamoasidan taklifnoma keldi. Shun
Taklifnoma keldi. Kecha yozgan tadbirim haqida Microsoft Developers Community in Uzbekistan jamoasidan taklifnoma keldi. Shunday ekan, tadbirda koʻrishguncha. 18.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Assalomu alaykum do‘stlar, 2 hafta Toshkentda bo‘lib, juda ko‘p yangiliklarga duch keldim. 1. IT Hamjamiyatimiz faollari bilan uchrashdim. 2. Pre-DevFest’da bo‘ldim. O‘tgan yili qatnasha olmagan edim. Bu yil 2 marta borish nasib etmoqda. 3. Juda ko‘p dasturchilar o‘z loyihalarini boshlashganiga guvoh bo‘ldim. Bu juda quvonarli. Rejada yana tadbirlar bor ekan: 22 Noyabr - Microsoft Community Conf 2025 - https://t.me/mdcuzbekistan/1006 👈 29 Noyabr - UzGeeks MeetUp Nov2025 6 Dekabr - DevFest Tashkent 2025 - https://t.me/gdgtashkent/1875 👈 Shunga bir fikr o‘yladim. Agar vaqtingiz bo‘lsa, shu tadbirlardan ro‘yxatdan o‘ting. Vaqt topsak, birga ko‘rishib, bir fiyola qahva ustida suhbat qilamiz.
Shaxsan ko‘rishib, siz bilan tanishish men uchun baxt.
Yuzma-yuz ko‘rishguncha 🤝 16.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

photo content
+2

GDG Pre-DevFest tadbiri boshlandi. Tadbirda qatnashib, tabish bilish orttirmoqchi boʻlganlar - marhamat. Shu bilan birga 3 ta
GDG Pre-DevFest tadbiri boshlandi. Tadbirda qatnashib, tabish bilish orttirmoqchi boʻlganlar - marhamat. Shu bilan birga 3 ta juda qiziq taqdimot eshitar ekanmiz. Fikrlar koʻp, savollar ham. Tadbir barakali boʻlsin. 15.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Fiyola Saharda qahva so‘ragan edim, dastyor fiyolaga solib keldilar. Bunday piyolasimon finjonni ko‘rmagan ekanman. Naqshlari
Fiyola Saharda qahva so‘ragan edim, dastyor fiyolaga solib keldilar. Bunday piyolasimon finjonni ko‘rmagan ekanman. Naqshlari ham o‘zimizning paxta-gulli. Qahvadan ko‘ra u solingan idish qiziq tuyuldi. Yangi nom topdim.
Fiyola
Siz ham shunday noodatiy idishga duch kelganmisiz? 12.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (5-qism) [1-qism] [2-qism] [3-qism] [4-qism] Ishga qabul qilingandan keyin Tabriklaymi
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (5-qism) [1-qism] [2-qism] [3-qism] [4-qism] Ishga qabul qilingandan keyin
Tabriklaymiz! Siz yangi kichik muhandisni ishga oldingiz. Keyin nima bo‘ladi?
Maqoladagi fikrlar: * Mentorlik infratuzilmasiga sarmoya kiring Ular hamma narsani o‘rganish uchun sun’iy intellektdan foydalanishi mumkin deb o‘ylamang. Tajribali muhandislaringiz ular bilan birga ishlashga, o‘rganishda yo‘llanma berishga va ularning savollariga tayyor bo‘lishga vaqt ajratishiga ishonch hosil qiling. * Qisqa muddatli unumdorlikka sabrli bo‘ling Ulardan sehr-jodu kutmang chunki ular SI-egalari. Ha, ular tezkor, lekin ularga korxonangiz ma’lumotlarini o‘rganishga vaqt bering. * To‘g‘ri o‘lchamlarni ishlating Juniorlar qanchalik tez va samarali bo‘lishi, ularni natija berish darajasi va asosiy blokerlarini kuzatib boring. Biz ularni dasturlash standartlari bilan tanishishi uchun Weave’dan foydalanishlarini tavsiya etamiz :) * Ular bilan gaplashing! Ulardan tajriba va Juniorning keyingi qadami uchun nimani yaxshilash mumkinligini so‘rang. Ular keltirgan yangi qarashlardan foydalaning va ularning takliflariga ochiq bo‘ling. Ularning mehnatini qadrlang va o‘zlariga ham ayting. Hatto ular super yulduz bo‘lsa ham, buni bilmasligi mumkin, biroz rag‘batlantirsangiz foydadan holi emas. * Kichikdan qadamdan boshlang 10 ta Junior’ni ovolib, kodni rasvo qilmang. 1-2 dan boshlang va kattalashishdan avval (oldingi qadamlardan) nimalar ish berishini o‘rganing. Nega bu har qachongidan ham muhim? O‘ylashimcha, aksariyat korxonalar Juniorlardan qochib, katta xatoga yo‘l qo‘ymoqda. Korxonalar tez o‘rganadigan, yangi vositalarga moslashuvchan va juda tez Senior muhandis bo‘lib yetishadigan SIchi Junioerlarni qo‘ldan bermoqda. Ushbu bozor samarasizligi abadiy emas. Shopify misolida ko‘rganimizdek, aqlli korxonalar Juniorlarni qanday samarali yollash va rivojlantirishni o‘ylab topadilar. Ular aql bovar qilmaydigan jamoalarni tuzadilar, ularning raqobatchilari esa qimmatbaho Seniorlar uchun kurashadilar. Ishtiyoqli junior dasturchilarga vaqt sarflash uzoq muddatda o‘zini oqlaydi.
Savol shundaki, siz hozir boshlaysizmi yoki boshqalar buni aniqlaguncha kutasizmi?
5-qism tugadi. [1] [2] [3] [4] [5] & Manba 09.11.2025 Buxoro @DrAlgorithm

