uz
Feedback
Dr. Algorithm

Dr. Algorithm

Kanalga Telegram’da o‘tish

Saidolim Djuraev’ning turli ma'lumotlar kanali. Savollar va takliflar uchun: @DrAlgorithmBot

Ko'proq ko'rsatish
4 359
Obunachilar
-124 soatlar
-457 kunlar
+4030 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Taglar buluti
Ma'lumot yo'q
Muammo bormi? Iltimos, sahifani yangilang yoki bizning qo'llab-quvvatlash boshqaruvchimizga murojaat qiling>.
Kirish va chiqish esdaliklari
---
---
---
---
---
---
Obunachilarni jalb qilish
Iyun '26
Iyun '26
+201
10 kanalda
May '26
+293
7 kanalda
Get PRO
Aprel '26
+343
8 kanalda
Get PRO
Mart '26
+140
7 kanalda
Get PRO
Fevral '26
+104
10 kanalda
Get PRO
Yanvar '26
+187
8 kanalda
Get PRO
Dekabr '25
+392
24 kanalda
Get PRO
Noyabr '25
+349
15 kanalda
Get PRO
Oktabr '25
+130
7 kanalda
Get PRO
Sentabr '25
+228
15 kanalda
Get PRO
Avgust '25
+160
4 kanalda
Get PRO
Iyul '25
+69
0 kanalda
Get PRO
Iyun '25
+168
9 kanalda
Get PRO
May '25
+93
6 kanalda
Get PRO
Aprel '25
+133
9 kanalda
Get PRO
Mart '25
+108
8 kanalda
Get PRO
Fevral '25
+72
6 kanalda
Get PRO
Yanvar '25
+403
21 kanalda
Get PRO
Dekabr '24
+135
4 kanalda
Get PRO
Noyabr '24
+267
21 kanalda
Get PRO
Oktabr '24
+231
6 kanalda
Get PRO
Sentabr '24
+153
2 kanalda
Get PRO
Avgust '24
+127
1 kanalda
Get PRO
Iyul '24
+537
5 kanalda
Get PRO
Iyun '24
+127
14 kanalda
Get PRO
May '24
+143
8 kanalda
Get PRO
Aprel '24
+177
6 kanalda
Get PRO
Mart '24
+182
10 kanalda
Get PRO
Fevral '24
+79
1 kanalda
Get PRO
Yanvar '24
+139
0 kanalda
Get PRO
Dekabr '23
+214
2 kanalda
Get PRO
Noyabr '23
+28
3 kanalda
Get PRO
Oktabr '23
+91
2 kanalda
Get PRO
Sentabr '23
+69
0 kanalda
Get PRO
Avgust '23
+1 603
0 kanalda
Sana
Obunachilarni jalb qilish
Esdaliklar
Kanallar
29 Iyun+5
28 Iyun+5
27 Iyun+3
26 Iyun+1
25 Iyun+1
24 Iyun+5
23 Iyun0
22 Iyun+1
21 Iyun+3
20 Iyun+2
19 Iyun+4
18 Iyun+4
17 Iyun+10
16 Iyun+7
15 Iyun+6
14 Iyun+13
13 Iyun+7
12 Iyun+26
11 Iyun+10
10 Iyun+5
09 Iyun+10
08 Iyun+2
07 Iyun+15
06 Iyun+6
05 Iyun+36
04 Iyun+4
03 Iyun+4
02 Iyun+1
01 Iyun+5
Kanal postlari
Assalomu alaykum Bugun UzGeeks meetupi bo'lib o'tadi. Startup qurish va investitsiyalar haqida mutaxassislar bilimlarini ulashishadi. 27-iyun, shanba(bugun), Amity University. Meetup 14:00 da boshlanadi. Xarita: Amity University Labzak koʻchasi, 70 https://yandex.uz/maps/org/amity_university/27344936067?si=4cjpb0wdk5rjfxk6mfq2zvmwww https://maps.app.goo.gl/CH7X1cawTGvRsdgU7 Barchani kutamiz

2
O‘zbekiston Bugun O‘zbekiston terma jamoasi uzoq kutilgan o‘yinlardan yana birida kuch sinashadi. Bir vaqtlar «O‘zbekiston» d
