cookie

Sizning foydalanuvchi tajribangizni yaxshilash uchun cookie-lardan foydalanamiz. Barchasini qabul qiling», bosing, cookie-lardan foydalanilishiga rozilik bildirishingiz talab qilinadi.

avatar

Termız davlat unıversıtetı tarıx fakultetı

🌍 Termiz davlat universiteti tarix fakulteti: yangiliklar, taqdimotlar, e'lonlar bilan rasmiy kanalimizda tanishing. ✅ https://t.me/+CrU5s1cryA0wZWVifacebook.cominstagram.com Dekanga taklif va murojaatlar uchun bot: @Sarvarpress

Ko'proq ko'rsatish
Reklama postlari
808
Obunachilar
Ma'lumot yo'q24 soatlar
-47 kunlar
+8330 kunlar

Ma'lumot yuklanmoqda...

Obunachilar o'sish tezligi

Ma'lumot yuklanmoqda...

Photo unavailableShow in Telegram
#Qabul2024/2025
⚡️Ehtiyojmand oilalardagi xotin-qizlar uchun tavsiyanoma olishga arizalar qabul qilish boshlandi
30-maydan boshlab ehtiyojmand oilalardagi 2 ming nafar xotin-qizlarga qoʻshimcha qabul koʻrsatkichlari doirasida ajratiladigan tavsiyanomalar berish uchun arizalar qabuli boshlandi. Arizalar xotin-qizlar.uz platformasi orqali elektron shaklda qabul qilinadi. Talabgorlarning arizalari 8-iyunga qadar qabul qilinadi. Arizalar 10-iyunga qadar tuman (shahar) Ishchi guruhlari tomonidan oʻrnatilgan tartibda koʻrib chiqiladi. Tavsiyanoma elektron shaklida 15-iyunga qadar oʻrnatilgan tartibda oʻz egalariga yetkaziladi. 👉 Batafsil...
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from TerDU rasmiy kanali
Photo unavailableShow in Telegram
Termiz davlat universiteti talabalari diqqatiga!
📌Iqtidorli talabalar va magistrlar uchun O‘zbekiston Respublikasi prezidenti stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari tanloviga hujjatlar qabuli boshlandi 📃Tanlov shartlari 📄Prezident stipendiyasi va nomli davlat stipendiyalari nizomi Tanlovda 2-, 3-bosqich talabalari hamda 1-bosqich magistrlar ishtirok eta oladi HUJJATLAR: 24-iyundan 5-iyulga qadar iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo'limi tomonidan qabul qilinadi. ☎️Murojaat uchun: +998 91 235 61 11
Bizni kuzating
Telegram | Instagram | Facebook | You tube | Sayt
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
⚡️Яхши хабар: Ўзбек тили изоҳли луғатининг веб-сайти – izohli.uz ишга тушди Ушбу сайт расмий мақомда бўлиб, Вазирлар Маҳкамасининг Давлат тилини ривожлантириш департаменти ҳамда Ўзбек тилини ривожлантириш жамғармаси томонидан ишлаб чиқилган. Сайт базасида Ўзбек тилининг изоҳли луғатига киритилган 80 мингдан ортиқ сўз ва сўз бирикмалари жой олган. Келгусида ушбу сайт янада такомиллашиб, янги функциялар ва қулайликлар қўшилиши айтилмоқда. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Edu.uz
29:34
Video unavailableShow in Telegram
#Vazir_ochiq_muloqot
⚡️ Nima sababdan “avval test, soʻng tanlov” tizimiga oʻtildi?
Qachon rektorlarni jamoatchilik saylaydi? ❓ Taʼlim granti har yili qayta taqsimlansa, poraxoʻrlik avj olmaydimi? ❓ Nega sirtqi taʼlimdan voz kechilmoqda? Ushbu savollarga Oliy taʼlim fan va innovatsiyalar vaziri Qoʻngʻirotboy Sharipov bilan “Yangi O‘zbekiston” gazetasi bosh muharriri Salim Doniyorov suhbatida javob olishingiz mumkin. 🎬 Videoni Full HD formatda koʻrish
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Repost from Edu.uz
#qabul_2025
⚡️2024-2025-o‘quv yili uchun abituriyentlarni ro‘yxatga olish 5-iyundan boshlanadi
📌 2024-2025-o‘quv yilidan boshlab davlat oliy va professional ta’lim muassasalariga (kasb-hunar maktabi bundan mustasno) qabul qilish bo‘yicha imtihonlar “avval test, so‘ng tanlov” tamoyiliga muvofiq bir vaqtda o‘tkaziladi. 📝 Bunda abituriyentlar o‘z tanloviga ko‘ra test sinovi natijasida to‘plagan balidan kelib chiqib, dastlab oliy ta’limning bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga, so‘ng professional ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish uchun tanlovda ishtirok etadi. 📆 Oliy va professional ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha kirish imtihonlari iyul-avgust oylarida o‘tkaziladi. ✅ Davlat oliy ta’lim muassasalari bakalavriatiga qabul jarayoni quyidagi 2 bosqichda amalga oshiriladi: 1️⃣-bosqichda abituriyentlar har yili 5-iyundan 25-iyunga qadar test sinovi topshirish uchun ro‘yxatdan o‘tadi hamda test sinovi topshiriladigan fanlar majmuasi, ta’lim tili va test topshirish hududini hamda kirish imtihonlari tarkibida kasbiy (ijodiy) imtihon bo‘lsa, ushbu imtihonni topshiradigan davlat OTMni tanlaydi. 2️⃣-bosqichda abituriyentlar test sinovlari to‘liq yakunlanganidan so‘ng 15 kun davomida oliy ta’lim muassasasi, bakalavriat ta’lim yo‘nalishi va ta’lim shaklini tanlaydilar. 🖥 Kollej va texnikumlarda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlar kollej va (yoki) texnikumni, kasb va mutaxassislikni hamda ta’lim shaklini OTMlariga qabulning yakuniy natijasi e’lon qilinganidan so‘ng 10 kun muddatda tanlaydi.
Bizni kuzating
Facebook | X | YouTube
Hammasini ko'rsatish...
Photo unavailableShow in Telegram
#диққат ❗️Фирибгарлар янги усулга ўтишди. Энди "МИБдан қарзингиз бор" деб, хатто исм, фамилиянгиз билан аниқ-тиниқ ёзиб хабар юборишмоқда. Агар иловага кирсангиз, пластик картангиз ва телеграм аккаунтингизни ўғирлашади. Яқинларга юбориб огоҳлантириб қўямиз!
Hammasini ko'rsatish...
01:05
Video unavailableShow in Telegram
Сурхондарёдан 4 минг йиллик тарихга эга қабрлар икки минг йиллик тарихга эга шаҳар қолдиқлари топилди. Ўзбекистон-Хитой қўшма археологик экспедицияси томонидан Сурхондарё вилояти Узун тумани ҳудудида амалга оширилган тадқиқот ишлари давомида 4 минг йиллик тарихга эга қабрлар ва 2 минг йиллик шаҳар қолдиқлари топилди. Вилоят ҳокимлиги ахборот хизматининг маълум қилишича, изланишлар давомида турли хил сопол идишлар, қурол-аслаҳалар, тақинчоқлар, ҳайкалчалар, шаҳарча миноралари қолдиқлари ҳамда турли қадимий қабрлар аниқланди. Олимларнинг дастлабки хулосаларига кўра ушбу археологик топилмалар эрамиздан аввалги II – эрамизнинг III асрларига оид Қанғ, Кушон ва Юэчжи (массагетлар) даврига тегишли эканлиги аниқланган. Ҳозирда ҳудудда Ўзбекистон-Хитой қўшма археологик экспедицияси томонидан ўрганиш ишлари давом эттирилмоқда. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Hammasini ko'rsatish...
👍 4👌 1
01:35
Video unavailableShow in Telegram
Mahalladagi kitobxonlar uchun yana bir ajoyib loyiha! 📚 Kitobxonlar safini kengaytirish maqsadida O‘zbekiston mahallalari uyushmasi “Mahalladagi kitobxon” tanloviga start berdi. Tanlovning eng muhim jihati, unda yoshidan qatʼiy nazar barcha ishtirok etishi mumkin. 1 oyda atigi 2 ta kitob o‘qib, tanlovda qatnashib g‘olib bo‘lish imkoniyati mavjud! 📝Tanlovda ishtirok etish uchun @MahallaTanlovBot orqali ro‘yxatdan o‘tishi mumkin! Murojaat uchun: @mahalla_murojaat #Mahalladagi_kitobxon https://t.me/yoshkitobxonuz
Hammasini ko'rsatish...
Repost from TerDU rasmiy kanali
#arxeolog 📺 ILMGA BAXSHIDA UMR "Men yana qayta dunyoga kelsam, baribir arxeologiya sohasini tanlagan bo‘lar edim", — Sh.Shaydullayev, tarix fanlari doktori, professor.
Hammasini ko'rsatish...
"Arxeolog" — Ilmga baxshida umr.