"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (4-qism) Maqolaning navbatdagi qismini ham yozib qo‘ysam. Foydali bo‘lsa kerak deb o‘y
"Junior"lar bilan ishlash menga yoqadi (4-qism)
Maqolaning navbatdagi qismini ham yozib qo‘ysam. Foydali bo‘lsa kerak deb o‘yladim.
1-qismda Junior dasturchilarning afzalliklari haqida yozilgan edi. 2-qismda korxonalar Juniorlar bilan ishlashdagi muammolari yozilgan. 3-qismda esa Ishga olish (Hiring) vaqtida nimalarga e’tibor berish haqida so‘z boshlagan edim. Shuni davomini yozib, maqolani tugatmoqchiman. Ishga olish (hiring) jarayoniga 5 ta qadam: 2. "O‘ziga yoqqan vositalardan foydalanish" uy vazifasi Istalgan vositadan (tool) foydalanishga ruxsat berib, kichik va hayotiy masalasini yechishni so‘rang. Asosiysi, sizning keyingi qadamingiz. 30 daqiqalik savol-javob tashkil qiling. Ular o‘z yechimlarida qanday yondashuv qilganini tushuntirib bersin. Siz esa o‘z navbatida ularni savolga turing - "Nega bunday qarorga keldingiz?" yoki "Bu qism qanday ishlaydi?" deb. Ularning tushuncha chegarasiga yetguncha ichkariroq kirib boring. Ular topshirgan kodni o‘zi tushunadimi? Ular dizayn-arxitektura qarorlari va kelishuvlarni tushuntirib bera oladimi? Ularning tanlagan texnologiyalari haqidagi bilimlari qanchalik chuqur? 3. Sun’iy intellektsiz muammoni hal qilish O‘rtacha ~40 daqiqalik sinov suhbati uyushtiring. Murakkab muammolar, tizim dizayni (system disign), arxitektura qarorlari va kelishuvlar orqali mulohaza yuritish bo‘yicha savollarga turing. Bu orqali ularning fikrlash qobiliyatini sinab ko‘ring Ha, ular kelajakdagi vazifalarida sun’iy intellektdan (SI) foydalanishlari mumkin, lekin bu masala uchun ishlatmasinlar. Siz ularning o‘zlari mustaqil fikrlay olishlarini va muhandislik qobiliyatini kuzatishingiz kerak. 4. SI bilan jonli tarzda amalga oshirish (implementatsiya) Endi ularga kichik jonli kodlash vazifasi uchun 20 daqiqa bering. Ularning AI vositalari bilan qanday ishlashini kuzating. "Prompt" (so‘rov) berish strategiyalari, SI natijalarini qayta ishlashlari (iteratsiya) va SIni mantiqiy yechimlar tomon samarali yo‘naltira olishlari yechimga yetish uchun juda muhim. 5. Ularning SI strategiyasini baholash Nomzodlardan o‘zlarining odatiy dasturlash ish jarayonini (workflow) tushuntirib berishlarini so‘rang. Ulardan qachon qo‘lda kodlash va qachon SIda foydalanishni, o‘zlari yozgan loyihalardan aniq misollar bilan tushuntirib berishlarini so‘rang. SIsiz fikrlay olmaydigan muhandislar yangi muammolarga duch kelganda boshlarini qayerga urishni bilmay qoladi. SI’ni xushlamaydiganlar esa yangi vositalardan to‘liq foydalanadigan hamkasblaridan ortda qoladi.
Siz har ikki bosqichda ham zo‘r bo‘lgan muhandislarni qidiring. Ham SI berayotgan ulkan foydani tushunadigan, ham uning qayerda zararli ishlashini biladiganlar.
09.11.2025 Samarqand @DrAlgorithm