O‘zbekiston Bugun O‘zbekiston terma jamoasi uzoq kutilgan o‘yinlardan yana birida kuch sinashadi. Bir vaqtlar «O‘zbekiston» deganda boshqa davlatlar nomini aytishsa, odamning g‘ashiga tegar edi. Chunki biz o‘zimizni yaxshi tanita olmagan edik. Ammo kattalar aytganidek, yurtimizni dunyoga tanitishda sportchalik tezkor va samarali vosita bo‘lmasa kerak. Bugun vatanimiz dunyo yulduzlariga aylangan kuchli jamoa bilan bahs olib boradi. Bunga vatandoshlarimiz juda katta tayyorgarliklar ko‘rishmoqda. Turli davlat va shaharlarda o‘yinni birgalikda tomosha qilish uchun xarajat qilinmoqda. 50, 100, 200, 1000 kishilik joylar tayyorlangan. Hech bo‘lmasa sport bahona bir-birimiz bilan birlashishimiz — bu juda katta natija. Bu kabi tadbirlardan unumli foydalanishimiz kerak. Bir-birimiz bilan birlashishimiz yo‘lida qilinayotgan harakatlarga befarq bo‘lmasligimiz kerak. Bu kabi uchrashuvlarda albatta boshqalar bilan tanishing, muloqotda bo‘ling. Ertaga ularni ko‘rmasligingiz mumkin, lekin qilgan kichik yaxshiligingiz esida qoladi, farzandlariga: «Falonchi aka shu kuni bunday qilgan edi», deb sizni namuna qiladi. Sizga savob, bolaga odob. Bugun Londonda ham yurtdoshlarimiz turli joylarda futbol ko‘rish uchun joylar tashkillashtirishgan. Men ham ulardan biriga yo‘lga otladim, 150 kishilik joy olingan, barcha chiptalar o‘yindan 3 kun oldin sotilib bo‘lgan. Terma jamoamiz pley-offda yaxshi o‘yin ko‘rsatsin (albatta chiqamiz!), biz esa ular bahona birga ko‘rishib turaylik. Hammamizga g‘alaba tilayman! Rasm: Angliyaning chekka qishloqlaridan biri. Poyezd bekati. Londondan 3 soatlik yo‘lda bayrog‘imizni ko‘rish naqadar maroqli. 23.06.2026 London @DrAlgorithm
1 964
3
Isfandiyor yig‘lamadi O‘yin vaqtida Bektosh aka kanallarini kuzatib turgan edim. Farzandlari bilan stadionga borganlari, birga muxlislik qilganlari, va albatta birinchi to‘pni o‘tkazib yuborganimizda Isfandiyor xafa bo‘lib ko‘ziga yosh olgani. Ota sifatida farzandini yupatish, ko‘nglini olish yo‘lida qilingan harakat - juda kuchli tuyg‘u. Begona yurtda, qarshi jamoa muxlislari orasida bo‘lish vaziyatni yanada qiyinlashtiradi. Shunday bo‘lsa ham Kolumbia muxlislariga "O‘zbekiston" deb baqirtirib, qo‘llab-quvvatlash orqali farzandining ko‘nglini olish, juda katta mahorat. Natijasini esa, bugun ko‘rib rosa xursand bo‘ldim. Bugun Isfandiyor O‘zbekistonni dunyo futbol muxlislari orasida tanilishiga juda katta hissa qo‘shdi. Uni jahon yulduzlari tan oldi. Ota-onasiga hozirdan xursandchilik olib keldi. Ammo... O‘yin tugagach, juda ko‘p Telegram kanallarida Isfandiyor videosini ko‘rib, xafa bo‘ldim. Taniqli odamlar ham videoni o‘zining kanalida qo‘ygan. Kuzatuvchilari uchun qiziq "kontent" qilib foydalangan. Nega manbasini ko‘rsatmagan - degan savol keldi? Hech bir kanal admini videoning muallifi kim ekanini ko‘rsatib