cookie

We use cookies to improve your browsing experience. By clicking «Accept all», you agree to the use of cookies.

avatar

Vohid Karimov | Hello world

Advertising posts
4 367
Subscribers
-124 hours
+167 days
-1930 days

Data loading in progress...

Subscriber growth rate

Data loading in progress...

Photo unavailableShow in Telegram
Tree data strukturasi esga tushib ketdi. Sundar root node bo’lsa meni topish uchun algoritm quydagicha bo'lar ekan ⬆️ Bu algoritm bilan Googleda meni topish sekin bo’lyapti ekan. Kim yanada optimal algoritm bera oladi?
Show all...
😁 35👍 4
Photo unavailableShow in Telegram
It ain’t much but honest work 🥲
Show all...
🤣 80😁 14👍 7 4🔥 2
Googleda yana bir o'zbek 🥳🥳🥳 uooglers++ //uzbek googlers mooglers++ //munich googlers Rustam Zokirov O'zbekistondan turib Google offer olgan (men bilgan) birinchi bo'ldi 💪😎 https://t.me/cracking_maang/719?single
Show all...
Rustam-Z 🚀 | Cracking MAANG⚡️

👍 134 18❤‍🔥 7🔥 6 3🏆 3🤣 1
Keyingi podcastimiz Diyorbek Sadullaev bilan bo'ldi. Diyorbek hozirda Polshaning Varshava shaxrida yashaydilar va Pinterest kompaniyasida Software Engineer bo'lib ishlaydilar. Ular bilan qilgan quyidagi mavzularni gaplashdik: — Polshada o'qish va ishlash — Pinterest diplom so'radimi? — Polshaning yaxshi & yomon tomonlari — Super Dispatchda ishlash — Super Dispatch "mafiasi" — Super Dispatch interview jarayoni — Super Dispatch productlari — Frontendga bo'lgan qiziqish — React vs Angular — Pinterest va Design System — Pinterest interview jarayoni — Pinterestga referral berasizmi? https://youtu.be/skK03D2lzSM
Show all...
Podcast: Diyorbek Sadullaev (Software Engineer, Pinterest)

Diyorbek Sadullaev hozirda Polshaning Varshava shaxrida yashaydilar. Diyorbek Pinterest kompaniyasida Software Engineer bo'lib ishlaydilar.Ular bilan qilgan ...

