fa
Feedback
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

رفتن به کانال در Telegram

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

نمایش بیشتر
4 726
مشترکین
+524 ساعت
-187 روز
+37230 روز
آرشیو پست ها
Humoyun bilan dildan suhbat qurdik. Taklif uchun rahmat aytaman. Oldindan mavzu etilmagan edi. Shunga javoblar pishmay qolgan yoki qattiq ta'sirchan boʻlishi mumkin (Dangerous⚠) Humoyun boshlagan loyihalarini tavsiya qilaman. Juda ajoyib loyiha boʻlibdi. Agar 200 ta olov (🔥) yigʻib bersak, shu hafta chiqarar ekanlar. https://t.me/khumoyun_codes/887 08.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Repost from Khumoyun Codes
Saidolim aka bilan ham interviewni tugatib oldik, qiziqmi? 200 olov 🔥 yig'sak shu hafta chiqadi, bo'lmasa keyingisida 🙃 P.S. Boshqa qiziq postlarni qo'shimcha kanalda kuzating 👉 @khumoyun_writes @khumoyun_codes

DevFest++ Yana bir yil. O‘zbekiston AT olamidagi katta tadbir DevFest ham o‘tdi. * Qiziqarli mavzular * Yangi taqdimotchilar
+1
DevFest++
Yana bir yil.
O‘zbekiston AT olamidagi katta tadbir DevFest ham o‘tdi. * Qiziqarli mavzular * Yangi taqdimotchilar * Ko‘rgazmada yangi ishtirokchilar * Tanish-bilish (Networking) Mavzular juda sifatli tayyorlangan. Hozirgi davrda dolzarb mavzular. Eshitib o‘tirib, mavzuning ichiga kirib ketasiz. Yoningizda kimdir savol bergan bo‘lsa eshitmay qolishingiz mumkin. Juda ko‘p yaxshi insonlar Do‘stlar davrasiga kirganda odam har biri bilan qo‘l berib ko‘rishadi. Bu kun menda ham shu his bo‘ldi, 30-50 kishi bilan qo‘l berib ko‘rishdim. Balki yana ko‘proq. Ertaga katta odam bo‘lib ketishadi, nevaralarimga aytib yuraman:
Shu odam bilan qo‘l berib ko‘rishganman, - deb.
2021 ni esladim. Ataylab 1.5 soat Networking uchun vaqt ajratilgan edi. 1 dona odam kelib: - Aka, ismiz nima? Man Falonchi, dizayn sohasiga qiziqaman. Sizda ishlar bo‘lsa, intern bo‘la olaman. Telefonimni yozib oling, - degan edi. Bu 4 yilda farq juda katta. Yosh dasturchilar, hamkasblar, xalqaro korxona xodimlari, kursdoshlar, ustozlar, shogirdlar, shogirdlarning shogirdlari, shogirdlarning shogirdlarining shogirdlari... kanal tufayli ustoz tutganlar... 🤯 (welcome mas'uliyat++)
Og‘a aytganlaridek: "Buning hisi boshqacha"
StartUp Yoshlarimiz StartUp vibe’iga kirishib ketishibdi. Avvallari ATga kirish uchun qaysi kursga borishni so‘rashar edi. Hozir esa Falon ish boshlamoqchiman piston qilsa bo‘ladimi? Kabi aniq savollar bilan kelishdi.
Juda xursand bo‘ldim.
Ta’limga qiziqqan yoshlar bilan gaplashdim Data science qayerda o‘qisam bo‘ladi? degan savol bergan ham bo‘ldi. Ta’limga oid loyiga qilayotgan ham.
Qo‘ldan kelganicha fikrlarimni aytdim.
Chet el ta’lim tizimini o‘rganish va bizga tatbiq etish bo‘yicha ancha ishlar qilinibdi. Rosa fikr almashdik. Agar sizga ham Angliya ta’limiga doim ma’lumot kerak bo‘lsa ayting, imkon borida yordam qilaman. Selfi Deepfake rivojlangan davrda maza qilib rasmga tushdim. Afsus u rasmlar menda emas. Egalari balki tashlab berishar.
Agar siz bilan rasmga tushgan bo‘lsam izohda yoki kanaldagi shaxsiydan yozib yuboring.
Rasmlarni to‘plab qo‘ymoqchiman. Keyin eslab yuramiz.
Tabdir juda zo‘r ruhda o‘tdi. O‘tgan yili kela olmaganimni ham chiqarib oldim.
Sizda qanday bo‘ldi? Izohlarda bo‘lishing. 07.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Big Tech and Beyond Azim Pulat Founder @ 42.uz Juda zoʻr chiqish. Puxta tayyorgarlik, puxta reja, qiziq mavzu, chiroyli chiqi
+2
Big Tech and Beyond Azim Pulat Founder @ 42.uz
Juda zoʻr chiqish.
Puxta tayyorgarlik, puxta reja, qiziq mavzu, chiroyli chiqish. Shu bilan Azim Pulat Big Techni tugatdi. Boshlagan ishlariga baraka tilaymiz. 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Will AI replace software engineers? Darkhonbek Mamataliyev, SWE @ TikTok Koʻpchilikni oʻylantirgan trend savol javobini aytib
+2
Will AI replace software engineers? Darkhonbek Mamataliyev, SWE @ TikTok Koʻpchilikni oʻylantirgan trend savol javobini aytib berdilar. Siz ham javobini bilasizmi?
SI sizning ishingizni olib qoʻyadimi?
Javobi taqdimotda. 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Leading with Purpose: Inspiring Innovation That Matters Djakhongir Makhkamov Head of Software Engineering @ Beeline Uzbekista
+2
Leading with Purpose: Inspiring Innovation That Matters Djakhongir Makhkamov Head of Software Engineering @ Beeline Uzbekistan Boshqaruvda oʻrganadigan narsa koʻp. Jahongir aka har safar taqdimot qilganlarida shu mavzuning biror qismini chiroyli tushuntirib beradilar. 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Adham Zohirov Al for Social Good: Using Technology to Drive Positive Change GDE & CAIO @ Mohirdev Qiziq tadqimot boʻldi, SIni
+2
Adham Zohirov Al for Social Good: Using Technology to Drive Positive Change GDE & CAIO @ Mohirdev Qiziq tadqimot boʻldi, SIni ishlatishni oʻzi emas. Uni oʻz lokal serverlarda ishlatish va uni oʻqitish haqida boʻldi. Juda koʻp internetga chiqa olmaydigan loyihalar uchun qulay. Siz ham ishlatib koʻring. Mohirdev.uz jamoasida juda koʻp kuchli mutaxassislar bor ekan. 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