o‘tmagan. Bu bizda mualliflik huquqi yaxshi ishlamaydi deganimi? Yoki odamlarimiz mualliflik huquqi borligini bilmasmikan? Bilmaydigan adminlar, balki adminlikni yig‘ishtirib qo‘yishi kerakdir? Yaxshi ham-ki, bu voqea bizning kanallarimizga bog‘liq bo‘lmagan holda, ijobiy tomonga yuzlandi. Lekin, biz birovning haqqini biladigan millatmiz, foydalanilgan ma’lumotlarning manbasini ko‘rsatib ish yuritaylik. Hozir topadigan "Ko‘rishlar" soni ertaga javobgarlikka aylanib qolmasin. Bektosh aka, Isfandiyor sizlarga katta rahmat! Safaringiz maroqli va bexatar o‘tsin. 19.06.2026 London @DrAlgorithm
2 716
4
Assalom alaykum!!! UzGeeks'da Startup kuni! 📆 27-iyun, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida
Assalom alaykum!!! UzGeeks'da Startup kuni! 📆 27-iyun, shanba kuni Toshkent shahri Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida "UzGeeks June2026 Startup Day Meetup" bo'lib o'tadi. Ushbu tadbirda birinchi speakerimiz: 1️⃣ Startaper bo'la ko'rmang! - Umid Gafurov (Founder @ tirikchilik.uz, troll.uz) 🕰 Meetup odatiy ravishda bepul bo'lib, soat 14:00 da boshlanadi, unda qatnashish uchun UzGeeks saytida ro'yxatdan o'tish kerak. Manzil: Toshkent shahar, Mirzo Ulug'bek tumani, Muminov ko’chasi, 4A (Raqamli texnologiyalar vazirligi binosida) Hamkorlar: O'zbekiston Respublikasi Raqamli texnologiyalar vazirligi Raqamli ta'limni rivojlantirish markazi Thinkland Guruh | Kanal | Facebook | 💫 Donate https://uzgeeks.uz/
1 754
5
#1 ⚽️ GOOL!
2 378
6
#1 ⚽️ Boshladik... Uhlamaganlar bo‘lsa, birgamiz. 18.06.2026 London @DrAlgorithm
2 435
7
🇺🇿 UZBEKISTAN'S HISTORIC WORLD CUP MATCH — LIVE IN LONDON 🇺🇿 History is being made. For the first time ever, Uzbekistan w
🇺🇿 UZBEKISTAN'S HISTORIC WORLD CUP MATCH — LIVE IN LONDON 🇺🇿 History is being made. For the first time ever, Uzbekistan will play at the FIFA World Cup, and we're bringing this special moment to the heart of London! ⚽️ Uzbekistan 🇺🇿 vs 🇵🇹 Portugal 📅 Tuesday, 23 June 2026 🚪 Doors open: 17:00 ⏰ Kick-off: 18:00 📍 Copthorne Tara Hotel, Kensington, London 🔗 Tickets: https://buytickets.at/gashtaklimited/2270290 🎟 £10 ticket includes: ✅ Live match on big screens ✅ Traditional Uzbek meal (plov + drink) ✅ Fan zone activities & photo zone 🤝 Organised together with: • Gashtak Community • OSHPAZ • Uzbek Students' Union • WAYU UK • UzTech UK 💛 Sponsored by: • Moneff • TezParcel This is more than a football match. It's a celebration of a dream shared by 40 million people finally reaching the world stage. 🇺🇿 🎉 Wear Uzbek symbols or blue & white colours. 🇺🇿 Bring your flags. 📣 Bring your voices. ⚠️ Age limit: 10+ Spots are limited and will be allocated on a first come, first served basis.