🤩 28👍 18 8🐳 4🔥 2 1
Repost from Azimjon's Fikrlog
Germaniyadan kelgan mehmonlar bahona Varshavadagilar bir yig’ildik. Ajoyib insonlar bilan ajoyib suhbat bo’ldi. Shahar aylandik - chiroyli shahar ekan. Ular bahona shaharni ko’rmagan joylarini ko’rdim. Kun yaxshi o’tdi.
Show all...
👍 83🔥 10🤩 6🐳 2 1
Photo unavailableShow in Telegram
Googleda ishlaydiganlarni Googler va ularning itlarini Doogler deyishlarini bilsangiz kerak. Dooglerlarga ham Google tomonidan badge berilishini bilarmidingiz? Aytishlaricha Dooglerlar badge olishi uchun ular birinchi Software Engineer, Pet Project positsiyasiga topshirishlari kerak. Keyin algoritmik va Doogleyness interviewlaridan o'tishlari kerak. Rasmdagi it bir hamkasbimga tegishli va uning ismi Shafi (badgeda yozilgan, rasmda ko'rinmayapti). Hamkasbim aytishicha Shafi 300tacha leetcode masala ishlab qo'ygan ekan 😱
Show all...
😁 120🤣 93👍 14🤯 5 2 2❤‍🔥 1
“Boyib ketsam umuman ishlamayman, mazza qilib yotaman” Men tanigan muvaffaqiyatli insonlar muvaffaqiyatga o’zlarini tirishqoqliklari va mehnatkashliklari orqali erishganlar. Ko’p holatlarda bu tirishqoqlik va mehnatkashlik orqasida yaxshiroq hayotga bo’lgan ehtiyoj yotadi. Ular ham bir paytlar “oyoqqa turib ketsam umuman ishlamayman, dadam ham onam ham ortiqcha ishlashmaydi, mazza qilib yashaymiz” degan qattiq maqsadni o’z oldilariga qo’yishgan. Bu juda yaxshi maqsad — har birimiz ham yaxshiroq hayotga intilib yashashimiz kerak. Lekin, boyib ketsam umuman ishlamayman deganlar sal kalta o’ylashadi. Keling shu yerda #storytime qilamiz. 2014-yil. Toshkentga o’qishga keldim. Menda ham yaxshiroq hayotga ehtiyoj katta. Omadim kelib dasturlash soxasi oyog’im ostidan chiqdi. Dasturlashni astoydil oldim, internship qildim, ishladim, o’z ustimda ishlashni to’xtatmadim va 2-3 yilda oilamni moliyaviy taminlay oladigan xolatga chiqdim. Dadamga mag’rurlik bilan “bo’ldi ishlamasangiz bo’ladi, men o’zim hammani taminlayman, ishingiz bergan oylik qilayotgan mehnatingizga arzimaydi” dedim. Lekin dadam ishlarini to’xtatmadilar. Boshida hayron qoldim, lekin keyinroq sababini tushunib oldim. Hop, nega dadam moliyaviy muhtojlik bo’lmasada ishlashni to’xtatmadilar? Qisqa javob — hayot mazmuni. Sizga yoqadimi yoqmaydimi, kunlik ishimiz (kollegalar, qizg’in suxbatlar, muammolar, unga yechimlar, va hattoki ishdagi dramalar ham) bizning hayotimizga katta mazmun beradi. Mazmunsiz esa hayot bo’lmaydi. Huddi shu sababli ham puli 10ta avlodiga yetadigan milliarderlar ham har kuni ertalab turib ishga boradi va o’z oldiga qo’ygan buyuk maqsadlari sari ishlashadi. Chunki shu ish ularning hayotiga mazmun beradi. Hayotga mazmun beradigan boshqa narsalar ham albatta bor (oila, do’stlar, hobby, sport, va hkz), lekin ko’pchiligimiz uchun ishning o’rni sezilarlicha katta. E’tiboringiz uchun raxmat, hayotingiz mazmunli bo’lsin!
Show all...
👍 176🔥 11❤‍🔥 9💯 3 2👏 1
Berlinga bo’lgan tashrifimdan foydalangan xolda Jahongir aka bilan bir choy ustida podcast oldik 🥂 Quyidagi mavzularni yoritdik: — Kiki — Germaniya xayoti: plyus va minuslar — Amazon vs Google — Rust va scalability — Shaxsiy loyihalar — Layofflar va hozirgi IT ish bozori https://www.youtube.com/watch?v=VVlTWHM0UdQ
Show all...
Podcast: Jakhongir / Vohid

Jakhongir Rakhmonov hozirda Germaniyaning Berlin shaxrida yashaydilar. Jakhongir aka Amazonning AWS jamoasida Software Engineer bo'lib ishlaydilar. Ular bilan qilgan quyidagi mavzularni gaplashdik: 0:00 Intro 2:05 Kiki 5:10 Germaniya xayoti: plyus va minuslar 21:20 Amazon vs Google 35:25 Rust va scalability 52:15 Shaxsiy loyihalar 55:25 Layofflar va hozirgi IT ish bozori Jakhongir Rakhmonov:

https://t.me/jakhonrakhmonov

Vohid Karimov:

https://t.me/vovopap

🔥 43👍 12 4😁 2🍾 2 1
Ha, bu oson ish emas. Hech kim ko’rsatmagan, o’qitmagan, yordam bermagan. Men buni o’zgartirmochiman. Birgalikda o’zingizning frameworkingizni yozsak, nima deysiz? Django, Yii, React, Spring, Ruby On Rails va boshqa millionlab dasturchilar ishlatadigan frameworklariga o’xshaganidan yozsak, nima deysiz? Tassavvur qilinga. Ish beruvchi sizning rezyumeyingizni ochib qarasa o’zingiz yozgan framework joylangan GitHubda repository turibdi. Bu qanaqa taassurot qoldiradi? “Demak bu bola o’z ishiga qiziqadi. Chunki no odatiy va oson bo’lmagan ishlar qilibdi. Boshqa dasturchilar uchun framework yozibdi. Bu ancha low-level ish.” degan fikrlar paydo bo’lishi turgan gap. Shaxsan men bunday dasturchilarni intervyuga chaqirgan bo’lar edim va qiziqib qilgan ishi haqida har xil savollar bergan bo’lar edim. Shu maqsadda men bir qator video darslar yozib chiqdim va shu narsalar haqida ertaga bitta YouTubeda onlayn webinar uyushtirmoqchimiz. O’zbekiston vaqti bilan soat 19:00da. Webinarda hozirgi IT dunyosidagi holat, karyerada o’sish va shu onlayn kursimiz haqida gaplashamiz. Hohlagan savollaringizga ham javob beramiz. Eng asosiysi aynan shu webinar vaqtidagina katta chegirma taqdim qilamiz. Webinardan so’ng kurs narxi oshadi. Webinar qaysi link orqali bo’lishini ertaga yozib yuboraman. Sizga kurs qiziq bo’lmasa ham albatta keling. Webinar foydali bo’lishi aniq. Chunki u yerda mendan tashqari Booking.comda dasturchi bo’lib ishlab kelayotgan Khamidulla Inoyatov va EPAMda dasturchi bo’lib ishlab kelayotgan Khumoyun Inoyatovlar ham bo’lishadi. Amazon, Booking va EPAM haqida ham bemalol so’rasangiz bo’ladi 😉 Ertaga ko’rishguncha. @jakhonrakhmonov
Show all...
👍 30🔥 4 3
Loyiha, loyiha, loyiha. Qurish, yasash, qiziqish. https://t.me/jakhonrakhmonov/467
Show all...
Jakhongir Rakhmonov - IT

“Umid yo’q. Siz hohlagan ishingizni topa olmaysiz. Balki 1000ta joyga topshirsangiz chiqib qolar. Vaqtingizni bekorga sarflayapsiz” deb Computer Science yo’nalishini o’qib tugatgan bir odam dardini yozibdi. Bu gaplarga Y Combinator kompaniyasi CEOsining javobini qarang: Haqiqiy loyihlarda, side projectlarda, open source loyihalarda, shunchaki qiziqish uchun qilinayotgan loyihalarda ishlash bu muammoga davodir. Computer Science bitiruvchilarining ko’pchiligi hech narsa yasay olmaydilar. Agar siz nafaqat loyihalar qura olishingizni, balki o’zingiz qiziqqaningiz uchun loyihalar qilganingizni isbotlay olsangiz, imkoniyatlar eshiklari siz uchun ochiladi. E’tibor beringa. Loyiha, loyiha, loyiha. Qurish, yasash, qiziqish. Ish topa olmayotganlardan so’rasangiz qilgan ishi CRUDdan uyo’giga o’tmagan. Oddiy web loyihadan uyog’iga o’tmagan. Dasturchilikdek imkoniyatlari cheksiz kasbni o’rganasizu, o’zingizga qiziq bo’lgan birorta proyekt qilib ko’rmaysizmi? Nima bu hamma yoq CRUD bo’lib yotibdi? Bu hamma yozayotgan blog, internet magazin, yangiliklar sayti hech kimni e’tiborini tortmaydigan bo’lib qolgan. Eng yomon tarafi bularning hammasi uchun deyarli bir xil qobiliyatlar kerak. Qisman farq qiladi holos. O’yin yozib ko’rmaysizmi? Linux uchun Command-Line loyiha qilib ko’rmaysizmi? Data Engineering qilib ko’rmaysizmi? Bot yozib ko’rmaysizmi? 3D qilib ko’rmaysizmi? Yangi dasturlash tili yozib ko’rmaysizmi? Yangi framework yozib ko’rmaysizmi? Boshqalardan ajralib turish vaqti keldi. @jakhonrakhmonov

🔥 22👍 9👏 3