SI majburiy boʻlmoqda, aytib berganim esingizdami? Oleg shuni qanday ishlashini namuna sifatida aytib berdilar. Eng qizigʻi b
SI majburiy boʻlmoqda, aytib berganim esingizdami? Oleg shuni qanday ishlashini namuna sifatida aytib berdilar. Eng qizigʻi boshlovchilar oddiy web browser yordamida ishlatishlari mumkin ekan. P.S. Oleg ham bizga oʻxshagan dinozavr ekan. 1995 va Pascal. 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Yoshlarga havas qilsa boʻladi. Bu ilm olish va harakat qilish natijasi boʻlishi kerak. Oʻqishda toʻxtab qolmang. Sizni ham sh
+5
Yoshlarga havas qilsa boʻladi. Bu ilm olish va harakat qilish natijasi boʻlishi kerak. Oʻqishda toʻxtab qolmang. Sizni ham shunday tadbirlarda koʻrsatishdi. Sizni koʻrib hursand boʻlaman. 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Jonathan Henick Ambassador of the United States of America to Uzbekistan 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm
+1
Jonathan Henick Ambassador of the United States of America to Uzbekistan 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Vazirimiz Sherzod Shermatov GDGning boshlanishi, 2015 yilda, boshlashda yordam qilgan inson. Hozirgi kundagi AT sohasi rivojl
+1
Vazirimiz Sherzod Shermatov GDGning boshlanishi, 2015 yilda, boshlashda yordam qilgan inson. Hozirgi kundagi AT sohasi rivojlanishi va 2030 yilgi rejalar haqida aytib berdilar. 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Tadbir tashkilotchilari Sunak va Nuriddin tadbirni ochib berishdi. P.S. Uzrchilik, bugun koʻp post qoʻyishim mumkin. 06.12.20
+1
Tadbir tashkilotchilari Sunak va Nuriddin tadbirni ochib berishdi. P.S. Uzrchilik, bugun koʻp post qoʻyishim mumkin. 06.12.2026 Toshkent @DrAlgorithm