2 255
8
Moliyaviy savodxonlik Pulni Dollarda (US $) saqlasang yutqazmaysan. degan ajoyib fikrlash bor bizda. Lekin buni xato ekanini+1
Moliyaviy savodxonlik Pulni Dollarda (US $) saqlasang yutqazmaysan. degan ajoyib fikrlash bor bizda. Lekin buni xato ekanini ko‘pchilik bilmaydi. Oddiy misollar bilan ko‘p tushuntirilgan. Shunga biroz boshqacha qilib aytib o‘tsam. Har yili davlatlar iqtisodiyotiga qarab, ularning puli qadri tushadi. Avvallari USD $ va boshqa valyutalar 1%-2% inflatsiya bo‘lgani uchun, odamlar shu pulda saqlashni o‘ylashgan. Chunki o‘zining pul birligiga 15%-20% inflatsiya bo‘lgan. Sizda 1,000,000 so‘m bor deylik. Bu pulga 10kg go‘sht beradi. 5 yil o‘tganidan keyin ham sizda 1,000,000 so‘m pul bor. Lekin endi unga 8kg go‘sht beradi. Demak, resurs bilan solishtirsa, farqi seziladi. Dollar $ da ham shunday. Faqat 5 yil emas 15 yilda shu farz seziladi. Lekin bu farq bor. Bugun Ilon Mask (Elon Mask) 1 Trillion sohibi bo‘ldi deb e’lon qilindi (rasm). Bu nima degani? Kimdir boyib ketdi emas, pulning qadri shunchalik kamayib ketdi-ki. Endi bizga Milliard katta emas, endi Trillionda gaplashishimiz kerak, - degani. Bu tanganing 2-tomoni. Unda nima qilishim kerak? * Arzon vaqtida o‘qish kerak. Pulni harakatga keltiradigan narsalarni o‘ylash kerak. * Pulni tejash emas, uni ko‘proq ishlab topish usullarini o‘rganish kerak. * Cheklangan resurs - Vaqt. Aynan shuni konstanta qilib, unga bog‘lik Pul va Bilimni oshirish kerak. Bir Vatandoshimiz darslarida etganlaridek: Quvvat (Energiya) = Vaqt * Pul * Bilim Qaysi biri sizga kam bo‘lsa, shuni boshqasi yordamida sotib oling. Doim hammasi katta bo‘lishi kerak. Bittasi ko‘p bo‘lib, qolgani kichik bo‘lsa, quvvat (energiya) ham kam bo‘ladi. * Vaqt ko‘pligida ilm olish, ko‘p ishlash kerak. * Pul ko‘pligida kurs sotib olib, o‘qish va odam ishlatib, vaqtni tejash kerak. * Bilim ko‘payganida esa, qaydan qilib Pul topish va Vaqtni tejashni fikrlash kerak. Quvvatingiz ko‘p bo‘lsin. Birovning muvaffaqiyatini o‘ylab, vaqtingizni ketkazmang. O‘zingiz ustingizda ishlang. Dam olish kunlaringiz foydali o‘tsin! 12.06.2026 London @DrAlgorithm
5 491
9
Alisher Tajiyev tajribalarida bo‘lgan holat haqida aytib berdilar. Korxonaning tajribasini SIga o‘rgata olish - haqida aytib o‘tganlar. Yana korxonanigzda samarali ishni tashkil qilish va SIdan unumli foydalanish uchun foydali ko‘rsatma bor. Eshitib ko`ring, foydasi tegsa hursand bo‘lamiz. 11.06.2026 London @DrAlgorithm
1
10
Alisher Tajiyev tajribalarida bo‘lgan holat haqida aytib berdilar. 🎧 https://t.me/DrAlgorithm/1181 Korxonaning tajribasini SIga o‘rgata olish - haqida aytib o‘tganlar. Yana korxonanigzda samarali ishni tashkil qilish va SIdan unumli foydalanish uchun foydali ko‘rsatma bor. Eshitib ko`ring, foydasi tegsa hursand bo‘lamiz. ~~~ 11.06.2026 London @DrAlgorithm