👍 18
Туркияда Мовароуннаҳр алломалари илмий меросини ўрганишга бағишланган халқаро илмий конференция ўтказилмоқда Туркиянинг Чанкири Каратекин университетида Имом Термизий халқаро илмий-тадқиқот маркази билан ҳамкорликда “Мовароуннаҳрдан Онадўлига ҳадис анъанаси ва муҳаддислар” мавзусида халқаро илмий конференция ўтказилмоқда.
“Дунё бўйича энг мўътабар ҳадис китоблари олтита бўлиб, шундан бештасига ҳамма якдил иттифоқ қилган. Булар Имом Бухорий, Имом Муслим, Имом Абу Довуд, Имом Термизий ва Имом Насоийларнинг китоблари бўлиб, шулардан уч нафари – Имом Бухорий, Имом Термизий ва Имом Насоийлар юртимиз фарзандларидир– деди Ўзбекистон Ислом цивилизацияси маркази директори ўринбосари Ф.Абдуҳалимов анжуманда.
Халқаро илмий анжуманда Туркия, Ўзбекистон ва Марказий Осиё давлатларининг таниқли диний уламолари, етук исломшунос олим ва мутахассислари иштирок этмоқда. Telegram | Facebook | You Tube | Web-site
Hammasini ko'rsatish...