Tadbir moshlanmoqda. Zalga kiraveramiz ekan. 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm
Tadbir moshlanmoqda. Zalga kiraveramiz ekan. 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

GDG DevFest shu yerda DevFestga kelganlar izohga yozing. Bir biringizni topish oʻyini oʻynaymiz. 06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

DevFest bugun Nasib qilsa koʻrishamiz. Ertaroq kelavering. Networking uchun juda koʻp vaqt ajratilgan ekan. Mavzularni koʻrib
DevFest bugun Nasib qilsa koʻrishamiz. Ertaroq kelavering. Networking uchun juda koʻp vaqt ajratilgan ekan. Mavzularni koʻrib chiqdim. Juda yaxshi tanlangan. 👉 https://t.me/gdgtashkent
Demak soat 9:00 da yigʻilamiz.
06.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Domlalar ziyorati O‘zbekiston Milliy universiteti - dasturchilar va matematiklar uchun kuchli bilim manbai. O‘zMU bilan juda
Domlalar ziyorati
O‘zbekiston Milliy universiteti - dasturchilar va matematiklar uchun kuchli bilim manbai.
O‘zMU bilan juda ko‘p xotiralarim bor. 6 yil talaba bo‘ldim, yana 5 yil ishladim. Beruniy metrosidan talabalar shaharchasiga qarab yurar ekansiz, sokinlik va bilim ishtiyoqini sezasiz. Atrofda juda ko‘p daraxtlar va talabalar. Papkasini ko‘targan domlalar va savol bilan murojaat qilgan talabalar. Hammaning niyati bitta bilib olish va bilib berish.
Chorshanba kafedra kuni - barcha domlalar keladigan kun.
Odatda har Chorshanba majlis kuni edi. Men ishlagan "Programmalash va tarmoq texnologiyalari" (hozirda "Dasturiy injiniring va sun’iy intellekt") kafedrasi dasturchilar uchun tayanch kafedra hisoblanadi. C++, Ma’lumotlar bazasi, Java, Operatsion tizimlar, Matemarik analiz, Sonli usullar fanlari dasturchilarning miyasini qotirsa-da, bitirganidan keyin ko‘p kerak bo‘ldi. Universitetga borganimda o‘zgarishlarni ko‘rib xursand bo‘ldim. Binolar yangi tus olgan. Daraxtlar shoxlari ko‘paygan. (Bir vaqtlar kal qilib ketishgan edi.) To‘g‘ri kafedra tomon bordim. Yuzni tanib ochiladigan Turniketlar qo‘yilibdi. (eeeh...)
11:50 - Tanaffus.
Hozir ham tanaffus vaqti o‘zgarmapti. 25 yil oldin biz o‘qigan paytda ham 11:50 da edi. Ayni vaqtida keldim. Dars tugashidan 10 daqiqa oldin kafedraga kirib bordim. Domlalar bilan iliq salomlashdim, samimiy suhbatlaridan bahramand bo‘ldim, damlab qo‘yilgan choylaridan bir piyola ichishga muyassar bo‘ldim.
O‘zimni 25 yil ortga, talabalik davrimga qaytgandek his qildim. Deyarli hech nima o‘zgarmagandek.
Katta bilim shu bino ichida qolib ketmoqda, - deb his etdim. Bu ilmni ko‘chaga, ko‘proq insonlarga yetkazish kerak.
Diplom kerakmi? - deb xom savollar bilan yurgan yoshlarga muhandislikning rosmana ilmini ko‘rsatish kerak.
Bu fikrlar meni ko‘p o‘ylantirgan. Buni tezroq ro‘yobga chiqarish kerak. Shu o‘ylar bilan ortga qaytdim.
Sokin hayot kechayotgan universitetni yana keyingi safarimgacha ko‘p qumsayman.
Agar sizda ham shunday bilim maskanlari haqida xotiralar bo‘lsa, yoki hozirda ham kuchli domlalar haqida ma’lumotingiz bo‘lsa, izohlarda yozib qoldirsangiz. Ularni ham ziyoratlariga borsak. Hammaga foydali ma’lumotlarni ulashsak. Kuningiz xayrli o‘tsin! 05.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