2 507
11
Ovozli xabar
2 428
12
Fable 5 - qoʻllanma Claude Fable 5 modelini ishlatish boʻyicha qoʻllanma chiqardi. Endi Fable 5 ni maksimal darajada qiynab k
Fable 5 - qoʻllanma Claude Fable 5 modelini ishlatish boʻyicha qoʻllanma chiqardi. Endi Fable 5 ni maksimal darajada qiynab koʻrsangiz boʻladi. https://platform.claude.com/docs/en/build-with-claude/prompt-engineering/prompting-claude-fable-5 Shu paytgacha yasab kelgan Skill'larimiz endi kerak boʻlmasligi mumkin. Opus bilan asosiy farqlaridan biri Fable 5 mustaqil fikrlay oladi. Murakkab masalani oldindan aytsangiz, unumliroq boʻladi ekan. Maqolani oʻqib, ishlatib koʻrganlar boʻlsa, fikringizni qoldirsangiz. Hammamiz uchun foydali boʻladi. 11.06.2026 London @DrAlgorithm
4 922
13
10% off a new Google Pixel Har oy Google manga: - Do‘stlaringga yaxshilik qil. Mabodo kimdir telefon olmoqchi bo‘lsa, arzonro
10% off a new Google Pixel Har oy Google manga: - Do‘stlaringga yaxshilik qil. Mabodo kimdir telefon olmoqchi bo‘lsa, arzonroq olsin! deb email yozadi. E’tibor bermas edim. Keyin shu hafta o‘zim ham ishlatib ko‘rdim. Rostdan ham 10% arzonga olsa bo‘lar ekan. Essiz, undan avvalgi kodlarni ishlatmagan edim. Kuyib ketibdi. Shunga kimga kerak bo‘lsa, marhamat. Bozorilani bersin! 9 ta kod bor ekan, shu yerga: 1. REF-MJ4S4TV9CHU5PHYZE8C2Z9Z 2. REF-7RQLDANHHJT85RDDLWOKL66 3. REF-MHBBMXV9VLB0EK5897N83FW 4. REF-41AJOQO98MYILAHKKX9AS42 5. REF-OYZ2U2VZHKT5TYGWEDWDDGZ 6. REF-5A6T4RXZVSQDIIMJSCZHD5J 7. REF-EUJF2SN3UAGZ94PIEO9W5IF 8. REF-DEIV13RCVQ0F1F1AOACFKUF 9. REF-85YTMND5N3ZY4TB83PGU1L2 Muddat: 31/07/2026 11.06.2026 London @DrAlgorithm
2 169
14
Gemini'ni ham boshini yeyishdi. Ana bo`lmasa Gemini’ni ham boshini yeyishdi. Etdim-a Mythos’ga hali erta deb. Bugun Gemini is
Gemini'ni ham boshini yeyishdi. Ana bo`lmasa Gemini’ni ham boshini yeyishdi. Etdim-a Mythos’ga hali erta deb. Bugun Gemini ishlamayapti. Bitta so‘rovni 3-4 marta yubordim, alohida oynada ochib ko‘rdim, keshni tozalab ko‘rdim, - yordam bermadi. Bu SI korxonalari jangi qattiq ketvotti shekilli-a? Sizda ham bugun Gemini ishlamadimi? 10.06.2026 London @DrAlgorithm
2 572
15
Anthropic Fable 5 – Bugundan boshlab 22-iyungacha Fable 5 hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz Pro, Max, Team va o‘rin (seat) aso
Anthropic Fable 5 – Bugundan boshlab 22-iyungacha Fable 5 hech qanday qo‘shimcha to‘lovsiz Pro, Max, Team va o‘rin (seat) asosidagi Enterprise tariflariga kiritiladi. – 23-iyundan boshlab esa Fable 5 ushbu tariflardan olib tashlanadi. Shundan keyin undan foydalanish uchun foydalanish kreditlari (usage credits) talab qilinadi. Agar tizim quvvati yetarli bo‘lsa, biz ushbu bepul foydalanish muddatini uzaytiramiz. – Keyinchalik, imkoniyat va quvvat yetarli bo‘lganda, Fable 5ni yana obuna tariflarining standart qismi sifatida qayta tiklashni rejalashtirmoqdamiz. Buni imkon qadar tezroq amalga oshirish niyatidamiz. https://www.anthropic.com/news/claude-fable-5-mythos-5 P.S. Yuqoridagi matn AI bilan tarjima qilingan. ------ @farkhod_com