Odamlar nima deydi? Kecha ajoyib tuygʻuni his etdim. Muhit amallarimizga ta’sir qilishi. - Anu nima deb o‘yladi? - G‘alati qi
Odamlar nima deydi? Kecha ajoyib tuygʻuni his etdim. Muhit amallarimizga ta’sir qilishi.
- Anu nima deb o‘yladi? - G‘alati qiliq emasmi? - Jinni bo‘lganmi?
deb aytadigan, ba’zan o‘zimiz ham sezmaydigan so‘zlar. Kechagi amaliyot Angliyada haydovchilik guvohnomasi olish uchun imtihonda moshina haydash uchun ikkala qo‘l rulda bo‘lishi kerak. Toshkentda esa man bitta qo‘lda haydar ekanman. Bir joyga ketayotgan edim. Ikki qo‘lda haydash qayday bo‘lishini sinab ko‘rdim.
10 daqiqaga yetmadi.
Ikki qo‘lim rulda. Atrofdagi odamlar manga qarab turganday his etdim. Ayniqsa yonimdagi moshina man bilan yonma-yon turib qolganida.
Chetda siz bilan hech kimning ishi yo‘q.
- O‘zingizdan o‘zingiz yo‘l chekkasiga o‘tirib olsangiz ham; - Metroda nonushta qilib ketsangiz ham; - Quloqchinni taqib olib, ashula kuylab, raqs tushsangiz ham sizni hech kim muhokama qilmaydi.
Erkin ish yuritasiz. Ishga diqqat qilasiz.
Man ikkala muhitda yashab ko‘rgan bo‘lsam ham, har bir joy muhiti muhrlanib qolgan ekan. Shu sabab bo‘lsa kerak "Nima deb o‘ylaydi?" - degan xayol keldi, darrov. 1. Amalingiz to‘g‘ri bo‘lsa, uyalmang. 2. Kattani hurmat qiling, lekin gunoh qilmang. 3. Vazifangizga diqqat qarating, kimdir sizga qarab turganiga emas. 4. Yo‘lda 50 belgisida 49 tezlikda ketyapsizmi? Yo‘l tor va orqadan sizga signal chalib shoshirmoqchimi? Agar u maxsus moshina bo‘lmasa, yo‘lingizda davom eting.
Bularni mendan yaxshiroq bilasiz.
Odamlar nima deydiga e’tibor bermang. Ular doim biror narsa deydi. 100 yil oldin ham shunday bo‘lgan. Kuningiz unumli va foydali bo‘lsin. Diqqatingizni buzadigan odam uchramasin. 08.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

🏆 Endi menda ham Faxriy Yorliq bor. Assalomu alaykum, do‘stlar. Safarda bo‘lib, xabar (post) yozishga vaqtim bo‘lmay qoldi.
+1
🏆 Endi menda ham Faxriy Yorliq bor. Assalomu alaykum, do‘stlar. Safarda bo‘lib, xabar (post) yozishga vaqtim bo‘lmay qoldi. Lekin, bitta yaxshi xabarni ulashgim keldi.
Shu hafta Mohirdev menga sovg‘a topshirdi. Ustoz va murabbiylar kuniga atab sovg‘a ajratib qo‘yishgan ekan.
Mohirdev jamoasiga bunday ajoyib sovg‘a uchun katta rahmat! Ishlaringiz yanada rivojlansin. O‘ylaymanki, Mohirdev faoliyati yanada kengayadi va boshqalarga ham andoza bo‘ladi. Rahmat kattakon! Toshkent 06.11.2025 @DrAlgorithm

Assalomu alaykum, do‘stlar! Oxirgi xabarni yozib o‘tirib, o‘ylanib qoldim. - Juda uzun emasmi? Universitetda dars berib yurga
Assalomu alaykum, do‘stlar! Oxirgi xabarni yozib o‘tirib, o‘ylanib qoldim.
- Juda uzun emasmi?
Universitetda dars berib yurgan vaqtlarimda sezar edim, 45 daqiqa ma’ruza eshitgan talaba, "ko‘zlari ochiq - quloqlari yopiq" bo‘lib qolar edi. Shu sababli agar domlalaringiz har yarim soatda biror hajviya yoki o‘zining boshidan o‘tkazganini aytib bersa, hayron bo‘lmang. U sizni o‘ylab qilmoqda. Agar xabarlarim uzun bo‘lib ketsa, biror belgi bildiring: - Oka, o‘qib bo‘lmaydi-ku - RAM to‘lib qovotti. - Token tugab qoldi kabi bo‘lsa ham. Shu yerda sizning fikringiz men uchun muhim:
Sizga qaysi biri ma’qul: Qisqa va lo‘ndami yoki uzunroq bo‘lsa ham, batafsilmi?
Fikringizni emoji rasmlar bilan ham qoldirsangiz bo‘ladi. Kuningiz xayrli o‘tsin. Toshkent 02.11.2025 @DrAlgorithm