UzGeeks MeetUp Videosi chiqdi. Shanba, 29 Noyabr kuni bo‘lib o‘tgan tadbirimizning videosini chiqarishibdi. Buning uchun Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi va UzGeeks Community’ga o‘z minnatdorchiligimni bildiraman. Videoni shu yerdan ko‘rishingiz mumkin. https://www.youtube.com/watch?v=eb1-xtlQy5c?via=tg-DrAlgorithm Izohlarda onlayn ko‘rish imkonini so‘rashgan edi. Shuni tashkil qilish uchun videosini taqdim qilmoqdamiz. Agar mavzular bo‘yicha savollaringiz bo‘lsa shu xabarning izoh qismida, yoki kanal ostidagi To‘g‘ridan to‘g‘ri murojaat (DM) orqali yuborsangiz bo‘ladi. Haftani yaxshi boshlab oling 01.12.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Tadbir zoʻr oʻtdi
UzGeeks MeetUp Nov2025 tadbiri juda zoʻr ruhda oʻtdi.
Mavzular biroz oʻgʻir kelsa kerak, - deb oʻylagan edim. Ammo juda koʻpchilik savol berdi. Demak mavzuni tushunishgan va balki qiziq boʻldi. Tadbir vaqtida 2 vazir kirib kelishgani ajoyib hayajon olib keldi. Yoshlarimizni Sunʼiy Intellekt davrida qilgan loyihalari uchun taqdirlashdi. Davomli boʻlsin. UzGeeks rasmiy kanalida tadbirdan lavhalar berib borildi. Online qizish bildirganlar bilan suhbat uyushtirildi. Stream qilib, online uzata olmadik. Nasib qilsa videosini chiqarib berishsa kerak.
Taqdimot fayllarini soʻraganlar bor. Shu yerga tashlab qoʻyaman.
1. Shaxsiy ma’lumotlar bilan ishlashda Dasturchining vazifalari https://docs.google.com/presentation/d/1DFtKPGXN2wv3FHaS1iHJmVk04j-2O_wkKwHVEAVasQE 2. IT xizmatni Yevropa bozorida sotish https://docs.google.com/presentation/d/1ZrWpC3MV-OPqr9FglcqboLUQLYwAEkNI2lcj1VQfEdo 3. Chet korxonalari dasturchilarni AI dan foydalanishga majburlashmoqda. https://docs.google.com/presentation/d/14LbYi2WtZlUKG8Bg4jtU6sSWUa3ROO59nQsT7BF8vJs Agar biror savol yoki taklif boʻlsa, shu kanalim tagidagi shaxsiy xabar orqali murojaat qilsangiz boʻladi. Dam olish kuni maroqli oʻtsin. 30.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm

Repost from EDU.DIGITAL.UZ
UzGeeks AT hamjamiyatining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi ⚜️Bugungi uchrashuv o‘ziga xos formatda tashkil etildi. Tadbir da
+5
UzGeeks AT hamjamiyatining navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi ⚜️Bugungi uchrashuv o‘ziga xos formatda tashkil etildi. Tadbir davomida Saidolim Jo‘rayev yakka tartibda sahnaga chiqib, uch muhim yo‘nalish bo‘yicha ishtirokchilarga mazmunli ma’ruza taqdim etdi hamda o‘zining boy tajribasi bilan o‘rtoqlashdi. 😎Meetupʼda quyidagi mavzular bo‘yicha chiqishlar boʻldi:
➡️Shaxsiy maʼlumotlar bilan ishlashda dasturchining vazifalari; ➡️AT xizmatini Yevropa bozorida sotish; ➡️Chet el korxonalarida dasturchilarni Ai dan foydalanishga majburlashmoqda.
🌐Sayt 🚀Telegram 🔵Facebook 📷 Instagram 🎬YouTube 🎰Linkedin

Qahva + UzGeeks Bu oy turli qahvalarni sinab koʻrdim. * Narxi turlicha 15,000 - 30,000 * Mazasi katta farq sezmadim * Ta'siri
Qahva + UzGeeks Bu oy turli qahvalarni sinab koʻrdim. * Narxi turlicha 15,000 - 30,000 * Mazasi katta farq sezmadim * Ta'siri menga bir xil boʻldi Toshkentda ishtaxa qahva ichishga kam boʻldi. Faqat biroz miyyaga quvvat berish kerak boʻlganida ichmasangiz, boshqa payt usiz ham hayot goʻzal. Qahva ichib oldik. Endi UzGeeks MeetUpga tayyorlanaman. Bugun mavzu zoʻr boʻladi deyishdi. Qiziq boʻlmoqda. Siz ham tadbirga keling. 29.11.2025 Toshkent @DrAlgorithm