2 085
16
Tetris o‘yinida #1 bo‘ldim Menga g‘oya rosa yoqdi. Zo‘r o‘ylashgan ekan. 3D tetris o‘ynab ko‘rganmisiz? San'at xonasi bor. Un+2
Tetris o‘yinida #1 bo‘ldim Menga g‘oya rosa yoqdi. Zo‘r o‘ylashgan ekan. 3D tetris o‘ynab ko‘rganmisiz? San'at xonasi bor. Unda 3D rasm va videolar qo‘yishadi. Bu safar esa Tetris o‘yini qo‘yishgan ekan. Eng qiziq joyi, QR kodni o‘qib, o‘ynasa bo‘ladi. Qayday qilib? Har 5 daqiqada chap devorsa QR kod ko‘rsatiladi ekan. Uni o‘qitganingizdan keyin navbatga tushasiz. 5-10 daqiqa ichida navbatingiz keladi va siz qaysi rangda o‘yinda ekaningiz ko‘rsatiladi. Xona shiftida sizning rangdagi shakl paydo bo‘ladi. Telefondan boshqarasiz va devordagi harakatni kuzatib borasiz. Eng ko‘p ball to‘plagan yutar ekan. Sizga cheklangan sonda shakl berishadi. Hamma o‘yindan bahramand bo‘lishi uchun, Bizda ham qilsa bo‘lar ekan. Buning uchun 4-5 ta proyektor, katta xona ga internet bo‘lsa yetarli. Har yarim soatda bitta yangi video yoki o‘yin qo`ysa bo‘ladi. Orada reklama ham chiqarish mumkin. Eng asosiysi, odamlar avval ko‘rmagani uchun ko‘p keladi. Biror katta do‘kon atrofida yoki parklarda qilib ko‘rsa bo‘ladigan g‘oya ekan. Yoshlikni eslab, 3-4 daqiqa o‘ynay oldim. Ballarimiz bil xil bo‘lgani uchun 2 kishi #1 bo‘ldik. Menda yashil edi. 09.06.2026 London @DrAlgorithm
2 422
17
London Tech Week 2026 O‘zbekistondan IT Park ham bu tadbirda qatnashmoqda. Bugun London Tech Week 2026ga borish nasib qildi.+2
London Tech Week 2026 O‘zbekistondan IT Park ham bu tadbirda qatnashmoqda. Bugun London Tech Week 2026ga borish nasib qildi. Juda katta tadbir. Ajoyib tashkil qilingan. Bizning Vatandoshlar ham ishtirok etishmoqda. Rasmda ko‘rganingizdek loyihalar bilan kelishgan. Qaysi loyihani tanidingiz? Katta zaldagi odaaamni ko‘rgan bo`lsangiz kerak. AI Session shu yerda bo‘lmoqda. Faqat Premium va Full access bilan kelganlar kira olar ekan. Bechora £100 ga chipta olganlar kira olmas ekan. Kamida £800 to‘lash kerak. Lekin bizning UzTech UK (@UzTechUK) jamoasi a'zolari xuddi o‘zini uyida yurgandek, kirib-chiqib yurishibdi. Kelsangiz sizga ham o‘rgatamiz. InfoSec tadbiriga qaraganda 4 bahoga arziydi. O‘ylaymanki kelajakda bular ham rivojlanishadi. Londonda bo‘lsangiz albatta kirib o‘ting. Faqat ro‘yxatdan o‘tish esdan chiqmasin. 08.06.2026 London @DrAlgorithm
2 448
18
Chala tizim = to‘liq tizim Rahmatli domlam, Prof. Abdumajid Po‘latov, aytar edilar: "Tizim to‘liq bo‘lishi uchun, uning har b
Chala tizim = to‘liq tizim Rahmatli domlam, Prof. Abdumajid Po‘latov, aytar edilar: "Tizim to‘liq bo‘lishi uchun, uning har bir tashkil etuvchisi to‘liq bo‘lishi shart emas. Tashkil etuvchilarning har biri o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarsa yetarli." Bittada tushunib olishim qiyin bo‘lgan. Keyin sinab ko‘rib, o‘zim uchun zo‘r dars qilib olgan edim. Keling shuni biroz batafsil aytib bersam: Tizim to‘liq bo‘lishi uchun, uning har bitta tashkil etuvchi (komponentlari) to‘liq bo‘lishi shart emas. - degani tizimda albatta bir necha tashkil etuvchi qismlari bo‘ladi. Shular har xil xususiyatga ega. Masalan, avtomobil uchun - g‘ildirak, rul, o‘rindiq va boshqalar kabi. Tashkil etuvchilarning har biri o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarishi yetarli. - demak har bir tashkil etuvchi qism, o‘z vazifasini to‘g‘ri bajarsa bo‘ldi. Yana nimalarnidir bilishi bizga kerak emas aslida. Boshqacha ham bo‘ladimi? - deb so‘rashingiz mumkin. Ha bo‘ladi! Yetmaganiga hayotda doim shunday. Har bir tashkil etuvchi qism o‘zi vazifasini bajara olib, lekin boshqa vazifalarda oqsasa (70% foydali desak), shunda ham ularni to‘g‘ri qo‘yib chiqsa, umumiy tizim to‘liq va to‘g‘ri bo‘laveradi - mana shu joyda san’at boshlanadi. Buni masalan jamoani boshqarishda ham ko‘rsa bo‘ladi. Har bir dasturchi yoki har bir jamoa a’zosi har xil kayfiyatga ega, har xil bilimga ega, har xil tajribaga ega. Lekin team lead sifatida sizning vazifangiz - aynan o‘sha, ularning qila oladigan imkoniyatlarini to‘g‘ri hisobga olib, ularni to‘g‘ri joyga qo‘yib, ularni yaxshi tomonlarini umumiy ishga to‘g‘ri ishlata olishda. Kimdir biror narsani yaxshi bilmasligi mumkin. Masalan, bir dasturchi Frontend’da yaxshi kod yozadi, ammo Database’ni yaxshi bilmaydi. Yana kimdir deylik, Frontend’ni yaxshi bilmaydi - ahamiyati yo‘q. Siz qilayotgan ish vaqtida umumiy ishga bittasi faqat Backend’ni bilsa, uni Backend’ga qo‘yasiz. Faqat Database’ni yaxshi bilsa, Database bilan hisobotlarga qo‘yasiz. Agar yana biri Frontend’ni yaxshi bilsa, Frontend’ga qo‘yasiz. Ya’ni, siz ko‘rib turganingizdek, hamma narsani zo‘r biladigan odamlarni yig‘ib olib ishlatayotganingiz yo‘q. Ayni bitta narsani zo‘r biladi, qolgan narsalardan xabari bor, xolos. Ana o‘shalarni ketma-ketligini to‘g‘ri qo‘yib olib, umumiy tizimingizni, umumiy ishingizni to‘g‘ri tashkillashtirgan bo‘lasiz. SI modellari ham shunday. Hamma narsani zo‘r biladigan model hali mavjud emas. Multimodel bo‘lgani bilan, alohida yig‘ilgan tizimlar ketma-ketligi sifatliroq va tezroq bo‘lishi kuzatilmoqda. SI biznesga katta foyda berdi, dasturchilar ishini tezlashtirdi, jarayonlar tezlashdi, - deb eshitib olib, shatta bitta SIni olib, o‘zini ishiga tatbiq qilayotganlar ko‘p. Afsuski ular bitta SI bilan cheklanib, ishlarini orqaga tortishmoqda. Chala SI modellaridan to‘g‘ri foydalanish vaqti keldi, akalar. Xulosam, post uzum bo‘lib ketdi, rozi bo‘lasiz. - SIni ishlatish kerakmi? - Ha. - Bitta SI modelini olib, shuni o‘zini ishlatsam bo‘ladimi? - Yo‘q. - Biznesimga (ishimga) samara berish uchun nima qilay? - SI modellari, turlari, nima uchun ishlatilishini o‘rganing. Boshqalar bilan siz tanlagan SI zo‘r ekanini bahslashmang. Taklif qiling, ularning fikrini eshiting. Kuch birlikda. Kelasi ish haftasini kuchga to‘lib, samarali va barakali boshlab oling. 07.06.2026 London @DrAlgorithm
4 950
19
SI chiqdi va xavfsizlik qil ustida qoldi. AI davrida InfoSec nima bo‘ladi? Hozir saytlarni buzish, tizimlarga kirib borish an
SI chiqdi va xavfsizlik qil ustida qoldi. AI davrida InfoSec nima bo‘ladi? Hozir saytlarni buzish, tizimlarga kirib borish ancha oson bo‘lib qoldi. O‘tgan yillari InfoSec Expoga borganimda, qanday qilib tizimlarni himoyalash, dasturlarni nazorat qilish haqida gapirishar edi. Katta korxonalar tizimlarni yasash, sizga tizimlar orqali yordam berishga harakat qilar edi. Hozir esa vaziyat butkul boshqa. Tadbirga aylanib yurib shuni sezdim-ki, endi korxonalar tizimlar orqali himoya qilmoqchi emas. Tadbirning yarmi bitta mavzuni gapiradi: Xodimlarni o‘qitish. Aynan shunday. Endi parol uzunligi, 2FA borli kerak emas. Endi xodim nima qilmoqda, bilmasdan ochib bermayaptimi, uni o‘qitish kerak, - degan gaplar. Korxonalarga xodimni bilimini oshirish arzonroq tushmoqda. SI tezlashtirgan zamonga, ilm bilan yetib olishmoqda. Xodim savoyasi oshmasa, ming tizimni zo‘r qurib qo‘ying, foydasi yo‘q. Phishing, Ijtimoiy muxandislik, psixologik bosim kabi usullar bilan aldab qo‘yishmoqda. Qiziq. Bu ketishda Informatsion Xavfsilik yana nimalarni boshidan o‘tkazar ekan-a? 05.06.2026 London @DrAlgorithm
2 401
20
Rasm soladigan robot qo‘l Bu narsa AI Sketch Robot deb atalar ekan. Qanday ishlashini ko‘rsatish uchun rasmlarini ham tashlab+3
Rasm soladigan robot qo‘l Bu narsa AI Sketch Robot deb atalar ekan. Qanday ishlashini ko‘rsatish uchun rasmlarini ham tashlab qo‘ydim. Internetni qidirib, turli saytlar topdim. Masalan, https://www.juliacharleseventmanagement.co.uk/entertainment/exhibition-entertainment/ai-sketch-robot/ https://photomonkey.uk/sketchartbot Narxi osmon, £600 dan boshlanar ekan. Shundan keyin o‘ylab qoldim. Ahir bizning Robototexnikani o‘rganayotgan yoshlar buni yasay oladi-ku. Endi tadbirkor bo‘lish (monitizatsiya qilish) kerak. Sifati, tezligi qancha yaxshi bo‘lsa, turli tadbirlarda sotsa bo‘ladi. Yoshlarga aytib ko‘rsak, qilisharmikan? 04.06.2026 London @DrAlgorithm
2 843